Akbar Zamonov


partaliklarning doimiy ravishda qo‘shni davlatlarga qarshi urushi



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə3/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60

A) spartaliklarning doimiy ravishda qo‘shni davlatlarga qarshi urushi

B) yalpi harbiy tayyorgarlik

C) mahalliy ilotlarning doimiy qo‘zg‘olonlari

D) “dengiz xalqlari”ning bosqini

7. Qadimgi Yunonistonda o‘z vatanini tark etib, o‘zga yurtga ko‘chib ketadiganlar paydo bo‘la boshladi. Dastlab kimlar Yunonistondan ketib o‘zga yurtga borib o‘rnashdilar?

A) qullikdan ozod bo‘lgan erkin dehqonlar

B) zodagonlardan qarzdor bo‘lib qolgan, o‘z yer va mulkiga ega bo‘lmagan boshpanasiz, yupun va och odamlar

C) o‘z yerlarini ko‘paytirish maqsadida yo‘lga chiqqan yirik yer egalari va zodagonlar

D) mamlakatdan quvg‘in qilingan qochqinlar

8. Attika aholisi uch katta guruh: qullar, meteklar va fuqarolarga bo‘lingan bo‘lib, mil. avv. VI asrga kelib aholi ikki guruh: fuqarolar va qullarga ajratiladigan bo‘ldi. Bu nimaning natijasida sodir bo‘ldi?

A) Solon islohotlari natijasida

B) mamlakatdan fuqarolik olmagan kimsalarning chiqarilib yuborilishi

C) Drakont qonunlarining bekor qilinishi natijasida

D) aslzodalar hokimiyatining o‘rnatilishi natijasida

9. Afinada qaysi davlat organiga strateg boshchilik qilgan?

A) Senat B) Xalq tribuni C) Xalq sudyasi

D) Beshyuzlar kengashi

10. Quyidagi voqealarning qaysilari Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan?

1) boshqaruv tizimi – aristokratiya demokratiyaga almashtirildi; 2) Xalq majlisidagi lavozimlarga haq to‘lash joriy qilindi; 3) Parfenon ibodatxonasi qurildi; 4) huquq va majburiyatlar borasida barchani tenglashtiruvchi qonunlar tuzildi; 5) Afinadan to Pirey dengiz portigacha mudofaa devorlari qurish to‘g‘risida buyruq berildi; 6) Xalq majlisi faoliyati tiklandi

A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 5

11. Yunoniston-Eron urushi necha yil davom etdi?

A) 44 yil B) 41 yil C) 45 yil D) 35 yil

12. Quyidagi voqealardan qaysi biri mil. avv. VI asr oxirida yuz bergan?

A) Solon islohotlari o‘tkazildi

D) Fors viloyatida ahamoniylar davlati tashkil topdi

C) Eron shohlari Kichik Osiyodagi yunon polislarini bosib oldilar

D) Afinadan to Pirey dengiz portigacha mudofaa devorlari qurildi

13. Marafon jangidan 10 yil o‘tgach – ...

1) Ahamoniylar davlatida Kserks hukmronligi boshlandi; 2) Plateya shahri yaqinida yunonlar tomonidan forslar qo‘shini tor-mor keltirildi; 3) Fermopil jangi bolib o‘tdi; 4) Marg‘iyonada forslarga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi; 5) Sparta va Afina o‘rtasidagi Peloponnes urushi boshlandi; 6) Kserks juda katta qo‘shin bilan Yunonistonga bostirib kirdi; 7) yunonlar va forslar o‘rtasida Salamin bo‘g‘ozida hal qiluvchi dengiz jangi bo‘lib o‘tdi; 8) Leonid oshchiligida “Uch yuz spartaliklar jasorati” sodir bo‘ldi

A) 1, 5, 8 B) 3, 6, 7, 8 C) 2, 4, 6, 7 D) 6, 8

14. Qaysi jangdan so‘ng fors shohi Kserks o‘z flotining qoldiqlari bilan Yunonistonni tark etishga majbur bo‘ldi?

A) Salamin jangi B) Marafon jangi

C) Plateya jangi D) Fermopil jangi

15. Yunoniston-Eron urushi davrida sodir bo‘lgan janglarni aniqlang.

l) Granik; 2) Marafon; 3) Fermopil; 4) Kann; 5) Salamin; 6) Troya; 7) Puni; 8) Beotiya; 9) Plateya; 10) Xeroniya.

A) 1, 3, 5, 9 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 5, 9

D) 2, 4, 5, 9, 10

16. Nima sababdan ko‘pgina yunonlar Makedoniya podshosi Filipp II ning Yunonistonni bosib olishiga qarshi emas edi?

A) Filipp II davlatni egallab olgach Yunonistonda tinchlik o‘rnatishga vada bergan edi

B) yunonlar Filipp II tartib o‘rnatadi va polislar o‘rtasida tinchlikni barqarorlashtiradi deb umid qilar edi

C) yunonlar kuchli odamning hukmdor bo‘lishini va qo‘shni xalqlarni bo‘ysundirishiga umid qilar edi

D) Filipp II Yunonistonni bosib olsa, barcha urushlar shu bilan tinchiydi deb hisoblashgan

17. Mil. avv. 337-yilda yunon shahar-davlatlarining ittifoqi qaysi shaharda tuzildi?

A) Sparta B) Korinf C) Afina D) Messina

18. Xeroniya jangidagi g‘alabadan so‘ng Yunonistonni bosib olgan Filipp II yunon shahar-davlatlariga qanday munosabatda bo‘ldi?

A) yunon shahar-davlatlarini erkin deb e’lon qildi

B) yunon shahar-davlatlarini Makedoniya ostida birlashtirdi

C) yunon shahar-davlatlari tashqi siyosatda Makedoniyaga qaram qilib qo‘ydi

D) yunon shahar-davlatlarini O‘rtayer dengizidagi kaloniyalaridan mahrum qildi

19. Quyidagi tushunchalarning qaysilari yunonlarning "Iliada" dostoniga taalluqli?

1) “Sikloplar oroli”; 2) “Troya oti”; 3) “Odisey tovoni”; 4) “Stiks daryosi”; 5) “Argo kemasi”; 6) “Axilles tovoni”; 7) “oltin mo‘yna”; 8) “Axilles hiylasi”

A) 1, 5, 8 B) 2, 6, 7, 8 C) 2, 5, 6, 7, 8

D) 2, 4, 6

20. Mashhur yunon shoir-dramaturgi Sofoklning tragediyalari berilgan qatorni aniqlang.

A) “Qushlar”, “Forslar”

B) “Shoh Edip”, “Antigona”

C) “Shoh Edib”, “Baqalar”

D) “Antigona”, “Suvoriylar”

21. Mashhur yunon olimi Arximedga taalluqli bo‘lgan fikrni aniqlang.

A) barcha narsa ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda-mayda zarralardan – atomlardan tashkil topgan degan nazariyani ilgari surgan

B) Dunyodagi barcha narsa olovdan hosil bo‘lganligi haqidagi nazariyani ilgari surgan

C) ko‘zgular tizimidan foydalanib yorug‘likni bitta yo‘nalishga jamladi va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklar kemalarini yondirib yubordi

D) dengizni uzoq kuzatishi orqali yerning shar shaklda ekanligini aniqladi

22. Mashhur yunon fizigi va matematigi Arximed qaysi shaharda rimliklar tomonidan o‘ldiriladi?

A) Frakiya B) Sirakuza C) Fessaliya

D) Afina


23. Qadimgi yunonlarda Olamga (osmon, yer, dengizda) hukmronlik qiladigan uch xudo qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Apollon, Aid, Femida

B) Zevs, Afina, Apollon

C) Zevs, Poseydon, Afina

D) Zevs, Poseydon, Aid

24. Qadimgi yunonlarning e’tiqodicha, xudolar Yunonistonning qaysi hududlarida yashashgan?

1) Frakiya chegarasida; 2) Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi tog‘da; 3) Krit orolida; 4) Elida viloyatida; 5) Itaka orolida; 6) Olimp tog‘ida; 7) Afina shahridagi tog‘larda; 8) Peloponnesda.

A) 2, 4, 6 B) 1, 5 C) 1, 2, 3, 6 D) 2, 5, 6, 8

25. Quyidagi qaysi qatorda yunon xudolarining ta’rifl noto‘g‘ri berilgan?

A) Demetra – dehqonchilik va hosildorlik xudosi

B) Gefest – temirchilik va hunarmandchilik xudosi

C) Germes – sevgi xudosi

D) Gelios – quyosh xudosi

26. Izohi bir xil bo‘lgan Misr va Yunoniston xudolari nomi berilgan javobni aniqlang.

1) Maat – Femeda; 2) Osiris – Aid; 3) Bastet – Afroteda; 4) Amon-Ra – Geleos; 5) Xatxor – Germes; 6) Tot – Eros

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 6 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 5, 6

27. Yunonlarning oliy xudosi Zevsning ukasi – dengiz xudosi, qizi – donishmandlik ilohasi. Uning o‘g‘li qanday xudo hisoblangan?

A) quyosh xudosi

B) yorug‘lik, musiqa va she’riyat xudosi

C) muhabbat, she’riyat va go‘zallik xudosi

D) o‘rmonlar va ovchilik xudosi

28. Quyidagi atamalar orasidan Qadimgi Yunonistonga taalluqligini aniqlang.

1) ilot; 2) goplit; 3) plebey; 4) polis; 5) konsul; 6) patritsiy; 7) oykumena; 8) got; 9) metek; 10) kolon; 11) palestr; 12) mino.

A) 1, 2, 4, 7, 9, 11 B) 1, 2, 4, 7, 8, 9, 10

C) 1, 2, 3, 4, 8, 9, 10, 12 D) 1, 2, 5, 6, 7, 10,11

29. Qadimgi Yunoniston geograflk o‘rnining o‘ziga xosligi nimada?

1) Reyn daryosining joylashganligi; 2) o‘rmonlarning kamligi; 3) mamlakatning uchdan bir qismini tog‘lar egallaganligi; 4) ko‘plab cho‘llardan iboratligi; 5) jazirama havo, ishlov berish uchun qulay serunum yerlar, o‘rmonlar va botqoqlarning mavjudligi; 6) serunum dalalar faqat vodiylarda bo‘lganligi.

A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 5

30. Nima sababdan Qadimgi oddiy yunon dengizchilari qisqa masofalarga suzishgan?

A) O‘rtayer dengizining xaritasi bo‘lmaganligi sababli

B) O‘rtayer dengizida qaroqchilik holatlarining ko‘pligi sababli

C) qayiqlar uzoq masofaga boradigan darajada sifatli qilinishining imkoni bo‘lmaganligi sababli

D) oddiy eshkakli qayiqlar mavjudligi va kompasning bo‘lmaganligi sababli

31. Olimp tog‘i Yunonistonning … joylashgan.

A) janubiy-sharqida B) markaziy qismida

C) sharqida D) shimoliy-sharqida

32. Qadimgi Yunonistonga xos bo‘lgan atamalarni toping?

A) polis, en, falanga, zand

B) teatr, tragediya, agora, kentavr

C) pedagog, sepat, demokratiya, teatr

D) sarkofag, polis, tamkar, teatr

33. Ma’lumki, Afinada harbiy xizmat ikki yil davomida o‘talgan. Xizmatning har bir yili uchun alohida majburiyatlar yuklangan edi. Javoblarning qaysi birida xizmatning birinchi yili uchun askarlarga yuklanmagan majburiyat keltirilgan?

A) Qurol taqib yurish

B) Ochlik va sovuqqa chidamli bo‘lish

C) safda yurish

D) Attika chegara qal’alarida harbiy xizmat o‘tash

34. Afinada qachondan boshlab davlat organlarida ishlashga muayyan haq to‘lana boshlandi?

A) mil.avv. V asr B) mil. avv. IV asr

C) mil.avv.III asr D) mil.avv.VI asr

35. ”Akropol” so‘zining ma’nosi nima?

A) shahar-davlat B) yuqori shahar

C) shahar maydoni D) bozor

36. Quyidagilarning qaysi biri Afina davlatiga katta daromad keltirgan?

A) bog‘dorchilik va savdo-sotiq

B) uzumchilik, kemasozlik, savdo

C) kumush konlari va tuz qazib olish

D) qul savdosi va chorvachilik

37. Doriylar Mikenni … bo‘ysundirdilar.

A) mil. avv. XII sarda B) mil.avv. IX asrda

C) mil.avv. XIII asrda D) mil.avv. VIII asrda

38. Quyida keltirilgan javoblardan noto‘g‘risini toping.

A) Afina palestrlarida adabiyot, she’r, musiqa o‘rgatilgan

B) Spartada chiroyli ibodatxonalar, turar joy binolari, san’at asarlari bo‘lgan

C) Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lgan

D) Spartada to‘la-to‘kis huquqqa ega bo‘lmaganlar perieklar deb atalgan

39. Mil.avv.VIII-VI asrlarda yunonlar O‘rtayer dengizi sohillarida tashkil qilgan koloniyalari qancha bo‘lgan?

A) yuzdan ortiq B) qirqqa yaqin

C) yigirmadan ortiq D) saksonga yaqin

40. ”Yunonistonning ko‘pgina shaharlarida bo‘ldim, xalq zodagonlarga qarshi chiqayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Kambag‘allarga qullar kelib qo‘shilmasdan turib, xalq talablarining bir qismini bajarish kerak”, ushbu gaplar kimga tegishli?

A) Perikl B) Solon C) Demosfen D) Gomer

41. Periklning vafoti to‘g‘risidagi berilgan javoblarning qaysi biri to‘gri?

A) o‘z ajali bilan vafot etgan

B) vabo kasali bilan vafot etgan

C) Senatda fitna qurboni bo‘lgan

D) o‘limi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q

42. Afinadan to Periy portigacha mudofaa devorini qurish to‘g‘risida farmon bergan hukmdorni aniqlang?

A) Perikl B) Filipp II C) Solon

D) Makedoniyalik Aleksandr

43. Mil.avv. 490-yilda bo‘lgan Marafon janggida yunonlarga kim qo‘mondonlik qilgan?

A) Leonid B) Femistokl C) Miltiad

D) Demosfen

44. Marafon janggining hal qiluvchi pallasida yunonlar forslarning nechta kemasini egallab oldilar?

A) 11 ta B) 6 ta C) 13 ta D) 7 ta

45. Yunon-fors urushlaridan keyin tuzilgan shartnomaga muvofiq…

A) Old Osiyodagi barcha yunon polislari o‘z mustaqilligini e’tirof etdi

B) Forslar Kichik Osiyoni tark etadigan va yunonlarga soliq to‘lab turadigan bo‘ldi

C) Qora va O‘rta dengiz sohillaridagi barcha yerlar yunonlar qo‘liga o‘tdi

D) A va B

46. Filipp II ning Eronga qarshi urusi uchun topgan bahonasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Yunon-fors urushlari davrida etkazilgan zarar uchun qasos olish

B) Kserks Eronga olib ketgan yunon xudolarini asirlikdan qutqazish

C) Kichik Osiyodagi yunonlarni fors zulmidan ozod qilish

D) A va B

47. Qadimgi Troya shahri qoldiqlarini kim, qachon topgan?

A) 1877-yil Fransua Shampolyon

B) 1838-yil Genrix Shlimann

C) 1871-yil Stef Tomson

D) 1870-yil Genrix Shlimann

48. Bundan ikki yarim ming yil muqaddam qadimgi Yunonistonda …

A) teatr dunyoga keldi

B) Ibodatxonalar qurila boshlandi

C) Olimpia o‘yinlari to‘xtab qoldi

D) Yunon-eron urushlari yakunlandi

49. Troya shahri qoldiqlari Turkiyaning qaysi hududidan topilgan?

A) Anqara shahri yaqinidan

B) Hisorlik tepaligi xarobalari hududidan

C) Istambul shahri chekkasidan

D) Qadimgi Kappadokiya hududi tepaligidan

50. Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart degan fikrni o‘z ta’limotining asosi qilib olgan faylasufni aniqlang?

A) Geraklit B) Demokret C) Arestotel

D) Diogen

51. Bizni qurshab turgan hamma narsa ko‘zga ko‘rinmaydigan mayday zarralar – atomlardan tashkil topgan degan fikrni kim ilgari surgan?

A) Demokret B) Diogen C) Geraklit

D) Aristotel

52. Gerakl qanday xizmati uchun Olimp tog‘idagi xudolar saltanatida faxrli o‘ringa ega bo‘ldi?

A) Olimpia o‘yinlariga asos solganligi uchun

B) Olimpia o‘yinlaridagi ketma-ket 3 marta g‘alabasi uchun

C) Insonlar orasidagi eng kuchli va jasuri bo‘lgani uchun

D) Ko‘rsatgan o‘n ikki jasorati uchun

53. Kentavrlar – bu …

A) peshonasida bitta ko‘zi bo‘lgan afsonaviy mavjudotlar

B) yarim ot, yarim odam shaklidagi mavjudotlar

C) yarim qush, yarim ayol qiyofasidagi mavjudotlar

D) xudodan tug‘ilgan pahlavonlar

54. Yunon-fors urushlari davrida Kserks buyrug‘i bilan qaerda ko‘prik qurildi?

A) Gellespont bo‘g‘ozida

B) Steks daryosi ustida

C) Bosfor daryosi ustida

D) Dardanel bo‘g‘ozi ustida

55.Yunonistonda necha yoshdan boshlab yozuv va hisob o‘rgatilgan.

A) 5 B) 6 C) 7 D) 8

56. Qadimgi Afinada fuqarolar necha yoshdan boshlab Xalq sudlari faoliyatida ishtirok etgan?

A) 20 yosh B) 30 yosh C) 40 yosh D) 50 yosh

57. Yunon-Eron urushida forslar qaysi jangda g‘alaba qozona oldi?

A) Salamin jangida B) Plateya jangida

C) Fermopil jangida D) Marafon jangida

58. “Uch yuz spartaliklar jasorati”, degan nom bilan tarixga kirgan jangni aniqlang.

A) Salamin jangi B) Plateya jangi

C) Fermopil jangi D) Marafon jangi

59. Quyidagi mashhur notiqlardan qay biri yoshligida duduq bo‘lib, dengiz shovqini ostida mashq qilgan?

A) Demosfen B) Suqrot C) Solon D) Perikl

60. Qadimgi Yunonistonda Olimpia o‘yinlari o‘tkazilishi boshlanganidan qancha vaqt o‘tib, uni o‘tkazish to‘xtab qoldi?

A) 2250 yil B) 1066 yil C) 1170 yil

D) 1950 yil

61. Quyidagi iboralarning qaysi biri yunon faylasufi Platonga tegishli?

A) “Bizni qurshab turgan hamma narsa ko‘zga ko‘rinmaydigan mayday zarralar – atomlardan tashkil topgan”

B) “Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart”

C) “Daryoga ikki marta sho‘ng‘ib bo‘lmaydi”

D) “Xudo bizning-o‘zimizdadir”

62. Tesey va Ayaks qaysi xalqning afsonaviy qahramonlari hisoblanadi?

A) rim B) yunon C) german D) xett

63. Qora dengiz sohillarida yunonlarning quyidagi qaysi koloniyalari joylashgan edi?

1) Pantikapey, 2) Olviya, 3) Tir, 4) Tanais, 5) Kirena, 6) Milet, 7) Fasis

A) 1, 2, 4, 7 B) 2, 4, 5 C) 1, 5 D) 1, 4, 5

64. Afina shahrida markaziy maydon qanday nomlangan?

A) altar B) forum C) tribuna D) agora

65. Yunonistonda Drakont qonunlari qachon qabul qilingan?

A) mil.avv. 621- yil B) mil.avv. 627- yil

C) mil.avv. 612- yil D) mil.avv. 605- yil

66. Perikl necha marotaba strateg lavozimiga qayta saylangan?

A) 11 B) 10 C) 13 D) 15

67. Afinada mansabdor shaxslar ...ga hisobot bergan.

A) Beshyuzlar kengashi

B) Xalq Majlisi C) strateg D) Xalq Sudi

68. Perikl qaysi haykaltarosh bilan do‘st tutingan?

A) Fidiy B) Miron C) Poliklet D) Dedal

69. “... halok bo‘ldanlarning jasadi bilan birga yunonlarning ozodligi va erki ham dafn etilgan edi ” – o‘sha zamonda yashagan muallif qaysi jang haqida yozgan edi?

A) Plateyada B) Salaminda C) Xeroneyada

D) Fermopilda

70. Olimpiada o‘yinlari g‘oliblari nima bilan taqdirlangan.

A) Parfenon ibodatxonasida haykali o‘rnatilgan

B) kumush dastali qilich berilgan

C) zaytun daraxti novdalaridan to‘qilgan gulchambar berilgan

D) Olimp tog‘ida qurbonlik qilishga ijozat berilgan

71. Qachon yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilishgan?

A) mil. avv. 1200-yilda B) mil. avv. 1450-yilda

C) mil. avv. 1500-yilda D) mil. avv. 1300-yilda

72. Qaysi yunon faylasufi hech mahal o‘z asarlarini qog‘ozga tushirmagan?

A) Suqrot B) Arximed C) Diogen

D) Demokrit

73. Qadimgi davrda yunon shaharlarining ko‘pchiligi qay tarzda tashkil topgan?

A) bir qancha manzilgohlarning birlashishi yo‘li bilan

B) iqlim sharoiti qulay bo‘lganligidan aholining ko‘chib kelishi natijasida

C) tashqi dushmanlarning bostirib kirib, o‘z shaharlarini bunyod etishlari natijasida

D) dengiz yaqin bo‘lganligi sababli bandargohlarda aholi ko‘payishi natijasida

74. Qadimgi Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari bo‘lib, ularda kimlar o‘qish imkoniyatiga ega edi?

A) faqat harbiy bo‘lishni istaganlar

B) palestrni tamomlagan barcha fuqaro

C) o‘ta boy ota-onalarning farzandlari

D) faqatgina strateglarning farzandlari

75. Afina davlatida Solon hukmronligi davrida kimlar qabul qilinayotgan qonunlar muhokamasida va ovoz berishda ishtirok eta olmasdilar?

A) ayollar va meteklar

B) perieklar va Afina fuqarolari

C) qullar, meteklar, fuqarolar

D) ajnabiylar, ozod afinaliklar, fuqarolar

76. Afina hukmdori Solon davlat bosliqaruvi sohasida qanday islohotni amalga oshirdi?

A) Xalq majlisining vakolatlari qisqartirildi va Afinaning barcha aholisi xalq yig‘inlarida qatnashadigan bo‘ldi

B) Xalq majlisi faoliyati tiklandi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyati yaratildi

C) Strateg lavozimi tashkil etilib, Beshyuzlar kengashi faoliyatini nazorat qiladigan bo‘ldi

D) barcha amal qilishi lozim bo‘lgan qat’iy intizom va aniq rejalashtirilgan turmush tarzi zo‘ravonlik bilan o‘rnatildi

77. Qadimgi Yunoniston shaharlarida elchilar “Bizning hukmdorimiz, kunchiqardan kunbotargacha barcha odamlarning birdan-bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir” deb o‘zlarining qaysi hukmdorini nazarda tutgan edi?

A) Doro I B) Kserks C) Kir II D) Kambiz

78. Quyidagi sanalarning qaysilari Olimpiada o‘yinlari tarixida muhim hisoblanadi?

l) 394-yil; 2) mil. avv. 776-yil; 3) 1822-yil; 4) mil. avv. 778-yil; 5) 1896-yil; 6) mil. avv. 394-yil.

A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 6 C) 2, 3, 6 D) 2, 5, 6

79. Yunonlarning Parfenon ibodatxonasi peshtoqining yuqori qismida nima tasvirlangan?

A) Olimpia o‘yinlari manzarasi

B) miflardagi ulkan mavjudodlar tasviri

C) hukmdorlar va sarkardalar tasviri

D) xudolar siymosi

80. Quyidagilarning qaysilari qadimgi yunon faylasuflari hisoblanadi?

l) Diogen; 2) Dyuperron; 3) Miltiad; 4) Geraklit; 5) Demokrit; 6) Pompey Trog; 7) Aristotel; 8) Arrian; 9) Platan; 10) Strabon; 11) Suqrot; 12) Aristofan

A) 1, 3, 4, 5, 7, 8, 9, 11, 12

B) 1, 4, 5, 7, 9, 11

C) 1, 4, 8, 9, 10, 11, 12 D) 1, 5, 6, 9, 11, 12

IV BOB (69 tasi yangi )




1. Quyidagi qaysi tarixiy voqealar orasida 11 yil farq bor?

1) Filipp II vafoti va Aleksandr Makedonskiyning Hindistonni tark etishi;

2) Aleksandr Makedonskiyning sharqqa yurishi boshlanishi va vafoti;

3) Xeroniya yaqinidagi jang va Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyodan chiqib ketishi;

4) Koringda yunon-shahar davlatlarining ittifoqi va Spitamen bilin Aleksandr o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘ldi;

5) Aleksandr Makedonskiy vafot etdi va Salavka Bobil davlati hukmdori bo‘ldi;

6) Kserks hukmronligi boshlanishi va uning vafot etishi;

7) Aleksandr Maroqandani egalladi va yunon-makedon qo‘shinlari Hindistondan butunlay quvib yuborildi.

A) 1, 2, 6 B) 1, 2, 3, 5, 7 C) 2, 4, 6, 7

D) 2, 4, 6

2. Doro I hukmronligining uchinchi yili sodir bo‘lgan voqeani aniqlang?

A) Qora dengiz bo‘ylariga yurish boshlandi

B) Yunonistonga qarshi yurish boshlandi

C) Saklar ustiga yurish boshlandi

D) Frada boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi

3. O‘rta Osiyo hududida dastlabgi tanga-pullar … tarqalgan.

A) mil.avv. V-IV asrlarda

B) mil.avv. III-II asrlarda

C) mil.avv. VII-VI asrlarda

D) mil.avv. IX-VIII asrlarda

4. Mil.avv. IV asrda …

A) O‘rta Osiyo satrapliklarga bo‘lindi

B) Saklar, xorazmiylar va massagetlar Ahamoniylar davlati tarkibidan chiqdi

C) Tarixchi Polien yashagan

D) Ilk shahar ko‘rinishidagi manzilgohlar paydo bo‘ldi

5. Javoblarda keltirilgan Ahamoniy hukmdorlaridan qaysi birining hukmronligi ko‘proq davom etgan?

A) Doro I B) Kir II C) Kserks

D) Kambiz II

6. Salamin yaqinidagi dengiz jangida halok bo‘lgan navqiron baqtriyalik jangchilar tilga olingan tragedik asarni va uning muallifini aniqlang.

A) “Antigona”, Sofokl

B) “Harbiy hiylalar”, Polien

C) “Shoh Edib”, Sofokl

D) “Forslar”, Esxil

7. Arxeologik va yozma manbalar mil. avv. VI-IV asrlarda O‘rta Osiyo xalqlarining qanday sohalar taraqqiyotida yuksak darajaga erishganlaridan dalolat beradi?

A) zargarlik, hunarmandchilik, tikuvchilik, kulolchilik, binokorlik

B) badiiy o‘ymakorlik, ganchkorlik, kulolchilik, kovushdo‘zlik

C) dehqonchilik, chorvachilik, me’morchilik, gachkorlik

D) kulolchilik, so‘zana to‘qish, badiiy o‘ymakorlik, gachkorlik

8. Doro I hukmronligining nechanchi yilida Marafon jangi bo‘lib o‘tdi?

A) 15 B) 28 C) 36 D) 32

9. Fors shohi Kir II ning massagetlar ustiga yurishi va Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olon orasidagi farq necha yilni tashkil qiladi?

A) 10 yil B) 12 yil C) 8 yil D) 14 yil

10. Quyida keltirilgan shaharlardan qaysi birlari Ahamoniylar davridagi yirik hunarmandchilik markazlari hisoblangan?

1) Afrosiyob; 2) Zamonbobo; 3) Tuproqqal’a; 4) Qiziltepa; 5) Sarazm; 6) Uzunqir; 7) Yerqo‘rg‘on; 8) Ko‘zaliqir

A) 1, 4, 6, 7, 8 B) 1, 3, 5, 8 C) 2, 3, 4

D) 1, 2, 3, 4

11. Makedoniyalik Aleksandr Sharqda bosib olgan ulkan hududda yunon madaniyatini tarqalishiga imkon yaratish maqsadida qanday usulni amalga oshirgan edi?

A) bosib olingan hududlarda vatanparvarlik kurashiga moyil bo‘lgan zodagonlarni pul evaziga yunonlarga sodiq odamga aylantirdi

B) bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi

C) bosib olingan hududlarda yunon urf-odatlarini majburan singdiradi

D) kambag‘al aholiga arzimas pullar berilishi evaziga yunon xudolariga ishontirilgan

12. Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari davrida O‘rta Osiyolik otliq jangchilarning dushmanlarni pistirmaga duchor qiladigan taktikasi qanday edi?

A) ikki qanotga eng tezchopar otlar qo‘yilgan va jang boshlanishi bilan ular dushmanni o‘rab olgan

B) markazning chekinishi evaziga dushmanlar pistirmaga tushib qolgan, qanot orqa tomondan o‘rab olgan

C) dushmanni daralarga chaqirib, qoyalar orasidan chiqib o‘rab olishgan

D) yolg‘ondakam chekinishgan va boshqa tomondan dushmanni pistirmaga duchor qilishgan

13. Bir yilda bo‘lib sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

l) Makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari Maroqandani egalladi; 2) Spitamen boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi; 3) Spitamen Zarafshon daryosi bo‘yida makedon qo‘shinlarini tamomila qirib tashlaydi; 4) Aleksandr Sirdaryo bo‘yida, Xo‘jand yaqinida Aleksandriya Esxata shahri qurilishiga buyruq berdi; 5) Spitamen va Aleksandr o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi; 6) Aleksandr asosiy qo‘shinlari bilan qishlov uchun Zariasp (Baqtriya)ga jo‘nadi; 7) o‘z lashkarlarini uch qismga bo‘lib, So‘g‘diyonaning u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlaydi; 8) Spitamen ko‘chmanchi qabilalar boshliqlari tomonidan xoinlarcha o‘ldiriladi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə