Adabiyot insonlarning aihiy kechinmalarini so’z orqali ifodalab kelgan san'at turidir



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə5/15
tarix08.04.2018
ölçüsü1,47 Mb.
#36737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

Dars yakuni:

O’qituvchi o’tgan yangi mavzu b’oyicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini baholaydi va darsni yakunlaydi.

6. Uyga vazifa:
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

13. Oqituvchi uchun adabiyotlar:
1. B.To’xliyev «O’zbek adabiyoti».

2. O’Boboyorov, F.Xolsaidov «Adabiyot».

3. A. Rafiyev, N.G’ulomova «Ona tili va adabiyot».

1. MAVZU: YUSUF XOS HOJIBNING HAYOTI VA IJODI.
2. Dars turi:_____________________
3.Dars vaqti: ____ daqiqa.
4.Dars tipi: Yangi mavzuni o’zlashtirish.
5.Darsda qo’llaniladigan usullar:
- aqliy hujum, muz yorar,
6.Darsda qo’llaniladigan nazorat turlari:
- og’zaki, yozma.
7.Dars maqsadlari:
A) Ta’limiv maqsadi:
Talabalarga shu mavzu haqida ma’lumot berish, hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini, malakasini oshirish.


    1. Tarbiyaviv maqsad:




  • milliy g’oya va mafkurani o’quvchilar ongida shakillantirish

  • mutaxassislikka qiziqishni, ma’suliyat hissiyotlarini shakillantirish.

  • o’quvchilarda insonparvarlik, mehr shavqat tuyg’ularini shakillantirish.


V) Rivojlantiruvchi maqsad:


  • o’quvchilarni fikrlash qobilyatini o’stirish

  • mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondoshishga yo’ llash.

  • o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritishni shakillantirish.



VIII. Darsni o’tkazish joyi: №‗‗‗‗‗‗‗

9. Mavzuni boshqa fanlar bilan va shu fandagi boshqa mavzular bilan bog’lash, hayot bilan bog’lash.


  • Tarix,

  • Shaxs va jamiyat


10. Kerakli bilimlar doirasi:
1.Yu. Xos Hojib XI asirning atoqli shoiri va davlat arbobini.

2.”Qutadg’u bilig” ning qo’l yozma nushalarini.

3.”Qutadg’u bilig” ning tuzilishini.

4.Asarda ilm-ma’rifat masalalari va uning badiy qiymatini.


1. Darsni jihozlash:
a) slayd, kodoskop

b) ko’rgazmali qurollar

d) tarqatma test va savollar

e) adabiyotlar.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI










1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari



Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa



Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.


Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish



Taqsimlash

qog’ozchalari



2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.



Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish

_____ daqiqa


O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.



An’anaviy

nazorat usuli



Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.


Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va


bo’r

5

Taqdimot

______ daqiqa



Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa



Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa



Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r

DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.

1. Tashkiliy qism:

O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.

2. O’qituvchining kirish so’zi:

Bu bosqichda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

MAVZU: YUSUF XOS HOJIBNING HAYOTI VA IJODI

REJA:

1.Yu. Xos Hojib XI asirning atoqli shoiri va davlat arbobi.

2.”Qutadg’u bilig” ning qo’l yozma nushalari.

3.”Qutadg’u bilig” ning tuzilishi.

4.Asarda ilm-ma’rifat masalalari va uning badiy qiymati.

O’qituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.

3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:

Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.

Yakka savollar.
1.X-XII asrlar O’rta Osiyodagi madaniy hayotning rivojlanishi haqida gapiririb bering.

2.Muso al-Xorozmiy buyuk olim va astranom haqida tushunchangiz qanday?

3.Sharq arastusi Abunasr Farobiy ijodi haqida nimalarni bilasiz?

4.Abu Ali ibn Sino haqida gapirib bering.

5.Abu Rayhon Beruniy – buyuk va olim astronom tog’risida ma’lumotlar bering.

4. Yangi mavzuni tushuntirish:

Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.
Mavzuga oid tayanch atamalar: Bilik, fеxrast, xamd, na'd, ilmu nujum, yurik, yorutaj, mushfik.

Yusuf Xos Hojib Sharq Uyg’onish davrining turkiy muhitdagi dastlabki yirik siymosidir. U Quz O’rdu — Bolo-sog’un shahrida dunyoga kelgan. Zamonasining yetakchi fanlaridan yaxshi bilim olgan.

Taassufki, bu buyuk alloma haqida uning o’z asaridan boshqa biror yerda ma’lumotlar saqlangan emas.

Kitob muqaddimasida adib o’zi tug’ilgan yurtni eslatib o’tadi:

Munuqi turug’laq Quz O’rdu eli,

Tub-asli, nasabdin yurumish tili.



(Buning tug’ilgan eli Quz O’rdudir,

Tub-asli, nasl-nasabdan tili so’z o’hdi.)
Quz O’rdu turkiylar istiqomat qiladigan qadimiy sha-harlardan biri. U Bolosog’un nomi bilan ham mashhur bo’lgan. Bu shahar XI asrda yaratilgan yana bir muhtasham obida — Mahmud Koshg’ariyning «Devon-u lug’oti-turk» asaiida bir necha marta tilga olinadi. Jumladan, bu shaharning arg’un lahjasida Quz ulus, o’g’uz lahjasida esa Quz O’rdu deb yuritilishini Mahmud Koshg’ariy maxsus qayd etadi,

Yusuf Xos Hojib ham Mahmud Koshg’ariyga o’xshab, ko’pgina o’lkalarni kezib chiqqan, talaygina sayr-u sayohatlarda bo’lgan. Uning quyidagi misralari buni isbotlaydi:

Bxi tug’mish elindin chiqib barg’ani,

Kitabni qo’shuban tugal qilg’ani.



(Bu o’z tug’ilgan elidan chiqib horgani,

Kitobni jamlab tugal qilgani.)

Adib asarini yozishga bir yarim yil vaqt sarflaydi.

Tugal o’n sakkiz ayda aydim bu so’z,

O’durdum, adirdim so’z evdim tera.



(Bu so ‘zlarni tugal o’n sakkiz oyda aytib bo’Idim,

Tanladim, farqladim, terib so’z yig’ib to’pladim,)

O’n sakkiz oy, tabiiyki, asarni bevosita yozish uchun sariflangan muddat. Adibning unga katta tayyorgarlik ko’rgani va ko’p kuch sarflagani aniq. Har holda asarning Qashqarda tugatilgani maxsus qayd etiladi:

Barusi bitilmish, yeturmish nizam,

Bu Qashg’ar elinda qo’shulmish tamam.



(Borini yozdim, tartib berdim,

Bu kitob Qashqar elida tamom yozildi.)

«Qutadg’u bilig»da dostonning yozilish sanasi ham qayd etilgan:

Yil altmish eki to’rt yuz bila,

Bu so’z so’zladim men tutib jan sura.



(To ‘rt yuz oltmish ikkinchi yil edi,

Men jonni koyitib ushbu so ‘zni so ‘zladim,)

To’rt yuz oltmish ikkinchi — hijriy yili. Uni milodga aylantirsak, 1069—1070- yillarga to’g’ri keladi.

Adibning ismi Yusuf ekanligi haqida asar so’ngidagi qasidalardan birida o’qiymiz:

E Yusuf, kerak so’zni so’zla qo’ni,

Keraksiz so’zug kezla, qilg’a qo’r-a.

(Ey Yusuf, kerak so ‘zni ro’yi rost so ‘zla,

Keraksiz so ‘zni yashir, (chunki u) ziyon qiladi.)

Kitob Qashqar eligi — hukmdori Tavg’ach ulug’ Bug’roxonga tortiq qilinadi. Buning evaziga esa u Xos Hojiblik lavozimi bilan taqdirlanadi. Asardagi nasriy muqaddimada shunday deyiladi: «Ammo bu kitobni Qashqarda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg’achxon uskinga kekurmish, malik ani ag’irlab, ulug’lab o’z Xos Hojibliki anga bermish turur, aning uchun Yusuf Ulug’ Xos Hojib teb ati-javi yazilmish turur» — (Ammo bu kitobni Qashqarda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg’achxon dargohiga keltiribdi. Malik uni yorlaqab , ulug’lab, o’z (saroyida) Xos Hojiblik (lavozim)ini unga beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulug’ Xos Hojib deb mashhur nomi tarqalibdi).

Dostonda adibning yoshi borasida ham ayrim ishoralar mavjud:

Tegurdi menga algi ellik yashim,

Qug’u qildi quzg’un tusi tesh bashim.

(Ellik yoshim menga qo’l tegizdi, (Qora) quzg ‘un tusidek boshim(ni) oqqush(dek) qildi, so’him oqardi.)

Yoki: O’tiz yig’mishin yandra aldi elig,

Neki qilgay altmish tegursa alig?

(O ‘ttiz (yosh) yiqqanlarini ellik (yosh) qaytarib oldi,

Agar oltmish (yosh) qo’l tegizsa, nimalar qilar ekan ?)

Bulardan ko’rinadiki, adib asar yozilgan paytda ellik bilan oltmish orasida bo’lgan.

«Qutadg’u bilig»ning uch qo’lyozma nusxasi mavjud. Ulardan ikkitasi: Namangan va Qohira nusxalari arab, Hirot (Vena) nusxasi esa uyg’ur yozuvida ko’chirilgan.

«Qutadg’u bilig» — Qut (saodat, baxt) ga eltuvchi bilim demakdir, Bu asarning maydonga kelishi kuchli hayotiy zanurat va ma’naviy ehtiyoj bilan aloqador.

Aslida uni vatan, el-yurt madlhiyasi deb atash mumkin. Zero, asar to’laligicha turkiy xalqlarning davlat tuzilishi, el-yurt farovonligini ta’minlashga qaratilgan omillarning badiiy tahlilidan iboratdir. Ana shu fikrlar jarayonida Yusuf Xos Hojib o’z vatanining tolmas oshig’i, o’z elining sadoqatli va fidokor farzandi sifatida namoyon bo’ladi. U asarda goh olam sirlaridan yaxshi xabardor mutafakkir, goh qadim moziy sarhadlariga nazari yetgan muarrix, goh zamonasining turli sohalariga oid fanlardan puxta xabardor bo’lgan zukko olim va, tabiiyki, inson qobiliyatining turli-tuman manzaralarini inkishof etuvchi hassos shoir sifatida ko’rinadi.

Xalq XI asrda «budun» — «bo’dun» atamalari bilan yuritilgan. Mamlakatning daxlsizligi, uning ravnaqi faqat budun bilanginadir.

Shuning uchun ham:

Kimung davlati bash ko’tursa o’ru,

Qamug’ ezgu qilg’u budunqa to’ru.

(Kimning davlati ziyoda bo’lsa,

U xalqqa mutlaq ezgu siyosat yuritishi kerak.)

Xalqning qanday bo’lishi mamlakat boshlig’iga to’la bog’liqdir. «Qutadg’u bilig»da mamlakat boshlig’i, hukmdor «elig» yoki «bek» deb yuritiladi:

Begi ezgu bo’lsa budun barcha tuz,

Bo’lur qilqi ezgu, yo’riqlari uz.



(Agar begi yaxshi bo’Isa, barcha xalqi soz bo’ladi,

Uning qiliqlari yaxshi, fe’l-u raftori go’zal bo’ladi.)

Alohida ta’kidlash joizki, qadimgi turklarda vatan tushunchasi shu vatanga mansub bo’lgan xalq bilan birgalikda tasavvur etilgan. Ushbu tushuncha «el» so’zi bilan ifodalandi.

«E1» so’zi mamlakat, o’lka, xalq, davlat (saltanat), yurt tushunchalarini ifodalaydi. Uning «kun» so’zi bilan birga kelishi «cl-u xalq», «yurt», «vatan» tushunchalariga teng keladi:

O’zi etti, tuzdi, ko’r, el-kun ishi,

Taqi ma tilar erdi o’zrum kishi.

(El-u xalq (mamlakat) ishini o ‘zi bajo keltirdi va tuzdi,

U yana sara kishilarni isiar edi.)

Shuning uchun ham Yusuf Xos Hojib mamlakat mustaqilligini, vatan ozodligini el-yurt, xalq ozodligidan tashqarida ko’rmaydi:

Eki nang turur elka bag’i beki,

Biri saqliq - ul, bir - to’ru - el ko’ki.



(Ikki narsa el uchun mustahkam bog’(ich) dir,

Biri hushyorlik, biri adolatli siyosat, bular elning asosidir.)

Yusuf Xos Hojib nazarida Vatanga xizmat bu dastlab xalqqa, el-u yurtga xizmat qilishdir. Faqat shu yo’1 bilangina Vatanning ozodligini, uning iqtisodiy, harbiy va siyosiy qudratini ta’minlash mumkin. Shu maqsadda adib XI asrdagi juda ko’plab ijtimoiy guruh va tabaqalarga tavsif beradi, ularning jamiyat va yurt oldidagi mas’uliyat va burchlariga alohida to’xtab o’tadi.

Yusuf Xos Hojib nazarida har bir shaxs jamiyatning og’irini yengillatishga urinmog’i kerak. Buning uchun esa har bir kishi o’z ishi bilan shug’ullanmog’i, halol, pokiza yashamog’i, o’zining tor shaxsiy manfaatlari doirasida biqinib qolmasdan el-yurt manfaatlarini ustun qo’ya oladigan darajaga ko’tarilmog’i shart. Buning yo’li o’qish, o’rganishdir:

5. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Bu bosqichda o’qtuvchi o’quvchilarmng bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi usullardan foydalanadi:

Frontal savollar.

1.Yu. Hos Hojib XI asirning atoqli shoir va davlat arbobi haqida gapirib bering.

2. «Qutadg’u bilig»ning qo’l yozma nyshalarini tushuntirib bering.

3. «Qutadg’u bilig»ning tuzilishi to’g’risida ma’lumot bering.

4.Asarda ilim-ma’rifat masalalari va uning badiy qiymati haqida so’zlab bering.

Dars yakuni:

O’qituvchi o’tgan yangi mavzu b’oyicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini baholaydi va darsni yakunlaydi.
6. Uyga vazifa:

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


13. Oqituvchi uchun adabiyotlar:
1. B.To’xliyev «O’zbek adabiyoti».

2. O’Boboyorov, F.Xolsaidov «Adabiyot».

3. A. Rafiyev, N.G’ulomova «Ona tili va adabiyot».

1. MAVZU:IMOM ISMOIL AL – BUXORIYNING HAYOTI VA IJODI.
2. Dars turi: _____________________

3.Dars vaqti: ____ daqiqa.
4.Dars tipi: Yangi mavzuni o’zlashtirish.
5.Darsda qo’llaniladigan usullar:
- aqliy hujum, muz yorar,
6.Darsda qo’llaniladigan nazorat turlari:
- og’zaki, yozma.
7.Dars maqsadlari:
A) Ta’limiv maqsadi:
Talabalarga shu mavzu haqida ma’lumot berish, hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini, malakasini oshirish.
B) Tarbiyaviv maqsad:


  • milliy g’oya va mafkurani o’quvchilar ongida shakillantirish

  • mutaxassislikka qiziqishni, ma’suliyat hissiyotlarini shakillantirish.

  • o’quvchilarda insonparvarlik, mehr shavqat tuyg’ularini shakillantirish.


V) Rivojlantiruvchi maqsad:


  • o’quvchilarni fikrlash qobilyatini o’stirish

  • mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondoshishga yo’ llash.

  • o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritishni shakillantirish.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə