Ahvoli qanday?


,2 ming gektarni tashkil etadi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə5/6
tarix22.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#85870
1   2   3   4   5   6
ahvoli qanda1

2604,2 ming gektarni tashkil etadi. Bundan tashqari, sirli g‘orlar, g‘aroyib shaklli qoyalar, daralar, yer qatlamlari ochilib qolgan joylar, sharsharalar, shifobaxsh buloqlar, ulkan daraxtlar, nafosatli landshaftlar, muzliklar ham bor. Faqat ularni turizmda foydalanishga qaratilgan inventarizatsiya va klassifikatsiyalash, shuningdek, mavjud salohiyatni tibbiy-biologik, turizm-iqtisodiy baholashni amalga oshirish ­talab qilinadi, xolos.

Ta'kidlash kerak-ki, turizm rivojida, ayniqsa, sohaning ­boshqaruv tuzilmasi muhim o‘rin tutadi. Prezidentimizning 2016 yil 2 dekabrdagi Farmoniga asosan, yangidan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyati, eng avvalo, nazorat va ma'muriyatchilik vazifalarini amalga oshirishga emas, balki turizmda tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ya'ni qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, sayyohlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar bozorida raqobatni rivojlantirish, litsenziyalash, sertifikatlash hamda boshqa ruxsatnomalar berish uning zimmasiga yuklandi.

O‘z navbatida, Farmonda O‘zbekistonda yaqin vaqtda turizm sohasini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiya­si, 2017 — 2021 yillarda konsepsiyani amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, turizm inf­ratuzilmasini takomillashtirish, soha korxonalariga qo‘shimcha imtiyoz va preferen­tsiyalar berish bo‘yicha ham dolzarb tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Unga ko‘ra, yaqin istiqbolda xorijiy investitsiya­larni keng jalb qilgan holda, respublikamizning barcha hudu­dida turizm infratuzilmasining zamonaviy obektlari, eng avvalo, 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə