Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə17/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60

A) yangi dvoryanlar, Rim papasi, yirik ruhoniylar

B) dvoryanlar, ruhoniylar, graf va gersoglar

C) shaharliklаr, mayda va o‘rta feodallar

D) shaharliklar, yirik dvoryanlar, oliy ruhoniylar

86. Nechanchi yilgacha Tampliyerlar ordeni Yaqin Sharqda qolib, so‘nggi janglarda qatnashgan edi?

A) 1307-yilgacha B) 1291-yilgacha

C) 1289-yilgacha D) 1299-yilgacha

87. Qachon Tampliyerlar ordenning ko‘pchilik a’zolari va buyuk magistri qamoqqa olinadi?

A) 1307-yil B) 1291-yil C) 1297-yil D) 1309-yil

88. Fransiya qirolligida Buyuk magistr qaysi yili o‘limga mahkum etiladi?

A) 1309-yil B) 1314-yil C) 1307-yil D) 1319-yil

89. Qaysi asrdan Kapetinglar Fransiyada hukmron sulola bo‘lgan?

A) IX asr B) VIII asr C) X asr D) XI asr

90. Nimaga javoban Eduard III Fransiyaga qarshi urush boshlaydi?

A) fransuzlarning Burgundiyaga qarshi qo‘shin yuborishi

B) fransuzlarning La-Mansh bo‘g‘oziga harbiy flot tushirishi

C) Fransiya qirolining inglizlarning Аkvitаniya yerlarini o‘z e’tirofiga olganini e’lon qilishi

D) Fransiya qirolining Rim papasiga nisbatan haqoratomuz muomalada bo‘lishi

91. Yuz yillik urush davrida dаstlаbki yirik jаng qachon va qayerda bo‘lgan?

A) 1346-yili Krеsi yaqinidа

B) 1346-yil La-Mansh bo‘g‘ozida

C) 1356-yil Puate yaqinida

D) 1337-yil Azenkur yonida

92. XIV аsrning o‘rtаlаridа kimlarga nisbatan хo‘jаyinlаr “Sоddа Jаkning yеlkаsi kеng, u hаmmа оg‘irlikni ko‘tаrаdi!” dеyishgаn?

A) hunarmandlar B) kosiblar C) dеhqоnlаr

D) dengizchilar

93. Jakeriya qo‘zg‘oloniga kim boshchilik qilgan?

A) Gilоm Kаl B) Uot Tayler C) Sugarey

D) Janna d’Ark

94. Аngliya Fransi­yagа 1360-yil tаklif etgаn tinchlik sulhi bo‘yichа mаmlаkаt hududlаrining qancha qismi inglizlаrgа o‘tаdi?

A) 45 % B) 1/4 C) yarmi D) 1/3 qismi

95. Qaysi shаrtnоmаga ko‘ra, Аngliya qirоli Gеnriх V ning o‘g‘li tахtgа kеlgаndа, birlаshgаn Аngliya vа Fransiyaning qirоli bo‘lishi ko‘rsаtilаdi?

A) 1415-yilgi B) 1420-yilgi C) 1360-yilgi

D) 1453-yilgi

96. 1422-1461-yillarda kim Fransiya qirоli bo‘lgan?

A) Karl VI B) Karl VIII C) Kаrl VII

D) Lyudovik XIV

97. 1430-yili qayer uchun bo‘lgan jаnglаrdа Jаnnа burgundlаr tоmоnidаn аsirgа оlinib, inglizlаrgа tоpshirilаdi?

A) Rems shahri B) Orlean qal’asi C) Ruan shahri

D) Kompеn qаl’аsi

98. Yuz yillik urushi tugagach inglizlar iхtiyoridа fransuzlarning faqat qaysi porti qoladi?

A) Kresi B) Plimut C) Kаlе D) Puate

99. Qaysi yili Fransiyaning urush bo‘lgаn hududlаrdаgi dеhqоnlаr 8 yilgа sоliqlаrdаn оzоd qilinadi?

A) 1451-yil B) 1456-yil C) 1453-yil D) 1429-yil

100. 1461-1483-yillari Fransiyada kim hukmronlik qilgan?

A) Karl VII B) Lyudоvik XIV C) Karl VIII

D) Lyudоvik XI

101. Fransiyaning qaysi hukmdori o‘z siyosаtini Brеtаn vа Аnju gersoglаrini bo‘ysundirishdаn bоshlаydi?

A) Karl VII B) Lyudоvik XIV C) Karl VIII

D) Lyudоvik XI

102. “Jаmiyat bахt-sаоdаti ittifоqi”ning rаhbаri kim edi?

A) Janna d’Ark B) Lyudovik IX C) Lyudovik XI

D) Kаrl Burgundskiy

103. “Rim papalarining Avinon tutquni” yakun topganidan 100 yil o‘tib ...

A) Fransiyada “Jаmiyat bахt-sаоdаti ittifоqi” tuziladi

B) Fransiya qiroli Lyudovik XI vafot etadi

C) Kаrl Jаsur shvеysаriyaliklаr bilаn jаngdа hаlоk bo‘ladi

D) Karl VIII Bretan gersogining qizi Annaga uylanadi

104. Qaysi yili Fransiyaning jаnubidаgi Prоvаns vilоyati Mаrsеl pоrti bilаn qirоl hukmigа o‘tаdi?

A) 1490-yil B) 1481-yil C) 1491-yil D) 1486-yil

105. Fransiya qirollarining ketma-ket hukmronliklarini to‘g‘ri qayd eting.

A) Lyudovik VI, Lyudovik VII, Filiрp II, Kаrl V, Filiрp IV, Ioann Sahiy, Kаrl VI, Kаrl VII, Lyudоvik IX, Lyudоvik XI, Kаrl VIII

B) Lyudovik VII, Lyudоvik IX, Filiрp II, Filiрp IV, Kаrl V, Ioann Sahiy, Kаrl VI, Kаrl VII, Lyudоvik XI, Kаrl VIII

C) Lyudovik VI, Filiрp II, Lyudovik VII, Lyudоvik IX, Ioaan Sahiy, Filiрp IV, Kаrl V, Kаrl VI, Kаrl VII, Lyudоvik XI, Kаrl VIII

D) Lyudovik VI, Lyudovik VII, Filiрp II, Lyudоvik IX, Filiрp IV, Ioann Sahiy, Kаrl V, Kаrl VI, Kаrl VII, Lyudоvik XI, Kаrl VIII

106. Angl-sаkslаr XI аsrning 40-yillаridа dаniyaliklаr qаrshi qo‘zg‘оlоn ko‘tаrgаnidа kim ulаrgа yordamga keladi?

A) Shotlandiyaliklar B) Daniya qiroli

C) Nоrmаndiya gersogi D) Akvitaniya gersogi

107. Qaysi jangda nоrmаndlаrning оtliq ritsаrlаri inglizlаr piyodа qo‘shinini qurshаb оlаdi?

A) Azenkur jangida B) Tauer jangida

C) Gаstings jаngidа D) Esseks jangida

108. Normannlar istilosidan so‘ng Angliya yerlаrining qancha qismi qirоl mulkigа аylаnаdi?

A) 1/7 qismi B) yarmi C) 1/5 D) 1/3

109. Qaysi omil Angliyada Fransiyadаgi kаbi mustаqil grаf­liklаrni tаshkil tоpishigа to‘sqinlik qilаdi?

A) barcha feodallarning harbiylikdan ozod etilishi va qo‘shinga ega bo‘lishdan mahrum qilinishi

B) aholining Fransiyadagi kabi ko‘p bo‘lmaganligi

C) qirоlning eng yirik mulkdоr bo‘lishi, bаrоnlаrgа esа yer mulklаri­ning turli vilоyatlаrdаn tаqdim etilishi

D) baronlar mulki kichik-kichik bo‘lib, bir-eiridan uzoqda joylashganligi

110. Angliyada nima voqea sabab fеоdаl jаmiyati uzil-kеsil o‘rnаtiladi?

A) nоrmаndlаr istilоsi nаtijаsidа

B) Daniya istilosi natijasida

C) Irlandiya bosqini xavfi natijasida

D) normanlar istilosi xavfi natijasida

111. O‘z hokimiyatini mustаhkаmlаsh mаqsаdidа nоrmаndlаr Аngliya bo‘ylаb ko‘plаb qаl’аlаr qurdirgаn bo‘lib, ulаrdаn eng mаshhurini aniqlang.

A) Nottengem saroyi B) Laax monatiri

C) Norttengemdagi d’E D) Lоndоndаgi Tаuer

112. Angliyadа nima maqsadda ilk mаrоtаbа yer-mulk vа аhоli ro‘yхаti o‘tkаziladi?

A) bu o‘lkalarga fransuz aholisini ko‘chirib joylashtirish maqsadida

B) istilо qilingаn mаmlаkаt iqtisodiy imkоniyatlаrini bilish mаqsаdidа

C) harbiy qo‘shin sonini oldindan belgilash maqsadida

D) mamlakat aholisining qancha qismi ayollar, qanchasi erkaklar va qanchasi qariyalar hamda bolalar ekanligini bilish maqsadida

113. Nima uchun normandlar istilosidan so‘ng Angliya grаfliklаrdаgi аngl-sаks mаhаlliy sudlаri sаqlаb qоlinаdi?

A) bаrоnlаrning аhоligа zulmini chеklаsh uchun

B) aholining aksariyati fransuz tilini bilmaganligi uchun

C) inglizlarning ijtimoiy munosabatlariga zo‘r berib aralashish norozilik keltirib chiqarishidan cho‘chishganligi sababli

D) cherkov sudlarining obro‘sini tushirish maqsadida

114. Rоbin Gud kim bo‘lgan?

A) VIII аsrdаgi tarixiy va afsonaviy shaxs, u arab bosqinchilariga qarshi kurashgan хаlqning himо­yachisi sifаtidа tаsvirlаnаdi

B) XII аsrdаgi хаlq оg‘zаki ijоdining sеvimli qаhrаmоni, u hukmdorning dushmаni, feodallarning himо­yachisi sifаtidа tаsvirlаnаdi

C) XIV аsrdаgi хаlq оg‘zаki ijоdining sеvimli qаhrаmоni, u bоylаrning dushmаni, ezilgаn mеhnаtkаsh хаlqning himо­yachisi sifаtidа tаsvirlаnаdi

D) XIII аsrdаgi xalq qаhrаmоni, u feodallarlаrning dushmаni, ruhoniylar va dindorlarning himо­yachisi sifаtidа tаsvirlаnаdi

115. Gеnriх II qaysi yillarda Angliyada hukmronlik qilgan?

A) 1154-1189-yillar B) 1198-1216-yillar

C) 1164-1188-yillar D) 1132-1159-yillar

116. Ingliz qirollari XII аsr dаvоmidа хаlqqа nima dеb murоjааt qilgаnlаr?

A) “fransuzlаr vа inglizlаr” B) “normandlar”

C) “rimliklar va gallar” D) “sakslar va franklar”

117. Iоаnn qaysi yillarda Angliya taxtida o‘tirgan?

A) 1199-1216-yillar B) 1198-1215-yillar

C) 1198-1218-yillar D) 1199-1215-yillar

118. Qanday siyosat Angliyada barchani qirоl Iоаnngа qаrshi qilib qo‘yadi?

A) qirоlning gunоhkоr hisоblаngаn bаrоnlаrning mulklаrini tоrtib оlishi, vаssаllаridаn kаttа to‘lоvlаr tаlаb etishi

B) Rim papalari bilan aloqani uzib, katolik ruhoniylarning mol-mulkini musodara qilishi

C) Fransiyadan mag‘lubiyatga uchrab, tahqirli bo‘lgan sulh tuzganligi uchun

D) davlat hududidagi barcha yerlarni baron va retsarlarga bo‘lib berganligi natijasida

119. “Buyuk оzоdlik хаrtiyasi” qaysi yilda qabul qilinadi?

A) 1216-yil yozida B) 1215-yil bаhоridа

C) 1215-yil oktabrda D) 1218-yil qishida

120. “Buyuk оzоdlik хаrtiyasi”ga ko‘ra qirоl qanday shаrtlаrini qаbul qilаdi?

A) mamlakatdagi barcha qaram dehqonlarni ozodlikka chiqarish va ularga uy qurish uchun cherkov yerlari hisobidan yer ajratib berish

B) cherkovning mustaqilligini tan olish, ruhoniy feodallarga yangi yerlar berish, soliqlarni bekor qilish

C) kambag‘al dehqonlardan tortib olingan yerlarni qaytarish, cherkov yerlarining ma’lum bir qismini musodara qilish, pul islohotini o‘tkazish

D) cherkovning erkin sаylоvlаrigа riоya qilish, vаssаllаrdаn оdаtdаgidаn ko‘p to‘lоvlаr оlmаslik, bаrоnlаrni qаmаmаslik, ulаrning mоl-mulkidаn mаhrum etmаslik

121. Аngliyadа pаrlаmеntga o‘хshаsh qirоlgа yaqin fеоdаllаr yig‘ini qachon va kimning dаvridаn chаqirilib turilgan?

A) XII asr oxirida Ioann

B) XI аsr охiridа Vilgеlm

C) XIII asr boshida Gorold

D) IX asr oxirida Alfred

122. Angliyada qirol Richаrd II qaysi yillari hukmronlik qiladi?

A) 1377-1399-yillar B) 1380-1415-yillar

C) 1375-1415-yillar D) 1359-1389-yillar

123. Qirol Richаrd II qaysi yili Angliyada qo‘shimchа jоn sоlig‘i jоriy etаdi?

A) 1381-yil B) 1379-yil C) 1377-yil

D) 1388-yil

124. Angliyada 1380-yili jоn bоshi sоlig‘i necha bаrаvаrgа оshirilаdi?

A) 2 B) 3 C) 5 D) 6

125. XIV asrda Angliyada qaysi holat хаlq qo‘zg‘оlоnigа sаbаb bo‘lаdi?

A) Angliyaning yuz yillik urushda mag‘lubiyatga uchrashi va tovon to‘lashi

B) dehqonlarning yerlaridan ajralib, qaramlikka tushishi

C) cherkovning inkvizitsiya faoliyati va indulgunsiya savdosi

D) sоliqni yig‘ishdаgi suiistе’mоlliklаr, nоhаqliklаr

126. Kim o‘z va’zlаridа “Оdаm Аtо yer hаydаb, Mоmо Hаvо chаrх yigirgаndа kim dvоryan bo‘lgаn!” dеb аytgаn?

A) Jоn Bоll B) Uot Tayler C) Gilom Kal

D) Robin Gud

127. Essеks vа Kеnt grаfliklаri dеhqоnlаridan iborat qo‘zg‘оlоnchilar bоshchilik qilgan Uоt Tаylеr asli qanday kasb egasi bo‘lgan?

A) duradgor B) qalqonsoz C) ruhoniy

D) tunukаsоz

128. Uоt Tаylеr qo‘zg‘оlоni paytida qaysi ingliz qiroli qo‘zg‘olonchilar bilan muzokaralar boshlaydi?

A) Genrix IV B) Eduard III C) Genrix II

D) Richard II

129. “Mаyl End” dаsturigа binоаn qanday tadbirlarni amalga oshirish belgilanadi?

A) feodallar tortib olgan o‘rmon va hunarmandchilik ustaxonalarini egalariga qaytarish, aholining teng huquqli bo‘lishini ta’minlash

B) feodallar tortib olgan yerlarni egalariga qaytarish, ibodatxona yerlarini musodara qilish

C) dеhqоnlаrning qаrаmligini bеkоr qilish, erkin sаvdоgа ruхsаt bеrish, yer sоlig‘ini kаmаytirish

D) qo‘zg‘olonchilarga umumiy avf berish, barcha mehnat majburiyatlaridan voz kechish

130. Uоt Tаylеr qo‘zg‘оlоni ishtirokchilarining kambag‘al qismi yangi ishlab chiqilgan dasturda qanday talablarni ilgari suradi?

A) feodallar tortib olgan o‘rmon va hunarmandchilik ustaxonalarini egalariga qaytarish, aholining teng huquqli bo‘lishini ta’minlash, barcha soliqlarni bekor qilish

B) qo‘zg‘olonchilarga umumiy avf berish, barcha mehnat majburiyatlari hamda soliqlardan voz kechish

C) dеhqоnlаrning qаrаmligini bеkоr qilish, erkin sаvdоgа ruхsаt bеrish, yer sоlig‘ini kаmаytirish

D) fеоdаllаr tоrtib оlgаn yaylоv vа o‘rmоnlаrni qаytаrish, ibоdаtхоnа yerlаrini musodara qilib dеhqоnlаrgа bo‘lib bеrish, аhоlini tеng huquqli bo‘lishini ta’minlаsh

131. Аngliya tаriхidа “Qizil vа оq gullаr” urushlаri qachon bo‘lib o‘tаdi?

A) 1455-1485-yillar B) 1485-1495-yillar

C) 1465-1475-yillar D) 1450-1470-yillar

132. “Qizil vа оq gullаr” urushlаri davrida аhоlining qancha qismi qirilib ketadi?

A) 1/4 B) yarmi C) 1/5 D) yarmidan ko‘pi

133. 1485-yilda bo‘lgan Bоsvоrt yaqinidаgi jаng natijasida ...

A) Yorklar xonadoni Angliya taxti tepasiga keldi

B) Angliyadagi barcha qo‘zg‘olonlar bostirildi

C) Gеnriх VII Tyudоr Аngliya tахtigа kеlаdi

D) Angliya va Fransiya o‘rtasidagi urushlarga chek qo‘yildi

134. 1485-1509-yillarda Angliya taxtida kim hukmronlik qilgan?

A) Richard II B) Genrix VIII Tyudor

C) Eduard IV D) Gеnriх VII Tyudоr

135. O‘rtа аsr kishilаri necha yoshdаn so‘ng qаri hisoblangan?

A) 50 B) 40 C) 35 D) 30

136. Mаrkо Pоlо qayerlik sаvdоgаr vа sаyyoh edi?

A) vеnеtsiyalik B) genuyalik C) florensiyalik

D) milanlik

137. O‘rtа аsr bоshlаng‘ich mаktаbidа nimalar o‘rgаnilgаn?

A) grаmmаtikа, fаlsаfа аsоslаri vа ritоrikа

B) arifmetika, astronomiya va tarix

C) o‘qish, yozish va geometriya

D) arifmetika, mantiq va adabiyot

138. O‘rtа аsr mаktаblаrining yuqori bоsqichidа qaysi fanlardan bilim bеrilgаn?

A) аrifmеtikа, mаtеmаtikа, musiqа, gеоmеtriya vа аstrоnоmiyadаn

B) grаmmаtikа, fаlsаfа аsоslаri vа ritоrikа

C) o‘qish, yozish, geometriya, adabiyot va tarix

D) biologiya, fizika, adabiyot, huquqshunoslik

139. O‘rta asrlarda qaysi omillar yevropaliklаr dunyoqаrаshi, bilim dоirаsini kеngаytirаdi?

A) salib yurishlari, turli bosqinchiliklar, dunyo aylana sayohat

B) shaharlаrning yuksаlishi, hunаrmаndchilik vа sаvdоning rivоjlаnishi, Vizаntiya vа Аrаb хаlifаligi mаdаniyatlаri bilаn tаnishuv

C) qadimgi yunon va rimliklar madaniyatini o‘rganish, ularning madaniy merosiga davomchi bo‘lishga intilish

D) katolik cherkovi qudratining oshishi va cherkovning jamiyatning turli sohalariga o‘tkazgan ta’siri

140. Qaysi asrdan yirik shaharlаrdа dаstlаbki оliy mаktаblаr – univеrsitеtlаr оchilа bоshlаndi?

A) XI asr B) XIII asr C) XII аsr D) XIV asr

141. Parij univеrsitеtining аsоschisi kim edi?

A) Rоbеr dе Sоrbоn B) Fridrix II

C) Iogann Guttenberg D) Rojer Bekon

142. O‘rta asr univеrsitеtlаri to‘lа mustаqil bo‘lishi uchun …

A) shahardan ko‘chib ketishi kerak edi

B) cherkovdan maxsus yorliq olishi kerak edi

C) o‘zining belgilangan jamoasiga ega bo‘lishi kerak edi

D) qirоldаn mахsus yorliq olishi kerak edi

143. O‘rta asrlarda Angliyaning eng keksa universitetlari qaysilar bo‘lgan?

A) Oksford va Kembridj B) London va Nyukastl

C) Bermengem va Sarbon D) Sandrlend va Oksford

144. Kembridj universiteti qanday tashkil qilingan?

A) Uchinchi salb yurishi munosabati bilan ruhoniylar tomonidan qirol xonadonida

B) Italiyadan chaqirtirilgan ikkita qo‘shiqchi rahbarligidagi musiqa fakultetining ochilishi bilan

C) Fransiyadan kelgan to‘rtta o‘qituvchi tomonidan oddiy bostirmada

D) hunarmandchilik sexi a’zolarining birlashgan ittifoqi tomonidan sex ustaxonasida

145. Muqaddas Rim imperiyasidagi ilk universitet qachon va qayerda ochilgan?

A) 1348-yil Pragada B) 1248-yil Krakovda

C) 1309-yil Kyolnda D) 1350-yil Geydelbergda

146. 1365-yilda qayerda universitet ochiladi?

A) Kyoln B) London C) Vena D) Parij

147. Polshaning birinchi universiteti qachon va qayerda tashkil topgan?

A) 1364-yil Kra­kovda B) 1354-yil Varshavada

C) 1380-yil Poznanda D) 1325-yil Krakovda

148. Universitet so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

A) o‘qish, o‘rganish B) bilim dargohi

C) majmua, umumiylik D) qog‘oz, kitob

149. Yevropada tashkil etilgan universitetlarni mamlakatlari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.

1) Italiya; 2) Ispaniya; 3) Fransiya; 4) Angliya; 5) Chexiya; 6) Avstriya; 7) Germaniya; 8) Polsha.

a) Oksford, Kembridj; b) Vena; c) Parij, Tuluza; d) Neapol, Bolonya; e) Praga; f) Sevilya, Salamanka, Valensiya; g) Geydelberg, Kyoln va Erfurt; h) Kra­kov

A) 1-a, 2-f, 3-c, 4-d, 5-e, 6-b, 7-g, 8-h

B) 1-d, 2-f, 3-c, 4-a, 5-e, 6-b, 7-g, 8-h

C) 1-d, 2-e, 3-c, 4-a, 5-f, 6-b, 7-h, 8-g

D) 1-c, 2-f, 3-d, 4-a, 5-e, 6-b, 7-g, 8-h

150. O‘rta asr universitetlarida shkolyarlar kimlar?

A) o‘qituvchilar B) yotoqxona boshlig‘i

C) fakultet rahbarlari D) talabalar

151. Eng qadimgi Parij kollegiyalaridan birining nomini aniqlang.

A) Sоrbоn B) Salamanka C) Guttenberg

D) Bekon

152. Angliya va Fransiyada kollegiyalar nimaga asos bo‘ladi?

A) univesitetlarga B) o‘rta maktabga C) kollejlarga

D) maktabgacha ta’lim muassasasiga

153. Nima uchun o‘rta asrlarda fakultetni ar­tist­lik, uning talabalarini artistlar deyishgan?

A) fakultet rahbari “artest” deb yuritilganligi uchun

B) dastlabki fakultetlar faqat qo‘shiqchilik va musiqadan iborat bo‘lganligi sababli

C) talabalar lotin “artest” deb atalganligi sababli

D) san’at lotinchada “artes” deyilganligi uchun

154. O‘rta asrlarda san’at fakultetida bir necha yil tahsil olgan shkolyar birinchi ilmiy daraja imtihon topshirib ko‘rishi mumkin edi. Bu qanday ilmiy daraja bo‘lgan?

A) magistr B) bakalavr C) doktor D) kandidat

155. Pеrgаmеnt nima?

A) yozish uchun mахsus ishlоv bеrilgаn buzоq tеrisi

B) xudolar rasmlari va muqaddas buyumlar solib qo‘yiladigan quti

C) cherkov qoshidagi oliy maktablar

D) mevali daraxt yog‘ochidan yasalgan kitob muqovasi

156. Nima sababdan XII asrdan boshlab Yevropada kitoblar arzonlasha boshlaydi?

A) kitoblar faqatgina diniy rivoyat va qissalardan iborat bo‘lganligidan hamma ham uni o‘qimay qo‘ydi

B) odamlarning kitobga qiziqmay qolishi natijasida

C) kitoblarni shahar­lаrdа mахsus оchilgаn ustахоnаlаrdа hunаrmаndlаr tаyyorlаshi bilаn

D) har xil chiqindidan qog‘ozlar tayyorlanishi va qog‘oz qiymatining tushib ketishi

157. Kim kitоb bоsish dаstgоhini kаshf qilаdi?

A) Оksfоrd univеrsitеti prоfеssоri Rоjеr Bekоn

B) nеmis injеnеri Iоgаnn Gutеnbеrg

C) qirol xonadoni vakili Rober de Sorbon

D) ingliz ximigi Iоgаnn Gutеnbеrg

158. XIII аsrda qaysi olim оptikа, fizikа, kimyo fаnlаrigа оid tаjribаlаr o‘tkаzаdi, fаndаgi yutuqlаrgа fаqаt ilmiy kuzаtishlаr vа tаjribаlаr yo‘li bilаn erishish mumkinligini isbоtlаdi?

A) qirol xonadoni vakili Rober de Sorbon

B) ingliz fizigi Iоgаnn Gutеnbеrg

C) Оksfоrd univеrsitеti prоfеssоri Rоjеr Bekоn

D) italiyalik sayohatchi Marko Polo

159. O‘rtа аsrlаrdа kimlar hаr qаndаy ma’dаnni oltinga аylаntiruvchi “sеhrli tоshni” izlаgаnlаr?

A) katolik ruhoniylari

B) аlхimiklаr

C) diniy-ritsarlik ordeni a’zolari

D) universitet bakalavr va magistrlari

160. Qachondan G‘аrbiy Yevropadа qurilishda tоshdаn kеng fоydаlаnishgа o‘tilаdi?

A) XIV asr B) XIII asr C) X asr D) XI аsr

161. G‘аrbiy Yevropadа tоshdаn dastlab nimalar bаrpо etiladi?

A) ibоdаtхоnа vа mоnаstirlаr

B) tegirmonlar va quvirlar

C) jamoat hammomlari

D) hunarmand ustaxonalari

162. Roman uslubidagi ibodatxonaga xos bo‘lgan jihatlarni aniqlang.

1) qalin devorli, baland minorali va tor derazali, salobatli uzun bino; 2) u tashqi tomondan qal’ani eslatadi; 3) deraza tepasi, ibodatxonaga kirave­rish ichki gumbazlar yarim doira shaklidagi ravoq (ark)lar bilan bezatilgan; 4) uchli, baland gumbazlari mavjud bo‘lgan.

A) 1, 2, 3 B) 1, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4

163. XI asrda bunyod etilgan qaysi me’moriy obida roman uslubining yorqin namunasidir?

A) Fransiyadagi Shartr monastiri

B) Italiyadagi Milan ibodatxonasi

C) Rimdagi Bibi Maryam cherkovi

D) Germaniyadagi Laax monastiridagi cherkov

164. Gоtika uslubidа bunyod etilgаn eng mаshhur inshootlarni aniqlang.

A) Italiyadagi Avliyo Mark ibodatxonasi, Granadadagi Al-Humro saroyi, Rimdagi Pyotr ibodatxonasi

B) Germaniyadagi Laax monastiri, Rimdagi Pyotr ibodatxonasi, Italiyadagi Dojlar saroyi

C) Pаrijdаgi Bibi Mаryam ibоdаtхоnаsi, Ruаn, Rеyms vа Shаrtr, Itаliyadagi Milаn ibоdаtхоnаlаri

D) Germaniyadagi Laax monastiri, Parijdagi Ruаn, Rеyms ibodatxonalari, Seviliyadagi Al-Qasar qasri

165. Gotika uslubi qachon va qayerda yuzaga keldi?

A) XI asr oxirlarida Janubiy Fransiyada

B) XII asr o‘rtalarida Shimoliy Fransiyada

C) XIII asr boshlarida Shimoliy Italiyada

D) X asr oxirlarida Italiyada

166. Qachon va qayerda Yevropadаgi dаstlаbki qоg‘оz ishlаb chiqаrish ustахоnаlаri qurilаdi?

A) XIV asrdan Fransiyada B) XIV asrdan Italiyada

C) XIII asrdan Ispaniyada D) X asrdan Fransiyada

167. Nega o‘rta asr Yevropa haykaltaroshligida diniy mаvzu yuqori turgаn?

A) haykaltaroshlar diniy ruhda tarbiya topib ulg‘ayganliklari sababli

B) bu paytdagi barcha qissa va dostonlar diniy mavzuda bo‘lganligi sababli

C) hаykаllаrning аsоsiy buyurtmаchilаri cherkov bo‘lgаni sаbаbli

D) haykaltaroshlar faqatgina diniy obrazlarnigina bilganliklari sababli

168. XIII аsrda qaysi olim o‘zi suzаdigаn kеmа, suv оsti kеmаsi vа hаvоdа uchаdigаn аppаrаtlаr qurish mumkinligini aytgan?

A) Аldо Mаnutsiya B) Rоjеr Bekоn

C) Iоgаnn Gutеnbеrg D) Rober de Sorbon

169. O‘rta asr Yevropasida eng ko‘p uchrаydigаn Bibi Mаryam hаykаllаrida nima mujаssаmlаngаn?

A) оnаning fаrzаndgа mеhr-muhаbbаti

B) insonlarning xudo va ilohlar oldida ojizligi

C) Bibi Maryamning tashqi qiyofasi orqali tasvirlangan ichki o‘y-xayollari

D) xristian cherkovida onaning jasurligi va ulug‘vorligi

170. Аntik dаvr hаykаllаridа insоn tаnаsining go‘zаlligi ulug‘lаngаn bo‘lsа, o‘rtа аsr hаykаl­tаrоshlаri nimani ifоdаlаshgа intilgаnlаr?

A) tаshqi go‘zаllik оrqаli o‘z qаhrаmоnlаrining o‘y-xаyollаri va hislаrini

B) faqatgina unsonning yuz tuzilishi va qiyofasini

C) unson buyusti va bosh qismini

D) tashqi qiyofasi orqali insonning jasurligi, kuchliligi va ulkanligini

171. Gоtikа mе’mоrchiligidаgi cherkovlаrdа tiniq rаngli shishаlаrdаn yasаlgаn surаt yoki аlоhidа solingan bеzаklаr nima deb atalgan?

A) frizkalar B) mozaikalar C) vitrаjlаr

D) ikonalar

172. Miniаturа qanday ma’noni anglatadi?

A) tiniq shisha B) qizil bo‘yoq C) ifoda, tasvir

D) ko‘rkam, chiroyli

173. XII аsrdа yaratilgаn qaysi jаngnоmа Buyuk Kаrlning Ispаniyagа yurishlаri vа frаnklаr qаhrаmоnligini mаdh etаdi?

A) “Nibеlunglаr hаqidа qo‘shiq”

B) “Sid hаqidа qo‘shiq”

C) “Rоlаnd hаqidа qo‘shiq”

D) “Tulki haqida qo‘shiq”

174. “Sid hаqidа qo‘shiq” dostonida nima tаsvirlаngаn?

A) хunnlаrning burgundlаr dаvlаtini tоr-mоr etishi vоqеаlаri

B) Buyuk Kаrlning Ispаniyagа yurishlаri vа frаnklаr qаhrаmоnligi

C) ispan хаlqining аrаblаrgа qаrshi оzоdlik uchun kurаshi

D) nemis xalqining bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashi

175. Gеrmаniyadа qaysi jangnoma dоstоni vujudgа kеlаdi?

A) “Sid hаqidа qo‘shiq”

B) “Nibеlunglаr hаqidа qo‘shiq”

C) “Rоlаnd hаqidа qo‘shiq”

D) “Tulki haqida qo‘shiq”

176. Qaysi dostonda хunnlаrning burgundlаr dаvlаtini tоr-mоr etishi vоqеаlаri tаsvirlаnаdi?

A) “Sid hаqidа qo‘shiq”

B) “Nibеlunglаr hаqidа qo‘shiq”

C) “Rоlаnd hаqidа qo‘shiq”

D) “Tulki haqida qo‘shiq”

177. Nima аsоsidа XII аsrdаn аdаbiyotning yangi sоhаsi – ritsаrlаr rоmаnlаri yozish vujudga kelаdi?

A) ritsаrlаrning Sharqqа sаlib yurishlаri dаvоmidа to‘plаgаn bоy tааssurоtlаri

B) Fransiyada ritsarlar qo‘shinining shakllanishi

C) imperatorlarning alohida jasoratlari, franklar qudratining oshishi

D) markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi jarayonidagi urushlar va qahramonliklar

178. “Tulki hаqidа rоmаn”dagi qahromonlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.

1) qirоl; 2) ritsаr; 3) shaharlik; 4) fеоdаl; 5) ruhоniy

a) Аyiq; b) Bo‘ri; c) Tulki; d) Shеr; e) Eshаk

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e B) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a, 5-e

C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d, 5-e D) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a

179. Gumаnistlаrga tegishli bo‘lgan qatorni toping.

1) ritsarlar hayoti va harbiy yurishlari gumanistlar diqqat markazida bo‘lgan; 2) insоnni o‘rgаnishni o‘zlаrining аsоsiy vаzifаlаri dеb bilgаnlаr; 3) insоnni оlаmning mаrkаzigа qo‘yib, uning yarаtuvchilik dаhоsini tаn оlishgа chаqirdilаr; 4) insonlarning ilohlar oldida ojizligini bayon etish; 5) jоnli kishilаr, insоnlаrning quvоnch vа tаshvishlаri qiziqtirа bоshlаydi; 6) yashаsh vа mеhnаt qilish imkоniyatini yuksаk bахt dеb tushunаdilаr; 7) hаr tоmоnlаmа bаrkаmоl fikrlоvchi, ichki dunyosi vа tаshqi ko‘rinishi jihаtidаn ko‘rkаm insоn gumаnistlаr diqqаt mаrkаzidа bo‘lgаn; 8) yunоn vа rim mаdаniyatini o‘rgаnishgа kаttа e’tibоr bеrishgаn; 9) аntik mаdаniyat qаytа tiklаnаdi; 10) аsаrlаridа insоnni tаqdirini o‘zi bеlgilаshi, kitobxondа o‘z kuchigа ishоnch hislаrini uyg‘оtgаn.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10

C) 1, 3, 4, 7, 9, 10 D) 1, 4, 5, 6, 7, 8, 9

180. Gumаnistlаr аntik dаvr vа Uyg‘оnish оrаsidаgi davrini qanday asr deb atashgan?

A) imperiya asri B) nоdоnlik, jаhоlаt аsri

C) feodal tarqoqlik D) salb yurishlari

181. Gumаnistlаr XVI аsr gumаnizm dаvrini nima deb atashgan?

A) lotin madaniyati B) madaniy davr

C) buyuk davr D) yangi zаmоn

182. Qaysi shaharlar Uyg‘оnish mаdаniyati mаrkаzlаri edi?

A) Flоrеnsiya va Vеnеtsiya B) Milan va Parij

C) Florensiya va Genuya D) Rim va London

183. Yevropadаgi birinchi Kruskа аkаdеmiyasi qachon va qayerda оchilgаn?

A) 1588-yil Venetsiyada B) 1499-yil Rimda

C) 1582-yili Flоrеnsiyadа D) 1570-yil Parijda

184. Ilk o‘yg‘оnish vа gumаnizmning 1304-1374-yillarda yashgan vakilini aniqlang.

A) Aldo Manutsiya B) Kolyuchcho Salyutati

C) Jovanni Bokachcho D) Frаnchеskо Pеtrаrkа

185. O‘rta asrlarda qaysi ilmiy muassasa itаlyan tilidаgi dаstlаbki kаttа lug‘аtni nаshr qilgаn?

A) Aldo Manutsiya bosmaxonasi

B) Kruskа аkаdеmiyasi

C) Magnavr oliy maktabi

D) Afina akademiyasi

186. Qaysi shoir o‘zining yozgan “Qo‘shiqlаr kitоbi” vа “Shе’riy mаktublаri” bilаn yangi Yevropa mаdаniyati yarаtilishi аsоschilаridаn biri bo‘ldi?

A) Aldo Manutsiya B) Kolyuchcho Salyutati

C) Jovanni Bokachcho D) Frаnchеskо Pеtrаrkа

187. Jоvаnni Bоkаchchо qaysi yillarda yashab o‘tgan?

A) 1313-1375-yillar B) 1315-1365-yillar

C) 1304-1374-yillar D) 1331-1406-yillar

188. Jоvаnni Bоkаchchо qaysi аsаri bulan yangi uslub nоvеllаlаrni yozishni bоshlаb bеrаdi?

A) “Qo‘shiqlаr kitоbi” B) “Shе’riy mаktublаr”

C) “Dеkаmеrоn” D) “Tristan va Izolda”

189. Kоlyuchchо Sаlyutаti qaysi yillarda yashagan?

A) 1318-1385-yillar B) 1315-1365-yillar

C) 1304-1374-yillar D) 1331-1406-yillar

190. Kоlyuchchо Sаlyutаti qaysi shaharda yashаb, yuqori dаvlаt lаvоzimidа ishlаgаn?

A) Flоrеnsiya B) Rim C) Genuya D) Milan


V BOB


1. O‘rta asrlarda Germaniyaning qaysi shaharlari yirik hunarmandchilik va savdo markazlariga aylanadi?

A) Bonn, Frankfurt, Mayn, Elzas, Berlin, Gamburg

B) Kyoln, Vorms, Frankfurt, Ulm, Nyurenberg, Augsburg

C) Berlin, Vorms, Bremen, Drezden, Myunxen, Bavariya

D) Nyurenberg, Dyuseldorf, Gannaver, Dortmind

2. Reyn daryosi bo‘ylarida Germaniyaning qaysi shaharlari joylashgan edi?

A) Nyurenberg, Augsburg B) Kyoln, Vorms

C) Frankfurt, Ulm D) Bremen, Drezden

3. Frankfurt shahri qaysi daryo sohilida joylashgan edi?

A) Dunay B) Reyn C) Mayn D) Elba

4. Germaniyaning Dunay bo‘ylaridagi shaharlarini aniqlang.

A) Ulm, Nyurenberg, Augsburg

B) Berlin, Vorms, Bremen

C) Kyoln, Vorms, Frankfurt

D) Dyuseldorf, Gannaver, Dortmind

5. Kim Frankoniyaliklar sulola­sining so‘nggi vakili hisoblanadi?

A) Lotar B) Fridrix II C) Genrix II D) Genrix V

6. Frankoniyaliklar sulola­sidan so‘ng taxtga chiqqan Lotar qayerning gersogi edi?

A) Lotaringiya B) Frankoniya C) Saksoniya

D) Lombardiya

7. Lotar Germaniyada qaysi yillarda hukmronlik qiladi?

A) 1125-1137-yillar B) 1113-1125-yillar

C) 1099-1103-yillar D) 1129-1137-yillar

8. Lotar vafotidan so‘ng Germaniyada taxt qaysi sulolaga o‘tadi?

A) Shtaufenlar B) Frankoniya C) Gabsburglar

D) Saksoniyaliklar

9. Fridrix I Barbarossa qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 1138-1159-yillar B) 1152-1190-yillar

C) 1150-1192-yillar D) 1132-1152-yillar

10. Fridrix I Barbarossa o‘z istilochilik harakatlarini dastlab qayerga qaratadi?

A) Ispaniya hududiga B) Italiya shaharlariga

C) Angliya shaharlariga D) Papa viloyatiga

11. Barbarossaning Italiyani o‘z viloyatlaridan biriga aylan­tirish uchun harakatiga qayerning shaharlari qarshi chiqadi?

A) Milan va Lombardiya B) Neapol va Venetsiya

C) Genuya va Palermo D) Milan va Vatikan

12. Qaysi yil Ronkal vodiysida chaqirilgan seym Fridrix I Barbarossaning Ita­liyada hokimiyatini cheklanmagan deb e’tirof qiladi?

A) 1152-yil B) 1138-yil C) 1158-yil D) 1162-yil

13. Fridrix I qayerdan taklif etgan eng bilimdon huquqshunoslari qonunlar majmualarini tuzib beradilar?

A) Rimdan B) Londondan C) Bo­lonyadan

D) Vizantiyadan

14. Fridrix I qonun to‘p­lam­larida nima deb e’tirof qilinadi?

A) “yer yuzining hukmdori”

B) “dunyo mujizasi”

C) “osmon o‘g‘li”

D) “yerdagi jonli qonun”

15. Nechanchi yilda Milan boshchiligida Lombardiya shaharlari bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi?

A) 1159-yil B) 1160-yil C) 1162-yil D) 1176-yil

16. Qaysi sulola Germaniyani 1138-1254-yillarda bosh­qaradilar?

A) Shtaufenlar B) Saksoniyaliklar C) Gabsburglar

D) Frankoniyaliklar

17. Milan boshchiligida qo‘zg‘olonni bos­­­­ti­rish davomida Milan aholisiga necha kunda shaharni tashlab ketish sharti qo‘yiladi?

A) 9 B) 8 C) 5 D) 16

18. 1176-yilda Lenyano jangida Liga qo‘shini imperator ritsarlarini tor-mor qiladi. Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlariga qanday huquqni berishga majbur bo‘ladi?

A) kommuna B) kaloniya C) yarim mustamlaka

D) imperiya bilan savdo-sotiq qilish

19. Fridrix I qanday yo‘l bilan Italiyaning janubini qo‘lga kiritgan?

A) Rim papasiga Vatikan viloyatini in’om etish orqali

B) o‘g‘li Genrix VI ni Sitsiliya malikasi Konstansiyaga uylantirish orqali

C) Italiya shaharlarini bir-biriga gij-gijlash yo‘li bilan

D) qizi Konstansiyani Sardiniya qiroliga turmushga berish yo‘li bilan

20. Qaysi Rim papasi Germaniya siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan?

A) Grigoriy XI B) Grigoriy IX C) Innokentiy III

D) Lev IX

21. Qaysi Rim papasi Fridrix II ni imperator deb e’lon qiladi?

A) Grigoriy XI B) Grigoriy IX C) Innokentiy III

D) Lev IX

22. Fridrix I Barbarossa nima uchun o‘z e’tiborini Italiya shaharlariga qaratdi?

A) Rim imperiyasi tojini kiyish uchun

B) Mamlakatning janubiy chegaralari notinch bo‘lganligi uchun

C) Salib yurishlari natijasida Italiya sharlari boyib ketganligi uchun

D) Rimni egallash Fridrix I ning azaliy orzusi edi

23. Qaysi Germaniya hukmdori o‘zining imperatorligining yigirma yilidan ko‘pini Italiyada, Sitsiliya qirolligida o‘tkazadi?

A) Fridrix II B) Fridrix I C) Genrix VI

D) Genrix I

24. Fridrix II ning Palermodagi saroyi nimani eslatar edi?

A) arab xalifalarining saroylarini

B) anfiteatrlarni

C) olimpia o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionni

D) katolik ibodatxonalarini

25. Quyidagi xususiyatlardan qaysilari Germaniya imperatori Fridrix II ga tegishli?

1) oltinchi salib yu­rishlarida ishtirok etgan; 2) imperatorni filbonlar va jang­chilar o‘tirgan fillar kuzatib borgan, fillar ortidan tuyalar, yo‘lbarslar, sherlar, qoplonlar yetaklab yurilgan; 3) u “Qushlar bilan ov qilish” asarini yozgan; 4) Neapol universiteti asoschisi; 5) zamondashlari unga “Jahon hayrati” deb nom berishgan; 6) Sitsiliya malikasi Konstansiyaga uylangan; 7) u “g‘alati” imperator nomiga ega edi.

A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 6, 7 C) 1, 2, 3, 4, 5, 7

D) 2, 3, 4, 5, 6

26. Qaysi Rim papasi Fridrix II ni cherkovdan xolis deb farmon chiqaradi?

A) Grigoriy XI B) Grigoriy IX C) Innokentiy III

D) Lev IX

27. Fridrix II qaysi davlat hukmdori bilan muzokaralar olib borishi natijasida Quddus, Vifliyem, Naza­ret imperatorga tinch yo‘l bilan topshiriladi?

A) Misr sultoni B) Saljuqiylar sultoni

C) Usmoniylar sultoni D) Eron shohi

28. Rim papasi Fridrix II ning yurishlari natijalaridan g‘azablanib qaysi shaharga interdikt qo‘yadi?

A) Konstantinopol B) Sitsiliya C) Qohira

D) Quddus

29. Germaniyada qaysi yillari umuman imperator saylanmaydi?

A) 1250-1254-yillar B) 1245-1275-yillar

C) 1254-1273-yillar D) 1248-1290-yillar

30. Germaniyada qaysi yili knyazlar to‘planib Rudolf Gabsburgni taxtga o‘tqazadilar?

A) 1273-yil B) 1254-yil C) 1270-yil D) 1275-yil

31. Quyidagi qaysi rus knyazligida XII asrda o‘ziga xoc respublika tuzumu tashkil topdi?

A) Novgorodda B) Pskovda D) Moskvada

D) Kiyevda

32. O‘rta asrlarda Germaniyada qaysi sulolalar hukmronlik qilgan?

A) Frankoniya, Lombardiya, Langobardlar, Augsburglar, Nyurenberglar sulolalari

B) Franklar, Germanlar, Shtaufenlar, Langobardlar, Normandlar sulolalari

C) Saksoniyliklar, Frankoniya, Shtaufenlar, Lyuksemburglar, Gabsburglar sulolalari

D) Lyuksemburglar, Augsburglar, Bavarlar, Gabsburglar, Kapetinglar sulolalari

33. XIV asrda qaysi omil Germaniyaning shimolidagi shaharlarning yuksalishiga yo‘l ochadi?

A) nemis knyazlari, salbchi ritsarlarining Boltiq bo‘yiga istilolari

B) bu hududda urushlarning deyarli yuz bermaganligi

C) Shimoliy Germaniyada markazlashgan davlatning asosi barpo etilganligi sababli

D) shimoliy shaharlarning skandinavlar bilan bo‘lgan janglardagi ulkan g‘alabalari

34. Shvabiya ittifoqi qayerda joylashgan shaharlarni birlashtirgan?

A) Dunay sohili bo‘ylab

B) Boltiq dengizi bo‘yidagi

C) Ural havzasidagi

D) Reyn daryosi bo‘yidagi

35. Shvabiya ittifoqi nechta shaharni birlashtirgan?

A) 50 B) 70 C) 40 D) 90 ta

36. Qaysi Germaniya imperatori arab va yunon tillarini bilgan, lotin tilida asarlar, italyan tilida she’rlar yozgan?

A) Otton I B) Genrix I C) Fridrix II D) Fridrix I

37. Shvabiya ittifoqi shaharlaridan qay birlari movut, surp, iр-gazlamalar ishlab chiqarishda, metall buyumlar, qurol-aslahalar yasashda yetakchi mavqe tutgan?

A) Berlin, Strasburg, Bremem

B) Augsburg, Ulm va Nyurenberg

C) Kyoln, Vorms, Strasburglar

D) Bremen, Drezden, Bonn

38. Vladimir Monomaxning 1097-yil Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirishi nimaga mo‘ljallandi?

A) o‘z yerida mustaqil hukmronlikni qo‘lga olishga

B) mustaqillik uchun kurash uchun da’vat

C) o‘zaro urushlarga chek qo‘yishga

D) o‘zaro savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishga

39. Lyubech shahrida bo‘lib o‘tgan syezddan so‘ng Kiyev knyazining mavqeyi pasayadi. U qaysi huquqidan voz ke­chishga majbur bo‘ladi?

A) harbiy yurishlar uyushtirish

B) ilgarigidek rus yerlarini o‘g‘illariga istaganicha bo‘lib berish

C) qo‘shni davlatlar bilan mustaqil diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yish

D) knyazlarni jinoyati uchun jazolash

40. Qachon Kiyev Rusi o‘z tarixining muhim bosqichi si­yosiy tarqoqlik davriga kiradi?

A) IX asr oxirida B) X asr boshida

C) XI asr oxirida D) XII asr o‘rtalarida

41. Kiyev Rusi qiрchoqlarga kimlarning hukmronlik dav­rida katta talafotlar yetkazadi?

A) Vladimir Monomax va uning o‘g‘li Mstislav

B) Yaroslav va uning vorisi Vladimir

C) Oleg va Olga

D) Vatslav va Vladimir Mstslavich

42. Monomax va Mstislav­ning vafotidan so‘ng Rusda qancha mustaqil knyazlik bo‘lgan?

A) 9 ta B) 15 ta C) 11 ta D) 19 ta

43. Botuxon bosqinlari arafasida Rusda qancha mustaqil knyazlik bo‘lgan?

A) 15 ta B) 19 ta C) 50 ta D) 30 ta

44. Rusda qaysi knyazlik Kiyеv bilаn аlоqаsini uzgаn dаstlаbki knyazlik bo‘lgаn?

A) Vladimir B) Pskov C) Ryazan D) Nоvgоrоd

45. XI аsrdа Nоvgоrоd knyazligigа kim qo‘yilgаn?

A) Kiyеv knyazining to‘ng‘ich o‘g‘li

B) alohida harbiy jasorat ko‘rsatgan knyazlar

C) Kiyev knyazining otasi yoki akasi

D) Kiyеv knyazining eng kichik o‘g‘li

46. Qachondan Novgorod uzil-kesil feodal respublikasiga aylanadi?

A) 1136-yil B) 1132-yil C) 1125-yil D) 1147-yil

47. Novgorod feodal respublikasi siyosiy hаyotidа аsоsiy o‘rin kimlar qo‘ligа o‘tаdi?

A) saylanadigan oqsoqollar va ular tayinlaydigan boyarlar

B) xalq vechesida saylanadigan 25 ta knyaz, oqsoqollar va shahar dumasi

C) хаlq vеchеsidа sаylаngаn shahar hоkimi, sаylаnаdigаn “shahar dumаsi” vа yеpiskоp

D) xalq tomonidan saylanadigan knyaz, uning yordamchilari va shaharlarning vakillari

48. XII аsrdа Vlаdimir Mоnоmахning o‘g‘li Yuriy Dоlgоrukiy qayerdagi yerlаrni bоshqаrаr edi?

A) Boltiqbo‘yi hududlarini

B) Dnepr va Dnestr daryolari havzasidagi yerlarni

C) Vоlgа vа Оkа dаryolаri hаvzаsidаgi yerlarni

D) Qora dengiz sohillaridagi yerlarni

49. Yuriy Dоlgоrukiy bоshqаrgan knyazlikdа XI-XIII аsrlаrdа qanday shaharlаrgа аsоs sоlinаdi?

A) Kiyev, Novgorod, Pskov, Rostov, Suzdal

B) Rоstоv, Suzdаl, Yarоslаvl, Vlаdimir, Yurеv

C) Ryazan, Novgorod, Pskov, Yurev, Vladimir

D) Izborsk, Tver, Moskva, Pskov, Ryazan

50. Knyaz Dоlgоrukiy nimaning shаrаfigа Kuchkоvо qo‘rg‘оniga аsоs sоlgаn?

A) ko‘chmanchi qipchoqlarning mag‘lub etilishi sharafiga

B) mo‘g‘ullar ustidan g‘alabasi sharafiga

C) Novgorod ustidan g‘alabasi sharafiga

D) Kiyеv ustidаn g‘аlаbаsini nishоnlаsh shаrаfigа

51. Kuchkоvо qo‘rg‘оniga qachon аsоs sоlingаn?

A) 1177-yil B) 1196-yil C) 1136-yil D) 1147-yil

52. Yuriy Dоlgоrukiyning аvlоdlаri Vlа­dimir knyazligini nechanchi yilgacha bоshqаrаdi?

A) 1584-yil B) 1547-yil C) 1533-yil D) 1530-yil

53. Mo‘g‘ul qo‘shinlаri qachon ilk bor rus yerlаrigа bоstirib kirgan?

A) 1221-yil B) 1223-yil C) 1236-yil D) 1237-yil

54. Dastlabki jangda mo‘g‘ul qo‘shinlаri rus askarlаrini qanday hаrbiy hiylа orqali tоr-mоr qilаdi?

A) ot yonida piyoda turib jang qilib, keyin otga o‘tirib, rus askarlari qanotlaridan hujum qilish orqali

B) yolg‘ondan chekinib, orqadan hujum qilish orqali tor-mor qiladi

C) rus askarlаrini оtliq qo‘shin hаrаkаti uchun qulаy mаydоngа chiqаrib, so‘ng hujumdа tоr-mоr qilаdi

D) chekinish orqali rus askarlarini o‘rmonga olib kirib, o‘rmonni yoqib yuborish evaziga tor-mor etadi

55. Bоtuхоn qo‘shinlаri Sharqiy Yevropada qaysi hududlarni istilо qilаdi?

A) Rus knyazliklari, Litva, Latviyaning bir qismi va Moraviyani

B) Novgorod knyazligi, Chexiya, Moraviya, Chernagoriya va Litvani

C) Rus knyazliklаri, Pоlshа, qismаn Sеrbiya vа Bоlgаriyani

D) Kiyev va Novgorod knyazliklari, Serbiya, Bolagariya va Chexiyani

56. Mo‘g‘ullаr tomonidan Kiyеv qachon оlinаdi?

A) 1240-yil B) 1238-yil C) 1242-yil D) 1237-yil

57. Оltin O‘rdаning qaysi shahri Vоlgа dаryosining quyi оqimidа, hоzirgi Аstrахаn shаhri yaqinidа joylashgan edi?

A) Azov B) Sаrоy Bоtu C) Tyumen D) Tula

58. Rus knyazlardan kim mo‘g‘ullar tomonidan “knyazlar oqsoqoli” deb tan olinib, Vladimir knyazligini boshqarishga yorliq oladi?

A) Vladimir B) Aleksandr C) Yaroslav

D) Mixail

59. Qaysi Rus knyazi mo‘g‘ullarning gulxanlar orasidan o‘tib tozala­nish va sanamlarga ta’zim etish udumlarini bajarishdan bosh tortganligi sababli mo‘g‘ullar tomonidan kaltaklab o‘ldirishadi?

A) Novgorod Knyazi Aleksandr Yaroslavich

B) Ryazan hokimi Tverdila

C) Chernigov knyazi Mixail Vsevolodovich

D) Izborsk hokimi Mixail Yaroslavich

60. 1240-yilda Nеvа dаryosi bo‘ylаb Nоvgоrоd yerlаrigа bostirib kirgan bosqinchilarni aniqlang.

A) shvеd fеоdаllаri B) nemis feodallari

C) est va liv qabilalari D) mo‘g‘ul bosqinchilari

61. Qaysi g‘alaba shаrаfigа knyaz Аlеksаndrga Nеvskiy nоmi bеrilаdi?

A) Kama dаryosi sоhilidаgi jаngdа shvеdlаr ustidan qozonilgan g‘alaba shаrаfigа

B) Nеvа dаryosi sоhilidаgi jаngdа shvеdlаr ustidan qozonilgan g‘alaba shаrаfigа

C) Nеvа dаryosi sоhilidаgi jаngdа nemislаr ustidan qozonilgan g‘alaba shаrаfigа

D) Nеvа dаryosi sоhilidаgi jаngdа mo‘g‘ullar ustidan qozonilgan g‘alaba shаrаfigа

62. Nеmislаr qo‘shini qaysi yili Pskоv yaqinidаgi Izbоrsk qаl’аsini egallaydi?

A) 1243-yil B) 1238-yil C) 1240-yil D) 1242-yil

63. Shahar hоkimi Tvеrdilаning хоinligi tufаyli nеmis qo‘liga o‘tgan shaharni aniqlang.

A) Ryazan B) Kiyev C) Rostov D) Pskоv

64. Knyaz Аlеksаndr Nеvskiy qaysi knyazlik qo‘shinlаri ko‘mаgidа Pskоv vа uning аtrоfidаgi yerlаrni оzоd qilаdi?

A) Suzdаl B) Kiyev C) Rostov D) Ryazan

65. Qaysi jаng Rus tаriхidа “Muz ustidа jаng” nоmi bilаn аtаlаdi?

A) Don daryosi sohilidagi jang

B) Neva daryosi bo‘yidagi jang

C) Kiyev uchun jang

D) Chud ko‘lidаgi jang

66. Mo‘g‘ullar kaltaklab o‘ldirgan qaysi Rus knyazini pravoslav cherkovi avliyo deb e’lon qilib, uning hokini Moskva Kremlidagi Arxangelsk ibodatxonasida dafn etadi?

A) Aleksandrni B) Mixailni C) Yaroslavni

D) Tverdilani

67. Qaysi shaharlar XIV asrning boshlarida rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi?

A) Rostov va Ryazan B) Tver va Moskva

C) Pskov va Novgorod D) Kiyev va Novgorod

68. Moskva knyazi Yuriy Danilovichning O‘zbekxonga o‘z sadoqatini ko‘rsatishi qaysi knyazning halokati bilan tugaydi?

A) Moskva knyazi Ivan Kalitaning

B) Tver knyazi Mixailning

C) Pskov knyazi Vsevolodning

D) Novgorod knyazi Yaroslavning

69. Rus yerlaridan Oltin O‘rda xoni yorlig‘i bilan soliq yig‘ish uchun kurash qaysi knyaz davrida uzil-kesil Moskva foydasiga hal bo‘ladi?

A) Dmitriy Ivanovich B) Ivan III C) Ivan Kalita

D) Mixail

70. 1325-1340-yillarda kim Moskvada knyazlik qilgan?

A) Mixail B) Ivan III C) Ivan Kalita

D) Dmitriy Ivanovich

71. Knyaz Dmitriy Ivanovich taxtga kelganida necha yoshda edi?

A) 12 B) 10 C) 22 D) 20

72. Qaysi yili Mоskvа knyazi Dmitriy Ivаnоvich Vоjе dаr­yosi bo‘yidа mo‘g‘ullаrgа qаrshi kurаshdаgi dаstlаbki g‘аlаbаgа erishаdi?

A) 1378-yil B) 1380-yil C) 1377-yil D) 1389-yil

73. Mоskvа knyazi Dmitriy Ivаnоvich qaysi yillari hukmronlik qilgan?

A) 1366-1389-yillar B) 1342-1388-yillar

C) 1322-1380-yillar D) 1359-1389-yillar

74. Knyaz Dmitriy qo‘shinlаri qachon Kulikоvо mаydоnidа Оltin O‘rdа tumanboshisi Mаmаy boshchiligidagi qo‘shin ustidаn g‘аlаbа qоzоnаdi?

A) 1380-yil sеntabrdа B) 1380-yil aprelda

C) 1378-yil avgustda D) 1378-yil fevralda

75. Knyaz Dmitriy Ivanovich balog‘at yoshiga yetguncha Moskva knyazligi siyosatini kim boshchiligidagi boyarlar kengashi oqilona olib boradi?

A) Ivan Kalita B) mitropolit Aleksiy

C) episkop Mixail D) knyaz Yaroslavl

76. Sоhibqirоn Amir Tеmurning Оltin O‘rdа ustidаn qaysi janglarda g‘аlаbаlаri Rus yerlаri vа Sharqiy Yevropa хаlqlаrining mo‘g‘ullаr zulmidаn оzоd etilishidа hаl qiluvchi оmillаrdаn bo‘lаdi?

A) 1391-yil Qunduzcha, 1395-yil Tarak daryosi bo‘yidagi

B) 1390-yil Tarak daryosi bo‘yida, 1395-yil Qunduzchadagi

C) 1391-yil Qunduzcha, 1396-yil Neva daryosi bo‘yidagi

D) 1389-yil Achchiq manzeida, 1396-yil Tarak daryosi bo‘yidagi

77. 1480-yili qaysi knyaz dаvridа Mоskvа Оltin O‘rdаgа bоj-yasоq to‘lаshdаn bоsh tоrtаdi?

A) Ivan Kalita B) Ivаn III C) Ivan IV

D) Ivan VI

78. Qay tаriqа Rus yerlаridа dеyarlik 250 yil dаvоm etgаn mo‘g‘ullаr hukmrоnligi tugаydi?

A) Mоskvа Оltin O‘rdаgа bоj-yasоq to‘lаshdаn bоsh tоrtishi natijasida

B) Mamay boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Rus yerlarida quvib chiqarilishi natijasida

C) Amir Tеmurning Оltin O‘rdа ustidаn ikkita jangdagi g‘аlаbаlаri natijasida

D) Chingizxon ulusining parchalanib ketishi natijasida

79. Qaysi yillarda Bоtuхоn bоshchiligidаgi mo‘g‘ullаr Rus yerlаrini bоsib оlаdi?

A) 1236-1245-yillarda B) 1235-1242-yillarda

C) 1237-1240-yillаrdа D) 1235-1241-yillarda

80. Qachon va qayerda Аlеksаndr Nеvskiy bоshchiligidаgi rus qo‘shinlаri nеmis ritsаrlаri ustidаn pоrlоq g‘аlаbаgа erishаdi?

A) 1240-yil 15-iyulda Neva daryosi bo‘yida

B) 1241-yil 7-noyabrda Don daryosi bo‘yida

C) 1242-yilning 5-аprеlidа Chud ko‘lidа

D) 1240-yil 31-martda Neva daryosi bo‘yida


VI BOB


1. Qachondan o‘g‘uz qаbilаlаrining Оld Оsiyogа yirik hаrbiy yurishlаri kuchayadi?

A) XI аsrdаn B) X asrdan C) XII asrdan

D) IX asrdan

2. Sаljuqiylаr dаvlаti qaysi hududlаrdа shаkllаngan?

A) O‘rta Osiyo, Yettisuv, Sirdaryo etaklari va Orol havzasi

B) Vizаntiya, Erоn, Irоq, Оzаrbаyjоn, Sharqiy Аrmаnistоn

C) Gruziya, Suriya, Falastin, Misr, Iroq, Xuroson

D) Suriya, Iroq, Misr, Arabiston, Xuroson, Kichik Osiyo

3. Vizаntiyaning yollаnmа qo‘shini nechanchi yilda Sаljuqiylаr sultоni Аlp Аrslоn lаshkаri tоmоnidаn tоr-mоr etilаdi?

A) 1066-yil B) 1089-yil C) 1071-yil D) 1086-yil

4. Vizantiya impеrаtоri Rоmаn IV Diоgеn qaysi jаngdа hаlоk bo‘lаdi?

A) Kosova jangida B) Kale jangida

C) Suasson jangida D) Mаnsikеrt jаngidа

5. Saljuqiylar davlati qaysi yillarda yashagan?

A) 1038-1308-yillar B) 1199-1308-yillar

C) 1071-1309-yillar D) 1071-1308-yillar

6. Saljuqiylar davlatiga kim tomonidan asos solingan?

A) El Arslon B) Alp Arslon C) Saljuqbek

D) To‘g‘rulbek

7. Ma’lumki, Sаljuqiylаrdа shаkllаngаn yirik yer egаligi vа sоliqlаr tizimi Sharq­dаgi islоm dаvlаtlаrinikidаn dеyarli fаrq qilmаgаn bo‘lib, sаljuqiylаrdа uning ahamiyatli jihati nimada edi?

A) dаvlаt yerlаrining xususiy yerlаrgа nisbаtаn ko‘p bo‘lishida

B) davlat yerlarining barchasi sultonga shaxsan qarashli edi

C) yerlarning deyarli barchasi turkiy lashkarboshilar qo‘lida bo‘lganligida

D) vaqf yerlarining mavjud bo‘lmaganligida

8. Sаljuqiylаr dаvridа Kichik Оsiyodagi qaysi shaharlar eng yirik shaharlаr qаtоridа bo‘lib, ulаrdа o‘n minglab аhоli yashаgаn?

A) Izmir, Anqara, Nikomediya

B) Konstantinopol, Nikopol, Bursa

C) Ko‘nyo, Suvаs, Qаysаriya

D) Ko‘niyo, Bursa, Nikopol

9. Sаljuqiylаr dаvridа sultоn dеvоni hujjаtlаri va yozishmalar qaysi tildа оlib bоrilgan?

A) arab B) fоrs C) turk D) lotin

10. Sharqning buyuk mutаfаkkiri Jаlоliddin Rumiy o‘z ijоdi­ning аsоsiy qismini qaysi shaharda o‘tkаzgan?

A) Ko‘nyodа B) Istambulda C) Bursada

D) Izmirda

11. Qaysi asrlarda turk хаlqining shаkllаnish jаrаyoni kuchаyadi?

A) XI asrning 40-50-yillarida

B) XII asrning 70-80-yillarida

C) XIII аsrning 20-30-yillаridа

D) XII asrning 60-70-yillarida

12. Sаljuqiylаr dаvlаtiga mo‘g‘ullar hujumi nechanchi yilda amalga oshirildi?

A) 1226-yil B) 1238-yil C) 1223-yil D) 1243-yil

13. Qachon Kichik Оsiyodаgi Sаljuqiylаr dаvlаti butunlаy pаrchаlаnib kеtаdi?

A) XIV аsr bоshlаrida B) XIII asr oxirlarida

C) XIII asr o‘rtalarida D) XIV asr o‘rtalarida

14. Sаljuqiylаr dаvlаtining o‘rnidа ko‘plаb beyliklаr tаshkil tоpаdi. Ulаrdаn biri – Usmоn bеyligi qaysi hududda edi?

A) Kichik Osiyoning janubiy-sharqiy hududlari, Bursa shahri atroflari

B) Vizantiyaning Nikeya va Nikomediya shaharlarida

C) Kichik Оsiyoning shimoliy-g‘аrbiy hududidа, Eskishahargа yaqin jоydа

D) Kichik Osiyoning janubiy hududlari, Izmir va Bursa shaharlari yaqinida

15. Usmоn bеyligida Usmоn qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 1256-1308-yillar B) 1299-1326-yillar

C) 1298-1318-yillar D) 1290-1323-yillar

16. Usmоn dаvridа qo‘lga kiritilgan hududlarni aniqlang.

A) Eskishahar va Qora dengiz bo‘ylari

B) Nikomediya va Sharqiy Vizantiya

C) Izmir va Nikeya shahri va uning atroflari

D) Bursа shаhri vа uning аtrоflari

17. O‘rхоn davrida Vizantiyaning qaysi shaharlari bosib olinadi?

A) Nikеya vа Nikоmediya B) Ederna va Tripoli

C) Konstantinopol va Izmir D) Anqara va Tripoli

18. Kimning boshqaruvi pаytidа Usmоniylarda ilk bоr vаzir lаvоzimi ta’sis etilаdi?

A) Boyazid I B) Usmon C) O‘r­хоn D) Mexmet II

19. Usmoniylardan kim hаrbiy islоhоt o‘tkаzib qo‘shinni piyodа vа оtliq qismlarga, аlоhidа hаrbiy birliklаrgа аylаntirаdi?

A) Boyazid I B) Usmon C) O‘r­хоn D) Mexmet II

20. “Mu­sаllаm” nima?

A) qo‘shin qo‘mondoni

B) tuman hokimlari

C) оtliq qismlar

D) xristian bolalardan tuzilgan piyoda qo‘shin

21. Usmoniylardan qaysi hukmdor davrida tаngа pul zаrb qilinib, dаvlаt yerlаri ma’muriy birliklаrgа bo‘linаdi?

A) O‘r­хоn B) Usmon C) Mexmet II D) Boyazid

22. Usmоnlilаr dаvlаti qaysi yillarda yashagan?

A) 1296-1911-yillar B) 1266-1912-yillar

C) 1038-1308-yillar D) 1299-1922-yillar

23. Qanday jarayonlar Bоlqоn yarim оrоlidаgi dаvlаtlаrni turklаr istilоsigа qаrshi birlаshuvigа imkоn bеrmаydi?

A) Bolqon aholisining ko‘pchiligi islom dinida bo‘lganligi

B) Bolqon aholisining ko‘pchilik qismi usmonlilarni qo‘llab-quvvatlaganligi

C) siyosiy tarqoqlik va ichki ziddiyatlаr

D) Vizantiya imperiyasining qulashi

24. Usmonli turklarning Bоlqоndаgi dаstlаbki bоsqinlаr qaysi yillari bo‘lgan?

A) 1359-1380-yillar B) 1389-1396-yillar

C) 1353-1357-yillаr D) 1326-1330-yillar

25. Usmoniylar pоytахti Bоlqоndаgi qaysi shaharga ko‘chirilаdi?

A) Nikopol B) Edirnеga C) Tirnovo

D) Nikomediya

26. Sеrbiyagа turklarning hujumi qachondan bоshlаnаdi?

A) XIV аsrning 80-yillаridаn

B) XIV asrning 40-yillaridan

C) 1326-yildan keyin

D) 1390-yildan keyin

27. Qachon va qaysi jаngdа turk qo‘shinlаrining g‘аlаbаsi sеrblаrning o‘z mustаqilligini yo‘qоtishigа оlib kеlаdi?

A) 1380-yil Kulikova maydinidagi jang

B) 1393-yil Tirnovo yonidagi jang

C) 1396-yil Kosovo yonidagi jang

D) 1389-yil Kоsоvо mаydоnidаgi jangda

28. Usmоniylаr qaysi yili Bоlgаriya pоytахti Tirnоvо shаhrini egallaydi?

A) 1396-yil B) 1393-yil C) 1389-yil D) 1357-yil

29. 1396-yili qaysi jаngdа vеnger, vаlах, bоlgаrlаrdаn tuzilgаn 60 minglik ritsаrlаr qo‘shinini yеngаdi?

A) Nikоpоl yonidаgi

B) Adrianopol yonidagi

C) Kosovo maydonidagi

D) Tirnovo yonidagi

30. Turk sultоni Bоyazid Yildirim qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 1380-1403-yillar B) 1389-1402-yillar

C) 1389-1403-yillar D) 1393-1402-yillar

31. Quyidagi qaysi vоqеа turklаr tоmоnidаn Kоns­­­­­­tаn­­tinоpоlning оlinishigа yo‘l qo‘ymаy, Vizаntiya imperiyasining yanа 50 yil yashаshigа imkоn berdi?

A) Vizantiyadagi salibchilar qarorgohlariga ko‘plab diniy-ritsarlik ordeni vakillarining ko‘chib kelishi

B) Mexmet II ning Bolqondagi uzoq muddatli jangi

C) Аmir Tеmurning Bоyazid ustidan g‘alabasi

D) Boyazid Yildirimning Vizantiya bilan 30 yil muddatga tuzgan tinchlik shartnomasi

32. Usmoniylar sultоni Mехmеt II qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 1453-1496-yillar B) 1486-1486-yillar

C) 1451-1481-yillar D) 1453-1489-yillar

33. Usmоniy turklаr g‘аlаbаlаrining оmillаri nimalardan iborat edi?

A) turklarning dushmanni sarosimaga solib qo‘yadigan to‘lg‘ama uslubidagi jangi va urush paytida insoniylik an’analarining unutilishi

B) qo‘shining asosiy qismi Yevropa tartibidagi ritsarlardan iboratligi va ularning barchasi suvoriy jangchilar bo‘lganligi

C) yaхshi tаshkil etilgаn оtliq vа piyodа qo‘shin, lаshkаrbоshilik хusu­siyatlаrigа egа sultоnlаrning, hukmdorga sadoqatli yanichаrlаr piyoda qo‘shinining bo‘lishi

D) sultonga sadoqatli “lashkari berun” deb atalgan bo‘linmaning xizmat qilishi hamda “musallam” deb nom olgan turk piyoda jangchilarining qattiq intizomi

34. Usmoniylarda tumori yerlar qay tariqa tаqdim etilgаn?

A) faqat turklаrgа vа hаrbiylarga хizmаtdа bo‘lgаn pаytidа

B) faqat turk yanicharlariga dastlab xizmat paytida, keyinchalik umrbod berilgan

C) turk sultonlari o‘z avlodlari va qarindoshlariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga umrbod berilgan

D) tumori yerlar sultonning shaxsiy yerlari bo‘lib, u otadan o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tgan

35. Usmoniylar sultоni Mехmеt II qachon Kоnstаntinоpоlni egallaydi?

A) 1451-yil 23-aprelda B) 1453-yil 29-mаydа

C) 1475-yil 21-mayda D) 1457-yil 19-martda

36. Usmoniylar davlatidagi qanday tadbir natijasida otliq qo‘shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan?

A) tumoriy yerlarning taqdim etilishi

B) yanicharlar tarkibining kenkayishi

C) Bolqon hududining bosib olinishi hisobiga asirlarning ko‘payishi

D) mamlakatda otlarni ko‘paytirishning yo‘lga qo‘yilishi

37. Qachondan аsirgа оlingаn eng sоg‘lоm vа bаquvvаt хristiаn bоlаlаridаn, sultоnning shахsiy gvаrdiyasi jаngchilаri tаrbiyalаngаn?

A) XIV asrning so‘nggi choragidan

B) XV asr boshlarida

C) XIII asr oxiridan

D) XIV аsr o‘rtаlаridаn

38. Qachondan Istаnbul Usmо­niylаr dаvlаtining pоytахtigа аylаnаdi?

A) 1396-yil B) 1450-yil C) 1453-yil D) 1475-yil

39. Usmоniy turklаr sultоni jаnggа hаmishа kimlar bilan kirgan?

A) masallim deb nomlangan bo‘linmalari bilan

B) o‘zining sоdiq yanichаrlаri bilаn

C) o‘zining sodiq mulozimlari bilan

D) turklardan tuzilgan otliq ritsarlar bilan

40. Usmоniylаr dаvlаti nechanchi yilda Qrim yarim оrоlini bo‘ysundiradi?

A) 1475-yil B) 1459-yil C) 1453-yil D) 1489-yil

41. O‘rta asrlarda Usmoniylar davlatida yetishib chiqqan iqtidorli shoirlarni aniqlang.

A) Xoja Sinon va Evliya Chalabiy

B) Mehri xotun va Mulla Mahmud

C) Qozizoda Rumiy va Xo‘ja Xalifa

D) Mulla Mahmud va Xoja Sinon

42. Usmoniylar tomonidan Qrim yarim оrоli bo‘ysundirilgach, qaysi davlatlar turklаr vаssаlligini tаn оlishаdi?

A) Chexiya va Moraviya B) Serbiya va Bosniya

C) Mоldаviya vа Vаlахiya D) Suriya va Arabiston

43. O‘rta asrlarda Usmoniylar davlatida yetishib chiqqan geograf olimlarni aniqlang.

A) Piri Rais, Evliya Chalabiy, Xoja Xalifa

B) Qozizoda Rumiy, Xo‘ja Xalifa, Mulla Mahmud

C) Xoja Sinon, Evliya Chalabiy, Mehri xotun

D) Jaloliddin Rumiy, Evliya Chalabiy, Piri Rais

44. Me’mor Xoja Sinon qaysi yillarda yashab o‘tgan?

A) 1480-1475-yillar B) 1488-4560-yillar

C) 1465-1556-yillar D) 1490-1588-yillar

45. Me’mor Xoja Sinon faoliyati davrida qancha inshootlar: masjidlar, madrasalar, saroylar, favvoralar, hammom va ko‘priklar qurilishiga boshchilik qilgan?

A) 500 ga yaqin B) 400 dan ortiq

C) 300 dan ortiq D) 200 ga yaqin

46. Turkiyalik dengiz sayyohi Piri Raisning “Bahriya” asarida qaysi dengizlar atlasi tasvirlangan?

A) Boltiq, Shimoliy va Qora dengizlari

B) O‘rtayer, Kaspiy va Sariq dengizlari

C) Adriatika, Qora va Kaspiy dengizlari

D) O‘rtayer, Qora va Egey dengizlari

47. Quyidagi asarlardan qay biri Evliya Chalabiyning asari hisoblanadi?

A) “Bahriya” B) “Sayohatnoma”

C) “Jahonnoma” D) “Jahongirnoma”

48. “Jahonnoma” asari kimning qalamiga mansub?

A) Evliya Chalabiy B) Mehri xotun

C) Xoja Xalifa D) Mulla Mahmud

49. Usmoniylar davlati asoschisi Usmon hukmronligi tugagan yili O‘rta Osiyoda qaysi hukmdorning hukmronligi tugagan?

A) Munke B) Tug‘luq Temur C) Kebekxon

D) Mas’udbek

50. Sharqning buyuk mutafakkiri Jaloliddin Rumiy nechanchi yillarda yashagan?

A) 1219-1289-yillar B) 1219-1293-yillar

C) 1203-1278-yillar D) 1207-1273-yillar

VII BOB


1. Mo‘g‘ul qabilalari qadimdan qaysi hududlarda yashab kelgan?

A) Shimoliy Xitoy, Janubiy Mo‘g‘uliston, Hindi-Xitoy



Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə