Ahvoli qanday?


“O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/6
tarix22.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#85870
1   2   3   4   5   6
ahvoli qanda1

“O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib, uni izchil rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Binobarin, ushbu hujjatda turizmni mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida taraqqiy toptirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ushbu yo‘nalishdagi salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, tarmoqni bosh­qarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ib qilish, O‘zbekistonning ijobiy sayyohlik qiyofasini shakllantirish yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ularning izchil ijrosi  yurtimizni jahon turizmining muhim markazlaridan biriga aylantirish imkonini yaratadi.

Qadimgi Buyuk Ipak yo‘li or­qali ko‘plab mamlakatlarning ­turizm marshrutlari tutashgan xalqaro chorrahada joylashgan o‘lkamizda sayyohlikning barcha turini rivojlantirish mumkin.  Ular orasida ekoturizm eng istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Buning uchun g‘oyat xilma-xil hamda boy landshaft, tabiiy ekotizim va resurslar, ulkan rekreatsiya-turizm salohiyatiga egamiz. Qolaversa, yurtimizning quruq subtropik iqlimi, fasllar o‘z o‘rnida almashishi yil davomida, har mavsumga xos va mos ekologik turizm xizmatlari ko‘rsatish imkonini beradi.

Vaholonki, hozirgi vaqtda ­dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH)ning iqtisodiy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega estetik tabiiy manzaralari, madaniy-etnografik meros va qulay ekologik resurs salohiyati imkoniyatlaridan ekologik turizmni rivojlantirishda foydalanish asosiy yo‘nalishga aylangan. Shu ma'noda, respublikamizda ekoturizmga asos bo‘ladigan noyob obektlar juda ko‘p. Masalan, 36 ta METH mavjud bo‘lib, ularning umumiy maydoni 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə