Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə29/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60

A) Ioann Pavel II B) Benidekt XVI C) Ioann XII

D) Benidekt XIV

223. 1628-yilda Angliya parlamenti qirolning “Huquqlar to‘g‘risidagi bill” va “Huquqlar to‘g‘risidagi petitsiya”ni imzolashiga erishdi. Bu ikki hujjat qirol oldiga qanday majburiyatni qo‘ygan edi?

A) burjuaziya vakillari, savdogarlar, yangi dvoryanlar va dindorlarni davlat ishlaridan chetlatish

B) parlament roziligisiz birorta yangi soliq joriy etmaslik va sudning ruxsatisiz qamoqqa olishlarni taqiqlash

C) qirolning Oliy sudni amalga oshirish vakolatini bekor qilish va siyosiy maxbuslarni ozod qilish

D) savdogarlar savdo ishlarini yuritish uchun qirol tomonidan ruxsatnoma berilmaydigan balki uni parlament beradigan bo‘ldi

224. Angliyada inqilob yuz berishi arafasida qaysi davlat Angliyaga hujum uyushtirgan edi?

A) Fransiya B) Ispaniya C) Shotlandiya

D) Portugaliya

225. Angliya qiroli Karl I hukmronlik yillarini aniqlang.

A) 1628-1645-yillar B) 1628-1646-yillar

C) 1621-1649-yillar D) 1625-1649-yillar

226. “Birja” so‘zining ma’nosi nima?

A) daromad B) hamyon C) stul, kursi

D) taqsimlangan narsa

227. arabcha “kelishmovchilik”, “munosabatning teskarilashuvi” ma’nosini anglatuvchi atamani aniqlang.

A) muxolifat B) mutaassib C) fanat D) muxtor

228. Angliyada inqilob davrida parlament qirolga qarshi qaysi chet mamlakat bilan harbiy ittifoq tuzadi?

A) Fransiya B) Ispaniya C) Shotlandiya

D) Irlandiya

229. Angliyada inqilob davrida parlament va qirol qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang qachon va qayerda bo‘lgan?

A) 1646-yil 9-avgustda Oksford shahrida

B) 1645-yil 14-iyunda Neyzbi qishlogi yaqinida

C) 1645-yi 12-mayda Smitfild yonida

D) 1646-yil 23-noyabrda Mayl-End yaqinida

230. Qaysi voqeadan keyin Angliyada 1640-yil boshlangan fuqarolar urushi tugadi?

A) 1649-yil 19-mayda Angliyaning respublika deb e’lon qilinishi bilan

B) 1646-yilda qirol yashiringan Oksfordning taslim bo‘lishi bilan

C) 1645-yil Neyzbi qishlog‘i yaqinidagi jangda qirol qo‘shilarning tor-mor etilishi bilan

D) O.Kromvelning 1649-yilda Irlandiyani, so‘ng Shotlandiyani bosib olishi bilan

231. Oliver Kromvel nechanchi yilda parlamentni tarqatib yuborib, butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi? A) 1658-yil B) 1649-yil C) 1652-yil D)1653-yil

232. Oliver Kromvel parlamentni tarqatib yuborib. butun hokimiyatni o‘z qo‘liga olganidan keyin o‘zini qaysi siyosiy nom bilan atadi?

A) “Ozod davlat Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning Lord-protektori”

B) “Ingliz ozodligining asrovchisi – Lord-protektori”

C) “Ozod Anglia prazidenti”

D) “Ozod davlat Buyuk Britaniyaning Lord-protektori”

233. Angliyaning dengiz savdosidagi asosiy raqibi bo‘lgan Gollandiya nechanchi yilda mag‘lubiyatga uchratildi?

A) 1654-yil B) 1667-yil C) 1660-yil D) 1652-yil

234. 1660-yilda Angliya taxtiga o‘tirgan qirolni aniqlang.

A) Yakov II B) Karl II C) Vilgelm III Oranskiy

D) Genrix IX

235. 1685-yilda Angliya taxtiga o‘tirgan qirolni aniqlang.

A) Yakov II B) Karl II C) Vilgelm III Oranskiy

D) Genrix IX

236. Qaysi tadbirdan keyin Kromvel haqida manbalarda: “Qit’aning kalitlari uning belida osig‘liq”, degan jumlalar qayd etilgan?

A) 1649-yilda Irlandiyani, biroz fursatdan so‘ng Shotlandiyani bosib olishi

B) Neyzbi qishlog‘i yaqinidagi jangda Angliya qiroli qo‘shilarning tor-mor etilishi

C) Gollandiyaning mag‘lubiyatga uchratilishi, keyinchalik Ispaniya ustidan ham g‘alaba qozonishi

D) Portugaliyaning mag‘lubiyatga uchratilishi va dengizdagi savdoda Fransiya imtiyozlarining cheklab qo‘yilishi

237. Deklaratsiya so‘zining ma’nosi nima?

A) inglizcha – cheklangan imtiyoz

B) lotincha – qog‘oz, hujjat

C) yunoncha – farmon, qonun

D) lotincha – ma’lum qilaman

238. Angliya taxtini egallash uchun Gollandiya hukmdori Vilgelm III Oranskiy mamlakatga kirib kelgandan keyin, taxtdan tushirilgan qirol Yakov II qayerga qochadi?

A) Belgiyaga B) Shotlandiyaga C) Fransiyaga

D) Germaniyaga

239. Yagona birlik ma’nosini bildiruvchi atama qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) edikt B) uniya C) manifest D) petitsiya

240. “Sharafli inqilob” qachon va qaysi davlatda ro‘y bergan edi?

A) 1688-yil Angliyada B) 1789-yil Fransiyada

C) 1566-yil Gollandiyada D) 1645-yil Angliyada

241. Ma’limki, Gollandiya qiroli Vilgelm III Oranskiy Angliya taxtiga o‘tirgan edi. U parlament tomonidan taqdim etilgan “Huquqlar deklaratsiyasi”ni imzoladi. Unga ko‘ra …

1) qirol qo‘shin, sud, mamlakat moliyasi ustidan bo‘lgan hukmronlikdan mahrum bo‘ldi; 2) davlat lavozimlarini kelib chiqishining aslzodaligiga qarab egallash tartibiga chek qo‘yildi; 3) Angliyada kuchli parlamentli – cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatildi; 4) viloyat hokimlarining o‘zlari uchun aholidan yig‘adigan soliqlari bekor qilindi.

A) 1, 2, 4 B) 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 3

242. Sanoat to‘ntarishi nima?

A) qo‘l mehnatiga asoslangan manufaktura ishlab chiqarishdan mashinalar keng qo‘llaniladigan fabrika ishlab chiqarishiga o‘tish

B) biror-bir davlat yoki korxona tovarlarini xarid qilishdan voz kechish

C) o‘zga mamlakatlarni bosib olib, o‘z mustamlakasiga aylantirgan mamlakatdan xomashyo olib kelish va uni qayta ishlash

D) hunarmandlarning o‘zlari yetishtirgan mahsulot o‘rniga boshqa mahsulotlarni ayriboshlashni tugatib, oldi-sotdi tovarlari pul evaziga yuritilishi

243. 1716-yilga qadar Angliya parlamenti vakolati … yil bo‘lgan bo‘lsa, shu yildan uning vakolati … yilga uzaytirildi.

A) 2, 5 B) 3, 5 C) 3, 6 D) 4, 7

244. Angliya parlamentining quyi – jamoalar palatasidagi torilar va vigilar oqimi haqidagi ta’rif qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Torilar parlament huquqlarini himoya qilar, mamlakatda muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazilishining tarafdori edi, Vigilar esa qirolning huquq va manfaatlarini himoya qilar hamda mavjud tartiblarning buzilmasligi uchun kurashuvchilar

B) Torilar qirolning huquq va manfaatlarini himoya qilar hamda mavjud tartiblarning buzilmasligi uchun kurashuvchilar, Vigilar esa parlament huquqlarini himoya qilar, mamlakatda muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazilishining tarafdori edi

C) Torilar yangi dvoryanlar – yirik savdogarlar, korxona egalari manfaati uchun kurashuvchilar, Vigilar esa qirol va parlamentni murosaga keltirib turuvchi shaharliklardan tashkil topgan guruh edi

D) Torilar sanoat va katolik cherkovi borasida keng islohotlar o‘tkazish tarafdorlari, Vigilar esa yuqori tabaqa va qirol manfaatlarini himoya qiluvchilar

245. Angliya parlamenti Angliya va Shotlandiya o‘rtasidagi uniyani qonunlashtirgan va mamlakat Buyuk Britaniya deb ataladigan bo‘lgan yili O‘rta Osiyoda …

A) Ubaydullaxon II pul islohotini o‘tkazdi

B) Muhammad Amin Buxoriy “Ubaydullanoma” asarini yozib tugatdi

C) Xiva xoni Sherg‘ozixon taxtga o‘tirdi

D) Ubaydullaxon II Mahmudbiy hukmronlik qilayotgan Balx shahrini bosib oldi

246. 1701-1714-yillardagi Angliya-Fransiya urushi natijasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Angliya …

A) Kanadadan Fransiyani siqib chiqardi

B) Fransiyaning Afrikadagi mulklariga ega bo‘ldi

C) Karib dengizi havzasidagi yerlaridan mahrum bo‘ldi

D) Gibraltarga ega bo‘lib oldi

247. Angliya Kanadadan Fransiyani siqib chiqargan yili …

A) Angliya qiroli mustamlakalardagi yevropaliklarning Amerika g‘arbiga siljishini taqiqlovchi qaror chiqardi

B) amerikalik inglizlar “Ozodlik farzandlari” deb ataluvchi tashkilot tuzdilar

C) tokarlik dastgohi ixtiro qilindi

D) dunyoda birinchi cho‘yan ko‘prik ixtiro qilindi

248. Angliya va Fransiya o‘rtasidagi “ikkinchi yuz yillik urush” nomi bilan ta’riflangan urushlar qaysi asrda bo‘lib o‘tdi?

A) XVII asrda B) XVI asrda C) XVIII asrda

D) XIX asrda

249. Angliyada “Sanoat va sanoatni rivojlantirish jamiyati”ning yigiruv mashinasini kashf etgan kishiga katta mukofot va’da qilgan yili O‘rta Osiyoda …

A) Turdi “Subhonqulixon haqida hajviya” nomli she’rlarini yozdi

B) Muhammad Amin Xiva xonligida inoqlik lazozimiga ko‘tarildi

C) Norbo‘tabiy Qo‘qon xonligi taxtiga chiqdi

D) Xiva xoni Abulg‘oziyxon Buxorogacha bo‘lgan hududlarga bostirib kirdi

250. Quyidagi ixtirochilar va ular amalga oshirgan ixtirolari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.

1) Jon Key; 2) Jeyms Xargrivs; 3) Jeyms Uatt; 4) T. Modsli; 5) Abraxam Darbi; 6) Abraxam Darbi II; 7) Jon Uilkinson.

a) cho‘yan bo‘lagi markazidan o‘q chiqadigan teshik ochishga imkon beruvchi tokarlik dastgohi; b) toshko‘mirdan koks olish; c) shaxtalardan suvni chiqarishda ishlatiladigan bug‘ mashinasi; d) bug‘ mashinasi; e) tokarlik dastgohi; f) 15-18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq; g) to‘quv dastgohi.

A) 1-g, 2-f, 3-d, 4-e, 5-b, 6-c, 7-a

B) 1-f, 2-g, 3-d, 4-b, 5-e, 6-a, 7-c

C) 1-g, 2-d, 3-f, 4-e, 5-b, 6-c, 7-a

D) 1-d, 2-f, 3-f, 4-a, 5-b, 6-c, 7-e

251. Quyidagi ixtirochilar va ularning amalga oshirgan yili bilan to‘g‘ri ko‘rsating.

1) cho‘yan bo‘lagi markazidan o‘q chiqadigan teshik ochishga imkon beruvchi tokarlik dastgohi; 2) charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigiruv mashinasi; 3) dunyoda birinchi cho‘yan ko‘prik; 4) cho‘yan quvur; 5) bug‘ mashinasi; 6) tokarlik dastgohi; 7) 15-18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq; 8) to‘quv dastgohi.

a) 1733-yil; b) 1765-yil; c) 1767-yil; d) 1775-yil; e) 1774-yil; f) 1779-yil; g) 1788-yil; h) 1784-yil.

A) 1-e, 2-d, 3-f, 4-g, 5-c, 6-a, 7-b, 8-h

B) 1-c, 2-e, 3-d, 4-g, 5-f, 6-h, 7-a, 8-b

C) 1-e, 2-g, 3-f, 4-c, 5-d, 6-b, 7-h, 8-a

D) 1-e, 2-c, 3-f, 4-g, 5-d, 6-h, 7-b, 8-a

252. AQSHning birinchi prezidenti Jorj Vashington nechanchi yillarda yashagan?

A) 1744-1803-yillar B) 1732-1799-yillar

C) 1729-1798-yillar D) 1733-1796-yillar

253. AQSH qaysi davlat bilan “Do‘stlik va Tijorat Bitimi”, keyinroq esa “Ittifoq Shartnomasi”ni imzoladi?

A) Ispaniya B) Angliya C) Fransiya

D) Kanada

254. Nechanchi yilda Amerika va Fransiya qo‘shinlari Buyuk Britaniyaning asosiy kuchlarini taslim etdi?

A) 1782-yil B) 1783-yil C) 1789-yil D) 1775-yil

255. 1783-yildagi AQSH va Buyuk Britaniya o‘rtasida tinchlik shartnomasi qaysi shaharda imzolandi?

A) Londonda B) Filadelfiyada C) Virjiniyada

D) Parijda

256. 1787-yili Filadelfiya shahrida mamlakat shtatlari vakillarining Ta’sis Konventi chaqirildi va uning ishida nechta vakil qatnashgan?

A) barcha shtatlardan saylangan 55 ta vakil

B) 9 ta shtatdan 13 ta vakil

C) har bir shtatdan 2 tadan, jami 26 ta vakil

D) har bir shtatdan 4 tadan, jami 52 ta vakil

257. 1787-yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq, …

1) AQSHda respublika tuzumini o‘rnatdi; 2) ijro etuvchi hokimiyatni 4 yil muddatga saylanadigan Prezident boshqaradigan bo‘ldi; 3) ijro etuvchi hokimiyatni parlament – Kongress boshqaradigan bo‘ldi; 4) prezident keng armiya va flotning Oliy bosh qo‘mondoni bo‘lishi belgilandi; 5) president xalqaro shartnomalar tuzish, barcha vazirlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish vakolatiga ega bo‘ldi; 6) AQSH Kongressi barcha vazirlarni lavozimiga tayinlash va ozod qilish vakolatiga ega bo‘ldi.

A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 3, 5

D) 1, 2, 4, 5, 6

258. 1787-yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq, Oliy Sudga sud ishidan tashqari yana qanday vakolat yuklatilgan edi?

A) AQSH Kongressi a’zolari faoliyatini nazorat qilish

B) Prezidentning chet mamlakatlari bilan olib boradigan munosabatlarini nazorat qilish

C) AQSH qonunlarining va Prezident farmonlarining Konstitutsiyaga mos kelishini nazorat qilib borish

D) qonunlarning qabul qilinishida bevosita ishtirok etish va veto huquqini beruvchi vakolat

259. Boykot so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) lotincha – savdo do‘koni

B) lotincha – bekor qilish, taqiqlash

C) inglizcha – tasdiqlash

D) inglizcha – chora

260. Jorj Vashington AQSHning birinchi prezidenti lavozimiga saylanganidan 10 yil o‘tib O‘zbekiston tarixida …

A) Jahon Otin Uvaysiy dunyoga keldi

B) Qo‘qon xoni Olimxonning Toshkentga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi

C) Xiva xonligi taxtiga Eltuzar chiqdi

D) Muhammad Niyoz Nishotiy “Husni dil” dostonini yozdi

261. Quyidagi qaysi hujjat “barcha odamlar ozod va teng huquqli bo‘lib tug‘iladilar” degan so‘zlar bilan boshlanadi?

A) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi”

B) AQSHdagi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”

C) “Buyuk remonstratsiya”

D) “Huquqlar to‘g‘risidagi petitsiya”

262. Fransiyada Ta’sis majlisi chiqargan qaysi hujjatga mamlakatda ko‘ra feodal tartiblar bekor qilindi?

A) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi”

B) “Shubhali kishilar to‘g‘risida”gi qonun

C) “Imtiyozlarni tugatish haqida dekret”

D) “Monarxiyaning tugatilishi haqidagi dekret”

263. XVIII asr oxirlarida qaysi davlatda tez-tez “non isyonlari” bo‘lib turgan?

A) Angliya B) Germaniya C) Rossiya

D) Fransiya

264. Vestfaliya tinchlik shartnomasi imzolangan yilni aniqlang.

A) 1618-yil B) 1830-yil C) 1648-yil D) 1714-yil

265. Fransiyada inqilob qaysi qirol davrida boshlandi?

A) Lui Filipp B) Lyudovik XVI C) Karl X

D) Lyudovik XVII

266. 1791-yilda Fransiya tarixida birinchi marta qabul qilingan Konstitutsiyaga ko‘ra, …

A) 25 yoshga to‘lgan barcha erkak kishilar saylash huquqiga ega bo‘ldi

B) 20 yoshga to‘lgan barcha mulk senziga ega bo‘lgan shaxslar saylash huquqiga ega bo‘ldi

C) 23 yoshga to‘lgan barcha mulk senziga ega bo‘lgan shaxslar saylash huquqiga ega bo‘ldi

D) 21 yoshga to‘lgan barcha erkak bo‘lgan shaxslar saylash huquqiga ega bo‘ldi

267. Fransiyada inqilob davridagi yakobinchilar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) M.Robespyer, A.Sen-Semon, J.Berton, Ebert, Sh.Furye

B) M.Robespyer, P.Pestel, J.Danton, A.Gersen, Shomett

C) M.Robespyer, Lui Filipp, Gizo, Eber, Shomett

D) M.Robespyer, J.P. Marat, J.Danton, Eber, Shomett

268. Fransiyada 1793-yilning 2-iyunida jirondachilar hokimiyati ag‘darilib, hokimiyat Robespyer boshchiligidagi yakobinchilar qo‘liga o‘tdi. Bu hukumat nima deb atalgan?

A) xalq hokimiyat manbai qo‘mitasi

B) vatan xavf ostida qo‘mitasi

C) jamoat qutqaruv qo‘mitasi

D) direktoriya

269. Fransiyada hokimiyat tepasiga kelgan yakobinchilar partiyasining ichida bo‘linish mavjud bo‘lib, ularni faqat qaysi manfaat birlashtirib turgan?

A) chet el bosqinchilariga qarshi kurash va mamlakat ichkarisidagi isyonlarni bostirish

B) jirondistlarni Milliy Majlisdan surib chiqarish

C) qonunlarni xalq manfaatidan kelib chiqqan holda qabul qilish

D) asosiy raqib bo‘lgan Angliya bilan savdodagi raqobatda g‘alabaga erishish

270. Fransiyada hokimiyat tepasiga kelgan yakobinchilar partiyasining ichida bo‘linish mavjud bo‘lib, shundan “shafqatlilar” guruhiga kim rahbarlik qilgan?

A) M. Robespyer B) J. Danton C) Shomett

D) Eber


II BOB.

1. Oda Nobunaga Yaponiyada qanday islohotlar o‘tkazdi?

1) iqtisodiy taraqqiyotga to‘sqinlik qilayotgan mahalliy soliq va bojxona to‘lovlarini bekor qildi; 2) savdo yo‘llari va ko‘priklar ta’mirlandi; 3) Yevropa mustamlakachilari Yaponiyadan quvib yuborildi; 4) shaharlarning tashqi savdo faoliyati rag‘batlantirildi; 5) tilla va kumush tangalarni muomalaga kiritdi; 6) qo‘riq yerlar ochish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag‘batlantirdi; 7) yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlavchi qonun chiqardi; 8) shaharlarga bozorlar ochish huquqi berildi

A) 1, 2, 4, 5, 8 B) 1, 2, 3, 6, 7 C) 2, 3, 5, 8

D) 1, 2, 3, 4, 7, 8

2. Hindiston hukmdori Akbarshoh nechanchi yilllar hukmronlik qilgan?

A) 1540-1603-yillar B) 1542-1605-yillar

C) 1538-1598-yillar D) 1556-1605-yillar

3. “Akbar Hindiston tarixidagina emas, balki jahon tarixida ham eng buyuk shohdir. Agar yevropalik hukmdorlar bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, Akbar ulug‘vorlikda ham, omadlilikda ham ulardan ustun turadi”, ushbu fikrlar kimga tegishli?


A) Javohirlal Neru B) Indira Gandi

C) Ishvari Prasad D) Shayx Kamoliddin

4. O‘rta asrlardagi Manjuriya davlati hududi hozirgi kunda qanday nomlanadi?

A) Vey-Biy B) Uyg‘uriston C) Guanchjou

D) Dunbey

5. Hindistonda qaysi hukmdor davrida “jizya” solig‘i bekor qilingan edi?

A) Mirzo Bobur B) Humoyun C) Akbarshoh

D) Shoh Jahon

6. Xitoyga manjurlar bosqini davrida mamlakat shimolidagi hukumat qo‘shinlariga boshchilik qilgan qo‘mondonni aniqlang.

A) U San-guy B) Li Szi-chen

C) Chjan Syan-chjun D) Xun Syu syuan

7. Oda Nobunaga tezlik bilan qo‘shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to‘la qurollantirish maqsadida nima qiladi?

A) xristian ruhoniylarining Yaponiyani tark etishi haqida qonun chiqardi

B) Yaponiyada xristian dinining tarqalishiga homiylik qiladi

C) samuraylarga beriladigan yerlar miqdorini kengaytirdi

D) qo‘shni davlatlardan harbiy mutaxassislar jalb qildi

8. Bengaliyani inglizlar bosib olgan yili Xitoyda …

A) Min sulolasi hukmronligi o‘rnatildi

B) Mo‘g‘uliston va Qashg‘ar egallandi

C) Guanchjou portidan tashqari barcha portlar yevropaliklar uchun yopib qo‘yildi

D) Min sulolasi hukmronligiga qarshi dehqonlar qo‘zg‘oloni ko‘tarildi

9. 1636-yil o‘zini imperator deb e’lon qilgan hukmdorni aniqlang.

A) Abaxay B) Nurxachi C) U San-guy

D) Oda Nobinaga

10. Sin sulolasi hukmdorlari Xitoyni to‘la bo‘ysundirishda qaysi tashqi kuchning madadiga tayangan edi?

A) Jung‘orlar B) Hindiston C) Manjurlar

D) Yevropaliklar

11. Yaponiyaga Yevropaliklar birinchi marta qachon kirib kelgan edilar?

A) XVI asr 40-yillari B) XVI asr oxirlari

C) XVII asr 20-yillari D) XVII asr o‘rtalari

12. Yaponiyada xristian dinining tarqalishiga homiylik qilgan syogunni aniqlang.

A) Asikaga B) Oda Nobinaga C) Xidayosi

D) Tokugava Iaysu

13. 1603-yil Yaponiyada Tokugava syugunligi to‘la o‘rnatilsa-da, imperator hokimiyati daxlsizligi saqlab qolinadi. Bunga sabab nina bo‘lgan?


A) hali imperatorning siyosiy jihatdan kuchliligi

B) yapon xalqi uchun imperator xudoning avlodi hisoblanardi

C) syogunlar davlat boshqaruvidagi tajribasizligidan imperator asosiy maslahatchi bo‘lgan

D) syogunlar yapon milliy urf-odatlarini qattiq hurmat qilganligi

14. Yaponiyada nechanchi yil xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqarildi?

A) 1587-yil B) 1592-yil C) 1603-yil D) 1614-yil

15. Yosimune Tokugava sulolasining … syuguni bo‘lgan.

A) o‘ninchi B) oltinchi C) sakkizinchi

D) to‘qqizinchi

16. Yaponiyada qaysi syugun yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlovchi qonun chiqargan edi?


A) Oda Nobinaga B) Asikaga C) Xidayosi

D) Yosimune

17. XVI asrda Usmoniylar davlatining Osiyodagi eng yirik raqibini aniqlang?
A) Hindiston B) Misr C) Suriya D) Eron

18. Turkiyada shayx Jalol boshchiligidagi dehqonlar qo‘zg‘oloni nechanchi yilda bo‘lgan edi?

A) 1526-yil B) 1519-yil C) 1517-yil D) 1529-yil

19. Sulton Salim I Misr poytaxti Qohirani nechanchi yil bosib oldi?


A) 1519-yil B) 1514-yil C) 1516-yil D) 1517-yil

20. Usmoniylar hukmronligi davrida viloyatlarni kim boshqargan?


A) sanjoqbek B) vali C) noib D) beklarbegi

21. Ko‘rsatilgan qaysi yordam evaziga Angliyaning “Ost-Indiya” kompaniyasi Eron bilan savdo ishlarida katta imtiyozlarga ega bo‘lib oldi?

A) Portugaliyani Fors ko‘rfazidagi Ormuz orolidan quvib chiqarish evaziga

B) Eron – Turkiya urushida Eronning g‘alaba qozonishida yordam bergani evaziga

C) Fransiyani Fors ko‘rfazidagi barcha orollardan quvib chiqarish evaziga

D) Hind okeani bo‘ylab uyushtiriladigan savdoda

Eronning ishtirok etishiga rozi bo‘lganligi evaziga

22. XVIII asrda qaysi hol Safaviylar davlatida davlat xazinasiga tushadigan daromadning kamayishiga olib kelgan?

A) urushlarning haddan tashqari ko‘payib ketishi

B) yevropalik savdogarlarning kirib kelishi va savdoning kasodga uchrashi

C) vaqf yerlarining ko‘payib ketganligi

D) davlatga qarashli yer miqdorining kamayishi

23. Kimning hukmronligi davrida safaviylar davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi?

A) Ismoil Safaviy B) Tahmasb II C) Abbos I

D) Abbos II

24. Quyidagi qaysi sulola 129 yil hukmronlik qilgan?


A) safaviylar B) qojarlar C) durroniylar

D) lo‘diylar

25. Hindiston hukmdori Akbarshoh nechanchi yilda afg‘onlarning Sur sulolasini butunlay mag‘lubiyatga uchratgan edi?

A) 1559-yil B) 1567-yil C) 1556-yil D) 1603-yil

26. O‘z davlatida yuritgan adolatli siyosati evaziga qaysi hukmdor “Xalq hukmdori” degan nom olgan edi?
A) Oda Nobinaga B) Akbarshoh C) Shoh Abbos I

D) Yosimune

27. XVIII asrda Safaviylar davlatida dehqon xo‘jaligining xonavayron bo‘lishi nimaga olib keldi?

A) tashqi savdoning keskin kamayishiga

B) yevropaliklar bosqinining kuchayishiga

C) yerlarning arzonlashib ketishiga

D) ichki savdoning keskin kamayishiga

28. Yaponiya syoguni Yosimune hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.

A) 1749-1787-yillar B) 1716-1745-yillar

C) 1689-1703-yillar D) 1702-1742-yillar

29. Quyidagi qaysi davlatda “100 moddali Farmon” deb ataluvchi qonunlar to‘plami joriy qilingan edi?
A) Yaponiya B) Turkiya C) Eron D) Hindiston

30. Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratgan Turk sultonini aniqlang.


A) Boyazid II B) Mehmed II C) Sulton Salim I

D) Sulton Murod II

31. Safaviylar davlatining dastlabgi poytaxti Tabriz shahri hozirda qaysi davlat hududida joylashgan?
A) Eron B) Turkmaniston C) Iroq

D) Ozarbayjon

32. 1587-1629-yillarda hukmronlik qilgan davlat arbobini aniqlang?

A) Sulton Husayn B) Shoh Abbos I

C) Tokugava Iyasu D) Shoh Jahon

33. Quyidagi sulolalarning qaysi biri toza, tiniq ma’nolarini anglatadi?

A) Safaviy B) Zend C) Qojar D) Sin

34. Yaponlarga o‘qotar qurollar yasash san’atini kim o‘rgatgan edi?

A) Mendish Pintu B) Oda Nobinaga C) Asikaga

D) Yosimune

35. Turkiyada “Adolat farmoni” deb nomlangan farmon nechanchi yilda chiqarilgan edi?

A) 1610-yil B) 1710-yil C) 1614-yil D) 1714-yil

36. 1684- yil …

A) Eron O‘rmuz orolidan Portugaliyani quvib chiqardi

B) Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi “Muqaddas Liga” tuzdilar

C) Yaponiyada xristian dinini ta’qiqlovchi qonun chiqarildi

D) Xitoy Koreyani vassalga aylantirdi

37. Eronda XVI-XVIII asrlarda nechta hukmron sulolalar almashgan?

A) 1 marta B) 2 marta C) 3 marta D) 4 marta

38. Hindistondagi Boburiylar imperiyasi o‘z qudratining cho‘qqisiga qaysi hukmdor davrida ko‘tarilgan?

A) Akbarshoh B) Bobur C) Shoh Jahon

D) Avrangzeb

39. Xitoyda Sin sulolasi nechanchi yilgacha hukmronlik qilgan?

A) 1867-yilgacha B) 1905-yilgacha

C) 1937-yilgacha D) 1911-yilgacha

40. Eron tarixida afg‘on istilosi davri qachon boshlangan?

A) 1709-yil B) 1722-yil C) 1730-yil D) 1736-yil

41. Qaysi omillar Eron mehnatkash qatlamlari orasida keskin norozilik kelib chiqishiga sabab bo‘ldi?

1) Eronning Buyuk Britaniyaning sanoat mahsulotlari sotiladigan bozoriga aylanib qolishi; 2) hukmdorning cheklanmagan mavqeyiga egaligi; 3) viloyat hukmdorlari, katta-katta yer-mulk egalari davlat xazinasiga soliq to‘lamay qo‘yishi; 4) Rossiya bilan Eron o‘rtasida imzolangan Turkmanchoy shartnomasi oqibatlari; 5) davlat apparatidagi mansablarni sotish va sotib olish nihoyatda kuchayishi; 6) Eronning Kavkazorti hududlarida bo‘lgan da’vosidan voz kechishi.


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə