Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə43/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60

A) Angliya B) Rossiya C) Avtriya-Vengriya

D) Germaniya

19. “Kalendari kombiar” (“Milliy kalendar”) nomli jurnal quyidagi qaysi davlatda chiqarilgan?

A) Bolgariya B) Albaniya C) Gretsiya

D) Serbiya

20. Albaniya mustaqillikka qachon erishgan?

A) 1912-yil 28-noyabrda B) 1909-yil 19-martda

C) 1913-yil 12-aprelda D) 1917-yil 9-oktabrda

21. Stolipin qachon otib o‘ldirilgan?

A) 1911-yil B) 1909-yil C) 1910-yil D) 1913-yil

22. Qaysi islohot Bosh vazir Stolipin tashabbusi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun u tarixga “Stolipin islohoti” nomi bilan kirgan.

A) ta’lim B) saylov C) harbiy D) agrar

23. Rossiyaning O‘rta Osiyoga bosqinchilik yurishlari qachon to‘la amalga oshirilib bo‘lindi?

A) 1885-yil B) 1891-yil C) 1880-yil D) 1876-yil

24. Yaponiya hukumati Janubiy Saxalinga bo‘lgan da’vosidan voz kechish sharti bilan Kuril orollarini Yaponiyaga berish to‘g‘risidagi Rossiya-Yaponiya shartnomasi imzolangan yili O‘rta Osiyoda …

1) Qo‘qonda Sulton Murodbek madrasasi qurildi; 2) Mahmudxo‘ja Behbudiy tavallud topdi; 3) Buxoro amirligida Rossiyaning birinchi vakili tayinlandi; 4) Avliyootada birinchi rus manzulgohi paydo bo‘ldi; 5) Nasriddinbek va fon Kaufman o‘rtasida shartnoma imzolandi; 6) qoraqalpoq adibi Otash Olshimboy vafot etdi.

A) 1, 2, 5 B) 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 6 D) 1, 3, 4,5

25. Rossiya Afg‘onistonni o‘z ta’siridan tashqari deb tan olgan yili ...

A) San-Stefano shartnomasi imzolandi

B) Rim Italiya tarkibiga qo‘shib olindi

C) Xiva xonligi vassal davlatga aylantirildi

D) Vengriya sotsial-demokratik partiyasi tuzildi

26. San-Stefano shartnomasida nimalar nazarda tutilgan edi?

l) Buyuk Britaniya harbiy kemalari Qora dengiz hududiga kirmasligi belgilandi; 2) Chernogoriya, Serbiya va Ruminiya to‘la mustaqil davlatlar deb tan olindi; 3) Turkiyaning Rossiyaga 1 mlrd. 410 mln. rubl tavon to‘lashi belgilandi; 4) Rossiyaga Kavkazning Batumi, Kars va Ardagan hududlari berildi; 5) Bolgariya Turkiyaga nomigagina qaram, amalda esa mustaqil davlatga aylandi; 6) Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyaning muxtoriyati tan olindi.

A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 1,2,3

27. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos xususiyat nimalardan iborat edi?

1) Rossiya agrar-industrial davlat edi; 2) monopoliyalar vujudga kela boshladi; 3) Rossiya kapitalining chetga ko‘p miqdorda chiqarilishi; 4) moliya kapitalining vujudga kelganligi; 5) qishloq xo‘jaligida asosiy eksport mahsuloti g‘alla edi; 6) Rossiya neft qazib olish bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi; 7) Rossiya sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa chiqib oldi; 8) Rossiyaga kapital kiritilishining ustunligi.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5, 6, 8 C) 1, 3, 4, 7

D) 1, 3, 5, 6, 7, 8

28. 1891-yili Rossiya tasarrufiga kirgan O‘rta Osiyo hududi va Afg‘oniston o‘rtasida chegara qayerdan o‘tkazildi.

A) Kopetdog to‘glaridan B) Amudaryodan

C) Murg‘ob daryosidan D) Pomirdan

29. XIX asrning so‘nggi choragida Avstriya-Vengriya imperiyasining ilg‘or Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqiyoti sur’atlarining sekinlashuviga nima sabab bo‘lgan edi?

A) mamlakatda feodalizm sarqitlarining saqlanib qolinganligi

B) imperiyaning asosiy aholisining ishsizligi

C) chet davlatlarga moliyaviy qaramlik

D) mustamlakalarning mavjud emasligi

30. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni belgilang.

1) Avstriya sotsial-demokratik partiyasi tuzildi; 2) AQSH prezidenti Ch.Arturning vakolati tugadi; 3) Avstriya-Vengriyada ishchilar harakatiga qarshi “favqulodda qonun” joriy qilindi; 4) A.Dreyfusni harbiy sud to‘liq oqladi; 5) “Fiat” nomli aksiyadorlik jamiyati tashkil topdi; 6) Germaniya Afrikaning o‘rta qismidagi Togo va Kamerunni ishg‘ol qildi.

A) 3, 5, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 6

31. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida aholi jon boshiga daromad taqsimoti darajasi bo‘yicha G‘arbiy Yevropa eng oxirgi o‘rinda qaysi davlat turgan?

A) Portugaliya B) Shvetsiya C) Italiya

D) Ispaniya

32. Turkiya imperiyasining qaysi hududi 1912-yildan boshlab Italiya mustamlakasiga aylandi?

A) Liviya B) Somali C) Eritreya D) Marokash

33. Irredentizm – bu …

A) irqiy shovinizm va burjua millatchiligining yahudiylar va boshqa millatlarga qarshi qaratilgan reaksion harakat

B) ajralib chiqishga intilish

C) jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida cherkov va ruhoniylarning yetakchilik mavqeyini ta’minlashga intiladigan diniy-siyosiy oqim

D) Italiyaga qo‘shni bo‘lgan davlatlarda italyanlar qisman yashaydigan hududlarni qo‘shib olishni tarqib qiluvchi millatchilik harakati

34. “Stolipin agrar islohoti” qanday nuqsonlardan iborat bo‘ldi?

1) badavlat dehqonlar (quloqlar)ning mavqeyiga kuchli zarba berildi; 2) rus aholisining ko‘pchiligi yersiz qolib ketdi; 3) ko‘chib ketganlar yana avvalgi joylariga qayta ko‘chib kelishga majbur bo‘la boshladilar; 4) ko‘chirish siyosati milliy chekka o‘lkalardagi siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi; 5) krepostnoy xo‘jalik uzil-kesil tugatilmadi; 6) pomeshchik yer egaligini tugata olmadi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4, 6 C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 5, 6

35. Italiyada “Fiat” nomli aksiyadorlik jamiyati tashkil topgan yili …

A) Ismoil Obidov tahriri ostida “Taraqqiy” gazetasining birinchi soni chiqdi

B) taniqli sharqshunos va arxeolog V.L.Vyatkin Ulug‘bek rasadxona binosi qoldiqlarini bir qismini topishga muvaffaq bo‘ldi

C) “A-Meta” sindikati tashkil etildi

D) Buxoro amirligi bilan Rossiya bojxonasi yagona tizimga birlashdi

36. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya kapitalini chetga chiqarishdan ko‘ra chetdan Rossiyaga kapital kiritishning ustunligi nima bilan izohlanardi?

1) Rossiya kapitalizmining zaifligi; 2) rus aholisining ko‘pchiligi yersizligi; 3) Rossiyaning G‘arbiy Yevropa davlatlariga nisbatan zaifligi va qaramligi; 4) Rossiyada chet el kapitaliga katta foyda keltiruvchi sohalarning, mintaqalarning ko‘pligi; 5) Rossiyada arzon ishchi kuchining mavjudligi; 6) Rossiyaning AQSHdan qarzdorligi.

A) 1, 2, 3, 5 B) 3, 4, 6 C) 1, 4, 5

D) 1, 3, 4, 6

37. Rossiyada XIX asr oxirlarida tuzilgan “Mehnatni ozod qilish” guruhiga kim rahbarlik qilgan?

A) V.I. Lenin B) P.I. Pestel C) G. V. Plexanov

D) V. Belenskiy

38. Rossiyadag barcha sotsial-demokratik guruhlar “Rossiya Sotsial-demokratik ishchi partiyasi” (RSDRP) deb atalgan partiyaga birlashdilar. 1903-yildan boshlab bu partiyada rahbarlik kimning qo‘liga o‘tdi.

A) N. Muravyov B) P.I. Pestel C) G. V. Plexanov

D) V.I. Lenin

39. Napoleon Bonopart boshchiligidagi fransuz qo‘shinlari Avstriya poytaxti Venani ishg‘ol etishidan 100 yil o‘tgach ...

A) Avstriya-Vengriya Bosniya va Gersegovinani bosib oldi

B) Rossiyada inqilob yuz berdi

C) Birinchi Bolqon urushi boshlandi

D) Marokash ustidan Fransiya protektorati o‘rnatildi

40. II Rossiya Davlat dumasida asosiy masala ... edi.

A) ishsizlik masalasi B) saylov huquqi masalasi

C) agrar masala D) moliya-bank masalasi

41. Rossiyada “Stolipin agrar islohoti”ga ko‘ra, dehqonlarning o‘z xususiy yeriga ega bo‘lishi masalasini qaysi usullar orqali amalga oshirilishi mo‘ljallandi?

1) jamoa yer egaligini bekor qilish va dehqonlarga sotib olgan jamoa yerini xususiy mulkka aylantirishga ruxsat etish va dehqonga o‘z chekini sotish huquqini berish; 2) dehqonlarning davlat va pomeshchiklarga qarashli yerlarni sotib olishlari uchun ularga Dehqonlar banki orqali yordam berish; 3) yer tanqisligi kuchli bo‘lgan markaziy mintaqalardagi dehqonlarning bir qismini Sibir, Uzoq Sharq va imperiyaning milliy chekka o‘lkalariga ko‘chirish; 4) yagona ichki bozorni shakllantirish orqali; 5) chet el kapitalini jalb qilish orqali sanoat korxonalarini tashkil qilish.

A) 2, 4, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3

42. Rossiyada Stolipinning agrar islohoti qanday ahamiyatga ega bo‘ldi?

A) aholining ko‘pchilik qismi qisloq xo‘jaligida band bo‘ladigan bo‘ldi, ishsizlar soni keskin kamaydi

B) dehqonlar davlatga 8 yil soliq to‘lamaydigan bo‘ldi, har bir xo‘jalik o‘zining shaxsiy yeriga ega bo‘lgan

C) qishloq aholisining tabaqalanishini va ichki bozorning o‘sishini kuchaydi, badavlat dehqonlarning mavqeyi mustahkamlandi, qishloqda kapitalizmning taraqqiy etishiga yo‘l ochildi

D) qishloq aholisining turmush tarzi shahar aholisiniki bilan tenglashdi, kichik dehqonlarning mavqeyi mustahkamlandi, dehqonlar orasidagi tabaqalanishga chek qo‘yildi

43. Rossiya tomonidan Yaponiyaga doimiy vakil nechanchi yilda tayinlangan?

A) 1873-yil B) 1875-yil C) 1872-yil D) 1878-yil

44. Bolsheviklar Rossiyada qanday jamiyatni o‘rnatmoqchi edilar?

A) xususiy mulk mutlaqo bo‘lmaydigan, jamiyat a’zolari ezuvchi va eziluvchilarga bo‘linmaydigan, davlat hokimiyati asosan ishchilar sinfl qo‘lida bo‘ladigan, barcha mulk davlatniki hisoblanadigan jamiyatni

B) xususiy mulkchilikka asoslangan, jamiyat a’zolari ishchilar, ziyolilar, mehnatkashlar sinfiga bo‘linadigan, davlat hokimiyati asosan yuqori sinf qo‘lida bo‘ladigan jamiyatni

C) ishchi, dehqon va harbiylardan iborat boshqaruv apparati, davlatdagi barcha yerlar va mulklar shu apparat tarkibiga kiritilgan jamiyatni

D) xususiy mulk mutlaqo bo‘lmaydigan, jamiyat a’zolari ezuvchi va eziluvchilarga bo‘linadigan, davlat hokimiyati asosan harbiylar qo‘lida bo‘ladigan, barcha mulk davlatniki hisoblanadigan jamiyatni

45. 1905-yil yanvarda Peterburg ishchilarining podshoga bildirgan iltimosnomasida nimalar ilgari surilgan edi?

A) jamiyatni islohotlar yo‘li bilan yangilash, yangi agrar islohotini o‘tkazish, ayollar uchun 8 soatlik ish kunini joriy qilish

B) Ta’sis majlisini chaqirish, demokratik erkinliklar berish, 8 soatlik ish kunini joriy etish

C) so‘z va matbuot erkinligini berish, tinch namoyishlarga ruxsat berish, yakshanba kunni dam olish kuni etib belgilash

D) kasaba uyushmalarini tashkil etish, yakshanba kunini dam olish kuni qilib belgilash

46. Rossiya I Davlat dumasidagi dehqonlar fraksiyasi nimani taklif etdilar?

A) dehqonlardan tortib olingan yerlarning bir qismini qaytarish

B) konstitutsiya qabul qilinishini va unga ko‘ra yerlarning barchasi davlatniki ekanligi belgilanishini

C) hamma yerlarning dehqonlar o‘rtasida taqsimlanishini

D) podsho va cherkov yerlari hisobidan yersiz dehqonlarga yer ajratib berish

47. Birinchi rus inqilobi qanday ahamiyatga ega bo‘ldi?

1) ishchilarga kasaba uyushmalariga birlashish huquqi berildi; 2) ish tashlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish bekor qilindi; 3) dehqonlarning yer uchun haq to‘lashlari bekor qilindi; 4) yerdan foydalanganlik uchun to‘ladanigan ijara tizimi bekor qilindi; 5) vakolatli muassasa – parlament joriy etildi; 6) podsho hokimiyati parlament tomonidan cheklandi; 7) krepostnoy huquqi to‘liq bekor qilindi.

A) 1, 3, 4, 6, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 2, 4, 5, 6, 7

D) 1, 2, 3, 5

48. XIX asr oxirida Italiyada qabul qilingan Konstitutsiyada nimalar e’tirof etilgan edi?

A) barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, uy-joy daxlsizligi, so‘z va matbuot erkinligi, yig‘ilish o‘tkazish huquqi

B) ishchilarga kasaba uyushmalariga birlashish huquqi, ish tashlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish bekor qilindi

C) vakolatli muassasa – parlament joriy etish, saylovlarda 25 yoshga to‘lganlarning ishtirok etish huquqi

D) qishloq aholisining turmush tarzini shahar aholisiniki bilan tenglashtirish, kichik dehqonlarning mavqeyini mustahkamlash huquqi

49. Italiyada bosh vazir J.Jolitti davrida mamlakat ijtimoiy hayotida qanday qonunlar qabul qilindi?

A) vakolatli muassasa – parlament joriy etish, saylovlarda 25 yoshga to‘lganlarning ishtirok etish huquqi haqida

B) kasaba uyushmalari tuzilishiga, ish tashlash o‘tkazilishiga ruxsat etuvchi, tungi smenada bolalar va ayollar mehnatidan foydalanmaslik, saylovchilarning mulk va savodxonlik senzini bekor qilish haqida

C) qishloq aholisining turmush tarzini shahar aholisiniki bilan tenglashtirish, kichik dehqonlarning mavqeyini mustahkamlash, dehqonlar orasidagi tabaqalanishga chek qo‘yish haqida

D) kasaba uyushmalari tuzilishiga, tinch namoyishlar o‘tkazilishiga ruxsat etuvchi, saylovchilarning jinsiga qo‘yilgan talabni bekor qilish haqida

50. XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida qaysi hol Italiyaning qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarini yomonlashtirdi?

A) mustamlaka hududlarning kengaytirilishi

B) bojxona to‘lovlarining oshirib yuborilishi

C) irredentizm tarafdorlari ta’sirining kuchayishi

D) mamlakatda chet el fuqarolariga qarshi terrorning kuchayishi

51. Tarixiy manbalarda qaysi davlat hokimiyatiga nisbatan “samoderjaviye” iboralari ham ishlatiladi?

A) Italiya B) Rossiya C) Vengriya D) Avstriya

52. 1898-1901-yillar oralig‘ida neft qazib chiqarish bo‘yicha AQSHni ham ortda qoldirib, dunyoda birinchi o‘ringa chiqqan davlatni aniqlang.

A) Angliya B) Germaniya C) Fransiya

D) Rossiya

53. XIX asr oxirida Rossiya podshosi hokimiyatining asosiy tayanchi …

A) pomeshiklar hamda pravoslav cherkovi edi

B) yirik korxona va monopoliya egalari edi

C) chet el kapitalistlari edi

D) mehnatkash aholi hamda dehqonlar edi

54. XIX asr oxiri – XX asr boshida Rossiya podshosi xonadoni mamlakatdagi qancha yerga egalik qilar edi?

A) 15 mln. desyatina B) 7 mln. desyatina

C) 9 mln. desyatina D) 3 mln. desyatina

55. XIX asr oxiri – XX asr boshida Rossiya metall eritish bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinni egallagan edi?

A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to‘rtinchi

56. XX asr boshlarida Rossiya ko‘mir sanoatida qanday yirik monopolistik tashkilot qaror topdi?

A) “Krovlya” B) “Produgol” C) “Truboprodaja”

D) “Prodmet”

57. XX asr boshida quyidagi qaysi davlatlar Rossiyaga kapital qo‘yish bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egalladi?

A) Germaniya birinchi, Angliya ikkinchi, Fransiya uchinchi

B) AQSH birinchi, Fransiya ikkinchi, Angliya uchinchi

C) Fransiya birinchi, Angliya ikkinchi, Germaniya uchinchi

D) Angliya birinchi, Germaniya ikkinchi, Fransiya uchinchi

58. 1914-yilga kelganda Rossiyaning chet mamlakatlardan qarzlari qanchani tashkil etgan?

A) 5,4 mlrd. rublni B) 8,4 mlrd. rublni

C) 4,5 mlrd. rublni D) 3,8 mlrd. rublni

59. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda …

A) 2-o‘rinda edi B) 4-o‘rinda edi

C) 3-o‘rinda edi D) 5-o‘rinda edi

60. XIX asr oxiri – XX asr boshida Rossiya sanoatiga qo‘yilgan chet el kapitalining asosiy qismi qaysi davlatga tegishli edi?

A) AQSH B) Angliya C) Fransiya

D) Germaniya

61. Rossiyaning yer tanqisligi kuchli bo‘lgan markaziy mintaqalardagi dehqonlarni imperiyaning chekka o‘lkalariga ko‘chirgan aholisi nima sababdan yana o‘z joyiga qayta ko‘chishga majbur bo‘lgan edi?

A) ko‘chib borganlarning mahalliy aholi tazyiqiga uchrashi

B) ko‘chirilganlar moddiy jihatdan yetarli ta’minlanmaganligi

C) aholining urf-odatlari va qarindoshchilik an’analari hisobga olinmasdan, majburan ko‘chirilganligi

D) ko‘chirilganlar eng unumsiz yerlar bilan ta’minlanganligi

62. XIX asr oxiri – XX asr boshida Rossiya sanoatiga qo‘yilgan Fransiya kapitali kiritilgan barcha kapitalning necha foizini tashkil qilgan?

A) 14 % B) 29 % C) 32 % D) 24 %

63. Rossiya mustamlakachilik imperiyasi Buyuk Britaniya yoki Fransiya mustamlakachilik imperiyasidan qanday farq qilar edi?

A) Rossiya bosib olgan hududlarning imperiya tarkibiga bevosita qo‘shib olinishida

B) Rossiya bosib olgan hududlardan faqat iqtisodiy manfaat uchun foydalangan

C) Rossiya mustamlakalari ichki siyosatda mustaqil edi

D) Rossiya mustamlakalari Angliya va Fransiyanikidan ikki baravar katta bo‘lganligi

64. 1875-yilda qayerda Turkiya mustamlakachiligiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi?

A) Serbiya va Chernogoriyada B) Bolgariyada

C) Gersegovina va Bosniyada D) Galitsiyada

65. Turkiya-Serbiya urushi nechanchi yilda bo‘ldi?

A) 1872-yil B) 1878-yil C) 1911-yil D) 1876-yil

66. Serbiya-Turkiya urushida Turkiyaning qo‘li baland kelib, Serbiya halokatga uchray boshlaganda qaysi voqea uni halokatdan saqlab qoldi?

A) Fransiyaning Turkiyadan Serbiya bilan yarash bitimi imzolash va armiyasini demobilizatsiya qilishni talab etgan ultumatumi

B) Avstriya-Vengriyaning Serbiyaga qo‘shin kiritishi va Turkiya bilan muzokara boshlashi

C) Germaniyaning Bolqon masalalariga Avstriya-Vengriya orqali aralashuvi

D) Rossiyaning Turkiyadan Serbiya bilan yarash bitimi imzolash va armiyasini demobilizatsiya qilishni talab etgan ultumatumi

67. Rossiya armiyasi tomonidan Adrianopol ishg‘ol qilingan yilni aniqlang.

A) 1876-yil B) 1878-yil C) 1877-yil D) 1879-yil

68. 1878-yilning 13-iyunida Berlin kongressi ochilgan bo‘lib, unda qaysi davlatlar delegatsiyalari qatnashgan?

A) Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Serbiya, Italiya, Fransiya, Rossiya

B) Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Avstriya-Vengriya

C) Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Avstriya-Vengriya, Italiya, Turkiya

D) Fransiya, Bolgariya, Serbiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Turkiya, AQSH

69. 1878-yilning 13-iyunida Berlin kongressi ochilgan bo‘lib, unda “Berlin traktati” deb nomlangan hujjat imzolandi. Unga ko‘ra Buyuk Britaniya qanday imtiyozga ega bo‘ldi?

A) kemalari Qora dengizga kirish huquqiga ega bo‘ldi, Kipr oroliga ega bo‘ldi

B) Bosniya va Gersegovinaga ega bo‘ldi, Fors qo‘ltig‘igacha bo‘lgan suv yo‘llariga ega bo‘ldi

C) Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan hududlarini oldi

D) Chernogoriya, Serbiya va Ruminiya davlatlarini o‘z ta’sir zonasi deb e’tirof etdi

70. 1878-yilning 13-iyunida Berlin kongressi ochilgan bo‘lib, unda “Berlin traktati” deb nomlangan hujjat imzolandi. Unga ko‘ra, Avstriya-Vengriya qanday imtiyozga ega bo‘ldi?

A) kemalari Qora dengizga kirish huquqiga ega bo‘ldi, Kipr oroliga ega bo‘ldi

B) Bosniya va Gersegovinaga ega bo‘ldi

C) Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan hududlarini oldi

D) Chernogoriya, Serbiya va Ruminiya davlatlarini o‘z ta’sir zonasi deb e’tirof etdi

71. 1878-yilning 13-iyunida Berlin kongressi ochilgan bo‘lib, unda “Berlin traktati” deb nomlangan hujjat imzolandi. Unga ko‘ra Bolgariya …

A) Avstriya-Vengriyaga berildi

B) Bosniya va Gersegovinaga ega bo‘ldi

C) Buyuk Britaniyaga berildi

D) ikkiga bo‘lib yuborildi

72. 1878-yilda imzolangan “Berlin traktati”ga ko‘ra, Turkiyaning Rossiyaga to‘lashi lozim bo‘lgan tovonning katta qismi o‘rniga Rossiyaga qaysi hududlar berildi?

A) Qora dengizning shimoli va Kipr oroli

B) Bosniya va Gersegovinaning shimoliy hududlari

C) Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan hududlari

D) Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyaning bir qismi

73. 1878-yilda imzolangan “Berlin traktati”ga ko‘ra, qaysi davlatlarning mustaqilligi tan olindi?

A) Bolgariya, Xorvariya, Makedoniya

B) Chernogoriya, Serbiya, Ruminiya

C) Serbiya, Bosniya, Gersegovina

D) Gersegovina, Chernogoriya, Bolgariya

74. Rossiya va Angliya O‘rta Osiyo masalasida 1873-yil bitim imzoladi. Unga ko‘ra, …

A) Rossiya Afg‘onistonni o‘z ta’siridan tashqari deb tan oldi, Buyuk Britaniya esa Xivaga da’vo qilmaydigan bo‘ldi

B) Buyuk Britaniya Afg‘onistonni o‘z ta’siridan tashqari deb tan oldi, Rossiya esa Hindistonga da’vo qilmaydigan bo‘ldi

C) Rossiya Turkmanistonni o‘z ta’siridan tashqari, deb tan oldi, Buyuk Britaniya esa Afg‘onistonga da’vo qilmaydigan bo‘ldi

D) Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida Afg‘oniston chegara va betaraf davlat bo‘lib qolishi belgilandi

75. 1878-yilda Buyuk Britaniyaga qarshi afg‘on xalqining qo‘zg‘oloniga kim bosqinchilik qildi?

A) Sherali B) Yoqubxon C) Afzalxon

D) Abdurahmon

76. Rossiya imperiyasi 1885-yil qayerni bosib oldi?

A) Marvni B) Kushkani C) Ko‘ktepani

D) Ashxabodni

77. Rossiya imperiyasi 1881-yil qayerni bosib oldi?

A) Marvni B) Kushkani C) Ko‘ktepani

D) Ashxabodni

78. Rossiya-Yaponiya munosabatlari … tufayli tobora keskinlashdi.

A) Xitoy va Manjuriya

B) Shimoliy va Janubiy Koreya

C) Port-Artur va Saxalin orollari

D) Kuril orollari va Koreya

79. Har qanday sharoitda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlash haqida Yaponiya-Buyuk Britaniya bitimi imzolangan yili …

A) Xiva xonligida Matyoqub pishiq rahbarligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi

B) Buxoroda “Tarbiyayi atfol” jamiyati tuzildi

C) Munavvar Qori tomonidan “Jamiyati xayriya” tashkil etildi

D) Xivada Nurillaboy saroyi qurilishi boshlandi

80. Susima yonidagi jang nechanchi yilda bo‘lgan?

A) 1902-yil B) 1905-yil C) 1898-yil D) 1908-yil

81. Mamlakat qo‘shinlarini harbiy xizmatdan bo‘shatish qaysi atama bilan izohlanadi?

A) traktat B) sterilizatsiya C) demobilizatsiya

D) komprador

82. 1905-yilning 23-avgustida imzolangan Rossiya-Yaponiya shartnomasida qaysi davlat vositachilik qildi?

A) Angliya B) Fransiya C) Xitoy D) AQSH

83. 1905-yilning 23-avgustida imzolangan Rossiya-Yaponiya shartnomasiga ko‘ra, …

1) Rossiya Koreyani Yaponiya ta’sir doirasi deb tan oldi; 2) Yaponiya Port-Arturga to‘liq ega bo‘ldi; 3) Yaponiya Port Arturni ijaraga olish huquqiga ega bo‘ldi; 4) Saxalin orolining janubiy qismi Yaponiyaga berildi; 5) Rossiya Kuril orollaridan voz kechadigan bo‘ldi; 6) Rossiya yaponiyaga 410 mln. rubl tovon to‘laydigan bo‘ldi.

A) 1, 3, 4 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 5, 6 D) 2, 5

84. Rossiyada “Mehnatni ozod qilish” guruhi nechanchi yilda tuzilgan?

A) 1898-yil B) 1885-yil C) 1882-yil D) 1883-yil

85. Peterburgda “Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi” tuzilgan yili O‘rta Osiyoda …

A) Toshkentda “Toshotar voqeasi” bo‘lib o‘tdi

B) Arxeologiya havaskorlari to‘garagi tashkil etildi

C) O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati o‘z faoliyatini to‘xtatdi

D) Baljuvon bekligida Vose qo‘zg‘oloni bo‘ldi

86. Rossiyadag barcha sotsial-demokratik guruhlar “Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi”ni tuzgan yilni aniqlang.

A) 1892-yil C) 1895-yil C) 1898-yil D) 1903-yil

87. Rossiyada boshlangan birinchi inqilob nimaning natijasida ro‘y bergan edi?

A) rus-yapon urushida Rossiyaning yengilishi

B) ishsizlikning oshishi va ish soatining ko‘payishi

C) agrar islohotning natija bermasligi

D) parlamentning yer va sanoat korxonalari to‘g‘risidagi qonuni

88. Qora dengiz flotiga qarashli “Potyomkin” bronenosesi matroslari Rossiya hukumatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan yilni aniqlang.

A) 1912-yil B) 1902-yil C) 1898-yil D) 1905-yil

89. Rossiya tarixiga “qonli yakshanba” nomi bilan kirgan voqea qaysi sanada bo‘lgan edi?

A) 9-yanvar B) 5-dekabr C) 19-oktabr D) 7-may

90. 1905-yil Kronshtadtda kimlar qo‘zg‘olon ko‘targan edi?

A) konchilar B) matroslar va soldatlar

C) temir yo‘lchilar D) fabrika ishchilari

91. Rossiyada 1906-yil 27-aprelda 1-Davlat dumasi o‘z ishini boshladi va unda ... deputat qatnashdi.

A) 644 ta B) 512 ta C) 448 D) 488 ta

92. Rossiyada 1906-yil 27-aprelda 1-Davlat dumasi o‘z ishini boshladi va unda qatnashgan deputatlarning qancha qismi dehqonlar vakillari edi?

A) 1/3 qismi B) 1/5 qismi C) yarmi D) 1/4 qismi

93. Rossiyada 1907-yil 3-iyunda saylov to‘g‘risida yangi qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra …

A) bir pomeshikning ovozi 4 ta yirik burjuaziya vakili, 260 nafar dehqon va 543 nafar ishchining ovoziga teng bo‘ldi

B) 4 pomeshikning ovozi 14 ta yirik burjuaziya vakili, 160 nafar dehqon va 443 nafar ishchining ovoziga teng bo‘ldi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə