Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə2/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60

A) Ilk, Qadimgi va O‘rta podsholik

B) Ilk va Qadimgi podsholik

C) Qadimgi va O‘rta podsholik

D) faqat O‘rta podsholik

20. Qachondan boshlab Amon-Ra Misr fir’avnlarining bosh ilohi va homiysiga aylandi?

A) Mil.avv. 3 mingyillik

B) Mil.avv. 2 mingyillik

C) Mil.avv. 1 mingyillik

D) Mil.avv. 4 mingyillik

21. Nega fir’avnlarni dafn etayotganda maqbaraga hayotda foydalangan buyumlarini ham birga ko‘mishgan?

A) buyumlar narigi dunyoda kerak bo‘ladi deb hisoblashgan

B) marhumning buyumini ishlatish mumkin bo‘lmagan

C) buyumlar narigi dunyoda insonni yovuz kuchlardan asraydi deb hisoblashgan

D) har bir fir’avn o‘zi ishlatgan buyumni vorisiga qoldirmagan

22. Qadimgi Misr hunarmandlarining … kasb-korlari bo‘lgan.

A) 20 ga yaqin B) 30 dan ortiq C) 100 ga yaqin

D) 50 dan ziyod

23. Qaysi Misr fir’avni davrida Falastin va Suriyani istilo qilish boshlandi?

A) Yaxmos B) Tutmos III C) Tutmos II

D) Menes

24. Sarkofag – bu …

A) tosh tobut

B) harbiy qo‘shin

C) qabriston, maqbara D) papirusdan qilingan uy

25. Mil. avv. XVIII asr oxirlarida Misrda qanday voqea sodir bo‘ldi?

A) O‘rta podsholik davri boshlandi

B) Geksos qabilalari bostirib kirishdi

C) Sinay yarim oroli bosib olinib, Misrga xiroj to‘ladi

D) Tutmos II Falastin va Suriyaga yurish qildi

26. Geksoslarning bosqinchiligidagi muvaffaqiyat nima bilan bog‘liq?

A) kuchli piyoda qo‘shinning mavjudligi

B) qo‘shinning yagona sardor tomonidan boshqarilishi

C) ot qo‘shilgan aravalarning mavjudligi

D) geksoslar qo‘shinining ko‘pligi

27. Mil. avv. VII asrda Misr …

A) Forslar tomonidan bosib olindi

B) Tutmos III Falastinni bosib oldi

C) yagona davladga birlashdi

D) yana mayda davlatchalarga parchakanib ketdi

28. Qadimgi Misr shifokorlari davolash muolajasida nimalardan keng foydalanishgan?

A) nina sanchish, uqalash, paperus barglari

B) yovvoyi o‘simliklar, kedr smolasi

C) tuz, yong‘oq po‘sti, paperus poyasi

D) ko‘katlar damlamasi, mineral suv, tuz

29. Misr xudolarining qaysi biri odam qiyofasida tasvirlangan?

A) Amon-Ra B) Tot C) Apis D) Anubis

30. Misrdagi ilk davlatlar – “nom”lar qachon tashkil topa boshlagan?

A) mil. avv. II mingyilliklarda

B) mil. avv. III mingyilliklarda

C) mil. avv. IV mingyilliklarda

D) mil. avv. V mingyilliklarda

31. Qaysi podsholik davrida Fiva poytaxtga aylandi?

A) O‘rta podsholik B) Yangi podsholik

C) So‘nggi podsholik D) Qadimgi podsholik

32. Yaxmos zamonidan qaysi podsholik boshlanadi?

A) O‘rta podsholik B) Yangi podsholik

C) So‘nggi podsholik D) Qadimgi podsholik

33. Rivoyatlarga ko‘ra, Osiris misr xalqini nimaga o‘rgatgan?

A) olov olishga B) temirchilikka

C) dehqonchilikka D) mo‘miyoshlashga

34.Osiris ibodatxonasi xarobalari qayerda joylashgan?

A) Abidos B) Megido C) Geliopol D) Qohira

35. Qadimgi Misr dehqonlari qaysi faslda kanallar va ariqlarni tozalashar edi?

A) yozda B) bahorda C) kuzda D) qishda

36. Quyidagilardan qaysi biri Qadimgi Misr xudolariga kirmaydi?

A) Eos B) Xapi C) Osiris D) Ptax

37. Qadimgi Misrda Tot xudosi ...

A) marhumlar va mumiyolar xudosi, mayyitlar posboni bo‘lgan

B) musiqa, go‘zallik va sevgi ilohasi bo‘lgan

C) Oy, donishmandlik va tabiblik ilohasi bo‘lgan

D) Nil xudosi bo‘lgan

38. Tabarzin nima?

A) dastasi uzun jangovar oybolta

B) papirusga yozish moslamasi

C) giksoslarning jang aravasi

D) qimmatbaho tosh

39. Mil. avv. 3-mingyillikning o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealarni aniqlang.

1) Lagash davlati yuksala boshladi; 2) Menes Quyi va Yuqori Misrni birlashtirdi; 3) Shumer va Akkadning ko‘pgina shaharlari Lagashga qo‘shib olindi; 4) Sargon I Akkadni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi

A) 1, 3, 4 B) 1, 2 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4

40. “O‘lim shahzodasi haqida ertak”, “Sinuxet hikoyasi” hikoyalari qaysi mamlakatda yaratilgan?

A) Qadimgi Shumer B) Qadimgi Misr

C) Qadimgi Bobil D) Qadimgi Akkad

41. Qadimda taran – bu ...

A) shumerliklarning odam bo‘yi keladigan kamoni

B) ot ustiga yopiladigan zirhli yopinchiq

C) qal’a devorini buzishda ishlatiladigan uchliyog‘och qurol

D) ikki oyoqli jangovar ot arava

42. Isroil podsholigining donishmand hukmdori qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Solomon B) Sargon I C) Menua D) Sardur I

43. Quyidagi qaysi voqea yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi?

A) yunonlarning Kichik Osiyodagi koloniyalaridagi aholiga nisbatan olib borgan jabr-zulmi

B) Doro I ning O‘rtayer dengiziga qo‘shin tushirishi

C) Miltiatning fors kemalarini cho‘ktirib yuborishi

D) Doro I ning Kichik Osiyodagi yunon koloniyalari va Frakiyani bosib olishi

44. Qadimgi Hindiston afsonalarida Shiva – bu ...

A) haqiqat va adolat xudosi

B) musiqa, go‘zallik va baxt xudosi

C) bunyodkorlik va vayrongarchilik xudosi

D) momaqaldiroq, bo‘ron va olov xudosi

45. Qadimgi Xitoy tarixida mil. avv. VII-V asrlar qanday nom oldi?

A) Ko‘p podsholiklar B) Zafaryor

C) qo‘zg‘olonlar davri D) Yakka podsholik

46. Quyida keltirilgan xudolardan faqat Mesopotamiyaga tegishlilarini aniqlang.

1) Shamash; 2) Xatxor; 3) Sina; 4) Nika; 5) Ea; 6) Shiva; 7) Aid; 8) Ishtar; 9) Xapi

A) 1, 3, 4, 7,8 B) 1, 3, 5, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6

D) 1, 4, 5, 8, 9

47. Yangi Bobil podsholigida qaysi hukmdor o‘z davlatini "bo‘ysunmas qal’a"ga aylantirgan?

A) Navuxodonosor II B) Xammurapi

C) Oshshurbanipal D) Sarduri I

48. Qadimgi Bobilda maktablar qayerlarda tashkil etilardi?

A) Boy-badavlat xonadon sohiblarinikida

B) zodagonlar va harbiy xizmatchilar xonadonida

C) daryo bo‘ylari va yo‘llar kesishgan joylarda

D) saroylar va ibodatxonalarda

49. Mitanniliklar xettlar poytaxti Xattusasni bosib olish chog‘ida qo‘shinning qaysi turi hal qiluvchi rol o‘ynagan?

A) fillardan tashkil topgan qism

B) piyodalar qismi

C) otliq qo‘shin D) kamonchilar guruhi

50. Qadimgi Fors viloyati Eronning qaysi qismida joylashgan?

A) janubida, Fors ko‘rfaziga tutashib ketgan yerlarda

B) g‘arbida, Fors ko‘rfazidan sharqda

C) janubida, Qizil dengizga tutashib ketgan yerlarda

D) shimolida, O‘rmuz qo‘ltig‘iga tutashib ketgan yerlarda

51. Akkadlar butun Mesopotamiyani egallab olgan davrni aniqlang.

A) mil.avv. 2 mingyillik

B) mil.avv. 3 mingyillik oxiri

C) mil.avv. 3 mingyillik 1-yarmi

D) mil.avv. 4 mingyillik

52. Qadimgi Mesopotamiyaning qaysi shahar-davlatidagi ibodatxonada hovuzda baliqlar suzib yurgan, kaptarlar yashaydigan bog‘ ham mavjud bo‘lgan?

A) Bobil B) Uruk C) Akkad D) Lagash

53. Qadimda ma’lum bo‘lgan “shoh yo‘li” qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan?

A) Persepoldan O‘rtayer dengizigacha

B) Pomir tog‘laridan Qara dengizgacha

C) Xitoydan Fors qo‘ltig‘igacha

D) Fors qo‘ltig‘idan Persepolgacha

54. Mesopotamiyaliklar xurmo danaklaridan qaysi maqsadda foydalanishgan?

A) pul o‘rnida

B) qurilish materiali sifatida

C) temirchilik ustaxonasida o‘tin o‘rnida

D) xushbo‘y yog‘ olingan

55. Mesopotamiyaning shimoliy qismi nima deb nomlandan?

A) Akkad B) Lagash C) Bobil D) Shumer

56. Mesopotamiyaga Suriyadan nima keltirilgan?

A) qalay B) kedr yog‘ochi C) mis

D) hunarmandchilik buyumlari

57. Mesopotamiyaliklarning qaysi xudosi oliy hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan?
A) Ishtar B) Ea C) Sina D) Shamash

58. Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga qachon aylandi?

A) mil. avv. IV mingyillikda

B) mil. avv. II mingyillikda

C) mil. avv. III mingyillikda

D) mil. avv. I mingyillikda

59. Jahon tarixida quyidagi qaysi podsho birinchi bo‘lib muntazam qo‘shin tuzgan?

A) Tutmos III B) Sargon I C) Xammurapi

D) Navuxodonosor II

60. Yangi Bobil podsholigi qachon vujudga kelgan?

A) mil. avv. IX asr B) mil. avv. VII asr

C) mil. avv. XII asr D) mil. avv. III asr

61. Mesopotamiya qaysi hukmdori turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g‘isht ishlatish to‘g‘risida farmon bergan?

A) Tutmos III B) Sargon I C) Xammurapi

D) Navuxodonosor II

62. Qachon Old Osiyo hududida ilk davlatlar vujudga kela boshladi?

A) mil. avv. I mingyillik

B) mil. avv. II mingyillik

C) mil. avv. III mingyillik

D) mil. avv. IV mingyillik

63. Quyidagi qaysi voqea mil. avv. XVIII asrda sodir bo‘lmagan?

A) Xett davlatiga asos solindi

B) ko‘chmanchi giksoslar Misrga hujun qildi

C) Ossuriya davlati o‘z ravnaqining cho‘qqisiga erishdi

D) Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopatamiyani yagona davlatga birlashtirdi

64. Xettlar nima uchun Misr hukmdori bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldilar?

A) Mitanni davlatining harbiy g‘alabari

B) O‘zaro foydali savdo aloqalari

C) Finikiyani o‘zaro bo‘lishib olish

D) Ossuriyadan xavfsirash

65. Urartu podsholigi qachon tarix sahnasidan ketdi?

A) mil.avv. 670- yil B) mil.avv. 455- yil

C) mil.avv. 590- yil D) mil.avv. 755- yil

66. Finikiyaliklar mil. avv. II mingyilliklarda qayerlarda koloniyalarga asos soladilar?

A) Kipr oroli va Kichik Osiyo sohillarida

B) Afrika va Ispaniya sohillarida

C) Shimoliy Qora dengiz bo‘ylarida

D) Sardiniya va Ditsiliya orollarida

67. Quyidagilardan Urartu davlati hukmdorlarini aniqlang.

A) Sargon, Miltiad, Oshshurbanipal

B) Sarduri I, Menua

C) Salamansar, Solomon

D) Menua, Nexo, Salamansar

68. Elam davlati qachon vujudga keldi?

A) mil. avv. I mingyillik

B) mil. avv. II mingyillik

C) mil. avv. III mingyillik

D) mil. avv. IV mingyillik

69. Mil. avv. IX asrda vujudga kelgan Midiya podsholigi qayerlarda joylashgan?

A) Urmiya va Van ko‘li atrofida

B) Kaspiy dengizidan janubi g‘arbda

C) O‘rtayer dengizining sharqiy sohilida

D) Dajla daryosining yuqori oqimida

70. Mil.avv.VII asrda …

A) Midiya podsholigi tashkil topdi

B) Forslar yagona davlatga birlashdilar

C) Midiya qudratli davlatga aylandi

D) Elam davlati vujudga keldi

71. Quyidagi qaysi shaharda Doro I va Kserksning yuz ustunli zali bo‘lgan saroy qoldiqlari saqlanib qolgan?

A) Suza B) Ekbatan C) Sadr D) Persepol

72. Quyidagi qaysi voqealar Ahamoniylar podshosi Doro I davrida sodir bo‘lgan?

l) Misr zabt etildi; 2) Shoh yo‘li degan podsho savdo yo‘li qurildi; 3) Massagetlar ustiga yurish qilindi; 4) Skiflar ustiga yurish qilindi; 5) Fors davlati Makedoniyalik Aleksandr tomonidan bosib olindi; 6) Mamlakat satrapliklar deb nomlangan alohida harbiy o‘lkalarga taqsimlandi; 7) Yunon-fors urushi boshlandi; 8) Poytaxt Suza shahriga ko‘chirildi

A) 2,4,6,7 B) 1,2,3,4,5 C) 5,7,8 D) 4,6,8

73. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, qaysi xudo har tongda oltin aravada osmon bo‘ylab yo‘lga tushardi?

A) quyosh xudosi

B) bunyodkorlik va vayrongarchilik xudosi

C) oy xudosi

D) osmon va momaqaldiroq xudosi

74. Qadimgi hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Shunday xudolardan birini aniqlang.

A) Ganesha B) Sheva C) Indra D) Braxma

75. Quyidagi qaysi javobda izohi bir xil bo‘lgan qadimgi Mesopotamiya va Misr xudolari ko‘rsatilgan?

A) Ishtar va Osiris B) Ea va Tot

C) Shamash va Amon-Ra D) Sina va Xatxor

76. Hindlarning e’tiqodicha kohinlar xudo Brahmaning … yaralgan.

A) quymichlaridan B) dahanidan

C) oyoqlari tobonidan D) qo‘llaridan

77. Hindlarda qanday odamlar jamiyatdan haydab yuborilar, u bilan muloqot qilish taqiqlanar edi?

A) sigirni o‘ldirganlar

B) odam o‘ldirganlar

C) chandallar

D) Indraga shak keltirganlar

78. Buddaviylik dini asoschisi Sidhardxa Gautama hayotini tamomila o‘zgartirib yuborgan voqeani aniqlang?

A) munkillagan cholga o‘xshab qolgan, bedavo dardga yo‘liqqan navqiron kishuni ko‘rib qolishi, dafn marosimini ko‘rib qolishi

B) urush paytida odamlarning bir-birlari hech ikkilanmasdan o‘ldirishi

C) saroydagi zolim amaldorlar bilan to‘qnash kelishi

D) turli kastalar o‘rtasidagi tafovutlarning qat’iy chegaralanganligidan ular o‘rtasidagi kuchli kelishmovchilik

79. Buyuk Xitoy devori qurilayotgan paytda dehqon oilasida o‘g‘il bolaning tug‘ilishi musibat o‘rnida ko‘rilgan. Bunga sabab nimadan edi?

A) bolalarning voyaga yetishi bilan xunnlarga qarshi uzoq urushga jo‘natilishi

B) voyaga yetganidan keyin o‘g‘il bolani devor qurilishiga jo‘natganliklari

C) voyaga yetmasidan o‘g‘il bolani devor qurilishiga jo‘natganliklari

D) o‘g‘il bola tug‘ilsa, otasi devor qurilishiga umrbod shafarbar etilgan

80. Qadimgi Xitoyda dehqon soliqlarni vaqtida to‘lay olmasa yoki qarzni qaytarib bera olmasa qanday jazoga mahkum bo‘lar edi?

A) qarzlari evaziga o‘z bolalaridan birini berib yuborar edi

B) uch yil xotini, bolalari bilan birgalikda davlatga ishlab berar edi

C) uy-joylari musodara qilingan

D) umrbod Buyuk Xitoy devori qurilishiga safarbat etililar edi

81. Xitoyliklar dastlab yozuvni nimaga yozishgan?

A) ipak matoga B) bambukka C) teriga

D) loy taxtachaga

82. Mil.avv. I asrda Xitoyda … ixtiro qilindi.

A) kompas B) ipak C) qog‘oz D) seysmograf

83. Sin Shixuandi xukmronlik qilgan yillarni aniqlang?

A) mil.avv.140-87- yillar

B) mil.avv. 246-210- yillar

C) mil.avv. 220-206- yillar

D) mil.avv. 204-197- yillar

84. Sin Shixuandi maqbarasi qurilishida qancha odam ishtirok etgan?

A) 720 ming B) 36 ming C) 37 ming

D) 480 ming

85. Xitoyga sholi urug‘i qayerdan keltirilgan?

A) Tailand B) Hindiston C) O‘rta Osiyo

D) Yaponiya

86. Qadimgi Xitoydagi podsholiklar tartib bilan keltirilgan qatorni toping?

A) Shan, Chjou, Ko‘ p odsholiklar, Sin, Xan

B) Shan, Sin, Ko‘p podsholiklar, Chjou, Xan

C) Chjou, Shan, Sin, Ko‘p podsholiklar, Xan

D) Sin, Shan, Chjou, Xan, Ko‘p podsholiklar

87. Qadimshunoslar O‘zbekistonning qaysi hududlaridan qadimgi shaharlarni topib o‘rganishgan?

A) Buxoro, Xorazm, Navoiy, Farg‘ona, Toshkent

B) Andijon, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo

C) Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Namangan

D) Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo

88. Xammurapi qonunlarini odamlar nima sababdan so‘zsiz, og‘ishmasdan bajarishlari talab etilar edi?

A) chunki u nomigagina podsho qarori bo‘lmasdan, xudoning xohish-irodasi sifatida talqin etilgan

B) chunki u faqat hukmdorning shaxsiy ko‘rsatmasi emas, balki xalqning talablari asosida tuzib chiqilgan edi

C) qonunlar mukammal tuzilgan bo‘lib, hech qanday fikr mulohazaga o‘rin qoldirmagan

D) chunki bu qonun o‘zidan ilgari yaratilgan barcha qonunlarning faqat ijobiy tomonlarini o‘zida aks ettirgan edi

89. Qashqadaryo vodiysidagi qadimgi shaharlarni aniqlang.

A) Ko‘zaliqir va Sangirtepa

B) Yerqo‘rg‘on va Uzunqir

C) Yerqo‘rg‘on va Sopollitepa

D) Uzunqir va Qiziltepa

90. Qadimgi davrda O‘zbekiston hududida mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga asoslanishi ...

A) davlatchilik taraqqiyotiga asos bo‘ldi

B) urug‘-aymoqchilik munosabatlarini tugatdi

C) o‘troq turmush tarziga o‘tilishini tezlashtirdi

D) chorvador aholini siqib chiqardi

91. Qadimgi Xitoyning dastlabgi dehqonchilik ekinlarini aniqlang?

A) shoji va bug‘doy B) paxta va kunjut

C) javdar va bug‘doy D) sholi va paxta

92. Pataliputra shahri qaysi davlatning poytaxti bo‘lgan?

A) Mauriya B) Magatxa C) Malla D) Koshala

93. Keltirilgan manzilgohlarning qaysi biridan pishgan g‘shtdan qurilgan uylar topilgan?

A) Oltintepa B) Sho‘rto‘qay C) Sarazm

D) Moxenjodaro

94. Saklarning ko‘pchilik qismini qaysi guruhdagi saklar tashkil qilgan?

A) saka-tiay-aradarayya

B) saka-tigraxauda

C ) saka-xoumovarka D) barchasi bir xil bo‘lgan

95. Zardushtiylik dinida dehqonlar va chorvadorlarning hosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag‘ishlovchi homiysi ….

A) Anaxita B) Mitra C) Xumo

D) Axuramaxda

96. Zardushtiylikda yer yuzidagi eng qo‘rqinchli yovuzlik nima?

A) muqaddas narsalarni toptash

B) o‘g‘irlik C) qotillik D) o‘lim

97. Bundan 2,5 ming yil muqaddam Xitoyda … .

A) Yozish ychun ipakdan foydalanishga o‘tildi

B) Qog‘oz ixtiro qilindi

C) Chjou podsholigi tashkil topdi

D) Seysmograf ixtiro qilindi

98.Ahamoniylar davlati tashkil topganidan qancha vaqt o‘tib , makedon qo‘shinlari Hindistondan butunlay quvib yuborildi?

A) 304 yil B) 270 yil C) 280 yil D) 240 yil

99. Behistun yozuvlarida Amudaryoning quyi oqimi qanday nomda uchraydi?

A) Xvarizam B) Xvarzamun C) Xvarazmish

D) Xorazmiya

100. Mil. avv. III asrda jamlangan “Avesto“ necha kitobdan iborat?

A) 17 B) 19 C) 21 D) 23

101. Mil.avv. 1792-1750 yillarda hukmronlik qilgan davlat boshlig‘ini aniqlang.

A) Salmanasar B) Sarduri I C) Sargon I

D) Xammurapi

102. Sargon I nima maqsadda barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchovini joriy qilgan?

A) soliqlar yig‘ilishini tartibka solish

B) savdo-sotiqni rivojlantirish

C) mamlakatni viloyat va tumanlarga teng taqsimlash

D) tnga zarb qilishda suiistemolchilikning oldini olish

103. Qadimgi Sharqning quyidagi davlatlari va ularning poytaxti bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

1) Ossuriya; 2) Elam; 3) Xett; 4) Urartu; 5) Mauriya

a) Suza; b) Nineviya; c) Tushpa; d) Xattusa; e) Pataliputra

A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e

B) 1-e, 2-a, 3-d, 4-b, 5-c

C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-e, 5-d

D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c

104. Xammurapi qonunlari nima sababdan o‘zigacha yaratilgan barcha qonunlardan ustunlik qiladi?

A) qonunlar o‘ta shavqatsiz bo‘lganligi uchun

B) qonunlar hajmi jihatidan hayotning har xil tomonlarini qamrab olganligi uchun

C) qonunlarni hukmdorning bir o‘zi tuzmasdan, aholining barcha qatlamlari ishtirokida to‘plaganligi uchun

D) qonunlarda moddalarning nihoyatda ko‘p bo‘lganligi uchun

105. Buddaviylik dinida dastlab xudo bo‘lmagan, bunga sabab ...

A) Sidhartha Gautama o‘zini xudo darajasiga ko‘targan

B) buddistlar haykal-xudolarga ishonmay qo‘yishgan edi

C) xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi deb hisoblashgan

D) xudolar insonni azob-uqubatlarga giriftor qiladi deb hisoblashgan

106. Qadimgi Xitoyda qaysi podsholik hukmdorlari o‘zlarini “Osmon o‘g‘illari” deb atashgan?

A) Shan B) Sin C) Chjou D) Xon

107. 220-yilga qadar hukmronlik qilgan sulolani aniqlang.

A) Xan B) Gupta C) Kushon D) Salavkiylar

108. Lyu Ban boshchiligidagi qo‘zg‘olon nechanchi yilda ko‘tarilgan edi?

A) mil.avv. 220-yil B) mil.avv. 202-yil

C) mil.avv. 218-yil D) mil.avv. 206-yil

109. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi … bo‘lgan.

A) olov, tuproq, suvni muqaddas bilish

B) yaxshilik va yomonlik o‘rtasida kurash

C) ezgu amal, ezgu so‘z, ezgu fikr

D) ro‘za, sadaqa va ibodat

110. Afrosiyob shahar xarobalari hozirgi Samarqandning qaysi chekkasida joylashgan?

A) g‘arbiy B) shimoliy C) sharqiy D) janubiy

111. Mil.avv. VII-VI asrlarda O‘zbekistonning qaysi hududlari qadimgi Baqtriya davlati ta’sirida bo‘lgan?

A) Toshkent, Zarafshon, Surxondaryo vohalari

B) Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari

C) Surxondaryo, Zarafshon, Xorazm vohalari

D) Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari

112. Saklarninig uch guruhga bo‘lingaligi qaysi manbada e’tirof etilgan?

A) Behistun qoyalarida

B) yunon-rim manbalarida

C) ”Avesto”da D) Xitoy manbalarida

113. Saklar o‘z yerlarini boshqa qabilalardan himoya qilish uchun harbiy qabila ittifoqini tuzgan davrni aniqlang.

A) mil.avv. VI asr B) mil.avv. IV asr

C) mil.avv. V asr D) mil.avv. III asr

114. Eron hududiga midiyaliklar va forslar nechanchi asrda ko‘chib o‘rnashadilar?

A) mil.avv. IX asr B) mil.avv. VII asr

C) mil.avv. VIII asr D) mil.avv. X asr

115. Mil.avv. IX-VIII asrlarda ...

A) sak va massagetlar o‘zaro harbiy ittifoqqa kirishdilar

B) Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi

C) “Avesto” kitobining ilk qismlari paydo bo‘ldi

D) Midiya qudratli davlatga aylandi

116. Qadimgi Sharqda qaysi xudo o‘spirin va jangchi qiyofasida tasvirlangan?

A) Indra B) Mitra C) Shiva D) Amon-Ra

117. Mil.avv. VIII-VII asrlarda Xitoyda …

A) Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi

B) “Ko‘p podsholiklar” davri bo‘ldi

C) “Kurashayotgan podsholiklar” davri bo‘ldi

D) Chjou podsholigi o‘zining qudratli cho‘qqisiga yetdi

118. Mil.avv II mingyillikda Xitoyda vujudga kelgan Shan dalatining nomi nimadan kelib chiqqan edi?

A) hukmon sulola nomidan

B) davlatning bosh shahri nomidan

C) ushbu hududda yashagan qabila nomidan

D) daryo nomidan

119. Gilgamish qaysi shahar podshosi bo‘lgan?

A) Uruk B) Umma C) Lagash D) Ur

120. Qachon Bobil davlati Ossuriyadan ajralib chiqdi?

A) mil. avv. 627- yil B) mil. avv. 612- yil

C) mil. avv. 617- yil D) mil. avv. 607- yil


III BOB (57 tasi yangi)



1.Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omilni aniqlang.

A) yunonlarning aksariyati dengiz sayohatchisi bo‘lganligi

B) Yunonistonda qayiq va kemalar yasash uchun qulay bo‘lgan dub daraxtining mavjudligi

C) O‘rtayer dengizi unchalik chuqur bo‘lmaganligidan aholining barcha vakillari dengiz sayohatiga chiqa olganligi

D) Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay gavanlar va buxtalarning mavjudligi

2. Quyidagi qaysi qal’aning qurilishi natijasida Afina shahri vujudga keldi?

A) Akropol B) Ellada C) Fessaliya D) Frakiya

3. Qadimgi Afinadagi palestrlarda mashhur haykaltaroshlar ishlagan haykallar turgan bo‘lib, ushbu haykallar vositasida yigit kishi qanday bo‘lishi kerakligi uqtirilgan?

A) kuchli, jismonan barkamol va o‘z vatani himoyasiga shay turishi

B) haykaldagi siymo singari jismonan kuchli va baquvvat bo‘lishi

C) haykallarning yuz qiyofasida ifodalanganidek ma’naviy jasorat sohibi bo‘lishi

D) haykallardek chiroyli qaddi-qomat sohibi bo‘lish

4. Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lib, u yerda ta’lim olish muddati necha yil davom etgan?

A) 6-7 yil B) 2-3 yil C) 3-4 yil D) 8-10 yil

5. Qadimgi Spartada ajnabiylarga qanday munosabatda bo‘linar edi?

A) ular Sparta davlatining eng quyi lavozimlarida ishlagan

B) ajnabiylar ma’lum muddat o‘tib Sparta fuqarosi bo‘lishi mumkin edi

C) ajnabiylar Spartaga kiritilmagan

D) ularga qul sifatida qaralar edi

6. Sparta madaniyatining sustlashiga qanday omil o‘z ta’sirini o‘tkazdi?


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə