Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə25/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60

6. Qo‘qon xonligida quyidagi qaysi mansab o‘z nufuzi jihatidan qushbegi vakolatiga teng bo‘lgan?

A) Parvonachi B) Mehtar C) Xudoychi

D) Naqib


7. Olimxon davrida xonlikda harbiy islohot o‘tkazilib muntazam armiya tuziladi. Har bir zobitga qanchadan maosh belgilangan edi?

A) ikki tillo B) o‘ttiz tanga C) uch dinor

D) ellik tanga

8. Qo‘qon xonligida qaysi hukmdorlar hukmronligi davrida xonlikning qudrati ortdi?

A) Erdona, Norbo‘tabiy, Olimxon

B) Mallaxon, Xudoyorxon, Murodxon

C) Muhammad Alixon, Murodxon, Olimxon

D) Xudoyorxon, Muhammad Alixon, Mallaxon

9. Qo‘qon xoni Olimxonning Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirishi natijasida ...

A) qozoq juzlari bilan nizo kelib chiqdi

B) Buroro xonligi bilan urushlar kelib chiqdi

C) Rossiya bilan savdo yo‘li ochildi

D) Rossiya bilan nizo kelib chiqdi

10. Qo‘qon xonligi ma’muriy-hududiy jihatdan nechta viloyatga bo‘lingan edi?

A) 15 ta B) 20 ta C) 40 ta D) 27 ta

11. Mustaqil Toshkent hokimligiga nechanchi yil asos solindi?

A) 1796-y. B) 1784-y. C) 1756-y. D) 1799-y.

12. Noto‘g‘ri berilgan javobni toping.

A) Abdurahimbiy Shahrisabz hokimi bilan Qo‘qonga tobelik haqida bitim tuzgan edi.

B) Qo‘qon 1805-yildan rasman xonlik deb e’lon qilindi

C) Xudoychi mansabi xonlikda moliya va xo‘jalik ishlarini boshqargan

D) 1799-yil Toshkent qo‘shinlari Chirchiq bo‘yida Olimxon qo‘shiniga zarba bergan edi.

13. Yunusxoja davrida Toshkent shahar nazorati va soliq yig‘ish kimning qo‘lida bo‘lgan?

A) Bukey Sulton B) Boshchixoja C) Rahmatulla D) Azizxoja

14. Ma’lumki, 1800-yilning kuzida Qo‘qon va Toshkent qo‘shinlari G‘urumsaroyda to‘qnashgan edi. Bu hudud hozirda qaysi viloyatda joylashgan?

A) Chimkent viloyati B) Toshkent viloyati

C) Namangan viloyati D) Sirdaryo viloyati

15. Manbalarda yozilishicha, 24 kishidan iborat Toshkent karvoni nechanchi yilda Semipalatinsk shahriga borgan edi?

A) 1797-y. B) 1790-y. C) 1803-y. D) 1795-y.

16. Qaysi Qo‘qon xoni davrida kambag‘al va qalandarlarga yer maydonlari va chorva mollari berilib, ular mehnatga jalb qilingan edi?

A) Muhammad Alixon B) Umarxon

C) Olimxon D) Xudoyorxon

17. Amir Nasrullo Qo‘qon xonligini bo‘ysundirgach, bu yerga kimni noib etib tayinlagan edi?

A) Olloqulini B) Ibrohim dodxohni

C) Abdurahmonbiyni D) Eshim Sultonni

18. Amir Nasrulloning Qo‘qon xonligiga qilgan ikkinchi yurishi nima sababdan muvaffaqiyatsiz tugadi?

A) Xiva xoni Ollohqulixonning Buxoroga qilgan yurishi

B) Qishning erta kelishi va amir qo‘shinlarining yurishdan bosh tortishi

C) Qo‘qon xonligiga Musulmonqul boshchiligidagi qipchoqlarning yordamga kelishi

D) Buxoroda amirga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon

19. Soliqlarning haddan tashqari og‘irligidan norozi bo‘lgan O‘sh xalqi nechanchi yil qo‘zg‘olon ko‘tardi?

A) 1845-y. B) 1842-y. C) 1851-y. D) 1831-y.

20. Xudoyorxon xonlik taxtiga o‘tirgunga qadar qayerning hokimi edi?

A) Farg‘ona B) Namangan C) Andijon

D) Marg‘ilon

21. Qo‘qon xoni mingboshisi Musulmonqul qaysi rus vakili bilan maxfiy ravishda muzokaralar olib borgan edi?

A) V. Velyaminov – Zernov B) A. Beznosikov

C) T. Burnashev D) I. Buxgols

22. Qo‘qon xonligida zakot to‘lamaydigan boylar beklarga 9 buyumdan iborat in’om berishgan, bu qanday nom bilan atalar edi?

A) “Yig‘im soliq” B) “Qo‘ra boshi”

C) “Tutun haqi” D) “Qozon puli”

23. Qo‘qon xonligining qaysi hududlaridan oltin ma’dani qazib olingan?

1) Ko‘krev daryosi; 2)Oqdaryo sohili; 3) Kosonsoy; 4) Norin tumani; 5) Pomir tog‘i; 6) Chirchiq daryosi bo‘ylari; 7) Chotqol daryosi yuqori oqimi; 8) Oloy tog‘i etagi.

A) 1, 2, 3, 8 B) 1, 3, 6, 7 C) 2, 4, 5, 8

D) 3, 5, 6, 7, 8

24. Tarixiy manbalarda Qo‘qonga oid ma’lumotlar nechanchi asrdan boshlab uchraydi?

A) V asr B) IX asr C) X asr D) XV asr

25. Murodbek saroyi qaysi shaharda joylashgan edi?

A) Qo‘qon B) Namangan C) Andijon

D) Marg‘ilon

26. … Qo‘qon xonligidagi pilla sotiladigan asosiy bozor markazi edi.

A) Qo‘qon B) Andijon C) Marg‘ilon

D) Rishton

27. Namangan shahrining nomi manbalarda qaysi asrdan boshlab uchraydi?

A) XVI asr B) X asr C) XII asr D) XVII asr

28. Boburning “Boburnoma” asarida yozilishicha Andijon shahrining nechta darvozasi bo‘lgan?

A) 9 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 7 ta

29. Fazliy Namangoniy tomonidan 63 shoirning sherlarini o‘z ichiga olgan “Majmuai shoiron” tazkirasi nechanchi yilda tuzilgan?

A) 1821-y. B) 1837-y. C) 1818-y. D) 1812-y.

30. Muhammad Sharif Gulxaniy qachon va qayerda tavallud topgan?

A) 1770-yil Tavildara tumanida

B) 1778-yil Oloy tumanida

C) 1781-yil O‘sh viloyatida

D) 1783-yil Rishton tumanida

31. Boborahim Mashrab necha yoshidan boshlab tasavvuf ilmi bilan shug‘ullana boshlagan?

A) 18 yosh B) 7 yosh C) 15 yosh D) 13 yosh

32. Amir Umarxon nechanchi yillarda Mag‘ilon hokimi bo‘lgan edi?

A) 1802-1810-y. B) 1806-1807-y.

C) 1809-1810-y. D) 1801-1805-y.

33. Quyidagi qaysi asar 1822-1848-yillar tarixi haqida ma’lumot beradi?

A) “Tarixi muhojiron” B) “Tarixi manzuma”

C) “Tarixi jahonnomayi” D) “Muntaxab ut-tavorix”

34. Mulla Niyoz Muhammad Ho‘qandiyning “Tarixi Shohruxiy” asari nechanchi yilgacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi?

A) 1822-y. B) 1872-y. C) 1821-y. D) 1856-y.

35. Nima sababdan butun Qo‘qon xonligi hududida 1842-yili katta qo‘zg‘olon ko‘tariladi?

A) amirning Qo‘qondagi noibi Qo‘qon xonligi aholisini avval undirib kelingan soliqqa qo‘shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni to‘lashga majbur qilganligi

B) bir yilning o‘zidan aholidan 7 yillik soliqning yig‘ib olinganligi va Buxoro amirligi istilosi

C) Muhammad Alixonning o‘zboshimchalik bilan yangi soliqlarni joriy etishi va Toshkentga qilingan muvaffaqiyatsiz yurish

D) Amir Nasrullo tomonidan shoira Nodira begim va Muhammad Alixonlarning qatl etilishi

36. Qo‘qondagi Norbo‘tabiy madrasasi xalq orasida qanday nom bilan mashhur edi?

A) Madrasayi Jome B) Dahmayi Jahon

C) Madrasayi Mir D) Madrasayi Tunqotar

37. Qaysi Qo‘qon xoni davrida Xo‘jand qayta bo‘ysundirildi?

A) Erdonabiy B) Norbo‘tabiy

C) Abdurahimbiy D) Abdukarimbiy

38. Qo‘qon xonligida kimning davrida harbiy islohot o‘tkazilib, botirlar deb ataluvchi muntazam armiya tuzilgan?

A) Muhammad Alixon B) Umarxon

C) Olimxon D) Xudoyorxon

39. Mustaqil Toshkent hokimligining chegarasi 1799-yilda qayerlargacha yetdi?

A) Balxash ko‘ligacha B) Sayram shahrigacha

C) Chu daryosigacha D) Orenburggacha

40. Toshkent bekligida shahar savdosi ustidan kimlar nazorat o‘rnatgan?

A) rais, karvonboshi B) xon, mingboshi

C) devonbegi, qozi C) rais, devonbegi

41. 1786-yilda toshkentlik savdogarlar B. Ismoilov va Azizxo‘jalar Rossiyadagi qaysi shahar yarmarkasiga borishgan?

A) Irbit B) Orenburg C) Troisk D) Samara

42. Dili tig‘i sitamdin pora bo‘lg‘on xalqni ko‘rdim,

Tani dardu alamdin yora bo‘lg‘on xalqni ko‘rdim.

Ushbu satrlar kimning qalamiga mansub.

A) Maxmur B) Gulxaniy C) Mashrab

D) Turdi Farog‘iy

43. XVIII asrning 90-yillarida Rahmatulla karvonboshi rahbarligidagi bir guruh Toshkent savdogarlari o‘z karvonlari bilan doimo … ga qatnab turganlar.

A) Irbit B) Orenburg C) Petropavlosk

D) Semipalatinsk

44. Toshkent elchilari nechanchi yilda Sankt-Peterburgga borib, imperator Aleksandr I qabulida bo‘ladilar?

A) 1800-yil B) 1801-yil C) 1802-yil D) 1803-yil

45. Qo‘qon xoni Xudoyorxon davrida qaysi holat mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab bo‘lib, xonlikda hukmronlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish xavfini tug‘dirdi?

1) qipchoqlarning Qo‘qonga yoppasiga ko‘chib kela boshlashlari; 2) qipchoqlar mahalliy aholini shahardan haydab chiqarib, ularning uy-joylariga o‘rnashib ola boshlashlari; 3) qipchoqlar tomonidan sug‘orish inshootlarini qo‘lga kiritildi; 4) aholi suv uchun soliq to‘laydigan bo‘lishlari; 5) Xudoyorxon yosh bo‘lganligi tufayli xonlikni qaynotasi Musulmonqul ruslar homiyligida boshqarishi; 6) Xudoyorxonning o‘z mavqeyini yo‘qotmaslik uchun ruslar bilan aloqa o‘rnatishga intilishi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 4, 6 C) 3, 5, 6

D) 1, 2, 3, 4, 5, 6

46. 1845-yilda xonlik taxtiga o‘tirgan Xudoyorxon kimning o‘g‘li hisoblanadi?

A) Erdonabiy B) Norbo‘tabiy C) Hojibek

D) Sheralixon

47. Qo‘qon xonligida “tutun haqi” zakoti qaysi vaqtda olingan?

A) qishda B) bahorda C) yozda D) kuzda

48. XVIII-XIX asrning 1-yarmida Qo‘qonda ... maktab, ... madrasa va masjid, Marg‘ilonda ... maktab, ... madrasa va masjid faoliyat yuritgan.

A) 80 ta, 20 ta, 130 ta, 40 ta

B) 120 ta, 110 ta, 10 ta, 70 ta

C) 150 ta, 80 ta, 45 ta, 20 ta

D) 120 ta, 40 ta, 80 ta, 10 ta

49. Qo‘qon shahrida bozor qaysi kunlari bo‘lgan?

A) juma, shanba

B) shanba, yakshanba

C) yakshanba, chorshanba

D) payshanba, yakshanba

50. Amiriyning g‘azallar devoni 1882-yilda qayerda nashr qilingan?

A) Istanbulda B) Bombeyda C) Toshkentda

D) Anqarada

51. Maxmur Qo‘qondagi qaysi madrasada o‘qigan?

A) Madrasai Oxund devonbegi B) Madrasai Jome

C) Madrasai Mohlaroyim D) Madrasai Mir

52. Uvaysiyning adabiy merosi necha muxammasdan iborat?

A) 37 B) 19 C) 33 D) 29

53. Muhammad Alixon necha yoshida taxtga o‘tirgan?

A) 14 yoshda B) 12 yoshda C) 15 yoshda

D) 18 yoshda

54. Quyidagi misralar kimning she’ridan olingan?



Xalqini ko‘rsang agar, o‘lasi-yu qoq-u xarob,

Ochligidan egilib, qomati misli kamalak.

Bori yo‘q uylarini banda bayon gar qilsam,

Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, to‘rt katalak.

A) Maxmur B) Uvaysiy C) Mashrab

D) Gulxaniy

55. “Zarbulmasal” asariga kirgan masallarni aniqlang.

A) “Tulki bilan Qarg‘a”, “Ayiq bilan Bola”, “Ilon va Qarg‘a”

B) “Maymun va Najjor”, “Tuya bilan Bo‘taloq”, “Toshbaqa bilan Chayon”

C) “Muymun bilan Butaloq”, “Ilon bilan Chayon”, “Bo‘ri bilan Qo‘zichoq”

D) “Tulki bilan Qarg‘a”, “Maymun va Najjor”, “Ilon bilan Chayon”

56. Yunusxoja qayerda Toshkent hokimi etib tayinlandi?

A) xon kengashida

B) Chu daryosi bo‘yidagi yig‘inda

C) Qo‘qon xoni qarshisida

D) Turkiston shahridagi qurultoyda

57. Qay tariqa O‘rta Osiyoda keyinchalik Qo‘qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi?

A) minglar chodaklik din peshvolari hokimiyatini ag‘darib, Farg‘ona vodiysida hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishi natijasida

B) Chodak qishlog‘i shayxlarining Ubaydullaxon hokimiyatiga bo‘ysunmasdan, o‘z mulklarini mustaqil deb e’lon qilishlari natijasida

C) ming sulalasidan bo‘lgan aslzodalarning Turkiston va Taroz hududlarini Buxoro xonligidan mustaqil deb e’lon qilishlari natijasida

D) din peshvolari tomonidan chodaklik shayxlarning Qo‘qon shahridagi hokimiyatini ag‘darishi natijasida

58. Nima uchun Qo‘qon xonligida mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soliq to‘lar edi?

A) chunki, bu davlatda Buxoro xonligida mavjud bo‘lgan barcha soliqlarning joriy etilishi tufayli

B) chunki, hamma qo‘riq yerlar, chakalakzorlar, to‘qaylar, daraxtzorlar, ko‘llar, barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi

C) chunki, mehnatkash aholi o‘z yerlari daxlsizligini ta’minlash maqsadida shunday qilishga majbur bo‘lgan

D) chunki, bu davrda Qo‘qon xonligining davlat xazinasi bo‘shab qolgan edi

59. Quyidagi misralar kimning she’ridan olingan?



Bu na gumbazdir, eshigi, tuynigidan yo‘q nishon,

Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon.

Tuynigin ochib, alarning holidan olsam xabar,

Yuzlarida parda tortug‘liq tururlar, bag‘riqon.

A) Nodira B) Uvaysiy C) Maxmur D) Gulxaniy

60. Eskiqo‘rg‘on qal’asi yonida qurilgan shaharni aniqlang.

A) Namangan B) Marg‘ilon C) Qo‘qon

D) Andijon

61. Mulla Olim Mahmudxo‘janing “Tarixi Turkiston” asari Toshkentda qachon nashr etilgan?

A) 1882-yil B) 1898-yil C) 1912-yil D) 1915-yil

62. Mulla Olim Mahmudxo‘janing “Tarixi Turkiston” asarida yozilishicha, Qo‘qon xonligidagi qaysi mansab egasi o‘z lavozimidan tashqari, katta shaharlardan biriga hokimlik ham qilgan?

A) parvonachi B) mingboshi C) otaliq

D) qo‘shbegi

63. Buxoro xonligidagi dodxoh lavozimiga teng bo‘lgan Qo‘qon xonligi mansabini aniqlang.

A) parvonachi B) xudaychi C) otaliq D) rais

64. Toshkent hokimi Yunusxoja bilan yaqin aloqada bo‘lgan Bukey Sulton qaysi bo‘lis hokimi bo‘lgan?

A) Qorasuv B) Qorakesak C) Qurama

D) Sayram

65. Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligining Toshkent bekligiga nisbatan munosabatlarining keskinlashuviga nima sabab bo‘lgan edi?

A) Turkiston va O‘tror shaharlarining Toshkent bekligiga qo‘shib olinishi

B) Toshkent bekligining Katta qozoq juzlarini bo‘ysundirishi

C) Toshkent bekligining Kichik qozoq juzlarini bo‘ysundirishi

D) Markaziy Osiyo bilan Rossiyaning savdo munosabatlarida Toshkentning yetakchilik qilishga intilishi

66. Ma’lumki, 1799-yil Qo‘qon xoni Olimxon tomonidan Toshkent ustiga qo‘shin jo‘natilgan edi. Ushbu jang qayerda bo‘lgan edi?

A) Chirchiq bo‘yidagi Qorasuv mavzeida

B) Ko‘krev daryosi bo‘yida

C) Chinoz va Toshkent oralig‘ida

D) Sirdaryoning chap sohilida

67. 1799-yil Qo‘qon xonligi qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratgan Yunusxoja qaysi hududni o‘z bekligiga qo‘shib oladi?

A) Sayram va uning atrof qishloqlarini

B) Qurama mavzeini

C) Qorakesak bo‘lisi va Qorasuv mavzeini

D) Turkiston va Tarozni

68. Ma’lumki, Toshkent xoni Yunusxoja tomonidan ikki turdagi pul muomalaga chiqarilgan bo‘lib, ular ...

A) dinor va dirham deb atalgan

B) rupiya va tanga deb atalgan

C) rupiya va fals-chaqa deb atalgan

D) katta dinor va kichik dirham deb atalgan

69. Manbalarda yozilishicha, 1787-yil Toshkentga qayerdan 27773 so‘mlik rus va chet el mollari keltirilgan?

A) Irbitdan B) Sibirdan C) Troiskdan

D) Petropavlovskdan

70. Sibir ma’muriyati tomonidan A. T. Beznosikov va T. S. Burnashevlar Toshkentga jo‘natilganidan 80 yil avval qaysi Xiva xoni taxtga chiqqan edi?

A) Shohniyoz B) Eltuzarxon C) Sherg‘ozixon

D) Elbarsxon

71. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

A) Toshkent elchilari Sankt-Peterburgga borib, imperator Aleksandr I qabulida bo‘ldi, Yunusxoja vafot etdi

B) mustaqil Toshkent bekligiga asos solindi, Toshkent qo‘shinlari Chirchiq bo‘yida Olimxon qo‘shiniga zarba berdi

C) 24 kishidan iborat Toshkent karvoni nechanchi yilda Semipalatinsk shahriga bordi, Norbo‘tabiy vafot etdi

D) Olimxon o‘ziga “xon” unvonini qabul qildi, G‘urumsaroyda jang bo‘ldi

72. Toshkent hokimi Yunusxoja vafot etgach, uning o‘rniga kim taxtga o‘tirdi?

A) Islomxoja B) Jahongirxoja C) Yusufxoja

D) Sultonxoja

73. Qaysi Qo‘qon xoni davrida ayrim diniy arboblar imtihon qilinib, yolg‘onchiligi fosh etilganlari jazolangan?

A) Umarxon B) Olimxon C) Muhammad Alixon

D) Shohruxbiy

74. 1792-yil Muhammadxoja va Azizxoja boshliq Toshkent savdo karvoni Rossiyaning qaysi shahriga jo‘natilgan edi?

A) Irbitga B) Sibirga C) Troiskga

D) Petropavlovskga

75. Toshkent Qo‘qon xonligi tomonidan nechanchi yilda bosib olindi?

A) 1809-yil B) 1803-yil C) 1806-yil D) 1800-yil

76. Qo‘qon xoni Umarxonning Buxoro bilan o‘rnatgan do‘stona munosabatlari nima sababdan uzilib qoldi?

A) Buxoro amirining Qo‘qonga qilgan ikki yurishi

B) Umarxon tomonidan chegara hududda harbiy istehkomlarning qurilishi

C) Jizzax va O‘ratepa hududlari masalasidagi kurash

D) Umarxonning Turkiston va Toshkentni butunlay bosib olishi

77. Julek, Qamishqo‘rg‘on, Oqmachit, Qo‘shqo‘rg‘on harbiy istehkomlari kim tomonidan qurilgan?

A) Umarxon B) Olimxon C) Muhammad Alixon

D) Xudoyorxon

78. Quyidagi qaysi Qo‘qon xonini ruhoniylar turli axloqsizlik va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ‘ibot olib borishgan?

A) Umarxonni B) Olimxonni C) Xudoyorxonni

D) Muhammad Alixonni

79. Qo‘qon shahrining darvozalari nima sababdan 12 tani tashkil etgan?

A) shaharga 12 ta ariqdan suv kirishi sababli

B) shahardan 12 ta savdo yo‘lining o‘tganligi sababli

C) shaharning ma’muriy jihatdan 12 ta dahaga bo‘linganligi sababli

D) shahar aholisi 12 ta o‘zbek urug‘idan iborat bo‘lganligi sababli

80. Quyidagi allomlarni ularning asarlari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.

1) Abdulkakim Fazliy Namangoniy; 2) Muhammad Hakimxon To‘ra ibn Sayid Ma’sumxon; 3) Junayd Mulla Avaz Muhammad Mulla Ro‘zimuhammad; 4) Mulla Ali qori Qunduziy.

a) “Umarnoma”; b) “Tarixi jahonnomayi”; c) “Tavorixi manzuma”; d) “Muntaxab ut-tavorix”.

A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d

C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d


VIII BOB.



1. Boburiylarning qaysi hukmdori davrida Hindiston – Buxoro munosabatlari keskinlashdi?

A) Akbarshoh B) Jahongirshoh

C) Shoh Jahon D) Avrangzeb Olamgir

2. Pyotr I ni Xiva xonligini Rossiya tobeligiga olishi nima sababdan amalga oshmay qoldi?

A) Ustyurtda xivaliklarning rus qo‘shinlariga tinimsiz hujum qilishi

B) chor Rossiyasining “Shimoliy urush” bilan bandligi

C) qishning erta kirib qolishi va rus qo‘shinlarining bunga tayyor emasligi

D) rus qo‘shinlari orasida kasallik va sarosimaning boshlanganligi

3. Qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga o‘tgan yilini to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.

1) Kichik juz; 2) O‘rta juz; 3) Katta juz.

a) 1732-yilda; b) 1739-1740-yillarda; c) 1747-yilda

A) 1-a; 2-c; 3-b B) 1-c; 2-b; 3-a C) 1-a; 2-b; 3-c

D) 1-b; 2-a; 3-c

4. Angliya va Rossiya davlatlari o‘rtasida Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari hududlari uchun raqobatchilikning kuchayishiga nimalar sabab bo‘ldi?

1) O‘rta Osiyo orqali Hindistonga, undan dengizga chiqish imkoniyatlari; 2) o‘z mollarini sotish va undan mo‘may daromad olish uchun O‘rta Osiyo bozorlarini egallash istagi; 3) O‘rta Osiyoning boy xomashyo manbalariga ega bo‘lishga intilishlari; 4) Angliya va Rossiyaning O‘rta Osiyo hisobiga yangi mustamlakalarga ega bo‘lish yo‘lidagi urinishlari; 5) O‘rta Osiyo davlatlarining Sharqqa chiqish uchun o‘ziga xos darvoza ekanligi.

A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4, 5

5. Qaysi omillar Rossiya olib borgan siyosatda harbiy yo‘l bilan O‘rta Osiyoni ishg‘ol etish tomon burilish ro‘y berganligining yaqqol isboti hisoblanadi?

A) qozoq juzlarini o‘z fuqaroligiga olishi

B) A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida ekspeditsiyaning jo‘natilishi

C) Raim va Kopal istehkomlarining qurilishi

D) 1839-yil Xivaga Perovskiyning hujumi

6. Quyidagi qaysi omil Buxoro va Afg‘oniston munosabatlarini yomonlashuviga sabab bo‘lgan edi?

A) markazlashgan Afg‘oniston davlatining tashkil topishi

B) har ikkala tomonning Amudaryo janubida yashovchi o‘zbek qabilalari yerlarini bosib olishga intilishi

C) afg‘on hukmdori Ahmadshohning Chag‘oniyon viloyatini bosib olganligi

D) Buxoro qo‘shinlarining Amudaryodan janubdagi afg‘on qabilalari yerlariga hujumlari

7. Ma’lumki, 1789-yil Afg‘oniston hukmdori Temurshoh va Buxoro amiri o‘rtasida sulh imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi chegara qaysi hudud qilib belgilandi?

A) Amudaryo B) Balx C) Murg‘ob D) Talikon

8. Qo‘qon – Xitoy munosabatlari qachon yanada keskinlashdi?
A) XVIII asr 70-yillarida B) XIX asr o‘rtalarida

C) XIX asr 20-yillarida D) XIX asr oxirlarida

9. Muhammad Alixon Sharqiy Turkistonliklarni Xitoyga qarshi qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular ixtiyoriga kim boshchiligida qo‘shin jo‘natgan edi?
A) Ibrohim dodxoh B) Haqquli C) Muhammadbek

D) Hakim To‘ra

10. XVI-XIX asrlarda Buxorodan Hindistonga boradigan asosiy savdo yo‘li qaysi shahardan o‘tgan?
A) Hirot B) Badaxshon C) Kobul D) Balx

11. 1832-yilgi Xitoy - Qo‘qon shartnomasi qaysi shaharda imzolangan edi?


A) Qashg‘ar B) Pekin C) O‘sh D) Qo‘qon

12. Xiva taxti vorisi Muhammad nechanchi yilda Pyotr I ga elchi yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so‘ragan edi?

A) 1709-yil B) 1700-yil C) 1703-yil D) 1712-yil

13. XVI-XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan … marta elchi kelgan edi.

A) 18 B) 15 C) 20 D) 12

14. 1619-yilda Moskvaga borgan Imomqulixonning elchisini aniqlang?


A) Xoja Nafas B) Ibrohimbiy C) Qulibek

D) Odambiy

15. Pyotr I tomonidan O‘rta Osiyoga yuborilgan Ivan Buxgols ekspeditsiyasi qayerda istehkom qurgan edi?
A) Yamishchev ko‘lida

B) Tobol daryosi bo‘yida

C) Yorkentda

D) Irtish daryosi o‘rta oqimida

16. Ivan Buxgols ekspeditsiyasi nima sababdan muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi?

A) Qishning erta kirganligi va oziq-ovqat zaxiralarining tugaganligi

B) Qalmoqlar hujumiga uchrashi

C) Ko‘chmanchi qozoqlarning tez-tez uyushtirib turgan hujumlari

D) Xiva xonining tashabbusi bilan ekspeditsiya vakillarining qirib tashlanishi

17. 1734-yil O‘rta Osiyoga boradigan harbiy guruhning boshlig‘i I. Kirillov kim bo‘lgan?


A) armiya polkovnigi B) Orenburg gubernatori

C) senat kotibi D) arman savdogari

18. 1825-yil O‘rta Osiyoga Murkrofd boshchiligida ingliz ekspeditsiyasi yuborilgan bo‘lib, ekspeditsiya tarkibida necha kishi bo‘lgan?

A) 80 kishi B) 70 kishi C) 34 kishi D) 100 kishi

19. F. Berg boshchiligida Rossiya hukumati nechanchi yil O‘rta Osiyoga yuborilgan edi?

A) 1826-yil B) 1825-yil C) 1831-yil D) 1807-yil

20. Quyidagi voqealarning xronologik ketma-ketlikda berilganini toping.

1) Or qal’asi qurildi 2) Elchi Qulibek Peteburgga bordi 3) O‘rta juz qozoqlari Rossiya tobeligiga o‘tdi 4) Kichik juz Rossiya tobeligiga o‘tdi.

A) 2, 4 ,1, 3 B) 1, 2, 4, 3 C) 3, 2, 4, 1

D) 2, 3, 1, 4

21. Qaysi rus elchisi Buxoroda 3,5 yil turgan edi?
A) I. Xoxlov B) I. Kirillov C) F. Berg

D) F. Beneveni

22. “Orol dengizida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarish” va Buxoro va undan Hindistonga boradigan yo‘lni ochish rejasi qaysi ekspeditsiyaga tegishliligini aniqlang?
A) I. Buxgols B) I. Kirillov

C) Bekovich-Cherkasskiy D) V. Perovskiy

23. Angliya Afg‘onistonga harbiy harakatlarni boshlagan yilni aniqlang.

A) 1870-yil B) 1840-yil C) 1839-yil D) 1832-yil

24. Jahongirxoja boshchiligidagi Sharqiy Turkistonliklarning Xitoydan mag‘lubiyatga uchrashiga nimalar sabab bo‘lgan edi?

1) Qo‘qon xonining Sharqiy Turkistonga yuborgan qo‘shinini chaqirib olishi; 2) qo‘zg‘olonchilar safida mustahkam birlikning yo‘qligi; 3) Qo‘qon – Buxoro munosabatlarining buzilishi va Qo‘qon xonining Buxoro bilan ovoraligi; 4) Jahongirxoja qo‘shinlari sonining ikki barobar kamligi; 5) Qo‘qon qo‘shinlarining jang tugagandan so‘ng yetib kelishi; 6) Jahongirxoja qarindoshlarining xiyonatga qo‘l urushi va Xitoy hududiga qochib ketishi.

A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 5, 6 C) 2, 6 D) 2, 5, 6

25. 1789-yil Afg‘oniston hukmdori Temurshoh Balxga qarshi qancha lashkar bilan yurish qildi?


A) 70 ming B) 100 ming C) 80 ming D) 30 ming

26. Xitoydan mag‘lubiyatga uchragan Sharqiy Turkiston hokimi Yusufxoja o‘z yerini tashlab Farg‘ona vodiysiga kelgan edi. U bilan yana qancha uyg‘ur oilasi ko‘chib kelganini aniqlang?


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə