Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə31/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60

A) Sukre B) San-Martin C) Xose Morelos

D) Simon Bolivar

24. Janubiy Amerikada kim birinchilardan bo‘lib hindularga solinadigan o‘lponni bekor qilgan edi?


A) San-Martin B) Migel Idalgo

C) Xose Morelos D) Simon Bolivar

25. Qaysi hududlar X.Kolumb sharafiga Buyuk Kolumbiya deb ataldi?

A) Yuqori Peru va Chili

B) Janubiy Chili va Gvatemala

C) Quyi Granada

D) Yangi Granada va Venesuela

26. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang?

A) S. Bolivar iste’foga chiqdi, Urugvay Respublika deb e’lon qilindi

B) Xose Morelos o‘ldirildi, Braziliya Portugaliyadan ajralib chiqdi

C) Boliviya Respublikasi barpo etildi, Argentina Respublikasi tuzildi

D) AQSHda fuqarolar urushi yakunlandi, Kuba Respublika deb e’lon qilindi

27. Argentinani Ispaniya zulmidan ozod qilishga erishgan xalq qahramonini aniqlang?

A) Xose San-Martin B) Simon Bolivar

C) Migel Idalgo D) Xose Morelos

28. Venesuela nechanchi yilda mustaqil deb e’lon qilindi?


A) 1811-yil B) 1822-yil C) 1819-yil D) 1824-yil

29. Noto‘g‘ri berilgan javobni toping.

A) Bolivar yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi

B) 1825-yil Argentina respublikasi barpo etilgan

C) Xose San-Martin Peru va Chilining ozod bo‘lishiga yordan bergan

D) Braziliyadan tashqari barcha Janubiy Amerika davlatlarida respublika tuzumi o‘rnatildi

30. Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalari konfederatsiyasini tuzishni orzu qilgan davlat arbobini aniqlang.

A) Xose San-Martin B) Migel Idalgo

C) Fransisko Vilya D) Simon Bolivar

31. Abolitsionist so‘zining ma’nosi nima?

A) inglizcha – bekor qilish

B) lotincha – og‘dirib olish

C) inglizcha – qullikka qarshi

D) yunoncha – o‘zgartirish, almashlash

32. AQSHda qabul qilingan Gomstedlar to‘g‘risidagi qonunning mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) qora tanlilar oq tanlilar qanday fuqarolik va siyosiy huquqlarga ega bo‘lsalar, ularga ham shunday huquqlar berilishi to‘g‘risidagi qonun

B) G‘arbdagi bo‘sh yotgan katta yer jamg‘armasini fermer xo‘jaligi yuritishni istagan shaxslarga bepul bo‘lib berish to‘g‘risidagi qonun

C) hindularni qul qilishni taqiqlashga qaratilgan qonun

D) Afrikadan qul olib kelib sotushni taqiqlash va qulchilikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun

33. AQSHda qullik bekor qilingan yilni aniqlang.

A) 1865-yil B) 1866-yil C) 1870-yil D) 1863-yil

34. Idalgo boshchiligidagi dehqonlarning qo‘zg‘oloni nechanchi yilda bo‘lgan edi?

A) 1810-yil B) 1811-yil C) 1812-yil D) 1819-yil

35. Amerika qit’asida mustaqillik uchun kurash yillarida qaysi qahramon quldorlarga o‘zlarining hamma qullarini o‘n kunlik muddatda ozod qilib yuborishni buyurgan va hindu jamoalarining mustamlakachi ma’murlarga to‘lab kelgan o‘lponini bekor qilgan?

A) Simon Bolivar B) Sukre C) Xose Morelos

D) Migel Idalgo

36. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

A) Buxoroda Amir Nasrullo hukmronligi boshlandi, Braziliya Portugaliyadan ajralib chiqdi

B) Yangi Marv shahriga asos solindi, Sukre boshchiligidagi Yuqori Peru qo‘shinlari ispanlarni tor-mor keltirdi

C) Peru Ispaniya zulmidan uzil-kesil ozod bo‘ldi, Muhammad Rahimxon I Marvni bosib oldi

D) Ispanlarga qarshi ozodlik kurashi rahbari Idalgo otib tashlandi, Qo‘qon xonligi taxtiga Umarxon o‘tirdi

37. Argentinada Ispaniya zulmidan ozodlik uchun kurash nechanchi yilda boshlandi?

A) 1810-yil B) 1811-yil C) 1812-yil D) 1819-yil

38. Simon Bolivar qanday oilada tug‘ilgan?

A) perulik boy savdogar oilasida

B) meksikalik boy hindu pomeshchigi oilasida

C) venesuelalik badavlat kreol – pomeshchik va savdogar oilasida

D) venesuelalik kreol, kambag‘al dehqon oilasida

39. Amerika qit’asida mustaqillik uchun kurash yillarida qaysi qahramon qora tanli qullarning bir qismini o‘z qo‘shiniga jalb etgan va hindu dehqonlarga esa urush tamom bo‘lishi bilanoq ular o‘z yerlariga ega bo‘lishiga va’da bergan?

A) Simon Bolivar B) Xose San-Martin

C) general Sukre D) Migel Idalgo

40. Amerika qit’asida mustaqillik uchun kurashgan Simon Bolivar qaysi davlatning prezidenti bo‘lgan?

A) Venesuela B) Yuqori Peru C) Kolumbiya

D) Yangi Granada


V BOB


1. So‘nggi Boburiy hukmdor Bahodirshoh II ning tirik qolgan o‘g‘li to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Mirzo Abdug‘offor B) Murodbaxsh

C) Ziyovuddin Tusiy D) Mirzoquyosh

2. Quyidagi qaysi tashkilot Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatining yo‘nalishlarini belgilab borardi?

A) “Hindiston ishlari bo‘yicha nazorat kengashi”

B) “Ost-Indiya”

C) “Hindiston savdo palatasi”

D) “Buyuk Britaniya Oliy Sudi”

3. Birinchi afyun urushida qaysi omil Xitoyning mag‘lubiyatga uchrashiga sabab bo‘lgan edi?


A) asosiy janglar dengizda bo‘lganligi va dengizda ingliz flotining kuchliligi

B) Xitoyning iqtisodiy va harbiy texnika jihatdan qoloqligi

C) Yevropa davlatlarining inglizlarni qo‘llab quvvatlashi

D) vatanparvarlik janggida Xitoy xalqining birlashmaganligi

4. Ikkinchi afyun urushida qaysi davlat qo‘shinlari inglizlar bilan ittifoqchilikda harakat qilgan edi?
A) Rossiya B) Yaponiya C) Fransiya

D) Portugaliya

5. Taypinlar davlati Xitoyning qaysi viloyatida tashkil qilingan edi?
A) Guansi B) Nankin C) Yanszi D) Guanjou

6. Taypinlar davlatining markazi qaysi shahar edi?


A) Guansi B) Nankin C) Yanszi D) Pekin

7. Xun Syu syuan kim bo‘lgan?


A) qishliq ro‘honiysi B) maktab o‘qituvchisi

C) qurolsoz hunarmand D) yirik mulkdorlar vakili

8. Taypinlar davlatini mag‘lubiyatga uchratish uchun hukumat qo‘shinlariga qaysi davlatlar yordam ko‘rsatgan edi?
A) Hindiston, Yaponiya, Rossiya

B) Angliya, Fransiya, AQSH

C) Portugaliya, Angliya, Yaponiya

D) Ispaniya, Hindiston, Rossiya

9. O‘zini Buddaga tenglashtirgan shaxsni aniqlang?
A) Sisi B) Xun Syu syuan C) Musixito

D) Lakshmi Bay

10. Eksterritorial huquq nima?
1) chet el fuqarolari shaxsining daxlsizligi; 2) bir davlat fuqarolarining boshqa davlat hududiga ruxsatnomasiz o‘tish tartibi; 3) davlat chegarasining mustamlakachi davlat tomonidan belgilanishi; 4) chet el fuqarolarining uy-joyi va mol-mulkining daxlsizligi; 5) o‘z davlati chegarasi o‘zi belgilash huquqi; 6) chet el fuqarolarining mahalliy davlat sudlaridan ozod qilinganligi.

A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 4, 6

11. Hindistonda XIX asr o‘rtalarida hindlarning birdan-bir uyushgan tashkilotini kimlar tashkil qilar edi?

A) hind rojalari B) hunarmadlar C) knyazlar

D) sipohiylar

12. Hindlarning qaysi diniga ko‘ra, sigir muqaddas hisoblanadi va uning go‘shti ham yeyilmaydi?

A) buddaviylik B) braxmanizm C) hinduiylik

D) sintoizm

13. 1867-yil Yaponiyada Meydzi dastlab qaysi sohada islohot o‘tkazgan edi?
A) ma’muriy islohot B) agrar islohot

C) harbiy islohot D) moliya islohoti

14. Yaponiyaning bosh xudosi Amiterasu – …

A) Oy xudosi bo‘lgan

B) imperator homiysi bo‘lgan

C) Quyosh xudosi bo‘lgan

D) Osmon va Yer xudosi bo‘lgan

15. Yaponiyada inqilobdan so‘ng qo‘shin zamonaviy qurollar bilan ta’minlandi va … dan mutaxassislar taklif qilinadi.

A) Fransiya B) Angliya C) Rossiya D) Xitoy

16. Londonda Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya o‘rtasida Gretsiyaga muxtoriyat berishni ko‘zda tutuvchi bitim nechanchi yil imzolangan edi?


A) 1819-yil B) 1829-yil C) 1831-yil D) 1827-yil

17. 1709-yil Qandahorda qaysi qabila yetakchisi qo‘zg‘olon ko‘targan?


A) barakzay B) gilza C) abdali D) afshor

18. Ma’lumki, 1863-yil Afg‘oniston hukmdori Do‘st Muhammad vafot etadi va uning o‘g‘illari orasida taxt talashish avj olib ketadi. Buyuk Britaniya esa bu nizolarga aralashmasligini bildirgan. Bunga sabab nima edi?


A) Rossiya bilan aloqalar yomonlashishidan qo‘rqqan

B) Angliya Hindistonda bo‘lib o‘tgan sipohiylar qo‘zg‘olonidan cho‘chib qolgan edi

C) Britaniya Afg‘onistonning ichki urushlardan kuchsizlanib qolishidan manfaatdor edi

D) Bu paytda Buyuk Britaniyaning Xitoydagi urushlarda bandligi

19. Quyidagi qaysi Eron shohi 12 ming eronlik jangchini oilalari bilan Kobulga ko‘chirgan edi?
A) Mir Mahmud B) Nodirshoh C) Abbos II

D) Og‘a Muhammad

20. XIX asrning 70-yillariga kelib Turkiyaning chet davlatlardan qarzi qanchaga yetdi?
A) 2,4 mlrd. frank B) 5,4 mln. frank

C) 7,2 mln. lira D) 4,2 mlrd. rubl

21. Konsessiya so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
A) ortga surish, kechiktirish B) xususiy tashkilot

C) ruxsat, yon berish D) homiylik qilish

22. Eron afg‘on bosqinchilaridan ozod qilingan yilni aniqlang.
A) 1736-yil B) 1727-yil C) 1755-yil D) 1730-yil

23. Turkmanchoy shartnomasiga ko‘ra Eron …

A) Kavkazorti hududlariga bo‘lgan davosidan voz kechdi

B) Kavkazdagi mavqeyini yanada mustahkamladi

C) Armaniston va Gruziyaning bir qismini oldi

D) Rus savdogarlariga Eron hududida bojsiz savdo qilish huquqini berishga majbur bo‘ldi

24. XIX asrda Eron taxti vorisining qarorgohi qaysi shahar hisoblangan?
A) Tehron B) Tabriz C) Sheroz D) G‘ilon

25. Erondagi Bobiylar harakatining nomi bo‘lgan “Bob” qanday ma’noni anglatgan?


A) haqiqat, adolat B) bilim, ma’rifat

C) eshik, darvoza D) uy, hujra

26. XIX asrning oxirlariga kelib qaysi Afrika davlatlari o‘z mustaqilliklarini saqlab qolgan edi?
A) Transvaal, Oranj B) Gana, Mali, Misr

C) Tunis, Marokash D) Efiopiya, Liberiya

27. Amerikaliklar Afrika qit’asida tashkil qilgan Monroviya manzilgohining hududi qancha bo‘lgan?
A) 13000 km.kv B) 11000 km. kv

C) 21000 km.kv D) 17000 km.kv

28. Afrika davlatlaridan qaysi birining nomi “Erkin” ma’nosini bildiradi?
A) Angola B) Liberiya C) Efiopiya D) Oranj

29. Buyuk Britaniya nechanchi yilda Oranj Respublikasini vaqtinchalik tan oldi?


A) 1852-yil B) 1855-yil C) 1854-yil D) 1867-yil

30. Efiopiyada Kassa hokimiyati qachon ag‘darildi?


A) 1855-yil B) 1867-yil C) 1862-yil D) 1865-yil

31. Eronda bosh vazir nima deb atalgan?


A) Hakimboshi B) Amin ud-davla

C) Sadr a’zam D) Beklarbegi

32. Afg‘oniston hukmdorlarining qaysi biri inglizlar tomonidan taxtga chiqarilgan edi?
A) Fathxon B) Shuju C) Zamonshoh

D) Do‘st Muhammad

33. Quyidagi qo‘zg‘olon rahbarlaridan qaysi biri mag‘lubiyat natijasida o‘z joniga qasd qilgan?
A) Tantiya Topi B) Lakshmi Bay

C) Mir Vaysxon D) Xun Syu syuan

34. Sipohiylar kimni hind xalqini mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish haqidagi chaqiriqqa imzo qo‘yishga majbur etganlar?

A) Tantiya Topini B) Lakshmi Bayni

C) Bahodirshoh II ni D) Mirzo Abdug‘offorni

35. Quyidagi qaysi davlat xalqi ongiga: ”Hukmdor yorug‘ dunyoning xudosi va boshqa barcha davlatlar uning soliq to‘lovchilaridir” degan g‘oya singdirilgan edi?


A) Yaponiya B) Xitoy C) Turkiya D) Eron

36. Malika Sisi nechanchi yil imperatorlik taxtiga chiqqan?


A) 1861-yil B) 1850-yil C) 1864-yil D) 1867-yil

37. Quyidagi qaysi xalq qahramoni oxirgi o‘qi qolguncha dushman bilan jang qilib, arqondan yasalgan narvonda shahar minorasidan pastga tushib, dushman qo‘liga tushmay qochib ketdi va u halok bo‘lgach, xoki muqaddas hisoblanuvchi Ganga daryosiga tashlangan?

A) Tantiya Topi B) Lakshmi Bay

C) Abdulg‘affor C) Xun Syu syuan

38. 1854-yil qaysi davlat harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi.

A) AQSH B) Fransiya C) Rossiya D) Angliya

39. Dushman bosib olgan joylarda ozodlik uchun ko‘ngilli ravishda qurolli kurash olib boruvchilar guruhining a’zosi nima deb yuritiladi?

A) sipohiy B) mudofaachi C) mamluk

D) partizan

40. Yaponiya hukumati quyidagi qaysi masalaga chet davlatlarining Yaponiyani yevropaliklar mustamlakasiga aylanib qolish xavfidan himoya qiluvchi asosiy omil deb qaradi?

A) Yaponiya xalqining imperator atrofida jipslashuvi

B) zamonaviy armiya va flotga ega bo‘lish

C) ishlab chiqarishni industrlashtirish

D) Yaponiyani chet elliklar uchun yopib qo‘yish

41. Meydzi islohotlari Yaponiyada ...

1) yagona yapon ichki bozorini vujudga keltirdi; 2) yagona pul birligi – iyen joriy qilindi; 3) feodal tarqoqlikka chek qo‘ydi; 4) samuraylar huquqini tikladi; 5) yagona din vujudga kelishini ta’minladi; 6) Yevropa davlatlariga Yaponiya eshiklarini ochdi.

A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 4, 6 D) 1, 3, 5, 6

42. Nechanchi yilda tuzilgan shartnoma Buyuk Britaniya uchun Afg‘onistonni vassal davlatga aylantirish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi?

A) 1843-yil B) 1829-yil C) 1857-yil D) 1863-yil

43. XIX asr o‘rtalarida Eronda amin ad-davla qanday vazifani amalga oshirgan.

A) bosh vazir B) moliya va ichki ishlar vaziri

C) saroy bosh tabibi D) devon boshqaruvchisi

44.1857-yil Buyuk Britaniya va Eron o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Eron Hirotga va Afg‘onistonning boshqa hududlariga bo‘lgan da’vosidan voz kechdi. Shuningdek, Eron-Afg‘oniston o‘rtasida nizo kelib chiqqudek bo‘lsa, bu nizo Buyuk Britaniya vositachiligida hal etiladigan bo‘ldi. Ushbu shartnoma qayerda imzolangan?

A) London B) Parij C) Berlin D) Vena

45. XIX asr o‘rtalarigacha Angola va Mozambik eng muhim qul savdosi bazalari edi. Ushbu mamlakatlar qaysi davlat mustamlakasi bo‘lgan.

A) Portugaliya B) Fransiya C) Belgiya

D) Buyuk Britaniya

46. XVIII asr birinchi yarmida Afg‘onistonni itoatda tutish uchun Eron shohi qanday siyosatni yuritgan?

A) pul evaziga mahalliy hokimlarni o‘z tomonida og‘dirib olgan

B) qo‘zg‘olonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan

C) Afg‘onistondagi jangari qabilalarni o‘z yerini tashlab ketishga majbur qilgan

D) Erondan 12 ming jangchini oilalari bilan Kabul shahriga ko‘chirgan

47. Meydzi hukumati o‘z oldiga qanday vazifasini qo‘ydi?

A) Yaponiyada yagona dinning vujudga kelishini ta’minlash va guruhiy nizolarga barham berish

B) milliy an’analardan voz kechmagan, mustaqillikni to‘la saqlab qolgan holatda g‘arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish

C) Yaponiya xalqining imperator atrofida jipslashuvini

D) Yevropa davlatlariga Yaponiya eshiklarini ochish va shu orqali iqtisodiy yuksalishga erishish

48. Imperator Meydzi davrida knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab ...

A) yerlarning bir qismi musodara qilindi, so‘ng ular boshqaruv huquqidan mahrum etildi

B) sumuraylar mavqeyini tiklab, ularga vakolatlar bergan

C) butun mamlakat uchun yagona bo‘lgan pullar zarb qildirgan va knyazlar pullari bekor qilingan

D) mahalliy hokimlar va knyazlarni soliqlardan ozod qilib, ularni qarzdor qilib tashlagan

49. “Taypin tyango” so‘zining ma’nosi nima?

A) samoviy tenglika davlati

B) yuksak adolatlar davlati

C) samoviy mo‘l-ko‘llik davlati

D) samoviy tinchlik davlati

50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovga xat yo‘llagan boburiy avlodini aniqlang.

A) Mirzoquyosh B) Mirzo Abdulshoh

C) Ziyovuddin Tusiy D) Laylo Ummaxoni

51. Quyidagi qaysi qo‘zg‘olon rahbarini xoinlar bosqinchilarga tutib bergan?

A) Sayid Ali Muhammad B) Xun Syu syuan

C) Tantiya Topi D) Shayx Jalol

52. Hindistonda sipohilar qo‘zg‘olonining boshlanishiga bevosita turtki bo‘lgan voqeani aniqlang.

A) mahalliy knyazliklar va hind jamiyati turli tabaqalarining tarqoqligi bo‘ldi

B) qo‘shinda patron bilan o‘qlanadigan miltiqning joriy etilishi bo‘ldi

C) sipohiylar qo‘shiniga ingliz zobitlari qo‘mondonlik qiladigan bo‘lishi bo‘ldi

D) hindlarning milliy va diniy jihatdan kamsitilishi bo‘ldi

53. Hindistonda sipohiylar qo‘zg‘oloni bostirilgandan keyin, aholi noroziligidan cho‘chib qolgan Britaniya hukumati yengillik uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirdi?

A) yer egalarining soliqlarni oshirishi taqiqlab qo‘yildi, mahalliy knyazlarning o‘z yerlariga egaligi daxlsiz deb e’lon qilindi

B) dehqonlarning ijara haqi haqidagi talablari qondiriladigan bo‘ldi, barcha qullar ozod qilinadigan bo‘ldi

C) hind yigitlari askarlikdan ozod qilindi, ularga jamoa yerlari hisobidan yangi yerlar ajratib berildi

D) ingliz tartibidagi barcha soliqlar bekor qilindi, hindlarning diniy marosimlarni o‘tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ta’minladi

54. XVIII asrda Xitoyda feodal tartiblarining saqlanishiga xizmat qilgan asosiy omilni aniqlang.

A) hukmron tabaqalar siyosatiga qarshi har qanday bosh ko‘tarishning shafqatsizlik bilan bostirilishi

B) tashqi savdoda faqat imperator amaldorlari nazorati ostida olib boriladigan tartibning joriy etilishi

C) imperator tomonidan fan va texnika sohasida yutuqlardan foydalanishni taqiqlanishi

D) Xitoyning o‘zini-o‘zi yakkalab qo‘yish siyosati

55. Bir yilda yakun topgan urushlarni aniqlang.

A) taypinlar davlatining qulatilishi, ikkinchi ingliz-afg‘on urushi

B) ikkinchi afyun urushi, Sayid Ali Muhammad qo‘zg‘oloni

C) sipohiylar qo‘zg‘oloni, taypinlar qo‘zg‘oloni

D) birinchi afyun urushi, birinchi ingliz-afg‘on urushi

56. Xitoyning 1856-yilgi mag‘lubiyatidan keyin tuzilgan shartnomaga muvofiq, ingliz va fransuz fuqarolari jinoyatlari uchun qanday tartibda sud qilinadigan bo‘ldi?

A) ingliz va fransuzlarni o‘z mamlakatining Xitoydagi elchisi o‘z mamlakatining qonunlariga binoan sud qiladigan bo‘ldi

B) ingliz va fransuz millatiga mansub aholini faqat o‘z davlatida sud qilishlari mumkin bo‘lgan, Xitoyda esa ularning shaxsi daxlsizligi ta’minlangan

C) ingliz va fransuzlar Xitoy-Angliya sudlari doirasida tashkil qilingan Maxsus sud kengashida sud qilinadigan bo‘ldi

D) ingliz va fransuz fuqarolari Xitoy hududida Xitoy qonunlari va sudiga bo‘ysunadigan bo‘ldi

57. Prussiya Konstitutsiyasi qabul qilingan yili Eronda …

A) Eron-Rossiya urushida Eron yengildi

B) bobiylar qo‘zg‘oloni boshlandi

C) Buyuk Britaniya va Eron o‘rtasida shartnoma imzolandi

D) Sayid Ali Muhammad o‘ziga bob taxallusini oldi

58. Quyidagi qaysi tarixiy shaxsning g‘oyasiga ko‘ra, “jamoada hech bir narsada tengsizlik bo‘lmasligi, hammaning to‘q va kiyimi but bo‘lishi uchun yerga ega bo‘lgan holda uni birgalikda ishlash, oziq-ovqat bo‘lganida birgalikda tanovul qilish, kiyim-kechak bo‘lganida ularni baravar taqsimlash, pul bo‘lganida uni birgalikda sarflash lozim” edi?

A) Sayid Ali Muhammad B) Xun Syu syuan

C) Tantiya Topi D) Meydze

59. Quyidagi qaysi davlatda barcha erkaklar bitta mehnat lageriga, xotin-qizlar va bolalar boshqa lagerlarga joylashtirildi?

A) Durroniylar davlatida B) Usmoniylar davlatida

C) Taypinlar davlatida

D) Meydze davridagi Yaponiyada

60. Boburiylar avlodiga mansub Husnijahonorobegim va Laylo Ummaxonilar kimning qizlari bo‘lgan?

A) Mirzoquyosh B) Mirzo Abdulshoh

C) Mirzo Abdug‘ofur D) Ziyovuddin Tusiy

61. Boburiy Bahodirshoh II vafotidan o‘n yil oldin …

A) Bobiylar qo‘zg‘oloni bostirildi

B) Angliya Transval respublikasini vaqtincha tan oldi

C) Kasa o‘zini Efiopiya imperatori deb e’lon qildi

D) Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o‘rtasida harbiy shartnoma imzolandi

62. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

1) Musuxitoga Meydzi nomi bilan toj kiydirildi, Efiopiyada Kasa hokimiyati ag‘darildi;

2) Buyuk Britaniya bilan qayta urushni istamagan Do‘st Muhammad ingliz-afg‘on do‘stlik sulhini imzoladi, Kasa Efiopiyada o‘zini imperator deb e’lon qildi;

3) Angliya Erkin Oranj Respublikasini vaqtincha tan oldi, Buyuk Britaniya Eronni rasman Hirotga da’vosidan voz kechishga majbur etdi;

4) Liberiya davlati tuzilganligi e’lon qilindi, Jazoirliklar yo‘lboshchisi Abdulqodir halok bo‘ldi;

5) Afg‘oniston hukmdori Do‘st Muhammadxon vafot etdi, Yaponiyada amerikaliklarga yana bir nechta port ochib qo‘yildi.

A) 1, 3, 5 B) 2, 3 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 4

63. Quyidaga javoblarning qaysi biridagi voqealar bir-biridan 10 yildan farq qiladi?

A) Sayid Ali Muhammad o‘ziga bob taxallusini oldi – Angliya Erkin Oranj Respublikasini vaqtincha tan oldi – taypinlar davlati ag‘darildi

B) Fransiya Jazoirni bosib oldi – «Ost-Indiya» kompaniyasi Hindistonning Sind viloyatini bo‘ysundirdi – Xitoy taxtiga malika Sisi o‘tirdi

C) Adrionopol tinchlik shartnomasi imzolandi – birinchi ingliz-afg‘on urushi boshlandi – ikkinchi afyun urushi ro‘y berdi

D) Qandahor viloyatida Eron bosqinchiligiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi – Mir Mahmud o‘zini Eron shohi deb e’lon qildi – Nodirshoh Afg‘onistonni bo‘ysundirdi

64. Taypinlar qo‘zg‘olonida ishtirok etayotgan mulkdor tabaqalarning qo‘zg‘olondan uzoqlashishiga olib kelgan omilni aniqlang.

A) Sin sulolasining pul evaziga mulkdorlarni sotib olishi

B) yerlarning katta qismining yersiz dehqonlarga bo‘lib berilishi va mulkdorlarning yersiz qolishi

C) mulkdor tabaqalarning qo‘l ostidagi barcha qul va xizmatkorlarning ozod qilinishi

D) taypinlarning yerni har bir oilaga oila a’zolari soniga qarab teng bo‘lib berish haqidagi rejalari

65. Xitoyni qudratli davlatga aylantirish uchun maxsus dastur e`lon qilingan yili Rossiyada …

A) Turkiya-Rossiya urushida Rossiya mag‘lubiyatga uchradi

B) krepostnoylik huquqining bekor qilinishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi

C) dekabristlar qo‘zg‘oloni bostirildi

D) Bessarabiya va Kavkazorti qo‘shib olindi

66. XVII asrda quyidagi qaysi davlatda qabul qilingan farmonning oxirida “hatto o‘lim xavfi ham bu farmonni bekor qila olmasligi lozim”, deb yozib qo‘yilgan edi?

A) Xitoy B) Turkiya C) Yaponiya D) Eron

67. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

A) AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi, AQSH bilan Yaponiya o‘rtasida “Tinchlik va do‘stlik to‘g‘risida” shartnoma imzolandi

B) Tokugava sulolasining oxirgi syoguni hokimiyatdan voz kechdi, Yaponiya amerikaliklarga bir nechta portni ochib qo‘ydi

C) Misr hukmdori Muhammad Ali usmoniylar sultoni qo‘shinini tor-mor etdi, Fransiya Jazoirni bosib oldi

D) Nodir Quli boshchiligida Eron afg‘on bosqinchilaridan to‘la ozod etildi, Nodir Quli Eron shohi deb e’lon qilindi

68. Buyuk davlatlarning Turkiya imperiyasiga qaram o‘lkalarga ega bo‘lib olish uchun olib borgan o‘zaro kurashlari tarixga qanday nom bilan kirgan?

A) Konkista davri B) Sharq masalasi

C) Qit’a qamali D) Yaqin Sharq operatsiyasi

69. Adrionopol tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Rossiyaga berilgan hududni aniqlang.

A) Shimoliy Kavkaz

B) Bolqonning g‘arbiy va shimoliy hududlari

C) Qora dengizning sharqiy qismi

D) Kaspiy dengizining shimoliy qismi

70. 1832-yil Misr hukmdori Muhammad Alining usmoniylar hukmdoriga qarshi urush boshlashida uni qaysi davlat qo‘llab-quvvatlagan?

A) Rossiya B) Avstriya C) Fransiya D) Eron

71. Turkiya imperiyasiga qaram o‘lkalarda yashovchi barcha pravoslav xalqlarining homiysi ekanligini tan olishini talab etgan hukmdorni aniqlang.

A) Aleksandr I B) Aleksey C) Nikolay I

D) Karl Gabsburg

72. Yevropa davlatlari tomonidan Usmonli turklar imperiyasining “hududiy yaxlitligi va mustaqilligini” ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzolangan yilni aniqlang.

A) 1840-yil B) 1833-yil C) 1829-yil D) 1842-yil

73. Nodir Quli Afg‘onistonni bo‘ysundirgan yilni aniqlang.

A) 1736-yil B) 1730-yil C) 1740-yil D) 1738-yil

74. 1793-1801-yillarda hukmronlik qilgan davlat boshlig‘ini aniqlang.

A) Muhammad Ali B) Temurshoh

C) Do‘st Muhammad D) Zamonshoh

75. 1841-yilda Kobul aholisining inglizlarga qarshi ko‘targan qo‘zg‘oloniga kim asosiy rolni o‘ynagan edi?

A) Shuju B) Fathxon C) Akbarshoh D) Sherali

76. Afg‘onistonda hukmronlik qilgan sulolalar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A) barakzay, durroniy B) gilza, qojar

C) afshor, zend D) gilza, shujular

77. Bobiylar harakati rahbari Sayid Ali Muhammad qachon va qayerda tug‘ilgan?

A) 1809-yil Isfahonda B) 1819-yil Sherozda

C) 1813-yil Tabrizda D) 1821-yil Damashqda

78. “Jirg‘a” so‘zining mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) suv bo‘yi B) kengash C) eshik D) yo‘l, tariqat

79. XIX asr o‘rtalarida Eronda mavjud islom dinini bekor qilish tarafdori bo‘lgan oqimni aniqlang.

A) bayoniylar B) sayidlar C) mahdiylar

D) bobiylar

80. Monroviya manzilgohi tashkil etilgan hudud AQSHliklar tomonidan sotib olingan yili Buxoro amirligida ...

A) Dinnosirbek Xiva xoni yordamida amirlik taxtini egallashga harakat qildi

B) Miyonqolda amirga qarshi qo‘zg‘olon bo‘ldi

C) Amir Haydar hukmronligi tugadi

D) Amir Haydarga qarshi Marv aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi

81. G‘arb davlatlari siquviga qarshi turish uchun barcha Osiyo davlatlarini o‘z hokimiyati ostiga birlashtirish g‘oyasi bo‘lgan davlatni aniqlang.

A) Yaponiya B) Xitoy C) Turkiya D) Eron

82. Buyuk Britaniya va Fransiya nima maqsadda Usmoniylar imperiyasini saqlab qolishga harakat qilganlar?

A) Rossiyaga qarshi urushda qurol vazifasini o‘tashi uchun

B) Avstriya va Rossiya hukmron tabaqalarining imperiya hududida ta’sir doirasining oshib borishining oldini olish

C) imperiya xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirishda sultonga yordam ko‘rsatish orqali imperiyani o‘z ta’sirlarida tutish

D) imperiya hududi orqali O‘rtayer dengizi va Hind okeanidagi savdo ishlarini o‘z qo‘llariga olish

83. Usmoniylar imperiyasining zaiflashuvi oqibatida imperiyaga kirgan Bolqon masalasida qaysi davlatlarning raqobati yuzaga keldi?

A) Angliya va Fransiya B) AQSH va Ispaniya

C) Angliya va Germaniya D) Rossiya va Avstriya

84. 1832-yil Misr hukmdori Muhammad Alining usmoniylar hukmdoriga qarshi urush boshlaganda, sultonni halokatdan qaysi davlat ko‘magi qutqarib qolgan?

A) Angliya B) Fransiya C) Avstriya D) Rossiya

85. Misr hukmdori Muhammad Ali turk sultonidan o‘z qo‘l ostidagi hududlarni boshqarish huquqini meros qoldirishga ruxsat berilishini talab etgan yili O‘rta Osiyoda …

A) Rossiya-Xiva o‘rtasida “Majburiyatlar akti” imzolandi

B) Perovskiy boshchiligidagi rus armiyasi Xiva xonligiga yurish qildi

C) Amir Nasrullo to‘pchilar qo‘shinini tuzdi

D) Qo‘qon xonligi Amir Nasrullo qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilindi

86. XIX asr 30-yillarida Misr hukmdori Muhammad Ali turk sultonidan o‘z qo‘l ostidagi hududlarni boshqarish huquqini meros qoldirish huquqi uchun kurashi natijasida qaysi hududlarni boshqarishni meros qoldirish huquqini qo‘lga kiritdi?

A) Misr va Sudanni B) faqat Misrni

C) Misr va Tunisni D) Mist, Jazoir, Liviyani

87. Rossiya va Turkiya o‘rtasida Qrim urushi boshlangan yili O‘rta Osiyoda …

A) Qo‘qon xonligida qipchoqlar qirg‘ini uyushtirildi

B) Oqmachit qal’asi ruslar tomonidan bosib olindi

C) Amir Nasrullo Shahrisabz va Kitob bekliklarini bosib oldi

D) Rossiyaning N. Ignatyev boshchiligidagi diplomatik missiyasi Xiva va Buxoroga keldi

88. Qrim urushida Turkiyani qo‘llab-quvvatlagan davlatlarni aniqlang.

A) Avstriya, Fransiya, AQSH B) Angliya, Fransiya

C) Eron, Angliya, Portugaliya D) Avstriya, Eron

89. Qrim urushi yakuni natijasi qayerda sulh shartnomasi imsolangan edi?

A) Londonda B) Moskvada C) Parijda D) Anqarada

90. 1709-yilda Qandahor viloyatida Eron bosqinchiligiga qarshi kim boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi?

A) Mir Mahmud B) Qalandar C) Mir Vaysxon

D) Fathxon

91. 1747-yil Afg‘oniston davlatining tashkil topishi uchun qanday qulay tashqi sharoit yetilgan edi?

A) Boburiylar davlatining zaiflashib qolganligi

B) Eronning yevropaliklar ta’sirida qolib ketishi

C) O‘rta Osiyo xonliklarining Afg‘on tuprog‘idan quvib chiqarilishi

D) inglizlarning Fors qo‘ltig‘i bandargohlaridan portugallarni haydab chiqarishi

92. Afg‘onistonda Ahmadshoh vorislari o‘rtasida o‘zaro urushlardan qaysi sulola vakillari foydalanib, hokimiyatni egallaydilar?

A) gilza B) qojar C) afshor D) barakzay

93. Bir yilda amir deb e’lon qilingan Buxoro va Afg‘oniston hukmdorlarini aniqlang.

A) Amir Haydar va Fathxon

B) Shohmurod va Shuju

C) Amir Nasrullo va Do‘st Muhammadxon

D) Doniyolbiy va Zamonshoh

94. Nechanchi yilda “Ost-Indiya” kompaniyasi Hindistonning Sind viloyatini bo‘ysundirdi?

A) 1843-yil B) 1841-yil C) 1819-yil D) 1838-yil

95. “Bayon” asarining muallifini aniqlang.

A) Og‘a Muhammad B) Sayid Ali Muhammad

C) Lakshmi Bay D) Muhammad Tarziy

96. Eronda hakimboshi qanday lavozim bo‘lgan?

A) moliya vaziri B) ichki ishlar vaziri

C) saroy bosh tabibi D) xo‘jalik ishlari boshlig‘i

97. Misrda XVIII-XIX asrlar chegarasida, asosan qullikka tushirilgan Gruziya va Shimoliy Kavkaz aholisi nima deb atalgan?

A) xatib B) bur C) mulat D) mamluk

98. G‘arbiy Afrikadagi qaysi davlatlar eng qadimgi davlatlar hisoblanadi?

A) Gana va Mali B) Senegal va Marokash

C) Jazoir va Marokash D) Kamerun va Jazoir

99. Efiopiya hukmdori Kasa asli qanday tabaqaga mansub bo‘lgan?

A) kichik yer egasi B) oddiy dehqon

C) oddiy hunarmand D) boy yevropaliklar avlodi

100. Janubiy Afrikadagi golland, fransuz, nemis mustamlakachilarning avlodlari nima deb yuritilgan?

A) mamluk B) kreoll C) mites D) bur


VI BOB (11 tasi yangi)



1.“Sotsializm” atamasi qachon va qayerda vujudga kelgan edi?
A) XIX asr 70-yillarida Angliyada

B) XIX asr 30-yillarida Fransiyada

C) XVIII asr 90-yillarida Rossiyada

D) XVIII asr 70-yillarida Germaniyada

2. Utopik sotsializm tarafdorlarining qaysi biri fabrika egasi bo‘lib, ishchilarga ish vaqtini kamaytirib bergan edi?

A) Sen-Simon B) Sharl Furye C) Robert Ouen D) A.Gersen

3. Quyidagi sotsialistlarning qaysi biri mehnat jamoalarini falanga deb atadi?
A) Sharl Furye B) Robert Ouen C) A. Gersen

D) V.Belinskiy

4. Utopiya so‘zi qaysi tildan olingan?
A) ingliz B) fransuz C) nemis D) yunon

5. Kimning fikriga ko‘ra, kishilar birgalikda sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarganda hamda umumiy uyda yashaganda ularga mehnat quvonch va zavq manbaiga aylanishi lozim edi?

A) Sen-Simon B) Sharl Furye C) Robert Ouen D) A. Gersen

6. Kimning fikricha, Rossiyadagi dehqonlar jamoasi sotsializmning asosi bo‘lishi lozim edi?

A) N. Muravyov B) K. Marks C) V. Belenskiy D) A. Gersen

7. Sotsialistlar nima orqali kishilarga erkinlik, tenglik, farovonlik va baxt-saodat beradigan jamiyatni sotsialistik jamiyat deb hisoblaganlar?

A) jamiyatdagi xususiy mulkni umumxalq mulkiga aylantirish orqali

B) xotin-qizlar va yosh bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlash orqali

C) barchaning mehnatga jalb qilinishi, hech kim undan chetda qolmasligi orqali

D) barchaning 8 soatlik ish kunini qonun bilan mustahkamlash orqali

8. Sen-Simon, Sh. Furye va R. Ouenlar orzu qilgan adolatli jamiyatni ular taklif etgan qanday yo‘l bilan qurib bo‘lmas edi?

A) urushlarga chek qo‘yish yo‘li bilan

B) barchaning 8 soatlik ish kunini qonun bilan mustahkamlash yo‘li bilan

C) mulkdor tabaqalarni insofga chaqirish yo‘li bilan

D) xalq boshqaruvini tashkil qilish yo‘li bilan

9. XIX asrning 40-50-yillarida ijod qilgan Rossiya imperiyasidagi ijtimoiy harakatning yetakchi arboblaridan qay biri jamiyatga aql-idrokka va adolatga mos keluvchi qonunlar kerakligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni ilgari surdi?

A) N. Muravyov B) K. Marks C) V. Belenskiy D) A. Gersen

10. Xususiy mulkchilik bo‘lmagan orol haqida asar yozgan allomani aniqlang.

A) N. Muravyov B) K. Marks C) R. Ouenlar

D) Tomas Mor

11. “Utopiya” so‘zining ma’nosi nima?

A) xayolparast B) yo‘q joy, xayoliy C) orzu

D) ishonch, umid

12. Podsholik hokimiyatiga va krepostnoylikka qarshi kurash xalq orasida ma’rifat tarqatishdan boshlanishi kerak, deb hisoblagan sotsialistni aniqlang.

A) Sharl Furye B) K. Marks C) V. Belenskiy D) A. Gersen

13. Tomas Mor qachon, qayerda yashagan?

A) XIV asrda Irlandiyada B) XV asrda Rransiyada

C) XIX asrda Angliyada D) XVI asrda Angliyada

14. Utopik sotsializmning fransiyalik vakillari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) R.Ouen, A. Gersen

B) Sh.Furye, Sen-Semon

C) V.Belenskiy, R.Ouen

D) Sen-Semon, A.Gersen

15. Utopik sotsializmning buyuk britaniyalik vakili qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) R.Ouen B) Sh.Furye C) V.Belenskiy

D) Sen-Semon


VII BOB


1. I. Nyuton necha yoshga to‘lganida fan uning asosiy mashg‘ulotiga aylanadi?
A) 11 B) 15 C) 17 D) 14

2. I. Nyuton shisha linzani nechanchi yilda ixtiro qiladi?


A) 1671-yil B) 1682-yil C) 1691-yil D) 1669-yil

3. “Umumiy, zaruriy bilimning asosi faqat aql bo‘lishi mumkin”, deb kim yozgan edi?

A) M.V. Lomonosov B) G.V. Leybnis

C) I. Nyuton D) Yu. Mayer

4. Fizikada “yetarli asos qonuni”ni kim birinchi bo‘lib izohlab bergan edi?
A) M.V Lomonosov B) I. Nyuton C) V. Leybnis

D) D. Joul

5. Quyidagi ko‘rsatilgan qaysi holatlar XIX asrda astronomiyani rivojlantirishga qudratli turtki berdi?

A) yer osti foydali qazilmalariga talabning tobora ortib borishi

B) kalendar (taqvim), geografik xaritalar tuzish, dengizdagi kema qatnovi

C) matematikaning muvaffaqiyatlari, Nyuton kashfiyotlari va teleskopning takomillashtirilishi

D) elektr simli telegrafning kashf etilishi

6. Ingliz olimi I. Nyuton nechanchi yillarda yashagan?

A) 1642-1727-yillar B) 1632-1699-yillar

C) 1648-1712-yillar C) 1636-1719-yillar

7. Matematikada differensial va integral hisoblashni kashf etgan allomani aniqlang.

A) D.Joul B) I. Nyuton C) V.Leybnis

D) M.V Lomonosov

8. Nemis olimi G.V.Leybnis nechanchi yillarda yashagan?

A) 1642-1727-yillar B) 1632-1699-yillar

C) 1646-1716-yillar C) 1636-1719-yillar

9. O‘z mamlakatida birinchi kimyo laboratoriyasini tashkil etgan allomani aniqlang.

A) D. Joul B) I. Nyuton C) V. Leybnis

D) M.V.Lomonosov

10. Berlin Fanlar Akademiyasiga asos solingan yilni aniqlang.


A) 1700-yil B) 1709-yil C) 1691-yil D) 1710-yil

11. “U tarixchi, notiq, mexanik, kimyochi, minerolog, rassom va shoir. U hamma narsani sinab ko‘rgan va hamma narsani o‘rgangan”, ushbu ta’rif kimga nisbatan ishlatilgan edi?

A) D.I.Mendeleyevga B) M.V.Lomonosovga

C) G.V.Leybnisga D) I.Nyutonga

12. Quyidagi qaysi olim Shvetsiya va Boloniya Fanlar akademiyasining faxriy a’zoligiga saylangan?
A) I.Nyuton B) Yu.Mayer C) G.V.Leybnis

D) M.V.Lomonosov

13. J. Sviftning “Gulliverning sayohati” nomli romanida nimaning karikaturasi tasvirlangan?

A) ingliz cheklangan monarxiya va ingliz qiroli

B) Angliya burjua-inqilobi

C) ingliz mehnatkash xalqi

D) cherkov va ruhoniylar uyushmasi

14. Neptun planetasi nechanchi yilda kashf etilgan edi?


A) 1846-yil B) 1851-yil C) 1837-yil D) 1842-yil

15. Chechak kasalligiga qarshi emlash usulini kash qilgan olimni aniqlang?


A) D.I. Mendeleyev B) Yu. Mayer C) E. Jenner D) R. Kox

16. 300 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan mikroskopni yaratgan Levenguk qaysi davlat olimi edi?


A) nemis olimi B) golland olimi

C) ingliz olimi D) fransuz olimi

17. Germaniya va Fransiyada temir yo‘l qurilishi qachon boshlandi?
A) XIX asr 40-yillarida B) XIX asr 30-yillarida

C) XIX asr 50-yillarida D) XIX asr 70-yillarida

18. Buyuk Britaniyadan Amerikaga Atlantika okeani tubi orqali dastlabki telegraf kabeli qachon o‘tqaziladi?

A) XIX asr 60-yillari oxirlarida

B) XIX asr 50-yillari boshlarida

C) XIX asr 40-yillari o‘rtalarida

D) XX asr birinchi choragida

19. 1870-yilga kelib dunyodagi jami temir yo‘llarning uzunligi qanchaga yetadi?

A) 332 ming km. B) 200 ming km.

C) 191 ming km. D) 220 ming km.

20. Shotlandiyalik dengizchi A. Selkrikning hayoti sarguzashtlari haqida qaysi yozuvchi asar yuzgan edi?
A) J.Svift B) F.Shillir C) P.Bomarshe

D) Daniel Defo

21. J. Sviftning “Gulliverning sayohati” asari nechanchi yilda bosmadan chiqqan edi?

A) 1726-yil B) 1719-yil C) 1729-yil D) 1731-yil

22. Quyidagi qaysi sahna asari Fransiya qiroli Lyudovik XVI ga yoqmagan va u g‘azab bilan “buni sahnada qo‘yish uchun Bastiliyani vayron qilish kerak”, degan edi?

A) “Gulliverning sayohati”

B) “Figaroning uylanishi”

C) “Siveliya sartaroshi”

D) “Insoniy komediya”

23. I. Gyote o‘zining “Faust” tragediyasini necha yilda yozgan edi?

A) 25 yil B) 40 yil C) 60 yil D) 50 yil

24. Zamondoshlari kimni “XVIII asrning haqiqiy mo‘jizasi” deb atashgan edi?

A) A.S Pushkinni B) V. Motsartni

C) L. Betxovenni D) F.Shillirni

25. D.Defo qahramoni Robinzon Kruzo sarguzashtlari yozuvchi qalamida necha yilga aylangan edi?

A) 27 yil B) 4 yil C) 28 yil D) 21 yil

26. “Menga xuddi o‘zimdek bir necha shoir kishilarni beringlar va Germaniya Respublika bo‘ladi”, ushbu so‘zlar qaysi yozuvchi qahramoni tilidan olingan?
A) F. Shillir B) I. Gyote C) Onore de Balzak D) I. Bax

27. Rus shoiri A.S. Pushkin nechanchi yilda duelda halok bo‘lgan edi?


A) 1831-yil B) 1837-yil C) 1829-yil D) 1841-yil

28. “Matveyning uqubatlari” asari kimning qalamiga mansub?


A) L.Betxoven B) V.Motsart C) I.Bax

D) O.Balzak

29. Motsartning so‘nggi asari qanday nomlanadi?
A) “Figaroning uylanishi”
B) “Fantaziya yo‘lida sonata”
C) “Qahramon simfoniyasi”

D) “Rekviyem”

30. Motsart necha yoshida yozgan operasi Milan teatrida qo‘yilgan edi?
A) 12 yosh B) 5 yosh C) 11 yosh D) 14 yosh

31. Quyidagi qaysi alloma-yozuvchilar bir yilda tavallud topgan?


A) I.Gyote, F.Shillir B) P.Bomarshe, J.Svift

C) O.Balzak, A.S.Pushkin D) V.Motsart, I.Gyote

32. Motsart nechanchi yilda Bomarshening “Figaroning uylanishi” komediyasiga musiqa bastalagan edi?
A) 1786-yil B) 1782-yil C) 1779-yil D) 1791-yil

33. D.I.Mendeleyev elementlar davriy tizimini nechanchi yilda tuzgan edi?

A) 1867-yil B) 1861-yil C) 1869-yil D) 1870-yil

34. Akademiya so‘zi qaysi tildan olingan?


A) yunon B) ingliz C) nemis D) fransuz

35. Berlin Fanlar Akademiyasiga kim asos slogan edi?


A) I. Nyuton B) G.V. Leybnis C) A. Jenner

D) M. Lomonosov

36. I. Nyuton necha yosh arafasida Qirollik jamiyati a’zosi etib saylangan edi?
A) 30 B) 25 C) 40 D) 35

37. M. Lomonosov qaysi davlatdagi universitetlarda kimyo va metallurgiya fanlaridan ta’lim olgan?

A) Fransiya B) Italiya C) Germaniya

D) Angliya

38. Daniel Defo yashagan yillarni aniqlang.

A) 1660-1731-yillar B) 1667-1745-yillar

C) 1648-1712-yillar C) 1636-1719-yillar

39. A.S.Pushkin qaysi shaharda tug‘ilgan.

A) Moskva B) Yekaterenburg C) Novgorod

D) Sankt-Peterburg

40. Nimaning vujudga kelishi elektrdan amalda foydalanishning asosiy sohasi bo‘ldi?

A) radio B) televizor C) lampochka D) telegraf

41. Kimning asar qahramonlardan biri insonning erki va qadriyatini quyidagi satrlarida himoya qilgan?

Inson qahrliroq siz o‘ylagandan, asrlik uyquning yo‘lin buzib u o‘zining huquqini so‘rar qaytadan.

A) F. Shiller B) Onore de Balzak C) I.Gyote

D) P.Bomarshe

42. Kimning qaysi asaridagi qahramon mangu haqiqatni anglashga yetib keladi va bunday deydi: faqat shu munosib hayot va erkka, kim har kun ular uchun kurashga kirsa?

A) I.Gyotening “Faust”

B) F.Shiller “Germaniya”

C) O.Balzak “Insoniy komediya”

D) P.Bomarshe “Figaroning uylanishi”

43. Kimning romanlarining qahramonlari jinoyatlar evaziga o‘z boyliklarini ko‘paytirayotgan bankirlar va savdogarlar, berahm sudxo‘rlar, o‘z hayotini behuda o‘tkazayotgan mansabparast kishilar bo‘lgan?

A) I.Gyote B) F.Shiller C) O.Balzak

D) P.Bomarshe

44. Qaysi yozuvchining asarlari burjuaziya jamiyatiga qarshi o‘ziga xos aybnoma bo‘lgan?

A) I.Gyote B) F.Shiller C) O.Balzak

D) P.Bomarshe

45. “Rekviyem” nima haqidagi asar?

A) bo‘ysunmas, isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, qo‘rqmas inson obrazi ta’riflangan asar

B) cherkovlarda marhumning xotirasiga bag‘ishlab ijro etiladigan hayot va o‘lim, inson qismati haqida asar

C) Isoning uqubatlari tarannum etilgan asar

D) o‘z maqsadlariga har qanday vositalar bilan erishadigan kishilar dilidagi hissiyotni tarannum etuvchi asar

46. Betxovenning “Fantaziya yo‘lida sonata» va “Qahramonnoma simfoniyasi” asarlari markazida qanday inson obrazi turadi?

A) bo‘ysunmas isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, qo‘rqmas inson

B) dili pok, har qanday insonga yotdam qo‘lini chozuvchi cherkov ruhoniylari

C) o‘z maqsadlariga har qanday vositalar bilan erishadigan, mag‘rur va shuhratparast kishilar

D) o‘z boyliklarini ko‘paytirayotgan bankirlar va savdogarlar, berahm sudxo‘rlar

47. Shiller vafotidan qancha vaqt o‘tib “Nemis millatining Muqaddas Rim imperiyasi” o‘z intihosini topdi?

A) 8 yil B) 13 yil C) 1 yil D) 3 yil

48. Quyidagi qaysi qonunga asoslanib buyuk rus olimi D. I. Mendeleyev elementlarning davriy tizimini yaratdi?

A) yetarli asos qonuni

B) butun olam tortishish qonuni

C) energiyaning saqlanish qonuni

D) richag qonuni

49. Yangi fan – fizikaviy kimyo faniga asos solgan allomani aniqlang.

A) A) I. Nyuton B) G.V. Leybnis C) A. Jenner

D) M. Lomonosov

50. 1840-yilda jahon mamlakatlarida barcha temiryo‘llarning uzunligi necha kelometrni tashkil etgan?

A) 7700 km. B) 2000 km. C) 200 ming km.

D) 70000 km.


IX – SINF O‘ZBEKISTON TARIXI


I BOB.

1. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligining sharqiy chegarasi qaysi tog‘ tizmasiga borib tutashgan edi?

A) Tyan-Shan B) Pomir C) Tibet D) Hisor

2. Buxoro amirligining markaziy qismi qaysi vohada bo‘lgan?

A) Qashqadaryo vohasi B) Murg‘ob vohasi

C) Zarafshon vohasi D) Vaxsh vohasi

3. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi qaysi davlatlar bilan chegaradosh bo‘lgan?

A) Eron, Afg‘oniston, Qo‘qon va Xiva xonliklari, Qozoq juzlari yerlari

B) Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Xiva va Qo‘qon xonliklari

C) Qozoq juzlari, Orenburg general-gubernatorligi, Eron, Xiva va Qo‘qon xonliklari

D) Xiva va Qo‘qon xonliklari, Eron, Hindiston, Qozoq juzlari, Xitoy

4. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligiga hozirgi Tojikistondagi qaysi hududlar kirgan?

A) Ko‘lob, Panjikent, Dushanbe viloyatlari

B) O‘ratepa, Ro‘shan, Andarob vohalari

C) Muzko‘l, Alichur, Panj vohalari

D) Vaxsh, Kofirnihon, Panj vodiylari

5. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligiga hozirgi Turkmanistondagi qaysi hududlar kirgan?

A) Ko‘lob, Panjikent viloyatlari

B) Marv va Andarob vohalari

C) Chorjo‘y va Shibirg‘on viloyatlari

D) Mug‘ob daryosi vohalari

6. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida nechta beklik mavjud bo‘lgan?

A) 27 ta B) 40 ta C) 15 ta D) 38 ta

7. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi chegarasini tomonlari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.

1) g‘arb; 2) sharq; 3) janub; 4) shimol.

a) Pomir tog‘lari; b) Amudaryoning chap sohilidagi yerlar; c) Qozoq juzlari yerlari; d) Xiva xonligi

A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c

C) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d

8. XIX asr 2-yarmida Xiva xonligi hududi ... dan iborat bo‘lgan.

A) 200 ming km. kv. B) 800 ming km. kv.

C) 130 ming km. kv. D) 300 ming km. kv.

9. XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligi chegarasini tomonlari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.

1) g‘arb; 2) sharq; 3) janub; 4) shimol.

a) Eron; b) Buxoro amirligi; c) Kaspiy dengizi; d) Qozoq juzlari yerlari

A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c

C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d

10. Xiva xonligida bekliklarni ... boshqargan.

A) no‘yon va noiblar B) bek va to‘ralar

C) amir va dorug‘alar D) voliy va no‘yonlar

11. XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligida nechta beklik mavjud bo‘lgan?

A) 27 ta B) 40 ta C) 15 ta D) 38 ta

12. Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi o‘rtasidagi nizoli vaziyatga sabab bo‘lgan hududlarni aniqlang.

A) Ko‘lob, Vaxsh, Qobadiyon

B) Sherobod, Hisor, Kofirnihon

C) Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non

D) Xo‘jand, O‘ratepa, Hisor, Pishpak

13. Qo‘qon xonligi sharqda qaysi hudud bilan chegaradosh bo‘lgan?

A) Xitoy B) Hindiston C) Qozoq juzlari

D) Sharqiy Turkiston

14. Qo‘qon xonligi geografiyasi Buxoro amirligi va Xiva xonliginikidan nimasi bilan farqlanadi?

A) sersuv daryolar, so‘lim vodiylar va serhosil yerlarga boyligi bilan

B) kichik pastekistliklar, yirik tog‘lar va cho‘llarga boyligi bilan

C) yirik pastekistliklar, tog‘lar, qirlar va to‘g‘lardagi serunum yerlarga boyligi bilan

D) toshloq yerlar, o‘rmonzorlar, yirik tog‘lar va cho‘llarga boyligi bilan

15. XIX asr o‘rtalari Xiva xonligi aholisining soni qancha bo‘lgan?

A) 130 ming B) 2 mln. C) 3 mln. D) 800 ming

16. XIX asr o‘rtalari Qo‘qon xonligi aholisining soni qancha bo‘lgan?

A) 130 mingdan ortiq B) 2 mln. ga yaqin

C) 3 mln. ga yaqin D) 800 mingdan ortiq

17. XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo xonliklarining hududi bugungi kundagi O‘zbekistondan tashqari, qaysi davlat yerlarining bir qismini o‘z ichiga olgan?

A) Qozog‘iston, Tojikiston, Eron, Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston

B) Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston

C) Tojikiston, Eron, Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston

D) Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Eron, Armaniston, Pokiston

18. Amir Muzaffar hukmronlik yillarini aniqlang.

A) 1860-1885-yillar B) 1826-1860-yillar

C) 1856-1886-yillar D) 1852-1868-yillar

19. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida viloyat va tuman hokimlari ...

A) devonbegi tavsiyasi bilan qo‘shbegi tomonidan tayinlangan

B) mehtar tavsiyasi bilan xon tomonidan tayinlangan

C) qo‘shbegi tavsiyasi bilan xon tomonidan tayinlangan

D) otaliq tavsiyasi bilan qo‘shbegi tomonidan tayinlangan

20. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida tashqi aloqalarni yuritish bilan qaysi mansabdor shug‘ullangan?

A) qo‘shbegi B) ko‘kaldosh C) devonbegi

D) mehtar

21. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida davlat hujjatlarini yuritish ishlariga qaysi mansabdor mas’ul bo‘lgan?

A) mirzaboshi B) mushrif C) devonbegi

D) mehtar

22. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida amir qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni nima deb yuritilgan?

A) amirlashkar B) yasovulboshi C) mirshabboshi

D) to‘pchiboshi

23. XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligida oliy amaldor devonbegi hisoblanib, uning ixtiyorida ... dan iborat kengash faoliyat ko‘rsatgan.

A) mehtar, qo‘shbegi, mirzaboshilar

B) inoq, otaliq, biylar

C) qo‘shbegi, mehtar, otaliqlar

D) mirzaboshi, qozikalon, qo‘shbegilardan

24. XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligida tartib-intizom ishlariga qaysi mansab egasi mas’ul bo‘lgan?

A) amirlashkar B) yasovulboshi C) mirshabboshi

D) to‘pchiboshi

25. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida eng yuqori harbiy lavozim qaysi bo‘lgan?

A) amirlashkar B) mingboshi C) mirshabboshi

D) to‘pchiboshi

26. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida xazina ishlari va davlat xarajatlarini qaysi lavozim egasi nazorat qilib borgan?

A) mushrif B) devonbegi C) xudaychi

D) mehtar

27. Qo‘qon xoni zaruriyat tug‘ilganida oziq-ovqat ortilgan ... aravaga ega bo‘lgan va ... gacha askarni yig‘a olardi.

A) 12 ming, 60 ming B) 9 ming, 30 ming

C) 12 ming, 40 ming D) 3 ming, 50 ming

28. XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklari aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yerga egalik tartiblari qay darajada ekanligi nima bilan belgilangan?

A) egallab turgan mansabi yoki jamiyatdagi e’tibori bilan

B) davlat lavozimlarida ishlash yoki ishlamasligi bilan

C) to‘lanadiga soliq va to‘lovlarning miqdori bilan

D) harbiy lavozimlardagi mavqeyi bilan

29. Vaqf yerlaridan olinadigan foyda hisob-kitobi va taqsimoti bilan kim shug‘ullangan?

A) sadr B) muftiy C) muhtasib D) mutavalli

30. XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklari aholisi soliq va to‘lovlarni qanday ko‘rinishda to‘lagan?

A) mahsulot yoki pul ko‘rinishida

B) faqat mahsulot ko‘rinishida

C) faqat pul ko‘rinishida

D) hokimning o‘z yonidan davlatga to‘lab yuborilgan, so‘ng xalqdan ish hayvonlari, mahsulot va boshqa moddiy buyumlar hisobida yig‘ib olingan

31. XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklarida sug‘orish inshootlari, yo‘llar qurilishi kabi ishlar qanday tartibda bajarilgan?

A) professional ustalar tomonidan bajarilgan

B) har bir xo‘jalik tomonidan o‘ziga tegishli hududda o‘zlari tomonidan bajarilgan va buning evaziga bir yillik soliqlardan ozod qilingan

C) aholi tomonidan majburiyat tarzida bajarilgan

D) soliq to‘lovlarining 1/10 qismi ajratib olinib, shu mablag‘ hisobidan bajarilgan

32. O‘rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilikning ma’lum bir sohasi rivojlangan bo‘lib, quyidagi shaharlari rivojlangan hunarmandchilik sohasi bilan to‘g‘ri ko‘rsating.

1) Rishton; 2) Chust; 3) Buxoro; 4) Xiva; 5) Marg‘ilon;

a) do‘ppichilik, pichoqchilik; b) atlas to‘qish, do‘ppichilik; c) me’morchilik, ganchkorlik; d) zargarlik; e) kulolchilik.

A) 1-e, 2-a, 3-d, 4-c, 5-b B) 1-d, 2-a, 3-e, 4-b, 5-c

C) 1-a, 2-e, 3-d, 4-c, 5-b D) 1-e, 2-c, 3-d, 4-a, 5-b

33. “Yerga, dalaga oid” mazmunini beruvchi atama to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A) pulug B) begar C) barot D) agrar

34. Quyidagi me’moriy inshootlari qurilgan yili bilan to‘g‘ri ko‘rsating.

1) Muhammad Aminxon madrasasi; 2) Sulton Murodbek madrasasi; 3) Hokim Oyim madrasasi; 4) Hazrati Kalon Sohibzoda madrasasi; 5) Muhammad Rahimxon madrasasi; 6) Xudoyorxon saroyi.

a) 1851-1855-y.; b) 1871-yil; c) 1872-yil; d) 1862-yil; e) 1869-yil; f) 1863-1870-y.

A) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c, 6-f

B) 1-a, 2-c, 3-e, 4-d, 5-b, 6-f

C) 1-a, 2-e, 3-c, 4-b, 5-d, 6-f

D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-c, 6-f

35. Ogahiy qalamiga mansub tarixiy asarlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

1) “Baxr ul-asror”; 2) “Riyoz ul-mulk”; 3) “Zubdat ut-tavotix”; 4) “Riyoz ud-davla”; 5) “Ravzat us-safo”; 6) “Gulshani davlat”; 7) “Gulshani muluk”; 8) “Shohidi iqbol”; 9) “Manozir ul-kavokib”; 10) “Firdavs ul-iqbol”.

A) 1, 2, 4, 5, 9, 10 B) 2, 4, 6, 8, 10 C) 3, 4, 6, 8

D) 3, 5, 7, 9

36. Tillashayx jome’ masjidi qaysi shaharda bunyod etilgan?

A) Qo‘qon B) Buxoro C) Xiva D) Toshkent

37. Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullaniladigan hududga, aholining dehqonchilik bilan bandligi va ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ustun bo‘lgan joyga nisbatan qo‘llaniladigan atama qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) axya B) adra C) kasana D) agrar

38. XIX asrda O‘rta Osiyodagi ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan omilni aniqlang.

A) O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi

B) 3 ta davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va notinchliklar

C) ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qo‘l mehnatida qilinganligi, soddaligi

D) hunarmandchilikning boshqa sohalarga qaraganda sust rivojlanishi

39. XIX asrda O‘rta Osiyo xalqlari orasidagi dostonlarning aksariyatida qanday g‘oya yetakchilik qilgan?

A) ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi

B) hukmdorlar, sarkardalarning g‘ayritabiiy jasoratlari

C) majoziy obrazlar (hayvon timsolida) va ularning sarguzashtlari

D) oxiri fojiaviy voqealar bilan tugaydigan ta’sirchan g‘oyalar

40. Muhammad Rizo Ogahiy qaysi tillarni mukammal bilgan?

A) uyg‘ur, turk, hind, fors

B) arab, fors, turk

C) sanskrit, arab, hind

D) hind, mo‘g‘ul, turk, afg‘on, fors

41. Buxoro amiri Muzaffarning taklifi bilan yozilgan asarni aniqlang.

A) “Buxorodan Peterburgga sayohat”

B) “Zubdat ut-tavorix”

C) “Manozir ul-kavokib” D) “Ravzat us-safo”

42. Ahmad Donishning astronomiya faniga oid qimmatli ma’lumotlar uchraydigan asarini toping.

A) “Buxorodan Peterburgga sayohat”

B) “Navodir ul-vaqoe”

C) “Manozir ul-kavokib” D) “Ravzat us-safo”

43. Munisning avlodlarga qoldirgan ilmiy merosi nimalardan iborat?

1) “Ravzat us-safo” asari 1-jildining tarjimasi; 2) “Shohidi iqbol” asari; 3) 18 ming misradan ziyod devoni; 4) Xorazmning 1812-yilgacha bo‘lgan tarixini o‘z ichiga olgan “Firdavs ul-iqbol” asari; 5) 16 ta tarixiy, ilmiy va tarjima asarlari; 6) Xiva xonlari tarixiga bag‘ishlangan “Gulshani davlat” asari.

A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 5, 6

44. Saroy shoirlari boshlig‘i, ya’ni, “Malik ush-shuaro” nomini olgan allomani aniqlang.

A) Ahmad Donish B) Munis C) Ogahiy

D) Fazliy

45. “Qish” g‘azalining muallifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Ahmad Donish B) Munis C) Ogahiy

D) Fazliy

46. Mo‘yi muborak madrasasi qaysi shaharda bunyod etilgan?

A) Qo‘qon B) Buxoro C) Samarqand

D) Toshkent

47. Ahmad Donishning Buxoro elchilari bilan birga Moskva, Peterburg shaharlariga sayohatga borgan yilini aniqlang.

A) 1857-yil B) 1865-yil C) 1852-yil D) 1862-yil

48. Xiva xonligiga Muravyov boshchiligida Rossiya elchilari kelgan yili ...

A) Shermuhammad Munis vafot etdi

B) “Ravzat us-safo” asari o‘zbek tiliga tarjima qilina boshlandi

C) Ogahiy tug‘ildi

D) Ahmad Donish tug‘ildi

49. “Manozir ul-kavokib” asari nechanchi yilda yozilgan?

A) 1857-yil B) 1865-yil C) 1855-yil D) 1862-yil

50. “Ravzat us-safo” asarining muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Xondamir B) Munis C) Mirxond

D) Ogahiy

51. Ollohqulixon, Muhammad Aminxon va Muhammad Rahimxon madrasalari qanday usuldagi me’morchilik an’anasida bezalgan edi?

A) quyoshda uzoq vaqt quritilgan to‘q qizil rang ustidan yashil va oq rangli tasvirlarning tushirilishi bilan

B) peshtoqlarga qushlar va hayvonlar rasmi aks ettirilgan kufiy yozuvlar bilan

C) har bir g‘ishtning alohida-alohida ranglar bilan bo‘yab, har xil shakllar yasalishi bilan

D) tiniq zangori rang ustidan oq va yashil gullar tushirilgan koshinlar bilan

52. Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilishicha, milliy teatr san’atimizning qadimiy ildizlari nimalarga borib taqaladi?

A) harbiy ko‘rik va harbiy mashg‘ulotlarga

B) hukmdorlar saroyida tashkil etilgan san’at truppalariga

C) qadimgi rim va yunon teatri an’analariga

D) xalq o‘yin va tomoshalariga

53. Shermuhammad Munis nechanchi yillarda yashagan?

A) 1778-1829-yillar B) 1787-1828-yillar

C) 1774-1823-yillar D) 1779-1827-yillar

54. Ogahiy nechanchi yillarda yashagan?

A) 1803-1872-yillar B) 1809-1874-yillar

C) 1802-1872-yillar D) 1807-1873-yillar

55. “Buxoroyi sharif mang‘it amirlari muxtasar tarixi” asarining muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Muhammad Sharif Buxoriy B) Sadriddin Ayniy

C) Mahmudxo‘ja Behbudiy D) Ahmad Donish

56. Darvishlar uchun maishiy xona va masjiddan iborat yotoqxona nima deb atalgan?

A) xonaqoh B) majmua C) hujra D) maqbara

57. Truppa so‘zining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) doston kuychilari, baxshilarning og‘zaki asarlari

B) teatr yoki sirk artistlari jamoasi

C) xalq qahramonligi madh etilgan asarlar to‘plami

D) teatr artistlari tomosha qo‘yadigan sahna

58. Ahmad Donish nechanchi yillarda yashagan?

A) 1809-1874-yillar B) 1812-1892-yillar

C) 1827-1897-yillar D) 1827-1899-yillar

59. XIX asrda Baroqxon madrasasini ta’mirlash ishlari nechanchi yildan boshlandi?

A) 1857-yil B) 1865-yil C) 1859-yil D) 1819-yil

60. Xiva me’moriy obidalarining qaysi biri Ark darvozasi qarshisida bunyod etilgan?

A) Muhammad Aminxon madrasasi

B) Muhammad Rahimxon madrasasi

C) Rahmonqul Inoq saroyi

D) Ollohqulixon madrasasi

II BOB


1. Rossiyaning O‘rta Osiyo chegaralaridagi dastlabki istehkomi nechanchi yilda vujudga keldi?

A) 1789-yil B) 1734-yil C) 1718-yil D) 1737-yil

2. 1843-yil Xiva va Buxoroga kelgan ingliz diplomati-yasining vakilini aniqlang.
A) J. Abbot B) D.Volf C) A.Byorns

D) A.Konnoli

3. Oqmachit qal’asi ruslar tomonidan qancha vaqtda egallangan?
A) 1 oy B) 2 oy C) 13 kun D) 20 kun

4. Rossiya imperiyasi o‘z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab qaysi tadbirni amalga oshirishga intildi?

A) Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatishga

B) O‘rta Osiyo davlatlari chegarasida harbiy istehkomlar qurishga

C) harbiy ekspeditsiyalar tashkil etishga

D) O‘rta Osiyo chegarasidagi shaharlarni bosib olishga

5. Verniy qal’asi hozirda qaysi shaharda joylashgan edi?
A) Ashxobod B) Orenburg C) Janbul D) Almati

6. 1864-1885 yillarda …

A) Rossiya O‘rta Osiyoda uzluksiz urush olib bordi

B) O‘rta Osiyoda yirik qo‘zg‘olonlar davri bo‘ldi

C) chor Rossiyasining O‘rta Osiyoga bosqinining ikkinchi davri bo‘ldi

D) chor Rossiyasining O‘rta Osiyoga bosqinining uchinchi davri bo‘li

7. Chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyo hududlarining bosib olinish ketma-ketligi to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang.

A) Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkent

B) Oqmachit, Turkiston, Toshkent, Xo‘jand

C) Chimkent, Oqmachit, Jizzax, Toshkent

D) Chimkent, Turkiston, Verniy, Toshkent

8. Qo‘qon xoni Xudoyorxon qaysi voqeadan keyin Turkiston general-gubernatoridan panoh topish maqsadida Toshkentga qochadi?

A) Abdurahmon Oftobachi va Iso Avliyolarning qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketishi

B) Po‘latxon qo‘zg‘olonining boshlanishi

C) xonning ukasi va ikkinchi o‘g‘lining qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketishi

D) xonning o‘g‘li Nasriddinbekning qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketishi

9. Xiva xonligiga yuborilgan Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, podsho hukumati O‘rta Osiyoni qo‘lga kiritish uchun qanday tadbirni amalga oshirishga kirishdi?

A) yangi-yangi harbiy ekspeditsiyalarni tashkil qilish

B) harbiy istehkomlar qurish

C) O‘rta Osiyoga qarshi Afg‘oniston bilan ittifoq tuzish

D) qozoq juzlari va qoraqalpoqlarni o‘z fuqaroligiga kiritish

10. 1867-yilda tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining markazi qaysi shahar edi?

A) Veniy B) Toshkent C) Turkiston

D) Avliyoota

11. Turkiston harbiy okrugi nechanchi yilda tuzildi?

A) 1867-yil B) 1886-yil C) 1865-yil D) 1868-yil

12. Buxoro amirligining chor Rossiyasi qo‘shinlari bilan birinchi yirik jangi qayerda bo‘lib o‘tdi?

A) Cho‘ponota tepaligida B) O‘ratepa yaqinida

C) Zirabuloqda D) Erjar yaqinida

13. General F.Romanovskiyga Qo‘qon xonligini egallash haqida ko‘rsatma bergan Orenburg general-gubernatorini aniqlang.

A) Krijanovskiy B) Skobelyev C) Perovskiy

D) Yerofeyev

14. Rus qo‘shinlari Erjar yaqinidagi jangdan keyin qayerga hujum qiladi?

A) Buxoroga B) Xo‘jandga C) Jizzaxga

D) Samarqandga

15. Turkiston general-gubernatorligining birinchi gubernatori kim?


A) Kaufman B) Chernyayev C) Korolkov

D) Romanovskiy

16. General Kaufman Urgut aholisi huzuriga taslim bo‘lish taklifi bilan kimni yuborgan edi?

A) Romanovskiyni B) Abramovni

C) Krijanovskiyni D) Chernayevni

17. 1868-yil Zarafshon okrugi tashkil qilingan bo‘lib, okrug boshlig‘i qilib kim tayinlangan edi?

A) K.P.Kaufman B) M.Chernyayev

C) F.Romanovskiy D) I.F.Abramov

18. P.M.Lessar kim edi?
A) Rossiya imperiyasining Boxorodagi birinchi diplomatik vakili

B) Amudaryo bo‘limi boshlig‘i

C) Xivaga qarshi yurishning Krasnavodsk harbiy bo‘limi boshlig‘i

D) Turkmaniston hududidagi harbiy harakatlar boshlig‘i

19. Zirabuloq jangida mag‘lubiyatga uchragan Buxoro amirligi Rossiya hukumatiga qancha miqdorda tovon to‘lash majburiyatini oldi?

A) 500 ming rubl B) 2,2 mln. rubl

C) 600 ming rubl D) 1,5 mln. rubl

20. Rossiya imperiyasi 1718-yil qaysi daryo sohili bo‘ylab yettita istehkom qurgan edi?

A) Sirdaryo B) Ural C) Volga D) Irtish

21. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga bosqinining ikkinchi davri nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?

A) 1847-1865-yillar B) 1864-1873-yillar

C) 1865-1868-yillar D) 1873-1879-yillar

22. Buxoro amiri Muzaffarning katta o‘g‘li qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Nasriddinbek B) Abdumalik C) Abdulahad

D) Said Olim

23. Ingliz elchilari Ch.Stoddart va A.Konnolilar Buxoro amiri tomonidan qatl etilgach, bunga javoban ingliz hukumati qanday tadbir qo‘llaydi?

A) Buxoro amirligi hududiga o‘z josuslarini jo‘natadi

B) Buxoroga qarshi Rossiya imperiyasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida rus hukumati bilan kelishib oldi

C) Amudaryoning janubiy sohilidagi o‘zbeklar yashaydigan hududlarni bosib oldi

D) Buxoroga qarshi Afg‘oniston bilan sulh tuzib, ularni qurollantiradi

24. Qayerda bo‘lgan hujumda rus generali Veryovkin yarador bo‘lgan edi?

A) Xivaga B) Andijonga C) Urgutga

D) Hazoraspga

25. Chor Rossiyasining Xiva xonligiga yurishi natijasida yo‘lga chiqqan rus qo‘shinlarining qanchasi Xivagacha yetib kelgan?


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə