Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə39/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60

A) konsern B) trest C) moliya D) kartel

40. XIX asr oxiri – XX asr boshida qaysi davlatda “Kruppga nima yaxshi bo‘lsa, u mamlakat uchun ham yaxshi”, degan ibora yetakchi kuchga aylandi?

A) AQSHda B) Germaniyada C) Fransiyada

D) Angliyada

41. Industrial sivilizatsiya bu – …

A) asosiy qadriyati texnika taraqqiyoti bo‘lgan sivilizatsiyadir

B) Ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida faoliyat olib boradigan jamiyat

C) mustamlakachilikka asoslangan sivilizatsiyadir

D) ishlab chiqarish yoki savdoning bir sohasida yakka hukmronlikni egallab olgan ulkan korxonalar jamiyati

42. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida shaharlarning tezlik bilan o‘sishiga olib kelgan omillarni aniqlang.

1) qishloq xo‘jaligida texnikani qo‘llash natijasida bir qism qishloq aholisining ishsiz qolishi, ularning ish izlab shaharlarga kelishi; 2) kichik shaharlarda mayda savdogarlar va hunarmandchilik ishlab chiqarishining pasayib ketishi, transportdagi o‘zgarishlar, temiryo‘llar qurilishi, sanoat markazlarining yirik shaharlarga ko‘chishi; 3) yuz yillar davomida o‘z yerlarida yashab kelgan aholi o‘z yerlarini tashlab shaharlarga keta boshlashi; 4) shaharlarda asosiy tabiiy boylik bo‘lgan konlarning topilishi; 5) qishloq va shahar mavqeyining tenglashib borishi.

A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 3, 4, 5

43. Quyidagi qaysi atamalar bir-biriga mazmunan mos keladi?

A) konsentratsiya - monopoliya

B) urbanizatsiya - sindikat

C) industrial sivilizatsiya – industrial jamiyat

D) industriya jamiyat - anneksiya

44. XIX asrning o‘rtalariga kelib, industrial davlatlarda aholining qancha qismi shaharlarda to‘plandi?


A) 40% ga yaqini B) 50% ga yaqini

C) 15% dan ortig‘i D) 25% atrofida

45. Shaharlarning shitob bilan rivojlanish jarayoni qaysi davlatda boshqalariga qaraganda ertaroq boshlandi?

A) Fransiyada B) AQSHda C) Germaniyada

D) Buyuk Britaniyada

46. Shaharlarning shitob bilan rivojlanishi – urbanizatsiya jarayonining avj olishi Germaniyada va AQSHda qachon boshlandi?

A) XIX asrning 70-yillarida

B) XIX asrning 30-40-yillarida

C) XIX asrning 80-90-yillarida

D) XIX asrning 50-yillarida

47. Shaharlarning shitob bilan rivojlanishi davrida Parij aholisi 1850-yili … bo‘lsa, 1880-yilda esa … kishidan iborat bo‘ldi.

A) 2 mln., 4 mln. B) 1,5 mln., 2,5 mln.

C) 1 mln., 2 mln. D) 2,5 mln., 3,5 mln.

48. XIX asr oxiriga kelib, Parij shahrida qanday o‘zgarishlar vujudga keldi?

A) ichimlik va oqova suv tarmoqlari, tramvay va metro qurildi

B) stadion, hukumat qasrlari, davlat muassasalari idoralari qurildi

C) bog‘lar yaratildi, aeroport, aerodrome, metro singari taransport harakati obektlari bunyod etildi

D) tosh ko‘chalar paydo bo‘ldi, gotik uslubidagi binolar qurilishi avj oldi

49. 1906-1916-yillarda Buyuk Britaniya vazirlarining qanchasi elita bilim yurtlari bitiruvchilari edi?

A) 1/4 qismi B) yarmi C) 1/5 qismi D) 2/3 qismi

50. XIX asrda jamiyat hayotining muhim voqealaridan biri bu – …

A) “o‘rta qatlam”ning shakllanishi bo‘ldi

B) aristokratiya vakillarining o‘rta qatlam bilan aralashib ketishi bo‘ldi

C) deyarli barcha davlatlarda monarxiya tuzumi ag‘darildi

D) havo kemalaridan amalda foydalanila boshlandi

II BOB. G‘ARBIY YEVROPA DAVLATLARI

XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA


1. 1867-yilda o‘tkazilgan parlament islohoti natijasida erkak aholining necha foizi saylov huquqiga ega bo‘ldi?

A) 50% B) 60% C) 70% D) 80%

2. Angliyada Gladston hukumati (1880-1885) irlandlarga gomrul o‘rniga “Yer-suv akti”ni (1881-yil) taklif qildi. Unda …

A) Irlandiyaga soliq yig‘ish, mahalliy politsiya tuzishga ruxsat etilib, faqat Angliya qo‘lida tashqi siyosat va mudofaa ishlari qolardi

B) Irlandiya mustaqil parlament tuzilib, parlamentga Irlandiya ishlari bo‘yicha stats – sekretar va Irlandiya lord-hokimi yillik hisobot berishi ko‘zda tutilgan

C) Irlandiyaning protestantlar yashaydigan shimoli-sharqiy hududi Angliyaning to‘liq hukmronligi ostida qolishi, qolgan 20 grafliklarga dominion huquqi berilishi ko‘zda tutilgan

D) 15 yil muhlatga renta miqdorini adolat bilan belgilaydigan va ijarachiga o‘z yer uchastkasini boshqa bir shaxsga o‘tkazish huquqini beradigan komissiya tuzilishi ko‘zda tutilgan

3. Angliya hukumati irlandiyaga gomrul berishga qaror qilgan va uni parlament tasdiqlashni rad etgan yillarni toping.

A) 1884, 1914 B) 1886, 1905 C) 1886, 1912

D) 1884, 1907

4. 1905-yilda A. Griffit rahbarligida qanday partiya tuzilgan?

A) “Yer-suv ligasi”

B) “Oq og‘lonlar”

C) “Shinfeyn”

D) “Irlandiya sotsial-demokratik partiyasi”

5. Angliya treyd-yunionlari tomonidan 1900-yilda tuzilgan “Ishchi vakillari qo‘mitasi” qachondan boshlab Leyboristlar partiyasi deb atala boshlandi?

A) 1902-yil B) 1903-yil C) 1905-yil D) 1906-yil

6. Angliyada qabul qilingan “Ish haqi minimumi” to‘g‘risidagi qonun bandlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1) 65 yoshga kirgan kishilar uchun pensiya ta’minlandi; 2) kasallik va ishsizlik bo‘yicha sug‘urta to‘lovi joriy qilindi; 3) ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko‘rgan zararning tred-yunionlardan undirilishi taqiqlandi; 4) konchilar uchun 10 soatlik ish kuni belgilandi; 5) 70 yoshga kirgan kishilar uchun pensiya ta’minlandi; 6) ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlarga korxona egalari hisobidan nafaqa to‘lash belgilandi.

A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 2, 3, 4, 5, 6

D) 1, 4, 5, 6

7. 1877-1878-yillardagi Rossiya-Turkiya urushi San-Stefano sulhi bilan yakunlandi. Angliya hukumati San-Stefano sulh shartnomasini Turkiya foydasiga qaytadan ko‘rib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Angliya buning “evaziga” Turkiya mustamlakasi bo‘lgan qaysi hududni egalladi?

A) Quvaytni B) Gretsiyani C) Kiprni

D) Transiordaniyani

8. XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetdi. Buning asosiy sababi nima edi?

A) mamlakatda ishsizlik va inflyatsiyaning o‘sishi

B) parlamentda asosiy o‘rinni respublikachilar egallashi

C) Fransiyaning G‘arbiy Afrikadagi mustamlakalarini Germaniya tomonidan egallanishi

D) Fransiyaning Angliya va Germaniyadan tobora orqada qolishi

9. Fransiya Prussiyaga qachon urush e’lon qilgan?

A) 1870-yil 12 aprel B) 1871-yil 18-iyun

C) 1870-yil 17-iyul D) 1871-yil 26-fevral

10. Fransiya-Prussiya urushida Mets qal’asida necha ming kishilik fransuz armiyasi qurshovga tushib qoldi.

A) 80 ming B) 100 ming C) 173 ming

D) 320 ming

11. 1871-yil 18-yanvar kuni Prussiya qiroli Vilgelm I Germaniya imperatori deb e’lon qilingan. Bu voqea qayerda o‘tkazilgan?

A) Versalda B) Venada C) Frankfurtda

D) Bryusselda

12. Quyidagi qaysi davlat arbobi “temir kansler” nomi bilan mashhur bo‘lgan?

A) M. Tetcher B) Karpivi C) Bismark

D) B. Mussolini

13. Fosfor olish jarayoni quyidagi qaysi olim tomonidan soddalashtirilgan?

A) Tomson B) Mendeleyev C) Kostovich

D) Daymler

14. Germaniyada cho‘yan ishlab chiqarish 1892-1912-yillar orasida 4,9 mln tonnadan qanchaga ko‘tarildi?

A) 15,4 mln tonna B) 17,6 mln tonna

C) 22 mln tonna D) 24,3 mln tonna

15. Bismarkning katolik cherkovi ta’siriga qarshi qo‘llagan tadbirlari “Kultur kampf” degan nom oldi. “Kultur kampf” so‘zining ma’nosi nima?

A) madaniyat uchun kurash B) ma’rifat sari

C) davlat madaniyati D) dinni ajritish

16. 1875-yilda tashkil etilgan Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) 1877-yilgi parlament saylovida qancha o‘ringa ega bo‘ldi?

A) 12 B) 17 C) 42 D) 32

17. Angliya “Bog‘dod temiryo‘li”ning Fors qo‘ltig‘iga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qaysi davlat ustidan protektoratini e’lon qildi?

A) Katar B) Quvayt C) Iroq D) Bahrayn

18. Germaniya 1885-yil Tinch okeanidagi qaysi orollarni bosib oldi?

A) Karolina B) Filippin C) Samoa D) Marshall

19. 1895-yilda Kil kanali ochildi. U qaysi dengizlarni tutashtirgan?

A) Qora dengiz va Marmar dengiz

B) Adriatika dengiz va Shimoliy dengiz

B) O‘rtaer dengiz va Qizil dengiz

D) Shimoliy dengiz va Boltiq dengiz

20. Fransiyada Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi qabul qilingan yili quyidagi voqealardan qaysi biri sodir bo‘lgan?

A) Xiva bilan Rossiya o‘rtasida Gandamoyon shartnomasi imzolandi

B) Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi joriy etildi

C) Markazi Yangi Marg‘ilon bo‘lgan Farg‘ona viloyati tashkil etildi

D) Marg‘ilonda Nasriddinbek va fon Kaufman o‘rtasida shartnoma imzolandi

21. Vaterloo qishlog‘i hozirgi qaysi davlat hududida joylashgan?

A) Fransiyada B) Avstriyada C) Germaniyada

D) Belgiyada

22. Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi tashkil etilgan yili …

A) Germaniya sotsial-demokratik partiyasi tashkil etildi

B) Fransiyada kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilindi

C) “Uch imperator shartnomasi” imzolandi

D) Angliyada B.Dzraeli bosh vazir lavozimini egalladi

23. Fransiya hukmron doiralari nechanchi yilda Buyuk Britaniya-Fransiya savdo shartnomasini imzolagan?

A) 1858-yil B) 1860-yil C) 1865-yil D) 1866-yil

24. Fransiya-Prussiya urushiga bahona bo‘lgan omilni aniqlang.

A) Angliya va Germaniyaning iqtisodiy jihatdan kuchayishi

B) Bismarkning katolik cherkoviga qarshi kurashi

C) 1868-yil Ispaniya taxtiga kimni o‘tqazish masalasi

D) Germiniyaning Fransiya hududlari hisobidan birlashuvi

25. Vaterloo jangi nechanchi yilda bo‘lgan?

A) 1814-yil 19-yanvarda B) 1813-yil 12-avgustda

C) 1815-yil 3-noyabrda D) 1815-yil 18-iyunda

26. Ma’lumki, 1870-yil Fransiya Germaniyadan kelgusida ham Ispan taxti uchun nomzod ko‘rsatmasligini, hozir ko‘rsatgan nomzodidan taxt da’vosidan butunlay voz kechishiga erishishini talab qilgan edi. Germaniya imperatori bunga qanday javob bergan?

A) Berlinga qaytgach javob qaytarishini ma’lum qilgan

B) Fransiyaga qarshi urush e’lon qildi

C) Fransiyaning barcha shartlariga rozi bo‘ldi

D) Germaniya kansleri bilan muzokara olib borish kerakligini ma’lum qilgan

27. Qaysi voqea “Ems depeshasi” degan nom bilan tarixga kirdi?

A) Fransiyning Germaniyadan kelgusida Ispan taxti uchun nomzod ko‘rsatmasligini talab qilishi

B) Prussiya kansleri Bismarkning gazetada imperator va Fransiya elchisi o‘rtasidagi suhbat tafsilotini imperator Fransiya elchisi bilan gaplashishni istamasdan, unga orqasini o‘girib olgan deb maqola e’lon qilishi

C) Fransiya hukumati Ispan taxtiga Germaniyadan o‘z nomzodidan voz kechishini talab etgani va Vilgelm I ning bunga rozi bo‘lganligi

D) Germaniya imperatorining Ems shahrida davolanishi

28. “Depesha” so‘zining ma’nosi nima?

A) davolanish B) yolg‘on xabar

C) inkor etish, rad D) shoshilinch xabar

29. Fransiya Uchinchi Respublika tashkil etilgach, Qonun chiqaruvchi Korpus kimning boshchiligida Muvaqqat milliy-mudofaa hukumatini tuzdi?

A) Tyer B) Mak-Magon C) Troshyu

D) Sadi Karno

30. Fransiya-Prussiya urushi natijasida yangi tuzilgan Fransiya hukumatiga nisbatan Parij aholisining ishonchsizligi paydo bo‘ldi. Bunga sabab nima edi?

A) qamaldan so‘ng aholining qarzlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘lashga majbur bo‘la boshlanganligi va hukumat qarorgohi etib Versal shahrining tanlanganligi

B) Parij aholisiga Germaniyaga to‘lanadigan tovon pulining 1/3 qismi yuklanganligi va yangi hukumatning ish soatlarini keskin ko‘tarib yuborganligi

C) aholi orasidagi monarxiya va parlamentar respublika tarafdorlarining siyosiy kurashiga hukumatning aralashmaganligi

D) hukumatning taslimchilik siyosati va Germaniyaga katta tabiiy boyliklarga ega bo‘lgan hududlarning o‘tib ketishi

31. Parij shahari Prussiya qo‘shinlariga taslim bo‘lgan sanani aniqlang.

A) 31-oktabr B) 12-avgust C) 2-sentabr

D) 19-sentabr

32. Fransiya-Prussiya urushidan keyin tashkil etilgan Parij Kommunasi mamlakatda qanday tadbirlarni amalga oshirdi?

1) egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi; 2) majburiy va bepul ta’lim joriy etildi; 3) korxonalardagi ish soati 6-8 soatgacha qisqartirildi; 4) cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi; 5) Germaniyaga tovon pulini to‘liq to‘lashga erishdi; 6) mehnatkashlarning uy-joy haqini to‘lash muddatlari kechiktirildi; 7) ishsizlarni ish bilan ta’minlash idorasi tuzildi; 8) xususiy mulk bo‘lib kelgan temiryo‘l idoralarini Kommuna o‘z ixtiyoriga oldi; 9) Kommuna ishlab chiqarish ustidan nazorat o‘rnatdi; 10) ish haqi 2 baravar oshirildi.

A) 1, 3, 5, 8, 10 B) 1, 2, 4, 6, 7, 8, 9

C) 1, 2, 3, 5, 7, 10 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7

33. Fransiya-Prussiya urushidan keyin tashkil etilgan Parij Kommunasi o‘z faoliyatida bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydi. Ushbu xatolarni aniqlang.

1) Parijdan qochib ketgan Tyer hukumatini ta’qib qilmasligi natijasida Tyer hukumati Kommunaga qarshi erkin tashviqot olib borishga va uning qo‘shini Parijni qamalga olishga muvaffaq bo‘ldi; 2) Kommuna davlat xazinasini, banklarni to‘la o‘z qo‘liga olmaganligi; 3) Kommunaning tashqi siyosatda Germaniya bilan aloqlarni yo‘lga qo‘yganligi; 4) Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo‘lmaganligi.

A) 1, 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 3, 4

34. Parij Kommunasining tor-mor etishlishida qaysi davlat, qay tariqa Tyer hukumatiga yordam berdi?

A) Angliya hukumati rahbari B.Dizraelining Troshyo hukumatiga qurol-aslaha va oziq-ovqat bilan yordam berishi

B) Germaniya kansleri Bismark 40 ming fransuz askarini asirlikdan bo‘shatib, ularni Tyer hukumati ixtiyoriga yuborishi

C) Germaniya kansleri Bismark 20 ming nemis askarlarini Tyer hukumati ixtiyoriga yuborishi

D) Ispaniya hukumatining ispan va fransuzlardan tashkil topgan 30 minglik qo‘shinni Fransiya hukumati ixtiyoriga yuborishi

35. 1871-yil 10-may kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida Fransiya-Germaniya sulh shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra …

1) Fransiya Germaniyaga 5 mlrd. frank tovon to‘laydigan bo‘ldi; 2) Fransiya Germaniyaga 700 ming frank tovon to‘laydigan bo‘ldi; 3) tovon to‘lanib bo‘linguncha, Germaniya o‘z qurolli kuchlarining bir qismini Fransiya hududida saqlab turadigan bo‘ldi; 4) Fransiyaning Elzas va Lotaringiya viloyatlari Germaniyaga berildi; 5) Saar ko‘mir koni Germaniyaga berildi; 6) Fransiya mamlakatda qo‘shin saqlamaydigan bo‘ldi.

A) 1, 4, 6 B) 2, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 5

36. Fransiyada 1881-1882-yillarda ta’lim to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Unga ko‘ra …

1) maktab cherkovdan ajratildi; 2) 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi; 3) 13 yillik majburiy ta’lim joriy etildi; 4) qiz va o‘g‘il bolalarning birgalikda o‘qitilishi ta’minlandi; 5) maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo‘ldi; 6) oliy pedagogik bilim yurtlarida o‘qituvchi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi; 7) majburiy ta’lim dasturida o‘g‘il bolalar uchun gimnastika predmeti majburiy deb belgilandi; 8) qiz bolalar uchun litseylar ochildi; 9) alohida diniy maktablar tashkil qilindi; 10) maxsus oliy o‘quv yurtlarida ayol o‘qituvchilar ham tayyorlana boshlandi.

A) 1, 3, 4, 5, 7, 10 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 5, 6, 9

D) 1, 2, 5, 6, 7, 8, 10

37. Fransiyada kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilingan yili O‘rta Osiyoda …

A) “Tarjimon” gazetasi chiqa boshladi

B) birinchi jadid maktabi ochildi

C) dastlabki rus-tuzem maktablari ochildi

D) Vose boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘ldi

38. XIX asr 80-yillarida Fransiyada majburiy ta’lim dasturida o‘g‘il bolalar uchun gimnastika predmeti majburiy deb belgilandi. Bundan ko‘zlangan maqsad nima edi?

A) o‘smirlarni bo‘lajak harbiy xizmatga jismonan yetuk qilib tayyorlash

B) o‘g‘il bolalarning ruhiy jihatdan matonatini mustahkamlash

C) sport musobaqalarida mamlakat sharafini munosib himoya qilish

D) shu orqali bolalarning aqlini charxlash va mushohadaga o‘rgatish

39. XIX asr oxirida Fransiya ichki siyosiy hayotida anarxistlar va monarxiyachilar faoliyati kuchaygan bo‘lib, ularning maqsadi nima bo‘lgan?

A) Elzas va Lotaringiyani Germaniyadan qaytarib olish

B) mavjud tuzumni ag‘darish

C) Germaniya davlatiga qo‘shilish

D) Yevropada siyosiy gegemonlikni qaytarish

40. XIX asr oxirida Fransiya ichki siyosiy hayotida anarxistlar va monarxiyachilar faoliyati kuchaygan bo‘lib, o‘z maqsadiga erishish uchun anarxiyachilar parlament binosiga bomba tashlagan yilni aniqlang.

A) 1896-yil B) 1883-yil C) 1889-yil D) 1893-yil

41. Fransiya kontrrazvedkasi mamlakat harbiy kuchlari haqida Germaniyaga maxfiy ma’lumotlar yetkazib berilayotganligida ayblangan A. Dreyfus kim edi?

A) Fransiya qo‘shini Bosh shtabida xizmat qiluvchi venger millatiga mansub mayor

B) Fransiya qo‘shini Bosh shtabida xizmat qiluvchi yahudiy millatiga mansub kapitan

C) Fransiya Milliy Kongressi a’zosi, yahudiy millatiga mansub shaxs

D) Fransiya matbuoti kotibi, nemis millariga mansub jurnalist

42. XIX asr oxirida Fransiya harbiy kuchlari haqida Germaniyaga maxfiy ma’lumotlar yetkazib berib turgan asl josusni aniqlang.

A) Fransiz armiyasi Bosh shtabi mayori Estergazi

B) Fransiya qo‘shini Bosh shtabi kapitani A. Dreyfus

C) Fransiya qo‘shini Bosh shtabi generali Troshyo

D) Fransiya matbuoti kotibi, nemis josusi Estergazi

43. Germaniyaning to‘la birlashtirilishida imperiya tarkibiga “maxsus imperiya viloyati” bo‘lib kirgan hududni aniqlang.

A) Elzas-Lotaringiya B) Gamburg C) Ganza

D) Bremen

44. 1913-yilda temir rudasi qazib chiqarish sohasida AQSH va Germaniyani ortda qoldirgan davlatni aniqlang.

A) Rossiya B) Italiya C) Fransiya D) Angliya

45. Germaniya imperiyasida shtatgalter boshqaradigan hududni aniqlang.

A) Elzas-Lotaringiya B) Gamburg C) Ganza

D) Bremen

46. XX asr boshida Fransiyaning eksportida o‘z o‘rnini egallagan tovarlarni aniqlang.

A) ip-gazlama birinchi, jun ikkinchi, vino uchinchi, shoyi gazlama to‘rtinchi o‘rinni egalladi

B) vino birinchi, temir ikkinchi, mato uchinchi, mis to‘rtinchi o‘rinni egalladi

C) temir birinchi, shoyi ikkinchi, vino uchinchi, ip-gazlama to‘rtinchi o‘rinni egalladi

D) jun birinchi, ip-gazlama ikkinchi, shoyi gazlama uchinchi, fransuz vinolari to‘rtinchi o‘rinni egalladi

47. Fransiyada A. Dreyfus to‘la oqlangan yilni aniqlang.

A) 1908-yil B) 1906-yil C) 1896-yil D) 1903-yil

48. XX asr boshida Fransiya chetga kapital chiqarish borasida dunyoda nechanchi o‘ringa chiqdi?

A) to‘rtinchi B) uchinchi C) ikkinchi D) birinchi

49. 1914-yilda Fransiya Rossiyaga … , Buyuk Britaniya va AQSHga … , Janubiy Amerika davlatlariga … frank miqdorida kapital chiqardi.

A) 11 mlrd., 7 mlrd., 5 mlrd.

B) 15 mlrd., 2 mlrd., 16 mlrd.

C) 7 mlrd., 15 mlrd., 9 mlrd.

D) 13 mlrd., 5 mlrd., 6 mlrd.

50. Fransiyada ishchi tashkilotlari vakillari “Fransiya ishchi partiyasi”ni tuzgan yillarni aniqlang.

A) 1880-yil B) 1885-yil C) 1886-yil D) 1877-yil

51. Fransiya prezidenti Sadi Karno o‘ldirilgan yilni aniqlang.

A) 1899-yil B) 1894-yil C) 1890-yil D) 1896-yil

52. Qaysi voqea tarixga “Sharqqa hujum” nomi bilan kirdi?

A) 1900-yilda Germaniyaning boshqa g‘arb davlatlari bilan birga Xitoyda milliy-ozodlik harakatini bostirishda ishtirok etishi

B) Fransiyaning Janubiy-sharqiy Osiyo hududidaga suqulib kirishi

C) Germaniyaning Bolqonga, Yaqin, O‘rta va Uzoq Sharqqa faollik bilan suqulib kirishi

D) Angliyaning Hindistonga tobora shiddat bilan kirib borishi

53. XIX asr oxirida Germaniyaning qaysi siyosati Buyuk Britaniya bilan munosabatlarni yanada keskinlashtirdi?

A) Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan tutashtirgan Kil kanalining ochilishi va Reyxstag tomonidan harbiy flot qurishning ulkan dasturini qabul qilinishi

B) Germaniyaning Toga va Kemurunni bosib olishi

C) Germaniyaning Bolqon yarimoroliga faollik bilan suqulib kirishi

D) Germaniyaning Gvineya shimoliy qismidagi orollarni, Afrikaning sharqiy qismidagi hududlarni va Zanzibarni zabt etishi

54. Germaniya qurolli kuchlari Bosh shtabi ikki frontda, ya’ni ham g‘arbda, ham Sharqda (Rossiyaga qarshi) urush olib borish rejasini ishlab chiqqan yilni aniqlang.

A) 1910-yil B) 1909-yil C) 1899-yil D) 1905-yil

55. Lotincha “kengaytirish” ma’nosini bildiruvchi atamani toping.

A) koalitsiya B) konsentratsiya C) ekspansiya

D) anneksiya

56. Fransiyada … yilda pensiya to‘g‘risida qonun qabul qilindi va unga ko‘ra pensiya yoshi … yosh deb belgilandi.

A) 1912, 70 B) 1910, 65 C) 1905, 60 D) 1911, 65

57. XX asr boshida Fransiyada ijtimoiy harakatda ikki asosiy oqim vujudga keldi. Ular …

A) mo‘tadil respublikachilar va cheklanmagan monarxiya tarafdorlari

B) kasaba uyushmalari tashkil etish tarafdorlari va ish vaqtini qat’iy belgilaydigan korxona rahbarlari

C) tashqi siyosatda Germaniya bilan yaqinlashish tarafdorlari va Rossiya bilan harbiy ittifoqqa kirish tarafdorlari

D) jamiyatni parlament yo‘li bilan (islohotlar orqali) qayta qurish tarafdorlari va noqonuniy yo‘l bilan (qurolli qo‘zg‘olon) qayta qurish tarafdorlari

58. Bir yoki bir qancha davlatlarga qarshi qarshi birlashib harakat qilish uchun ikki yoki undan ortiq davlatlarning tuzgan vaqtinchalik harbiy-siyosiy ittifoqi qaysi atama bilan izohlanadi?

A) edikt B) uniya C) koalitsiya D) federatsiya

59. XX asr boshida qaysi davlat harbiy dengiz floti qudrat jihatidan dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi?

A) AQSH B) Fransiya C) Angliya

D) Germaniya

60. Irqiy ayirmachilik va milliy nizoni avj oldirishga urinuvchi o‘taketgan millatchilik nima deyiladi?

A) segrigatsiya B) shovinizm C) abolitsionizm

D) anarxiya

61. Qaysi tadbir Fransiyaning yangi mustamlakalar bosib olish yo‘lidagi dastlabki qadami bo‘ldi?

A) 1881-yil Tunisni bosib olishi

B) 1879-yil harbiy-siyosiy koalitsiyaga kirishi

C) 1891-yil Senegalni bosib olishi

D) 1883-yil Vyetnamga hujum boshlashi

62. XIX asr oxirida xalqaro siyosiy maydonda “quyoshning hamma davlatlar yelkasiga birdek nur sochishi lozimligi”ni da’vo qilgan davlatni aniqlang.

A) AQSH B) Fransiya C) Angliya

D) Germaniya

63. Germaniya nima sababdan Fransiyaning Tunisni bosib olishiga atayin qarshilik ko‘rsatmadi?

A) ltaliyaning ham Tunisga da’vogarligini yaxshi bilgan Germaniyaning maqsadi Fransiya va Italiya munosabatlarini keskinlashtirish edi

B) Fransiya uchun Marokash yo‘li ochilishi uchun sharoit yaratish va shu orqali Angliya-Fransiya munosabatlarini keskinlashtirish maqsadida

C) Tunisni bosib olgan Fransiya shu bilan cheklanishiga umidvor bo‘lganligi uchun

D) Fransiyaning Sharqiy Osiyo hududiga bo‘lgan da’vosidan voz kechishiga erishish uchun

64. Fransiyan 1891-1896-yillarda qaysi hududlarni bosib oldi?

A) Vyetnam va Laos hududi

B) Gvineya, Senegal, Madagaskar, Mavritaniya

C) Marokash, Jazoir, Toga, Senegal

D) Madagaskar, Vyetnam, Laos, Mavritaniya

65. Fransiyaning Marokash ustidan o‘z protektoratini o‘rnatgan yili Xiva xonligida …

A) Matyoqub pishiq qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi

B) Xiva xonligi bosh vaziri Islomxo‘ja qatl etildi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə