AHMAD YASSAVIY «DEVONI HIKMATLAR”IDAGI INSONNING
MA’NAVIY QIYOFASI HAQIDAGI QARASHLARDAN FOYDALANISH.
JDPI Umumiy pedagogika kafedrasi
katta o’qituvchisi Muxammadiyeva S
Talaba: Xolmatov N.P.
Annotatsiya
. Mazkur maqolada tarbiyaning tarixiy ildizlari, yurtimizda
inson ma’naviy-axloqiy tarbiyasi muammosi bo’yicha
olib borilgan izlanishlarda
ilgari surilgan g’oyalar, xususan Ahmad Yassaviyning insonparvarlik
g’oyalarining bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati to’g’risida fikr
yuritiladi.
Kalit so’zlar
: pedagogika, ta’lim, tarbiya, axloq, insonparvarlik, halollik,
nafs tarbiyasi, ma’naviy meros.
Ahmad Yassaviyning dunyoqaraShi uning “Devoni hikmat” asarida bayon
qilingan. “Devoni hikmat” turkiy adabiyotning noyob yodgorliklaridan biri bo’lib,
muallifning
islom dini, kalom falsafasi, va tasavvuf bilan emas, balki o’Sha davr
ijtimoiy
tartiblari, dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlarning hayotini juda
yaxShi bilganligidan daloat beradi.
Yassaviy
ushbu hikmatlarida tasavvufni, tariqatni turkiy qavmlar uchun
tushunarli tarzda, sodda uslubda bayon qilish, ularga singdirish yo’lini tanlagan.
“Ahmad
Yassaviy, - deydi professor Najmiddini Komilov, - Qur’on
hikmatlari, hadislar mazmunini va tasavvuf g`oyalarini qo’Shib kuylagan. Uni
insofu-adolat, halollik va to’g`rilikni oriflik, oShiqlik,
xilvat va uzlat bilan
bog`lagan. U birinchi bo’lib tasavvuf g`oyalarini turkiylar orasiga yoyib, nafs va
xudbinlik kabi ko’pgina yomon illatlarni qattiq tanqid qildi”
1
.
Darhaqiqat, diniy motivlarda yozgan hikmatlarining “hujayralarida” ham,
adolat, to’g`rilik, halollitk kabi “yer ishlari” bilan bevosita bog`langan
mavzularidagi She’rlarida ham tasavvuf falsafasining zarralari sezilib turadi.