Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə42/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60

D) oldin ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo‘ldi

66. AQSHda prezidentlik lavozimini egallagunga qadar Amerika-Ispaniya urushida shaxsan qatnashib, shuhrat qozongan prezidentni aniqlang.

A) V.G.Taft B) V.Vilson C) T.Ruzvelt

D) U.Mak-Kinli

67. Amerikada XX asr boshida monopoliyalarga qarshi kurashdan maqsad nima edi?

A) o‘rta tabaqalar manfaatini himoya qilish

B) “yashirin hokimiyat” vakillari bo‘lgan monomolistlarni siyosat va hokimiyatdan uzoqlashtirish

C) davlat daromadini ko‘paytirish

D) parlamentdagi yuqori tabaqalarning faoliyatini zaiflashtirish

68. “Adolatli yo‘l” deb nom olgan siyosatni yuritgan AQSH prezidentini aniqlang.

A) V.G.Taft B) V.Vilson C) T.Ruzvelt

D) U.Mak-Kinli

69. AQSHda temiryo‘llar faoliyatini tartibga soluvchi qonun qabul qilingan yilni aniqlang.

A) 1906-yil B) 1903-yil C) 1901-yil D) 1911-yil

70. AQSHda V.Vilson davrida bojxona tariflari to‘g‘risida yangi qonun qabul qilingan bo‘lib, qonunga ko‘ra, …

A) chet eldan keltiriladiga tovarlarga qo‘yiladigan qo‘shimcha daromad solig‘i bekor qilindi

B) tarif stavkasi 7 foizga kamaytirildi, daromadning oshib borishiga qarab, qo‘shimcha soliq solinishi bekor qilindi

C) chetdan keltirilgan tovarlarga 50 foiz boj qo‘yiladigan va chiqariladigan tovarlarga rag‘bat belgilandi

D) tarif stavkasi 10 foizga kamaytirildi, daromadning oshib borishiga qarab, qo‘shimcha soliq solinadigan bo‘ldi

71. AQSH hukumati trestlarga qarshi 20 dan ortiq sud jarayonini tashkil etishi natijasida kimning temiryo‘l kompaniyasi ikkiga bo‘lindi?

A) Stennesning B) Morganning C) Karnegining

D) Rokfellerning

72. 1914-yilda AQSH Kongressi trestlarga qarshi qonun qabul qildi. Qonunga ko‘ra, …

A) ish tashlash davrida trestlarga yetkazilgan zararni kasaba uyushmalaridan undirib olish tartibini bekor qildi

B) mamlakatdagi eng yirik 20 ta trest kichik korxonalarga bo‘lib yoborildi

C) trestlarning aholini 8 soatdan ortiq ishlatishi taqiqlab qo‘yildi

D) ish tashlash davrida ishchilar ko‘rgan moddiy zarar trestlardan undirib olinish tartibi joriy qilindi

73. Biror davlatda tub joy aholisining omon qolgan qismini zo‘rlab joylashtirish uchun ajratilgan hudud qanday atama bilan izohlanadi?

A) segrigatsiya B) anneksiya C) rezervatsiya

D) immigratsiya

74. XIX asr oxirida AQSH ilgari surgan “Hamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari bitta”, degan g‘oyasi nimani anglatar edi?

A) Yevropa mustamlakachilaridan Amerika mamlakatlari mustaqilligini saqlab qolishini

B) AQSHning Lotin Amerikasida hukmron bo‘lib olishini

C) Amerika qit’asining barcha mamlakatlarida respublika tuzumini o‘rnatish

D) Amerika qit’asining barcha mamlakatlarida qulchilikni tugatish

75. Panamerikanizm siyosatining mazmuni nimadan iborat edi?

A) Amerika qit’asining barcha mamlakatlarida respublika tuzumini o‘rnatish

B) amerikalik millatini boshqa millatlardan ustun ekanligini anglatuvchi g‘oya

C) Amerika qit’asining Yevropaga qarshi harbiy-siyosiy ittifoqi

D) AQSHning G‘arbiy yarimshardagi mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishi

76. AQSH tomonidan Tinch okeanidagi Gavayi orollari bosib olingan yili O‘rta Osiyoda …

1) Sayid Olimxon Peterburgga o‘qishga jo‘natildi; 2) Toshkentda “Toshotar voqeasi” bo‘lib o‘tdi; 3) Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan ko‘chib kelgan kishilar ham ma’muriyat ruxsati bilan ko‘chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi e’lon qilindi; 4) Ismoil G‘aspirali Turkiston o‘lkasiga sayohat qildi; 5) Buxoro amirligida birinchi jadid maktabi ochildi; 6) O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati yopildi.

A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 2, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 4, 6

77. AQSH Kongressi qaysi voqeadan keyin Ispaniyaga qarshi urush harakatlarini boshlash haqida qaror qabul qildi?

A) Kuba hukumatining AQSHdan yordan so‘rashi

B) AQSH harbiy kemasining Gavana reydida noma’lum sababga ko‘ra portlab ketishi

C) Ispaniya hukumatining Kubaga qarshi urush e’lon qilishi

D) Panama kanali qurilishida Ispaniyaning Fransiya bilan kurashishi

78. Nima sababdan AQSH Tinch va Atlantika okeanlarini birlashtiruvchi kanal qurish masalasiga alohida ahamiyat bera boshladi?

A) Janubiy Amerika davlatlari bilan olib boriluvchi savdoning jadallashuvi sababli

B) Kolumbiya davlatini o‘z ta’sir doirasiga kiritish masalasini hal etish

C) Gavayi va Filippin orollari bosib olinganligi hamda Tinch okean bo‘yida joylashgan mamlakatlar bilan savdo-sotiqning kuchayganligi sababli

D) Markaziy Amerika davlatlari ustidan hukmronlikning o‘rnatilishi tufayli

79. Dunyoni qayta bo‘lib olish yo‘lidagi birinchi urush bo‘lgan yili O‘rta Osiyoda kim qo‘zg‘olon ko‘tardi?

A) Darvishxon B) Yetimxon C) Bobo Go‘klan

D) Dukchi eshon

80. AQSH Karib dengizi havzasida tajovuzkor siyosatini kuchaytirib, 1903-yilda Kubaga majburan shartnoma qabul qildirdi. Unga ko‘ra Kuba …

A) AQSHning ruxsatisiz birorta davlat bilan ittifoq tuzish yoki o‘zining ichki siyosatiga birorta o‘zgarish kiritish huquqidan mahrum etildi

B) Yevropa davlatlari bilan savdo shartnomalari tuzish huquqidan mahrum bo‘ldi

C) tashqi shiyosatda AQSH bilan maslahatlashib ish olib boradigan, ichki siyosatda mustaqil faoliyat olib boradigan bo‘ldi

D) dengizdagi flotini AQSH ixtiyoriga topshirdi, Ispaniya bilan hamkorlik qilmaslik majburiyatini oldi

81. AQSH-Ispaniya urushi natijasida 1898-yil 10-dekabrda tinchlik shartnomasi qayerda imzolandi?

A) Madridda B) Panamada C) Kubada

D) Parijda

82. AQSH-Ispaniya urushi natijasida 1898-yil 10-dekabrda imzolangan shartnomaga ko‘ra, …

1) AQSH Puerto-Riko va Guam orollariga ega bo‘ldi; 2) AQSH Filippin va Gavayi orollarini 20 yilga oldi; 3) Ispaniyaga 20 mln. dollar to‘lab Filippinga ega bo‘lib oldi; 4) Kuba nomiga bo‘lsa-da mustaqillik oldi

A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 1, 3 D) 3, 4

83. AQSH Panama kanalini qurayotgan va kasodga uchragan qaysi davlatdan aksionerlik jamiyatining hamma aksiyalarini arzon-garovga sotib oldi?

A) Ispaniyadan B) Angliyadan C) Fransiyadan

D) Portugaliyadan

84. Panama kanali dastlab qaysi davlat hududida bo‘lgan?

A) Venesuela B) Gvatemala C) Kolumbiya

D) Kosta-Rika

85. IV Panamerika konferensiyasi qachon va qaysi shaharda o‘tkazilgan?

A) 1908-yil Rio-Di-Jeneyroda

B) 1903-yil Vashingtonda

C) 1899-yil La-Pasda

D) 1910-yil Buenos-Ayresda

86. Bir yilda nihoyasiga yetkazilgan tadbirlarni aniqlang.

A) Panama kanali qurilishi, Sitorai Mohi Xosa qurilishi

B) Panamerika konferensiyalari, “Yo‘g‘on kaltak” siyosati

C) AQSH-Ispaniya urushi, Nurillaboy saroyi qurilishi

D) Meksikada Dias prezidentligi, Islomxo‘ja minorasining qurilishi

87. 1903-yil 3-noyabrda AQSHning Panamada Kolumbiyaga qarshi isyon tashkil etishiga sabab nima edi?

A) Kolumbiya hukumatining Ispaniya bilan tuzgan harbiy ittifoqi

B) Amerikaning kanal qurishida Kolumbiya Senatining qarshilik qilganligi

C) Kolumbiyaning AQSHga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rayotganligi

D) Panamani Kolumbiyadan mustaqil qilish va o‘ziga qaram qilishga urinish

88. Ma’lumki, Panama hukumati AQSH bilan kanal qazish, temiryo‘llar va Panama kanali bo‘yida istehkomlar qurish uchun Amerikaga juda keng huquqlar bergan shartnomani imzoladi. Buning evaziga Panama AQSHdan qancha miqdorda pul oldi?

A) 250 ming dollar B) 20 mln. dollar

C) 10 mln. dollar D) 15 mln. dollar

89. AQSHda “dollar diplomatiyasi” siyosati e’lon qilingan yili O‘rta Osiyoda …

A) Xiva xonligida “Islohotlar loyihasi” e’lon qilindi

B) Munavvar Qori boshchiligida “Jamiyati xayriya” tuzildi

C) Xivada Nurillaboy saroyi qurilishi tugallandi

D) Samarqandda “Oyna” jurnali tashkil etildi

90. Panama davlati qaysi davlat hududi hisobidan tashkil etilgan edi?

A) Meksika B) Venesuela C) Kosta-Rika

D) Kolumbiya

91. “Dollar diplomatiyasi” siyosatini e’lon qilgan AQSH prezidentini aniqlang.

A) V.G.Taft B) V.Vilson C) T.Ruzvelt

D) F.Ruzvelt

92. “Dollar diplomatiyasi” siyosatining mazmuni nima bo‘lgan?

A) AQSHning Amerika mamlakatlaridan birontasida tartibsizliklar doimiy tus olgan taqdirda xalqaro politsiya rolini bajarish

B) AQSHning iqtisodi nochor bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatlariga yordam berish orqali ta’sirini kuchaytirish

C) Yevropa davlatlariga uzoq yillik kridetlar berish orqali ularning mustamlakalari bilan imtiyozli savdo shartnomalarini tuzish

D) AQSHning Tinch okeani hududidagi davlatlarni kapitalistik davlatlardan sotib olishi

93. 1899-yilda AQSH davlat kotibi Xey qaysi davlatlarga ayni bir mazmunda nota yubordi?

A) Fransiya, Germaniya, Belgiya, Shvetsiya, Gollandiyaga

B) Buyuk Briyaniya, Rossiya, Shvetsiya, Portugaliya, Ispaniyaga

C) Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Fransiya, Italiyaga

D) Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Gollandiya, Angliyaga

94. Nota atamasining mazmuni qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) siyosiy rahbarlik tamoyili

B) qonunga teng bo‘lgan hukumat yoki davlat boshlig‘i qarori

C) biror voqea munosabati bilan hukumatning e’lon qilgan favqulodda farmoni

D) bir davlatning boshqa davlatga yozgan rasmiy murojaatnomasi

95. Tarixga “Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” nomi bilan kirgan doktrinani kim amalga oshirgan edi?

A) AQSH davlati kotibi Xey

B) AQSH prezidenti T.Ruzvelt

C) senat kotibi S.Rods

D) AQSH prezidenti V.Vilson

96. AQSHning qaysi prezidenti saylanganidan so‘ng olti oy o‘tib otib ketilgan?

A) S.Klivlind B) U.Mak-Kinli C) D.Garfild

D) B.Garrison

97. AQSHning tarixga “Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” nomi bilan kirgan doktrinasi qaysi davlatga qaratilgan edi?

A) Kosta-Rika B) Tayvan C) Xitoy D) Kuba

98. AQSHda tashqi ishlar vazirligi nima deb nomlanadi?

A) Davlat senati B) Davlat kotibiyati

C) Davlat Kongressi D) Davlat departamenti

99. AQSHning tarixga “Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” nomi bilan kirgan doktrinasiga ko‘ra …

1) AQSH Xitoydagi mustamlakachi davlatlarning “ta’sir doiralar”ni tan olardi; 2) Amerika tovarlari uchun shu “ta’sir doiralar”ni ochib qo‘yishni, ya’ni savdo-sotiq erkinligini talab qilardi; 3) Angliyaning Tinch okeani havzasidagi mulklarida AQSHning savdo-sotiq erkinligini tan olishi; 4) biror-bir davlat Xitoyda savdo qilish uchun hech qanday imtiyoz olmasligi zarur edi; 5) AQSH Tinch okeani havzasining mustamlakachi davlatlarga tegishli mulklarini qo‘lga kiritishi.

A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4, 5

100. Doktrina so‘zining ma’nosi nima?

A) qonun B) hujjat C) ta’limot D) talab, shart

101. Nima sababdan Janubiy Amerika Lotin Amerikasi deb atalgan?

A) Janubiy Amerikani ispanlar va portugallar istilo qilgan va ularning tili lotin tilidan kelib chiqqanligiga nisbat berilgan

B) Janubiy Amerikaning tub aholisi lotinlar bo‘lganligiga nisbat berilganligi uchun

C) Janubiy Amerikada Yevropaliklarning qadimgi va sof lotin tilini saqlab qolgan aholisi gaplashganligiga nisbat berilgan

D) Janubiy Amerikaga parchalangan G‘arbiy Rim imperiyasining aholisi borib joshlashganligi va ularning lotinlar deb atalganligiga nisbat berilgan

102. AQSH dunyoning birinchi davlatiga aylangan bo‘lsa, Lotin Amerikasi taraqqiyotda orqada qolib ketdi. Buning asosiy sababi nima edi?

A) Ularning iqtisodiyotida kapitalistik munosabatlar bilan bir qatorda, feodal munosabatlar, qulchilik qoldiqlari va hindularning sodda urug‘-qabilachilik jamoalari ham mavjud bo‘lganligi

B) Ispaniya va Portugaliya bu davrda G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy jihatdan taraqqiyotda orqada qolgan davlatlari edi va Lotin Amerikasi davlatlarini tashkil etgan hukmron doiralar va siyosiy arboblar kelib chiqishiga ko‘ra ispaniyalik va portugaliyaliklar bo‘lganligi

C) Argentina, Meksika, Chili, Urugvay, Venesuela va Kolumbiya mamlakatlarining Ispaniya zulmiga qarshi o‘z mustaqilliklarini saqlash uchun uzoq vaqt kurashganliklari

D) kapital sifatida kiritilgan asosiy mablag‘lar bandargohlarga, temiryo‘llar qurilishiga, banklarga hamda tropik o‘simliklarni o‘stirishga va go‘sht sanoatiga sarflanganligi

103. Ispaniya Kubani nechanchi yilda bosib olgan?

A) 1500-yil B) 1507-yil C) 1519-yil D) 1510-yil

104. Lotin Amerikasida dehqonlar qo‘zg‘oloniga boshchilik qilgan, va “Yer va ozodlik” shiorini ilgari surgan qahramonni aniqlang.

A) Fransisko Madero B) Maksimo Gomes

C) Emiliano Sapata D) Xose Marti

105. Kuba xalqi ispan mustamlakachilariga qarshi ozodlik kurashini olib brogan yillarni aniqlang.

A) 1868-1878-yillar B) 1890-1895-yillar

C) 1878-1882-yillar D) 1821-1869-yillar

106. Kubada qulchilik bekor qilingan yili O‘rta Osiyoda …

1) qoraqalpoq shoiri Kunxo‘ja vafot etdi; 2) Turkistonda “kuchaytirilgan qo‘riqlov holati” joriy qilindi; 3) Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish uchun yurishning 4-bosqichi boshlandi; 4) Xudoyorxon vafot etdi.

A) 1, 3 B) 1, 2, 4 C) 2, 4 D) 2, 3, 4

107. Meksikada 1876-yildan tanaffus bilan 1911-yildacha prezident bo‘lgan shaxsni aniqlang.

A) Fransisko Modero B) Porfirio Dias

C) Fransisko Uerta D) Emiliano Sapata

108. Meksikada hosil bo‘lmagan va buning oqibatida dehqonlar g‘alayoni boshlangan yili …

A) Konstantin Palen Turkiston o‘lkasini taftish qilishga kirishdi

B) Buxoro amirligida jadidlar harakati siyosiy tus oldi

C) Peshovarda Abdumalik to‘ra vafot etdi

D) Abdulla Avloniy “Shuhrat” gazetasini tashkil qildi

109. Meksikada dehqonlar harakatiga rahbarlik qilib, “Dehqonlarni himoya qilish xuntasi”ni tuzgan shaxsni aniqlang.

A) Fransisko Madero B) Maksimo Gomes

C) Emiliano Sapata D) Fransisko Vilya

110. Meksikada Porfirio Dias hukumatiga muxolifatda bo‘lgan Fransisko Madero asli kim edi?

A) oddiy dehqon

B) maktab o‘qituvchisi, dehqonning o‘g‘li

C) Meksika davlat kotibi, mamlakatning Kubadagi elchisi

D) cho‘yan quyuvchi zavod va paxta plantatsiyalarining egasi

111. Fransisko Madero nechanchi yilda Porfirio Dias hukumatiga qarshi siyosiy broshyura nashr qildirgan edi?

A) 1907-yil B) 1910-yil C) 1911-yil D) 1908-yil

112. 1910­-yilda “San-Luis-Potosi” rejasi dastur qayerda e’lon qilingan edi?

A) Gvatemalada B) Meksikada C) AQSHda

D) Kubada

113. Meksikada Uerta diktaturasi nechanchi yilda, kimlarning yordamida o‘rnatildi?

A) 1911-yil, katta yer egalari yordamida

B) 1913-yil, amerikaliklar yordamida

C) 1912-yil, kreollar yordamida

D) 1914-yil, Porfirio Dias dushmanlari

114. XX asr boshida Meksika shimolida bo‘lgan dehqonlar harakatiga kim rahbarlik qilgan?

A) Xose Marti B) Maksimo Gomes

C) Emiliano Sapata D) Fransisko Vilya

115. XX asr boshlarida Meksikada qudratli dehqonlar harakati boshlanishiga asosiy sabab nima edi?

A) dehqonlarning yersizligi

B) ketma-ket ikki yil hosilning bo‘lmaganligi

C) Meksika respublikasining diktaturaga aylanganligi

D) yerga to‘lanadigan rentaning oshirilganligi

116. Meksika tarixiga “burjua inqilobi” nomi bilan kirgan inqilob nechanchi yillarda bo‘lgan?

A) 1910-1917-yillar B) 1911-1919-yillar

C) 1913-1915-yillar D) 1905-1910-yillar

117. XX asr boshida Meksika janubida bo‘lgan dehqonlar harakatiga kim rahbarlik qilgan?

A) Xose Marti B) Maksimo Gomes

C) Emiliano Sapata D) Fransisko Vilya

118. Meksikada demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilingan yilni aniqlang.

A) 1916-yil B) 1915-yil C) 1918-yil D) 1917-yil

119. Emiliano Sapata 1911-yilda o‘z agrar dasturini e’lon qilgan bo‘lib, u nimamlarni o‘z ichiga olgan edi?

1) hindulardan tortib olingan yerlarni ularga qaytarib berish; 2) mamlakatning barcha yerlarini davlat tasarrufiga olish va taqsimlash; 3) hindulardan qolgan barcha yerlarni musodara qilish va ularni yersiz dehqonlarga bo‘lib berish; 4) cherkov yerlarining 2/3 qismini musodara qilish.

A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 2, 3, 4

120. XIX asr oxirida qaysi davlatda ma’lum muddat qullar qora tanlilar respublikasini tashkil qilgan edi?

A) Argentinada B) Chilida C) Meksikada

D) Braziliyada

121. 1883-yilda qullarni qullikdan ozod etishga chaqirilgan “Ozodlik manifesti” qaysi davlatda e’lon qilingan edi?

A) Meksikada B) Braziliyada C) Argentinada

D) Gvatemalada

122. XIX asr oxirida Bonifatsio boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni qaysi davlatda bo‘lgan edi?

A) Meksikada B) Argentinada C) Braziliyada

D) Gvatemalada

123. Argentinada 1876-yilda immigratsiya va kolonizatsiya to‘g‘risida qonun qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra …

1) hali aholi band qilmagan davlat yerlari 80 gektardan oshmaydigan maydonlarga bo‘linib sotildi; Hindularning hosildor yerlari tortib olinib, zobitlar va askarlarga bepul bo‘lib berildi; 3) hindulardan tortib olingan yerlar ularga qaytarib berildi; 4) mamlakatning barcha yerlari davlat tasarrufiga olindi.

A) 1, 2 B) 3 C) 1, 4 D) 3, 4

124. Braziliyada nechanchi yilda konstitutsiya qabul qilindi?

A) 1888-yil B) 1891-yil C) 1889-yil D) 1893-yil

125. Braziliyada abolitsionistik harakatni quvvatlab, o‘z qullarini ozod qilib yuborgan plantatorlarni aniqlang.

A) Bonifetsio B) Antonio Predo

C) Martino Gomes D) Fransisko Madero

126. Braziliyada qullikni bekor qilgan “Oltin qonun” nechanchi yilda, kim tomonidan imzolangan?

A) 1889-yil Pedru II B) 1899-yil Lyapold II

C) 1888-yil malika Izabel

D) 1876-yil Antonio Predo

127. Braziliyada qullikni bekor qilgan “Oltin qonun” chiqqan paytda mamlakatda qancha qul bo‘lgan?

A) 280 ming B) 870 ming C) 1 mln. 200 ming

D) 750 ming

128. XIX asr oxirida Braziliyada qancha aholi yashagan?

A) 15 mln. B) 25 mln. C) 12 mln. D) 18 mln.

129. Braziliyada qachon va kimning rahbarligida respublika tuzumi o‘rnatildi?

A) Deodoru de Fonseka B) Antonio Predo

D) Pedru Lione C) Antonio Lopes

130. Buenos-Ayresda milliy bank ochilgan yilni aniqlang.

A) 1877-yil B) 1872-yil C) 1875-yil D) 1879-yil

131. XIX asr oxirida Argentinaning qaysi shahrida piyoda askarlar va harbiy dengiz maktabi ochilib, harbiy ta’limga asos solingan?

A) Rosarioda B) San Xuanda C) Buenos-Ayresda

D) Kordovada

132. Buyuk Britaniyaning Argentinaga kiritgan kapitali 1914-yilda qanchani tashkil etgan?

A) 1 mln. 100 ming funt-sterlingni

B) 1 mln. 800 ming dollarni

C) 3 mln. dollarni D) 1,5 mln. dollarni

133. XIX asr oxirida tashkil etilgan Buyuk Markaziy Amerika Respublikasi qaysi davlat tashabbusi bilan tarqatib yuborildi?

A) Meksika B) Ispaniya C) Kuba D) AQSH

134. AQSH bilan Panama Respublikasi o‘rtasida Panama kanali to‘g‘risida shartnoma nechanchi yilda tuzilgan?

A) 1903-yil B) 1904-yil C) 1902-yil D) 1901-yil

135. Braziliyada qabul qilingan konstitutsiyaga muvofiq, mamlakat nima deb ataladigan bo‘ldi?

A) Braziliya Birlashgan Respublikasi

B) Braziliya Birlashgan Federatsiyalari

C) Braziliya Qo‘shma Shtatlari

D) Braziliya Demokratik Respublikasi


IV BOB. XIXASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA ROSSIYA VA JANUBI-SHARQIY YEVROPA



1. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiya asosan quyidagi qaysi neft mahsulotoni eksport qilardi?

A) benzin B) kerosin C) mazut D) dizel

2. Dizraeli taklifi bilan qirolicha Viktoriya Hindiston imperatori deb e’lon qilingan yili

A) Chexiyada qamal holati e’lon qilindi

B) Rossiya Turkiyaga urush e’lon qildi

C) Bosniya va Gersegovinada Turkiya mustamlakachiligiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi

D) taniqli publitsist va shoir Xristo Botev turklar bilan jangda halok bo‘ldi

3. XX asr boshlarida Rossiya qora metallurgiyasida qanday yirik monopolistik tashkilot qaror topdi?

A) “Krovlya” B) “Produgol” C) “Truboprodaja”

D) “Prodmet”

4. Rossiya 1876-1880-yillarda 277 mln. pud g‘alla eksport qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1886-1900- yillarda qanchaga yetdi?

A) 455 mln. pud B) 477 mln. pud

C) 488 mln. pud D) 444 mln. pud

5. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiya sanoat ishlab chiqarish hajmi aholi jon boshiga hisoblaganda Angliyaga nisbatan necha barobar kam edi?

A) 13 B) 21,5 C) 14 D) 23,5

6. Avstro-Vengriya imperiyasini 1867-1918-yillarda qaysi sulola boshqargan.

A) Burbonlar B) Gabsburglar

C) Frankoniyaliklar D) Lyuksemburglar

7. Avstro-Vengriya imperiyasining Avstriya qirolligi tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirgan.

1) Moraviya; 2) Slovakiya; 3) Transilvaniya; 4) Chexiya; 5) Galitsiya va Bukovina; 6) Xorvatiya; 7) Gersogovina;

A) 2, 5, 7 B) 1, 2, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6

8. Avstro-Vengriya imperiyasining Vengriya qirolligi tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirgan.

1) Moraviya; 2) Slovakiya; 3) Transilvaniya; 4) Chexiya; 5) Galitsiya va Bukovina; 6) Xorvatiya; 7) Gersogovina;

A) 2, 5, 7 B) 1, 2, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6

9. 1889-yilda Avstriya-Vengriyada qanday partiya tuzilgan?

A) Avstriya kommunistik partiyasi

B) Avstriya Milliy partiyasi

C) Avstriya sotsial-demokratik partiyasi

D) Avstriya Liberal-demokratik partiyasi

10. Avstriya-Vengriya imperiyasi tashkil etilgach, quyidagi qaysi 3 ta umumimperiya vazirligi tashkil etilgan?

A) Tashqi ishlar, Iqtisodiyot, Mudofaa ishlari

B) Ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat

C) Moliya, Harbiy va dengiz, Tashqi ishlar

D) Bojxona, Aloqa, Harbiy

11. Vengriyada qonun chiqaruvchi parlament nima deb atalgan?

A) Bosh vazir B) Reyxstag C) Seym

D) Reyxsrat

12. Quyidagi qaysi voqea Italiyani to‘la birlashtirish yo‘lidagi oxirgi to‘siqni bartaraf etishga imkon berdi?

A) Italiya janubidagi Sitsiliya qirolligi qulashi

B) Avstriya-Vengriyaga qarashli Toskana va Pyemont gersogliklarida hokimiyat italyanlarga o‘tishi

C) Italiya qiroli Viktor Emmaniel II o‘zini yagona hukmdor deb e’lon qilishi

D) Fransiyaning Prussiya bilan urushda yengilishi

13. Ma’lumki, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya agrar-industrial davlat edi. Mamlakat aholisining qancha foizi qishloqlarda yashardi?

A) 90% i B) 80% i C) 88% i D) 85% i

14. XIX asr oxirida Italiyada ikki tunnel qurildi. Ular Italiyani qaysi davlatlar bilan bog‘lagan?

A) Fransiya va Avstriya

B) Shveysariya va Avstriya

C) Linxishteyn va Shveysariya

D) Fransiya va Shveysariya

15. Quyidagi qaysi siyosiy arbob “sanoat taraqqiyoti tepasida ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlar turadi”, deb ta’kidlagan edi?

A) J.Jolitti B) G.Plexanov C) Stolipin

D) V.Levskiy

16. XIX asrning 70-yillarida quyidagi qaysi slavyan davlatining ma’lum bir qismi mustaqil edi?

A) Serbiya va Chernogoriya B) Xorvatiya

C) Bosniya va Gersogovina D) Albaniya

17. Bolgariyada xotira kuni sifatida nishonlanadiga kun qaysi voqea bilan bog‘liq?

A) turklar bilan bo‘lgan jangda bolgar qahramoni X.Botevning halok bo‘lishi

B) bolgar xalqi qahramonlaridan biri V.Levskiyning qatl etilishi

C) Bolgariya-Turkiya urushi natijasida 30 ming bolgar qo‘shinining qirib tashlanishi

D) Bolgariyaning I Bolqon urushida g‘alabaga erishishi

18. 1886-yil A.Battenberg taxtdan voz kechgach, Bolgariya Buyuk Xalq Majlisi shaxzoda Ferdinand Koburgni Bolgariya podshosi etib sayladi. Uni qaysi davlat tavsiya etgan edi?


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə