Adabiyotshunoslik asoslari fanining ob’ekti va vazifalari


II. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari



Yüklə 32,5 Kb.
səhifə6/6
tarix04.01.2022
ölçüsü32,5 Kb.
#82583
1   2   3   4   5   6
adabiyot-nazariyasi-fanining-predmeti-va-mazmuni.

II. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari:

1. Adabiyotshunoslik istoriografiyasi – adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidning barcha davrlardagi tarixiy taraqqiyotiga oid materiallar majmui, ularning umumlashmasi. Istoriografiya adabiyotshunoslik fanlari erishgan yutuqlarni umumlashtirish yo‘li bilan uning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

2. Matnshunoslik – tadqiq etish, harhlash, ommabop yoki akademik nashrga tayyorlash maqsadida adabiyot va folklor asarlarini o‘rganish, ularning yaratilishi tarixini aniqlash, aslga yaqinroq matnini tiklash ishlari bilan shug‘ullanadi. Matnshunoslik badiiy asarning u yoki bu nusxasi yoxud nashri nechog‘li mukammal, nomukammalligi bilan shug‘ullanadi.

3. Adabiyot bibliografiyasi – badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid asarlar ko‘rsatkichi matnlar, maqolalar, materiallar va manbalarni aniqlaydi, tadqiq etilayotgan mavzuning ishlanish tarixini kuzatib borishga yordam beradi.

Bibliografiyaning ikki tipi mavjud:

A) ilmiy tadqiqot ishlariga yordam beradigan bibliografiya;

B) o‘qish uchun tavsiya qilinadigan asarlar bibliografiyasi.

Adabiyotshunoslik asoslari” fani uch bo‘limdan iborat:

1-bo‘lim: “Badiiy adabiyot haqida ta’limot”.

2-bo‘lim: “Badiiy asar haqida ta’limot”.



3-bo‘lim: “Adabiy jarayon” deb nomlangan. Kurs davomida adabiyot nazariyasining asosiy tushunchalari xaqida ma’lumot beriladi. Adabiyot tarixi va nazariyasining asosiy tushunchalari xaqida ma’lumot beriladi. Adabiyot tarixi va nazariyasini o‘rganish uchun hart-haroitlar yaratiladi. Bu kursda, asosan, badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari, badiiy asar tabiati va adabiy jarayonning eng muxim muammolariga e’tibor qilinadi.

Adabiyotlar:


  1. Bogdanova O. Y., Leonov S. A., Chertov V. F. Metodika prepodavaniya literaturi (uchebnik). -M.: "Academa", 2004.

  2. Dolimov S., Ubaydullayev H., Ahmedov Q., Adabiyot o‘qitish metodikasi, -T.: “O‘qituvchi”, 1967.

  3. Rez Z. Y. i dr., Metodika prepodavaniya literaturi. -M.: “Prosvesheniye”, 1977. str.10-17.

  4. Zunnunov A., Hotamov N., Ibrohimov A., Esonov J. Adabiyot o‘qitish metodikasi. -T.: “O‘qituvchi”, 1992.

Yüklə 32,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə