Ajdodlar xotirasi muqaddas



Yüklə 30,74 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.12.2023
ölçüsü30,74 Kb.
#164303
AJDODLAR XOTIRASI MUQADDAS referat



 
 
 
AJDODLAR XOTIRASI MUQADDAS
Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma'noga egadir.
Ushbu kunlarda o'z 
Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, shuningdek, To'maris, Shiroq, Spitamen, 
Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Namoz-botir kabi qaxramonlar va asrlar 
davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Abdulla Qodiriy, Behbudiy, 
Munavvar-qori, Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy 
qaxramonlarimizni ruhini shod etib eslash ham farz ham qarzdir. Insoniyat ikkinchi jaxon 
urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu-jadalda qaxramonlarcha halok bo'lganlar 
xotirasini 
aslo 
unutmaydi. 
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan e'lon qilingan 9 may 
– “Xotira va qadrlash 
kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Inson xotira bilan 
tirik, qadr bilan ulug'. O'tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, 
e'zozlamoq 
xalqimizga 
xos 
ezgu 
fazilatlardandir. 
Binobarin, Xotira, bu 
– unutmaslik, deganidir. Sohibqiron Amir Temur ham so'zini 
“Bizkim...” deya o'z Vatanini, xalqini, ajdodlarimiz hurmatini bajo etish bilan boshlagan. 
O'z navbatida, Mirzo Ulug'bek ham, shoir va sarkarda Bobur ham, shoirlar sultoni 
Alisher Navoiy ham ajdodlar ruhiga munosib, buyuk ishlarning davomchisi bo'lishga 
intilganlar. Shuning bilan birga, xotira tiriklik chashmasidir. Undan imon-e'tiqod bilan suv 
ichganlar 
avlodi 
qudratli 
va 
salohiyatli 
bo'ladi. 
Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli 
janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og'ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, 
mashaqqatli daqiqalarda ham o'zligini yo'qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga 
hurmat-ehtirom 
ko'rsatish 
tom 
ma'noda 
milliy 
qadriyatga 
aylandi. 
Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. O'tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini 
yodga olmoq, e'zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan, qolaversa, bu bugun tom 
ma'noda 
milliy 
qadriyatga 
aylandi. 
Shu 
o'rinda 
Prezidentimiz 
I.A.Karimovning: 
“Jafokash xalqimiz asrlar davomida ne-ne og'ir sinovlar, mashaqqatli kunlarni ko'rmadi. 
O'z ozodligi, erkinligi, tinch hayoti yo'lida kurashib, behisob qurbonliklar bergan ota-
bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o'chmaydi”, - degan so'zlarini 
eslash 
o'rinlidir. 
Prezidentimiz tomonidan joriy 2016 yilning “Sog'lom ona va bola yili” deb e'lon 
qilinishining zamirida ham xalqimizning an'analari, qadriyatlari, mehr oqibati mujassam. 
Xalqimizga xos bo'lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari 
“Xotira 
va 
qadrlash 
kuni” 
misolida 
ham 
yorqin 
namoyon 
bo'ladi. 
Inson 
– hayot gultoji. Uning qadri, hurmati har doim e'zozga loyiq. Xalqimizga xos 
xislatlar haqida gap ketsa, albatta, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi fazilatlar tilga olinadi. 
Keksalarni ardoqlash, ko'makka muhtojlarning hurmatini joyiga qo'yish qon-qonimizga 
singib ketgan fazilat. Ayniqsa, o'tganlarni xotirlash, aziz otaxonu-onaxonlarning duosini 
olmoqlik 
saodati 
o'zgacha. 
Xotira shunday ruhiy-ma'naviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o'tmish 
va istiqbol bilan bog'lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. Xotirlash 
– xalq 
manfaati uchun kurashgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo'lgan kishilarni eslashdir. U 
olamdan o'tgan ajdodlarni eslashgina emas, asrlar mobaynida Vatan uchun kurashda 
halok 
bo'lganlar 
xotirasini 
hurmatlash 
hamdir. 
9 may 
– Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalqimizning ezgu fazilatlari yanada 
yorqin namoyon bo'ladi. Ikkinchi jahon urushi dahshatlarining guvohi bo'lgan kishilar 
tobora 
kamayib 
bormoqda.
Yoshlikning navqiron chog'larini urush olovlarida, janggohlarda o'tkazib, bugungi tinch 
va 
osoyishta 
hayotimiz 
uchun 
kurashgan 
insonlar 
jasorati 
beqiyosdir.
Shu o'rinda Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod 


etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og'ir kunlarni sabr-bardosh 
bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o'zligini yo'qotmagan, imoni butun 
yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko'rsatish tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi. Bu 
hol yoshlarni yurtparvarlik, mehnatsevarlik, ajdodlarining eng yaxshi an'analaridan 
faxrlanish, ularga munosib vorislar bo'lish ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga 
ega.
Davlatimiz rahbari o'z ma'ruzalarining birida shunday degan edilar: “Tarixiy xotira – bu 
avvalo, hayot mazmunini, avlodlar o'rtasidagi vorisiylik tuyg'usini anglash demakdir”. 
Xotirani asrash, xotirani ehtiyot qilish 
– bu bizning o'zimiz va avlodlar oldidagi axloqiy 
burchimizdir. 
Xotira 
– 
bizning 
boyligimizdir. 
Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yo'lida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash 
bugungi kunimizni qadrlashga o'rgatadi. Xotira bu 
– tarixdir. U kechagi o'tmishni, 
ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi 
– muqaddas kitob zarvaraqlaridek 
hayotimizni yoritib turadi. Shu bois, inson o'z xotira boyliklarini qadrlaydi. 
Bugun nishonlayotgan bayramimiz shunday bir kunki, u shu yurtda yashayotgan har 
qaysi oila, har qaysi xonadon uchun bevosita daxldor bo'lgan, ularning hayotida 
qandaydir 
chuqur 
iz 
qoldirgan 
tarixiy 
sanadir.
Ayni shu kunda men el-yurtimiz bilan birga bo'lib, shu kunning ham xursandchiligini, 
ham iztirobini urush qatnashchilari, muhtaram faxriylarimiz bilan baham ko'rib, yana bir 
bor butun xalqimizni ana shu tarixiy sana bilan tabriklashni o'zimning muqaddas 
burchim 
deb 
bilaman. 
Darhaqiqat, xalqimiz azaldan o„z ajdodlarini munosib xotirlab, keksalar holidan xabar olib, e‟zozlab 
keladi. Ayniqsa, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq bu an‟ana yangicha mazmun kasb etdi. 
1999-yil 2-martda Prezidentimiz farmoniga asosan, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi 
kurashib halok bo„lganlar, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan o„g„lonlar 
xotirasiga hurmat bajo keltirish, yoshi ulug„ insonlarni e‟zozlash maqsadida “9-may — Xotira va 
qadrlash kuni” deb e‟lon qilinib, bu sana umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. 
Umumta‟lim muassasalarida may oyining birinchi o„n kunligida o„tiladigan “Tarbiyaviy soat”, tarix va 
milliy g„oya turkumiga kiruvchi fan mashg„ulotlarini “Vatanparvarlik va jasorat darslari” deb nomlash, 
tadbirlarda quyidagi senariydan foydalanish tavsiya qilinadi.
Mustaqillik yillarida «bedarak yo„qolgan» minglab marhum yurtdoshlarimiz taqdiri aniqlandi. Birinchi 
Prezidentimiz farmoni asosida 1995-yili 3
3 jildli «Xotira» kitobi (keyinchalik bunga qo„shimcha tarzda 
2 ta jild chiqdi) va O„zbekiston xalqining front ichkarisi va ortidagi jasoratlari bayon qilingan 
umum¬lashma maxsus jild (o„zbekcha, ruscha) nashr etildi. Bu urush davrida, front ortida tunni 
t
ongga ulab, g„alaba bo„lishini umid bilan kutgan vatandoshlarimiz matonatiga bag„ishlangan ulkan 
yodnoma 
bo„ldi. 
Ona Vatanni himoya qilish, uning tinchligini saqlashga o„z hissasini qo„shish O„zbekiston 
Respublikasi har bir fuqarosining sharafli burchidir. Men harbiy xizmatchi sifatida yurtimiz tinchligi 
uchun o„z hissamni qo„shayotganimdan faxrlanaman. Qurolli Kuchlarimiz bundan-da mustahkam, 
chegaramiz daxlsiz, yurtimiz tinch va yanada obod bo„lsin!

Yüklə 30,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə