Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə28/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60

A) Ispaniya B) Fransiya C) Angliya D) Portugaliya

132. Patent atamasining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri aks ettirilgan?

1) biror-bir ixtironing davlat tomonidan e’tirof etilgani va ixtirochining o‘z ixtirosiga olgan huquqini tasdiqlovchi hujjat; 2) daromad topish maqsadida hissadorlik qoidalari asosida uyushgan sherikchilik jamiyati; 3) savdo va ishlab chiqarish huquqi yoki imtiyozini beruvchi hujjat; 4) aksiyadorlar jamiyati foydasining aksiya egasiga har yili beriladigan qismi.

A) 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 3

133. Artilleriyaning yangi ixtiro qilingan qurol turi – mortira qanday ahamiyatga ega bo‘lgan?

A) u tuproq uyumlarini ham qo‘porib tashlash imkoniga ega edi

B) u devor teshish qudratiga ega bo‘lgan

C) u 200 metrgacha o‘q ota olgan

D) u olovli o‘q otish imkoniga ega bo‘lgan

134. Yevropada qachondan boshlab miltiqqa qo‘ndoq, to‘pponcha, qo‘l granatalari yasash boshlandi?

A) XVI asrning o‘rtalaridan

B) XVII asrning birinchi yarmidan

C) XVI asrning ikkinchi yarmidan

D) XVII asrning so‘nggi choragidan

135. Nima sababdan XVI asrda Germaniyada katolik cherkovining qudrati Angliya va Fransiyadagiga nisbatan ancha kuchli bo‘lgan?

A) Germaniya qirollarining Rim papasiga qarindosh bo‘lganligi sababli

B) Germaniyada barcha yerlarning teng yarmi katolik cherkovi tasarrufida bo‘lganligi sababli

C) Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surganligi va mayda-mayda davlatlarga bo‘linib ketganligi sababli

D) Rim papalari va uning kardinallar kengashining aksariyati Germaniyalik bo‘lganligi sababli

136. XVI asrda Germaniya imperatorini saylab qo‘yadigan … nafar eng qudratli knyazning … nafari arxiyepiskoplar edi.

A) 5, 2 B) 7, 5 C) 9, 4 D) 7, 3

137. Martin Lyuter reformatsiyaga qadar qanday kasb egasi sifatida mashhur bo‘lgan?

A) Germaniya davlati yepiskopi

B) Vittenberg universitetining ilohiyot o‘qituvchisi

C) Qishloq ruhoniysi

D) Germaniyadagi 5 ta yirik knyazdan biri

138. Qaysi voqeadan keyin Rim Papasi M.Lyuterni shakkoklikda aybladi va Germaniyaga uni la’natlovchi yorliq yubordi?

A) cherkov eshigiga “95 tezis” deb atalgan xitobnomasini yopishtirib qo‘yganidan keyin

B) Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog‘idan ozod etishni talab etganidan keyin

C) cherkov Papasiz ham yashashi mumkin deb baralla aytgani va bundan keyin Rimga soliqdan tushgan pullarni yubormaslikni taklif etganidan keyin

D) Germaniya imperatori sudi huzurida o‘z qarashlaridan qaytmasligini e’lon qilganidan keyin

139. 1526-yil Germaniya Reyxstagi qanday qaror qabul qildi?

A) har bir nemis knyazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida

B) protestant dinini taqiqlash va uni targ‘ib qilganlarni inkvizitsiya sudiga berish haqida

C) 5 ta kanyazlikdan tashqari barcha knyazliklarda protestantlikni taqiqlash to‘g‘risida

D) serchiqim bo‘lgan katolik dinini mamlakat bo‘yicha taqiqlash to‘g‘risida

140. Tomas Myunser boshchiligidagi dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘rgan yilni aniqlang.

A) 1526-yil B) 1555-yil C) 1529-yil D) 1524-yil

141. 5 nafar knyaz protestant knyazlar Rim Papasi bilan bitim tuzgan yili Rossiyada …

A) Ivan IV taxtga o‘tirdi

B) “Saylanma rada” deb nomlangan parlament tashkil etildi

C) “Moskva savdo kompaniyasi” tuzildi

D) Moskva poytaxt bo‘lgan markazlashgan davlat tashkil topdi

142. Angliya qiroli Genrix VIII Tyudor hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.

A) 1509-1547-yillar B) 1506-1539-yillar

C) 1498-1541-yillar D) 1509-1543-yillar

143. Angliyada Genrix VIII Tyudor hukmronligi davrida mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishini …

A) qirolning o‘zi belgilar edi

B) Maxfiy Kengash belgilar edi

C) parlament belgilar edi

D) Toifaviy-vakillik organi va qirol kengashi belgilar edi

144. Qaysi ingliz qiroli ilk bor o‘zini mamlkatda cherkov boshlig‘i deb e’lon qilgan?

A) Mariya Tyudor B) Yelizaveta I C) Yakov VI

D) Genrix VIII Tyudor

145. Angliya qirolichasi Mariya Tyudor hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.

A) 1553-1558-yillar B) 1558-1563-yillar

C) 1550-1553-yillar D) 1552-1558-yillar

146. Qaysi ingliz hukmdori o‘zining cherkov boshlig‘i ekanligidan foydalanib, protestantlikni shakkoklik deb e’lon qildi va katolik cherkovini tiklashga kirishdi?

A) Mariya Tyudor B) Yelizaveta I C) Yakov VI

D) Genrix VIII Tyudor

147. Fransiyada qaysi qirol dastlab protestant dinida bo‘lib, taxtga o‘tirishi tufayli katolik mazhabini qabul qilgan?

A) Karl IX B) Genrix III C) Genrix Burbon

D) Lyudovik XIV

148. Qaysi ingliz hukmdori davrida cherkov ibodatlari lotin tilida emas, ingliz tilida o‘tkaziladigan bo‘ldi?

A) Mariya Tyudor B) Yelizaveta I C) Yakov I

D) Genrix VIII Tyudor

149. Angliyada Mariya taxtga chiqqach, kontrreformatsiya boshlanib, quvg‘inga uchragan protestantlar qaysi davlatlarga qochishgan?

A) Fransiya va Shotlandiyaga

B) Germaniya va Shvyetsariyaga

C) Shvetsiya va Daniya D) Daniya va Irlandiyaga

150. 1603-yil Angliya taxtiga chiqqan stuartlar sulolasidan bo‘lgan Yakov VI shu paytgacha qayerning qiroli bo‘lgan?

A) Irlandiya B) Daniya C) Shotlandiya D) Fransiya

151. XVII asrda Fransiyadagi qaysi holat qirol hokimiyati Angliya qiroli hokimiyatidan ham kuchliroq bo‘lganligini ko‘rsatadi?

A) General shtatlarning 1614-yildan boshlab butun XVII asr davomida esa biror marta ham chaqirilmagani

B) Fransiya yirik urushlardan chetda turganligi va uning harbiy jihatdan o‘zini o‘nglab olganligi

C) Fransiya qiroli Rim papasi homiyligida bo‘lganligi

D) General shtatlarning qirolga to‘la-to‘kis bo‘ysunishi va har bir qonunning qirol roziligidan keyin qabul qilinishi

152. XVII asrda Fransiyada taxt vorisi yosh bo‘lsa, regent tayinlash huquqi kimga tegishli bo‘lgan?

A) General shtatlar

B) Katolik cherkovi

C) viloyatlardagi parlamentlar uyushmasi

D) Parij parlamenti

153. XVII asrda Fransiya fuqarolari viloyatlar sudlari ustidan kimga shikoyat qilishi belgilangan edi?

A) qirolga B) katolik cherkoviga C) Parij sudiga

D) viloyat parlamentiga

154. Fransiyada Yupiter haykali kimning siymosida tasvirlangan edi?

A) Rim papasi B) qirol Lyudovik XIV

C) qirol Karl IX D) Genrix Giz

155. Fransiyada protestant diniga mansub aholi nima deb atalgan?

A) shakkok B) varfolomeylar C) gugenotlar

D) fanatlar

156. Fransiya “Injil”ning fransuzcha tarjimasi qachondan boshlab paydo bo‘ldi?

A) XVI asr B) 1614-yil C) 1598-yil D) XV asr

157. XVII asrda Fransiyada qaysi parlament vakolati mamlakat hududining 1/3 qismida amal qilgan?

A) Parij parlamenti B) Shampan parlamenti

C) Tuluza parlamenti D) Marsel parlamenti

158. Fransiyada protestantlar davlati mamlakatning qaysi qismida tuzilgan va uning hukmdori kim bo‘lgan?

A) janubda, Karl V B) janubda, Genrix Burbon

C) shimolda, Karl IX D) g‘arbda, Genrix Giz

159. Fransiyada diniy urushlar vaqtida katoliklar rahnamosi Genrix Giz kim tomonidan o‘ldirilgan?

A) Genrix IV B) Genrix Burbon C) Karl IX

D) Genrix III

160. Fransiyada diniy urushlar vaqtida qaysi voqea cherkovning dindorlarga qirol so‘g‘lig‘i uchun duo o‘qishini taqiqlashiga sabab bo‘lgan edi?

A) “Varvolomey kechasi”dan protestantlarning qirg‘in qilinishi

B) katolik fanati Genrix Gizning o‘ldirilishi

C) Vassida protestant gimnini ijro etayotgan protestantlarning qirg‘in qilinishi

D) protestantlarning Fransiyani bo‘lib tashlab va mamlakat bir qismida o‘z davlatlarini tuzganligi

161. Moskva knyazi Ivan III qachondan butun Rus hukmdori unvonini qabul qildi?

A) 1485-yil B) 1521-yil C) 1480-yil D) 1498-yil

162. Yagona, markazlashgan, poytaxti Moskva shahri bo‘lgan Rusni birlshtirish to‘la nihoyasiga yetkazilganidan qancha vaqt o‘tib, Ivan IV Rossiya tarixida birinchi bor podsholik tojini kiydi?

A) 21 yil B) 26 yil C) 32 yil D) 19 yil

163. Rossiya podshosi Ivan IV davrida Zemstvo sobori yangi Sudebnik tuzdi. Unga ko‘ra, …

1) dvoryanlarning bundan buyon ayblari va nojo‘ya qilmishlari uchun boyar-noiblar sudiga borishlari taqiqlandi; 2) joylarda boyarlarga mustaqil siyosatni amalga oshirish huquqi beriladigan bo‘ldi; 3) dvoryanlardan ming nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib beriladigan bo‘ldi; 4) davlat lavozimlarini kelib chiqishining zodagonligiga qarab egallash tartibiga chek qo‘yildi; 5) boyar-noiblar o‘zlari uchun aholidan soliqlarni yig‘ish huquqiga ega bo‘ldi; 6) boyar-noiblarning o‘zlari uchun aholidan yig‘adigan soliqlari bekor qilindi; 7) joylarda boyar-noiblar boshqaruvi o‘rniga Zemstvo (mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari) tuzildi; 8) krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‘tishini yiliga bir kun – Yurev kuni bilan cheklab qo‘yildi.

A) 1, 2, 3, 6, 8 B) 2, 3, 5, 8 C) 1, 3, 4, 6, 7, 8

D) 1, 2, 3, 5, 6, 7

164. Rusdagi alg‘ov-dalg‘ovliklar davrida Polsha Moskvani bosib oldi. O‘sha yili Niderlandiyada ...

A) Ispaniya zulmiga qarshi kurash qo‘zg‘olonga aylanib ketdi

B) Vilgelm Oranskiy shimoliy hududlar hukmdori deb e’lon qilindi

C) “Utrext uniyasi” imzolandi

D) Ispaniya Gollandiyaning mustaqilligini tan oldi

165. Rossiya podshosi Ivan IV davrida tuzilgan Sudebnikka ko‘ra, krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‘tishini yiliga bir kun – Yurev kuni bilan cheklab qo‘yildi. Bu qaysi sanaga to‘g‘ri kelgan?

A) 9-aprel B) 26-noyabr C) 25-avgust

D) 3-noyabr

166. Rossiya imperiyasi XVI asrning ikkinchi yarmida qaysi hududlarni bosib oldi?

A) Qozon, Astraxan va Sibir xonliklari

B) Qrim, Shimoliy Kavkaz, Boltiq bo‘yi hududlari

C) Polsha, Markaziy Yevropaning bir qismi, Qrim xonligi

D) Qozon, Boltiq bo‘yi hududlari, Qrim, Shimoliy Kavkaz

167. 1584-yilda Ivan IV Grozniy vafot etgach, taxtga kim o‘tqazildi?

A) Boris Godunov B) Mixail Romanov

C) Kuzma Mini D) Fyodor Ivanovich

168. Zafarli bosqinchilik yurishlarini natijasida Rossiya imperiyasi hududi 1533-yilda … km. ni tashkil etgan XVI asr oxiriga kelib … km. ga yetdi.

A) 3, 9 mln., 6,2 mln. B) 1,8 mln., 4,5 mln.

C) 2,8 mln., 5,4 mln. D) 4,2 mln., 6,8 mln.

169. Rossiya podshosi Fyodor Ivanovich kasalmand bo‘lganligi uchun amalda hokimiyatni kim boshqargan?

A) qaynisi, boyar Boris Godunov

B) metropolit, Moskava knyazi Aleksiy

C) posad oqsoqoli Kuzma Minin

D) jiyani, sarkarda Dmitriy Pojarskiy

170. 1612-yilda Moskvani Polsha va boshqa bosqinchilardan ozod qilgan rus xalqi qahramonlarini aniqlang.

A) boyar Boris Godunov, sarkarda Mixail Romanov

B) Moskava knyazi Aleksiy, oqsoqol Kuzma Mini

C) posad oqsoqoli Kuzma Minin, sarkarda Dmitriy Pojarskiy

D) Ivan Grozniyning qarindoshi Mixail Romanov, sarkarda Dmitriy Pojarskiy

171. Moskvada chaqirilgan Zemstvo sobori Ivan IV Grozniy xotinining qarindoshi Mixail Fyodorovich Romanovni Rossiya podshosi etib saylagan yili O‘rta Osiyoda …

A) Xiva xoni Arab Muhammadga qarshi o‘g‘illari Habash va Elbars Sultonlar qo‘zg‘olon ko‘tardi

B) Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon tug‘ildi

C) Samarqandda Shardor madrasasining qurilishi boshlandi

D) Imomqulixon Toshkentni bosib olib, u yerga o‘g‘lini hokim etib tayinlaydi

172. Boyarlar dumasi nechanchi yildan boshlab Rus davlatida podsho huzuridagi Oliy davlat kengashi vazifasini bajargan?

A) 1547-yil B) 1584-yil C) 1613-yil D) 1565-yil

173. XVI asrda Niderlandiyaga hozirgi qaysi hududlar kirgan?

A) Germaniya va Fransiyaning bir qismi, Gollandiya, Lixtenshteyn

B) Belgiya, Lyuksemburg, Gollandiya va Fransiyaning bir qismi

C) Belgiya, Gollandiya, Portugaliya va Ispaniyaning bir qismi

D) Gollandiya, Shyetsariyaning bir qismi, Lixtenshteyn, Fransiyaning janubiy qismi

174. XVI asrda qaysi shahar Niderlandiyani daryo orqali Germaniya va Fransiya bilan, dengiz orqali esa Angliya hamda Skandinaviya mamlakatlari bilan bog‘lar edi?

A) Utrext B) Amsterdam C) Antverpen

D) Bryussel

175. XVI asrda Ispaniya qiroli xazinasiga yig‘iladigan soliq miqdorining Amerikadagi mustamlakalaridan keladigan daromaddan 4 marta ortiq bo‘lgan foydasini qayerdan olar edi?

A) Niderlandiyadan B) Karib dengizi davlatlaridan

C) Yaponiyadan

D) Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlaridan

176. U.Sheksperning qaysi asari bosh qahramoni o‘z qizlari tomonidan daydib yurishga va gadolikka mahkum etilgan?

A) “Gamlet” B) “Otello” C) “Qirol Lir”

D) “Romeo va Julyetta”

177. Niderlandiyada Ispaniya zulmiga qarshi kurash 1566-yilda qo‘zg‘olonga aylanib, qo‘zg‘olonchilar dastlab Ispaniya zulmining tayanchi bo‘lgan … vayron qildilar.

A) dvoriyanlarning qasrlarini

B) cherkov va monastirlarni

C) Niderlandiya rizedensiyasini

D) ekinzorlar va tabiiy boyliklar omborlarini

178. Ispaniya qiroli Filipp II gersog Albani Niderlandiya hukmdori etib tayinlangach, bu hududdagi barcha masalalar qayerda hal etilgan?

A) Ispaniyada, qirol huzuridagi kengashda

B) Albaning o‘zi tomonidan hal etilgan

C) “Maxsus Kengash”da

D) “Isyonlar bo‘yicha Kengash”da

179. Niderlandiya xalqining ispan mustamlakachilariga qarshi qo‘zg‘oloni … bilan yakunlandi.

A) mamlakat shimoliy qismining mustaqillikka erishishi

B) mamlakat janubiy qismining mustaqillikka erishishi

C) “Utrext uniyasi”ning imzolangani bilan

D) Ispaniyaning Gollandiya mustaqilligini tan olishi bilan

180. Ispan gersogi Albaning Niderlandiyani tark etgan yilni aniqlang.

A) 1572-yil B) 1579-yil C) 1573-yil D) 1568-yil

181. 1579-yilda niderland xalqi ispan bosqiniga qarshi “Utrext uniyasi”ni tuzgan bo‘lib, uning a’zolari nimaga va’da berdilar?

A) uniya a’zolari xuddi yagona viloyat kabi abadiy birlashishga, Ispaniyaga qarshi birgalikda ozodlik uchun kurashishga

B) chet mamalakatlar bilan boshqa aloqalar o‘rnatmaslikka

C) Ispaniyaga qarshi Amerika mustamlakalari bilan ittifoq tuzishga

D) o‘zaro janjallarga chek qo‘yishga va janubiy viloyatlarni Ispaniyga berishga

182. Gollandiya respublikasi tashkil topgach, Antverpen shahrining jahon savdosi markazi sifatida ahamiyati pasayib, uning o‘rnini qaysi shahar egalladi?

A) Utrext B) Amsterdam C) Rotterdam

D) Bryussel

183. Dushman bosib olgan joylarda ozodlik uchun ko‘ngilli ravishda qurolli kurash olib boruvchilar nima deyiladi?

A) inqilobchi B) boykot C) partizan

D) muxolifat

184. XIV-XVII asrlarda G‘arbiy Yevropada vujudga kelgan Renessans, ya’ni Uyg‘onish davrining asosiy belgilarini nimalar tashkil etgan?

1) jaholat va mutaassiblikni rad etish; 2) tabiatni ulug‘lash, protestant dinini ma’qullash; 3) insonni ulug‘lash, uning iste’dodi, aqliy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; 4) antik davr (qadimgi Yunon va Rim) madaniyatini tiklash va boyitish; 5) adabiyot va san’atda narigi dunyoni emas, hayotdagi go‘zallikni kuylash; 6) adabiyot va san’atda faqat hayotdagi go‘zallikni emas, narigi dunyoni ham kuylash.

A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 3, 4, 5

185. Quyidagi qaysi hujjatda hukmdorlar haqida “O‘z fuqarolari manfaati uchun qayg‘urmagan hukmdor endi hukmdor emas. U bo‘ysunishi lozim bo‘lmagan zolimdir”, deb, qayd etilgan?

A) “Nant edikti” B) “95 tezes” C) “Jannat edikti”

D) “Utrext uniyasi”

186. G‘arbiy Yevropada vujudga kelgan Uyg‘onish davrining vatani nima sababdan Italiya bo‘ldi?

A) G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Italiyada kapitalizm ertaroq vujudga kelgan va tezroq rivojlana boshlagan

B) Italiya mustamlakachilik urushlari va diniy nizolardan uzoq muddat chetda turganligi

C) G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Italiyada sanoat to‘ntarilishining ertaroq vujudga kelganligi

D) Italiyaning O‘rtayer dengizida hukmron mavqeyining yuqorilidi va Atlantika okeanidagi savdoda yetakchilik

187. Uyg‘onish davrining qaysi namoyandasi “Inson – tabiatning ajoyib mo‘jizasi”, deb hisoblagan?

A) Leonardo da Vinchi B) U. Sheksper

C) Migel de Servantes D) Rafael Santi

188. Uyg‘onish davrining qaysi namoyandasi dunyoni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilgan?

A) Leonardo da Vinchi B) U. Sheksper

C) Migel de Servantes D) Rafael Santi

189. Bir yilda vafot etgan uyg‘onish davri allomalarini aniqlang.

A) Leonardo da Vinchi, U. Sheksper

B) Migel de Servantes, Rafael Santi

C) Migel de Servantes, U. Sheksper

D) Rembrandt, Mikelanjelo

190. Leonardo da Vinchi rasm chizish san’atini nima deb ta’riflagan?

A) “inson go‘zalligini sharaflovchisi”

B) “san’atning birinchisi”

C) “go‘zallikning haqiqiy mo‘jizasi”

D) “san’atlar malikasi”

191. U.Sheksper yashagan yillarni aniqlang.

A) 1554-1641-yillar B) 1561-1619-yillar

C) 1547-1616-yillar D) 1564-1616-yillar

192. Uyg‘onish davrining qaysi allomasi qahramoni shiori “Erkinlik uchun xuddi shon-sharaf uchun qilinganidek jonni xavfga qo‘yish kerak”, bo‘lgan?

A) Rembrandt B) U.Sheksper C) Rafael Santi

D) Migel de Servantes

193. Leonardo da Vinchi asarlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) “Maxfiy kecha”, “Chaqaloq tutgan Madonna”

B) “Sikstin madonnasi”, “Maxfiy kecha”

C) “Adashgan o‘g‘ilning qaytishi”, “Chaqaloq tutgan Madonna”

D) “Maxfiy kecha”, “David”

194. Migel de Servantes yashagan yillarni aniqlang.

A) 1554-1641-yillar B) 1561-1619-yillar

C) 1547-1616-yillar D) 1564-1616-yillar

195. Leonardo da Vinchi vafot etgan yili …

A) F.Magellanning dunyo aylana sayohati boshlandi

B) Avstraliya qit’asi kashf etildi

C) ispaniya Filippin orolini bosib oldi

D) “Yangi dunyo” “Amerika” deb nomlangan birinchi globus paydo bo‘ldi

196. Rafael Santi yashagan yillarni aniqlang.

A) 1583-1620-yillar B) 1483-1520-yillar

C) 1463-1510-yillar D) 1464-1513-yillar

197. Quyidagi qaysi san’at asariga zamondoshlari “shu xildagilarning yagonasi” deb baho berishgan edi?

A) “Sikstin madonnasi”

B) “Maxfiy kecha”

C) “Chaqaloq tutgan Madonna”

D) “David” haykali

198. Usmoniy turklar tomonidan Qrim yarim oroli bosib olingan yili …

A) Nikolay Kopernik dunyoga keldi

B) Mikelanjelo dunyoga keldi

C) “Osmon jismlarining aylanishi haqidagi” asar chop etildi

D) Niderlandiyada shimoliy viloyatlar o‘zini mustaqil deb e’lon qildi

199. Quyidagi qaysi asarni muallif hayotining eng og‘ir damlarida – o‘g‘lining o‘limidan so‘ng yaratgan?

A) “Don Kixot”

B) “Maxfiy kecha”

C) “Adasgan o‘g‘ilning qaytishi”

D) “David” haykali

200. “Tiriklikdan, borliqdan ko‘ra, san’atning qismati buyukdir har dam, uni yenga olmas vaqt ham, o‘lim ham”, san’at haqida aytilgan ushbu she’r muallifi kim?

A) Rembrandt B) U.Sheksper C) Rafael Santi

D) Mikelanjelo

201. Golland rassomi Rembrandt nechanchi yillarda yashagan?

A) 1604-1667-yillar B) 1583-1667-yillar

C) 1606-1669-yillar D) 1603-1668-yillar

202. Injil rivoyatlariga ko‘ra, yosh cho‘pon yigitning dahshatli devsifat Goliaf bilan jangga tushish oldida turgan siymosi qaysi asarda o‘z aksini topgan?

A) “Don Kixot” B) “Maxfiy kecha”

C) “Sikstin madonnasi” D) “David” haykali

203. Rimning va Yevropaning bosh katolik ibodatxonasi bo‘lgan Pyotr sobori qurilishini kim nihoyasiga yetkazdi?

A) Rembrandt B) Mikelanjelo C) Rafael Santi

D) Leonardo da Vinchi

204. Tuyg‘u va istaklarni cheklash yoki bostirish, azob tortish, hayot ne’matlaridan voz kechish qanday atama bilan izohlanadi?

A) asketizm B) tolerantlik C) tasavvuf

D) xurofot

205. Quyidagi allomalarni yashagan yillarini aniqlang.

1) Nikolay Kopernik; 2) Jordano Bruno; 3) Galileo Galiley; 4) Mikelanjelo.

a) 1473-1543-yillar; b) 1475-1564-yillar; c) 1564-1642-yillar; d) 1548-1600-yillar.

A) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b B) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c

C) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a

206. Yerning Quyosh va o‘z o‘qi atrofida aylanishini birinchi bo‘lib isbotlab bergan allomani aniqlang.

A) Nikolay Kopernik B) Jordano Bruno

C) Galileo Galiley D) Leonardo da Vinchi

207. Teleskopni yaratgan va shu teleskop bilan osmonni kuzatgan Yevropaning birinchi olimini aniqlang.

A) Nikolay Kopernik B) Jordano Bruno

C) Galileo Galiley D) Leonardo da Vinchi

208. Nikolay Kopernik ... universitetlarida o‘qigan?

A) Krakov va Italiya B) Parij va Oksford

C) Kembridj va Parij D) Boloniya va Praga

209. Katolik cherkovi tomonidan Kopernik ta’limotini nechanchi yilda rasman taqiqlandi?

A) 1543-yil B) 1594-yil C) 1616-yil D) 1609-yil

210. “ … Yer ham, Quyosh ham olamning markazi emas. Olam – son-sanoqsiz yulduzlardir va har bir yulduz yiroqdagi bir quyoshdir. Ularning har biri atrofida o‘z yo‘ldoshlari aylanadi. Olam abadiy mavjud va u yo‘q bo‘lmaydi”, ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) Nikolay Kopernikga B) Katolik cherkoviga

C) Galileo Galileyga D) Jordano Brunoga

211. Oyda ham Yerdagi kabi tog‘lar borligini va hatto Quyoshda dog‘lar mavjudligini qayd etgan allomani aniqlang.

A) Nikolay Kopernik B) Beruniy

C) Galileo Galiley D) Jordano Bruno

212. Qaysi allomaning qarashlari “Nola falsafasi” deb ataldi?

A) Nikolay Kopernik B) Leonardo da Vinchi

C) Galileo Galiley D) Jordano Bruno

213. “Bu xo‘rliklar olimning buyuk g‘oyalaridan voz kechishi va uqubatlardan yengilgan odamning azoblanishiga olib keldi”, manbalarda qayd etilgan ushbu ma’lumotlar qaysi alloma taqdiriga tegishli?

A) Uilyam Sheksper B) Leonardo da Vinchi

C) Galileo Galiley D) Jordano Bruno

214. Galileo Galiley asarini aniqlang.

A) “Osmon jismlarining aylanishi haqidagi”

B) “Yulduzlar axboroti”

C) “Astronomiya asoslari”

D) “Yer surati”

215. Qaysi jamoat arbobi insonning yashash, erkinlik va mulkka egalik qilish huquqlari haqidagi ta’limotni yaratgan?

A) Jon Lok B) Benjamin Franklin

C) P.Pestel D) Robert Ouen

216. XVI asrda ixtiro qilingan pompa nima?

A) rudani portlatuvchi qurilma

B) shaxtalardagi suvni tortib oladigan nasos

C) suratli kitoblar chop etiladigan bosma uskuna

D) devor o‘rnidagi tuproq uyumini parchalovchi qurol

217. Davlat hokimiyatini bo‘lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ilgari surgan jamoat arbobini aniqlang.

A) Sharl Furye B) V.Belenskiy C) N.Muravyov

D) Jon Lok

218. Qachondan boshlab ruda portlatish yo‘li bilan olina boshlandi?

A) XVI asrdan B) XVII asrdan C) XVIII asrdan

D) XV asrdan

219. XVI asrda toshko‘mirdan foydalanishning o‘ylab topilishiga olib kelgan omilni aniqlang.

A) mortira qurol turining ixtiro qilinishi

B) yirik suv havzalarining suvdan ozod qilinishi

C) metallurgiya rivojlangan hududlarda o‘rmonlar maydonining qisqarib borishi

D) parovozlarning ixtiro qilinishi va uning yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoji

220. Tog‘-kon metallurgiya sanoati vujudga kelgach, qaysi davlat ko‘mir qazib chiqarish markaziga aylandi?

A) Ispaniya B) Rossiya C) Angliya D) Fransiya

221. Xudo bilan tabiat bir narsa, ular bir butunni tashkil qiladi, deb hisoblovchi ta’limot qanday atama bilan izohlanadi?

A) panteizm B) tolerantlik C) asketizm

D) xurofot

222. Qaysi Rim Papasi 1992-yilda G. Galileyga nisbatan inkvizitsiya sudi qarori bekor qilinganligini va G. Galileyning oqlanganligini e’lon qilgan edi?


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə