Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə40/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60

C) Hazorasp va Xonqada qo‘zg‘olon avj oldi

D) qurg‘oqchilik va hosilsizlik yili bo‘ldi

66. 1904-yilda Angliya-Fransiya o‘rtasida imzolangan bitimning mohiyati nimalardan iborat edi?

1) bitim ularning mustamlakalar masalasi yuzasidan kelishuvi edi; 2) Fransiya Buyuk Britaniyaning Misrdagi harakatlariga bundan buyon to‘sqinlik qilmasligini, Misrning Buyuk Britaniya ta’sir doirasida ekanligini tan oldi; 3) Buyuk Britaniya Fransiyaning Jazoirdagi manfaatlarini tan oldi; 4) Buyuk Britaniya Fransiyaning Marokashdagi manfaatlarini tan oldi; 5) Marokash sultoni o‘z vazifasini bajara olmasligi ehtimoli borligi va shunday bo‘lib qolsa, Marokash hududining Gibralttar bo‘g‘oziga bevosita tutash bo‘lgan qismini Ispaniyaga berish belgilab qo‘yildi; 6) Marokash sultoni o‘z vazifasini bajara olmasligi ehtimoli borligi va shunday bo‘lib qolsa, Marokash hududining Gibralttar bo‘g‘oziga bevosita tutash bo‘lgan qismini Angliyaga berish belgilab qo‘yildi.

A) 1, 3, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 4, 5

67. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya va Avstriya-Vengriya munosabatlarining yomonlashib borishiga nima sabab bo‘ldi?

A) ikki davlat manfaatlarining Bolqon yarimorolida keskin to‘qnash kelganligi

B) ikki davlat manfaatlarining Yaqin Sharqda keskin to‘qnash kelganligi

C) Rossiyaning Qora va Boltiq dengizi bo‘ylarini bosib olganligi

D) Avstriya-Vengriyaning Saxalin va Kuril orollariga suqulib kirib borganligi

68. XX asr boshida qaysi davlat 20 mln. aholi yashaydigan mustamlakachilik imperiyasiga ega bo‘ldi?

A) Rossiya B) Germaniya C) Avstriya-Vengriya

D) Fransiya

69. Germaniyaning qaysi siyosiy arbobi “Germaniyaning kelajagi dengizda” degan shiorni e’lon qilgan edi?

A) Germaniya imperatori Vilgelm I

B) Germaniya kansleri Otto Bismark

C) Germaniya imperatori Vilgelm II

D) Germaniya kansleri Kaprivi

70. XIX asrning 90-yillarida qaysi davlatning egallagan mustamlaka hududi o‘zining hududidan deyarli besh baravar ortiq bo‘lgan?

A) Turkiya B) Rossiya C) Italiya D) Germaniya

71. 1891-yilda Fransiya va Rossiya davlatlari o‘rtasida ittifoq bitimi tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra ittifoqchilar qanday majburiyat oldilar?

A) bu ikki davlatdan biriga tashqi hujum sodir etilganda, har ikki tomon bir vaqtning o‘zida harbiy safarbarlik e’lon qilishi

B) bu ikki davlatdan biriga tashqi hujum sodir etilganda, har ikki tomon ham betaraflik siyosatini tutishi kerak edi

C) Fransiya Rossiyaning Bolqondagi siyosatini qo‘llab-quvvatlash, Rossiya esa Fransiyaning Erondagi manfaatlarini himoya qilish

D) Fransiya Rossiyaning Sharqdagi harakatlariga bundan buyon to‘sqinlik qilmasligini, Misrning Buyuk Britaniya ta’sir doirasida ekanligini tan olishi

72. Nechanchi yilda Yevropaning buyuk davlatlari ikki harbiy-siyosiy ittifoqqa bolinib ketdi?

A) 1904-yil B) 1907-yil C) 1882-yil D) 1912-yil

73. Taraqqiyotga qarshi, eskirgan ijtimoiy tartiblarni saqlab qolish tarafdori bo‘lgan siyosiy kuch nima deyiladi?

A) leyboristlar B) anarxistlar C) shovinik kuchlar

D) siyosiy reaksiya

74. 1871-yil aprelida imperiya reyxstagida umumgerman konstitutsiyasini qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra imperator …

1) oily ruhoniy vazifasini ham bajargan; 2) imperator urush e’lon qilar, sulh tuzish, xalqaro munosabatlarda imperiya nomidan ish ko‘radigan bo‘ldi; 3) o‘z qarorgohini mamlakat poytaxti Berlinga ko‘chirdi; 4) eng kichik harbiy lavozimni ham o‘zi tasdiqlaydigan bo‘ldi; 5) imperiya qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni bo‘ldi; 6) imperator o‘z ixtiyori bilan Reyxstag va Ittifoq Kengashi sessiyalarini chaqirish, ochish, tarqatib yuborish yoki muddatini cho‘zish, imperiya kanslerini tayinlash va vazifasidan ozod etish huquqlariga ega bo‘ldi; 7) imperator bir vaqtning o‘zida Prussiya qiroli ham hisoblanardi.

A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 2, 5, 6, 7

D) 2, 3, 4, 7

75. XIX asr oxirida Angliya davlatidagi siyosiy partiyalarga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan?

A) uch partiyaviy tizim: birinchisi Konservatorlar – asosiy tayanchi dvoryanlar va anglikan cherkovi, ikkinchisi Liberallar partiyasining asosiy tayanchi o‘rta sinf vakillari, uchinchisi leyboristlar – mehnatkash aholi vakillari edi

B) ikki partiyaviy tizim: birinchisi Konservatorlar – asosiy tayanchi yirik zamindorlar va anglikan cherkovi, ikkinchisi – Liberallar partiyasining asosiy tayanchi esa o‘rta sinf vakillari edi

C) kuchli ikki partiyaviy tizim: birinchisi Sotsialistlar – asosiy tayanchi yirik zamindorlar va anglikan cherkovi, ikkinchisi Demokratlar partiyasining asosiy tayanchi o‘rta sinf vakillari edi

D) kuchli uch partiyaviy tizim: birinchisi Konservatorlar – asosiy tayanchi yirik zamindorlar va anglikan cherkovi, ikkinchisi Respublikachilar partiyasining asosiy tayanchi o‘rta sinf, uchinchisi Sotsialistlar – mehnatkash aholi vakillari edi

76. Angliyada 1867-yili o‘tkazilgan parlament islohoti tufayli aholining qancha qismi saylash huquqini qo‘lga kiritdi?

A) erkak aholining 50 foizi

B) barcha aholining 50 foizi

C) mulk senziga ega bo‘lganlarning 25 yoshga to‘lganlari

D) 25 yoshga to‘lgan barcha aholi

77. XIX asrning 70-80-yillarida Germaniya iqtisodiy taraqqiyoti rivojlanishi gurkiray boshladi. Bunga qanday omillar sabab bo‘ldi?

1) Germaniyaning birlashtirilganligi; 2) Fransiya-Prussiya urushida yengilgan Fransiyaning talanishi bo‘ldi; 3) mamlakatda katolik cherkovining taqiqlanishi; 4) Germaniya tadbirkorlarining boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalanganligi; 5) sanoatning tez sur’atlar bilan militarlashtirilishi; 6) Afrikaning yarmini egallaganligi.

A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5

D) 1, 4, 5, 6

78. Angliyada B.Dizraeli bosh vazirligi davrida (1874-1880) amalga oshirilgan muhim tadbirlar qaysilar edi? 1) haftada 54 soatlik ish vaqti belgilandi; 2) 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 8 soatdan oshmaydigan ish kuni belgilandi; 3) 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi; 4) parlament islohoti o‘tkazildi.

A) 1, 2, 4 B) 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3

79. XX asr boshida qaysi davlatlar temir va po‘lat ishlab chiqarishda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan?

A) Germaniya, Rossiya B) AQSH, Fransiya

C) AQSH, Germaniya D) Germaniya, Rossiya

80. 1906-yil Germaniyada nima sababdan 100 mingdan ortiq polyak bolalari maktabda o‘qishdan bosh tortgan edi?

A) polyak tilida o‘qitiladigan maktablarning yopib qo‘yilishi

B) nemis bo‘lmagan aholining davlat lavozimlaridan chetlashtirilishi

C) parlametdan polyak millatiga mansub deputatlarning chetlatilishi

D) nemis bo‘lmagan bolalar uchun maktab to‘lovining ikki baravar oshirilganligi

81. Germaniyada maktabni cherkovdan ajratish, ruhoniylarning siyosiy tashviqot olib borishini taqiqlash va ruhoniy kadrlar tayyorlash, ularni vazifalarga tayinlash ishlarini davlat o‘z qo‘liga olganligi to‘grisidagi maxsus qonun nechanchi yilda qabul qilingan?

A) 1877-yil B) 1872-yil C) 1882-yil D) 1876-yil

82. Germaniya hukumati sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun qabul qilingan yili O‘rta Osiyoda …

A) Andijonda Darvishxon qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi

B) Mingtepada Yetimxon qo‘zg‘oloni bo‘ldi

C) Qo‘qon xonligida mustamlakachilarga va xonga qarshi Po‘latxon boshchiligida harbiy harakat boshlandi

D) Toshkentda “Shahar nizomi” joriy etildi

83. Germaniya imperiyasi taxtiga Vilgelm II o‘tirgan yili O‘rta Osiyoda …

1) dastlabki poyezd Samarqandga yetib keldi; 2) Kalif dehqonlari qo‘zg‘olon ko‘tardi; 3) Buxoro amirligida dastlabki rus qishloqlari tashkil etildi; 4) Ko‘lob dehqonlari qo‘zg‘olon ko‘tardi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2 C) 1, 3, 4 D) 2, 4

84. Yunkerlar kimlar?

A) kichik yer egalari B) yersiz dehqonlar

C) yangi korxona egalari D) katta yer egalari

85. Dastlabki jahon iqtisodiy inqirozlaridan biri bo‘lgan yillarni aniqlang.

A) 1900-1903-yillar B) 1907-1908-yillar

C) 1910-1911-yillar D) 1912-1913-yillar

86. Germaniya tarixida bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

A) 100 mingdan ortiq polyak bolalari maktabda o‘qishdan bosh tortdi, Vilgelm I vafot etdi

B) yakshanba dam olish kuni deb belgilandi, shovinistik tashkilot – “German ittifoqi” tuzildi

C) Germaniya Afrikaning Togo va Kamerun hududlarini egalladi, Marshall orollarini qo‘lga kiritdi

D) Bismark Reyxstag oldiga sotsialistlarga qarshi qonunga doimiy tus berish masalasini qo‘ydi, Bismark kansler lavozimidan iste’foga chiqdi

87. Angliyada U.Gladston 4-marta bosh vazirlik (1864-1874) lavozimini egallagandan qanday islohotlar o‘tkazildi?

1) tred-yunionlarga o‘z manfaatlarini sudda himoya qilish huquqi berildi; 2) haftada 54 soatlik ish vaqti belgilandi; 3) 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi; 4) ish tashlashlar o‘tkazilishiga ruxsat etildi; 5) Parlamentga saylovlarning yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi joriy etildi; 6) maktab islohoti o‘tkazildi

A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 4, 5, 6

D) 1, 2, 3, 4, 5

88. Germaniya sotsial-demokratlar partiyasi 1912-yilgi parlament saylovida necha foiz ovoz oldi?

A) 34,8 % B) 12,9 % C) 48, 6 % D) 32,4 %

89. Germaniya hukmron doiralarining “Quyoshning hammaning yelkasiga birday nur sochishi” talabi nimani nazarda tutgan edi?

A) boshqa mustamlakachi davlatlar singari o‘z mustamlakalariga ega bo‘lish

B) Xitoyda boshqa davlatlar kabi o‘z ta’sir zonasiga ega bo‘lish

C) dengiz savdosida va flot tashkil etishda Angliya bilan teng imkoniyatga ega bo‘lish

D) Turkiya bilan “Bag‘dod temiryo‘li”ning qurilishi masalasini hal etish

90. Germaniya imperatori Vilgelm II hukmronlik yillarini aniqlang.

A) 1889-1917-yillar B) 1871-1888-yillar

C) 1878-1916-yillar D) 1888-1918-yillar

91. Germaniya imperatori Vilgelm II necha yosida taxtga chiqqan?

A) 42 yosh B) 26 yosh C) 28 yosh D) 36 yosh

92. Germaniyada “Sotsial-demokratlarning xavfli intilishlariga qarshi qonun” necha yil muddatga qabul qilingan edi?

A) 12 yil B) 8 yil C) 2,5 yil D) 10 yil

93. Bismark nechanchi yilda kansler lavozimidan iste’foga chiqdi?

A) 1888-yil B) 1889-yil C) 1891-yil D) 1890-yil

94. 1873-yilda qaysi davlatlar o‘rtasida “Uch imperator shartnomasi” imzolandi?

A) Angliya, Germaniya, Fransiya

B) Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya

C) Rossiya, Yaponiya, Italiya

D) Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya

95. 1882-yil … savdogarlari Afrikaning janubi-g‘arbiy sohilidagi … buxtasiga kelib, … evaziga anchagina hududni sotib oldilar.

A) Bremen, Angra-Peken, 200 ta eski miltiq va 2000 marka

B) Gamburg, Monroviya, 2000 ta eski miltiq

C) Berlin, Zanzibar, 200 frank va 20 ta eski milqiq

D) Ausburtg, Senegal, 20 ming marka

96. Germaniya Afrikaning o‘rta qismidagi Togo va Kamerun hududlarini egallagan yili …

A) Turkistonda birinchi jadid maktabi ochildi

B) Boqchasaroyda birinchi jadid maktabi ochildi

C) F.Girs Turkiston o‘lkasini taftish qilishni boshladi

D) M.Chernyayev Turkiston general-gubernatori lavozimiga tayinlandi

97. Germaniya Afrikaning “Germaniya Sharqiy Afrikasi” deb nomlangan hududni bosib olgan yili O‘rta Osiyoda …

1) Andijonda Darvishxon qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi; 2) Mingtepada Yetimxon qo‘zg‘oloni bo‘ldi; 3) Ko‘lob dehqonlari Buxoro amiriga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi; 4) “Rossiya imperatorining siyosiy agentligi” tashkil etildi; 5) Baljuvonda Vose qo‘zg‘oloni bo‘ldi; 6) Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo bosib olinishining to‘rtinchi bosqichi yakunlandi; 7) Kaspiyorti temiryo‘li qurildi.

A) 1, 2, 3, 5, 7 B) 1, 3, 6 C) 2, 3, 5, 7

D) 1, 4, 5, 6, 7

98. XIX asr oxirida Germaniya bosqinchilik siyosatining “jarchisi” va faol amalga oshiruvchisi bo‘lgan shaxsni aniqlang.

A) Otto Bismark B) Vilgelm II C) Vilgelm I

D) Shliffen

99. XIX asr 90-yillarining oxirida Shandun (Xitoy) provinsiyasining bir qismini bosib olgan davlatni aniqlang.

A) Yaponiya B) Angliya C) Germaniya

D) AQSH

100. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Angliyaning “jahon ustaxonasi” maqomi o‘tmishga aylanib qolishiga asosiy sabab nima edi?



A) kapitalning asosan chetga, mustamlakalarga chiqarilishi edi

B) Germaniyaning kuchayib ketganligi va Afrikadan mustamlakalarga ega bo‘lib olganligi

C) dengizdagi hukmronlikning Germaniya bilan bo‘lishishi

D) kasaba-yushmalarining tashkil etilishi, ishchilarning ish tashlashlari, parlamentning mehnatkash aholi manfaatlarini himoya qilishga oid qonunlari

101. Germaniyaning boshqa g‘arb davlatlari bilan birga Xitoydagi milliy-ozodlik harakatini bostirishda ishtirok etgan yilni aniqlang.

A) 1898-yil B) 1902-yil C) 1900-yil D) 1906-yil

102. Germaniya hukumati qaysi hudud masalasida “bizni quruq qoldirishdi” deb hisoblagan edi?

A) Yaqin Sharq B) Afrika C) Uzoq Sharq

D) Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo

103. Germaniya hukumati mustamlakaga aylantirishga qaratilgan hudud masalasida “bizni quruq qoldirishdi” deb hisoblab, “qo‘ldan ketganlarning” o‘rnini qaysi hudud hisobidan to‘ldirmoqchi bo‘ldi?

A) Yaqin Sharq B) Afrika C) Uzoq Sharq

D) Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo

104. Vilgelm II Falastinga borgan yili Turkistonda …

A) yangi rus qishloqlari paydo bo‘ldi

B) Andijonda Darvishxon qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi

C) Amudaryo flotiliyasi ta’sis etildi

D) G.Rozenbax general-gubernator lavozimidan ozod etildi

105. Vilgelm II Falastinga qanday bahona bilan borgan edi?

A) hazrati Iso qabrini ziyorat qilish

B) sog‘ligi yomonlashgani sababli davolanish

C) jabr-zulmda qolgan yahudiy aholisiga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish

D) Falastin bilan savdo shartnomalari tuzish

106. XIX asr oxirida Germaniya hukmron doiralari nima sababdan Kichik Osiyo, Suriya, Mesopotamiya va Falastinda joylashib olmoqchi bo‘ldi?

A) bu hudud Germaniyaning flot qurish, harbiylarni joylashtirish, harbiy lagerlar qurish uchun qulay bo‘lganligi

B) bu yerlarda dunyodagi eng yirik neft konlari, g‘alla va paxta xomashyolari mavjudligi

C) bu hududlar boshqa mustamlakachi davlatlar e’tiboridan chetda bo‘lganligi

D) bu hududlar ustidan hukmron bo‘lgan Turkiya imperiyasining Germaniyadan qarz bo‘lib qolganligi

107. Kimning tashabbusi bilan Berlinni Fors qo‘ltig‘i bilan bo‘g‘lovchi temiryo‘l qurish rejasi ishlab chiqildi?

A) Germaniya qiroli Vilgelm II

B) Germaniya qiroli Vilgelm I

C) Nemis bankiri Simens

D) Germaniya harbiy qo‘mondoni fon Shliffen

108. Ma’lumki, Germaniya Fors qo‘ltig‘iga chiqish uchun Bag‘dod temiryo‘lini qurishga kirishdi. Bu Angliya manfaatlariga zid bo‘lib, u bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun …

A) 1904-yil Fransiya bilan shartnoma imzoladi

B) 1907-yil Eron masalasini Rossiya bilan hal etib oldi

C) 1899-yilda Quvaytda o‘z protektoratini o‘rnatdi

D) 1898-yil Iroq ustidan o‘z protektoratini o‘rnatdi

109. Germaniya Bag‘dod temiryo‘lini qurish masalasida Turkiya bilan yakunlovchi bitimni nechanchi yil imzoladi?

A) 1904-yil B) 1903-yil C) 1906-yil D) 1902-yil

110. XX asr boshlarida qaysi davlat jahon bozorlarida Buyuk Britaniyaning asosiy raqibiga aylandi?

A) Rossiya B) Germaniya C) Fransiya

D) AQSH


111. Buyuk davlatlarning o‘zgalar hududi va bozorini, xomashyo manbalarini bosib olishga, siyosiy va iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosat qanday atama bilan izohlanadi?

A) anneksiya B) militirizatsiya C) ekspansiya

D) konsentratsiya

112. Kapital so‘zining ma’mosi nima?

A) asosiy, bosh B) pul, mablag‘ C) sabab, omil

D) ishonch, xohish

113. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 marta, tashqi savdodagi ulushi esa 70 foizga qisqarib, sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa tushib qolgan davlatni aniqlang.

A) Buyuk Britaniya B) Germaniya C) Fransiya

D) AQSH

114. 1868-yilda Ispaniyada inqilob yuz bergach, qirolicha Izabella II qayerga qochdi?



A) Angliyaga B) Belgiyaga C) Gollangiyaga

D) Fransiyaga

115. 1910-yilda Angliyaning chetga chiqargan kapitali hajmi qanchni tashkil etdi?

A) 3,7 mlrd. funt-sterling

B) 17,6 mlrd. funt-sterling

C) 11,3 mlrd. funt-sterling

D) 4,2 mlrd. funt-sterling

116. 1912-yilda Buyuk Britaniyaga chetdan kelayotgan daromadlar funt-sterlingni tashkil etdi.

A) 188 mln B) 176 mln C) 136 mln D) 198 mln

117. Nechanchi yilda, kim Buyuk Britaniyadan Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqida qonun qabul qilishni talab qildi?

A) 1877-yil Angliya parlamentidagi irland guruhi qahbari A.Griffit

B) 1880-yil dublinlik katolik, kichik yer egasi S.Rods

C) 1875-yil Angliya parlamenti deputati, olsterlik protestant, yer egasi Parnell

D) 1872-yil Angliya parlamenti Quyi palata deputati, longfordlik maktab o‘qituvchisi Parnell

118. Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqidagi qonun nima deb atalgan?

A) petitsiya B) bill C) boykot D) gomrul

119. Irland dehqonlarining “Yer-suv ligasi” nomli ommaviy tashkiloti nechanchi yilda tuzilgan edi?

A) 1879-yil B) 1875-yil C) 1877-yil D) 1880-yil

120. Buyuk Britaniyada irland muxolifat guruhi hamjamiyati hukumatdan qanday agrar islohot o‘tkazishni talab qilgan edi?

A) ijaraning qat’iy bo‘lishi, ijara haqining insof bilan olinishi va ijaraga olingan yerning qo‘ldan qo‘lga erkin o‘tishini ko‘zda tutuvchi agrar islohot

B) XIX asr davomida dehqonlarning qo‘ldan ketgan yerlari yana o‘z egasiga qaytarilishi, aholining tabaqasidan qat’i nazar bir xil miqdorda yerni taqsimlash haqidagi agrar islohot

C) Irlandiyaga soliq yig‘ish, mahalliy politsiya tuzishga ruxsat etilib, faqat Angliya qo‘lida tashqi siyosat va mudofaa ishlari qolishi haqidagi islohot

D) 15 yil muhlatga renta miqdorini adolat bilan belgilaydigan va ijarachiga o‘z yer uchastkasini boshqa bir shaxsga o‘tkazish huquqini beradigan komissiya tuzilishi ko‘zda tutilgan islohot

121. Angliya hukumati tomonidan “Yer-suv ligasi” taqiqlangach, o‘rniga Parnell tarafdorlari qanday jangovar irland tashkilotlarini tuzdilar?

A) “Yer-suv akti”, “Biz o‘zimiz”, “Ozodlik farzandlari”, “Irland bahodirlari”

B) “Xotin-qizlar yer ligasi”, “Oq o‘g‘lonlar”, “Oy yog‘dusi bahodirlari”, “Yengilmas botirlar”

C) “Yer-suv akti”, “Ozodlik farzandlari”, “Oq o‘g‘lonlar”, “Irland bahodirlari”,

D) “Oy yog‘dusi bahodirlari”, “Mehnatkashlar uyushmasi” “Biz o‘zimiz”, “Irlandiya ozodligi farzandlari”

122. Buyuk Britaniya hukumatining Parnell va uning tarafdorlariga kelishishni taklif qilishiga nima majbur etgan edi?

A) Irlandiyada ingliz tovarlarining boykot qilinishi

B) Irlandiyada yuz bergan ommaviy ish tashlash

C) Irlandiyada ochiqdan-ochiq fuqarolar urushi xavfining kuchayishi

D) Irlandiyada katta yer egalariga qarshi ommaviy terrorning boshlab yuborilishi

123. Buyuk Britaniya hukumati Parnell va uning tarafdorlariga kelishishni taklif qilgan yili O‘rta Osiyoda …

1) Bobo Go‘klan qo‘zg‘oloni boshlandi; 2) Kaspiyorti viloyati tashkil etildi; 3) Kaufmanning general-gubernatorlikdagi faoliyati yakunlandi; 4) Rossiya imperiyasi va Eron o‘rtasida chegara belgilandi; 5) Ismoil G‘aspirali Turkistonga keldi; 6) Munavvar Qori tavallud topdi.

A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4

124. 1882-yilda qayerda Angliyaning Irlandiya ishlari bo‘yicha stats-sekretar va Irlandiya lord-hokimi o‘ldirildi?

A) Belfastda B) Dublinda C) Smitfildda

D) Korkda

125. XIX asr 80-yillarida Irlandiyadagi mayda terrorchi guruhlarni faollashtirib yuborgan omilni aniqlang.

A) Irlandiya ishlari bo‘yicha stats-sekretar va Irlandiya lord-hokimining o‘ldirilishi

B) Gladston hukumatining Irlandiyaga gomrul o‘rniga “Yer-suv akti”ni taklif etishi

C) ingliz mollarining Irlandiya bozorlarini egallab olganligi

D) Parnellning Angliya hukumati bilan kelishuvchilik yo‘li

126. Angliyada Parlament deputatlariga maosh joriy etilgan yilni aniqlang.

A) 1911-yil B) 1889-yil C) 1867-yil D) 1907-yil

127. Angliya Parlamentning Irlandiyaga gomrul berish haqidagi qonunni tasdiqlashga majbur etgan omilni aniqlang.

A) Irlandiya ishlari bo‘yicha stats-sekretar va Irlandiya lord-hokimining o‘ldirilishi

B) Gladston hukumatining Irlandiyaga gomrul o‘rniga “Yer-suv akti”ni taklif etishi

C) 1914-yilda boshlanib ketgan jahon urushi

D) Irlandiyadagi mayda terrorchi guruhlarning faollashib ketishi

128. 1911-yilda Buyuk Britaniyada parlament islohoti to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra …

1) parlamentning yuqori palatasi – Lordlar palatasining veto huquqlari cheklandi; 2) parlamentning yuqori palatasi – Lordlar palatasi bir qonun loyihasini 2 marta ma’qullasa, u jamoalar palatasi tomonidan tasdiqlanmasa ham qonun kuchiga ega bo‘ladigan bo‘ldi; 3) parlamentning quyi – jamoa palatasi bir qonun loyihasini 3 marta ma’qullasa u Lordlar palatasi tomonidan tasdiqlanmasa ham qonun kuchiga ega bo‘ladigan bo‘ldi; 4) Lordlar palatasi moliya masalalarini hal etishdan chetlatildi; 5) Parlamentning vakolat muddati 4 yil etib belgilandi; 6) Parlamentning vakolat muddati 5 yil etib belgilandi.

A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5

129. Angliyada tred-yunionlarga a’zo bo‘lganlar soni ham yildan-yilga oshib borgan va 1888-yilda ularning soni … kishi bo‘lgan bo‘lsa, 1892-yilda … kishiga yetdi.

A) 750 ming, 1,5 mln. B) 600 ming, 2 mln.

C) 280 ming, 2,5 mln. C) 400 ming, 1,8 mln.

130. Angliyada “Leyboristlar partiyasining tuzilishi Liberallar hukumatining xatosi”, deb afsus bilan qayd etgan siyosiy arbobni aniqlang.

A) A.Griffit B) L.Jorj C) Parnell D) U.Gladston

131. Angliyada ko‘mir qazuvchilarning 6 hafta davom etgan ish tashlashi va mamlakatda eng yirik ish tashlash yuz bergan yilni aniqlang.

A) 1908-yil B) 1906-yil C) 1903-yil D) 1911-yil

132. Angliyada Leyboristlar partiyasi tuzilgandan so‘ng o‘tkazilgan birinchi parlament saylovida qancha deputatlik o‘rnini egalladi?

A) 29 ta B) 41 ta C) 12 ta D) 32 ta

133. XIX asr oxiriga kelganda, Angliyaning mustamlakalarga aylantirilgan hududlari … ni tashkil etdi. Ularda qariyb … aholi yashardi.

A) 31 mln. kv. km., 420 mln.

B) 29 mln. kv. km., 280 mln.

C) 33 mln. kv. km., 370 mln.

D) 39 mln. kv. km., 340 mln.

134. Yangi davr tarixchilarining Buyuk Britaniya uchun mustamlakalarning ahamiyati haqida yozishicha, qaysi hudud “mamlakni boquvchi enaga”, qaysinisi “Britaniya imperiyasi boshiga kiydirilgan toj” hisoblangan?

A) Misr boquvchi enaga, Hindiston imperiya boshiga kiydirilgan toj

B) Afrika boquvchi enaga, Osiyo esa imperiya boshiga kiydirilgan toj

C) Hindiston boquvchi enaga, Misr imperiya boshiga kiydirilgan toj

D) Janubiy Afrika boquvchi enaga, Avstraliya va Kanada imperiya boshiga kiydirilgan toj

135. 1891-yilda Germaniyada xotin-qizlar uchun qanday ish kuni joriy qilindi?

A) 8 soatlik B) 13 soatlik C) 11 soatlik

D) haftasiga 54 soatlik

136. 1875-yilda Misr hukumatidan O‘rtayer dengizi hududidagi Suvaysh kanalining 45% aksiyasini sotib olgan davlatni aniqlang.

A) AQSH B) Fransiya C) Rossiya D) Angliya

137. Qachondan boshlab, qaysi voqea tufayli Buyuk Britaniya imperiya deb, parlamenti esa imperiya parlamenti deb yuritiladigan bo‘ldi?

A) 1876-yilda Britaniya o‘z qirolichasi Viktoriyani Hindistonning imperatori deb e’lon qilishi

B) 1867-yilda Buyuk Britaniyaning Kanada va Avstraliyaga dominion huquqini berishi

C) XIX asr oxirida Britaniyaning Janubiy Afrikani egallab olishi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə