Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə22/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60

D) Eronda shohga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilishi

12. Abulfayzxon davrida oliy hokimiyat amalda kimning qo‘lida bo‘lgan (Eron bosqiniga qadar)?

A) Muhammad Hakimbiy B) Muhammad Rahimbiy

C) Jovshon qalmoq D) Ibrohimbiy

13. Quyidagi voqealarning qaysilari aynan bir yilda sodir bo‘lgan edi?

A) Mahmudbiy qatag‘on o‘zini xon deb e’lon qildi, Ubaydulloxon II o‘ldirildi

B) Ibrohimbiy va Rajab Sulton Samarqandni egalladi, Mirzo Bedil tavallud topdi

C) Subxonqulixon Balxni egalladi, Buxoroda Labihovuz majmuasi bunyod etildi

D) Ubaydulloxon II pul islohoti o‘tkazdi, Buxoroda qo‘zg‘olon ko‘tarildi

14. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida qanday yangi lavozim joriy qilindi?
A) Rais B) Saroy qutvoli C) Mushrif D) Inoq

15. Rizoquli boshchiligidagi Eron qo‘shini Buxoro xonligiga bostirib kirib, Qarshini … qamal qilgan edi?

A) 1 oy B) 12 kun C) 15 kun D) 20 kun

16. Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi?

A) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish

B) agrar islohot o‘tkazildi, yer egalarining soliq to‘lamaslik tartibi bekor qilindi

C) qo‘shin tarkibini yangilash va muntazam qo‘shin tashkil etish

D) mamlakatdan jung‘orlarni haydab chiqarish, Toshkentda qozoqlar hukmronligiga chek qo‘yish

17. Buxorolik hunarmandlar … kasb turlari bilan shug‘ullangan?
A) 200 ga yaqin B) 120 dan ortiq C) 150 dan ortiq

D) 100 ga yaqin

18. Quyidagi qaysi shahar savdogarlarining Sibir shaharlarida o‘z savdo rastalari bo‘lgan?

A) Samarqand B) Toshkent C) Buxoro D) Balx

19. 1633-1634-yillarda qaysi hududda kanal qazilib, vohalarga suv chiqarilgan?
A) Qarshi cho‘lida B) Kattaqo‘rg‘onda

C) Miyonqolda D) Qo‘shqo‘rg‘onda

20. Ubaydullaxon II hukmronligi yillarida aholidan yig‘iladigan soliq miqdori qanchaga ko‘paydi?
A) 7 foiz B) 4 baravar C) 9 foiz D) 2,5 baravar

21. Buxoro xonligida tashqi savdo yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qimmatbaho toshlar, matolar va oltin iplar qayerdan olib kelingan?


A) Hindiston B) Xitoy C) Eron D) Rossiya

22. Qaysi Ashtarxoniy hukmdori aholidan yetti yillik soliqni birdaniga yig‘ib olgan edi?


A) Abulfayzxon B) Ubaydullaxon II

C) Subxonqulixon D) Abdulazizxon

23. 1712-yil Samarqand aholisi qo‘zg‘olon ko‘tarib, shahar hokimi Sulton To‘qsobani haydab yuboradi. To‘qsoba qaysi qabiladan bo‘lgan?
A) mang‘it B) yuz C) kenagas D) qatag‘on

24. “Oddiy xalq mushkul ahvolda qoldi, kundalik yeyish-ichishdan mahrum bo‘ldi, hatto kafan uchun mato topolmay, jonlarini xudoga topshirdilar”, Muhammad Amin Buxoriyning ushbu gaplari qaysi hukmdor davri voqealariga tegishli?


A) Subxonqulixon B) Abulfayzxon

C) Ubaydulloxon D) Abdulazizxon

25. Mir Arab madrasasi mudarrisi Muhammad Sharif Buxoriy nechanchi yillarda yashagan?
A) 1609-1697-yillar B) 1644-1721-yillar

C) 1617-1694-yillar D) 1602-1669-yillar

26. Quyida keltirilgan asarlarning qaysi biri makon va zamon masalalariga bag‘ishlangan?
A) “Davriylik haqida risola” B) “Bahoriyat”
C) “Axloq husnlari” D) “To‘rt unsur”

27. XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligi shaharlarida … madrasa bo‘lgan?


A) 100 ga yaqin B) 120 ta C) 150 dan ortiq

D) 200 dan ortiq

28. Buxoro xonligi madrasalarida qaysi ilmni o‘rganish majburiy hisoblangan?
A) fors tilini B) arab tili grammatikasini

C) xattotlik san’atini D) fiqh ilmini

29. Buxoro xoni Vali Muhammadxonning hukmronlik yillarida davlatda qanday vaziyat yuzaga keladi?

A) mamlakat yagona markaz atrofida birlashdi, bo‘ysunishni istamagan qabila boshliqlari yashash joylaridan ko‘chirib yuborildi

B) ichki kurash yana avj oldi, qabila beklari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar

C) qozoqlar xoni Keldimuhammad hujumi to‘xtatdi

D) Buxoro xonligining qo‘ldan chiqqan bir qancha hududlari yana qayta egallandi

30. Quyidagi qaysi asarda samarqandlik va buxorolik 20 nafar olim haqida ma’lumot berilgan?


A) “Axloq husnlari” B) “Irfon” C) “Bahoriyat”

D) “Baxr ul-asror”

31. Mirzo Bedilning asl ismi va urug‘ining nomi to‘g‘ri berilgan javobni toping?
A) Abdulg‘affor, kenagas B) Mulla Yusuf, mang‘it

C) Mirolim, do‘rmon D) Abdulqodir, barlos

32. Quyida keltirilgan allomalarning qaysi biri “Abulma’oniy” degan faxriy nomga sazovor bo‘lgan?
A) So‘fi Olloyor B) Turdi C) Mirzo Bedil

D) Sayido Nasafiy

33. Turdi hajviy she’rlarining … misrasi Subxonqulixon haqidagi hajviyadir?

A) 135 B) 165 C) 124 D) 212

34. Keltirilgan shoirlarning qaysi birining asl ismi Mirobid bo‘lib, o‘zi to‘quvchilik bilan shug‘ullangan?
A) Sayido Nasafiy B) Turdi C) So‘fi Olloyor

D) Muhammad Sharif

35. Abdulazizxon tomonidan Buxoro shahridagi qo‘sh minorali madrasa nechanchi yilda bunyod etilgan?
A) 1652-yil B) 1678-yil C) 1659-yil D) 1671-yil

36. XVIII asr boshlarida bunyod etilgan Shermuhammadbiy va Xoja Qurbonbiy madrasalari qaysi shaharda joylashgan edi?


A) Karmana B) Kesh C) Toshkent D) Qarshi

37. Xiva xoni Abulg‘ozixon qaysi yildagi yurishida Qorako‘l aholisining bir qismini asir olib ketadi.

A) 1652-yil B) 1655-yil C) 1658-yil D) 1662-yil

38. Ashtarxoniylar davrida davlat yerlari sayidlar va din ulamolariga qanday shaklda in’om etilgan.

A) suyurg‘ol B) tanho C) mulki xolis D) tarxon

39. Nima uchun Buxoro xoni Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi?

A) shimoldan qozoqlarning hujum uyushtirganliklari

B) mang‘it urug‘idan bo‘lgan otaliqlarning xonga nisbatan uyushtirgan suiqasdi

C) hind qo‘shinlarining mamlakat janubiga hujumi

D) buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligi sababli

40. Bedil kulliyoti Bombeyda qaysi yili nashr etilgan.

A) 1882-yil B) 1886-yil C) 1883-yil D) 1888-yil

41. Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo‘shinlarini tor-mor keltirilgach, Vali Muhammad qismati nima bo‘ldi?

A) hajga jo‘natildi va qaytib kelgach vafot etdi

B) Vali Muhammad o‘z o‘g‘li ishlariga yordamchi bo‘lishiga majbur etildi

C) Vali Muhammad asir olinib qatl etildi

D) Vali Muhammadning ko‘ziga mil tortildi

42. Imomqulixon davrida qaysi voqealar yuz berdi?

1) Eron qo‘shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi; 2) Tashkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoq, jung‘ar, qalmoq va qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi; 3) Tashkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o‘z tasarrufiga kiritdi; 4) Toshkentdagi qo‘zg‘olonni ayovsiz bostirdi; 5) markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi; 6) qozoq xoni Keldimuhammad qo‘shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo‘ysundirdi; 7) qabila beklari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 3, 4, 6

D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7

43. Nimaning oqibatida Nodir Muhammadxon davrida Buxoro xonligida davlatchilik asoslari zaiflashdi?

A) Nodir Muhammadxondan norozi bo‘lgan bir guruh amirlar Abdulazizni xon deb e’lon qilishi oqibatida

B) xonning o‘zi mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk qilib 12 nafar o‘g‘li, 2 nafar jiyani va nabirasiga taqsimlab berishi oqibatida

C) qozoq xoni Keldimuhammad qo‘shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo‘ysundirishi oqibatida

D) Hindiston va Eron bilan siyosiy nizoning kelib chiqishi oqibatida

44. Ashtarxoniy Abdulaziz xonlik taxtiga qay tariqa chiqdi?

A) Nodir Muhammadxondan norozi bo‘lgan bir guruh amirlar Abdulazizni xon deb e’lon qilishi natijasida

B) Hindiston qo‘shinlarining ko‘magida

C) Eron qo‘shinlarining Balxga hujumi ko‘magida

D) jaloyir va do‘rmon qabilalarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida Nodir Muhammad qo‘shinlarining mag‘lub etilishi tufayli

45. Nodir Muhammad taxtni egallay olmagach taqdiri qanday yakun topadi?

A) Nodir Muhammadning ko‘ziga mil tortildi

B) Makkaga hajga borayotib yo‘lda vafot etadi

C) Nodir Muhammad asir olinib qatl etildi

D) Makkaga borib, o‘sha yerda vafot etdi

46. Subhonqulixon davrida ichki va tashqi ahvol qanday bo‘lgan?

1) Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan o‘g‘illariga qarshi urushlar qilishga majbur bo‘ldi; 2) Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi urushlar qilishga majbur bo‘ldi; 3) Xiva xoni Anushaxon qo‘shinlari hujum qilib, Buxoro, Karmana va Vardonzeni va Samarqandni egalladi; 4) Samarqandda Anushaxon nomiga xutba o‘qitilib, uning nomidan tanga pullar zarb etildi; 5) markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi; 6) Qabila beklari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar.

A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 4, 5, 6 C) 2, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4

47. Subhonqulixon qayerdaligidan foydalangan Anushaxon Buxoro atroflariga bostirib kelib u yerlarni talon-taroj qiladi va katta o‘ljalar bilan qaytib ketadi?

A) Balxdaligidan B) Toshkentdaligidan

C) Qarshidaligidan D) Marvdaligidan

48. Qaysi Ashtarxoniy hukmdorlar qozoqlarga qarshi kurashishga to‘g‘ri kelgan?

A) Vali Muhammad, Abulfayzxon, Abdulazizxon

B) Boqi Muhammad, Subhonqulixon, Abulfayzxon

C) Boqi Muhammad, Imomqulixon, Nodir Muhammad

D) Abdulazizxon, Subhonqulixon, Ubaydullaxon II

49. Ashtarxoniylardan kimlar taxtni qaytarib olish uchun Eron madadidan foydalanishga harakat qilgan?

A) Nodir Muhammad va Abdulazizxon

B) Subhonqulixon va Abulfayzxon

C) Boqi Muhammad va Imomqulixon

D) Vali Muhammad va Nodir Muhammad

50. Qaysi holatlar Buxoro xonligining harbiy jihatdan o‘ta zaiflashuviga olib keldi?

1) doimiy qudratli harbiy qo‘shin yo‘qligi; 2) markaziy harbiy qo‘mondonlikning yo‘qligi; 3) qo‘shinning zamonaviy qurol-yarog‘lar, zambaraklar bilan ta’minlanmaganligi; 4) davlat xazinasining yo‘qligi; 5) harbiy qo‘mondonlarning yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi.

A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5

51. Muhammad Sharif Buxoriyning “Xoqonga foydali maslahatlar” kitobida nimalar o‘z ifodasini topgan?

A) tibbiyot, harbiy xizmat, inson organizmining xususiyatlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

B) jahonda mavjud bo‘lgan yirik davlatlar, buyuk hukmdorlar hayotidan lavhalar

C) diniy-ma’rifiy she’rlar, dostonlar, qahramonlik eposlari, diniy qissalardan iborat bo‘lgan

D) shariat qonun-qoidalari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid ma’lumotlar, hukmdorlar to‘g‘risida qiziqarli lavhalar

52. Quyidagi qaysi tarixiy asarlar XVII-XVIII asr boshlari tarixini bayon etadi?

A) “Taqvodorlar maslagi”, “Bahoriyot”, “Zubdat ul-ozor”, “Ubaydullanoma”

B) “Tarixi Toshkand”, “Abdullanoma” “Badoyi ul-vaqoye”, “Tarixi Rashidiy”

C) “Tarixi oliy Chingiz”, “Tarixi Rashidiy”, “Tarixi Muqimxoniy”, “Tarixi manzuma”

D) “Oliyjanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi”, “Ubaydullanoma”, “Muhit ut-tavorix”, “Abulfayzxon tarixi”

53. Quyidagi allomalardan qay birlari XVII-XVIII asr birinchi yarmida adabiyot sohasida qalam tebratgan?

A) Mirzo Abdulqodir, Sayido Nasafiy, Turdi, So‘fi Olloyor, Mashrab, Xoja Samandar Termiziy, Mutribiy, Samarqandiy, Mulla Sodiq Samarqandiy

B) Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiy, Hofiz Tanish Buxoriy, Zayniddin Vosifiy, Mirza Muhammad Haydar, Hofiz Ko‘hakiy

C) Turdi, So‘fi Olloyor, Mashrab, Xoja Samandar Termiziy, Mutribiy, Muhammad Amin Mo‘minobodiy

D) Bobokalon Muftiy Samarqandiy, Tursun Zominiy, Muhammad Husayn, Mahmud ibn Ahmad Foriziy

54. So‘fi Olloyorning qaysi asari ilohiy ma’rifat badiiy talqinda bayon etilgan o‘zbek falsafiy adabiyotining yetuk namunasi hisoblanadi?

A) “Bahoriyot” B) “Taqvodorlar maslagi”

C) “Zubdat ul-ozor” D) “Ojizlar saboti”

55. She’r ilmi, she’r tizimi ashtarxoniylar davrida qaysi nom bilan atalgan?

A) aruz ilmi B) tuyuq ilmi C) nazm ilmi

D) nasriy ilm

56. Sharq she’riyatidagi beshlik she’riy shakl qaysi nom bilan atalgan?

A) qit’a B) murabba C) tuyuq D) muxammas

57. “Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati” asari muallifini aniqlang.

A) Xoja Samandar Termiziy B) Mutribiy

C) Subhonqulixon D) Sharif Buxoriy

58. Balx hokimi Mahmudbiy qatag‘on qaysi ashtarxoniy hukmdori bilan kurash olib borgan?

A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon

C) Abulfayzxon D) Abdulazizxon

59. 1688-yil Subxonqulixon tomonidan Xiva xoni etib tayinlangan shaxsni aniqlang.

A) Ibrohom dodxoh B) Muhammadniyoz

C) Shohniyoz D) Temurg‘ozi

60. Imomqulixon hukmronligi yillarida Qashqadaryodan Qarshi cho‘liga kanal chiqarilgan yillarni aniqlang.

A) 1615-1618-yillar B) 1612-1613-yillar

C) 1633-1634-yillar D) 1614-1615-yillar


III BOB.



1. Doniyolbiy davrida qaysi bekliklarning Buxoro amirligiga bo‘ysunmaslik harakati kuchaydi?
1) Shahrisabz; 2) Balx; 3) Hisor; 4) Nurota; 5) Ko‘lob; 6) O‘ratepa; 7) Miyonqol; 8) Boysun.

A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4, 7 C) 3, 5, 7, 8 D) 1, 4, 6, 8

2. Buxoro amirlaridan qaysi biri dastlab pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro‘zg‘or tebratgan?
A) Amir Haydar B) Doniyolbiy C) Shohmurod

D) Nasrullo

3. Amir Shohmurodning soliq tizimida o‘tkazgan islohoti to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) tamg‘a solig‘ini bir oz oshirdi

B) jizya solig‘i bekor qilindi

C) ulumolardan olinadigan har qanday soliq va yig‘imlar bekor qilindi

D) Boj va xirojdan tashqari barcha soliqlar kamaytirildi

4. Noto‘g‘ri berilgan javobni toping!

A) Shohmurod Abulg‘ozini hokimiyatdan chetlashtirgan edi

B) Amirlikning alohida davlat xazinasi bo‘lmagan

C) Amirlikda eng kichik tanho yeri 7-12 gektarni tashkil qilgan

D) Miroxur - amir otxonasining boshlig‘i bo‘lgan

5. O‘rta asrlarda 8,33 sotixga teng bo‘lgan yer o‘lchov birligi qanday atalgan?

A) tanob B) qo‘sh C) gektar D) akr

6. Buxoroning qozoqlar bilan savdo-sotiq aloqalarida kimlar vositachilik kilgan?

A) qoraqalpoqlar B) qalmoqlar C) qipchoqlar

D) xorazmliklar

7. Ma’lumki, 1804-yil marvliklar Dinnosirbek boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘targan edi. Qo‘zg‘olon rahbari Dinnosirbekning maqsadi nimadan iborat bo‘lgan?
A) Eron shohi yordamida Buxoro taxtini egallash

B) Markazi Marv bo‘lgan amirlikdan mustaqil bo‘lgan davlat tashkil qilish

C) Xiva xoni Eltuzar yordamida oliy hokimiyatni egallab olish

D) Amudaryo o‘ng sohilidagi yerlarni bosib olish

8. Buxoro amirligidagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi berilgan javobni aniqlang?
A) Devonbegi B) Mushrif C) Tavochi

D) Karvonboshi

9. Muhammad Rahimbiy bo‘ysunishni istamagan, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka uringan qabillalarga nisbatan qanday chora ko‘rgan?
A) yashayotgan joyidan ko‘chirib yuborgan

B) ularni bir-biriga gij-gijlab, dushman qilib qo‘ygan

C) ulardan ikki barabar soliqlar undirilgan

D) qabila boshliqlariga sovg‘a-salomlar berib, o‘ziga og‘dirib olgan

10. Qaysi Buxoro amiri davrida pul islohoti o‘tkaziladi?
A) Amir Haydar B) Shohmurod C) Nasrullo

D) Muhammad Rahim

11. Ma’lumki, zakot solig‘i dastlabki davrlarda beva-bechoralar va musofirlar foydasiga olinar edi. Zakot qachondan boshlab xazina foydasiga olina boshlandi?
A) XVIII asr B) XVI asr C) XVII asr

D) XIX asr boshi

12. Buxoro amirligida qaysi lavozim egasi soliq tushumlarini yozib borgan?

A) inoq B) parvonachi C) mushrif D) mutavalli

13. Buxoro amirligida o‘stirilgan mardona o‘simligidan nima olingan?
A) dori-darmonlar B) bo‘yoq C) yog‘ D) qog‘oz

14. Samarqandda joylashgan yetti madrasaning biri Safed yana qanday nom bilan ataladi?


A) Xoja Abdulg‘affor B) Tillakori

C) Shayboniyxon D) Xoja Ahror

15. XIX asr boshida Buxoro shahrida nechta hovuz mavjud bo‘lgan?
A) 103 ta B) 345 ta C) 38 ta D) 83 ta

16. Buxoro bozorlariga zotdor otlarni kimlar olib kelib sotishar edi?


A) qoraqalpoqlar B) qozoqlar C) turkmanlar

D) farg‘onaliklar

17. 1844-yilda Buxoro amirligining Markaziy Osiyo - Rossiya tashqi savdosidagi ulushi necha foizni tashkil qilgan?
A) 25 % B) 30 % C) 42 % D) 38 %

18. Ma’lumki, 1837-yil Amir Nasrullo muntazam qo‘shin tuzgan edi. Qo‘shin tarkibidagi askar va to‘pchilarning xizmat muddati necha yil bo‘lgan?


A) 25 yil B) umr bo‘yi xizmat qilgan C) 30 yil

D) 20 yil

19. Muhammadniyoz Nishotiy o‘zining “Xusni Dil” dostonini nechanchi yilda yozgan edi?
A) 1778-yil B) 1756-yil C) 1771-yil D) 1807-yil

20. XIX asrda yozilgan “Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xo‘qand va Qoshg‘ar” asarining muallifini aniqlang.

A) Muhammadniyoz Nishotiy

B) Yaqub ibn Doniyol Buxoriy

C) Mirzo Shams Buxoriy D) Mir Ma’sum Olamiyon

21. XIX asrda “Axloqi Muhsiniy” kitobi va Sa’diyning sheriy asarlarini rasmlar bilan bezagan ijodkorni aniqlang.


A) Mirzo Sodiq Jodoriy B) Junaydulloh Hoziq

C) Mir Ma’sum Olamiyon D) Shavqiy

22. Shoir Volaning bizgacha … she’ri yetib kelgan.

A) 20 ming B) 2 ming C) 12 ming D) 3 ming

23. Ahmad Donish necha yil davomida Buxoro saroy kutubxonasida xattot va rassom bo‘lib ishlagan?
A) 20 yil B) 14 yi C) 30 yil D) 25 yil

24. Quyidagi voqealarning xronologik ketma-ketlikda to‘g‘ri berilgan javobni toping?


1) Mujrim-Obid tavallud topdi; 2) Orenburgda Buxoro savdogarlarining qarorgohi vujudga keldi; 3) Muhammad Hakimbiy vafot etdi; 4) Abulfayzxonning o‘g‘li Abdulmo‘min Buxoro taxtiga o‘tqizildi.

A) 1, 3, 4, 2 B) 3, 1, 4, 2 C) 2, 1, 3, 4 D) 3, 4, 1, 2

25. Buxoro amirligida faoliyat ko‘rsatgan Devonbegining vakolati qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) barcha ijroiya hokimiyatni boshqargan

B) amaldorlarning xonga in’om etgan buyumlarini ro‘yxatga olib borgan

C) soliq tushumlarini yozib borgan

D) soliqlar undirilishi ustidan nazorat olib borgan

26. Qozi Soqiy madrasasi qaysi shaharda joylashganligini aniqlang?

A) Buxoro B) Samarqand C) Qarshi D) Toshkent

27. Rossiyaning Orenburg shahrida Buxoro savdogarlarining qarorgohi bo‘lib, 1825-yilga kelib bu yerda ularning xonadoni qanchaga yetdi?
A) 20 ta B) 30 ta C) 44 ta D) 25 ta

28. Ma’lumki, Amir Nasrullo to‘pchilar qo‘shinini tuzgan bo‘lib, bu askarlarga qanday miqdorda maosh berilgan?


A) yiligi 3 kumush tanga B) oyiga 5 kumush tanga

C) oyiga 2 oltin tanga D) oyiga 3 kumush tanga

29. Mo‘g‘ullar tomonidan Marvdagi Sultonband to‘g‘oni buzib tashlanganidan qancha vaqt o‘tib, Amir Haydar xuddi shu ishni qildi?

A) 583 yil B) 591 yil C) 602 yil D) 614 yil

30. 1800-yilda qaysi hududlarda Amir Haydarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilgan edi?

A) Marv, Kattaqo‘rg‘on, Qarshi

B) Miyonqol, Karmana, Yangiqo‘rg‘on

C) Toshkent, O‘ratepa, Shohruxiya

D) Balx, Hisor, Ko‘lob, Marv

31. Quyidagilarning qaysilari Amir Shohmurod davrida amalga oshirilgan?

1) qo‘shin tarkibida qozi askar lavozimi joriy etildi; 2) Samarqand shahri markazida olti qirrali “Toqi musaddas” savdo inshooti qurildi; 3) Urgut tumanini sug‘orish maqsadida 40 chaqirimli Qozonariq kanali qazildi; 4) Har tanob yerdan bir tillodan tanobona solig‘ini olish belgilandi; 5) Abulfayzxonning nabirasi Abulg‘oziy soxta xon qilib ko‘tarildi.

A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 2, 4, 5

32. Amirlikdagi eng mashhur bog‘lardan biri hisoblangan Jo‘ybor bog‘i qayerda joylashgan edi?
A) Toshkent B) Samarqand C) Buxoro

D) Karmana

33. Qaysi Buxoro amiri har tanob yerdan bir tillodan soliq olinishi tog‘risida yorliq chiqargan edi?
A) Shohmurod B) Doniyolbiy C) Amir Haydar

D) Nasrullo

34. Muhammadniyoz Nishotiyning “Qushlar munozarasi” asarida nechta qush o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahs jarayoni tasvirlangan?
A) 12 ta B) 20 ta C) 24 ta D) 14 ta

35. Buxoro amirligida quyidagi qaysi lavozim avloddan avlodga ham meros bo‘lib o‘tgan?

A) muhtasib B) shayxulislom C) qo‘shbegi

D) devonbegi

36. Amir Shohmurod hukmronligi davrida qazilgan quyidagi qaysi kanal boshqalaridan ko‘ra uzunroq bo‘lgan?

A) Xurmo B) To‘yman arig‘i C) Qozonariq

D) To‘g‘uzariq

37. Shahrisabz bekligida asosan quyidagi qaysi qabila istiqomat qilgan.

A) kenagas B) yuz C) bahrin D) qipchoq

38. Eron shohi Nodirshoh va Abulfayzxon o‘rtasidagi shartnoma qayerda imzolanadi?

A) Zarafshon bo‘yidagi Chorbakr qo‘rig‘ida

B) Samarqand yaqinidagi Bog‘i Shamolda

C) Jizzax yaqinidagi Uchqora mavzeida

D) Qarshi yaqinidagi Tang‘oz qishlog‘ida

39. Eron qo‘shinlari Buxoroga qarshi ikkinchi marta hujum qilganda kim Eron tomoniga o‘tib ketadi?

A) Qarshi hukmdori Muhammad Hakimbiy

B) Urgut hokimi Ibrohimbiy

C) Balx hokimi Mahammad hoji

D) Shahrisabz hokimi Ibrohimbiy

40. Nodirshoh Buxoro xonligining taslim bo‘lish shartlarini kim orqali Abulfayzxonga jo‘natadi?

A) Muhammad Rahimbiy B) Rizoquli

C) Muhammad Hakimbiy D) Ibrohimbiy

41. Muhammad Rahimbiy qanday imkoniyatdan foydalanib, hokimiyatda da’vogarlik qila boshladi?

A) o‘zining muntazam qo‘shinga egaligidan

B) Eron shohi qo‘shinlarining o‘zi tomonidaligidan

C) Muhammad Hakimbiyning o‘g‘li bo‘lganligidan

D) Abulfayzxonning bosh vaziri bo‘lganligidan

42. Qaysi voqea Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo‘l ochib berdi?

A) Abulfayzxon farmonlarining saroydan tashqariga chiqmasligi

B) Nodirshoh o‘ldirilganidan so‘ng Eronda boshlangan ichki kurashlar

C) Eron shohi qo‘shinlarining Buxoroni bosib olishi

D) Xiva xonining Buxoroga hujumi

43. Doniyolbiy otaliq hukmronligi davrida yuz bergan voqealarni aniqlang.

1) yirik yer egalarining davlatni boshqarish ishlarida shu vaqtgacha davom etib kelgan aralashuvlarini keskin kamaytirdi; 2) katta yer egalari, qo‘shbegi va qozikalonlarning o‘zboshimchaligini sindira olmadi; 3) bo‘ysunishni ustamagan, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urinayotgan qabilalarni turgan joyidan ko‘chirtirib yuborish siyosatini tutdi; 4) Miyonqol, Nurota, Qo‘bodiyon, Boysun, Shahrisabz hamda Urgut bekliklarini o‘ziga bo‘ysundirdi; 5) barcha mang‘it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi; 6) xalqdan olinadigan soliqlarni ko‘paytirdi; 7) Balx, Hisor, Ko‘lob, O‘ratepa bekliklarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi;

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 5, 6, 7 C) 2, 3, 4, 7 D) 1, 3, 5

44. Amir Shohmurodning qaysi tadbiri xalq manfaatlariga tajovuzning oldini oldi?

A) kim mol-mulkka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat’i nazar qattiq jazoga tortilishi

B) barchaga yetadigan darajada yerni to‘g‘ri taqsimlashi va pul islohoti

C) yer egalarining davlat oldidagi barcha qarzlaridan voz kechishi

D) barchaning yeri, mol-mulkini qonun bilan rasmiylashtirishi

45. Buxoro amirligida shayxulislom lavozimiga oid bo‘lgan qatorni aniqlang.

1) musulmon jamoasi boshlig‘i; 2) qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi; 3) bu lavozim avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan; 4) jinoiy ishlarni shaxsan o‘zi sinchiklab ko‘rgan; 5) qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo‘yicha shariatga asoslanib fatvo chiqargan.

A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 5 C) 4, 5 D) 2, 4

46. Buxoro amirligida davlat yerlarining qanday qismi ko‘chmanchi jamoalarga bo‘lib berilgan?

A) lalmikor va voha yerlari

B) suvsiz dasht, to‘qayzor qismi

C) ilgari ishlatilib, keyinchalik qarovsiz qoldirilgan yerlar

D) tanho va iqto‘ yerlari


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə