Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə13/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60

D) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri

158. Sharqiy Rim imperiyasida qaysi til lotin tilini surib chiqaradi va davlat tiliga aylanadi?

A) arab tili B) turk tili C) yunon tili

D) ingliz tili

159. VI аsrdа Sharqiy Rim imperiyasida qaysi shaharlаr yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullаb-yashnаgаn?

A) Rim, Parij, London, Florensiya, Afina

B) Kоnstаntinоpоl, Аlеksаndriya, Аntiохiya, Edеssа

C) Konstantinopol, Bag‘dod, Qohira, Ederna, Rim

D) Damashq, Izmir, Afina, Sarayvo, Anqara

160. Qaysi shahar Osiyo va Yevropani bog‘laydigan “Oltin ko‘prik”ka aylanadi?

A) Damashq B) Izmir C) Konstantinopol

D) Antioxiya

161. Vizantiyaning eng ishonchli xalqaro oltin puli nima dab atalgan?

A) solid B) nomisma C) dinor D) dirham

162. Vizantiya imperiyasini kim boshqargan?

A) monarx B) vasilevs C) sulton

D) Konstantinopol monaxi

163. Vizantiya hukmdorining kiyimi qanday rangda bo‘lgan?

A) tim qora B) to‘q qizil C) oppoq D) yashil

164. Vizantiyada imperatorning maslahat organiga aylangan senat nima deb atalgan?

A) kaburg B) vasilevs kengashi C) nomisma

D) sinklit

165. Vizantiya hayotida ellinizm mustahkam o‘rin olganligini ko‘rsatadigan jihatlarni aniqlang.

1) Vizantiyada xalqaro oltin pulning mavjudligi; 2) shahar aholisi ilgarigidek ma’muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan; 3) shahar aholisi jamoa hammomlariga borib turishgan; 4) Vizantiya antik davr yunon ilmini saqlab qolgan; 5) hukmdorning alohida rangdagi kiyimda yurishi; 6) Ippodromlarda xalq avvalgidek chavandozlar, kurashchilar, gimnastlar musobaqalari, mimlar chiqishlarini tomosha qilganlar.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4, 6 C) 1, 3, 5

D) 1, 2, 4, 5

166. O‘rta asrlarda Vizantiyada mimlar – bu ...

A) oddiy xalq vakillaridan yetishib chiqqan mansabdorlar

B) otliq jangchilar C) sportchilar D) aktyorlar

167. Vizantiyalik olimlar o‘z nutqlari va asarlarida, ellin she’riyati, afsonalari hamda fanidan boxabar ekanligini namoyish etish maqsadida nima qilishar edilar?

A) qadimgi yunon tilida o‘z asarlarini bitgan va shu tilda she’rlar, asarlar yozgan

B) qadimgi yunon mualliflari asarlaridan ko‘plab misollar keltirganlar

C) o‘z asarlaridagi qahramonlarni qadimgi yunon qahramonlarining nomi bilan atagan

D) yunonlarning komediya va tragediya janrlarida asar yozishar edi

168. Vizantiya imperiyasi o‘z qudrati cho‘qqisiga kimning imperatorligi davrida erishadi?

A) Yustin B) Feodora C) Yustinian I

D) Konstantin

169. Vizantiya sarkardasi Velisariyga qarshi kurash uchun kimlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan?

A) ispaniyalik vestgotlar

B) italiyalik ostgotlar

C) Shimoliy Afrikalik vandallar

D) galliyalik franklar

170. Yustinianning rafiqasi malika Feodora yoshligida kim bo‘lgan?

A) oddiy tikuvchi B) aktrisa C) sotuvchi

D) ashulachi

171. Vizantiyaliklar qayerda poytaxti Ravenna bo‘lgan alohida noiblik tuzishadi?

A) Suriya va Misrda B) Italiya­da C) Ispaniyada

D) Shimoliy Afrikada

172. Yustinian I qachon sarkarda Velisariyni Shimoliy Afrikadagi vandallarga qarshi yuboradi?

A) 534-yil B) 561-yil C) 530-yil D) 527-yil

173. O‘rta asrlarda Vizantiyada ekzarxat nima?

A) alohida noiblik

B) saroy amaldorlari kengashi

C) imperatorning shaxsiy qo‘riqchilari

D) mamlakat markazidagi tumanlar hokimlari

174. Kimlarning qo‘shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizantiya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatadi?

A) gallar B) ostgotlar C) vandallar

D) vestgotlar

175. Yustinian I davrida Vizantiya qaysi hududlarni istilo qildi?

A) Shimoliy Afrika, Italiya, Ispaniya

B) Misr, Suriya, Falassin

C) Bolqon yarim oroli, Apennin yarim oroli

D) Sitsiliya va Sardiniya orollari

176. VI аsrning o‘rtаlаridаn Vizantiyaga qaysi qabilalarning istilolari boshlanadi?

A) arablar B) slаvyan qаbilаlаri C) ostgotlar D) skandinavlar

177. Yozmа mаnbаlаrdа vizаntiyalik tаriхchilаr tоmоnidаn “slаvyanlаr” аtаmаsi qachondan ishlаtilgаn?

A) IV asrdan B) V asrdan C) VI аsrdаn

D) III asrdan

178. Oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko‘tarilib, impera­torlik taxtini egallagan hukmdorni aniqlang.

A) Qorol Artur B) Yustin C) Otton I

D) Yustinian I

179. Qachondan boshlab yunоn-rim tаriхchilаri аsаrlаridа slаvyan qаbilаlаri hаqidа dаstlаbki ma’lumоtlаr tilgа оlinаdi?

A) milodiy I-II asrlardab

B) milоddаn аvvаlgi II-I аsrlаrdаn

C) milodiy III asrdan

D) miloddan avvalgi IV-III asrlardan

180. VI-VII аsrlаrdаn slаvyan qаbilаlаri qaysi hududlаrdа yashаgаnlаr?

A) g‘аrbdа Elbа dаryosidаn, shаrqdа Vislа dаryosigа qаdаr, shimоldа Bоltiq dеngizidаn, jаnubdа Dunаy dаryosigа qаdаr cho‘zilgаn hududlarda

B) g‘аrbdа Bоltiq dеngizidаn, shаrqdа Vislа dаryosigа qаdаr, shimоldа Elbа dаryosidаn, jаnubdа Dnepr dаryosigа qаdаr cho‘zilgаn hududlarda

C) g‘аrbdа Visla dаryosidаn, shаrqdа Ural dаryosigа qаdаr, shimоldа Skandinaviyadаn, jаnubdа Qora dengizgа qаdаr cho‘zilgаn hududlarda

D) g‘аrbdа Elbа dаryosidаn, shаrqdа Pomir tog‘larigacha, shimоldа Bоltiq dеngizidаn, jаnubdа O‘rtayer dengiziga qаdаr cho‘zilgаn hududlarda

181. G‘аrbiy slаvyanlаrga qaysilari kirgan?

A) bоl­gаrlаr, sеrblаr, хоrvаtlаr, slovenlаr, chеr­nоgоrlаr

B) slovenlаr, chеr­nоgоrlаr, makedonlar, bosniyaliklar

C) chехlаr, pоlyaklаr, lujichanlar, slоvаklаr

D) chexlar, chernogorlar, ukrainlar, beloruslar

182. Sharqiy slаvyanlаr kimlardan iborat?

A) slovenlаr, chеr­nоgоrlаr, makedonlar, bosniyaliklar

B) chexlar, chernogorlar, ukrainlar, beloruslar

C) ruslаr, uk­rаinlаr, bеlоruslаrdаn

D) bоl­gаrlаr, sеrblаr, хоrvаtlаr, slovenlаr

183. Vislа, Dnеpr, Dunаy, Elbа dаryolаri bo‘ylаridа yashаgаn slavyanlar хo‘jаligidа nima muhim o‘rin tutgаn?

A) bаliqchilik B) bog‘dorchilik C) dehqonchilik

D) chorvachilik

184. Slavyanlarda хаlq yig‘inlаri nima deb nomlangan?

A) sinklit B) qurultoy C) nomisma D) vеchе

185. Quyidagilardan slаvyanlаrning аsоsiy ilоhlаrini aniqlang.

A) Svаrоg, Pеrun, Jivа B) Svabed, Jita, Vresin

C) Nohid, Merkuriy, Jiva D) Boden, Svarog, Nimfa

186. 893-927-yillarda Bоlgаriyada kim hukmronlik qilgan?

A) Simеоn B) Asparux C) Bratislav

D) Boleslav

187. Bolgariya podsholigi qaysi yillarda faoliyat ko‘rsatgan?

A) 1) 681-1017-yillar; 2) 1087-1396-yillar; 3) 1910-1945-yillar

B) 1) 680-1018-yillar; 2) 1187-1396-yillar; 3) 1908-1944-yillar

C) 1) 680-1118-yillar; 2) 1118-1394-yillar; 3) 1908-1929-yillar

D) 1) 860-1018-yillar; 2) 1188-1496-yillar; 3) 1806-1944-yillar

188. Ma’lumki, Buyuk ko‘chishlar dav­rida shimolda Rudni tog‘lari, janubda esa Shunava tog‘lari bilan chegaralangan yerlarda joylashgan slavyan qabilalari doim kuchli qo‘shnilar qurshovida yashaganlar. Bular qaysi davlat bo‘lgan?

1) Franklar davlati; 2) No‘g‘ay xonligi; 3) Sharqiy Frank qirolligi; 4) Italiya qirolligi; 5) Germaniya imperiyasi; 6) Vengriya; 7) Polsha; 8) Buyuk Moraviya; 9) Avar xo­qonligi; 10) Turk xoqonligi.

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 3, 5, 6, 7, 8, 9

C) 1, 3, 5, 7, 9, 10 D) 2, 3, 6, 7, 10

189. Bolgariya podsholigiga kim tomonidan asos solinadi?

A) Simeon B) Boleslav C) Asparux

D) Brateslav

190. Qaysi qabila ittifoqi boshida Prjemislovichlar xonadonidan bo‘lgan knyaz­lar turgan?

A) chex B) bolgar C) polyak D) chernogor

191. Buyuk Moraviya qayerda va qachon vujudga kelgan?

A) hozirgi Bolgariyada X-XI asrlarda

B) hozirgi Chexiyaning sharqida IX asr oxiri – X asr boshlarida

C) hozirgi Chexiyaning shimoli va Polshaning janubida VIII-IX asrlarda

D) Vltava daryosi bo‘yida X asr oxiri va XI asr boshlarida

192. Buyuk Moraviya ko‘chmanchi vengerlar tomonidan parchalangach uning hududlari qaysi davlat tarkibiga kirgan?

A) Chexiya davlati B) Polsha qirolligi

C) Bolgariya podsholigi D) Kiyev Rusi

193. Quyidagi ko‘rsatilgan davlatlardan qay biri dаstlаbki slаvyan dаvlаti hisoblanadi?

A) Kiyev Rusi B) Bоlgаriya pоdshоligi

C) Polsha qirolligi D) Chexiya qirolligi

194. 920-935-yillarda Chexiyada kim hukmronlik qilgan?

A) Boleslav B) Bratislav I C) Vatslav

D) Bratislav II

195. Ma’lumki, knyaz Vatslav tomonidan Pragada mamlakatning bosh ibodatxonasini bunyod ettirgan edi. Ibodatxonaning nomi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) avliyo Vit B) avliyo Pyotr C) avliyo Marka

D) avliyo Ioann

196. O‘rta asrlarda slavyan davlatining qaysi hukmdori o‘z tug‘ishgan ukasi tomonidan xoinona o‘ldiriladi?

A) Oleg B) Bratislav II C) Vatslav

D) Boleslav Jasur

197. Nechanchi yilda Pragada alohida yepiskoplik tashkil qilinadi?

A) 988-yil B) 973-yil C) 966-yil D) 920-yil

198. Qaysi Chexiya knyazi Krakov va Gnez­nolarni egallab, u yerdan avliyo Adalbert-Boytex xokini Che­xiyaga olib keladi?

A) Boleslav Jasur B) Bratislav II C) Vatslav

D) Bratislav I

199. Nechanchi yilda German imperatori Genrix IV chex knyazi Bratislav II ga qirol unvonini taqdim etadi?

A) 1018-yil B) 1041-yil C) 1066-yil D) 1085-yil

200. Polyan knyazligi vujudga kelgan davrni aniqlang.

A) VII-VIII asrlar B) VIII-IX asrlar

C) IX-X asrlar D) X-XI asrlar

201. Solnomachining yozishicha, Polyan knyazligi sulolasining afsonaviy asoschisi kim bo‘lgan?

A) Piast B) Botev C) Boleslav Jasur D) Polyak

202. Qachon Meshko I xristianlikni qabul qilgan?

A) 966-yil B) 988-yil C) 983-yil D) 1018-yil

203. Qaysi Polsha knyazi 1018-yili Rus knyazi Yaroslav Mudriy qo‘shinini tor-mor etib Kiyevga kiradi?

A) Meshko I B) Boleslav Jasur C) Bratislav II

D) Meshko II

204 (1). Polsha davlatiga kim tomonidan va qachon asos solingan?

A) Meshko I, X asr o‘rtalarida

B) Boleslav, X asr oxirida

C) Meshko I, X asrning birinchi choragida

D) Piast, XI asr boshlarida

204 (2). Qaysi hukmdor o‘ldirilgach, u millatning asosiy milliy avliyosi, chex davlatining homiysi sifatida e’zozlangan?

A) Bratislav I B) Bratislav II C) knyaz Vatslav

D) knyaz Boleslav

205. Polsha davlatiga qaysi daryo hаvzаsidа asos solinadi?

A) Vltava daryosi bo‘yida

B) Don daryosi havzasida

C) Vislа dаryosi hаvzаsidа

D) Dnepr daryosi havzasida

206. Yilnomalarda yozilishicha, ilk o‘rta asrlarda Sharqiy slav­yan qabilalari kimlarga elchilik jo‘natib, o‘zlariga knyaz yuborishlarini so‘raydi?

A) Vizantiya imperatorlariga

B) Ural havzasidagi qipchoqlarga

C) Muqaddas Rim imperatorlariga

D) skandinaviyalik normannlarga

207. Ryurik vafot etgan yili Angliya ...

A) “Anglosakson solnomasi” tuzildi

B) Daniya bilan sulh shartnomasini imzoladi

C) normannlar tomonidan bosib olinib, Londonga o‘t qo‘yildi

D) Daniya tomonidan bosib olinadi

208. 882-yili kim o‘z lashkari bilan Kiyevni egallab, ayni paytdan yozma manbalarda Kiyev Rusi nomini olgan davlatga asos soladi?

A) Ryurik B) Igor C) Svyatoslav D) Oleg

209. Qaysi knyaz davrida rus qo‘shini Konstantinopolga hujum qilib, vizantiyaliklardan katta to‘lov olishga erishadi?

A) Igor B) Oleg C) Svyatoslav D) Vladimir

210. Ma’lumki, Sharqiy slav­yan qabilalari taklifiga binoan uch aka-uka: Ryurik, Sineus va Truvorlar Rusga kelib knyazlik qiladilar. Ular Rusning qayerida hukmronlik qilganlar?

A) Ryurik Kiyevda, Sineus Novgorodda, Truvor Poloskda

B) Ryurik Novgorodda, Sineus Beloozeroda, Truvor Izborskda

C) Ryurik Novgorodda, Sineus Poloskda, Truvor Beloozeroda

D) Ryurik Moskvada, Sineus Novgorodda, Truvor Izborskda

211. 912-945-yillarda hukmronlik qilgan rus knyazini aniqlang.

A) Igor B) Oleg C) Olga D) Svyatoslav

212. Nima sababdan Igor X asrning 40-yillarida Vizantiyaga qarshi ikki marta yu­rish tashkil qiladi?

A) Vizantiyaning kuchsizlanib qolganligi tufayli

B) Janubiy chegaralarni mustahkamlash maqsadida

C) Vizantiyaning tinimsiz rus yerlariga bosqinini to‘xtatish maqsadida

D) Konstantinopol Oleg davrida tuzilgan shartnomani bajarmagani tufayli

213. Qaysi Rus knyazi Rus mavqeyini harbiy yurishlar, istilolar bilan emas, mohirona diрlomatiya orqali yuksaltirishga intilgan?

A) Ryurik B) Vladimir C) Igor D) Olga

214. Rus knyazilaridan qaysi biri X asrning 50-yillarida Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qilgan?

A) Olga B) Vladimir C) Svyatoslav D) Oleg

215. Xazar xoqonligi qaysi hududlarda tashkil topgan?

A) Dunay va Ural daryolari oralig‘ida

B) Yenisey havzasida

C) Itil va Don daryolari oralig‘ida

D) Janubiy Sibir va Ural bo‘yida

216. Qaysi shahar Xazar xoqonligining poytaxti edi?

A) Astraxan B) Polosk C) Itil D) Irtish

217. Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash qaysi yillarda bo‘lib o‘tadi?

A) 972-980-yillar B) 970-980-yillar

C) 962-990-yillar D) 980-998-yillar

218. Qaysi Rus hukmdorlardan xristianlikni qabul qilishdan bosh tortib “agar men bir o‘zim boshqa dinga o‘tsam, drujinam ustimdan kuladi” – degan edi?

A) Oleg B) Yaroslav C) Vladimir

D) Svyatoslav

219. Rusda kimning boshqaruvi davrida mahalliy knyazlar sulolalari tugatilib, knyazning o‘g‘illari noiblikka tayinlanadi?

A) Oleg B) Vladimir C) Yaroslav

D) Svyatoslav

220. Kimning boshqaruvi davri Kiyev Rusining gullab-yashnagan davri hisoblanadi?

A) Oleg B) Vladimir C) Yaroslav

D) Svyatoslav

221. Qaysi voqea sharafiga Kiyevda avliyo Sofiya ibodatxonasi bunyod etiladi?

A) 988-yilda yangi dinning qabul qilinishi

B) 1036-yil bijanak qabilalari uzil-kesil mag‘lub etilishi

C) 1019-yil yaroslavning taxtga chiqishi

D) 1050-yil ko‘chmanchi qipchoqlarning mamlakatdan quvib chiqarilishi

222. Kimning davrida Kiyevda xristian ruhoniylari tayyorlaydigan o‘quv yurti tashkil etilgan?

A) Yaroslav B) Svyatoslav C) Igor D) Vladimir

223. Knyazlarda kim Novgorodda uch yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurtini ochadi?

A) Yaroslav B) Svyatoslav C) Igor D) Vladimir

224. Kimning hukmronlik davrida poytaxt Kiyevda Vizantiyadan keltirilgan yunon tilidagi kitoblarni ruschaga tarjima qilish yo‘lga qo‘yiladi?

A) Yaroslav B) Svyatoslav C) Igor D) Vladimir

225. Yevropa davlatlarining hukmdorlaridan qaysi birlari yilnomalar yozib borishni buyurgan edi?

A) Vilgelm I, Buyuk Karl

B) Buyuk Alfred, Yaroslav Donishmand

C) Yaroslav Donishmand, Qirol Artur, Oleg

D) Otton I, Genrix I, Yustinian

226. Yevropa davlatlarining hukmdorlaridan qay birlari davrida qonunlar to‘plami tuzilgan?

A) Otton I, Genrix I, Yustinian

B) Otton III, Buyuk Karl, Xilperik

C) Xlodvig, Buyuk Alfred, Yaroslav Donishmand

D) Vladimir Svyatoslavich, Genrix I, Yustin

227. Kiyev Rusi knyazi Yaroslavning qizlari – Anna, Anastasiya va Yelizavetalar qaysi davlat qirollariga turmushga be­rilgan?

A) Fransiya, Italiya, Ispaniya

B) Germaniya, Shvetsiya va Daniya

C) Angliya, Fransiya va Gollandiya

D) Fransiya, Vengriya va Norvegiya

228. “Rus haqiqati”dagi ko‘pchilik moddalarda jinoyat uchun qanday jazolar ko‘zda tutilgan?

A) darra bilan kaltaklash B) jarima to‘lash

C) qamab qo‘yish D) dalada tekinga ishlatish

229. Nechanchi yili Rus knyazi Vladimir Monomax ilk bor qiрchoq xonlaridan ikkitasining qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi?

A) 1095-yil B) 1066-yil C) 1050-yil D) 1036-yil

230. Vladimir Monomax qaysi yillari Kiyev knyazi bo‘lgan?

A) 1125-1227-yillar B) 1050-1072-yillar

C) 1113-1125-yillar D) 1117-1145-yillar

231. Franklar imperiyasida qaysi hukmdor yangi mаоrif tizimini yarаtаdi?

A) Xilperik B) Xlodvig C) Buyuk Kаrl

D) Pipin Pakana

232. Franklar imperiyasida mаktаblаr qayerda tаshkil etilgan?

A) faqat saroy ichida

B) ibоdаtхоnаlаr qо­shidа

C) har bir viloyar hokimi xonadonida

D) Rohiblarning uylarida

233. Quyidagi xudolarni ularni nimaning homiysi ekanligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.

1) Svаrоg 2) Pеrun; 3) Jivа.

a) osmоn хudоsi; b) momaqаldirоq vа yashin хudоsi; c) hоsildоrlik хudоsi

A) 1-b; 2-c; 3-a B) 1-a; 2-c; 3-b C) 1-c; 2-b; 3-a

D) 1-a; 2-b; 3-c

234. Buyuk Karl davridagi saroy аkаdеmiyasining qaysi a’zosi аsаridаn biz Buyuk Kаrl hаyoti vа fаоliyati hаqidаgi ma’lumоtlаrni оlаmiz?

A) Eyngаrd B) Tatsit C) Alkuin D) Menandr

235. Kimni ilmgа chаnqоqligi vа tirishqоqligi tufayli zamondoshlari “mеhnаtsеvаr chumоli” dеb аtаgаnlаr?

A) Alkuinni B) Syuan Siyanni C) Eyngаrdni

D) Mavrikiyni

236. Buyuk Karlning sаrоy аkа­dеmiyasining qaysi a’zоsi mаоrifni yo­yishdа kаttа хizmаt qilgаn?

A) Аlkuin B) Eyngard C) Mavrikiy D) Roland

237. Buyuk Kаrlning o‘zi qaysi tillаrini mukаmmаl bilgаn?

A) lоtin vа yunоn B) hind va fransiz

C) arab va lotin D) yunon va turk

238. O‘rtа аsrlаrning аsоsiy ko‘pchilik dаvridа Vizаntiya o‘zigа хоs yuksаk mаdаniyati bilаn Yevropaning eng ilg‘оr mаmlаkаti bo‘lib qolishining sababi nimada edi?

A) Vizantiyaning yunon madaniyatini o‘zlashtirmaganligi va Sharq xalqlari madaniyatini ko‘r-ko‘rona qabul qilganligi

B) Vizantiyaning butun Markaziy va Sharqiy Yevropani birlashtirganligi va ularning qadimiy madaniyat ildizlarini olganligi

C) Vizantiyada markazlashgan davlatning vujudga kelganligi, Sharq xalqlarini bo‘ysundirib, ularning madaniyatidagi o‘ziga xosliklarni o‘zlashtirganligi

D) Vizаntiyadа аntik mаdаniyat аn’аnаlаri sаqlаnib, vizаntiyaliklаr hаyotidа, yunоn hаmdа Sharq mаdаniyatlаri qоrishmаsi – ellinizm muhim o‘rin tutgаn

239. Аfinа аkаdеmiyasigа kim va qachon asos solgan?

A) Demokrit mil.avv. VI asrda

B) Arestotel mil.avv. V asrda

C) Plаtоn mil. аvv. IV аsrdа

D) Geraklit mil.avv. IV asrda

240. Nima uchun impеrаtоr Yustinian Аfinа аkаdеmiyasini yopish hаqidа fаrmоn chiqаrаdi?

A) Konstantinopoldan boshqa millat vakillarini chiqarib yuborish uchun

B) Аfinа аkаdеmiyasining o‘z siyosаtigа qаrshi bo‘lgаnligi uchun

C) davlat mablag‘larini tejash maqsadida

D) xalq maktablarini ochish maqsadida

241. Qaysi hukmdor o‘z davlatida Itаliyadаn ikki mаshhur qo‘shiq­chini tаklif etib, sаrоydа qo‘shiqchilаr dаstаsini tuzdirgаn?

A) Otton III B) Buyuk Karl C) Genrix I

D) Xorun ar-Rashid

242. Nechanchi yilda Kоnstаntinоpоldа huquqshunоslik vа fаlsаfа fаkultеtlаridаn ibоrаt univеrsitеt оchilаdi?

A) 988-yil B) 1018-yil C) 1045-yil D) 842-yil

243. “Grеk оlоvi” Vizаn­tiya­da qaysi аsr­dа ixtirо qilingаn?

A) VI asrda B) VIII asrda C) VII аsr­dа

D) IX asrda

244. Qaysi so‘z yunonchadan tаsvir, siymo ma’nosini beradi?

A) mozaika B) ikоnа C) frezka D) banno

245. Diniy ikоnаning eng qаdimgisi nechanchi asrga mаnsub?

A) I asrga B) III asrga C) II аsrgа D) IV asrga

246. Hоzirda Istаnbuldаgi Qаhriya mаsjidi ilgari qaysi me’moriy obida edi?

A) Kardova saroyi B) Siviliya saroyi

C) Хоri mоnаstiri D) G‘arnota saroyi

247. Kimning davrida Kоns­tаntinоpоldа Avliyo Sоfiya ibоdаtхоnаsi bаrpо etilgаn?

A) Yustin B) Konstantin C) Yustinian I

D) Feodosiy

248. Janubiy va Sharqiy slavyanlar madaniyatiga qayer kuchli ta’sir ko‘rsatadi?

A) Fransiya B) Vizantiya C) Daniya D) Italiya

249. Rusdagi dastlabki ibodatxonalar qayerlik ustalar tomonidan qurilib jihozlangan?

A) bolgariyalik B) rimlik C) vizantiyalik

D) fransiyalik

250. Mе’mоrchilikning qaysi uslubida ibоdаtхоnаlаr ulkаn, sаlоbаtli dеvоrlаri, gumbаz­lаri, qаlin ustunlаri, unchаlik kаttа bo‘lmаgаn dеrаzаlаri, dаrvоzа vа eshiklаri аrkаli qilib qurilgаnligi bilаn аjrаlib turаdi?

A) rоmаn uslubi B) gotik uslubi

C) barakko uslubi D) ioniya uslubi

II-BOB.



1. “Yaman” so‘zining ma’nosi nima?

A) haq, baxtli B) g‘alaba, tinchlik

C) unumdor vodiy D) sahro, cho‘l

2. Eron shohi Xisrav I tomonidan Yaman nechanchi yilda ishg‘ol qilinadi?

A) 561-yil B) 570-yil C) 651-yil D) 583-yil

3. Hijoz viloyatining markazi qaysi shahar bo‘lgan?

A) Madina B) Yasrib C) Damashq D) Makka

4. Quyidagi qaysi xalifa palma daraxtidan yilpig‘ich yasab, uni sotish orqali tirikchilik qilgan?

A) Xalifa Umar B) Abu Bakr C) Xalifa Usmon

D) Xalifa Ali

5. Rimliklar yahudiylarni Quddusdan haydaganidan qancha vaqt o‘tib, ular o‘z shaharlariga qaytarildi?

A) 490 yil B) 514 yil C) 502 yil D) 607 yil

6. Sulaymon ibodatxonasi o‘rnida masjid qurishni buyurgan xalifani aniqlang.

A) Umar B) Usmon C) Abu Bakr

D) Ali ibn Abu Tolib

7. VIII asr boshlarida arablar ...

A) Xalifalik poytaxtini Damashqqa ko‘chirdi

B) Shimoliy Afrikani to‘liq bo‘ysundirdi

C) mamlakatni qo‘zg‘olonlar qamrab oldi

D) islom dinini to‘liq qabul qildi

8. Kimning hukmronligi davrida arab qo‘shinlari Dog‘istonni egalladi?

A) Abu Bakr B) Usmon C) Umar D) Ali

9. 815-yil ...

A) “Qizil ko‘ylaklilar” qo‘zg‘oloni bo‘ldi

B) Muqanna qo‘zg‘oloni bostirildi

C) Qurdoba amirligi tashkil topdi

D) Horun ar-Rashid vafot etdi

10. Arab xalifaligiga kim tomonidan barham berilgan?

A) Mahmud G‘aznaviy B) Xulaku C) Xubilay

D) Tulu


11. “Bayt ul-hikma” kutubxonasida qancha kitob qo‘lyozmasi bo‘lgan?

A) 17 ming B) 500 ming C) 400 ming D) 40 ming

12. Al Humro saroyi qaysi shaharda bunyod etilgan?

A) Kordova B) Granada C) Siviliya D) Qohira

13. Arab alifbosi nechanchi asrda yaratilgan?

A) V asr B) VII asr C) VI asr D) VIII asr

14. Quyidagi javoblarning qaysi biri xato berilgan?

A) musiqachi Ziriyab IX asrda yashagan

B) Hasan masjidi Qohirada joylashgan

C) Arab xalifaligidan birinchi mustaqil amirlik Ispaniyada tashkil topdi

D) Arab yozuvi hozirgi Iroqda yaratilgan

15. IV asrning oxiri – V asr boshlarida Hindistonda ...

A) Guptalar imperiyasi gullab-yashnaydi

B) mamlakatni siyosiy tarqoqlik qamrab oldi

C) 70 ga yaqin katta-kichik knyazliklarga bo‘linadi

D) aholi tabaqalanishiga barham berildi

16. Guptalar hukmronligi davridagi temir ustun nechanchi asrga oid?

A) IX asr B) III asr C) III-IV asr D) V-VI asr

17. Musulmon davlatlarining Hindistonga hujumlari qachondan boshlangan?

A) IX asr B) X asr C) XI asr D) XII asr

18. “Patta” so‘zining ma’nosi nima?

A) bo‘lak B) qultum C) yorliq D) unvon

19. Ajanta ibodatxonalari majmui nechanchi asrlarda yaratilgan?

A) mil.av. II asr – milodiy VIII asr

B) mil.av. II asr – milodiy VII asr

C) Mil. II asr – mil. VII asr

D) Mil. II asr – mil. VIII asr

20. Hindistonda Kalikut hukmdorini nima deb atashgan?

A) port-shahar egasi B) ulug roja

C) dengiz xo‘jayini D) osmon o‘g‘li

21. Ajanta ibodatxonalar majmui Hindistonning qaysi qismida joylashgan?

A) markaziy B) shimoliy C) janubiy D) garbiy

22. III asr Xitoy ...

A) Viy, Biy va U davlatlariga bo‘linib ketadi

B) Shu, U, Vu davlatlariga ajralib ketadi

C) Vey, Shu, U davlatlariga bo‘linib ketdi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə