Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə41/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60

D) XX asr boshida Britaniyaning Osiyo va Afrikada katta mulklarni qo‘lga kiritishi

138. Ma’lumki, 1877-yil Rossiya-Turkiya urushida g‘labaga erishgan Rossiya San-Stefano shartnomasiga muvofiq katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan edi. Buyuk Britaniya nima sababdan San-Stefano shartnomasini buyuk davlatlarning Berlin kongressida qayta ko‘rib chiqishga majbur etdi?

A) Britaniya bu shartnomadan avvaldan mo‘ljallangan Misrni ololmay qolgan edi

B) Britaniya Rossiyaning kuchayib ketishini istamaganligi

C) Rossiyaning Anglia mustamlakalari bilan bevosita chegaradosh bo‘lib qolganligi

D) Britaniyaning Eronning katta qismi Rossiya foydasiga o‘tib ketishini istamasligi

139. San-Stefano sulh shartnomasiga olib kelgan Rossiya-Tirkiya urushi boshlangan yili Buyuk Britaniya ...

A) oltin va olmosga boy Transvaal va Oranj Respublikalarini bosib oldi

B) Nigeriya, Somali, Keniya, Ugandani zabt etishga kirishdi

C) Panama kanali masalasida AQSHga “yon berdi”

D) Janubiy Afrika hududini bosib oldi

140. Buyuk Britaniya Misrni egallagan yili O‘rta Osiyoda …

A) Skobelev tomonidan Go‘ktepa qal’asi bosib olindi

B) Amerika paxta navi ekila boshlandi

C) Xo‘jand va O‘ratepada Rahmonqulihoji va Mirkarimboylar boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi

D) Rossiya imperatorining maxfiy maslahatchisi F.Girs Turkiston o‘lkasini tekshirishni boshladi

141. Angliya … -yilda Bur Respublikasiga qarshi urush harakatlarini boshladi va u … -yil taslim bo‘ldi.

A) 1899, 1902 B) 1877, 1899 C) 1882, 1910

D) 1896, 1903

142. Buyuk Britaniya 1902-yilda qaysi davlat bilan shartnoma imzoladi va unga katta moliyaviy yordam ko‘rsatdi?

A) Turkiya B) Xitoy C) Rossiya D) Yaponiya

143. 1906-yilda Hindistonda qaysi partiya Hindistonga o‘z-o‘zini boshqarish huquqini berishni talab qilib chiqa boshladi?

A) “Hindiston musulmon ligasi” partiyasi

B) “Hindiston Milliy Kongressi” partiyasi

C) Hindiston Demokratik partiyasi

D) Hundiston sotsialistlari partiyasi

144. Nechanchi yilda Hindistonda yig‘ilishlar va matbuotga qarshi qat`iy qonunlar qabul qilindi?

A) 1906-yil B) 1907-yil C) 1902-yil D) 1899-yil

145. Buyuk Britaniya hukumati 1867-yil qaysi davlatga dominion huquqini berdi?

A) Avstraliyaga B) Yangi Zellandiyaga

C) Kanadaga D) Janubiy Afrika Ittifoqiga

146. Buyuk Britaniya Panama kanali masalasida AQSHga “yon bergan” yili O‘rta Osiyoda …

A) Buxoro amirligida 50 ga yaqin jadid maktabi yopildi

B) Toshkentda Mannon qori tomonidan jadid maktabi ochildi

C) Turkiston general-gubernatori S.Duxovskoy hukmronligi yakunlandi

D) Nukus volosti va Qo‘ng‘irot bekligida qoraqalpoqlarning norozilik harakatlari boshlandi

147. XIX asrda Buyuk Britaniyaning madhiyasida mustamlakachilikni yoqlovchi qanday satrlar bor edi?

A) “Britaniya, dengizlarni boshqar, hukmronlik qil!”

B) “Bo‘lib tashlab, hukmronlik qil!”

C) “Mamlakatlar Britaniya boshiga kiydirilgan tojdir”

D) “Dunyoga nifoq sol, xalqlarni bo‘ysundir!”

148. Fransiya Vyetnamga hujum qilganidan qancha vaqt o‘tib, Laos ustidan protektorat o‘rnatdi?

A) 20 yil B) 15 yil C) 18 yil D) 10 yil

149. Fransiya “Marselyeza” qo‘shig‘i mamlakat madhiyasiga aylangan yilni aniqlang.

A) 1871-yil B) 1789-yil C) 1875-yil D) 1873-yil

150. Germaniyada “Qirol Prussiya ustida, Prussiya Germaniya ustida, Germaniya dunyo ustida” degan shior nechanchi yildan boshlab ilgari surila boshlandi?

A) 1881-yil B) 1889-yil C) 1891-yil D) 1897-yil










III BOB. XIX ASR OXIRI – XXASR BOSHLARIDA AMERIKA DAVLATLARI.



1. AQSH qachon sanoat mahsuloti hajmi jihatidan dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oldi?

A) 1860-yil B) 1867-yil C) 1894-yil D) 1901-yil

2. AQSH prezidentlarining faoliyat ko‘rsatgan yillari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.

1) R.Xeys; 2) U. Grand; 3) D.Garfild; 4) Ch.Artur; 5) S.Klivlend; 6) B.Garrison; 7) U.Mak-Kinli; 8) T.Ruzvelt; 9) V.G.Taft; 10) V.Vilson

a) 1912-1920-yillar; b) 1877-1881-yillar; c) 1881-yil; d) 1881-1884-yillar; e) 1885-1889-yillar va 1893-1897-yillar; f) 1889-1893-yillar; g) 1897-1901-yillar; h) 1901-1908-yillar; i) 1908-1912-yillar; j) 1868-1876-yillar

A) 1-b; 2-j; 3-c; 4-d; 5-e; 6-f; 7-g; 8-h; 9-i; 10-a

B) 1-j; 2-b; 3-c; 4-d; 5-h; 6-f; 7-g; 8-e; 9-i; 10-a

C) 1-b; 2-d; 3-c; 4-j; 5-e; 6-f; 7-a; 8-h; 9-i; 10-g

D) 1-f; 2-j; 3-c; 4-d; 5-e; 6-b; 7-g; 8-h; 9-h; 10-a

3. AQSHda 1909-yilda sanoat mahsulotlarining qiymati 20 mlrd. dollardan oshdi. Bu Germaniya sanoat mahsulotlari qiymatidan necha barobar ortiq edi?

A) 2 barobar C) 4 barobar B) 3 barobar

D) 5 barobar

4. Qaysi AQSH prezidenti lavozimiga tayinlangandan 4 oydan so‘ng otib o‘ldirilgan?

A) A. Linkoln B) S. Klivlend C) D. Garfild

D) U. Mak-Kinli

5. “Standart oil” kompaniyasi kimga tegishli bo‘lgan.

A) Morgan B) Rods C) Rokfellar D) Rotshlid

6. 1870-yilda AQSH Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra …

A) AQSH fuqarolariga oq otar qurollar olib yurishga ruxsat etildi

B) Hindularga fuqarolik huquqi berildi

C) Kasaba uyushmalari tuzishga ruxsat etildi

D) “irqi, terisining rangi yoki ilgarigi qullik holatini bahona qilib” saylovlarda ishtirok qilishni har qanaqasiga cheklash bekor qilindi

7. AQSHda negrlar va demokratik harakat qatnashchilarini sud va so‘roqsiz jazolash nima deyiladi?

A) Linch sudi B) Inkvizitsiya C) Latifundiya

D) Ku-kluks-klan

8. “Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o‘tkirroq bo‘ladi”, degan so‘zlar kimga tegishli?

A) Parsons B) Fisher C) Engel D) Shpis

9. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida faoliyat ko‘rsatgan AQSH prezidentlaridan qaysilari Respublikachi partiyasi vakillari bo‘lgan?

1) B.Garrison; 2) U.Mak-Kinli; 3) D.Garfild; 4) Ch.Artur; 5) S.Klivlend; 6) U. Grand; 7) V.G.Taft; 8) T.Ruzvelt; 9) R.Xeys; 10) V.Vilson.

A) 1, 4, 5, 6, 10 B) 1, 2, 3, 6, 7, 8, 9

C) 1, 3, 4, 9, 10 D) 1, 2, 4, 5, 8, 10
10. 1881-yilda tuzildan “Qo‘shma Shtatlar va Kanada uyushgan tred-yunionlari va ishchi ittifoqi federatsiyasi” 1886-yildan boshlab qanday nom oldi?

A) Shimoliy Amerika sotsialistik partiyasi

B) Amerika Mehnat Federatsiyasi

C) AQSH ishlab chiqarish kasaba uyushmalari Kongressi

D) Shimoliy Amerika tred-yunionlari forumi

11. 1900-1914-yillar AQSH tarixiga qanday nom bilan kirgan?

A) “taraqqiyparvar davr ”

B) “adolatli yo‘l”

C) “gullab-yashnash davri”

D) “ma’rifatli boshqaruv davri”

12. 1889-yilda AQSH Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi. Ushbu konferensiyaning birdan-bir aniq natijasi …

A) “Monro doktrinasi” ning qabul qilinishi bo‘ldi

B) Lotin Amerikasi davlatlariga 2 mlrd. dollar imtiyozli kredit berilishi bo‘ldi

C) “Amerika respublikalari syezdi” degan assotsiatsiya tuzilishi bo‘ldi

D) Venesuela bilan Britaniya Gvineyasi o‘rtasidagi ziddiyatning hal etilishi bo‘ldi

13. AQSH Ispaniyaga 20 mln. dollar to‘lab qayerga ega bo‘lib oldi.

A) Filippin B) Guam orollari C) Kuba

D) Puerto-Riko

14. Panama hukumati AQSH bilan kanal qazish, temiryo‘llar va Panama kanali bo‘yida istehkomlar qurish uchun Amerikaga juda keng huquqlar bergan shartnomani imzoladi. Buning evaziga Panama yiliga qancha miqdorda renta olib turadigan bo‘ldi?

A) 100 mln. dollar B) 150 mln. dollar

C) 170 mln. dollar D) 250 ming dollar

15. Segregatsiya nima?

A) millatchilik ko‘rinishlaridan biri

B) keskin choralar va harakatlarga intilish

C) ayrim davlatlarda aholini majburan irqiy guruhlarga bo‘lish

D) biror davlatda tub joy aholining omon qolgan qismini zo‘rlab joylashtirish uchun ajratilgan hudud

16. Ushbu so‘zlar quyidagi qaysi AQSH prezidentiga tegishli: “Yangi davr arafasida turibmiz. Bu davrda biz amerikaliklar dunyoni boshqarishimiz kerak?”

A) T.Ruzvelt B) Ch.Artur C) V.G.Taft

D) V.Vilson

17. 1895-yili Kubada kimlar boshchiligida ispanlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi.

A) Xose Martin va Idalgo

B) Emiliano Sapata va Xose Morelos

C) Xose Marti va Maksimo Gomes

D) Fransisko Madero va Emiliano Sapata

18. Meksikada Porfirio Dias qachon prezident deb e’lon qilindi?

A) 1878-yil B) 1876-yil C) 1877-yil D) 1875-yil

19. Lotinchadan “birlashma” ma’nosini bildiruvchi atamani aniqlang.

A) korporatsiya B) kartel C) sindikat

D) monopoliya

20. 1910­-yilda e’lon qilingan “San-Luis-Potosi” rejasi dasturning muallifi kim?

A) Emiliano Sapata B) Xose Morelos

C) Fransisko Madero D) V. Vilson

21. Quyidagi qaysi davlat Konstitutsiyasiga ko‘ra, yozish va o‘qishni biluvchi fuqarolarga saylov e’lon qilingan?

A) Argentina B) Kuba C) Braziliya

D) Nikaragua

22. 1870-yilda Argentinada qancha aholi yashagan?

A) 1 mln. B) 2 mln. C) 3 mln. D) 4 mln.

23. O‘zaro janjal va tortishuvlardan so‘ng 1895-1896- yillarda quyidagi qaysi davlatlar Buyuk Markaziy Amerika Respublikasi bo‘lib birlashdilar?

A) Nikaragua, Kuba, Kosta-Rika

B) Gonduras, Nikaragua, Salvador

C) Panama, Kosta-Rika, Gonduras

D) Gaiti, Gonduras, Salvador

24. XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida AQSH iqtisodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga nimalar sabab bo‘ldi?

1) yagona ichki bozorning vujudga kelganligi; 2) qullar mehnatidan oqilona foydalanish; 3) qulchilikning tugatilishi; 4) quldorlik latifundiyalarining bekor qilinishi; 5) Afrika, Osiyo hududidan ko‘plab foydali qazilma boyliklarning keltirilishi; 6) unumdor yerlarning, foydali qazilma boyliklarning ko‘pligi; 7) sersuv daryolar va poyonsiz o‘rmonlarning mavjudligi; 8) amerika xalqining tadbirkorligi; 9) dengizda hukmronlikning Angliyadan tortib olinishi; 10) qo‘shni davlatlarning kuchsizligidan ortiqcha harbiy xarajatlardan xalos bo‘lganligi; 11) AQSHga yashash uchun kelganlarning katta qismi amalda yuqori malakali mutaxassis kishilar ekanligi; 12) qo‘lida biror hunarning yo‘qligi uyat hisoblanadigan hodisaga aylanishi; 13) Yevropa kapitalining kiritilishi; 14) ishlab chiqarishning markazlashuvi hamda bank kapitali bilan sanoat kapitalining qo‘shilib ketishi.

A) 1, 2, 4. 5, 6, 7, 8, 9, 10, 14

B) 1, 2, 5, 7, 9, 11, 12, 13, 14

C) 1, 3, 4, 6, 7, 8, 10, 11, 12, 13

D) 1, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 11, 12, 13, 14

25. AQSHda kapitalizm taraqqiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan omillarni aniqlang.

l) qishloq xo‘jaligida qo‘l mehnati yetarliligi; 2) qishloq xo‘jaligidagi kapitalizm taraqqiyotining “amerikacha yo‘li” g‘alaba qilganligi; 3) g‘arbiy hududlarning tezlik bilan o‘zlashtirilganligi; 4) katta tezlik bilan temiryo‘llar qurilganligi; 5) immigratsiya natijasida aholining tez ko‘payishi; 6) ishlab chiqarishning markazlashuvi hamda bank kapitali bilan sanoat kapitalining qo‘shilib ketishi; 7) keng bozorning vujudga keltirilishi;

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4, 6, 7 C) 1, 2, 3, 5, 6

D) 2, 3, 4, 5, 7

26. V.Vilson prezidentligi davrida AQSHda qanday islohotlar amalga oshirildi?

1) bojxona tariflari to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi; 2) daromadning oshib borishiga qarab qo‘shimcha soliq solinadigan bo‘ldi; 3) saylov tizimida islohot o‘tkazildi; 4) trestlarga qarshi qonun qabul qildi; 5) “Adolatli yo‘l” siyosatini amalga oshirdi; 6) trestlarga qarshi 20 dan ortiq sud jarayonini tashkil etdi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 5, 6 C) 1, 4, 6 D) 1, 2, 4, 5, 6

27. Qaysi hujjatga ko‘ra, Amerika mamlakatlaridan birontasida tartibsizliklar doimiy tus olgan taqdirda xalqaro politsiya rolini bajarish AQSHning burchi bo‘lishi kerak edi?

A) “Dollar diplomatiyasi” B) “Monro doktrinasi”

C) “Panamerika itifoqi” D) “Adolatli yo‘l”

28. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida faoliyat ko‘rsatgan AQSH prezidentlardan qay birlari Demokratlar partiyasidan bo‘lgan?

A) B.Garrison, U.Mak-Kinli

B) Ch.Artur, U. Grand, V.G.Taft

C) Ch.Artur, S.Klivlend

D) R.Xeys, V.Vilson, U. Grand

29. Nechanchi yilda AQSH o‘ziga chegaradosh Meksikaning shimoliy tumanlarida Amerika korxonalari va temiryo‘llar qurish uchun Meksika hukumatidan ruxsat so‘radi?

A) 1898-yil B) 1879-yil C) 1876-yil D) 1874-yil

30. Porfirio Dias prezidentligi davrida kimlarga tayangan?

A) Ispaniya va Yevropaning boshqa kapitalistik mamlakatlariga

B) mamlakatning yirik korxona va trest egalariga

C) Gvatemala va Gonduras hukumatiga

D) AQSH va mahalliy pomeshchiklar reaksiyasiga

31. Meksika hukumatiga muxolifatda bo‘lgan Fransisko Madero nashr qilgan siyosiy broshyurada nimalarni isbot qildi?

A) Konstitutsiyaga muvofiq qonuniy saylovlar yo‘li bilan hokimiyatni almashtirish zarurligini

B) dehqonlar manfaatini xunta tashkil etib, himoya qilish zarurligini

C) pomeshiklarga qarashli yerlarning bir qismini haq to‘lash evaziga dehqonlarga berish zarurligini

D) diktatura davrida hindulardan g‘ayriqonuniy tortib olingan yerlarini qaytarib berish zarurligini

32. Quyidagi tadbirlardan qay birlari Meksika prezidenti Maderno tomonidan amalga oshirildi?

A) “Dehqonlarni himoya qilish xuntasi”ni tuzdi, hindulardan g‘ayriqonuniy tortib olingan yerlarini qaytarib berdi

B) ish kununi 10 soatgacha cheklab qo‘ydi va ishlab chiqarishda jarima tizimini bekor qildi

C) 8 soatlik ish kunini joriy qildi, mamlakatning barcha aholisi saylov huquqini qo‘lga kiritdi

D) latifundistlar tomonidan noqonuniy bosib olingan yerlar dehqonlarga qaytarildi, demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi

33. XX asr boshida Meksikadagi dehqonlar qo‘zg‘oloni qanday ahamiyatga ega bo‘ldi?

A) “Dehqonlarni himoya qilish xuntasi” tuzildi, hindulardan g‘ayriqonuniy tortib olingan yerlari qaytarib berildi

B) konstitutsiyaning yer to‘g‘risidagi moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi, ish kuni 10 soatgacha cheklab qo‘yildi va ishlab chiqarishda jarima tizimi bekor qilindi

C) mamlakat respublika deb e’lon qilindi, 8 soatlik ish kuni joriy qilindi, mamlakatning barcha aholisi saylov huquqini qo‘lga kiritdi

D) hukumat agrar masalani qisman bo‘lsa-da hal etdi, latifundistlar tomonidan noqonuniy bosib olingan yerlar dehqonlarga qaytarildi, demokratik ruhdagi Konstitutsiya qabul qilindi

34. XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Argentina Sotsialistik partiyasi nima uchun kurash olib bordi?

A) diniy ta’limni bekor qilish, yagona soliq joriy qilish, kasaba uyushmalarini birlashtirish va namoyshlarga ruxsat uchun

B) 10 soatlik ish kuni, diniy erkinlik joriy qilish, ayollar va bolalarning 8 soatlik ish kunini joriy qilish uchun

C) milliy bank ochish, immigratsiyani rag‘batlantirish, Yevropadan kelganlarga imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer berish

D) ko‘plab shaharlar, yo‘llar qurish va kengaytirish, yangi konstitutsiya joriy etish

35. 1870-1914-yillarda AQSHga boshqa mamlakatlardan qancha kishi ko‘chib keldi?

A) 30 mln. B) 25 mln. C) 40 mln. D) 18 mln.

36. 1860-yilda AQSH sanoat mahsuloti hajmi jihatidan dunyoda nechanchi o‘rinda turgan?

A) 2-o‘rin B) 3-o‘rin C) 4-o‘rin D) 5-o‘rin

37. Qishloq xo‘jaligida kapitalizm taraqqiyotining “amerikacha yo‘li” qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) ekin maydonlarini kimyoviy moddalar orqali unumini oshirish, texnikadan foydalanish

B) yerga ishlov berishni kuchaytirish yo‘li bilan hosildorlikni oshirish

C) qishloq xo‘jaligida mashina kuchidan foydalanish

D) ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga mahsulotni ko‘paytirish

38. Qishloq xo‘jaligida kapitalizm taraqqiyotining “prusscha yo‘li” qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) ekin maydonlarini kimyoviy moddalar orqali unumini oshirish, texnikadan foydalalnish

B) yerga ishlov berishni kuchaytirish yo‘li bilan hosildorlikni oshirish

C) qishloq xo‘jaligida mashina kuchidan foydalanish

D) ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga mahsulotni ko‘paytirish

39. 1880-yilda Yevropa davlatlari AQSHga qancha miqdorda kapital kiritgan?

A) 2 mlrd. dollar B) 1,5 mlrd. dollar

C) 3 mlrd. dollar D) 5,2 mlrd. dollar

40. 1890-yilda Yevropa davlatlari AQSHga qancha miqdorda kapital kiritgan?

A) 2 mlrd. dollar B) 1,5 mlrd. dollar

C) 3 mlrd. dollar D) 5,2 mlrd. dollar

41. Eng yaxshi kokslanadigan ko‘mir konlari joylashgan 5000 gektardan ko‘proq yer, ming milyadan uzunroq temiryo‘l, 100 dan ortiq savdo kemalarga ega bo‘lgan AQSH trestini aniqlang.

A) “Umumiy elektr kompaniyasi”

B) “Standart oil”

C) “Po‘lat korporatsiyasi” D) “Anakonda”

42. AQSHdagi jami neft mahsulotining 90 foizini, 70000 km. neft quvurini, okeanlarda qatnaydigan yuzlab paroxodlarni o‘z qo‘liga olgan trestni aniqlang.

A) “Umumiy elektr kompaniyasi”

B) “Standart oil”

C) “Po‘lat korporatsiyasi” D) “Anakonda”

43. “Po‘lat korporatsiyasi” deb atalgan katta trest kim tomonidan tashkil etilgan?

A) Rokfeller B) Rodshild C) Karnegi D) Morgan

44. 1903-yilda kimlarning eng katta banklari AQSHdagi temiryo‘l, sug‘urta kompaniyasi va boshqa kompaniyalarning 22 mlrd. dollardan ortiq kapitali bo‘lgan 112 ta bankni nazorat qilgan?

A) Morgan va Rokfellerning

B) Karnegi va Fordning

C) Rokfeller va Rotshildning

D) Karnegi va Morganning

45. 1914-yilga kelib, AQSH aholisining necha foizi milliy boylikning 60 foiziga egalik qila boshladi?

A) 8 foizi B) 5 foizi C) 2 foizi D) 7 foizi

46. AQSHda 1 milliard dollarlik kapitalga ega bo‘lgan “Po‘lat korporatsiyasi” tresti tashkil etilgan yilni aniqlang.

A) 1903-yil B) 1902-yil C) 1907-yil D) 1901-yil

47. XX asr boshida nima sababdan AQSHda yerlarning katta qismi davlat yerlari edi?

A) mamlakatda G‘arbiy Yevropaga o‘xshash qirol xonadoni ham, Sharq mamlakatlaridagi singari yirik zamindorlar ham, katta-katta mulklarga ega bo‘lgan cherkov yer egaligi ham yo‘q edi

B) AQSH Konstitutsiyasiga ko‘ra, yerlarning pomeshchiklar, zamindorlar va korxona egalaridan tortib olinishi hamda davlat hisobiga o‘tkazilishi

C) G‘arbiy hududlarning yer egalari tomonidan hali o‘zlashtirilmaganligi va bu katta yerlarning davlat ixtiyorida bo‘lishini ta’minlanganligi

D) AQSHda umumdor yerlarning nihoyatda kamligi va unumsiz yerlarni davlat o‘z ixtiyoriga olganligi

48. AQSHning mis konserni qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) “Umumiy elektr kompaniyasi”

B) “Standart oil”

C) “Po‘lat korporatsiyasi” D) “Anakonda”

49. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida AQSHda qishloq xo‘jaligining qanday texnikalari ixtiro qilindi? 1) xashakni press qiladigan mashina; 2) bug‘doy yanchadigan tegirmon; 3) g‘alla o‘radigan va yanchadigan mashina (kombayn); 4) ekuvchi, qirquvchi, po‘st archuvchi, yerni yumshatuvchi, o‘g‘it sochuvchi, kartoshka ekuvchi, somon qurituvchi mashina; 5) suv tortuvchi mashina; 6) uy parrandalari inkubatori.

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4, 6 C) 2, 3, 4, 5

D) 1, 2, 3, 4, 5, 6

50. Kongress Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy afv berish to‘g‘risida qonun qabul qilgan yili O‘rta Osiyoda …

A) Xivada Muhammad Aminxon madrasasi qurildi

B) Qo‘qonda Sulton Murodbek madrasasi qurildi

C) Qo‘qonda Hazrati Kalon Sohibzoda madrasasi qurildi

D) Muhammad Rizo Ogahiy vafot etdi

51. AQSHda irqchilik terrorchi tashkilot nima deb atalgan?

A) Linch sudi B) Inkvizitsiya C) Latifundiya

D) Ku-kluks-klan

52. AQSHda Demokratlar partiyasi nechanchi yilda tashkil topgan?

A) 1852-yil B) 1832-yil C) 1854-yil D) 1828-yil

53. AQSHda Respublikachilar partiyasi nechanchi yilda tashkil topgan?

A) 1852-yil B) 1832-yil C) 1854-yil D) 1828-yil

54. Latifundiya nima?

A) kichik korxona B) katta yer-mulk

C) sanoat tresti D) savdo tashkiloti

55. O‘lchov birligidagi “milya” qancha masofaga teng?

A) 1609,3 metrga B) 1 km. ga C) 1203,9 metrga

D) 1,7 km. ga

56. AQSHda 1886-yil 1-may kuni umumiy ish tashlashlarda qancha ishchi ishtirok etgan?

A) 250 mingga yaqin B) 350 mingdan ortiq

C) 600 mingga yaqin D) 200 mingga yaqin

57. AQSHdagi Amerika Mehnat Federatsiyasi asosan kimlarning manfaatini himoya qilgan?

A) yuqori malakali ishchilar

B) korxona egalari, trest boshliqlari

C) korxona va sex hunarmandchiligi korxonalarining barcha mehnatkashlari

D) hukumat va partiya tashkilotlari

58. Amerika Mehnat Federatsiyasining a’zolari soni 1914-yilda qanchaga yetdi?

A) 1 mln.ga B) 3 mln.ga C) 1,2 mln.ga

D) 2 mln.ga

59. AQSHda hozirgacha nishonlanib kelinadigan “Mehnat kuni” bayrami qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

A) sentabrning birinchi dushanbasi

B) oktabrning ikkinchi yakshanbasi

C) avgustning birinchi dushanbasi

D) sentabrning uchinchi yakshanbasi

60. AQSHning Koloroda shtatida 1913-yil sentabrda 12000 korxonada kon ishchilari og‘ir mehnat sharoitiga qarshi ish tashladilar. Ular nimani talab etgan edilar?

1) 10 soatlik ish kuni joriy qilish; 2) 8 soatlik ish kuni joriy etilish; 3) ayollarni konlarda ishlatmaslik; 4) bolalarni konlarda 6 soatdan ortiq ishlatmaslik; 5) ish haqini 10 foizga oshirish 6) 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar mehnatini taqiqlash

A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 6 C) 2, 5 D) 1, 3, 5, 6

61. AQSH hukumati mamlakatda “Mehnat kuni” bayramini tashkil etgan yili …

A) Angliya Bur respublikasiga qarshi urush boshladi

B) Germaniyada shovinistik tashkilot “Germaniya ittifoqi” tuzildi

C) Rossiya podsholik taxtiga Nikolay II chiqdi

D) Fransiyada josuslikda ayblangan A.Dreyfus to‘la oqlandi

62. AQSHda hindular nechanchi yilda oxirgi jangda yengilganlar?

A) 1882-yil B) 1875-yil C) 1869-yil D) 1880-yil

63. AQSH Kongressi hindularga fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga imkon beruvchi qonun qabul qilgan bo‘lib, bu qonun nima sababdan amalga oshmay qoldi?

A) hindularga ajratilgan yer maydonlarining unumsizligi va fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanish hindularning jamoaviy turmush tarziga zid kelishi

B) hindularning dehqonchilik va chorvachilk an’analarini unutib yuborganligi

C) qonun amalda ijro etilmagan edi, bundan tashqari, hindularning yerlariga katta miqdorda renta belgilangan edi

D) hindular hududida yuritilgan ochiqchasiga terror va Linch sudlarining faoliyati ko‘rsatishi

64. XX asr boshlaridagi dastlabki davr AQSH tarixida “taraqqiyparvar davr” nomi bilan kirishiga nima sabab bo‘lgan edi?

A) ilm-ma’rifatga keng yo‘l berilishi

B) AQSH prezidentlarining monopoliyalarga qarshi kurash olib borganliklari

C) AQSH prezidentlarining insonparvarlik siyosati va hindular, negrlar, oq tanlilarni bir xil huquqqa ega bo‘lishini ta’minlashi

D) AQSHning mustamlakachilik siyosati, Janubiy va Markaziy Amerikaning ta’sir doiraga aylantirilishi

65. Vudro Vilson davrida o‘tkazilgan parlament islohotiga ko‘ra …

A) senatorlar saylovida shtatlarning faqat mulk senziga ega bo‘lganlari ishtirok etishi, prezidentlik saylovida barcha erkak fuqarolarning qatnashishi belgilandi

B) parlament deputatligiga saylanish uchun ma’lum miqdorda belgilangan mol-mulk egasi bo‘lish man etildi

C) saylov yoshi 20, shtat senatorligiga saylanish 25, parlamentga saylanish 30 yosh etib belgilandi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə