Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
islom huquqi

1) Qur’on. 
Qur’on musulmon huquqining birlamchi manbai bo‘lib, 
uning barcha bo‘limlarining haqiqiyligiga hech shubha qilinmagan. Biroq, 
uning ba’zi bo‘limlari sharhlari borasidagi ulamolarning ayrim fikrlari 
o‘zaro mos kelmagan
2) sunna. 
Ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi o‘ringa Muhammad (s.a.v.)ning 
hadislari qo‘yilgan. Biroq ulamolar hadislarni qabul qilish va amalda 
qo‘llashning turli shartlarini o‘rnatganlar; 
3) sahobalarning fikrlari. 
Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining ham 
jamoaviy, ham shaxsiy fikrlari musulmon huquqining uchinchi eng 
muhim manbai hisoblangan. Bu manbalar sahobalarning nuqtai 
nazarlariga qarab ikki qismga bo‘lingan: 
a) biror masala borasida fikrlar bir xil bo‘lsa – ijmo; 
b) biror masalada fikrlar turlicha bo‘lsa, har bir sahobaning fikri ra’y 
(shaxsiy fikr), deb nomlangan; 
4) qiyos. 
To‘rtinchi o‘rinda Qur’on yoki sunna yoxud ijmoga 
asoslangan ijtihod turgan. Mulohaza usuli – «qiyos» deb atalgan 
deduksiya bo‘lgan. Qiyosga namuna sifatida nashaning taqiqlanganini 
keltirish mumkin, bu hukm Muhammad (s.a.v.)ning: 
«Barcha mast 
qiluvchi moddalar xamrdir, har qanday xamr esa haromdir», –
degan 


69
hadisiga asoslanib chiqarilgan. Nasha mast qilish xususiyatiga egaligi 
uchun ham xamr toifasiga kiritilgan va harom hisoblangan; 
5) istihson. 
Bu tamoyil qiyos tufayli chiqarilgan fikrdan muayyan 
amaliy ehtiyoj tufayli chiqarilgan fikrning afzalligini nazarda tutgan. 
Turlicha nomlangan ushbu tamoyilni huquqiy tafakkur maktablarining 
ko‘plab ulamolari qo‘llaganlar. Biror narsani ishlab chiqarish va sotish 
shartnomasining mazmunini sharhlashni istihsonga misol qilib keltirish 
mumkin. Muhammad (s.a.v.)ning: 
«Kimki oziq-ovqat sotmoqchi bo‘lsa, to 
unga o‘zi egalik qilmaguncha, bu ishga kirishmasin»,
 – degan o‘gitiga 
asoslangan qiyosga ko‘ra, bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmagan. 
Deylik, shartnoma tuzilayotgan vaqtda sotiladigan o‘sha narsa mavjud 
bo‘lmaydi. Biroq bunday shartnomani barcha tan olishi va unga bo‘lgan 
ehtiyojning tabiiyligi hisobga olinib, qiyos asosidagi mazkur fatvo 
majburiy emas, deb tan olingan. Bunday shartnomani tuzishga esa, afzal 
ko‘rish (istihson) tamoyiliga asosan ruxsat etilgan, ya’ni qo‘lida 
bo‘lmagan narsaning savdosiga ham ruxsat berilgan; 
6) urf. 
Mahalliy urf-odatlar, agar ular islom qonunchiligi tamoyil-
lariga zid kelmasa, muayyan hududda musulmon huquqining manbai, deb 
qabul qilingan. Masalan, nikohda kuyovning kelinga nikoh sovg‘asi 
(mahr)ni berishi tartibining o‘rnatilishi urf-odatlarga asoslangan. Musul-
mon huquqiga asosan, mahr nikoh shartnomasining bir qismi sifatida 
kelishib olinadi, biroq uni to‘lashning vaqti aniq belgilanmaydi. 
Misrliklar va boshqa ba’zi xalqlarning odatlariga ko‘ra, uning «muqad-
dam» deb atalgan bir qismi nikoh marosimidan oldin to‘lanishi, 
«muahhar» deb nomlangan qolgan qismi esa, vafot etgan taqdirda, qaysi 
birining avval sodir bo‘lishiga qarab, to‘lanishi lozim bo‘lgan
1
.
Odatning yana bir namunasi bu ijara yoki odam yollashdir. Islom 
qonunchiligi sotilayotgan narsa to‘liq yetkazib berilmaguncha oluvchidan 
tegishli narxni to‘lashni talab qilishni taqiqlaydi. Biroq, odatga ko‘ra, 
ijarachi yoki yollovchi ijaraga berilgan joy yoki narsadan foydalanishni 
boshlagunga qadar kelishilgan muddat uchun ijara haqi olishi mumkin. 
Bu kabi tizimga solish va tasniflash ko‘p jihatdan ijobiy hodisa 
bo‘lsa-da, u guruhbozlik, mazhablar o‘rtasidagi tafovutlarning yanada 
ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Shunday qilib, mazmunan bitta tamoyilni 
ifodalovchi turlicha atamalar mazhablar o‘rtasidagi ixtilof va 
ziddiyatlarga sabab bo‘lgan. Masalan, Molikiylar Hanafiy mazhabining 
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:
ɒɚɥɨɛɢɣ ɆɭΣɚɦɦɚɞ Ɇɭɫɬɚɮɨ
.
ɍ
ɫɭɥ ɚɥ ɮɢԕԟ
-
ɚɥ ɢɫɥɨɦɢɣ
. – 
Ȼɚɣɪɭɬ
-
Ʌɢɜɚɧ
, 1978.


70
istihsonini qabul qilmaganlar, biroq aynan shu tamoyilni «maslahati 
mursala» atamasi bilan qo‘llagan. Shofi’iylar esa ikki atamani ham inkor 
etib, «istis’hob» nomi bilan qo‘llaganlar.
Abbosiylar hukmronligi davrida fiqh kitoblarini yaratish uchun 
ma’lum shakl va tartiblar joriy qilingan. Bu tartib barchaga taalluqli 
bo‘lib, undan hozirgacha foydalaniladi. Turli masalalar umumiy 
sarlavhalar ostida ifodalansa-da, guruhlar va boblarga taqsimlangan. 
Boblarning berilishidagi tartib ham hamma uchun bir xil bo‘lgan. 
Mualliflar o‘zlarining fiqh kitoblarini iymondan keyin keluvchi to‘rt 
ustun bilan boshlaganlar. Islom teologiyasiga oid kitoblarda «tahorat» va 
«salot» (ibodat), «savm» (ro‘za) va «haj» kabi tushunchalarga oid 
masalalar bayon etib bo‘lingach, nikoh, taloq, bay, undan keyin boshqa 
masalalarga o‘tilgan. Bu masalalar bilan to‘qnash kelganda, mazhab 
ulamolari barcha mazhablarda qo‘llanilgan turli dalillarni keltirib, o‘z 
mazhabi nuqtai nazarining to‘g‘riligini metodologik tomondan isbotlab, 
mazhablarning dalillarini rad etganlar. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə