Adabiyotlar tahlili va metodologiya



Yüklə 14,82 Kb.
tarix25.04.2023
ölçüsü14,82 Kb.
#106903
KIRISH


KIRISH
IX-XIII asrlar manbalarining deyarli barchasida Xorazm nafaqat Movarounnahr balki butun Musulmon Sharqining eng taraqqiy qilgan, shaharlari ko‘p, dehqonchilik chorvachilik, hunarmandchilik gullab-yashnagan, va bu bilan bog‘liq ravishda savdo munosabatlari juda rivojlangan hududlardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Ammo, bu iqtisodiy va madaniy yuksalish mo‘g‘ul bosqini munosabati bilan biroz to‘xtab qolgan. Bir oz vaqtgacha Xorazm shaharlari vayrona ichida qoldi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, mo‘g‘ul bosqini ham juda qadimdan shakllanib, rivojlanib kelayotgan Xorazm shahar madaniyati tarqqiyotini butunlay to‘xtatib qo‘ya olmadi.
Xorazm vohasi mehnatkashlarining yaratuvchanlik mehnati tez orada, iqtisod va madaniyat bilan bir qatorda, Xorazm savdo markazlarining, ayniqsa uning Oltin O‘rda davlati tarkibiga kirgan qismi (mo‘g‘ul bosqinidan so‘ng Xorazm Oltin O‘rdaga kiruvchi Shimoliy Xorazm va Chig‘atoy ulusiga kiruvchi Janubiy Xorazmga bo‘lingan edi) shaharlarning o‘z qaddini tiklab olishga olib keldi.
Keyingi o‘rta asrlar mualliflarining asarlarida Xorazm savdo shaharlari, ayniqsa, Urganch yana o‘z davrining eng yirik savdo markazlari sifatida, Xorazm (ko‘proq Shimoliy Xorazm) shu davrning eng boy va iqtisodiy mavqeyi baland hududlardan biri sifatida tilga olinadi. Ammo, mo‘g‘ul istilosidan keyin to Xiva xoni Abulg‘oziygacha yozilgan yozma manbalar juda kamligi va borlarida ham ushbu muammo bir taraflama yoritilganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu bilan birga bu manbalarda ba’zi qarama-qarshi olimlar o‘rtasida Xorazmning XV asrgacha bo‘lgan davrda savdo shaharlarining mavqeyi, holati to‘g‘risida muayyan ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Xorazmshohlar davlati tarixini chuqur o‘rganish tarixni yangi konseptual metodologik asoslarini tashkil etadi. Ayniqsa manbalarga asoslangan holda ilmiy tadqiqotlarni olib borish jahon standartlariga mos hisoblanadi. Mazkur ilmiy maqolada tarixiylik, tanqidiy, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xolislik tamoyillari kabi tarixiy metodlardan foydalangan holda, Xorazmshohlar davlati va mo‘g‘illarni ushbu davlatga bostirib kirishi vaqealari bayon etilgan asar “Tarixi jahongushoy” hamda uning muallifi haqida so‘z yuritiladi.
Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad al- Juvayniyning “Tarixi jahongushoy”1 asari bo‘yicha o‘zbek tarixchi olimlari Z.Bunyodov,2 O.Bo‘riev,3N.Toshev,4 I. Jabborov,5 I.Ochilov,6 H. Dadaboyev,7 J. Raximov8, N.Polvonov,9 Q.Masharipov10, M.Akobirov11 va boshqalar Xorazmshohlar davlati tarixining turli masalalari yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirganlar.
Yüklə 14,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə