Aim uz XX asrda aqshda sotsiologik qarashlar ta’limoti va rivoji



Yüklə 34,7 Kb.
tarix04.11.2017
ölçüsü34,7 Kb.

Aim.uz


XX asrda AQSHda sotsiologik qarashlar ta’limoti va rivoji
Sotsiologiyaning AQShdagi rivojlanishiga Charlz Xorton Kuli (1864-1929) katta hissa qo‘shdi. Kuli ramziy interaksionizm (jamiyatning mohi-yatini shaxslararo o‘zaro ta’sirda, deb hisoblash)ning asoschisi hisoblanadi. «Inson tabiati va ijtimoiy tartibi» (1902.), «Ijtimoiy progress» (1918) kabi asarlarida o‘z qarashlarini ifodaladi. U ijtimoiy evolutsiyani organik ijti-moiy jarayon deb hisobladi, bunda atrof-muhitga samarali moslashuv funksional xususiy tizimlarda jamiyatning ichki tartibini muntazam diffe-rensiatsiya qilgan holda yuzaga keladi. Kuli Spenserning iqtisodiy libera-lizmda ifodalangan individualizmini inkor qildi.

Kuli Amerika jamiyatidagi ijtimoiy tengsizlikni tahlil qilib, uni 2 ga ajratdi:

1) tabaqa bunda ijtimoiy maqom meros bo‘lib qoladi;

2) sinf ijtimoiy maqom daromad olishdagi raqobat natijasida yuzaga keladi.

U kasb-hunar, daromad va turmushni ushbu tabaqalanishning mezoni deb bildi.

Kuli inson tabiatini o‘ziga xos holda tushundi. Inson tabiatini u ayrim olingan insonning kommunikatsiyasi natijasida vujudga keladi, deb hi-sobladi.

Inson shaxsga aylanib, boshqa kishilar bilan bo‘ladigan interaksiya ja-rayonida o‘z «men»ini rivojlantiradi. Shuning uchun u avtonom, ratsional individni inkor qildi.

Individ va jamiyat Kuli uchun bir-birini to‘ldiradi, lekin bir-biridan us-tun emas. Har bir individ o‘z holicha yagonadir. Buni Amerika sotsiologi-yasining ruhiy-axloqiy asoslaridan kelib chiqib tushuntirish mumkin. Dyurkgeym fikriga ko‘ra, ijtimoiylik individning ajralgan kollektiv ongi sifatida emas, balki individlarning bir-biriga qaratilgan xatti-harakati, inter-aksiyasi sifatida mavjud bo‘ladi. Inson tabiati ayni bir paytda ham indivi-dual, ham ijtimoiydir. Ushbu konsepsiya zamirida Amerika sotsiologiyasi uchun xos bo‘lgan mikro va makroistiqbolning birlashuvi imkoni yotadi. Chunki «Men»ning ijtimoiy genezisi individuallik bilan bir qatorda indi-vidning faolligini taqozo qiladi, guruhning maqsad va manfaatlarini ilgari suradi.

Kuli «Birlamchi guruhlar» nazariyasini ishlab chiqdi, uning ijtimoiy-lashuvi, jamiyat evolutsiyasi va interaksiyaning ramziy xususiyatlarini aniqladi.

«Birlamchi guruhlar» ixtisoslashuvsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabat-lar asosida vujudga keladigan kichik guruhlar bo‘lib, ular oila, bir o‘yin-dagi bolalar guruhi, qo‘shnilar. «Birlamchi guruhlar» ijtimoiy genezis jarayonida asosiy rol o‘ynaydi. Hozirgi paytda «Ikkilamchi guruhlar» bir-lamchi guruhning ahamiyatini kamaytirmoqda.



«Ikkilamchi guruhlar» kishilarning yirik guruhlari bo‘lib, shaxsiy bo‘lmagan munosabatlarga asoslanadi. Har bir individ bunday institutlarda butun jamoa bilan emas, balki uning bir qismi bilan ishtirok etadi. Agar «birlamchi guruh» interaksiyasi kishilarning emotsional shaxsiy aloqalari asosida to‘satdan paydo bo‘lsa, «ikkilamchi guruhlar» avvaldan belgi-langan ishchan munosabatlar orqali shakllanadi. Kulining ta’kidlashicha, «ikkilamchi guruhlar» birlamchi guruhlarga xavf soladi.

Mikrosotsiologiyaning yana bir namoyandasi Jorj Gerbert Mid (1863-1931) bo‘lib, uning fikricha voqelik, tabiat, fizik predmetlarni ong, shaxs kabi ijtimoiy tashkil etilgan yoki inter subyektivdir. Mid tabiat bir-biridan mustaqil predmetlardan tashkil topmagani kabi jamiyat ham ko‘plab mus-taqil individlardan tashkil topmaydi, deydi. Uningcha, kishilik jamiyati evolutsiyasi asosan, birgalashib ishlash hamda shaxslarning o‘zaro va predmetlar bilan bo‘ladigan aloqasi orqali belgilanadi. Ushbu evolutsiya jarayonida kishilarning intellekti hozirgi darajagacha rivojlandi. Bu jara-yon hozir ham davom etib bormoqda. Har bir individ unda ishtirok etadi, faqat interaksiya va boshqalar bilan aloqada «Men»ini taraqqiy toptiradi. Ong tafakkur va tasavvur amaliyotidagina vujudga keladi, o‘zgaradi. Bu amaliyot esa individlar bir-biri, guruhlar jamiyat bilan interaksiyada shakl-lanadi. Shu bilan birga, u ichki tajribaga ham e’tibor beradi va uni ijtimoiy asoslangan xatti-harakat, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham, Mid o‘zini ijtimoiy bixeviorist deb hisoblaydi. Uning fikricha, har qanday psixolo-giya ijtimoiy psixologiya bo‘ladi, chunki odamlarning ongi va ruhiyati ijtimoiy axloq va xatti-harakatdan ajralmasdir.

Ruh, nutq, tafakkur, intellekt ijtimoiy hodisalar bo‘lib, «mulohazalar dunyosi», kommunikatsiyalar jarayoni ularning umumiy manbayi hisob-lanadi. Uning vositasi imo-ishoradir. Tafakkur Mid uchun individning o‘z-o‘zi bilan signifikatif ramzlar yordamidagi ichki kommunikatsiyasidir. Mid interaksiyani barcha ishtirokchilarning boshqa odamlarning xatti-harakat-larga tayyorgarligini, ularning imo-ishoralariga o‘zlarining munosabati, deb hisoblaydi.

Sotsiometriya amaliy mikrosotsiologiya bo‘lib, J.Moreno (1892-1974) uning rivojiga katta hissa qo‘shdi.

Sotsiometriya kichik guruhlarda shaxslararo munosabat tarkibini o‘rganishdir Amaliy sotsiologiya, ya’ni sotsiologiyani rivojlantirganlardan biri J.Morenodir (1892-1974) Sotsiometriya empirik sotsiologiyaning od-diy usullari yordamida kichik guruhlarda psixologik o‘zaro munosabatlarni o‘rganadi. U mikrosotsiologiyadagi alohida yo‘nalish sifatida S.J.Moreno maktabidan iborat. AQShda sotsiometriyaning maxsus markazi-Moreno instituti mavjud bo‘lib, u «Sotsiometriya» jurnalini nashr etadi. Moreno va uning muxlislari sotsiometriyaga kichik guruhlarni shunday qayta guruh-lash yo‘li bilan ijtimoiy uyg‘unlikka erishish vositasi, deb qaraydilar, bu-ning natijasida go‘yo mazkur kichik guruhlarda birlashgan kishilarning istaklari va his-tuyg‘ulari birligi barqaror bo‘lar emish.

Moreno o‘z qarashlarini psixoterapiyadan keltirib chiqaradi. Uning fik-richa, psixoterapiya usullari uch revolutsiyani vujudga keltiradi: gipnoz (Mesler qo‘llaganidek), psixoanaliz (Freyd bo‘yicha) va psixodrama (Mo-reno ishlab chiqqan, teatr o‘yinlarining ta’siri). Terapiyaning ushbu shakl sotsiodramani vujudga keltiradi.

Morenoning fikricha, jamiyatda uch o‘lchov mavjud:

1) tashqi jamiyat, ya’ni barcha bilishi mumkin bo‘lgan makroskopik guruhlar;

2) sotsiometrik matritsa, ya’ni sotsiometrik usullar bilan aniqlanadigan mikroskopik strukturalar;


  1. jamiyat va sotsiologik matritsani u ijtimoiy voqelikdan farq qiladi, deb hisobladi.

Tolkott Parsons (1902-1979) AQSH sotsiologi, funksional maktabning asoschisi. Sotsiologiyada «umumiy nazariya»ni qidirib topish Parsons nomi bilan bog‘liq, uning «Sotsial amaliyot strukturasi» (1936), «Sof va amaliy sotsiologik nazariya ocherklari» (1949), «Sotsial sistema» (1951) va boshqa asarlarida bayon etgan «sotsial amaliyot nazariyasi» shunday nazariyalardan biridir. U struktur-funksional tahlil usulidan foydalanib, ij-timoiy tizim modelini tuzishga intildi, individlarning o‘zaro ta’siri amali-yoti bu tizimning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Parsonsning fikricha, abstrakt individlarning amaliyotidagi moslikni aniqlashga va ularga jami-yat tomonidan buyurilgan rollarning bajarilishiga yordam beradigan va umumqabul qilgan xatti-harakat me’yorlarini, standartlarini o‘zlashtirish-dan, ularni faoliyatning ichki motiviga aylantirishdan iborat. Parsonsda g‘oyaviy omillar (avvalo, ijtimoiy ongning me’yoriy-qimmatli strukturasi) kishilarning xatti-harakatini ham belgilovchi omil bo‘lib yuzaga chiqadi. Parsons muvozanatga ijtimoiy tizim normal holatining eng muhim belgisi, deb qarab, jamiyatni janjallar va keskin o‘zgarishlardan saqlashi lozim bo‘lgan bu holatni tartibga solish jarayonlariga, ularni ijtimoiy nazorat qi-lib turish vositalariga (siyosiy va huquqiy organlarning faoliyati, kishi-larning yurish-turishiga tevarak-atrofdagilarning munosabati) katta e’tibor beradi. U evolutsionizm g‘oyalaridan foydalanib, ijtimoiy tizimlar tasviriga ularning o‘zgarishlari tahlilini kiritishga urindi. Jamiyatda sodir bo‘layot-gan jarayonlarga konservativ munosabatda bo‘ldi. O‘zgarishlar deganda u bir tizimning boshqa tizim shakliga kirishini emas, balki tizimning moslashuvchanligini kuchaytiruvchi ichki tabaqalanishni tushundi.

Strukturaviy funksional tahlil – tizimli obyektlarni, avvalo, ijtimoiy ti-zimlarni tadqiq qilish usuli Ijtimoiy hayot turli shakllarining strukturaviy funksional tahlili ijtimoiy tizimlarda strukturalarni tashkil etuvchi tizim-larni va ularning bir-biriga nisbatan rolini ajratib ko‘rsatish asosida qu-riladi. Parsons va Merton o‘z asarlarida umumiy antropologiya doirasida alohida uslubiy yo‘nalish sifatida shakllangan ilk funksionalizm g‘oya-larini rivojlantirdi. Parsons struktur kategoriyalar (qimmatlar tizimi, ijti-moiy me’yorlar, umumiyatlarning turlari va ularda qatnashuvchilarning roli) bilan funksional kategoriyalar (o‘z-o‘zini saqlash, integratsiya, maq-sadga erishish va adaptatsiya) o‘rtasidagi tafovutni tahlilga asos qilib qo‘-yadi U jamiyatga idealistik munosabatda bo‘lib, ijtimoiy strukturani mus-tahkamlaydigan qimmatlar va me’yorlar tizimini ijtimoiy munosabatlar-ning asosiy-tartibga soluvchi omili deb qaraydi.

Strukturaviy funksionalizm ijtimoiy tengsizlikni asoslash uchun o‘ziga xos konsepsiyani ilgari suradi. Ijtimoiy struktura ijtimoiy tuzumning evo-lutsion rivojlanishidagi gorizontal va vertikal differensiatsiya jarayonining natijasidir.

XX asrning 40-yillaridan boshlab «fanda sistemali harakat» boshlandi va u sistemaning umumiy nazariyasini yaratish uchun turli fan vakillarini o‘zaro birlashtirdi. Bu harakat sotsiologiyani ham chetlab o‘tmadi va unda sistemali prinsip ishlab chiqila boshlandi. Lekin sistemali yo‘nalish g‘o-yasi jamiyatni sistemali asosda tadqiq qilish ilgariroq amalga oshirilgan edi.

Sistemali va funksional yondashishlar g‘oyasini amerikalik olim Par-sons o‘zining sotsial-harakat nazariyasida ishlab chiqdi. U sistema tushun-chasiga ijtimoiy yaxlitlikning turli darajasidagi harakatning natijasi sifatida qaradi. U qanday qilib yakka harakatlar bir-birlari bilan bog‘langan va bu aloqalarni qanday konseptual shaklda namoyon qilish mumkin, degan sa-volga shunday javob beradi: «Shaxs, madaniyat va jamiyatning sistemali sifatlari institutsionallash jarayonida namoyon bo‘ladi. Ana shu institut-sionalizatsiya o‘zaro harakatning uyushgan modelining ko‘rinishi bo‘lib, u sotsial strukturani tashkil etadi. Tizim sotsial harakatning integratsiya me-xanizmlari faoliyat ko‘rsatishi tufayli mavjud bo‘ladi».

Funksional usulni takomillashtirgan olim Robert Mertondir (1910). U «Sotsial nazariya va sotsial struktura» (1949) asarida funksionalizmning (struktur-funksional analiz) asosiy qoidalarini bir tizimga solishga urindi. Merton funksiyalar (kishilarning xatti-harakati, uning ijtimoiy yaxlitlik uchun qulay bo‘lgan obyektiv oqibatlari) bilan disfunksiyalar (xatti-hara-katning umumqabul qilgan qoidalari, standartlaridan har xil yo‘l bilan chetga chiqish, tizimning birligi va yaxlitligini buzadigan nizolar va sh.k.) o‘rtasida tafovut joriy qiladi. Merton kishilar faoliyatining beg‘araz oqibat-larini (pinxon funksiyalar) aniqlashni sotsiologik analizning muhim vazi-fasi deb hisoblaydi.

«Chetga chiquvchi xatti-harakatni mensimaslik yoki unga faqat «no-matlub» narsa deb baho berish, Mertonning fikricha, shunga olib keladiki, ijtimoiy hayotning o‘zgarishlari, dinamikasi sotsiologning nazaridan tushib qoladi. Merton ham «chetga chiqishlar»ni ko‘pincha axloqiy psixologik, ruhiy-qadriyat yo‘sinidagi hodisalar jumlasiga kiritadi, ularni ijtimoiy-iqti-sodiy munosabatlardan ajratib qo‘yadi. Merton funksionalizmga uslubiy tomoniga katta e’tibor berib, sosiologiyadagi siyqa empirizmni tanqid qiladi va empirik tadqiqotlarni nazariya bilan qo‘shish tarafdori sifatida maydonga chiqadi. Biroq nazariya deganda u, asosan «o‘rta daraja» naza-riyalarni ko‘zda tutadi. «O‘rta daraja» nazariyalar empirik ishchi gipote-zalari bilan umumiy qamrab oluvchi nazariyalar orasidan o‘rin olgan. «O‘rta daraja» nazariyalarining asosiy tushunchalari-oxirgi guruhlar, ano-miya va byurokratiyadir.
Savol va topshiriqlar


  1. Sotsiologiya fanining boshqa ijtimoiy fanlardan farqi nimada?

  2. Sotsiologiya fanining nazariy-amaliy manbalari nimalardan iborat?

  3. Qadimgi Turondagi ijtimoiy qarashlar haqida gapirib bering.

  1. Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishidagi shart-sharoitlar qan-day edi?

  2. Sharqdagi ijtimoiy-sotsiologik qarashlarning G‘arbiy Yevropadagi sotsiologik qarashlardan farqi nima?

  3. O.Kont sotsiologiyasi haqida gapirib bering.

  4. Spenserning sotsiologik ta’limoti qanday?

8. E.Dyurkgeym va L. Gumplovichning sotsiologiya fani rivojiga qo‘shgan hissalari nimalardan iborat?

9. Ch.X. Kuli interaksionizmi haqida nimalarni bilasiz?



10. T.Parsons ta’limotini aytib bering.
Tayanch so‘z va iboralar
Pozitivizm empirik fanlarni haqiqiy bilimning birdan-bir manbayi deb bilish;

Struktura funksional tahlil-ijtimoiy tizimda tuzilmalarni tashkil etuvchi tizimlar va ularning funksiyasini ajratib ko‘rsatuvchi usul;

omma ko‘pchilikning tasodifan bir joyda bir vaqtda to‘planishi;

elita ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv, madaniyat fanni rivojlanti-ruvchi oliy, imtiyozli qatlami;

ijtimoiy institutlar kishilar faoliyatini tashkil etishning mustahkam shakli;

so‘fiylik yagona Ollohni tan olishni va unga intilishni targ‘ib qiluvchi, VIII-IX asrlarda Arab xalifaligida tarqalgan oqim;

zardushtiylik Xorazmda eramizdan avvalgi VII asrda vujudga kelgan, yakka xudolilikka asoslangan din;

mitraizm Eronda eramizdan avval I asrda paydo bo‘lgan, xudo Mitraga sajda qilish bilan bog‘liq bo‘lgan din;

sotsiometriya mikrosotsiologiyaning kichik guruhlarda shaxslararo munosabat tarkibini o‘rganshi;

«birlamchi guruh» kichik ijtimoiy guruhlar (oila, qo‘shnilar, bir o‘yindagi bolalar);

«ikkilamchi guruh» kishilarning yirik guruhlari.


Aim.uz



Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə