Ahvoli qanday?


mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya obekt­lari bunyod etiladi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə6/6
tarix22.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#85870
1   2   3   4   5   6
ahvoli qanda1

mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya obekt­lari bunyod etiladi. Bu jarayonda yangi obektlarning xalqaro andozalar, turistlar talab va ehtiyojlariga to‘liq ­javob berishi inobatga olinadi.

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishida turizm industriyasini jadal ravnaq toptirish bo‘yicha dasturiy vazifalar belgilab berilgan.

Soha istiqboliga qaratilayotgan ana shunday jiddiy e'tibor tufayli yangi-yangi turizm markazlari vujudga kelayapti. Toshkent viloyatini, hech ikkilanmasdan, ana shular safiga kiritish mumkin.

Gap shundaki, hudud tabiiy imkoniyatlari hamda xorij tajribasi o‘rganilgan holda, viloyatning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Masalan, 700 dan ziyod madaniy meros obektlari mavjudligi sayyohlikning ziyorat yo‘nalishini rivojlantirishda qo‘l kelayotgan bo‘lsa, noyob tabiat obidalari, fusunkor o‘rmon va landshaftlar ekologik, purviqor tog‘lar esa ekstremal sayyohlik istiqboliga keng yo‘l ochib berayapti. Bundan tashqari, etnoturizm ham izchil rivojlanayotir. Shu bois 2017 — 2021 yillar davomida mazkur sohada 200 dan ziyod loyihalar amalga oshiriladi. Ular doirasida yangi infratuzilma obektlari, xususan, 40 ta mehmonxona qurilishi ko‘zda tutilgan. Yangi mehmonxonalar sayyohlar oqimi nisbatan ko‘p bo‘lgan Parkent, Bo‘stonliq va Zangiota tumanlari, Angren hamda Chirchiq shaharlarida bunyod qilinishi belgilangani e'tiborga molikdir.

2017 yilning o‘zida birgina Parkent tumanida 80 o‘rinli mo‘'jaz mehmonxona, oilaviy dam olish majmuasini foydalanishga topshirish bo‘yicha ishlar ­jadal davom ettirilayapti. Umuman olganda, besh yil mobaynida shu kabi maqsadlar ro‘yobi uchun 400 milliard so‘mdan ortiq investitsiyalar jalb qilinib, qariyb 2 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Pirovardida viloyatda turizm xizmatlari ko‘rsatish hajmi 2,5 barobar oshadi.



Harakatlar strategiyasi va ­boshqa tegishli hujjatlarning izchil ijrosi O‘zbekistonni tez orada yirik hamda jozibador sayyohlik markazlaridan biriga, turizmni esa iqtisodiyotimizning yetakchi sohasiga aylantirishga mustahkam zamin yaratishi muqarrar.
Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə