Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə30/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60

A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 5

42. Boburiylarga qarshi kurashgan afg‘on qabilalarining yetakchisi Sherxon Sur qaysi hududda joylashib olgan edi?

A) Sind va Kashmirda B) Bixor va Bengaliyada

D) Panjob va Multonda D) Sikri va Kalikutda

43. Sherxon surdan mag‘lubiyatga uchragan Humoyun qayerga qochadi?

A) Xitoyga B) Balxga C) Eronga D) Turkiyaga

44. Hindistonda Akbarshoh davrida amalga oshirilgan tadbirlarni aniqlang.

1) taxt uchun boburiylarga qarshi kurashning yetakchi kuchlari – afg‘onlarning Sur sulolasi butunlay yanchib tashlandi; 2) hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan; 3) imperiya hududida yagona savdo solig‘i joriy etilgan; 4) musulmon bo‘lmagan fuqarolarni islom diniga o‘tkazish uchun harakat qildi; 5) ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliq undirilgan; 6) soliq yig‘uvchi idoralardagi mansabdor hindlar asta-sekinlik bilan lavozimlaridan bo‘shatila boshlandi; 7) davlat idoralaridagi lavozimlar, dini va mazhabidan qat`iy nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlangan; 8) hindlar qaytadan “jizya” solig‘ini to‘lashga majbur etildi

A) 1, 2, 3, 5, 7 B) 1, 2, 4, 6, 8 C) 2, 3, 5, 6, 8

D) 3, 4, 5, 7, 8

45. Musulmon savdogarlari soliqdan ozod qilingani holda, hind savdogarlariga tovarning besh foizi miqdorida soliq joriy etgan hukmdorni aniqlang.

A) Bobur B) Akbar C) Shoh Jahon

D) Avrangzeb

46. Humoyun Hindiston taxtining da’vogarlarini tor-mor etib, yana hokimiyatni o‘z qo‘liga qaytarib olgan yili …

A) Antoniy Jenkinson Xiva va Buxoroga keldi

B) “Moskva kompaniyasi” tashkil etildi

C) boburiylar tomonidan afg‘on qabilalari butunlay mag‘lub etildi

D) Eronda Qalandar boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi

47. Hindistonda Avrangzeb davrida amalga oshirilgan tadbirlarni aniqlang.

1) U o‘zini shoh deb e’lon qildi; 2) imperiya hududi yanada kengaydi; 3) musulmon bo‘lmagan fuqarolarni islom diniga o‘tkazish uchun hech narsadan qaytmadi 4) hindlar qaytadan “jizya” solig‘ini to‘lashga majbur etildi; 5) hindlarning muqaddas ziyoratgohlarga boruvchilaridan ham soliq olinadigan bo‘ldi; 6) musulmon savdogarlari soliqdan ozod qilingani holda, hind savdogarlariga tovarning besh foizi miqdorida soliq joriy etildi; 7) soliq yig‘uvchi idoralardagi mansabdor hindlar asta-sekinlik bilan lavozimlaridan bo‘shatila boshlandi; 8) imperiya hududida yagona savdo solig‘i joriy etilgan.

A) 1, 4, 6, 8 B) 2, 5, 6, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7

D) barchasi to‘g‘ri

48. Yaponiyada Oda Nobinaga davrida amalga oshirilgan tadbirlarni aniqlang.

1) u mamlakat viloyatlarining deyarli yarmini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi; 2) har bir viloyat savdosi uchun misdan tangalar zarb qildirdi; 3) iqtisodiy taraqqiyotga to‘sqinlik qilayotgan mahalliy soliq va bojxona to‘lovlarini bekor qildi; 4) savdo yo‘llari va ko‘priklar ta’mirlandi; 5) shaharlarga bozorlar ochish huquqi berildi; 6) tilla va kumush tangalarni muomalaga kiritdi.

A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 6 D) 1, 3, 4, 5, 6

49. Oda Nobinaga nima sababdan Yaponiyada xristianlik dini tarqalishiga homiylik qilgan edi?

1) Chunki bu davrda budda dini peshvolari Oda Nobunagaga dushman bo‘lgan kuchlarni qo‘llab-quvvatlamoqda edi; 2) Portugaliya yordamida markaziy hokimiyatni egallash va butun yapon xalqini bo‘ysundirish maqsadida shunday qilgan edi; 3) Oda tezlik bilan qo‘shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to‘la qurollantirish maqsadida ham shunday qilgan edi; 4) Oda shu yo‘l bilan Yaponiyaning tashqi savdosini rivojlantirmoqchi edi.

A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 3

50. Bir yilda vafot etgan hukmdorlarni aniqlang.

1) Fyodor Ivanovich; 2) Abdullaxon II; 3) Abbos I; 4) Abaxay; 5) Abdulmo‘min ibn Abdullaxon; 6) Toyotomi Xidayosi; 7) Shoh Jahon; 8) Asikaga Takauden.

A) 1, 2, 5, 6 B) 4, 5, 7, 8 C) 1, 3, 5, 7

D) 2, 4, 6, 8


III BOB


1. Qachondan Angliya qishloq xo‘jaligida mashinalar va kimyoviy o‘g‘itlar ishlatish boshlandi?

A) XIX asr 40-yillari B) XIX asr 20-yillari

C) XVIII asr 80-yillari D) XIX asr 70-yillari

2. Buyuk Britaniya parlamenti nechanchi yilda ish tashlashda qatnashishni ta’qiqlovchi qonun qabul qildi?


A) 1832-yil B) 1825-yil C) 1851-yil D) 1868-yil

3. XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo‘lgan davrda Buyuk Britaniya hayotidagi qaysi o‘zgarishlar Buyuk Britaniyaning “dengizlar hukmroni” mavqeyini yanada mustahkamladi?

1) tuproq yo‘llar o‘rniga asfalt yo‘llarning ishlay boshlashi; 2) temiryo‘l qurilishi; 3) parovozsozlik paydo bo‘lishi; 4) qudratli savdo va harbiy dengiz floti yaratilishi; 5) sanoat ishlab chiqarishning to‘liq mustamlakalarga bog‘lanib qolganligi; 6) sanoat inqilobining tugallanishi.

A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6

4. Tarixga “Xalqlar urushi” nomi bilan kirgan urush qayerda bo‘lgan edi?
A) Vena yaqinida B) Borodino qishlog‘ida

C) Vaterloo yonida D) Leypsig ostonasida

5. Vena Kongressida qatnashgan davlatlarni aniqlang?
1) Buyuk Britaniya; 2) Italiya; 3) Daniya; 4) Ispaniya; 5) Avstriya; 6) Polsha; 7) Belgiya; 8) Rossiya; 9) Prussiya; 10) Shvetsiya; 11) Portugaliya; 12) Fransiya

A) 1,4,5,8,9,10,11,12 B) 1,2,3,8,10,11,12

C) 2,3,6,7,8,10,11,12 D) 3,4,5,6,7,9,10,11

6. Quyida keltirilgan monarxlarning qaysi biri moliyachi bo‘lgan?


A) Karl X B) Lyudovik XVIII C) Lui Filipp

D) Napoleon III

7. 1832-yilga kelib Angliyada saylovchilar soni … ga yetdi.
A) 2 mln. B) 600 ming C) 200 ming D) 1 mln.

8. Vena Kongressining qaroriga ko‘ra, g‘olib davlatlarga qo‘shib beriglan hududlarni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 1) Buyuk Britaniya; 2) Rossiya; 3) Prussiya; 4) Avstriya; 5) Gollandiya.

a) Malta, Seylon orollari, Afrikaning janubidagi Kapa yeri; b) Polshaning katta qismi; c) Reyn viloyati, Vestfaliya, Polshaning g‘arbiy yerlari; d) Shimoliy Italiya; e) Belgiya

A) 1-a; 2-e; 3-c; 4-d; 5-b B) 1-e; 2-c; 3-b; 4-d; 5-a

C) 1-b; 2-a; 3-c; 4-e; 5-d D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e

9. Fransiyada “Iyul monarxiyasi” davridagi bosh vazirni aniqlang.


A) Lui Filipp B) Gizo C) Papin D) Lui Bonapart

10. Ma’lumki, Vena Kongressiga ko‘ra, parchalangan Germaniya o‘rnida 39 ta davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuzilgan edi. Bu ittifoqqa qaysi hudud yetakchilik qildi?


A) Prussiya B) Vestfaliya C) Reyn D) Avstriya

11. 1870-yil Rim shahri Italiya qirolligiga qo‘shib olingunga qadar qaysi davlat ta’sirida bo‘lgan?


A) Ispaniya B) Neapol qirolligi C) Fransiya

D) Germaniya

12. Rossiyada sanoat to‘ntarishi qachon tugallandi?
A) XIX asr 30-yillari B) XIX asr 90-yillari

C) XIX asr 60-yillari D) XIX asr 40-yillari

13. Italiya qirolligining bosh vaziri K. Kavur qanday tuzum tarafdori edi?
A) mutloq monarxiya

B) konstitutsiyaviy monarxiya

C) mo‘tadil respublika

D) parlamentar respublika

14. Prussiya qirolligida Konstitutsiya joriy qilingan yilni aniqlang?
A) 1848-yil B) 1860-yil C) 1861-yil D) 1852-yil

15. Quyidagi qaysi Yevropa davlati tashqi siyosatda “nifoq solib, hukmronlik qil” qoidasini ustalik bilan qo‘llagan?

A) Angliya B) Ispaniya C) Fransiya

D) Portugaliya

16. “Muqaddas ittifoq”qa qaysi davlatlar kirgan edi?

A) Angliya, Avstrya, Fransiya

B) Rossiya, Avstrya, Prussiya

C) Prussiya, Ispaniya, Angliya

D) Rossiya, Belgiya, Shvetsiya

17. Angliya parlamenti nechanchi yilda to‘qqiz yoshgacha bo‘lganlar mehnatini taqiqladi?

A) 1832-yil B) 1867-yil C) 1833-yil D) 1848-yil

18. Ma’lumki, 1830-yil Parijda inqilob boshlangan edi. Inqilobning maqsadi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Fransiyada yalpi parlament tashkil qilish

B) Voyaga yetmaganlar mehnatini taqiqlash

C) Konstitutsion monarxiya tuzumini o‘rnatish

D) Fransiyada respublika tuzumini o‘rnatish

19. 1866-yil Prussiyadan tashqari nechta nemis davlati “Shimoliy Germaniya Ittifoqi”ga kirdi?
A) 22 ta B) 39 ta C) 23 ta D) 42 ta

20. XIX asr o‘rtalarida Rossiya aholisining necha foizi shaharlarda istiqomat qilar edi?


A) 8 % B) 18 % C) 25 % D) 30 %

21. Borodino jangida ko‘rsatgan jasorati uchun oltin dastali qilich bilan mukofotlangan siyosiy arbobni aniqlang.


A) N. Muravyov B) P. Pestel C) Nikolay I

D) A. Suvorov

22. Rossiyada krepostnoy huquqning bekor qilinishi natijasida pomeshchik o‘z ixtiyorida bo‘lib kelgan yerning ..., cho‘l hududlarda esa ... qismini saqlab qolish huquqiga ega bo‘ldi.

A) 4/1, yarmini B) 5/1, 31 D) 1/3, 1/2

D) 9/1, 3/1

23. Vikup nima?


A) jazo tariqasida boshqa yerlarga jo‘natish

B) harbiy qism joylashtiriladigan maxsus bino

C) krepostnoy dehqonning o‘ziga berilgan yerni haq to‘lash evaziga sotib olish

D) barcha soliqlardan ozod bo‘lish

24. Dog‘iston, Checheniston va Adigey hududlarida Rossiya imperiyasi bosqiniga qarshi kim uzoq vaqt kurash olib bordi?
A) Shomil B) Edigey C) Ye.Pugachiyov

D) Netay


25. Dekabristlar Rossiyadagi mavjud tuzumni qay tartibda o‘zgartirishga harakat qilganlar?

A) muzokaralar yo‘li bilan

B) qurolli qo‘zg‘olon yordamida

C) parlament tashkil etish orqali

D) chet el davlatlari ko‘magi bilan

26. Rossiyada 1861-yilgi islohotga ko‘ra, dehqon shu vaqtgacha hukumat qarorida belgilanganidan ko‘proq miqdordagi yerdan foydalanib kelgan bo‘lsa, uning ortiqchasi pomeshchikka o‘tkazilar edi. Bunday yerlar nima deb atalgan?

A) chek yer B) otrezka C) vikup D) oprichnina

27. Otto fon Bismark nechanchi yildan Germaniyani birlashtirishga rahbarlik qila boshladi?

A) 1864-yil B) 1866-yil C) 1861-yil D) 1848-yil

28. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang?


A) Italiya qirolligi tashkil topdi, Butun Kavkaz Rossiya tarkibiga o‘tdi

B) Angliyada ikkinchi parlament islohoti o‘tkazildi, Kanada dominion maqomini oldi

C) “Tilzit shartnomasi” imzolandi, Napoleon qo‘shinlari Berlinni egalladi

D) Napoleon I vafot etdi, Rossiyada dekabristlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi

29. Napoleon I ning qaysi siyosati Fransiyani Yevropa va jahon hukmronligi uchun o‘z tinkasini quritadigan urushga duchor etdi?

A) Rossiya bilan ikki bor urushga kirishi

B) Markaziy Yevropaga tahdid solishi

C) Afrikadagi mustamlakalarni egallash siyosati

D) qit’a qamali

30. Vena Kongressiga ko‘ra, Belgiya…

A) Mustaqil deb e’lon qilindi

B) Ispaniyaga qo‘shib berildi

C) Gollandiyaga qo‘shib berildi

D) Abadiy betaraf maqomiga ega bo‘ldi

31. 1830-yil Parijda boshlangan inqilobning harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi?

A) yangi dvoryanlar, savdogarlar, ziyolilar, dehqonlar

B) burjuaziya, ishchilar, hunarmandlar, studentlar

C) savdogarlar, dehqonlar, chorvadorlar, mayda burjuaziya

D) savdogarlar, hunarmandlar, harbiylar, mayda yer egalari

32. Avstrya poytaxti Vena nechanchi yilda Napolion qo‘shinlari tomonidan egallandi?

A) 1805-yil B) 1806-yil C) 1807-yil D) 1812-yil

33. “Xalqlar urushi”dan keyin Napoleon qayerga surgun etildi.

A) Yelena oroliga B) Korsika oroliga

C) Elba oroliga D) Olviya oroliga

34. 1861-yilda kelib Avstraliyadagi oq tanli aholi qanchaga yetdi?

A) 600 ming B) 1 mln. 300 ming

C) 2 mln. D) 1 mln. 200 ming

35. Jahon tarixida birinchi marta qaysi davlat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligidan sanoatga o‘tildi?

A) Fransiya B) Gollandiya C) Italiya

D) Angliya

36. Ma’lumki, 1834-yil Lion to‘quvchilari ikkinchi marta qo‘zg‘olon ko‘targan edi. Ishchilarning hukumat qo‘shini bilan janglari necha kun davom etgan?

A) 3 kun B) 6 kun C) 11 kun D) 4 kun

37. Kim yaratgan konstitutsiya loyihasiga ko‘ra, samoderjaviyeni, krepostnoy huquqini yo‘q qilish va Rossiyada Respublika idora usuli joriy etish ko‘zda tutildi?

A) P. Pestel B) V. Belinskiy C) A. Gersenlar

D) N. Muravyov

38. 1845 va 1847-yillarda Fransiyada qanday tabiiy ofat yuz berdi.

A) suv toshqini B) yer qimirlashi C) qurg‘oqchilik

D) o‘rmon yong‘inlari

39. 1867-yilda Angliyada saylovchilar soni qanchani tashkil etgan.

A) 1 mln. 200 ming B) 600 ming C) 1 mln.

D) 2 mln.

40. XIX asr tarixga qanday nom bilan kirgan?

A) sanoat inqilobi asri B) temiryo‘l va telegraf asri

C) bug‘ asri D) industrial asr

41. Napoleon armiyasi Prussiya poytaxti Berlinni egallagan yil ...
A) Eltuzar Xiva xonligi taxtiga o‘tirdi

B) Muqaddas Rim imperiyasi faoliyati tugadi

C) Amir Haydarga qarshi ukasi Dinnosirbek qo‘zg‘olon ko‘tardi

D) “Tilzit shartnomasi” imzolandi

42. XIX asrning 60-yillarigacha bo‘lgan davrda Rossiya iqtisodiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat edi?

1) krepostnoylik tartiblari mavjudligi; 2) kustar va manufaktura ishlab chiqarish hukmronligi; 3) mashinalashgan ishlab chiqarishni keng rivojlantirish uchun yetarli kapitalga ega emasligi; 4) natural xo‘jalik hamon kuchliligi; 5) to‘qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kon sanoati yetakchi o‘rinni egalladi; 6) dunyoda ikkinchi marta temiryo‘l qurildi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 4, 5, 6

43. Rossiyada krepostnoy huquqning bekor qilinishi natijasida dehqon uchun eng noqulayi nima bo‘lgan?

A) dehqonning yer egasi bo‘lishi uchun vikup to‘lashning shartligi

B) dehqon shu vaqtgacha ko‘proq miqdordagi yerdan foydalanib kelgan bo‘lsa, uning ortiqchasi pomeshchikka o‘tkazilishi

C) pomeshchikning yordamisiz o‘z xo‘jaligini tiklashi va oila qurishi

D) dehqonning yer egasi bo‘lishi uchun obrok va barshchinani o‘tab berishi

44. Napoleon Bonapart nechanchi yilda o‘zini umrbod konsul deb e’lon qilinishiga erishdi?

A) 1804-yil B) 1799-yil C) 1805-yil D) 1802-yil

45. Quyidagi qaysi holat Napoleonga qit’a qamali siyosatidan ko‘zlangan maqsadiga erishish imkonini bermadi?

A) Buyuk Britaniya harbiy flotining g‘oyatda qudratliligi

B) AQSH tovarlarining kema orqali Angliya va boshqa Yevropa davlatlariga kirib kelishi

C) Napoleonga boshqa yevropa davlatlarining yordam bermaganligi

D) Napoleonga qarshi Avstriya, Rossiya, Prussiya davlatlarining harbiy ittifoqi yuzaga kelganligi

46. Nima sababdan Lyudovik XVIII monarxiyasi avvalgidek mutlaq monarxiya emas edi?

A) chunki, jamiyatda shaharliklar, ishchilar va yangi dvoryanlar tabaqalari shakllangan edi

B) chunki, jamiyat hayotida kapitalistik munosabatlar har tomonlama chuqur ildiz otib ulgurgan edi

C) chunki, Lyudovik XVIII ning hukmdor sifatida salohiyati pastroq edi

D) chunki, inqilob va ish tashlashlarning tez-tez bo‘lib turishi, norozilik harakatlari

47. Nima sababdan Napoleon I hokimiyatdan voz kechgach, mamlakatda ichki vaziyat murakkablashib bordi?

1) eski feodal tartiblar tarafdorlarining mutlaq monarxiyani tiklashni va qo‘llaridan ketgan mol-mulklarini qaytarib berishni talab qilishlari; 2) mamlakat aholisining Napoleon hukumatini qayta tiklashga intilishi; 3) Ittifoqchilar Fransiya bilan sulh shartnomasini imzoladilar, unga ko‘ra, Fransiya Napoleon davrida bosib olgan barcha hududlardan mahrum etildi; 4) Napoleon davrida xizmat qilgan zobitlarning va davlat xizmatchisining ishdan bo‘shatilishi; 5) Lyudovik XVIII ning hukmdor sifatida salohiyati nihoyatda pastligi; 6) Fransiyada inqilobning boshlanishi.

A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5

48. Quyidagi qaysi sabablar Fransiyada 1848-yil inqilobining yuzaga kelishiga sharoit yaratdi?

A) Napoleon III ning hokimiyatni egallashga urinishi

B) to‘quvchilarning qo‘zg‘oloni mamlakat bo‘ylab yoyilib ketishi

C) mustamlakalarning qo‘ldan chiqib ketishi

D) qurg‘oqchilik, inqiroz va ishsizlik

49. Ma’lumki, Fransiyada burjuaziya 1848-yilgi inqilobning oldini olish uchun hukumat oldiga islohotlar o‘tkazilish talabini qo‘ydi. Uning asosini qaysi masala tashkil etardi?

A) monarxiyani butunlay tugatish to‘g‘risidagi

B) mustamlakalarni ozod qilish to‘g‘risidagi

C) saylov huquqini kengaytirish to‘g‘risidagi

D) ish soatlarini kamaytirish to‘g‘risidagi

50. Buyuk Britaniyada aynan bir yilda bo‘lib o‘tgan voqealarni qayd eting.

A) dunyoda birinchi temiryo‘l qurildi va Buyuk Britaniya parlamenti ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi

B) London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsiatsiyasi» tuzildi va birinchi parlament islohoti o‘tkazildi

C) parlament ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi va sanoat inqilobi tugallandi

D) ikkinchi parlament islohoti o‘tkazildi va London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsiatsiyasi» tuzildi.

51. XIX asrning 60-yillari oxirlarigacha bo‘lgan davrda Buyuk Britaniyada qaysi holatlar sanoat inqilobi tugallanishining ro‘y berishiga olib keldi?

A) sanoat ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvining ro‘y berishi

B) bug‘ mashinalarining ixtiro qilinishi

C) sanoatning gurkirab rivojlanishi va ilm-fan taraqqiyoti

D) temiryo‘l qurilishining boshlanishi

52. Nimaning natijasida Buyuk Britaniyada parlament islohoti o‘tkazish masalasi zaruratga aylandi?

A) sanoat inqilobi natijasida

B) parlamenti tomonidan ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonunning qabul qilinishi natijasida

C) qishloq xo‘jaligida agrar to‘ntarish natijasida

D) mamlakatda yagona bozorning vujudga kelishi

53. Ma’lumki, Buyuk Britaniyada 1-parlament islohoti parlamentning yuqori va quyi palatalarining vakolatlari masalasini ham chetlab o‘tmadi. Xususan, quyi palataning mamlakat siyosiy hayotidagi o‘rni oshirilib, bu palataga qanday vakolatlar yuklatildi?

1) mamlakat byudjetini nazorat qilish huquqini saqlab qoldi; 2) Buyuk Britaniya hukumatining faqat quyi palata oldida javobgarligi belgilab qo‘yildi; 3) quyi palata hukumatga ishonchsizlik bildirgan taqdirda, hukumat iste’fo berishga majbur bo‘ladigan tartib o‘rnatildi; 4) veto huquqidan foydalanish imkoni berildi; 5) sanoat shaharlariga qo‘shimcha ovoz berish; 6) qonun loyihalarini yuqori palataning roziligisiz qabul qilish

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 3

54. Qirol Lyudovik XVIII 1815-yil mart oyida surgundan qaytgan Napoleonga qarshi qancha qo‘shin jo‘natgan?

A) 20 ming B) 10 ming C) 30 ming D) 45 ming

55. 1816-yil atrofida Buyuk Britaniya aholisi qancha kishini tashkil etgan?

A) 18 mln. B) 12 mln. C) 25 mln. D) 16 mln.

56. XIX asr birinchi yarmida Buyuk Britaniyadagi qanday tadbir yuk tashishning arzonlashuvini ta’minladi?

A) dengiz hukmronligining saqlab qolinishi

B) mustamlakalardagi arzon ishchi kuchidan foydalanish

C) dunyoda birinchi temiryo‘lning qurilishi

D) ichki bozorning kengayishi

57. Buyuk Britaniyadagi qaysi tadbir sanoat burjuasining siyosiy hukmronligini mustahkamladi? A) 1832-yilgi parlament islohotiga ko‘ra, yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 o‘rin ajratib berilishi

B) 1832-yilgi parlament islohotiga ko‘ra, quyi palataga keng vakolatlarning berilishi

C) 1867-yilgi parlament islohotiga ko‘ra, barcha erkaklarga saylov huquqining berilishi

D) 1833-yilda 8 soatlik ish vaqtining belgilanishi

58. Chartistlar harakati qaysi davlatda amalga oshirilgan edi?

A) Fransiya B) Rossiya C) Angliya D) Italiya

59. Angliyaning qaysi mustamlakasi aholisi Buyuk Britaniyaning o‘zidagiga nisbatan taxminan 10 baravar ko‘p edi?

A) Avstraliya B) Kanada C) Hindiston

D) Yangi Zellandiya

60. Biror narsaning muayyan bir joyda to‘planishi nima deyiladi?

A) dominion B) dividend C) monopoliya

D) konsentratsiya


IV BOB


1. AQSHda sanoat inqilobi qachon boshlandi?

A) XIX asr 30-yillarida B) XIX asr 50-yillarida

C) XVIII asr 90-yillarida D) XVIII asr 70-yillarida

2. Amerikalik oq tanli fermir Jon Braun qayerda qullar qo‘zg‘olonini ko‘tarishga urinib ko‘rgan edi?


A) Filadelfiyada B) Virginiyada

C) Vashingtonda D) Kaliforniya

3. Jon Braun otriadi qancha kishidan iborat bo‘lgan?
A) 55 ta B) 31 ta C) 13 ta D) 22 ta

4. Avraam Linkoln nechanchi yillarda yashagan?


A) 1803-1866-yillar B) 1811-1865-yillar

C) 1809-1867-yillar D) 1809-1865-yillar

5. AQSHda fuqarolar urushi qachon boshlandi?

A) 1861-yil 11-mayda B) 1861-yil aprelda

C) 1860-yil dekabrda D) 1860-yil 9-martda

6. Abolitsionistlar kimlar?

A) Amerikada qullikni bekor qilish tarafdorlari

B) Amerikada oq tanlilar manfaati himoyachilari

C) Respublika tuzumi tarafdorlari

D) Qullarga siyosiy huquq berilishi tarafdorlari

7. AQSHning shimolidagi hududlar xo‘jaligi ancha rivojlangan bo‘lib, uning asosini qaysi xo‘jalik tashkil qilgan?
A) kapitalistik ishlab chiqarish

B) qo‘l mehnatiga asoslangan hunarmandchilik

C) fermer xo‘jaligi

D) savdo-sotiq

8. Qullar qo‘zg‘olonini ko‘targan Jon Braun otriadida nechta qora tanli kishi bo‘lgan?

A) 9 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 11 ta

9. 1865-yil AQSH konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra …

A) butun mamlakatda qulchilik bekor qilindi

B) oq tanlilar bilan qora tanlilar bir xil fuqarolik huquqiga ega bo‘ldi

C) yangi ozod bo‘lgan qullarga yerlar berildi

D) hindular AQSH fuqaroligi tan olindi

10. Ispaniya mustamlakalarida ommaviy qo‘zg‘olon nechanchi yilda boshlandi?

A) 1820-yil B) 1810-yil C) 1800-yil D) 1804-yil

11. Migel Idalgo kim bo‘lgan?


A) qishloq ruhoniysi B) maktab o‘qituvchisi

C) kambag‘al dehqon D) kreol dvoriyan

12. Quyidagi qo‘zg‘olon rahbarlarining qaysi biri Allegan tog‘ida joylashib olib, harakatni butun mamlakatga yoyishga harakat qilgan?

A) Migel Idalgo B) Xose San-Marten

C) Xose Morelos D) Jon Braun

13. Meksika nechanchi yilda respublika deb e’lon qilindi?

A) 1821-yil B) 1819-yil C) 1826-yil D) 1824-yil

14. Migel Idalgo o‘ldirilganidan qancha vaqt o‘tib, Meksika mustaqillikni qo‘lga kiritdi?

A) 11 yil B) 20 yil C) 10 yil D) 14 yil

15. Venesueladagi mustaqillik urushiga boshchilik qilgan qahramonni aniqlang?

A) Xose San-Marten B) Xose Morelos

C) Simon Bolivar D) Migel Idalgo

16. “Ispaniya mening mamlakatimni bandi qilgan zanjirlarni parchalab tashlamagunimcha xotirjam bo‘lmayman”, ushbu gaplar qaysi vatanparvarga tegishli?
A) Jon Braun B) Migel Idalgo

C) Xose Morelos D) Simon Bolivar

17. Qaysi hudud milliy qahramon – Simon Bolivar sharafiga Boliviya deb ataldi?

A) Yuqori Peru B) Janubiy Chili

C) Quyi Granada D) Markaziy Venesuela

18. Simon Bolivar vatanparvarlik kurashi uchun qanday unvon olgan edi?

A) Xaloskor B) Polkovnik C) General

D) Qahramon

19. Kuba nechanchi yilda mustaqil Respublika deb e’lon qolindi?

A) 1869-yil B) 1830-yil C) 1829-yil D) 1827-yil

20. “Inqilobga xizmat qilish – bu dengizni shudgor qilish bilan barobardir”, ushbu so‘zlar kimga tegishli?
A) Avraam Linkoln B) Simon Bolivar

C) Jon Braun D) San Martin

21. Yuqori Peru nechanchi yilda Ispaniya zulmidan uzil-kesil ozod bo‘ldi?

A) 1821-yil B) 1824-yil C) 1825-yil D) 1819-yil

22. Quyidagi qaysi sana Argentina xalqining milliy bayrami hisoblanadi?

A) 25-may B) 26-iyun C) 4-iyul D) 13-mart

23. Ispaniya mustamlakachiligiga qarshi o‘z mustaqilligi uchun kurashayotgan Yuqori Peru vatanparvarlari qo‘shiniga qo‘mondonlik qilgan qaysi sarkarda boshchiligida ispan qo‘shini tor-mor etildi?


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə