Adabiyot insonlarning aihiy kechinmalarini so’z orqali ifodalab kelgan san'at turidir



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə8/15
tarix08.04.2018
ölçüsü1,47 Mb.
#36737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15

5. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Bu bosqichda o ‘qtuvchi o’ quvchilarmng bilim doirasini kengaylirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi usullardan foydalanadi:

Frontal savollar.
1.Nasiruddin Rabg’uziy shaxsi haqida ma’lumat bering.

2. «Qissai Rabg’uziy» asarining yaratilishi to’g’risida tushunchangiz?

3.Rabg’uziy asarida xalq og’zaki ijodining ta’siri haqida gapirib bering.

4.Rabg’uziy xikoyatlarining tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?


Dars yakuni:
O’qituvchi o’tgan yangi mavzu b’oyicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini baholaydi va darsni yakunlaydi.
6. Uyga vazifa:

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


13. Oqituvchi uchun adabiyotlar:
1. B.To’xliyev «O’zbek adabiyoti».

2. O’Boboyorov, F.Xolsaidov «Adabiyot».

3. A. Rafiyev, N.G’ulomova «Ona tili va adabiyot».


1. MAVZU:PAHLAVON MAHMUDNING HAYOTI VA IJODI.
2. Dars turi: _________________________

3.Dars vaqli: ____ daqiqa.
4.Dars tipi: Yangi mavzuni o’zlashtirish.
5.Darsda qo’llaniladigan usullar:
- aqliy hujum, muz yorar,
6.Darsda qo’llaniladigan nazorat turlari:
- og’zaki, yozma.
7.Dars maqsadlari:
A) Ta’limiv maqsadi:
Talabalarga shu mavzu haqida ma’lumot berish, hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini, malakasini oshirish.
B)Tarbiyaviv maqsad:


  • milliy g’oya va mafkurani o’quvchilar ongida shakillantirish

  • mutaxassislikka qiziqishni, ma’suliyat hissiyotlarini shakillantirish.

  • o’quvchilarda insonparvarlik, mehr shavqat tuyg’ularini shakillantirish.


V) Rivojlantiruvchi maqsad:


  • o’quvchilarni fikrlash qobilyatini o’stirish

  • mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondoshishga yo’ llash.

  • o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritishni shakillantirish.



VIII. Darsni o’tkazish joyi: №-----------

9. Mavzuni boshqa fanlar bilan va shu fandagi boshqa mavzular bilan bog’lash, hayot bilan bog’lash.


  • Tarix,

  • Shaxs va jamiyat


10. Kerakli bilimlar doirasi:
1.Pahlavon Mahmudning hayoti va ijodini.

2.Adibning ruboiylarini.

3.Pahlavon Mahmud ijodida jovonmardlik g’oyalarining aks ettirilishini.
1. Darsni jihozlash:
a) slayd, kodoskop

b) ko’rgazmali qurollar

d) tarqatma test va savollar

e) adabiyotlar.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI










1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari



Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa



Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.


Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish



Taqsimlash

qog’ozchalari



2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.



Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish

_____ daqiqa


O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.



An’anaviy

nazorat usuli



Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.


Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va


bo’r

5

Taqdimot

______ daqiqa



Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa



Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa



Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r


DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.

1. Tashkiliy qism:

O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.

2. O’qituvchining kirish so’zi:

Bu bosqichda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

MAVZU: PAHLAVON MAHMUDNING HAYOTI VA IJODI.

REJA:

1.Pahlavon Mahmudning hayoti va ijodi.

2.Adibning ruboiylari.

3.Pahlavon Mahmud ijodida jovonmardlik g’oyalarining aks ettirilishi.



O’qituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.

3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:

Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.

Yakka savolar.

1.Nasiruddin Rabg’uziy shaxsi haqida ma’lumat bering.

2. «Qissai Rabg’uziy» asarining yaratilishi to’g’risida tushunchangiz?

3.Rabg’uziy asarida xalq og’zaki ijodining ta’siri haqida gapirib bering.

4.Rabg’uziy xikoyatlarining tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?

4. Yangi mavzuni tushuntirish:

Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.

Mavzuga oid tayanch atamalar: Puryoyvali, ushshok. kuxna, javonmard, falak, toj.

Adabiyot tarixi qiziqarli hodisalarga boy. Ayrim manbalarning teriga («Avesto»), toshga («O’rxun-Enasoy obidalari»), metall va sopol buyumlarga yozilgani yaxshi ma’lum. Har xil idish va buyumlarda ham badiiy parchalar aks etgan.

Pahlavon Mahrnudning bir qancha ruboiylari uning qabri ustiga o’rnatilgan maqbara devorlari, peshtoqlariga badiiy naqsh sifatida tushirilgan. Ularning saqlanib qolishida ana shu maqbaradagi yozuvlar muhim o’rin tutadi. Adibning asarlari turli qo’lyozmalar orqali ham yetib kelgan, ammo ular, asosan, XIX asrda ko’chirilgan. Qadimgi manbalar haligacha topilgan emas.

Adib haqida ko’pgina manbalarda ma’lumotlar mavjud. Shamsiddin Somiyning «Qomus ul-a’lam, Lutf Alibek Ozarning «Otashkadayi Ozariy», Kamoliddin Husayn Fanoiyning «Majolis ul-ushshoq» singari asariarida, qator lug’atlarda shunday ma’lumotlar keltirilgan. Ularda ko’rsatilishicha, adibning «Pahlavon» unvoni bilan shuhrat qozonishiga Mahmudning jismoniy jihatdan baquvatligi, sharqona kurashning katta vakiliga aylangani sabab bo’lgandir. Hatto uni «kuragi yerni ko’rmagan» pahlavon sifatida tilga olishadi.

Mahmudning Puryoyvaliy, Puryorvaliy taxalluslari ham pahlavonlik bilan bog’liq. Jumladan, «G’iyos ul-lug’at»da bu haqda shunday deyiladi: «Puryoyvaliy (yoki Piuyoyi Vali) xorazmlik Pahlavon Mahmudning laqabidir. Bunda kurash ilmidan mahorat qozongan keksa pahlavon, kurashxonadagi pahlavonlarning boshlig’i nazarda tutiladi. Zero, qaysi bir kurashcli kurashxonaga kirmoqchi bo’lsa, dastlab Piryoyvaliyning qadamiga (oyog’iga) bosh qo’yadi. Shu jihatdan Puryoyvaliy so’zi majozan aziz va mukarram ma’nosini ham bildiradi»

Uning pahlavonligi Eron va Hindistonda ham mashhur bo’lgan. Birjangda u Hindiston shohi Roy Ropoy Cho’nani o’limdan qutqarib qoladi. Shunda shoh «Nimani istasang. shuni bajaraman» deb va’da beradi. Shunda pahlavon Mahmud: «Sizning qo’lingizda Xorazmdan kelib asir tushgan bandilar bor. Ularni ozod qilib, vatanga qaytishga ruxsat bersangiz» deydi. Shoh ularni ozod qiladi.

Pahlavon Mahmud Qitoliy taxallusi bilan ham ijod qilgan. Ushbu taxallus ham pahlavonlik bilan bogliq. «Qitol»ning ma’nosi «bir-biri bilan jang qilmoq, kurashmoq» demakdir,

Pahlavon Mahmud, asosan, po’stindo’zlik, telpakdo’zlik bilan shug’ullangan.

Badiiy ijod sohasida esa uning «Kanz ul-haqoyiq» nomli masnaviysi haqida ma’lumot bor. Shoir, asosan, ruboiylar bilan mashhurdir. Umar Xayyomdan keyin ruboiyda shuhrat qozongan shoir Pahlavon Mahmud hisoblanadi.

Pahlavon Mahmud fors-tojik tilida ijod qilgan. Uning ruboiylarini Ulfat (Imomiddin Qosimov), Boqir (Omonulla Valixonov), Muinzoda, Shoislom Shomuhamedov, To’xtasin Jalolov, Vasfiy, Matnazar Adbulhakim, Ergash O’hilovlar tarjima qilishgan.

Pablavon Mahmud ruboiylari chuqur, ixcham, ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Buni «Yomon bilan ulfat bo’lma» ruboiysida ham ko’rish mumkin:

Yomon bilan ulfat bo’lma, yur yiroq,

Yo’lingga don so’hib, qo’yadi tuzoq.

Yoyni egri ko’rib, to’g’riligidan —

O’q undan qanchalik qo’hganiga boq’ ,

Adib yomon fe’1-atvorli kishilardan uzoq bo’lishga chorlamoqda. Bu g’oya badiiy jihatdan betakror mahorat bilan tasvirlangan. Yomonlik hiylakorlik va aldovga tenglashtirilmoqda, U yo’lga don so’hib, tuzoq qo’ygan firibgarga o’xshaydi. Yaxshi xulqli. odam yomonlikdan o’zini asramogi kerak. Bunga qiyos qilib kamon (yoy) va o’q orasidagi munosabat eslatilmoqda. Zero, yoyning egriligini ko’rib, undan uzoqlashish uchun o’q o’zini olib qochadi.

Yomon va yaxshi, to’g’ri va egri (yomonlik va yaxshiJik, to’g’rilik va egrilik) orasidagi farq bu tasvirda juda o’hiq, aniq va eng muhimi, ta’sirchan ifodalanmoqda.

Pahlavon Mahmud ijodida ulug’ alloma Najmiddin Kubro boshlab bergan juvonmardlik tariqati arfanalari munosib davom etganini ko’rish mumkin. Juvonmardlikning asosiy mohiyati saxovat, shafqat, ta’madan xoli bo’lish va muhtojlar g’animga sheriklikda namoyon bo’ladi.

Adib she’riyati hayotiy falsafa bilan yo’g’rilgan. Ularni o’qish orqali hayotdagi sabab va oqibat, butun va qism, tasodif va qonuniyat orasidagi bog’lanishlar tahliliga duch kelamiz:

Gurkiragan olov — dinim yo’ldeshi,

To’lqin urgan daryo — ko’zlarim yoshi.

Ko’zagarlar yasayotgan har ko’za —

Ko’hna do’stlar xoki — qo’li yo boshi.

Bu yerda hudbinlik, tushkinlik kayfiyatlari emas, balki hayot hodisalariga o’tkir ko’z bilan qarashga da’vat mavjud. Umr insonga berilgan imkon ekan, uni g’aflatda o’tkazmaslik lozim, degan aqida ruboiy matni mag’zini tashkil qilmoqda.

Dastlab e’tiborni tortayotgan holat — o’xshatishlarning mutlaqo yangiligi. Olov — ko’ngil, daryo — ko’z yoshi, tuproq (xok) — inson tanasi. Ayni paytda shu o’xshatishlarga asos bo’layotgan so’zlar ham tasodifiy emas. Bu yerdagi olov oddiy olov emas. U «gurkiragan» sifatlovchisi bilan birga kelmoqda. Shoir uchun ayni mana shu holat muhim. Bu o’rinda hayot hodisalariga befarq bo’la olmaydigan qalb tug’yoni mavjud. Shoirning qalbi ham gurkiragan olov kabi ehtirosli. Bunday yoniq qalb uchun iztirob begona emas. Ko’zdagi yosh ana shunga ishora. Ammo u ham tasodifiy emas. Bu iztirob ostida insoniyatning achchiq qismati: har doim yo’qlik olamiga o’tib turishi yotadi. Ana shu hayotiy mazmun oxirgi ikki misrada aniq ifodalangan. Shoir talqinida ko’zagarlar qo’lidagi tuproq o’tgan ajdodlarning xoki turobga aylangan tana a’zolaridan boshqa narsa emas. Bu yerda hayot va o’lim falsafasi, «Moddiy dunyoning abadiyligi» haqida bahs o’qilmoqda.

Juvonmardlik oqimiga xos asosiy tamoyillar quyidagi ruboiyda yanada ochiqroq ko’rinadi:

Ko’nglim oppoq, na kek va na kiynam bor,

Dushmanim ko’p va lekin men harnmaga yor.

Mevali daraxtman, har bir o’tkinchi,

Tosh otib o’tsa ham menga bo’lmas or.

Hech kimga nisbatan adovat saqlamaslik, hatto dushmanlarga ham do’stlik ko’rsata olish juvonmardlikdagi asosiy tamoyillardan biri. Bu oqim ixlosmandlari hammaga yordam berish va naf yetkazishni yuksak insoniy burch sifatida anglashgan. She’rdagi «Mevali daraxt» timsoli bejiz emas. Undan har bir kishi («Har bir o’tkinchi») bahra olishi mumkin. Boshqalarning bunday bahramandligi pokiza ko’ngil egasida e’tiroz uyg’otmaydi («Menga bo’lmas or»). Shu bilan birga, uning bag’ri nihoyatda keng, har qanday ta’na-dashnomga («tosh otib bo’lsa ham») mardona chidaydi. Bunday fazilat faqat komil insonlargagina nasib etadi.

Pahlavon Mahmud ruboiylarida donolik, bilimdonlik, mehr, shafqat, muruvvat, sadoqat, mardlik, oliyhimmatlik kabi ijobiy xislatli kishilar ulug’lanadi. Ularga zid holatlar esa juda qattiq qoralanadi:

Qora tosh sira ham bo’lmas lojuvard,

Toza qalbga yuqmas aslo chang-u gard.

Quloq solgin Puryoyvaliy so’ziga,

Qo’rqoqlardan biron chiqqanmidi mard.

Birinchi misrada oddiy hayot haqiqati aks etgan: tabiatdagi qora tosh lojuvard bo’lib, shaklini o’zgartirishi mumkin emas. Bu fikr toza qalbga aslo chang va gard yuqmasligi orqali yana bir marta tasdiqlanmoqda. Demak, hayotda har bir hodisaning o’z o’rni, mazmun va mohiyati bor. Shundan so’ng adib kitobxon e’tiborini o’ziga qaratadi («Quloq solgin Puryoyvaliy so’ziga»), qo’rqoq va mard orasidagi masofaga urg’u beradi. Shoir asosiy fikrni bayon etishda o’xshash hayotiy voqealar tizmasidan ham, o’zaro zid qo’yish usulidan ham foydalanadi.

Quyidagi ruboiyda esa fikr o’xshatishlarni ketma-ket rivojlantirib, tasvirni yuqori pardalarga ko’tarish asosida ifodalangan:

Uch yuz Ko’hi Qofni kelida tuymoq,

Dil qonidan bermaq falakka bo’yoq.

Yoinki bir asr zindonda yotmoq,

Nodon suhbatidan ko’ra yaxshiroq.

Shoir nodonlikni qattiq qoralaydi. She’rdagi qafiy hukm ana shu. Dastlabki misralarda amalga oshirish mumkin bo’lmagan ishlar bilan shug’ullanish nechog’lik azob ekanligi ta’kidlangan.

5. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Bu bosqichda o ‘qtuvchi o’ quvchilarmng bilim doirasini kengaylirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi usullardan foydalanadi:
Frontal savollar.
1.Pahlavon Mahmudning hayoti qanday kechgan?

2.Adibning ruboiylarining tarbiyaviy ahamiyati qanday?

3.Pahlavon Mahmud ijodi haqida gapirib bering.

4.Jovonmardlik g’oyalari nima?


Dars yakuni:
O’qituvchi o’tgan yangi mavzu b’oyicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini baholaydi va darsni yakunlaydi.
6. Uyga vazifa:

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


13. Oqituvchi uchun adabiyotlar:
1. B.To’xliyev «O’zbek adabiyoti».

2. O’Boboyorov, F.Xolsaidov «Adabiyot».

3. A. Rafiyev, N.G’ulomova «Ona tili va adabiyot».

1. MAVZU:LUTFIYNING HAYOT VA IJOD YO’LI.


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə