Ahmedova Guljahon. 19/05-guruh(kechki) Ul sarvi gulru kelmadi …



Yüklə 20,18 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü20,18 Kb.
#109605
Guljahon Ahmedova Jahon Adabiyoti ON


Ahmedova Guljahon.19/05-guruh(kechki)


Ul sarvi gulru kelmadi …
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimg’a kecha tong otguncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’ayu, ul sho’xi badxo’ kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro’zg’orimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko’rganda kulgu kelmadi.
Ko’zlaringdin necha suv kelgay, deb o’lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’ydi qadam,
Yo’lg’akim, avvalqadam ma’shuqe o’tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’nglin uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi…



  1. She’rning muallifi va nomi.

Alisher Navoiy,Ul sarvi gulru kelmadi…



  1. She’rning yaratilish tarixi: qachon yozilgan, nima sababdan yozilgan, muallif kimga bag’ishlagan?

G’azalni g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy XV-asrda yozgan,


Ulug‘ shoir o‘zining ijodiy takomili davomida g‘azalning matniy tarkibiga biror jiddiy tarkibiy o‘zgartirish kiritmagan. G‘azal shoirning ilk lirikasi mahsuli ekanligi shundan dalolat beradiki, u yigitlik ishqining nozik sarguzashtlari, dunyoviy muhabbatning otashin ehtiros va tuyg‘ulari bilan yozilgan. Mazkur dalil esa g‘azal mazmunini sun’iy ravishda “ishqi haqiqiy”ga bog‘lab talqin etishimizga asos bermaydi.



  1. She’rning janri va vazni.

G‘azal aruzning ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan. Ushbu vaznning taqte’si quyidagicha:


Foilotun foilotun foilotun foilun
– V – – – V – – – V – – – V –
Ushbu g‘azal Alisher Navoiyning muhabbat mavzuida yozilgan oshiqona g‘azallaridan biridir. G‘azal badiiy qurilma (lirik kompozitsiya) si jihatidan voqeaband g‘azallar turkumiga mansubdir. U muayyan hayotiy voqea ta’siri va turtkisi bilan yaratilganligi sababli ham voqeabanddir.
G‘azaldagi lirik syujet oshiq, ya’ni lirik qahramon visol uchun va’da bergan sevikli yorini kutish iztiroblari tasviri asosiga qurilgan. Asar yetti baytdan iborat bo‘lib, barcha baytlar matlada qo‘yilgan mavzuni maqtagacha izchil yoritishga safarbar etilgan.

  1. She’rning mavzusi va g’oyasi.

Matla baytda hijrondan shikoyat mavzusi ochilgan. Tasvirdan anglashiladiki, kecha boraman deb visolga va’da bergan sevikli yor o‘z vaqtida kelmay qoladi. Ya’ni, va’dasiga vafo qilmaydi. Visolga umidvor oshiqning ko‘zlariga tong otguncha uyqu kelmaydi. U yorini tong otgunga qadar ham umidvor kutadi. Ammo yor tongotarda ham kelmaydi. Ushbu g‘azal sharhlarida «kecha» so‘zini turlicha tushunish tufayli, uni voqea sodir bo‘lgan kechqurun yoki shoir iztiroblari ifodalangan kundan oldingi kun (o‘tgan kun) kabi talqinlar uchraydi.
Biroq g‘azal mazmunidan, ayniqsa, uchinchi baytdan aniq anglashilib turibdiki, va’da va uning ijrosiga intizorlik g‘azal yozilgandan avvalgi kun voqeligidir. Matlada g‘azal lirik syujetining yaxlit mundarijasi o‘zining umumiy aksini topgan.
Keyingi baytlarda oshiqning va’da olgan oydin kundan to tonggacha iztirobda o‘tgan qalb kechinmalari baytma-bayt batafsil tasvir etiladi. Ikkinchi baytdagi tasvirga ko‘ra, lirik qahramon dam-badam yor yo‘liga chiqib, uni intizor kutadi. Kelavermagach, yana manziliga qaytadi. Yana besabru betoqat bo‘lib yor yo‘liga chiqib ko‘z tutadi.



  1. She’rda mavjud badiiy vositalar

Matlada g‘azal lirik syujetining yaxlit mundarijasi o‘zining umumiy aksini topgan. Keyingi baytlarda oshiqning va’da olgan oydin kundan to tonggacha iztirobda o‘tgan qalb kechinmalari baytma-bayt batafsil tasvir etiladi. Ikkinchi baytdagi tasvirga ko‘ra, lirik qahramon dam-badam yor yo‘liga chiqib, uni intizor kutadi. Kelavermagach, yana manziliga qaytadi. Yana besabru betoqat bo‘lib yor yo‘liga chiqib ko‘z tutadi. Ammo yordan hamon darak bo‘lmaydi. Mutolaa jarayonida oddiy muxlislarimiz «chektim yo‘lida intizor» shoirona so‘z birikmasini tushunishga qiynaladilar. Ayrimlarida «yor yo‘lida intizor oshiq nima chekdi ekan?» qabilidagi savol ham tug‘iladi. Bunga sabab shuki, Navoiy davri til ifodalari bugungi tilimizdan o‘zgacharoq. Aslida, yuqoridagi so‘z birikmasidagi uchta so‘zning aynan o‘zini hozirgi til tuzilishida ifodalasak, bugungi o‘quvchi uchun tushunarli, aniq mazmun kelib chiqadi: «yo‘lida intizorlik chekdim». Oshiq yorini chuqur iztirob bilan sabrsiz kutaverganidan, joni og‘ziga keladi. Bu o‘rinda shoir «joni og‘ziga kelmoq» xalq iborasini mahorat bilan qo‘llaydi. Uni qo‘llashdan maqsad faqat frazeologizmni mazmunga mutanosib ravishda ishlatish emas, balki tazod – qarshilantirish san’atini vujudga keltirishdir. Tazod oshiq va ma’shuq holatlari o‘rtasidagi zidlikni ifodalashga safarbar etiladi: oshiqning joni og‘ziga keladi, biroq ma’shuqa kelmaydi, u oshiqning ahvoliga loqayd, beparvo.


Baytdagi « sho‘xi badxo‘» iborasi e’tiborga sazovor. G‘azal sharhlovchilarining lug‘at va izohlarida «badxo‘» so‘zining «yomon odatli», «yomon fe’lli», «yomon qiliqli» kabi ma’nolari beriladi. Haqiqatan ham, bu so‘z fors tilidan olingan bo‘lib, «bad» – «yomon», «xo‘» – «fe’l-atvor» ma’nolarini anglatadi. Biroq, oshiqning muhabbatiga sazovor sevikliga nisbatan «badqiliq» sifati juda dag‘al tuyuladi. Agar yori chindan ham «badfe’l» bo‘lganida, Navoiy lirik qahramoni uni sevmagan bo‘lardi. Biz shoirning «sho‘x» so‘zini ham nazardan soqit qilmasligimiz lozim. Nazarimizda, shoir ushbu iborani hazil-mutoyiba aralash erkalash ma’nosida qo‘llagan. Negaki, visolga va’da berib, o‘z vaqtida kelmay, oshiqning sabr-toqati, irodasi, sadoqatini sinash har bir qizga xos hayotiy xususiyat. Shu boisdan, uning «badxo‘»ligi va’da berib, va’dasida turmasligi, xolos.
Keyingi bayt mazmunini shoir «tajohuli orif» san’ati asosiga quradi. Yorning va’da qilingan vaqtda kelmaganligi sababini tusmollaydi, taajjub izhor etadi: agar yor kun xuddi uning munavvar jamolidek yorug‘ bo‘lganida, birov ko‘rib qolishidan uyalib, andisha qilib, sharm-hayo, ehtiyot yuzasidan kelmagan bo‘lsa, ayriliq azobidan zulmat qoplagan mening hayotimdek tun qorong‘u bo‘lganida ham kelmadi-ya ?! Baytda yana tazod san’ati yaratilgan: yorning yuzi (orazi) – nurafshon, oshiqning hayoti (ro‘zg‘ori) esa qop-qorong‘u.
To‘rtinchi baytda lirik qahramonning ahvoli mubolag‘ali tasvirlanadi. U kuta-kuta toqati-toq bo‘lib, majnunga aylanadi. Parisifat yorim hajrida shunday devonalarcha faryod chekib yig‘ladimki, – deydi oshiq, – mening bu ahvolimni ko‘rganda kulgisi kelmagan biror kimsa bormikin? Bu bayt mazmuni ifodasida shoirning yana bir badiiy mahorati shundaki, u xalq hayotida uchraydigan tipik tafsilga ishora qiladi. Odatda, odamlar ko‘chadagi devona-jinnining xurmacha qiliqlariga beixtiyor kulishadi. Shuningdek, baytda yig‘i va kulgi holatlari asosida ifodalangan tazod san’ati ham badiiyatni kuchaytirgan.
Beshinchi baytda lirik qahramonning ruhiy holati tasviri mubolag‘ali tarzda davom etadi. Uning ahvoliga hayron qolganlarga lirik qahramon: buncha ko‘z yoshlaringni oqizasan, deya ta’na-malomat qilmanglar, – deya iltijo etadi, – ko‘zlarimdan hijron kechasi suv oqqani yo‘q, kelgani barisi yurak qonlari edi. Mubolag‘adan tashqari, ko‘zlardan suv o‘rniga qon oqishi ma’lum darajada tazodni ham tashkil etadi.
Oltinchi bayt oddiy g‘azalxon mutolaasi uchun birmuncha murakkabroqdir. Ammo Navoiy davri o‘zbek tili va she’riyat tilining o‘ziga xos grammatik qurilishini bilgan odam uni osongina tushunib oladi. Ushbu baytni to‘g‘ri tushunmasdan, maktab darsliklarida «begona bayt» deya talqin etish holatlari ham bor. Ammo, adabiyotshunoslikda ham, xususan, g‘azalshunoslikda ham «begona bayt» degan tushuncha mavjud emas. Odatda, maqtadan oldingi baytda shoir lirik chekinish tarzida biror falsafiy xulosa, teran umumlashma fikr bayon etadi. Lekin u g‘azal baytlarining mazmunan izchilligiga raxna solmaydi. Oldingi baytlarga mantiqan bog‘langan bo‘ladi. Bunday baytda izchil yoritilayotgan mavzu yuzasidan xulosa, hukm chiqariladi. Muammoning falsafiy yechimi bayon etiladi. Mazkur baytda ham xuddi shunday hodisani kuzatish mumkin. Ma’lumki, oldingi baytlarda lirik qahramon, ya’ni oshiq hijrondan shikoyat qilib kelayotgan edi. U zaif va nolakor bir vaziyatda turibdi. Baytda shoir oshiqning bunday mavqeiga tanqidiy munosabat bildiradi. «Tolibi sodiq», ya’ni sadoqatli talabgor topilmas ekan, deya fikr yuritadi shoir. Va’daga vafosiz yorning jabru sitamlaridan oh-voh chekish bilan kifoyalanish chinakam oshiqning ishi emas. «Yo‘qsa», ya’ni bo‘lmasa, yorning yo‘liga kim «avval», ya’ni birinchi bo‘lib jur’atli, dadil qadam qo‘ydikim, uning ma’shuqasi ro‘parasidan peshvoz chiqmadi?! Yor diydoriga sadoqatli talabgor jur’atli, jasoratli bo‘lishi lozim. Chinakam oshiqlik tabiati shunday bo‘ladi! Oshiqlik jur’at, jasorat, fidoyilik, kerak bo‘lsa, qurbonlikni talab etadi.
Tugallanma baytda shoir may obraziga murojaat etadi. Lirik qahramonni hijronzada ko‘ngil uyini boda bilan shod-xurram etishga chorlaydi. Nima uchunkim, ko‘ngil uyi shod-xurramlik bilan obod ekan, unga qayg‘u yaqin yo‘lay olmaydi. Bu o‘rinda boda mayparastlikni ifodalamaydi, albatta. U qayg‘uga qarshi shodlik ramzi, tazod unsuri sifatida qo‘llangan.
Xulosa qilib aytganda, «Ul sarvi gulro‘ kelmadi» g‘azali Navoiy lirikasining shoh asarlaridan biridir. 

6. She’r haqidagi shaxsiy mulohazalarim.


Bu g’azalda buyuk bobomiz g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari bunda ilohiy muhabbatga ta’rif bergan,ayrim tarixiy manbalarda bu muhabbat ollohga,payg’ambarimiz Muhammad S.A.V. hazratlariga bulgan insoniyatning muhabbati deb ham ta’rif beriladi
Agar g’azalga to’g’ridan-to’g’ri qaraydigan bulsak yorni kutish,insoniyat o’rtasidagi muhabbat ulug’langan deb ham ayta olamiz
Yorni tongga qadar kutishi,badiiy tuqimalar bilan g’azalga shoir,o’zgacha chiroyli ta’rif berib yondashgan
Yüklə 20,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə