Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIM VAZIRLIGI
 
 
 Ajiniy
о
z nomidagi
 Nukus davlat pedagogika instituti 
O'ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI 
 "ADABIY
О
TShUNOSLIK ASOSLARI" fanidan
M A ' R U Z A L A R M A T N I

Lektor: K.Qurambayev 


Nukus - 2011 


 
ADABIYOTSHUNOSLIKNING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI. 
REJA: 
1. Adabiyotshunoslikning ob’ekti va predmeti. 
2. Kursning maqsad va vazifalari. 
3. Tarkibiy qismlari. 
4. Yordamchi sohalari. 
Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot to`g`risidagi fandir. «Adabiyotshunoslik» 
atamasi «adabiyot» hamda «shinostan» so`zlaridan tarkib topgan bo`lib, «adabiyotni 
o`rganmoq, o`rgatmoq» ma’nolarini anglatadi. 
Umuman, «adabiyot» so`zi arabcha «adab» so`zidan olingan bo`lib, ilk 
bosqichlarda ushbu so`z yaxshi xulq, yaxshi tarbiya, yurish-turish ma’nosida 
qo`llanilgan. X11 asrdan bu so`z poeziya, uni o`rganuvchi grammatika, ritorika 
kabilarni anglatgan. XIX asr oxirlariga kelibgina ushbu atama san’atning bir sohasi 
bo`lgan badiiy adabiyotni anglatadigan bo`lib qoldi. 
Darhaqiqat, adabiyotshunoslik fani badiiy adabiyotni, uning mohiyatini, kelib 
chiqishi va ijtimoiy aloqalarini o`rganuvchi fandir. 
Adabiyotshunoslik - badiiy so`z san’atining o`ziga xos xususiyatlari, badiiy 
ijodning zamini, tuzilishni o`rganuvchi fandir. 
Adabiyotshunoslik fani tarixiy-adabiy jarayonning ma’lum davr yoki joyga xos 
bo`lgan hamda umumiy qonuniyatlari to`g`risidagi fandir. 
Adabiyotshunoslik o`z ichiga badiiy so`z san’atining barcha sohalarini qamrab 
oladi. Adabiyotshunoslik talabalarga badiiy adabiyot to`g`risidagi dastlabki 
ma’lumotlar berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Mazkur kursda adabiyot 
nazariyasining qoidalari bilan tanishtiriladi. Bundan maqsad, talabalarda badiiy 
adabiyotni tushunish, uni ilmiy o`rganish va baholay olish malakasini orttirishdir. 
Adabiyotshunoslik atamasi 1842 yilda Olmoniyada paydo bo`ldi. Atama 
keyinchalik Rossiyaga o`tgan (literaturovedenie). 
Adabiyotshunoslikning ob’yekti - muayyan tarixiy Sharoit bilan bog`liq 
ravishda 
olinadigan 
adabiy 
mahsulot 
va 
uning 
yaratilish 
jarayonidir.
Adabiyotshunoslikning predmeti - badiiy adabiyotdir. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə