Adabiyot insonlarning aihiy kechinmalarini so’z orqali ifodalab kelgan san'at turidir



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə4/15
tarix08.04.2018
ölçüsü1,47 Mb.
#36737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

5. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Bu bosqichda o’qtuvchi o’quvchilarmng bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi usullardan foydalanadi:

Frontal savollar.

  1. Qadimgi yodgorliklar tarixidan namunalar keltiring.

  2. Urhun-Enasoy yodgorliklarining sirini ayting?

  3. To’nyuquq va Qultegin bitiklarida erk va ozodlik tarannumi haqida gapirib bering.

  4. Yodgorlikda qahramonlik haqida tushunchangiz?

Dars yakuni:

O’qituvchi o’tgan yangi mavzu b’oyicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini baholaydi va darsni yakunlaydi.

6. Uyga vazifa:

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



13. Oqituvchi uchun adabiyotlar:

1. B.To’xliyev «O’zbek adabiyoti».

2. O’Boboyorov, F.Xolsaidov «Adabiyot».

3. A. Rafiyev, N.G’ulomova «Ona tili va adabiyot».



1. MAVZU: O’RTA OSIYONING QOMUSIY OLIMLARI.
2. Dars turi: ________________________

3.Dars vaqti: ____ daqiqa.
4.Dars tipi: Yangi mavzuni o’zlashtirish.
5.Darsda qo’llaniladigan usullar:
- aqliy hujum, muz yorar,
6.Darsda qo’llaniladigan nazorat turlari:
- og’zaki, yozma.
7.Dars maqsadlari:
A) Ta’limiv maqsadi:
Talabalarga shu mavzu haqida ma’lumot berish, hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini, malakasini oshirish.


  1. Tarbiyaviv maqsad:




  • milliy g’oya va mafkurani o’quvchilar ongida shakillantirish

  • mutaxassislikka qiziqishni, ma’sulyat hissiyotlarini shakillantirish.

  • o’quvchilarda insonparvarlik, mehr shavqat tuyg’ularini shakillantirish.


V) Rivojlantiruvchi maqsad:


  • o’quvchilarni fikrlash qobilyatini o’stirish

  • mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondoshishga yo’ llash.

  • o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritishni shakillantirish.



VIII. Darsni o’tkazish joyi: №‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗



9. Mavzuni boshqa fanlar bilan va shu fandagi boshqa mavzular bilan bog’lash, hayot bilan bog’lash.


  • Tarix,

  • Shaxs va jamiyat


10. Kerakli bilimlar doirasi:


  1. X-XII asrlar O’rta Osiyodagi madaniy hayotning rivojlanishini.

  2. Muso al-Xorozmiy buyuk olim va astranomini.

  3. Sharq arastusi-Abunasr Farobiy ijodini

  4. Abu Ali ibn Sino haqida.

  5. Abu Rayhon Beruniy – buyuk va olim astronomni.


11. Darsni jihozlash:
a) slayd, kodoskop

b) ko’rgazmali qurollar

d) tarqatma test va savollar

e) adabiyotlar.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI










1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari



Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa



Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.


Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish



Taqsimlash

qog’ozchalari



2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.



Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish

_____ daqiqa


O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.



An’anaviy

nazorat usuli



Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.


Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va


bo’r

5

Taqdimot

______ daqiqa



Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa



Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa



Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r


DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.

1. Tashkiliy qism:

O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.

2. O’qituvchining kirish so’zi:

Bu bosqichda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

MAVZU: O’RTA OSIYONING QOMUSIY OLIMLARI.

REJA:

  1. X-XII asrlar O’rta Osiyodagi madaniy hayotning rivojlanishi.

  2. Muso al-Xorozmiy buyuk olim va astranom.

  3. Sharq arastusi-Abunasr Farobiy ijodi.

  4. Abu Ali ibn Sino haqida.

  5. Abu Rayhon Beruniy – buyuk va olim astranom.

O’qituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.

3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:

Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.

YAKKA SAVOLLAR.

  1. Qadimgi yodgorliklar tarixidan namunalar keltiring.

  2. Urhun-Enasoy yodgorliklarining sirini ayting?

  3. To’nyuquq va Qultegin bitiklarida erk va ozodlik tarannumi haqida gapirib bering.

  4. Yodgorlikda qahramonlik haqida tushunchangiz?

4.Yangi mavzuni tushuntirish:

Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.

Mavzuta oid tayanch atamalar: Didaktika, mantik, tib, rasadxona, komusiy olim, Alfraganus, majusiy, fеrik, gеodеziya.

O’rta Osiyo o’zining qomusiy olimlari bilan ham faxrlanadi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, «Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bolib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum.1

Ana shunday qomusiy olimlardan biri al-Xorazmiydir. Uning asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso bolib, 780- yilda Xivada tug’ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Xorazmiyning nomini tarixda qoldirgan buyuk asari «Al-jabr val-muqobala» risolasidir. U keyinchalik matematikaning alohida sohasi bo’lgan algebra faniga asos bo’lgan. Ana shunga ko’ra uning nomi Yevropa mamlakatlariga ham yoyildi.

Hozirgi zamon hisoblash texnikasida keng qo’llanayotgan «algoritm» atamasi ham olim nomidan kelib chiqqan. U matematikaning nazariy masalalarini o’rganish bilan cheklanmay, ularning amaliyotga tatbiq qilinishini ham ko’rsatib bergan, Xorazmiynrng «Surat ul-ard» («Yerning surati») asari geografiya fani sohasidagi ulkan kashfiyot bo’ldi. Olim tuzgan “Aslronoimk jadvallar” esa XII asrda arab tilidan lotin tiliga tarjima qilingan va Yevropa mamlakatlarida mashhur bo’lgan.

Uning Yer kurrasi kattaligini aniqlash borasidagi xizmatlari ham tahsinga loyiqdir. Shuningdek, Xorazmiyning «Quyosh soatlari to’g’risida”, «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi» singari asarlar yozgani ham ma’lum.

Al-Xorazmiy Ma’mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va faol azolaridan biri edi. U 850- yilda Bag’dod shahrida vafot etgan. Muhammad Xorazmiyning asosiy asarlari arab tilidan atoqli olim Ashraf Ahmedov tomonidan o’zbekchaga tarjima qilingan.

O’rta asr mutafakkirlari orasida Abu Rayhon Bemniyning alohida o’rni bor (973—1051), Xorazmlik bu alloma afsonalarga ko’ra Navro’z (21- mart) va Mehrjon (21- sentabr) bayramlaridan boshqa har kuni ilm bilan mashg’ul bo’lgan.

Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari taqvim va yil hisobi, shuningdek, so’g’diylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yimonlar, yahudiylar, xristian va musulmonlarning qadimiy bayramlari, urf-odatlari to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni jamlagan. Shunga ko’ra u o’rta Osiyo va butun Sharq xalqlari uchun muhim tarixiy manba hisoblanadi.

Mahmud G’aznaviy Xorazmni zabt etgach, Beruniyni G’aznaga olib ketadi. U Mahmudning yurishlarida ishtirok etadi. Hindiston tarixiga oid yirik asar yozadi.

Olimning geografiya, mineralogiya, astronorniya, kimyo va boshqa ko’plab fan sohalaridagi kashfiyotlari ham dunyo ilm-faniga bebaho hissa bo’lib qo’shilgan.

Qomusiy olimlarimiz orasida Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon Forobiyning nomi alohida hurmat va ehtiromga sazovor. U 873- yilda Forobda tug’ilib, 950- yilda Damashqda vafot etgan.

Dunyo ilm ahli yunon olimi Aristotel (Arastu)ni birinchi muallim deb biladi, Forobiyni esa «Muailim us-soniy», ya’ni «Ikkinchi muallim» deb ataydi. Bunday sharafli nomga u o’z zamonasi ilimlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga qo’shgan katta hissasi, ayniqsa, yunon falsafasini. sharhlab, dunyoga keng tanitganligi uchun sazovor bo’lgan. Forobiy «Arastu qonunlarining rnohiyati haqida» asarida davlat va huquq haqidagi qarashlarini keng bayon qiladi.

Boshlang’ich ma’lumotni ona yurtida olgach, u Toshkent, Buxoro, Samarqandda o’qiydi, bilimini yanada oshirish uchun arab xalifaligining yirik madaniy markazlaridan bo’lgan Bag’dodga boradi. Yo’1-yo’lakay Eronning Isfahon, Hamadon, Ray shaharlarida bo’ladi. Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan. U «Fozil shahar aholisining fikrlari» asarida turli ijtimoiy tuzumdagi davlatlar haqida fikr yuritadi.

Forobiy 160 dan ortiq asar muallifidir. U yunon olimlari Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Porfiriy va boshqalarning asarlariga sharhlar yozgam Bu sharhlar O’rta Osiyo va jahon olimlarining dunyoqarashini shakllantirishda, ularning Aristotelning materialistik dunyoqarashi bilan oshno bo’lishlarida yaqindan yordam bergan.

Hatto Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» kitobini qirq marta o’qib chiqadi. Asar unga deyarli yod bo’lib ketadi. Ammo kitob mag’ziga baribir yetmaydi.

Ibn Sinoning bir kitobdor do’sti bo’lib, u har qanday yangi kitobdan olimni xabardor qilib turardi. Bir kuni do’kondor unga yangi bir kitob ko’rsatadi. Bu o’zi tushuna olmagan o’sha ,,Metafizika” kitobi haqida ekanligini bilib hafsalasi qaytadi.

Bu haqda Ibn Sinoning o’zi shunday yozadi: «Bu ilmni bilishning foydasi yo’q ekan, degan xayolda uning ko’rsatishi menga malol kelib, kitobni olishni rad qildim. Shunda dallol bu kitobning egasi pulga muhtoj, dedi. Men uni uch dirhamga sotib oldim. Kitob Forobiyning «Metafizika» asari maqsadlari haqidagi risolasi ekan, Uyga qaytdim-u, darrov uni o’qishga tushdim. «Metaflzika» dilimga yod bo’lib qolganligi sababli o’sha paytdayoq bu kitobning maqsadlari menga o’hildi. Bundan juda xursand bo’lib ketdim, ertasigayoq kambag’allarga ancha narsa sadaqa qildim».

Forobiy falsafa, arifmetika, geometriya, astronorniya, musiqa, tabiat, fizika, kimyo, optika, meditsina, biologiya va boshqa fanlar sohasida katta shuhrat qozongan.

Uning axloq (etika), pedagogikaga oid asarlari ham e’tirof etilgan. Shuningdek, olimning tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, xattotlikka oid asarlari keng tarqalgan.

Forobiyning tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlari «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» asarida atroflicha aks etgan. Unda o’rta asrlarda malum bo’lgan 30 ga yaqin fanning ta’rifi, ahamiyati ko’rsatib berilgan.

«Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri va nima noto’g’riligi to’g’risida» risolasida osmon jismlari bilan yerdagi hodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishi quyosh issiqligi ta’sirida bug’lanishga bog’liqligini, Oy tutilishiga Yerning Quyosh bilan Oy orasiga tushib qolishi sabab ekanligini ko’rsatib beradi. Bu bilan u osmon jismlariga qarab fol o’huvchilar - astrologlarni fosh etdi.

Forobiyning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy qarashlari ham alohida ilmiy ahamiyatga ega. U O’rta asrlar sharoitida birinchi bo’lib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida kuchli ta’limot yaratdi.

«Baxt-saodatga erishuv yo’llari haqida risola» asarida jamiyatning kelib chiqistii, davlat va uni boshqarish, ta’lim-tarbiya, axloq, ma’rifat, diniy e’tiqod, urush va tinchlik, mehnat, insoniy qobiliyat va boshqa mavzularda bahs yuritadi.

Abu Ali ibn Sino ham buyuk qomusiy olimdir. Uning falsafa, meditsina, astronomiya, zoologiya, botanika, beologiya, psixologiya, musiqa, axloq, mantiq, tilshunoslik, adabiyotshunoslikka oid asarlari mavjud. U badiiy ijod bilan ham shug’ullangan.

Olimning to’liq ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. U hijriy 370- (milodiy 980) yilda Afshona qishlog’ida tug’ilgan. Bu qishloq Buxoro yaqinidadir.

Ibn Sino o’tkir qobiliyat egasi edi. U Qur’onni qiroat bilan o’qib, yodlash uchun bir yilgina vaqt sarflaydi.

Ibn Sinonlng shuhrati ko’proq tabobat ilmi bilan bog’liq. Ayniqsa, Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolashda ishtirok etishi tabibning dovrug’ini oshirib yubordi. Bu paytda u 16-17 yoshlar chamasida bo’lgan. Buning evaziga u saroy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo’lga kiritadi.

Ibn Sino Xorazmda, Jurjonda, Ray, Hamadon, Isfahonda ham yashab ijod etgan.

Ibn Sinoning eng yirik tibbiy asari «Al-Qonun fit-tib» («Tib qonunlari») kitobi bo’lib, unda olim ko’p yillar davomida olib borgan ilmiy-amaliy ishlarini yaxlit umumlashtirgandir.



5. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Bu bosqichda o ‘qtuvchi o’quvchilarmng bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi usullardan foydalanadi:

Frontal savollar.

  1. X-XII asrlar O’rta Osiyodagi madaniy hayotning rivojlanishi haqida gapiririb bering.

  2. Muso al-Xorozmiy buyuk olim va astranom haqida tushunchangiz qanday?

  3. Sharq arastusi Abunasr Farobiy ijodi haqida nimalarni bilasiz?

  4. Abu Ali ibn Sino haqida gapirib bering.

  5. Abu Rayhon Beruniy – buyuk va olim astronom tog’risida ma’lumotlar bering.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə