Akbar Zamonov


A) 13 ming B) 7,5 ming C) 9,6 ming D) 11 ming



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə32/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60

A) 13 ming B) 7,5 ming C) 9,6 ming D) 11 ming


26. Chor Rossiyasi O‘rta Osiyoga yurishining uchinchi bosqichi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?

A) 1873-1876-yillar B) 1864-1873-yillar

C) 1865-1868-yillar D) 1873-1879-yillar

27. Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra, Xiva xonligi necha yil muddatda Rossiyaga tovon to‘lashi kerak edi?


A) 15 yil B) 20 yil C) 10 yil D) 25 yil

28. Ma’lumki, Xiva xonligiga qarshi rus qo‘shinlari to‘rt yo‘nalishda harakat boshlagan edi. Lekin sharoit taqozosi tufayli qaysi otryadlar orqaga qaytgan?

A) Kazalinsk, Orenburg

B) Krasnavodsk, Mang‘ishloq

C) Turkiston, Kazalinsk D) Krasnavodsk, Toshkent

29. Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra Xiva xonligi hududi qanchaga qisqardi?

A) ikki baravar B) 40 foiz C) uch baravar

D) 50 foiz

30. Qaysi ingliz elchisi Buxorodan qaytib ketayotganida ikki hamrohi bilan yo‘lda halok bo‘ladi?

A) I.Volf B) M.Murkroft C) J.Abbot D) A.Byorns

31. 1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Ch.Stoddart va A.Konnolilar Buxoroga qanday taklif bilan kelgan edi?

A) o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohillarida ingliz harbiy istehkomlarini qurish

B) Sirdaryo sohillarida harbiy istehkomlar qurish, ularning qurilishida ingliz muxandislarini taklif qilish

C) Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ingliz harbiy mutaxassislarini Boxoroga yuborish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish

D) O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ular bilan Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish

32. 1879-yil Angliya Afg‘onistonning bir qismini bosib oladi va O‘rta Osiyoga yo‘l ochiladi. Shu bois rus hukumati turkmanlar yeriga kimni qo‘shin bilan yuboradi?

A) I.Lazerev B) P.M.Lessar C) M.Skobelev

D) I.F.Abramov

33. Kaspiyorti viloyati tuzilgan yili …

1) Rossiya imperatori Aleksandr II hukmronligi tugadi; 2) Podsho hukumatining O‘rta Osiyoni bosib olishidagi yurishining to‘rtinchi bosqichi tugadi; 3) Amudaryo bo‘limi tashkil etildi; 4) ingliz-rus komissiyasi Buxoro amirligi va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara chizig‘ini belgiladi; 5) Rossiya elchisining Tehrondagi kelishuvi bilan Buxoro amirligi va Eron o‘rtasidagi chegaralar belgilandi; 6) Turkiston general-gubernatori fon Kaufman hukmronligi tugadi.

A) 1, 5, 6 B) 1, 2, 5 C) 2, 4, 6 D) 2, 3, 5

34. Qaysi shaharda mustamlakachilarga qarshi harakat bir oy davom etgan?

A) Jizzax B) O‘ratepa C) Namangan D) Xiva

35. Turkmaniston hududidagi harbiy harakatlarga kimlar rahbarlik qilgan?

A) Kaufman, Romanovskiy

B) Skobelev, Abramov, Lessar

C) Chernyayev, Skobelev, Kaufman

D) Lazerev, Skobelev

36. Mayor I.Volf Buxoroga kelganidan 1000 yil muqaddam ...

A) Verden shartnomasi imzolandi

B) Xalifa Ma’mun hukmronligi tugadi

C) Tohiriy Abul Abbos Abdulloh hukmronligi tugadi

D) Bobek boshchiligidagi qo‘zg‘olon bostirildi

37. Rossiya tomonidan 1864-1866-yillarda bosib olingan hududlarda …

A) Sirdaryo viloyati tuzildi

B) Turkiston viloyati tuzildi

C) Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi

D) Zarafshon okrugi tuzildi

38. Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra, Xiva xonligiga qancha tovon to‘lash yuklandi?

A) 1 mln. 200 ming oltin B) 500 ming rubl

C) 2 mln. 200 ming rubl D) 3 mln. oltin

39. Qancha vaqt davom etgan jangdan so‘ng Ko‘ktepa qal’asi podsho hukumati qo‘shinlari tomonidan bosib olindi?

A) 20 kun B) 3 oy C) 1 oy D) 15 kun

40. General I.Lazerev boshchiligidagi rus qo‘shini turkmanlar yeriga yuborilgan yili …

A) Kaspiyorti viloyati tuzildi

B) Qo‘qon xonligi tugatilib, Farg‘ona viloyati tuzildi

C) Rossiyaning O‘rta Osiyoga bosqinchilik yurishining uchinchi bosqichi tugadi

D) Turkmaniston va Eron o‘rtasida hozirgi chegaralar belgilab olindi

41. Qo‘qon xonligini bo‘ysundirishdagi keng ko‘lamli harakatlarga kim boshchilik qilgan?

A) K.Kaufman B) M.Skobelev C) I.Abramov

D) N.Krijanovskiy

42. Nechanchi yildan boshlab Rossiya Angliya bilan Afg‘oniston va O‘rta Osiyodagi rus yerlari o‘rtasidagi chegara o‘tkazish to‘g‘risida muzokaralar olib borish boshlandi?

A) 1880-yil B) 1877-yil C) 1869-yil D) 1879-yil

43. Ingliz elchisi A. Byorns Boxoroda bo‘lganidan 20 yil o‘tib …

A) Perovskiy Oqmachit qal’asini bosib olishga urinib, mag‘lub bo‘ldi

B) Sirdaryo quyi oqimida Raim qal’asi bunyod etildi

C) Aleksandr II Qo‘qon xonligini bosib olishni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qildi

D) Toshkentga birinchi yurish amalga oshirildi

44. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi uchun harakatlarini tezlashtirgan omillarni aniqlang.

1) Aleksandr II ning Qo‘qon xonligini davlat sifatida tugatish to‘g‘risidagi farmoni; 2) Rossiya imperiyasining sanoat xomashyosiga, xususan, paxtaga bo‘lgan ehtiyojining ortishi; 3) Rossiyaning ishlab chiqargan mahsulotlari uchun qo‘shimcha iste’mol bozorining zarurligi; 4) qozoq juzlarining Rossiya fuqaroligiga o‘tishi; 5) ingliz elchilarining Buxoro amiri tomonidan o‘ldirilishi; 6) ingliz tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va Angliyaning bu hududga nisbatan qiziqishining ortishi; 7) Sirdaryo va Irtish sohillaridagi istehkomlarga xonliklar qo‘shinlarining hujumlari; 8) Rossiya imperiyasining Qrim urushidagi mag‘lubiyati.

A) 1, 3, 4, 7 B) 2, 3, 6, 8 C) 2, 4, 6, 7, 8

D) 1, 2, 3, 5, 6, 8

45. Rossiya imperiyasining Raim istehkom qal’asi qayerda qurilgan edi?

A) Sirdaryoning o‘rta oqimida

B) Irtish daryosi bo‘yida

C) Sirdaryoning quyi oqimida

D) Orol dengizining g‘arbiy qismida

46. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga harbiy yurishlarini boshlashiga bahona bo‘lgan omillardan birini aniqlang.

A) Rossiyaning Qrim urushidagi mag‘lubiyati

B) chegara hududlarda yashaydigan Rossiya fuqarolari bo‘lgan aholiga nisbatan talonchilik qilib turuvchi guruhlarning hujumlarini bartaraf etish

C) 1717-yil A.Bekovich-Cherkasskiy va 1839-yil Perovskiy boshchiligidagi ekspeditsiyaning barbod etilishi qasdini olish

D) Angliya hukumatining O‘rta Osiyoga bir necha marta o‘z elchilarini yuborishi

47. 1864-1885-yillarda Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo xonliklarining ... hududini bosib olib, mustamlakaga aylantirdi.

A) 1mln. 583255 km.kv. B) 588522 km.kv.

C) 1 mln. 883225 km.kv. D) 255886 km.kv.

48. Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan qaysi hududlarda Turkiston viloyati tashkil etildi?

A) Buxoro amirligining shimoliy hududlari va Qo‘qon xonligining Turkiston shahrida

B) Qo‘qon xonligining shimoliy-sharqiy hududlarida

C) Buxoro amirligining shimoliy-g‘arbiy hududlari va Toshkent shahrida

D) Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahrida

49. O‘zbek va tojik aholi yashaydigan Amudaryoning janubidagi hududlar Afg‘oniston viloyatiga aylantirilgan yili ...

A) Qrim urushi boshlandi

B) Rossiya imperatori Aleksandr II hukmronligi boshlandi

C) Chor Rossiyasi qo‘shinlari Oqmachit qal’asini bosib oldi

D) Stoddart va Konnoli amir tomonidan qatl etildi

50. Rossiya imperiyasining Toshkentni bosib olishida qaysi qal’a harbiy harakatlarning istehkomi va tayanchiga aylangan?

A) Raim B) Kopal C) Oqmachit D) Niyozbek

51. Nima sababdan Rossiya imperiyasining Toshkentni bosib olishi zarur hisoblangan?

A) chunki bu shahar Qo‘qon xonligining harbiy markazi bo‘lib, u egallansa, butun xonlik harbiy jihatdan zaiflashar edi

B) bu shahar O‘rta Osiyoning bosib olish uchun asosiy yo‘lak, rus harbiylarining kelgusidagi harakatlari uchun tayanch vazifani bajaradigan joy bo‘lganligi

C) chunki bu shahar Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi chegarasida joylashgan, Xiva xonligiga olib boriladigan asosiy yo‘l ustida joylashgan edi

D) bu shahar suv yo‘li orqali Xiva xonligiga olib boradigan qulay geografik hududda joylashgan edi

52. Rossiya imperiyasi qo‘shinlari Toshkentni bosib olish maqsadida dastlab nechta yo‘nalishdan yo‘lga chiqadi?

A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) bitta

53. M.Chernyayev tomonidan bosib olinga Avliyoota hozirgi qaysi shahar hisoblanadi?

A) Taroz B) Almati C) Chimkent D) Sayram

54. 1864-yil Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga rahbarlik qilish uchun Qo‘qon xoni kimni qo‘shin bilan jo‘natadi?

A) Solihbek dodhohni B) Aliqulini

C) Abdurahmon Oftobachini D) Iso Avliyoni

55. Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga qarshi yurish uchun uzoq va puxta tayyorgarlik ko‘rishining asosiy sababi nima edi?

A) bu davrda Xiva xonligi harbiy-siyosiy va hududi jihatidan O‘rta Osiyodagi eng yirik davlat bo‘lganligi

B) Xivaga boriladigan yo‘llarning mashaqqatliligi hamda Xiva xonining Eron bilan harbiy ittifoqqa kirganligi

C) xonlik tomonidan 1717-yil A.Bekovich-Cherkasskiy va 1839-yil V.Perovskiy boshchiligidagi ekspeditsiyaning barbod etilishi

D) Angliya hukumatining Xiva xonligiga bir necha marta elchilarini yuborib, o‘z harbiy mutaxassislarini taklif qilishi

56. Rus qo‘shinlari tomonidan Turkiston shahrining osonlik bilan egallanishiga olib kelgan omil nima edi?

A) amirlashkar Alimqulning yaralanib vafot etishi va shahar mudofaasini tashkil eta oladigan sarkardaning yo‘qligi

B) Turkistonni suv bilan ta’minlab turgan daryo suvining boshqa tomonga oqizib yuborilishi va shaharning suvsiz qoldirilishi

C) N.Veryovkinning Turkiston taslim bo‘lmasa, shahardagi muqaddas qadamjolar va Ahmad Yassaviy maqbarasini to‘pga tutishini bilbiruvchi tahdidi

D) yordanga kelayotga Buxoro amiri qo‘shinlarining kechikishishi

57. Podsho hukumatining Sirdaryo istehkom chizig‘i qaysi qal’alar oralig‘ida vujudga keldi?

A) Verniy va Semipalatinsk B) Kopal va Raim

C) Yangi Qo‘qon va Verniy D) Oqmachit va Raim

58. Rus qo‘shinlari tomonidan qaysi shahar egallanganidan keyin, Yangi Qo‘qon chizig‘i asosida qo‘lga kiritilgan qal’alar birlashtirildi?

A) Oqmachit B) Toshkent C) Chimkent D) Verniy

59. Podsho hukumatining Sibir istehkom chizig‘i qaysi shaharlar oralig‘ida vujudga keldi?

A) Verniy va Semipalatinsk

B) Orenburg va Avliyoota

C) Yangi Qo‘qon va Verniy

D) Chimkent va Turkiston

60. Podsho Rossiyasiga Toshkentning “ixtiyoriy ravishda topshirilishi” to‘g‘risidagi soxta shartnoma shaharning nechta oqsoqoli tomonidan imzolangan?

A) 3 ta B) 9 ta C) 11 ta D) 5 ta

61. Rossiya imperiyasi tomonidan uch kunlik jangdan keyin bosib olingan shaharni aniqlang.

A) Namangan B) Andijon C) Turkiston

D) Xo‘jand

62. XIX asrdagi Toshkentning 12 darvozasi nomlari to‘g‘ri keltirilgan javobni toping.

1) Labzak; 2) Sebzor; 3) Taxtapul; 4) Ko‘kcha; 5) Qorasaroy; 6) Taxta; 7) Sag‘bon; 8) Chig‘atoy; 9) Chimboy; 10) Kaykovus; 11) Samarqand; 12) Xitoy; 13) Kamolon; 14) Feruza; 15) Beshyog‘och; 16) Namozgoh; 17) Qo‘ymas; 18) Qo‘qon; 19) Qipchoq; 20) Qashg‘ar.

A) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 11, 13, 14, 15, 20

B) 1, 3, 4, 5, 7, 8, 11, 13, 15, 17, 18, 20

C) 2, 3, 4, 5, 8, 9, 10, 11, 13, 14, 16, 18

D) 2, 4, 5, 6, 7, 9, 11, 12, 13, 15, 17, 19

63. XIX asrda Toshkentni mudofaa qilish uchun qurilgan devor ortidagi xandaq qaysi ariqning suvi bilan to‘ldirilgan?

A) Kaykovus B) Bo‘zsuv C) Zovariq

D) Chirchiq

64. XIX asr o‘rtalarida Toshkent aholisi qancha bo‘lgan?

A) 30 mingga yaqin B) 100 mingdan ortiq

C) 70 mingga yaqin D) 80 mingga yaqin

65. M.Chernyayevning Toshkentga uyushtirgan birinchi hujumida qancha askaridan ayrilgan?

A) 24 ta B) 70 dan ortiq C) 90 ta D) 50 ga yaqin

66. Toshkent darvozasi deb nom olgan qal’ani aniqlang.

A) Kopal B) Oqmachit C) Niyozbek

D) Kamolon

67. Toshkent shahri himoyachilarining yengilishi va istilochilarning qo‘li ustun kelishini ta’minlagan omillardan birini aniqlang.

A) shaharning ayrim oqsoqollari tomonidan jangsiz taslim bo‘lish to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi

B) shahar qal’asining himoyachilar tomonidan yoqib yuborilishi

C) amirlashkar Aliqulining vafot etishi va himoyachilarning yagona boshliqsiz qolishi

D) rus harbiy qo‘shinlariga general M.Chernyayevning qo‘mondon etib tayinlanishi

68. Quyidagi qaysi voqea Toshkentni suv bilan ta’minlab turgan suvning bo‘g‘ib qo‘yilishiga olib keldi?

A) podsho hukumati tomonidan Oqmachit qal’asining bosib olinishi

B) Chernyayev tomonidan Niyozbek qal’asining bosib olinishi

C) Kaykovus arig‘ining boshqa yo‘nalishga burib yuborilishi

D) Kamolon darvozasi yonidan istilochilarning shaharga bostirib kirishi

69. “Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom” qachon qabul qilingan?

A) 1867-yil 11-iyulda B) 1865-yil 18 mayda

C) 1867-yil 12 avgustda D) 1865-yil 6-avgustda

70. “Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom”ga muvofiq viloya bo‘limlarining harbiy asosda tashkil etilishidan maqsad nima edi?

A) Rossiya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini amalga oshirilishida tayanch hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan

B) rus harbiy zobitlarni boshqaruvdagi mansablar bilan ta’minlash orqali rag‘batlantirish

C) O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlariga harbiy harbiy qal’alar qurish va u yerda harbiy holat joriy qilish

D) Rossiya imperiyasining boshqa viloyatlaridan farqli ravishda bu o‘lkalarda mustaqil siyosiy va ijtimoiy siyosat olib borish

71. K.P.Kaufman Xiva xonligiga qarshi yurish uchun qancha vaqt tayyorgarlik ko‘rdi?

A) 3 yil B) 5 yil C) 7 yil D) 2 yil

72. Biror bir masala yuzasida bir davlat hukumatining boshqa bir davlat hukumatiga bayon qilgan, hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan qat’iy talabi nima deyiladi?

A) kontributsiya B) nota C) ultimatum

D) delegatsiya

73. 1865-yil tashkil etilgan Turkiston viloyati podsho Rossiyasi hukumati uchun qanday vazifani bajardi?

A) O‘rta Osiyo paxta xomashyosini bir joyga yeg‘ib, uni Possiyaning markaziy o‘lkalariga jo‘natadigan joy

B) harbiy harakatlarni olib borishda harbiy markaz

C) o‘lkada temir yo‘l qurilishini tashkil etish va unga boshchilik qilish

D) uchala xonlikning siyosiy holati xususida ma’lumot to‘plash va xonlarning faoliyatini nazorat qilish

74. 1865-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida tashkil etilgan Turkiston viloyatining gubernatori lavozimida kimlar ishlagan?

A) M.Chernyayev va K.Kaufman

B) M.Skobelev, S.Duxovskoy, I.Abramov

C) A.Abramov, N.Veryovkin, F.Romonovskiy

D) M.Chernyayev va F.Romonovskiy

75. Nima sababdan O‘rta Osiyoda Rossiya hukumati alohida general-gubernatorlik tashkil qildi?

1) O‘rta Osiyoning Rossiya markazidan uzoqda joylashganligi; 2) podsho hukumati tomonidan kelgusida bosib olinadigan yerlarning shu ma’muriy hududga birlashtirish; 3) O‘rta Osiyoning Orenburg general-gubernatorligidan uzoqda joylashganligi; 4) O‘rta Osiyo hududida yirik xalq ozodlik kurashlarining bo‘lganligi; 5) yana bitta general-gubernatorlik tashkil qinishi uchun O‘rta Osiyo hududi va aholisining to‘g‘ri kelganligi; 6) Angliya hukumatining janubdan bo‘ladigan xavfini o‘z vaqtida bartaraf qilish uchun alohida harbiy-ma’muriy hududning zarurligi.

A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 4, 5

76. Turkiston general-gubernatori K.Kaufman bir paytning o‘zida ...

1) volost va uyezdlar boshlig‘i; 2) Turkiston o‘lkasida joylashgan barcha harbiy qo‘shin qo‘mondoni; 3) Yettisuv kazaklari qismi qo‘mondoni; 4) o‘lkaning bosh sudyasi; 5) imperatorning siyosiy agentligi boshlig‘i; 6) Turkiston viloyati gubernatori.

A) 2, 3, 4 B) 2, 5, 6 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 6

77. Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi hududi jihatidan eng kichik viloyatni aniqlang.

A) Sirdaryo B) Kaspiyorti C) Samarqand

D) Yettisuv

78. Turkiston general-gubernatorligi dastlab nechta ma’muriy viloyatdan iborat bo‘lgan va ular qaysilar?

A) 2 ta, Yettisuv va Turkiston viloyati

B) 5 ta, Samarqand, Kaspiyorti, Yettisuv, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari

C) 3 ta, Yettisuv, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari

D) 2 ta, Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari

79. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli, 2132 km. kv. maydonga ega bo‘lgan ma’muriy viloyatni aniqlang.

A) Sirdaryo B) Kaspiyorti C) Samarqand

D) Yettisuv

80. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Sirdaryo viloyatiga qaysi hududlar kirgan?

A) Buxoro amirligining shimoli va Qo‘qon xonligining 1865-yilgacha bosib olingan hududlari

B) 1865-yilda tashkil etilgan Turkiston viloyati yerlari va Qo‘qon xonligining bosib olingan shimoliy yerlari

C) Sarotov, Turkiston viloyatining janubiy qismi, Sirdaryoning o‘rta oqimidan quyi oqimiga qadar bo‘lgan hududlar

D) sobiq Semepalatinsk viloyati, Buxoro amirligining 1867-yilga qadar bosib olingan hududlari

81. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Yettisuv viloyatiga qaysi hududlar kirgan?

A) Buxoro amirligining shimoli va Qo‘qon xonligining 1867-yilgacha bosib olingan hududlari

B) 1865-yilda tashkil etilgan Turkiston viloyati yerlari va Qo‘qon xonligining bosib olingan shimoliy yerlari

C) Sarotov, To‘rg‘ay, Oqtepa va Turkiston viloyatining janubiy qimi, Sirdaryoning o‘rta oqimidan quyi oqimiga qadar bo‘lgan hududlar

D) Semepalatinsk viloyatining Segriopol, Kopal, Olatavsk okrugi yerlari va sobiq Turkiston viloyatining bir qismi

82. Yer o‘lchov birligida verst qacha hududga teng bo‘lgan?

A) 1,6 km.kv. hududga B) 1,066 km.kv. huduga

C) 0,66 km.kv. hududga C) 0,9 km.kv. hududga

83. Turkiston general-gubernatori fon Kaufman nima sababdan mahalliy xalq orasida “yarim podsho” nomini olgan?

A) u davlatning bosh prokurori va bosh sudyasi bo‘lganligi uchun

B) boshqa guberniya boshliqlaridan farqli ravishda unga o‘lkada siyosiy, harbiy va geopolitik huquqlarning berilishi

C) boshqa guberniyalardan bu o‘lkaning hududi va aholisi jihatidan yirikligi

D) Kaufmanning uyezd va volost hokimlaridan, eng quyi hokimliklar boshliqlarigacha ham o‘zi lavozimiga tayinlashi va ozod etishi

84. 1873-yil tuzilgan Amudaryo bo‘limining markazi qaysi shahar bo‘lgan?

A) Petro-Aleksandrovsk B) Krasnavodsk

C) Nova-Aleksandrovsk D) Qo‘ng‘irot

85. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati to‘liq amalga oshirilishi va hukmronligining mustahkam bo‘lishi uchun ...

A) istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi

B) harbiy zobitlarning xizmat muddati uzaytirildi

C) mahalliy xalq vakillaridan ishonchli odamlar ajratib olina boshlandi

D) mahalliy aholiga ayrim yengilliklar va imtiyozlar berildi

86. 1866-yilda Orenburg general-gubernatori N.Krijanovzkiy Buxoro amiriga qanday taklif bilan murojaat qilgan edi?

A) bir hafta ichida 500 ming rubl tovon to‘lash

B) Rossiya foydasiga Buxoro amirligi chegaralarini o‘zgartirish

C) 10 kun ichida 100 ming rubl tovon to‘lash

D) O‘ratepa va Xo‘jandni Rossiya ixtiyoriga berish

87. Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining qaysi shaharga uyushtirgan hujumi natijasida 2 mingdan ko‘proq aholi halok bo‘lgan?

A) Xo‘jand B) O‘ratepa C) Jizzax

D) Kattaqo‘rg‘on

88. Buxoro amiri Muzaffarga Rossiya mulki foydasiga Buxoro amirligi chegaralari o‘zgartirilgan yangi tasdiqlash uchun loyihani yuborgan generalni toping.

A) F.Romonovskiy B) N.Krijanovskiy

C) K.Kaufman D) I.Abramov

89. Zirabuloq jangidan keyin Amir Muzaffar va fon Kaufman o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra ...

1) amirlik hududi uch baravar qisqardi; 2) amir urush boshlanishida aybdor deb topildi; 3) Rossiyaga 500 ming rubl tovon to‘lanadigan bo‘ldi; 4) Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan hududlar – Xo‘jand, O‘ratepa, Panjikent, Jizzax, samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari Rossiya hukumati ixtiyoriga o‘tdi; 5) amirlik Rossiya hukumatiga 100 ming rubl tovon to‘laydigan bo‘ldi; 6) Amir o‘z ixtiyorida qolgan hududlarni boshqarishda general-gubernator ko‘rsatmalariga rioya etishi belgilandi; 7) amir faoliyatini nazorat qiluvchi alohida vakil lavozimi ta’sis etildi; 8) amir Rossiya savdogarlarining amirlik hududida erkin savdo qilishiga sharoit yaratib berish va ularni himoya qilish majburiyatini oldi; 9) Rossiya savdogarlariga savdo agentliklarini ta’sis etishga ruxsat berildi; 10) belgilangan kontributsiya 20 yil ichida to‘lanishi qayd etildi; 11) Rossiya savdogarlar tovarlaridan olinadigan bojning umumiy qiymati 2,5 foizdan oshmasligi belgilandi; 12) Rossiya savdogarlariga amirlik hududidan boshqa davlatlarga erkin o‘tish huquqi berildi.

A) 1, 2, 3, 6, 8, 10, 11 B) 2, 3, 7, 9, 10, 12

C) 2, 3, 4, 6, 8, 9, 11, 12 D) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 11

90. I.F.Abramov boshchiligidagi qo‘shindan yengilgan Abdumalik to‘ra qayerga qochishga majbur bo‘lgan?

A) Hindistonga B) Afg‘onistonga C) Eronga

D) Xiva xonligiga

91. Abdumalik to‘ra qachon va qayerda vafot etgan?

A) 1908-yil Afg‘onistonda B) 1903-yil Makkada

C) 1909-yil Peshovarda D) 1907-yil Eronda

92. “Rossiya hukumati ijozat bo‘lmagan, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, har xil kimsalarni Buxoro hukumati qabul qilmaydi”. Ushbu jumla qaysi hujjatda keltirilgan?

A) 1873-yilgi Buxoro-Rossiya shartnomasining 14-moddasida

B) 1868-yilgi Buxoro-Rossiya shartnomasining 1-moddasida

C) 1865-yilgi “Totkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom” ning 9-moddasida

D) 1868-yilgi Buxoro-Rossiya shartnomasining 14-moddasida

93. Podsho hukumati qo‘shinlaridan yengilgan Abdumalik to‘raga Afg‘oniston hukmdori Sheralixonning yordam bera olmaganligi sababi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Eron qo‘shinlarining Hirotga bostirib kirganligi va Sheralining eronliklarga qarshi urush bilan bandligi

B) Sheralixonning Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishni reja qilganligi

C) Buxoro amirligi va Afg‘oniston davlati o‘rtasidagi azaliy dushmanlik holatlari

D) Sheralixonning inglizlar bilan urushda mag‘lub bo‘lganligi va yordamga yaroqli qo‘shinning yo‘qligi

94. Xiva xonligiga qarshi yurish qaysi okruglardan boshlangan edi?

A) Kazalinsk, Orenburg, Verniy, Semipalatinsk

B) Krasnavodsk, Mang‘ishloq,Toshkent, Orenburg

C) Turkiston, Kazalinsk, Qizilravot, Semipalatinsk

D) Krasnavodsk, Toshkent, Aralsk, Chorjo‘y

95. Pristan nima?

A) chet el savdogarlari sovdo-sotiq olib boradigan, ulgurji savdo qilinadigan alohida savdo tashkiloti

B) harbiy dengiz yoki daryo floti

C) daryolar sohilida qayiqlar to‘xtaydigan maxsus jihozlangan joy – bandargoh

D) harbiylar joylashtirilishi kerak bo‘lgan, turli xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lgan ko‘chma uy

96. Gandimiyon shartnomasining qaysi moddasida “Muhammad Rahimxon o‘zini Butun Rossiya imperatorining sodiq xodimi”, deb tan olgan?

A) 9-modda B) 14-modda C) 3-modda

D) 1-modda

97. Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra ...

1) xonlik hududi uch baravar qisqardi; 2) Xiva xoni mustaqil ravishda tashqi aloqalar o‘rnatishdan mahrum bo‘ldi; 3) Rossiyaga 500 ming rubl tovon to‘lanadigan bo‘ldi; 4) Amudaryoning o‘ng sohili Rossiya hukumati ixtiyoriga o‘tdi; 5) xonlik Rossiya hukumatiga 2 mln. 200 ming rubl tovon to‘laydigan bo‘ldi; 6) Amudaryo bo‘ylab erkin harakatlanish uchun Rossiya kemalariga keng huquq berildi; 7) Amudaryoning chap sohili Rossiya hukumati ixtiyoriga o‘tdi; 8) Rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari uchun xon va mahalliy hokimlar javobgar bo‘ladigan bo‘ldi; 9) Rossiya savdogarlariga xonlik hududida boj to‘lovlarisiz savdo qilishga ruxsat berildi; 10) belgilangan kontributsiya 20 yil ichida to‘lanishi qayd etildi; 11) Rossiya savdogarlar tovarlaridan olinadigan bojning umumiy qiymati 2,5 foizdan oshmasligi belgilandi; 12) Amudaryoning chap qirg‘og‘ida ruslar o‘zlari uchun pristanlar qurish huquqiga ega bo‘ldi.

A) 1, 2, 4, 5, 6, 8, 9, 10, 12 B) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 9, 12

C) 1, 3, 5, 7, 8, 10, 11, 12 D) 1, 4, 5, 6, 8, 11, 12

98. Qo‘qon xonligidagi milliy-ozodlik harakatlari boshlig‘i Po‘latxonning asl ismi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Mulla Hasan B) Iso Avliyo C) Abdurahmon

D) Mulla Is’hoq

99. 1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbek va fon Kaufman o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, ...

1) xon o‘zini imperatorning sodiq quli deb tan oldi; 2) xon mustaqil ravishda tashqi aloqalar o‘rnatishdan mahrum bo‘ldi; 3) xon Rossiyaga 500 ming rubl tovon to‘laydigan bo‘ldi; 4) Sirdaryoning chap sohili Rossiya hukumati ixtiyoriga o‘tdi; 5) xonlik Rossiya hukumatiga 2 mln. rubl tovon to‘laydigan bo‘ldi; 6) Sirdaryo bo‘ylab erkin harakatlanish uchun Rossiya kemalariga keng huquq berildi; 7) Sirdaryoning o‘ng sohilidagi yerlar – Namangan va Chust Rossiya hukumati ixtiyoriga o‘tdi; 8) xonlikning Rossiya imperiyasi hududiga o‘tgan yerlarida Farg‘ona viloyati tashkil etilishi belgilandi.

A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 6, 7 C) 1, 2, 5, 7

D) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8

100. Xudoyorxon qachon va qayerda vafot etgan?

A) 1881-yil Makkada B) 1882-yil Afg‘onistonda

C) 1885-yil Peshovarda D) 1886-yil Hindistonda


III BOB.


1. Nechanchi yil Toshkentda maxsus muassasa – mahkama joriy etilgan?

A) 1874-yil B) 1866-yil C) 1871-yil D) 1879-yil

2. 1877-yil Toshkent shahrida Duma tashkil qilinib, Duma ustidan rahbarlik qiluvchi shahar boshlig‘ini kim lavozimiga tasdiqlar edi?

A) Turkiston general-gubernatori

B) podshoning o‘zi

C) harbiy vazir D) ichki ishlar vaziri

3. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli bo‘lgan viloyatlar va ularning markazlari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.

1) Sirdaryo viloyati; 2) Yettisuv viloyati; 3) Farg‘ona viloyati; 4) Samarqand viloyati; 5) Kaspiyorti viloyati.

a) Verniy; b) Ashxabod; c) Skobelev; d) Toshkent; e) Samarqand.

A) 1-d, 2-a, 3-c, 4-e, 5-b B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-e, 5-b

C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-e, 5-a D) 1-d, 2-b, 3-c, 4-e, 5-a

4. 1886-yilgi “Nizom”ga ko‘ra, Qurama uyezdi nima deb atalgan?

A) Amudaryo bo‘limi B) Oqqo‘rg‘on uyezdi

C) Toshkent uyezdi D) Sirdaryo viloyati

5. Turkiston general-gubernatorligining yer maydoni qancha bo‘lgan?

A) 1,7 mln. km. kv. B) 5,2 mln. km. kv.

C) 2,5 mln. km. kv. D) 1,9 mln. km. kv.

6. 1908-1910-yillarda podsho topshirig‘i bilan Turkiston o‘lkasini taftish qilgan shaxsni aniqlang.

A) S.Duxovskiy B) F.Girs C) A.Vrevskiy

D) K.Palen

7. “Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi”. Ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) K.Palen B) F.Girsga C) A.Vrevskiyga

D) S.Duxovskoyga

8. Ko‘chirish siyosati natijasida Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi qayerda tashkil etildi?


A) Chimkentda B) Toshkentda C) Avliyootada

D) Farg‘onada

9. Rossiya imperiyasining ko‘chirib keltirish siyosati nima maqsadda amalga oshirildi?

A) mustamlaka tuzumini mustahkamlash maqsadida

B) yangi ishchi kuchini tashkil qilish maqsadida

C) rus aholisining turmush tarzini yaxshilash maqsadida

D) bo‘shab yotgan yerlarni o‘zlashtirish maqsadida

10. 1875-1890-yillar oralig‘ida Turkistonga qancha rus oilasi ko‘chirildi?

A) 1100 B) 1500 C) 1300 D) 1900

11. “O‘lkada eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo‘lida bo‘lgan”, degan xulosaga kelgan rus hukumati vakilini aniqlang.

A) K.Palenga B) F.Girsga C) A.Vrevskiyga

D) S.Duxovskoyga

12. 1865-yilgi “Nizom”ga muvofiq, Turkiston o‘lkasida boshqaruv tizimi nima deb nomlangan?

A) harbiy gubernatorlar boshqaruvi

B) xalq boshqaruvi

C) diktatura boshqaruvi

D) harbiy-xalq boshqaruvi

13. Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvidagi ma’muriy bo‘linishlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

A) viloyat – uyezd – uchastka – volost

B) guberniya – viloyat – uchastka – uyezd

C) viloyat – volost – uchastka – uyezd

D) guberniya – volost – uyezd – ovul

14. Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvning dastlabki yillarida nima sababdan quyi boshqaruvni saqlab qoldi?

1) mustamlakachi ma’muriyatning quyi boshqaruv tizimini mutlaqo tushunmasligi; 2) dastlabki davrda mahalliy aholining ichki ishlari va an’analariga keskin aralashish salbiy oqibatlarga olib kelishini anglaganligi; 3) dastlabki davrda mahalliy aholi va quyi boshqaruv vakillarining rus tilini bilmasligi; 4) bu paytda bosib olingan hududlarda norozilik harakatlarining davom etayotganligi; 5) rus hukumatining o‘lka sharoitini to‘liq bilmasligi; 6) quyi boshqaruvda ishlashi mumkin bo‘lgan rus hukumati vakillarining bo‘lmaganligi.

A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 6

15. Ma’lumki, dastlabki yillarda podshi hukumati oldida quyi boshqaruvga mahalliy aholidan o‘ziga eng ishonchli bo‘lgan kishilarni topish muammosi paydo bo‘ldi. Bu muammoning hal etilishida qaysi tadbir podsho hukumatiga yordam berdi?

A) mahalliy amaldorlarga rus tilini o‘rgatadigan maxsus maktablarning tashkil qilinishi

B) mahalliy amaldorlarga soliq yig‘ish ishlarida ayrim erkinliklarning berilishi

C) boshqaruvning dastlabki vaqtlarida ishlab chiqilgan saylov tizimi

D) qo‘zg‘olonlarni bostirish ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan mahalliy amaldorlarning taqdirlanishi

16. Toshkent sud palatasi nechanchi yilda tuzilgan?
A) 1898-yil B) 1886-yil C) 1890-yil D) 1877-yil

17. Toshkent sud palatasi qaysi organga bo‘ysunar edi?


A) harbiy vazirga

B) Turkiston general-gubernatorligiga

C) hukumat Senatiga

D) harbiy sud komissiyasiga

18. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosan o‘troq va chorvador aholi qanday shaklda hududiy birliklarga ajratilishi belgilandi?

A) o‘troq aholi bir bosqichli tizim – oqsoqollikka, chorvador aholi ikki bosqichli tizim – volost va ovullarga birlashtirildi

B) o‘troq aholi ikki bosqichli tizim – volost va uchastkalarga, chorvador aholi bir bosqichli tizim ovullarga birlashtirildi

C) o‘troq aholi uch bosqichli tizim – volost, uyezd, qishloqlarga, chorvador aholi bir bosqichli tizim – oqsoqolliklarga birlashtirildi

D) o‘troq aholi to‘rt bosqichli tizim – volost, uyezd, uchastka, ovullarga, chorvador aholi bir boshqichli tizim – o‘tovlarga birlashtirildi

19. 1886-yil Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirilib, uning tarkibiga qaysi uyezdlar kiritilgan?

A) O‘ratepa, Buxoro, Miyonqol, Samarqand

B) Xo‘jand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand

C) Samarqand, Karmana, Shahrisabz, Qarshi

D) Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Buxoro, Kogon

20. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan tasdiqlangan “Nizom”ning asosiy maqsadi nima edi?

A) Turkistondagi boshqaruv tartiblarini tubdan o‘zgartirish va yangi ma’muriy hududlarni tashkil etish

B) barcha boshqaruv organlariga saylov tizimini kiritish

C) o‘lkadagi ma’muriy boshqaruvni mustahkamlash, yerdan foydalanish tartiblarini o‘zgartirish

D) diniy lavozimlarni tugatish, vaqf yerlarini davlat foydasiga musodara qilish

21. Turkiston general-gubernatorligida o‘zbek va boshqa mahalliy xalqlar 1897-yil ... ga, 1911-yil ... ga yetgan.

A) 1,7 mln., 5 mln. B) 2 mln., 7 mln.

C) 5 mln., 6 mln. D) 3 mln., 4 mln.

22. Turkiston general-gubernatorligiga ko‘chirib keltirilgan yevropalik aholi 1897-yil ... kishini, 1911-yil ... kishini tashkil qilgan.

A) 107 ming, 397 ming B) 120 ming, 500 ming

C) 197 ming, 400 ming D) 80 ming, 360 ming

23. 1877-yil Toshkentda xo‘jalik boshqaruvi Dumaga o‘tgan bo‘lib, unda shaharni Yangi va Eski qismidan nechta deputat ishtirok etgan?

A) Yangi shahardan 21 ta, Eski shahardan 48 ta

B) Yangi shahardan 68 ta, Eski shahardan 41 ta

C) Yangi shahardan 39 ta, Eski shahardan 80 ta

D) Yangi shahardan 48 ta, Eski shahardan 21 ta

24. O‘rta Osiyoda Amerika paxtasi asosida yangi paxta navi nechanchi yilda yaratildi?

A) 1881-yil B) 1879-yil C) 1884-yil D) 1874-yil

25. 1886-yilgi “Nizom”ga muvofiq, Turkiston general-gubenatorligining ma’muriy boshqaruvida qanday yangi idora tashkil etildi?

A) Viloyat mahkamasi boshlig‘i Kengashi

B) Amudaryo bo‘limi

C) general-gubernator Kengashi

D) general-gubernator shtabi

26. Uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullardan iborat hududiy bo‘linma nima deb atalgan?

A) pristav B) volost C) tuman D) uchastka

27. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib olgandan keyin, boshqaruv ...

A) to‘liq harbiylar qo‘liga o‘tdi

B) demokratlashtirildi

C) mahalliy harbiy hokimlar va oqsoqollar qo‘lida qoldirildi hamda ularning vakolati cheklandi

D) oqsoqollar kengashi, ruhoniylar bilan bir paytda harbiylar qo‘liga o‘tdi

28. Turkiston general-gubernatori Kengashining doimiy a’zolari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

1) viloyat harbiy gubenatrolari; 2) general-gubernatorlik razvedkasi; 3) general-gubernator devoni boshqaruvchisi; 4) Turkiston harbiy okgugi shtabi boshlig‘i; 5) Imperator siyosiy agentligi; 6) Amudaryo bo‘limi.

A) 1, 3, 6 B) 1, 3, 4 C) 2, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5

29. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosati imperiyaning qaysi mustamlakalari bilan deyarli bir xil bo‘lgan?

A) Boltiq dengizi bo‘yi hududlari

B) Qora dengiz bo‘yi hududlari

C) Vladivostok va Saxalin D) Sibir va Kavkaz

30. Rossiya imperiyasi nima maqsadda Toshkentda o‘ziga xos muassasa – mahkama joriy qilindi?

A) qo‘zg‘olon ko‘targan aholini rus huquqi bo‘yicha jazolash

B) ko‘chirib keltirilgan rus aholisini ish bilan ta’minlash

C) imperiyaning mahalliy aholiga ta’sirini kuchaytirish

D) yevropalik aholi manfaatlarini himoya qilish

31. Nima sababdan XIX asr so‘nggi choragida Turkistondagi masjid va madrasalarning moddiy ahvoli yomonlashdi?

A) diniy ilmlarni o‘rganishga e’tiborning susayganligi

B) jadid maktablarining tashkil etilishi va mablag‘larning yangi maktablarga sarf etilishi

C) diniy ruhoniylarning ta’qib ostiga olinishi, qozikalon lavozimining tugatilishi

D) vaqf yerlari nazoratining mustamlakachi hukumat qo‘liga o‘tishi

32. Turkiston yerlari, o‘rmonlari va yer osti qazilma boyliklari nechanchi yilda Rossiya imperiyasi mulki deb e’lon qilindi?

A) 1880-yil B) 1867-yil C) 1886-yil D) 1876-yil

33. Toshkentda nechanchi yil “Shahar nizomi” joriy etilgan?

A) 1877-yil B) 1866-yil C) 1874-yil D) 1886-yil

34. Turkiston o‘lkasiga 1891-1892-yillarda Rossiyadan ko‘chib kelgan dehqonlarning nechta manzilgohi vujudga keldi?

A) 25 ta B) 19 ta C) 13 ta D) 21 ta

35. Avliyootada Rossiyadan ko‘chib kelganlarning dastlabki manzilgoni nechanchi yilda vujudga kelgan?

A) 1870-yil B) 1875-yil C) 1881-yil D) 1886-yil

36. XIX asr oxirgi choragida Turkiston general-gubernatorligining aholisi qancha bo‘lgan?

A) 3,5 mln. B) 5,2 mln. C) 7,1 mln. D) 4,5 mln.

37. 1875-1890-yillarda Turkiston o‘lkasiga Rossiyadan ko‘chib kelgan oilalar nechta qishloqni tashkil qildi?

A) 13 ta B) 19 ta C) 9 ta D) 25 ta

38. 1886-yilgi “Nizom”ga muvofiq, Rossiyadan Turkistonga ko‘chirilgan aholiga qahday imtiyozlar berilgan?

1) ma’muriyat cherkov va maktab qurish uchun mablag‘ ajratgan; 2) sanoat korxonasida ish bilan ta’minlash; 3) 150 rubl miqdorida nafaqa belgilangan; 4) 5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan; 5) 10 yil davomida soliqlarning yarmini to‘lagan; 6) ko‘chib kelganlar mablag‘, turar joy, yer maydonlari, kreditlar bilan ta’minlangan; 7) uy qurilishi uchun dastlab 100 rubldan mablag‘ berilgan; 8) barchasi davlat lavozimlariga jalb qilingan

A) 1, 4, 6, 7 B) 1, 2, 5 C) 3, 4, 5, 8 D) 3, 4, 6

39. Turkistonda mustamlakachi hukumat qaysi yo‘l bilan din peshvolari, ulamo va diniy muassasalarga zarba berdi?

A) vaqf mulki nazoratini o‘z qo‘llariga olish orqali

B) qozikalon va shayxulislom lavozimini tugatish orqali

C) yangi maktablar va cherkovlar qurish orqali

D) diniy ulamolarning yerlari va mol-mulkini musodara qilish orqali

40. XIX asr cho‘ngi choragida O‘rta Osiyo shaharlari ikki qismdan iborat bo‘lib, uning yangi shahar qismida nimalar joylashgan edi?

A) masjid, madrasa, xonaqoh, ma’muriyat

B) ma’muriyat, harbiy qismlar yashaydigan va ko‘chib kelganlar yashaydigan joylar

C) masjid, madrasa, ma’muriyat, ko‘chib kelganlar yashaydigan joylar

D) mahalliy aholi bilan birga ko‘chib kelganlar yashaydigan joylar, jadid maktablari

41. Toshkent shahrida qaysi obekt shaharni ikki qismga ajratib turgan?

A) ma’muriyat idorasi B) eski shahar devorlari

C) Bo‘zsuv anhori D) Kaykovus arig‘i

42. Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olgunga qadar sud va qozilik tizimi qanday bo‘lgan?

1) sud ishlarini qozilar amalga oshirgan; 2) har bir qishloqning o‘z qozisi bo‘lgan va o‘z qishlog‘i qozisiga shikoyat bilan murojaat qilgan; 3) qozilar davlat boshlig‘ining shaxsan o‘zi tomonidan lavozimga tayinlangan; 4) qozilar shariat qonunlaridan kelib chiqib, qarorlar chiqarishgan; 5) qozilar qat’iy belgilangasn uchastkaga ega bo‘lishmagan, har bir da’vogar o‘zi ishongan qoziga murojaat qilgan; 6) qozikalonlarning huquqi deyarli qozilarniki bilan teng bo‘lgan; 7) qozilar davlatdan maosh olishmagan; 8) qozilar xalq tomonidan 2,5 yil muddatga saylab qo‘yilgan; 9) qozi sudlarining vakolatiga da’vo hajmi 100 tillodan oshmaydigan jinoyat ishlari kirgan; 10) qozilar sud majlisi boshlanishidan oldintomonlarga kelishib olishni taklif qilgan.

A) 1, 4, 5, 7, 10 B) 1, 2, 3, 5, 9 C) 1, 4, 6, 8, 9

D) 1, 3, 5, 7, 9

43. Turkistonda mustamlakachi hukumat tomonidan qozi va biy sudlari tugatilishi maqsad qilib olingan bo‘lib, ular tugatilgunga qadar qanday ishlarni ko‘rishi belgilangan edi?

A) oilaviy mojarolar, kishilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar

B) diniy munozalar, oqsoqollar orasidagi bahs-munozaralar

C) xon sulolalari orasidagi kelishmovchiliklar

D) barcha ma’muriy ishlar

44. 1892-yildan boshlab …

A) Turkiston general-gubernatorligi Devonining sudlov bo‘limi ish boshladi

B) Turkistonda temiryo‘l qurilishi ishlari tugallandi

C) Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan ko‘chib kelganlar ham ma’muriyat ruxsati bilan ko‘chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi e’lon qilindi

D) Turkistondagi barcha qozikalon lavozimlari tugatilib, barcha qozilarning huquqi tenglashtirildi

45. O‘rta Osiyoda Rossiya imperiyasi hukmronligi o‘rnatilgach, sud ishlariga o‘zlashtirishlar kiritildi. Shunga muvofiq, hududdagi qozilarning soni nimaga qarab belgilanadigan bo‘ldi?

A) sodir bo‘ladigan notinchliklarga qarab

B) hududda yashaydigan millat soniga qarab

C) qishloqlar soniga qarab

D) aholi soniga qarab

46. Rossiya imperiyasi harbiy qurolli kuchlarining asosiy bazalari qayerda joylashgan edi?

A) Sibirda B) Ukrainada C) Boltiqbo‘yida

D) Kavkazda

47. Turkistonda sud tergovchilari, viloyat prokurorlari lavozimi nechanchi yilda joriy qilingan?

A) 1877-yil B) 1886-yil C) 1867-yil D) 1865-yil

48. O‘rta Osiyoda qurilgan birinchi temiryo‘l qaysi hududlarni bog‘lagan?

A) Toshkent – Orenburg

B) Samarqand – Andijon

C) Krasnavodsk – Qizilarvot

D) Ashxabod – Toshkent

49. Turkistonda “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Nizom” nechanchi yilda e’lon qilindi?

A) 1886-yil B) 1892-yil C) 1916-yil D) 1881-yil

50. Imperatorning maxfiy maslahatchisi F. Girs Turkiston o‘lkasini nechanchi yilda tekshirgan?

A) 1908-1910-yillar B) 1882-1884-yillar

C) 1884-1886-yillar D) 1886-1892-yillar

51. 1886-yilgi “Nizom” Turkiston o‘lkasi sud tizimiga qanday o‘zgarishlar kiritdi?

1) uyezd sudlari bekor qilindi va ularning o‘rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudlari tuzildi; 2) viloyat boshqaruvining sud bo‘limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi; 3) sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi; 4) viloyat sudlari jinoiy va fuqarolik ishlarini hal etagidan bo‘ldi; 5) viloyat sudlari tugatildi va ularning o‘rniga Toshkent sud palatasi tuzildi; 6) okrug sudlari joriy etildi.

A) 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6

52. Quyidagi atamalarni ularning izohi bilan to‘g‘ri joylashtiring.

1) kontributsiya; 2) pristan; 3) volost; 4) uyezd; 5) apilyatsiya.

a) shikoyat, norozilik bildirish; b) tumanlarga teng hududiy bo‘linma; c) bir necha qishloqlardan iborat hudud; d) mag‘lub davlatning g‘olib davlatga to‘lovi; e) daryo sohilida qayiqlar to‘xtaydigan maxsus joy.

A) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a B) 1-d, 2-c, 3-e, 4-b, 5-a

C) 1-d, 2-e, 3-c, 4-b, 5-a D) 1-a, 2-e, 3-c, 4-b, 5-d

53. Turkiston o‘lkasi qaysi yillarda “kuchaytirilgan qo‘riqlov” va “favqulodda qo‘riqlov” holatida bo‘ldi?


A) 1892-1916-yillar B) 1880-1989-yillar

C) 1878-1900-yillar D) 1890-1917-yillar

54. Ispravniklar – bu ...
A) davlat xavfsizligini saqlovchi tashkilot

B) uyezd boshqaruvchisi

C) uyezd politsiyasi boshlig‘i

D) rus posyolkalari boshliqlari

55. Samarqandga dastlabki temir yo‘l nechanchi yil qurib kelindi?

A) 1880-yil B) 1881-yil C) 1885-yil D) 1888-yil

56. O‘rta Osiyoda temir yo‘llar dastlab nima maqsadda qurilgan edi?

A) o‘lkadagi paxtani olib ketish maqsadida

B) o‘lkaga rus tovarlarini olib kelish maqsadida

C) faqat aholini ko‘chirish maqsadida

D) harbiy maqsadda

57. Temiryo‘l Toshkent orqali Andijongacha kelgan yilni aniqlang.

A) 1899-yil B) 1888-yil C) 1885-yil D) 1905-yil

58. Politsiya so‘zi nemischa so‘z bo‘lib, u qanday ma’noni anglatadi?

A) harbiy intizom B) shahar boshlig‘i

C) ma’muriyat D) nazorat guruhi

59. Turkiston aholisini armiyaga butkul chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqqan rus amaldorini aniqlang.
A) graf Palen B) polkovnik Putinsev

C) general Duxovskiy D) maxfiy maslahatchi Girs

60. Orenburgda Toshkentga qadar temiryo‘l qurib klingan yilni aniqlang.

A) 1899-yil B) 1905-yil C) 1901-yil D) 1898-yil

61. Turkistonda “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Nizom” e’lon qilingan bo‘lib, unga muvofiq, ...

A) general-gubernator o‘lkada favqulodda qo‘riqlash holatini o‘z ixtiyori bilan joriy etish huquqiga ega bo‘ldi

B) Turkistonda 1916-yilga qadar kuchaytirilgan qo‘riqlov holati e’lon qilindi

C) general-gubernatorga eng quyi mahalliy hokimlarning ham lavozimiga tasdiqlashi vakolati berildi

D) Turkiston aholisi armiyaga jalb qilinmaydigan bo‘ldi

62. Turkiston o‘lkasini tekshirgan F.Girsning ma’lumotiga ko‘ra, o‘lkada ... kishi yashagan, shundan ... tasi erkak kishi bo‘lgan?

A) 1 mln. 200 ming, 240 ming

B) 2 mln. 404 ming, 1 mln. 200 ming

C) 2 mln. 200 ming, 1 mln. 400 ming

D) 1 mln. 404 ming, 420 ming

63. Turkiston o‘lkasida podsho hukumati harbiy siyosatining asosini nima tashkil etgan?

A) milliy-ozodlik kurashlarini qattiqqo‘llik bilan bostirish

B) temiryo‘llar qurib, u orqali harbiylarni o‘lkaga osonlik bilan ko‘chirib joylashtirish

C) mahalliy aholini harbiy xizmatdan ozod qilish, jangovar an’analarni tag-tomiri bilan tugatish

D) sekin-asta qozi va biy sudlarini tugatib, mirovoy sudlar tashkil qilish

64. Turkistonda chorva mahsulotlarining kamayishiga olib kelgan omilni aniqlang.

A) chorva mahsulotlari narxining pasayishi

B) o‘lkada g‘alla ekinlarining ko‘payishi natijasida yaylovlarning qisqarishi

C) vabo kasalligining avj olib ketishi

D) chorvachilik yaylovlarining paxta maydoniga aylantirilishi

65. Sirdaryo magistral kanalining qurilish ishlari qaysi yillarda amalga oshirilgan?

A) 1909-1911-yillar B) 1908-1910-yillar

C) 1899-1900-yillar D) 1911-1913-yillar

66. Mustamlakachi hukumat uchun paxta Turkiston o‘lkasida ... dan keyingi o‘rinda turuvchi yuqori daromadli soha bo‘lgan.

A) g‘alla va teri B) neft va oltin C) temir

D) chorva mahsulotlari

67. 1898-1901-yillarda Turkiston general-gubernatori kim bo‘lgan?

A) N.Korolkov B) A.Vrevskiy C) S.Duxovskiy

D) G.Rozenbax

68. Turkiston general-gubernatorligi Devonining sudlov bo‘limi nechanchi yil tashkil qilindi?

A) 1867-yil B) 1881-yil C) 1886-yil D) 1898-yil

69. Mustamlaka davrida Turkistonda o‘zgartirishlar kiritilgan sud bosqichlarini aniqlang.

A) qozi sudlari, xalq sudyalari qurultoyi, xalq sudyalari favqulodda qurultoyi

B) biy sudlari, qozi sudlari, a’lam sudlari, xalq sudyalari qurultoyi

C) xalq sudyalari favqulodda qurultoyi, xalq sudyalari komissarligi, mirovoy sudlar

D) zemstvo sudlari, xalq sudyalari qurultoyi, biy va qozi sudlari

70. Turkiston o‘lkasida turli volostlar va uyezdlar aholisi o‘rtasida yuzaga kelgan bahsli ishlarni hal qilish ishi qaysi sud bosqichining vakolatiga kirgan?

A) xalq sudlari qurultoyi

B) xalq sudlari favqulodda qurultoyi

C) qozi va biy sudlari

D) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi


IV BOB

1. “Olomon umuman isyon ko‘tarishni yoki ruslarga qarshi qandaydir zo‘ravonlik qilishni istamasdi. Uning maqsadi bu kamchiliklarni bas qilishga erishish edi. Olomonda o‘qotar yoki boshqacha qurol ham yo‘q bo‘lib, ular chamasi 400 kishi edi”, ushbu ma’lumotlarda nechanchi yil voqealari tasvirlangan?
A) 1880-yil B) 1878-yil C) 1898-yil D) 1892-yil

2. Yetimxon qo‘zg‘oloni nechanchi yilda bo‘ldi?

A) 1880-yil B) 1878-yil C) 1879-yil D) 1896-yil

3. Rahmonqulihoji va Mirkarimboy boshchiligida norozilik harakati boshlangan yilni aniqlang.

A) 1880-yil B) 1885-yil C) 1882-yil D) 1896-yil

4. Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon qachon, qayerda sodir bo‘lgan edi?

A) 1882-yil Marg‘ilonda B) 1880-yil O‘ratepada

C) 1885-yil Andijonda D) 1882-yil Namanganda

5. 1878-yil qayerda qo‘zg‘olon ko‘tarildi?

A) Mingtepada B) Namanganda C) Naymanchida

D) Qo‘qonda

6. Turkistonning qaysi volostida mingboshilar saylovida qo‘zg‘olon boshlanib ketdi?

A) Mingtepa B) Marg‘ilon C) Oqsuv-Shahrixon

D) Namangan

7. Turkiston o‘lkasining qaysi hududi qo‘zg‘olonlar markaziga aylanib ketdi?

A) Samarqand uyezdi B) Xorazm vohasi

C) Zarafshon vohasi D) Farg‘ona vodiysi

8. Muhammad Alining ota kasbi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) kulolchilik B) duradgorlik C) zargarlik

D) dukchilik

9. 1898-yilgi qo‘zg‘olon qaysi qishloqda boshlandi?

A) Qutchi B) Shahrixon C) Tojikqishloq

D) Marg‘ilon

10. Muhammad Ali eshon yashagan yillarni aniqlang.

A) 1856-1898-yillar B) 1846-1898-yillar

C) 1850-1898-yillar D) 1842-1898-yillar

11. Dukchi eshon qo‘zg‘oloni ikkiga bo‘linib harakat qilgan va ikkinchi guruhga kim rahbarlik qilgan?

A) G‘oyibnazar B) Ziyovuddin Maxsum

C) Mahammad Ali D) Muhammad Yoqub

12. Andijon qo‘zg‘olonining boshlanishiga nimalar sabab bo‘lgan edi?

1) 1891-yil Farg‘ona vodiysiga ko‘plab rossiyaliklarning ko‘chirilishi; 2) Rus hukumatining Rossiya hududidagi soliqlarni ham joriy qilishi; 3) vaqf yerlarining tugatilib, davlat yerlariga aylantirilishi; 4) mahalliy erkaklarning harbiy xizmatdan ozod qilinishi; 5) vodiyda asosan paxta ekilishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning keskin oshishi; 6) masjidlarning yopib qo‘yilishi.

A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 3, 4, 6 D) 1, 4, 6

13. Quyidagi atamalarni ularning mazmuni bilan muvofiq joylashtiring.

1) eshon; 2) dukchi; 3) kazarma; 4) pristav

a) aholi yashaydigan joy nazoratchisi; b) harbiy qism joylashgan maxsus bino; c) charxning ip o‘raladigan moslamasini yasovchi; d) dindorlar orasida obro‘ qozongan diniy unvon.

A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d B) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a

C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a D) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b

14. Podsho Nikolay II kimni 1898-yilda vaqtinchalik Turkiston general-gubernatori etib tayinladi?


A) Veryovkinni B) Korolkovni C) Kuropatkinni

D) Gippiusni

15. Rossiya imperiyasi Turkistonni mustamlakaga aylantirgach, kapitalistik munosabatlarga yo‘l ochila boshladi va bu ...

A) xalqning moddiy ahvolini yaxshiladi

B) korxona xo‘jayinlari, savdogarlar va amaldorlarning boyishini ta’minladi

C) mahalliy banklarning kasodga uchrashiga olib keldi

D) qishloq xo‘jaligining inqirozga uchrashini ta’minladi

16. Ma’lumki, XIX asr oxirida Farg‘ona viloyati norozilik harakatlari markaziga aylanishi ehtimoli kuchaydi. Buni sezgan podsho hukumati maxsus komissiya tuzib, vaziyatni o‘rgangan. Ushbu komissiya xulosasiga ko‘ra norozilikka nima sabab bo‘lgan?

A) viloyatga rus aholisining ko‘p miqdorda ko‘chirilishi

B) xonlikning tugatilishi va milliy an’analarning cheklanishi

C) viloyatda paxta ekishning keng ko‘lamda avj oldirilishi natijasida boshqa ekinlarning kamayib ketishi

D) vaqf yerlarining davlat tasarrufiga o‘tkazilishi

17. Mingtepa hozirgi qaysi tumanga to‘g‘ri keladi?

A) Kosonsoy B) Qo‘rg‘ontepa C) Paxtachi

D) Marhamat

18. 1896-yil Namangan uyezdining qaysi qishloqlarida mingboshilar saylovi qo‘zg‘olonga aylanib ketdi?

A) Qutchi, Shahrixon, Ketmontepa

B) Ko‘gart, Tojikqishloq, Qutchi

C) Qo‘yli, Olmos, Chortoq

D) Naymanchi, Langarbob, Ko‘hna mozor

19. Nechanchi yildan boshlab Turkistonda oddiy fuqarolarni ma’muriyatga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda, bevosita harbiy dala sudlariga bera boshlandi?

A) 1892-yil B) 1890-yil C) 1898-yil D) 1889-yil

20. “Toshotar voqeasi” deb nom olgan qo‘zg‘olon qayerda bo‘lgan edi?

A) Jizzaxda B) Toshkentda C) Andijonda

D) Namanganda

21. Toshkentga 1892-yilgi vaboning kirib kelishi qaysi hududda paydo bo‘lgan kasallik bilan bog‘liq?

A) Jizzax B) Samarqand C) Tojikiston

D) Afg‘oniston

22. Toshkentda “vabo isyoni”ning boshlanishiga nimalar sabab bo‘lgan edi?

1) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-julmining tobora kuchayib borayotganligi; 2) vaqf yerlarining davlat tasarrufiga o‘tkazilishi; 3) xalq ommasining og‘ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi; 4) iste’mol mahsulotlari narxining oshib borishi, soliqlarning ko‘pligi; 5) Toshkentning ikki qismga bo‘linishi; 6) amaldorlarning o‘z mansabini suiiste’mol qilishi, poraxo‘rlikning avj olishi.

A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 2, 5, 6 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 5

23. Toshkentda “vabo isyoni” boshlanishi arafasida Eski shahar oqsoqoli kim edi?

A) Muhammad Yoqub

B) Umarxo‘ja Inog‘omov

C) Inog‘omxo‘ja Umriyoxo‘jayev

D) Hakimxo‘ja maxsum

24. 1892-yilgi Toshkent qo‘zg‘oloni vaqtida shahar boshlig‘i kim edi?

A) A.Vrevskiy B) S.Putinsev C) Konshevskiy

D) V.Poltaratskiy

25. Turkiston o‘lkasida “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” qachon kuchga kirgan?

A) 1881-yil 24-noyabrda B) 1886-yil 19-mayda

C) 1892-yil 18-iyunda D) 1898-yil 21-aprelda

26. 1892-yil Toshkentda bo‘lgan qo‘zg‘olon paytida norozilik bildirgan aholidan qo‘rqib, shahar ma’muri huzuriga qochgan Eski shahar oqsoqolini aniqlang?

A) Muhammad Yoqub

B) Umarxo‘ja Inog‘omov

C) Inog‘omxo‘ja Umriyoxo‘jayev

D) Hakimxo‘ja maxsum

27. Qaysi qo‘zg‘olondan keyin Turkiston hukumati politsiya shtatini ko‘paytirish va jazo vakolatlarini yanada kengaytirish haqida Sankt-Peterburgga murojaat qilgan edi?

A) 1898-yilgi Dukchi eshon qo‘zg‘oloni

B) 1885-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni

C) 1896-yilgi Namangan qo‘zg‘oloni

D) 1892-yilgi “Vabo isyoni”

28. Turkiston o‘lkasida yuqori nufuzli din peshvolari, ta’lim muassasalarida ish olib boradigan mutasaddilarning keskin noroziligini keltirib chiqargan omilni aniqlang.

A) rus aholisining ta’lim muassasalariga jalb qilinishi

B) xristianlikning o‘lka aholisi orasida targ‘ib qilinishi

C) vaqf yerlarining katta qismi davlat yerlariga aylantirilishi

D) rus aholisining o‘lkaga ko‘chirib keltirilishi

29. Qaysi qo‘zg‘olon rahbari oddiy fizikaviy hodisalardan foydalanib, xalq orasida mo‘jizalar ko‘rsatgan?

A) Yetimxon B) Po‘latxon C) Darvishxon

D) Muhammad Ali

30. 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘olonida faol ishtirok etgan va rahnamolik qilgan shaxslarni aniqlang.

1) Muhammad Ali eshon; 2) Muhammad Yoqub; 3) mingboshi G‘oyibnazar; 4) Rahmonqulihoji; 5) Ziyovuddin maxsum; 6) Chibil bo‘lis; 7) Mirkarimboy; 8) Damin kulol.

A) 1, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6, 8 C) 1, 4, 7, 8

D) 1, 2, 3, 4, 5

31. Muhammad Ali eshon tug‘ilishidan 20 yil o‘tib ...

A) Rossiya imperiyasi Jizzax va O‘ratepani bosib oldi

B) Turkiston general-gubernatorligi tashkil topdi

C) Zirabuloq jangi bo‘ldi

D) Rossiya imperiyasi Chimkent va Turkiston shaharlarini bosib oldi

32. Rus noibi polkovnik Konshevskiy qaysi qo‘zg‘olonning bostirilishiga oid chora-tadbirlar ko‘rgan edi?

A) 1878-yilgi Yetimxon qo‘zg‘oloni

B) 1885-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni

C) 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni

D) 1892-yilgi “Vabo isyoni”

33. 1898-yilgi Dukchi eshon qo‘zg‘olonida Ketmontepa va Ko‘gart qishlog‘idagi harakatlarga kim rahbarlik qilgan?

A) Ziyovuddin maxsum B) Chibil bo‘lis

C) Rahmonqulihoji D) Mirkarimboy

34. 1898-yilgi Dukchi eshon qo‘zg‘oloni davrida harakatning umumiy rahbariga zudlik bilan qo‘shilmasdan, atrofdagi mustamlakachi qo‘shinlarga qarshi kurash olib borib, taktik xatoga yo‘l qo‘ygan rahnamolardan birini aniqlang.

A) G‘oyibnazar B) Mirkarimboy

C) Rahmonqulihoji D) Chibil bo‘lis

35. 1898-yilgi Dukchi eshon qo‘zg‘oloni bostirilgach, Turkiston general-gubernatori S.Duxovskiyga o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik haqida telegramma yuborgan shaxsni aniqlang.

A) Imperator Aleksandr II

B) Harbiy vazir A.Kuropatkin

C) Turkiston harbiy okrugi boshlig‘i N.Korolkov

D) Imperator Aleksandr III

36. Andijon qo‘zg‘oloni natijasida Rossiya hukumati Turkiston general-gubernatoriga o‘lim jazosini kamaytirish va uni qaysi jazo bilan almashtirish haqida ko‘rsatma bergan edi?

A) katorga va qamoq jazosi

B) 70 darradan 200 darragacha kaltaklash jazosi

C) jarima, qamoq, qo‘l kesish

D) davlatga 5 yilgacha tekin ishlab berish, jarima

37. Andijon qo‘zg‘oloni bostirilgach, imperiya ma’muriyati nima sababdan o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik haqida ko‘rsatma berdi?

A) ishchi kuchining kamayib ketishining oldini olish uchun

B) mahalliy aholining g‘azabini yanada kuchaytirmaslik uchun

C) xalqaro jamoatchilikning Rossiyaga nisbatan fikrini o‘zgartirmaslik uchun

D) mahalliy aholi bilan kelishish uchun

38. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Dukchi eshon qo‘zg‘oloni natijasida qancha odam o‘lim jazosiga mahkum etilgan?

A) 340 ta B) 180 ta C) 250 ta D) 380 ta

39. 1898-yil vaqtinchalik Turkiston general-gubernatori lavozimiga tayinlangan N.Korolkov shu paytgacha qaysi lavozimda edi?

A) general-gubernator Devoni boshlig‘i

B) Farg‘ona viloyati gubernatori

C) Sirdaryo viloyati gubernatori

D) Turkiston harbiy okrugi boshlig‘i

40. 1898-yilgi Dukchi eshon qo‘zg‘olonining mag‘lubiyatga uchrashiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlang.

1) qo‘zg‘olon rahbarlari orasidagi o‘zaro nizolar; 2) qo‘zg‘olonga aholining barcha tabaqalari ishtirok etmaganligi; 3) qo‘zg‘olonning o‘lka bo‘ylab keng tarqalib ketmaganligi; 4) qo‘zg‘olonni tashkil etishda qat’iy tartib va intizomning bo‘lmaganligi; 5) qo‘zg‘olonchilarning aniq bir rejaga asoslanmaganligi; 6) hammaning bir vaqtning o‘zida ko‘tarilmaganligi; 7) qo‘zg‘olon va ishtirokchilarining harbiy sohadan bexabarligi, qurollarining o‘ta soddaligi; 8) qo‘zg‘olonchilar tarkibida 3 ta guruhning mavjudligi va ularning bir-birini qo‘llab-quvvatlmaganligi.

A) 1, 2, 5, 8 B) 1, 4, 7, 8 C) 1, 2, 3, 6, 7, 8

D) 2, 3, 4, 5, 6, 7

41. Qaysi hududda Rahmonqulihoji va Mirkarimboy boshchiligidagi aholi mahkamaga borib, adolatsiz soliqlarni bekor qilishini so‘rab norozilik bildirgan edi?

A) Jizzaxda B) Xo‘jand va O‘ratepada

C) Andijonda D) Mingtepa va Namanganda

42. Italyancha “uycha”, “kulba” ma`nolarini anglatuvchi atamani toping.

A) kazarma B) katorga C) pristan D) okrug

43. Maxbusning jinoyati uchun og‘ir mehnat sharoitida jazoni o‘tash joyi nima deb ataladi?

A) kazarma B) lager C) katorga D) turma

44. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda bo‘lgan milliy-ozodlik harakatlarining rahbarlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Damin kulol, Namoz Pirimqulov, Nazirxo‘ja eshon, Dukchi eshon

B) Inog‘omxo‘ja Umriyoxo‘jayev, Darvishxon, Abdurahmon jevachi, Abdurahmon Oftobachi

C) Yetimxon, Mirkarimboy, Muhammad Yoqub, Dukchi eshon, Nazirxo‘ja eshon

D) Po‘latxon, Yetimxon, Qurbonjon dodhoh, Dukchi eshon, Darvishxon

45. Toshkentda “vabo isyoni” boshlanishi arafasida shahar ma’muriyati nechta qabristonni yopib qo‘ydi?

A) 8 ta B) 2 ta C) 14 ta D) 12 ta

46. 1892-yildan keyin Turkistonda “kuchli muhofazada” deb e’lon qilingan hududlarda nimalar taqiqlab qo‘yildi?

A) majlis-yig‘inlar, savdo-sanoat korxonalarining ishlashi, matbuot organlari

B) kech soat oltidan keyin ko‘chalarga chiqish, ish paytida bekor yurish, ko‘cha tomoshalari

C) bozorlar, savdo-sotiq, kech soat 7 dan keyin ko‘chaga chiqish

D) biror-bir inshoot qurish, choyxonalar, aholining bir-birining uyiga bordi-keldisi

47. 1892-yildan keyin Turkistonda “favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan hududlarda butun hokimiyat ...

A) Harbiy vazir va uning yordamchilari qo‘liga o‘tdi

B) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib qo‘liga o‘tdi

C) Turkiston harbiy okrugi qo‘liga o‘tdi

D) imperator tayinlagan maxsus harbiy-gubernator qo‘liga o‘tdi

48. 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni boshlangan paytda dastlab qaysi tuman pristav qo‘zg‘olonchilar tomonidan o‘ldirilgan?

A) Mingtepa B) Qo‘yli C) Asaka

D) Namangan

49. 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni natijasida necha kishiga berilgan o‘lim jazosi o‘z kuchida qoldi?

A) 11 kishi B) 22 kishi C) 18 kishi

D) 35 kishi

50. Yetimxon qo‘zg‘olonidan 20 yil o‘tib ...

A) Dukchi eshon qo‘zg‘olonining oldini ololmaganligi uchun Farg‘ona viloyati gubernatori lavozimidan ozod etildi

B) Namangan uyezdida mingboshilar saylovi qo‘zg‘olonga aylanib ketdi

C) Rossiyadan Farg‘ona vodiysiga aholining ko‘chirib keltirilishi kuchaydi

D) Turkiston o‘lkasida “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” kuchga kirgan

V BOB


1. 1873-yil Amudaryo bo‘limi tashkil qilinib, u qaysi viloyat tarkibiga kiritildi?

A) Kaspiyorti viloyati B) Samarqand viloyati

C) Sirdaryo viloyati D) Toshkent uyezdi

2. 1875-yilda Ural kazaklari Qoraqalpog‘istonning qaysi hududlariga ko‘chirilgan edi?

A) Petro-Aleksandrovsk, Ural posyolkasi, Nukus qishlog‘i

B) Chimboy, Xo‘jayli viloyati, Petro-Aleksandrovsk

C) Orolbo‘yi, Beruniy tumani, Ural posyolkasi

D) Ural posyolkasi, Chimboy qishlog‘i, Beruniy tumani

3. Qoraqalpoqlar XIX asr o‘rtalarida urug‘lar va arislarga bo‘linib, arislar orasida eng yirigi qaysi edi?
A) shullik B) joungur C) o‘n to‘rt urug‘

D) aris-qo‘ng‘irot

4. Bobo Go‘klan boshchiligidagi qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni nechanchi yillarda bo‘lgan?

A) 1889-1891-yillar B) 1876-1885-yillar

C) 1883-1893-yillar D) 1881-1891-yillar


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə