Ahvoli qanday?


O‘zbekiston sayyohlik ko‘lami va tarixiy qadamjolari ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar sirasiga kiradi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/6
tarix22.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#85870
1   2   3   4   5   6
ahvoli qanda1

O‘zbekiston sayyohlik ko‘lami va tarixiy qadamjolari ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar sirasiga kiradi.  Mamlakatimizda 7 mingdan ziyod nodir tarixiy yodgorliklar hamda betakror arxitektura namunalari mavjudligi, so‘lim qo‘riqxonalar faoliyat ko‘rsatayotgani, milliy madaniyat, san'at va hunarmandchilikning ko‘p asr­lik an'analari asrab-avaylab kelinayotgani xorijliklarning yurtimizga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirmoqda. Biroq mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanilmayotganligi tufayli sohaning xizmat ko‘rsatish va ­eksportdagi hissasi, aholini ish bilan ta'minlashdagi o‘rni ­jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada orqada.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida bu haqda to‘xtalar ekan, turizmdek serdaromad soha rivoji e'tibordan chetda qolib kelayotgani, uning O‘zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni ­targ‘ib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurligini alohida ta'kidladi. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlarida keltirilishicha, ayni paytda turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi juda past — atigi 2 foiz atrofida. Turizm faoliyatini amalga oshirgan firma va tashkilotlarning soni esa qariyb 400 ta bo‘lib, ularning asosiy qismi Toshkent shahri (73,4 foiz), Samarqand (13,1 foiz), Buxoro (4,5 foiz) va Xorazm (1 foiz) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Boshqacha aytganda, O‘zbekistondagi sayyohlik xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan firma va tashkilotlarning 92 foizi, sayyohlarning 93,1 foizi ushbu 4 ta hududga to‘g‘ri keladi.

Prezidentimizning 2016 yil 2 dekabrdagi 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə