Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə27/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60

l) Rossiya Oltin O‘rda davlatidan to‘la ozod bo‘ldi; 2) Rossiya Boltiq dengiziga chiqish yo‘liga ega bo‘ldi; 3) Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylandi; 4) Rossiya imperiyaga aylandi; 5) Rossiyada mutlaq monarxiya to‘la qaror topdi; 6) Qora dengizida hukmronlik Rossiya ixtiyoriga o‘tdi; 7) Shvetsiya Rossiya bilan abadiy do‘stlik shartnomasini tuzdi; 8) Rossiya Saxalin orolini bosib oldi.

A) 1, 2, 5, 6, 8 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 3, 4, 5

D) 1, 2, 3, 4, 7

66. Qay tariqa 1649-yildagi Sobor nizomi Rossiyada krepostnoy huquqining shakllanishi jarayoni tugallandi?

1) dehqonlar dvoryanlarga uzil-kesil biriktirilib qo‘yildi; 2) dehqonlarning xo‘jayindan-xo‘jayinga o‘tishi taqiqlandi; 3) krepostnoylik nasldan-naslga o‘tadigan bo‘ldi; 4) dehqonlar obrokni pul bilan to‘lay boshladi; 5) dehqonlarni manufaktura tuzishi taqiqlab qo‘yildi.

A) 1, 2, 3 B) 1, 4, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5

67. Genrix VIII qirol hokimiyatini yanada mustahkamlash uchun ...

A) yangi dengiz flotini tashkil qildi

B) cherkovni yerdan va boshqa mulklardan mahrum etish haqida farmon chiqardi

C) mamlakatda yagona pul, o‘lchov birliklarini joriy qildi

D) parlamentni butunlay tarqatib yubordi va uning o‘rniga “Maxsus qirol kengashi”ni tashkil qildi

68. Butun XVI asr Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch yirik hodisa bilan ajralib turadi. Bular qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Angliyaning dengizda hukmronligining o‘rnatilishi, burjua inqilob, mustamlakachilik

B) toifaviy monarxiyaning shakllanishi, Angliyaning dengizda hukmronligining o‘rnatilishi, burjua inqilob

C) reformatsiya, mutlaq monarxiyaning kuchayishi, Angliyaning dengizda hukmronligining o‘rnatilishi

D) parlamentning professional vakolatga ega bo‘lishi, kontrreformatsiya, burjua inqilob

69. Angliyada qanday cherkov anglikan cherkovi deb ataldi?

A) Mariya Tyudor tomonidan isloh qilingan yangi din

B) faqar Angliyada amal qilgan katolik dini

C) Angliyada provaslav ta’limotiga amal qiluvchi din

D) Angliyada protestant ta’limotiga amal qiluvchi din

70. Qaysi holat Angliyada Yakov I davrida manufaktura ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi?

A) mustamlakalardan xomashyo keltirishning taqiqlanishi

B) savdo kompaniyalarni tuzishning taqiqlanishi

C) yangi ixtirolarni qo‘llanilishining taqiqlanishi

D) chet el bilan savdo-sotiqning taqiqlanishi

71. Nima sababdan Angliyada Yakov I davrida savdogarlar xarajatlarni qoplash uchun narx-navoni oshirishga majbur bo‘lar edilar?

A) mustamlakalardan xomashyo keltirilmasligi

B) dengizda qaroqchilikning avj olishi va buning oqibatida chet el bilan savdo-sotiqni taqiqlanishi

C) qirolning savdo kompaniyalarni tuzishni taqiqlashi va sexlarning yopib qo‘yilishi

D) qirol ba’zi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun ruxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan narxda o‘zi sotishi

72. Nima sababdan Angliya qiroli Yakov I ning tashqi siyosatidan burjuaziyaning noroziligi kuchayib bordi?

A) Gollandiya bilan murosasozlik qilinayotganligi sababli

B) Ispaniya bilan murosasozlik qilinayotganligi sababli

C) Fransiya bilan murosasozlik qilinayotganligi sababli

D) Portugaliya bilan murosasozlik qilinayotganligi sababli

73. Qay tariqa Angliyada XVII asrda qirolning yakka hukmronligi o‘rnatildi?

A) parlament tomonidan qirolga cheklanmagan huquqlar berilganligi sababli

B) yirik zadoganlarni mavqeyini parlament tomonidan cheklab qo‘yilganligi tufayli

C) qirolning parlamentni tarqatib yuborishi tufayli

D) markazlashtirish jarayonini nihoyasiga yetishi tufayli

74. Karl I davrida chaqirilgan parlament qanday tadbirlarni amalga oshirdi?

1) favqulodda sudlarni tarqatib yubordi; 2) qirol Oliy sudni o‘zi amalga oshiradigan bo‘ldi; 3) qirol huzuridagi «Maxfiy Kengash»ning Oliy sudni amalga oshirish vakolati bekor qilindi; 4) siyosiy maxbuslar ozodlikka chiqarildi; 5) matbuot mustaqilligi e’lon qilindi; 6) qonunsiz to‘lovlar va jarimalar bekor qilindi; 7) qirolga parlamentning jamoalar palatasini roziligisiz tarqatmaslik majburiyati yuklatildi; 8) parlament vakolati 6 yil qilib belgilandi; 9) viloyat, tuman hokimlari parlament tomonidan tasdiqlanadigan bo‘ldi; 10) cherkov sudini ruhoniy bo‘lmagan shaxslarni sud qilish huquqidan mahrum etdi;

A) 2, 3, 5, 6, 7, 9 B) 1, 2, 4, 6, 8 C) 1, 2, 3, 5, 7, 8

D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 10

75. Remonstratsiya nima?

A) oliy davlat yoki hukumat boshlig‘iga beriladigan rasmiy ariza, iltimosnoma

B) amaldagi hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha faoliyat yuritish tarafdorlari

C) qonun loyihasi, Konstitutsiyaga tenglashtirish hujjatlarning nomi

D) norozilik hujjati

76. Alohida voqealar, hodisalar yoki sharoit talabi bilan joriy etiladigan sudni aniqlang

A) Favqulodda sud B) Qirol sudi

C) Maxsus sud D) Siyosiy ishlar sudi

77. Lotinchadan ro‘yxatga olaman ma’nosini anglatuvchi atamani aniqlang.

A) edikt B) senzura C) tezis D) uniya

78. Angliyada fuqarolar urushidan so‘ng parlament qanday islohotlar o‘tkazdi?

1) yangi dvoryanlar feodal to‘lovlardan ozod etildi; 2) yangi dvoryanlar qo‘lidagi yer-mulklar o‘zlariga xususiy mulk qilib berildi; 3) favqulodda sudlar tarqatib yuborildi; 4) qirol, qirol tarafdorlari va yepiskoplarning yerlari musodara qilindi; 5) cherkov parlamentga bo‘ysundirildi; 6) savdogarlar savdo ishlarini yuritish uchun ruxsatnoma olib o‘tirmaydigan bo‘ldi; 7) qirol huzuridagi «Maxfiy Kengash»ning Oliy sudni amalga oshirish vakolati bekor qilindi.

A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 3, 4, 6, 7

D) 2, 3, 5, 6, 7

79. Angliya 1649-yil 19-mayda Respublika deb e’lon qilingach, barcha hokimiyat to‘laligicha ... qo‘liga o‘tdi.

A) ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Kengash

B) “Ozod davlat Angliya, Shotlandiya va lirlandiyaning Lord-protektori” Kromvelning

C) o‘zini “ingliz ozodligining asrovchisi” deb hisoblovchi bir palatali parlamenti

D) yangi dvorayanlardan tashkil topgan Respublika Maxsus kengashi

80. Nima sababdan Angliyada inqilobdan so‘ng parlament mamlakatdagi fuqarolarning totuvligini ta’minlay olmadi?

A) hokimiyatning bir palatali parlamentning qo‘liga o‘tishi tufayli

B) aholining quyi tabaqalari manfaatlarini hisobga olmaslik hamda narx-navoning o‘sishi va ommaviy ishsizlikning kuchayishi sababli

C) Kromvelning yuritgan bosqinchilik siyosati sababli

D) ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Kengashning amalda hech qanday huquqqa ega bo‘lmasligi sababli

81. Ma’lumki, Kromvelning tashqi siyosati hukmron tabaqa manfaatiga to‘la mos keldi. Quyidagi ko‘rsatilganlardan qay biri buning yorqin dalillari bo‘ldi?

A) Gollandiyaning mag‘lubiyatga uchratilishi, keyinchalik Ispaniya ustidan g‘alaba qozonishi

B) chet el bilan savdoda savdo kompaniyalarning o‘rnini kengaytirilishi

C) tashqi savdoda burjuaziyaga keng imkoniyatlar berilishi

D) yangi mustamlakalarni egallashga rag‘batlantirilishi

82. Nima sababdan Angliya taxtiga Gollandiya hukmdori Vilgelm Oranskiyning o‘tirishi mamlakatda katolikning kuchayishi xavfini butunlay bartaraf etardi?

A) Vilgelm Oranskiy Genrix Giz bilan yaqin qarindosh bo‘lganligi

B) Vilgelm Oranskiy Styuartlarga qarindosh bo‘lgani

C) Vilgelm Oranskiy protestant bo‘lgan Germaniya knyazlari bilan mustahkam aloqada bo‘lganligi

D) Vilgelm Oranskiyning o‘zi protestant bo‘lgani

83. Vilgelm Oranskiy nimaning evaziga taxtga o‘tirdi?

A) vijdon erkinligini joriy etishga rozi bo‘lganligi

B) fuqarolar totuvligini ta’minlashga rozi bo‘lganligi

C) parlament shartlariga rozi bo‘lganligi

D) sobiq qirolning qiz tomonidan nabirasi bo‘lganligi

84. Ingliz burjua inqilobining tarixiy ahamiyati nimalardan iborat.

l) mutlaq monarxiyani yo‘q qilindi; 2) Angliyada bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat – kapitalizmning to‘la qaror topishi uchun sharoit yaratildi; 3) sex va manufaktura sanoati gurkirab rivojlandi; 4) hunarmandlarning sex birlashmalari yo‘q qilindi; 5) mamlakatda qirol hokimiyati saqlangan bo‘lsada, uning vakolatlari protektor tomonidan cheklandi; 6) sanoat inqilobi uchun qulay sharoit yuzaga keldi; 7) aholi tarkibida yangi qatlam – sanoat burjuaziyasi va yollanma ishchilar sinfining shakllanishiga yo‘l ochildi; 8) qishloq xo‘jaligida ham bozor munosabatlarining tez rivojlanishini ta’minlandi.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 3, 5, 6, 8

D) l, 2, 4, 6, 7, 8

85. Angliya inqilobining qaysi g‘oyasi Yevropaning boshqa mamlakatlari aholisining ilg‘or qismini ham to‘lqinlantira boshladi?

A) vijdon erkinligi

B) parlamentning yetakchi o‘rin egallashi lozimligi, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligi

C) sanoat ishlab chiqarishining gurkirab rivojlanishiga to‘siq bo‘lib turgan hunarmandlarning sex birlashmalari yo‘q qilinishi

D) kapitalizmning to‘la qaror topishi

86. Diktatura qaysi so‘zdan olingan va qanday ma’noni bildiradi?

A) inglizcha, homiy, himoyachi

B) lotincha, farmon, qaror

C) lotincha, cheklanmagan hokimiyat

D) yunoncha, ma’lum qilaman

87. Buyuk Britaniyada sanoat inqilobi yuz berishi uchun mavjud shart-sharoitlar nimalardan iborat edi?

1) agrar inqilob ortiqcha ishchi kuchini vujudga keltirdi; 2) tovar sotish bozori shakllandi; 3) mamlakat aholisining nufuzi va shaharlar soni tobora o‘sib bordi; 4) burjuaziyaning fabrikalar qurish va ularda texnikani qo‘llash imkoni; 5) fermerlarning xo‘jalikni yuritishi; 6) fermerlarning yerga ishlov berish uchun yollanma ishchilar yollashi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 3, 5, 6

88. XVIII asrda ingliz burjuaziyasiga qaysi holat fabrikalar qurish va ularda texnikani qo‘llash imkonini berdi?

A) sanoat inqilobi

B) katta sarmoya

C) Yakov I ning tadbirkorlikka oid farmoni

D) yangi mustamlakalarga ega bo‘lish

89. Buyuk Britaniyada sanoat inqilobi dastlab to‘qimachilik sohasida yuz berishiga nima sabab bo‘lgan?

A) agrar inqiroz

B) qo‘yga bo‘lgan talabning oshib ketganligi

C) sex ishlab chiqarishning barham topganligi va sifatli matolarga talabning tobora ortib borishi

D) qishloq xo‘jaligida jamoalarning yemirilishi

90. Ma’lumki, to‘quv dastgohi ixtiro qilingach, to‘quvchi g‘altak iplari orasidan o‘rmakni oyoq qurilmasini bosib turishi orqali bajariladigan bo‘ldi. Ungacha to‘quvchi g‘altak iplari orasidan o‘rmakni ...

A) o‘zi o‘tkazib turishga majbur bo‘lgan

B) biror bir hayvon – ot yoki xo‘kizga bog‘langan va u o‘tkazib turishga majbur bo‘lgan

C) suv charxpalagi yordamida o‘tkazib turishga majbur bo‘lgan

D) bug‘ orqali o‘tkazib turishga majbur bo‘lgan

91. XVIII asrda Buyuk Britaniyada nimaning oqibatida yigirilgan ip tanqisligi yuzaga keldi?

A) sexlarning ko‘payishi natijasida

B) charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigirav mashinasi ixtiro qilinishi natijasida

C) mexanik urchuq ixtiro qilinishi natijasida

D) to‘quv dastgoh ixtiro qilinishi natijasida

92. XVIII asrda Buyuk Britaniyada ip tanqisligi muammosi qay tariqa hal qilindi?

A) bug‘ mashinasi ixtiro qilinishi natijasida

B) sexlarning ko‘payishi ta’minlash natijasida

C) mexanik urchuq ixtiro qilinishi natijasida

D) to‘quv dastgoh ixtiro qilinishi natijasida

93. Cho‘yan olishning va uni quyishning yangi usullari yaratilishi qaysi ixtiro bilan bog‘liq edi?

A) tosh ko‘mirdan koks olish bilan

B) charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigirav mashinasi ixtiro qilinishi bilan

C) cho‘yan quvurlar yasash bilan

D) tokarlik dastgohi yaratilishi bilan

94. Angliya qirolining mustamlakalardagi yevropaliklarning Amerika g‘arbiga siljishini taqiqlovchi qarori nimani ko‘zda tutgan edi?

A) tabiiy boyliklar zaxirasini uzoq muddatga saqlash imkoniyatini

B) mahalliy hindular bilan urush kelib chiqishining oldini olishni

C) Ispaniya, Fransiya singari mustamlakachi davlatlar bilan urush kelib chiqmasligini

D) ingliz aholisining Amerika qit’asiga ko‘chish tezligini kamaytirishni

95. Ma’lumki, 1789-yil AQSHda ikki palatali Kongress tashkil etilgan bo‘lib, yuqori palata – senatga har bir shtatdan ikki kishi, quyi palata – Vakillar palatasiga esa ...

A) Angliyada yangi ko‘chib kelgan aholidan 15 kishi saylanardi

B) deputatlar har bir shtatdan besh kishi saylanar edi

C) deputatlar shtatlar aholisining soniga mos ravishda saylanardi

D) deputatlar har bir shtatdan uch kishi saylanar edi

96. XVI-XVIII asrlarda Fransiya mutlaq monarxiyasi quyidagi qaysi iborada o‘z ifodasini topgan?

A) “Imperator yorug‘ dunyoning hukmdori, barcha uning soliq to‘lovchilaridar”

B) “Xudo odamlarni hukmdor uchun emas, hukmdorni odamlar manfaati uchun yaratadi”

C) “Xudoning irodasi shuki, har qanday qaram bo‘lib tug‘ilgan o‘ylab o‘tirmasdan bo‘ysunmog‘i lozim”

D) “Davlat – qirolning o‘zi”

97. Ma’lumki, XVI asrda Fransiya ikki dushman lagerga – katoliklar va protestantlar lageriga bo‘linib ketgan edi. Fransiyaning qaysi qismi katoliklar tomonida, qaysi qismi gugenotlarniki bo‘lib qoldi?

A) G‘arbiy Fransiya katoliklar tomonida, sharqi esa gugenotlarniki bo‘lib qoldi

B) Janubiy Fransiya katoliklar tomonida, shimoli esa gugenotlarniki bo‘lib qoldi

C) Shimoliy Fransiya katoliklar tomonida, janubi esa gugenotlarniki bo‘lib qoldi

D) Shimoliy Fransiya tomoni gugenotlarniki, janubi esa katoliklar bo‘lib qoldi

98. Qaysi voqea Fransiyada uzoq davom etgan diniy urushning boshlanishiga turtki bo‘ldi?

A) 3 kun ichida gugenotlarning qirg‘in qilinishi

B) Parijda Rim papasining gugenotlarni jazolash haqidagi farmonining o‘qib eshittirilishi

C) gugenotlar rahnamosi gersog Genrix Burbonning o‘zining qo‘riqchilari bilan Vassida katoliklarga hujum qilishi

D) katoliklar rahnamosi gersog Gizning o‘zining qo‘riqchilari bilan Vassida protestantlarga hujum qilishi

99. Genrix Giz rahbarligida katolik liga tomonidan tayyorlangan fitnaga ko‘ra, ...

A) yangi qirol olib qochilishi va majburan monax qilinishi, taxtni esa Genrix Giz egallashi lozim edi

B) Genrix Burbon va Margaritaning to‘yida gugenotlarning barcha rahbarlari qirib tashlanishi lozim edi

C) qirol yashirincha olib qochilib, taxtga Genrix Burbon o‘tirishi kerak edi

D) Fransiya ikkiga bo‘linishi va bir qismida katoliklar davlatini tuzish kerak edi

100. Qachon va qaysi hujjatga ko‘ra Fransiyada diniy murosasozlikka erishildi?

A) 1589-yilda imzolangan Urtext uniyasiga ko‘ra

B) 1598-yilda qabul qilingan Nant ediktiga ko‘ra

C) 1589-yilda imzolangan Vassi ediktiga ko‘ra

D) 1592-yil imzolangan Burbon sulhiga ko‘ra

101. Quyidagi qaysi omillar Fransiyada inqilob ro‘y berishini muqarrar qilib qo‘ydi?

1) o‘rta asr feodal tartiblarini hukm surishi; 2) o‘rta asr feodal tartiblari sanoat va savdoning rivojiga to‘siq bo‘lganligi; 3) Fransiyada mutlaq monarxiya hukm surishi; 4) tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi; 5) urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og‘irlashib borishi; 6) tashqi siyosatda muvaffaqiyatga erishishi; 7) diniy urushlarning avj olishi; 8) Fransiyaning Angliyadan yengilishi.

A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 4, 6, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5

D) 2, 3, 5, 6, 7

102. 1792-yil 21-sentabrda Fransiyada bo‘lib o‘tgan voqealarni aniqlang.

1) Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; 2) Lyudovik XVI qatl etildi; 3) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi; 4) mamlakatda birinchi marta konstitutsiya qabul qilindi; 5) Parijda qurolli qo‘zg‘olon boshlandi va Fransiyada monarxiya ag‘darib tashlandi 6) Respublika feodal-tabaqaviy tengsizlikni bekor qildi.

A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 5, 6 D) 1, 2, 6

103. Lotincha farmon, qaror ma’nosini ifodalaydigan so‘zni aniqlang.

A) edikt B) dekret C) uniya D) kommuna

104. Yakobinchilar yuritgan ichki siyosatini aniqlang.

1) feodal to‘lovlar butunlay bekor qilindi; 2) dehqonlar o‘z yerlarining ozod egalariga aylandilar; 3) chet ellarga qochib ketgan dvoryanlarning yerlari mayda bo‘laklarga bo‘linib sotildi; 4) cherkov davlatdan ajratildi; 5) birinchi iste’mol buyumlariga qat’iy narxlar o‘rnatildi; 6) ish haqining eng yuqori darajasini belgilab qo‘ydi; 7) diktatura o‘rnatildi; 8) o‘z raqiblariga qarshi terror o‘rnatildi; 9) qo‘shinni mustahkamlash choralarini ko‘rdilar.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 5, 7, 8

D) Barchasi to‘g‘ri

105. Fransiyada boshlangan inqilob natijasida qaysi qo‘shni davlat qo‘shinlari Fransiyaga bostirib kirdi?

A) Shvetsariya, Polsha, Italiya

B) Avstriya, Germaniya, Italiya

C) Ispaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya

D) Ispaniya, Portugaliya, Shvyetsariya

106. Qay tariqa yakobinchilar diktaturasi quladi?

A) M.Robespyer va uning tarafdorlari qamoqqa olinib, qatl etilishi

B) mamlakatga qo‘shni davlatlarning bostirib kirib, talon-taroj qilishi

C) Lyudovik XVI ning qatl etilishi

D) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilinishi va monarxiyaning tiklanishi

107. Mahsulot sifati yomonlashadi, degan bahona bilan yangi ixtirolarni qo‘llashni taqiqlab qo‘ygan ingliz qirolini aniqlang.

A) Karl I B) Yakov I C) Karl II D) Yakov II

108. Angliya parlamenti qabul qilgan qaysi hujjatda “Barcha kulfatlarning ildizi – asosiy qonunlarni yo‘qqa chiqarish maqsadida qilinayotgan yovuz niyatli badkirdor urinishlar va ingliz qirolligining dinni hamda adolatni ko‘mib tashlagan boshqaruvi asoslaridir”, deb yozilgan edi?

A) “Huquqlar to‘g‘risidagi bill”

B) “Huquqlar to‘g‘risidagi petitsiya”

C) “Erkinlikning buyuk xartiyasi”

D) “Buyuk remonstratsiya”

109. Angliya inqilobning boshlanish sanasi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) 1645-yil 14-iyun B) 1642-yil 21-iyul

C) 1640-yil 3-noyabr D) 1640-yil 31-may

110. Abu Rayhon Beruniy o‘z asarida Atlantika va Tinch okeanini qanday nom bilan ataydi?

A) Ummon okeani B) Muhit okeani

C) Ma’mura okeani D) Mag‘rib okeani

111. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari qaysi davlat dengiz sayyohlari bo‘lishdi?

A) Anglia va Fransiya B) Ispaniya va Germaniya

C) Portugaliya va Ispaniya

D) Angliya va Germaniya

112. XV asrda yashagan italiyalik olim P. Toskanellining dunyo xaritasida Osiyo qit’asi qirg‘oqlari …

A) Atlantika okeanining g‘arbiy sohillarida ekanligi belgilangan edi

B) Tinch okeanining sharqiy sohillarida ekanligi belgilangan edi

C) Atlantika okeanining sharqiy sohillarida ekanligi belgilangan edi

D) Hind okeanining sharqiy sohillarida ekanligi belgilangan edi

113. X. Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo‘li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani boshlash haqida shartnoma tuzishganidan 30 yil o‘tib, …

A) dunyoni aylana birinchi sayohat nihoyasiga yetkazildi

B) Ispaniya qiroli mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlab qo‘yuvchi qonun chiqardi

C) Amerigo Vespuchchi vafot etdi

D) portugaliyalik dengizchi F. Magellan sayohati boshlandi

114. Amerigo Vespuchchi X.Kolumb kashf etgan yerlarni nima deb atadi?

A) “Amerika” B) “Yangi Dunyo” C) “Hindiston”

D) “Vest Indiya”

115. Kolumb ekspeditsiyasi 12-oktabr kuni Amerika qit’asidagi San-Salvador orolini kashf qildi. Bu orol hozirda qaysi davlat hududi hisoblanadi?

A) Dominikan respublikasi B) San-Marino

C) Bagama orollari D) Grenada

116. Xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf etgan yangi qit’ani Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etganidan 10 yil o‘tib …

A) portugaliyalik dengizchi F. Magellan sayohati boshlandi

B) Yangi Dunyo “Amerika” deb atalgan birinchi globus yaratildi

C) Rafael Santi vafot etdi

D) Martin Lyuter dindorlarga qarata yozgan mashhur “95 tezis”sini e’lon qildi

117. Ispaniya Amerika sivilizatsiyasining markazi bo‘lgan Mayya davlati hududlarini to‘la bo‘ysundirgan yilni aniqlang.

A) 1679-yil B) 1569-yil C) 1657-yil D) 1579-yil

118. Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo‘li nechanchi yil, kim tomonidan kashf etildi?

A) 1605-yil L.Torres B) 1498-yil Vasko da Gama

C) 1492-yil X.Kolumb D) 1521-yil F.Magellan

119. Yevropalik mustamlakachilar nechanchi yildan boshlab konkista siyosatini yurita boshladilar?

A) 1512-yil B) 1515-yil C) 1510-yil D) 1529-yil

120. 1503-yildan 1565-yilgacha Amerika qit’asidan Ispaniyaga … oltin va … kumush tashib ketildi.

A) 170 tonna, 12 ming tonnadan ortiq

B) 169 tonna, 18000 tonnaga yaqin

C) 171 tonna, 19 ming tonnaga yaqin

D) 181 tonna, 17000 tonnaga yaqin

121. Ispaniya bosib olgan mustamlakalarni boshqarish uchun vitse-qirollik tashkil etgan bo‘lib, ulardan Yangi Ispaniya vitse-qirolligiga qaysi hududlar kirgan?

A) Meksika, Markaziy Amerika, Venesuela va Karib dengizi orollari

B) Braziliyadan tashqari, deyarli butun Janubiy Amerika hududi

C) Markaziy va Shimoliy Amerika hududlari

D) Janubiy Amerikaning yarmini egallagan Braziliya hududlari

122. Braziliyani kim va qachon kashf etdi?

A) Vasko da Gama, 1500-yil B) Kabral, 1500-yil

C) F.Magellan, 1510-yil D) L.Torres, 1510-yil

123. Ispaniya boshqa davlatlar savdogarlarining ispan mustamlakalari bilan savdo qilishini taqiqlab qo‘yishi natijasida …

A) Angliya – Ispaniya urushiga olib keldi.

B) Gollandiya – Ispaniya urushiga olib keldi

C) Kuba – Ispaniya urushiga olib keldi

D) Portugaliya – Ispaniya urushiga olib keldi

124. Inglizlarning Amerika qit’asidagi birinchi mustamlakasi qachon va qayerda asos solingan?

A) 1607-yil Kuba va Gaitida

B) XVI asr oxirida Feladilfiyada

C) 1609-yil Gvatemalada

D) XVII asr boshida Virginiyada

125. Konkista so‘zining ma’nosi nima?

A) ko‘chib kelish B) cheklanmagan hokimiyat

C) bosib olish D) homiylik qilish

126. XVI-XVII asrlarda butun Yevropa aholisining necha foizini dehqonlar tashkil etgan?

A) 90 % B) 92 % C) 88 % D) 80 %

127. Angliyaning Rossiya bilan savdo aloqasi olib borish huquqiga qaysi kompaniya haqli bo‘lgan?

A) “Levantiy” B) “Moskva” C) “Ost-Indiya”

D) “Vest_indiya”

128. XVI-XVII asrlarda Angliya qirollari savdo kompaniyalari tashkil etilishiga qarshilik qilmaganlar va aksincha ularni qo‘llab-quvvatlagan. Bunga sabab nima edi?

1) kompaniya tashkil etish uchun berilgan patent xazinaga juda katta miqdorda daromad keltirar edi; 2) savdo kompaniyalari o‘zlariga uzoq mamlakatlarda Angliya manfaatlarini himoya qilish majburiyatini ham olar edilar; 3) savdo kompaniyalari daromadning 1/3 qismini shaxsan qirolning o‘ziga berardi; 4) savdo kompaniyalari mustamlaka hududlarni egallab, uning yarmini ingliz qiroliga taqdim qilar edi.

A) 1, 3, 4 B) 1, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 2

129. Patent so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

A) lotincha – ochiq, aniq-ravshan

B) yunoncha – taqdimot

C) lotincha – qog‘oz, hujjat

D) inglizcha – huquq, imtiyoz

130. Quyidagi qaysi tadbirlar ritsarlar mavqeyiga putur yetkazib, ritsarlik jasurlik belgisi bo‘lmay qoldi?

A) qurolsozlik sohasidagi yangi ixtirolar

B) asosiy janglarning dengizlarga ko‘chishi

C) ritsarlarning yersiz qoldirilishi

D) ritsarlarning o‘z kasbini tashlab savdogarlik bilan shug‘ullanib ketishi

131. Quyidagi qaysi davlat savdo kompaniyalari XVII asr boshlarida Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shvetsiyadan Hindistongacha bo‘lgan katta hududni o‘z ta’sirida tutgan edi?


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə