Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə44/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60

C) bir pomeshikning ovozi 2 ta yirik burjuaziya vakili, 130 nafar dehqon va 343 nafar ishchining ovoziga teng bo‘ldi

D) bir pomeshikning ovozi 4 ta yirik burjuaziya vakili, 80 nafar dehqon va 143 nafar ishchining ovoziga teng bo‘ldi

94. Rossiyada 1907-yil 3-iyunda saylov to‘g‘risida yangi qabul qilingan bo‘lib, unda Davlat Kengashi a’zolarining qanchasini podsho tayinlashi belgilanci?

A) 50 % B) 30 % C) 60 % D) 40 %

95. Avstriya-Vengriya imperiyasi nechanchi yilda vujudga keldi?

A) 1860-yil B) 1867-yil C) 1870-yil D) 1865-yil

96. Hukumatning juda muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati nima deyiladi?

A) fraksiya B) traktat C) manifest D) edikt

97. Parlament deputatlarining biror siyosiy partiyaga mansub guruhi nima deyiladi?

A) fraksiya B) traktat C) palata D) uniya

98. Avstriya-Vengriya imperiyasi vujudga kelgan paytda imperator kim edi?

A) Frans Ferdinand B) A.Battenberg

C) Ferdinand Koburgkiy D) Frans Iosif

99. Avstriya-Vengriya imperiyasi qaysi sulola tomonidan boshqarilgan?

A) Gabsburglar B) Saksoniyaliklar

C) Gogensollirenlar D) Frankoniyaliklar

100. Avstriya-Vengriya imperiyasi …

A) cheklanmagan monarxiya edi

B) konstitutsiyaviy monarxiya edi

C) prezdent respublikasi edi

D) parlamentar respublika edi

101. Avstriya-Vengriya imperiyasida … aholi yashagan va ularning … ni bo‘ysundirilgan slavyan xalqlari bo‘lgan.

A) 60 mln., 20 mln. B) 40 mln., 18 mln.

C) 50 mln., 30 mln. D) 30 mln., 13 mln.

102. 1898-yilda Vengriyaning un tortish, vino tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Avstriya-Vengriya imperiyasidagi hissasi necha foizni tashkil etdi?

A) 33,9 B) 51,7 C) 41,5 D) 47,3

103. Avstriya-Vengriyaga qaysi davlatlar banklari qarz berish, sanoatga mablag‘lar yo‘naltirish orqali mamlakatni o‘z kapitallari bilan to‘ldirib tashladilar?

A) Fransiya, Belgiya, Germaniya

B) Germaniya, Angliya, AQSH

C) Angliya, Fransiya, Portugaliya

D) Germaniya, Ispaniya, Italiya

104. Avstriya-Vengriyada to‘qimachilik va mashinasozlik korxonalarida qaysi davlat kapitalining mavqeyi yuqori bo‘lgan?

A) Fransiya B) Germaniya C) Portugaliya

D) Buyuk Britaniya

105. Avstriyaning 200 000 gektar yeri qaysi davlat pomeshiklariga tegishli bo‘lgan?

A) Fransiya B) Rossiya C) Germaniya

D) Buyuk Britaniya

106. Avstriya poytaxti Vena shahrida ishchilarning ommaviy namoyishi o‘tkazilgan yilni aniqlang.

A) 1869-yil B) 1898-yil C) 1889-yil D) 1872-yil

107. Avstriyada ishchilar harakatiga qarshi “favqulodda qonun” joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra …

A) kasaba uyushmalari orqali ishchilar o‘z talablarini bayon qiladigan bo‘ldi

B) ish tashlashlar paytlarida korxonalar ko‘rgan zararni kasaba uyushmalari to‘lamaydigan bo‘ldi

C) 8 soatlik ish kuni, nafaqa, mehnat ta’tili joriy etildi

D) ishchilar harakatiga qarshi politsiya terrorining kuchaytirilishiga ruxsat berildi

108. Avstriya sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) dasturida qanday talablar mavjud bo‘lgan?

1) siyosiy erkinliklarni joriy etish; 2) parlamentni umumiy, teng, to‘g‘ri, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylash to‘g‘risida qonun qabul qilish; 3) cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish; 4) kasaba uyushmalari orqali ishchilar o‘z talablarini bayon qilishga ruxsat berish; 5) ish tashlashlar paytlarida korxonalar ko‘rgan zararni kasaba uyushmalari to‘lamaslik; 6) ish kunini qisqartirish.

A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 6 C) 2, 3, 4, 5, 6

D) 1, 5, 6

109. Avstriya hukumati 1907-yilda saylov tizimi islohoti haqida qonun qabul qildi. Unga ko‘ra …

A) mulk senzi biroz kamaytirildi

B) 25 yoshga to‘lgan barcha erkaklar saylash huquqiga ega bo‘ldi

C) 24 yoshli erkaklar saylash va saylanish huquqiga ega bo‘ldilar

D) 23 yoshga to‘lgan barcha fuqaro saylash huquqiga ega bo‘ldi

110. XIX asr oxirida Avstriya-Vengriyada slavyan xalqlarining mustamlaka holatini saqlab qolishga intiluvchi, shovinistik kayfiyatdagi qanday siyosiy partiyalar tashkil topdi?

A) Vengriya sotsialistlar partiyasi va Osodlik partiyasi

B) Xristian-demokratlar partiyasi va Panvenger partiyasi

C) Xistian sotsialistlar partiyasi va Pangerman partiyasi

D) Avstriya sotsialislar partiyasi va Pangerman partiyasi

111. Avstriya-Vengriya hukumati tomonidan Chexiyada qamal holati joriy qilingan yili O‘rta Osiyoda …

A) Podsho Rossiyasi Jizzaxni egalladi

B) Podsho Rossiyasi tomonidan Amudaryo bo‘limi tashkil etildi

C) Podsho Rossiyasi Toshkent shahrini egalladi

D) Samarqandda Zarafshon okrugi tashkil qilindi

112. Chexiyada nechanchi yilda sud va ma’muriy ishlar uchun ikki til (nemis va chex) joriy qilindi?

A) 1903-yil B) 1880-yil C) 1882-yil D) 1891-yil

113. Avstriya-Vengriya imperiyasidagi Praga universitetida o‘qitish ikki tilda (nemis va chex) olib borilishi belgilangan yili Italiya …

A) Adua yaqinida Efiopiya qo‘shinlaridan mag‘lub bo‘ldi

B) Germaniya va Avstriya-Vengriya ittifoqiga qo‘shildi

C) Afrikaga qarshi mustamlakachilik urushlarini boshladi

D) Tunis masalasida Fransiyadan mag‘lub bo‘ldi

114. Vengriya hukumati nechanchi yilda Xorvatiya Seymini tarqatib yuborib, konstitutsiyani to‘xtatib qo‘ydi?

A) 1912-yil B) 1913-yil C) 1892-yil D) 1882-yil

115. XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasida trializm g‘oyasi tarafdorlari shakllandi. Bu g‘oyaning mazmuni nimadan iborat edi?

A) imperiyani Avstriya, Vengriya va imperiya tarkibidagi slavyan xalqlari yerlarini o‘z ichiga oluvchi, har uch tomonni teng huquq asosida birlashtiradigan federatsiyaga aylantirish

B) imperiyani uchta yirik davlat: Germaniya, Avstriya-Vengriya va Polsha davlatlari asosida tashkil etish

C) imperiyadagi yirik hududlar: Avstriya, Vengriya va Chexiyadan iborat, ichki siyosatda mustaqil bo‘lgan alohida davlatlardan iborat konfederatsiya tuzish

D) uchta yirik davlatlar: Germaniya, Rossiya va Turkiya bilan yaqinlashish, shu orqali tashqi siyosatda o‘z muhofazasini tashkil qilish

116. Avstriya-Vengriya imperiyasining tashqi siyosatida asosan qaysi hudud turgan?

A) Shimoliy Afrika B) Yaqin Sharq

C) Bolqon yarimoroli D) Uzoq Sharq

117. Avstriya-Vengriya imperiyasida vujudga kelgan trializm g‘oyasini nima sababdan hukumat rad etdi?

A) hukumron doiralarning imperialistik davlatlar bilan nizo kelib chiqishidan cho‘chiganligi

B) hukmron doiralarning bu g‘oyani oxirigacha qo‘llab-quvvatlashiga boshqa davlatlarning aralashuvi

C) imperiyadagi turli millatga mansub aholining o‘zaro nizolari va janjali

D) hukmron doiralarning slavyanlarning kuchayib ketishidan cho‘chiganligi

118. Avstriya-Vengriya va Turkiyaga qarshi slavyan xalqlari o‘z milliy-ozodliklari uchun kurash olib borishda asosan qaysi davlatga tayangan?

A) Rossiyaga B) Angliyaga C) Germaniyaga

D) Fransiyaga

119. Bolqonning qaysi mustaqil davlatlari Bolqon ittifoqini tuzgan edi?

A) Bolgariya, Albaniya, Serbiya, Gersegovina

B) Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya, Gretsiya

C) Makedoniya, Bosniya, Serbiya, Bolgariya

D) Albaniya, Makedoniya, Gretsiya, Gersegovina

120. Nima sababdan Rossiya Bolqonga Avstriya-Vengriya istilosining oldini ola bilmadi?

A) Rossiyaning o‘zida inqilob boshlangani va rus hukumatining ichki siyosat bilan bandligi

B) Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi hududiy nizoning urushga aylanib ketishi, Rossiyaning Uzoq Sharq bilan ovoraligi

C) Fransiya va Angliyaning Rossiyani tinchlantirishi

D) Germaniyaning Avstriya-Vengriyani qo‘llab-quvvatlashi, Rossiyaga qarshi urush e’lon qilishi mumkinligi haqidagi do‘q-po‘pisalari

121. Tarixga “Birinchi Bolqon urushi” nomi bilan kirgan urush nechanchi yilda boshlandi?

A) 1911-yil B) 1912-yil C) 1913-yil D) 1909-yil

122. Bolqon ittifoqini qo‘llab-quvvatlagan davlatlarni aniqlang.

A) Avstriya-Vengriya, Germaniya, Italiya

B) Angliya, Germaniya, Rossiya, Fransiya

C) Angliya, Fransiya, Rossiya

D) Germaniya, Ispaniya, Italiya, Avstriya-Vengriya

123. Birinchi Bolqon urushidan keyin nima sababdan ittifoq a’zolari o‘zaro kelisha olmadilar?

A) Turkiyadan tortib olingan hududlarni taqsimlanishida Bolgariyaning ko‘p ulush olishga intilishi

B) Serbiyaning Bolgariya qarshi ultimatum qo‘yishi

C) Turkiyadan tortib olingan hududlarni taqsimlanishida Serbiyaning ko‘p ulush olishga intilishi

D) Serbiyaning mustaqillika erishgan Gretsiya va Bosniyani bosib olishga intilishi

124. Birinchi Bolqon urushidan keyin Bolgariyaning agressiv xatti-harakatini qaysi davlat qo‘llab-quvvatlagan?

A) Rossiya B) Germaniya C) Fransiya

D) Avstriya-Vengriya

125. Italiyada Rim Papasi hokimiyati Vatikan saroyi bilan cheklab qo‘yilgan yili O‘rta Osiyoda …

1) Xivada Muhammad Rahimxon madrasasi qurildi; 2) O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati tashkil qilindi; 3) Samara teatr truppasi Turkistonda gastrol safarida bo‘ldi; 4) Zirabuloq jangi bo‘ldi; 5) Zarafshon okrugi tashkil qilindi; 6) Abdulla Avloniy tug‘ildi.

A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2 D) 1, 3, 5, 6

126. Tarixga “Ikkinchi Bolqon urushi” nomi bilan kirgan urush nechanchi yilda boshlandi?

A) 1911-yil B) 1912-yil C) 1913-yil D) 1909-yil

127. Ikkinchi Bolqon urushidan keyin Bolqon yarim orolida yetakchilik qaysi davlat qo‘liga o‘tdi?

A) Makedoniya B) Serbiya C) Bolgariya

D) Gretsiya

128. Avstriya-Vengriya taxti vorisi Frans-Ferdinand nechanchi yilda o‘ldirilgan?

A) 1913-yil 28-dekabrda B) 1914-yil 28-iyulda

C) 1912-yil 16-aprelda D) 1914-yil 17-avgustda

129. Avstriya-Vengriyada qachon parlament tarqatib yuborildi?

A) 1914-yil B) 1912-yil C) 1913-yil D) 1910-yil

130. 1871-yil Italiyada qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra, …

1) ikki palatali (Senat va deputatlar palatasi) parlament tashkil etildi; 2) senatorlar deputatlar palatasi tomonidan 5 yilga saylanadigan bo‘ldi; 3) senatorlar qirol tomonidan umrbod muddatga tayinlanadigan bo‘ldi; 4) ijro etuvchi hokimiyat qirol qo‘lida jamlandi; 5) ijro etuvchi hokimiyat Bosh vazir qo‘lida to‘plandi; 6) saylovda qatnashish uchun mulk senzi joriy etildi.

A) 1, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 4, 6 D) 1, 3, 4

131. 1871-yil Italiyada qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra, … aholidan … kishi saylov huquqiga ega bo‘ldi. A) 27 mln., 600 ming B) 31 mln., 400 ming

C) 50 mln., 300 ming D) 38 mln., 800 ming

132. Italiyada cherkov va davlat munosabatini tartibga soluvchi qonun nechanchi yilda qabul qilingan?

A) 1873-yil B) 1878-yil C) 1871-yil D) 1881-yil

133. XIX asr oxirida Italiya hukumati mamlakatni qaysi davlatlar bilan bog‘laydigan ikkita tunnel qurdi?

A) Fransiya va Shveysariya

B) Ispaniya va Fransiya

C) Polsha va Germaniya

B) Ispaniya va Germaniya

134. Italiyada XIX asr oxirlarida qabul qilingan cherkov va davlat munosabatini tartibga soluvchi qonun mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Rim papasi muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilindi va uning qarorgohi joylashgan shahar-davlat – Vatikanga boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabat o‘rnatish huquqi berildi

B) maktab cherkovdan, cherkov maktabdan ajratildi, katolik diniga tegishli bo‘lgan yerlarning katta qismi davlat ixtiyoriga olindi

C) Rim papasi hokimiyati Vatikan bilan cheklab qo‘yildi, u Italiya hukumati bilan kelishib ish ko‘rishi belgilandi, cherkovning erkin tashviqot o‘tkazishi taqiqlandi

D) Rim papasi muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilindi, ammo uning qarorgohi joylashgan shahar – Vatikanga boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabat o‘rnatish taqiqlandi, cherkov qoshidagi maktablar yopildi

135. XX asr boshida Italiyada qaysi aksiyadorlik jamiyati kimyo, rezina, mashinasozlik, elektr, avtomobil sanoati va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda ustunlik mavqeyini egallab oldi?

A) “Ferari” B) “Forsa” C) “Fila” D) “Fiat”

136. Italiya Sotsialistik partiyasi echanchi yil tuzilgan?

A) 1892-yil B) 1889-yil C) 1882-yil D) 1896-yil

137. 1898-yil Italiyaning qaysi shahrida ro‘y bergan umumiy ish tashlash 5 kunlik barrikada janglariga aylanib ketdi?

A) Neapol B) Milan C) Genuya D) Turin

138. Italiyaning mashhur siyosiy arbobi J. Jolitti ma’lum uzilishlar bilan bo‘lsa-da nechanchi yillar oralig‘ida hukumatni boshqardi?

A) 1902-1911-yillar B) 1903-1914-yillar

C) 1898-1913-yillar D) 1899-1912-yillar

139. Saylovda qatnashish uchun fuqaroning ma’lum darajada mulkka ega bo‘lishi qaysi atama bilan izohlanadi?

A) mulk senzi B) saylov senzi C) fraksiya

D) referundum

140. Italiya siyosiy arbobi J. Jolittining fikricha, nima mehnat va kapital o‘rtasida hakam vazifasini bajarishi lozim edi?

A) ishchilar sinfi B) korxona C) davlat

D) sanoat tovari

141. 1881-yil Tunis masalasida Italiya va Fransiya o‘rtasida paydo bo‘lgan nizoli vaziyat nechanchi yilga kelib bartaraf etildi?

A) 1909-yil B) 1902-yil C) 1898-yil D) 1907-yil

142. Adua yonida jang bo‘lgan yili O‘rta Osiyoda …

A) Arxeologiya havaskorlari to‘garagi tashkil etildi

B) Qo‘qon shaharida ikkinchi jadid maktabi ochildi

C) Bobo Go‘klan qo‘zg‘oloni bostirildi

D) Namangan uyezdining Naymanchi, Ko‘hna mozor, Langarbob qishloqlarida qo‘zg‘olon bo‘ldi

143. Italiya nechanchi yilda Efiopiyani bosib olish maqsadida bu davlatga hujum qildi?

A) 1896-yil B) 1895-yil C) 1898-yil D) 1894-yil

144. XIX asr oxirida Italiya Afrikadagi qaysi hududlarni bosib oldi?

A) Somali va Eritriya B) Gana va Mali

C) Gveniya va Angola D) Keniya va Uganda

145. Adua yonidagi jangda Italiya qancha italyan askari halok bo‘lgan?

A) 10 ming B) 8 ming C) 11 ming D) 5 ming

146. 1902-yil Italiya qaysi davlat bilan bitim imzoladi?

A) Angliya B) Turkiya C) Fransiya

D) Germaniya

147. Italiya 1909-yili qaysi davlat bilan Bolqon yarimorolidagi o‘z manfaatlarini quvvatlovchi bitim tuzdi?

A) Angliya B) Rossiya C) Fransiya

D) Germaniya

148. 1876-yil qaysi davlatda boshlangan qo‘zg‘olon bayrog‘ida “Ozodlik yoki o‘lim” deb yozilgan edi?

A) Avstriya B) Italiya C) Bolgariya

D) Chernogoriya

149. Bolgariya davlati boshlig‘i etib saylangan Aleksandr Battenberg asli kim edi?

A) venger senatori B) pruss zobiti

C) rus olimi, ixtirochi D) serb generali

150. Aleksandr Battenbergning Bolgariya davlati boshlig‘i etib saylanishini qaysi davlat taklif qilgan edi?

A) Angliya B) Rossiya C) Avstriya-Vengriya

D) Germaniya

151. 1877-1878-yillarda buzilgan Rossiya-Bolgariya diplomatik munosabatlari nechanchi yilda tiklangan?

A) 1896-yil B) 1898-yil C) 1901-yil D) 1903-yil

152. … yilda … madadiga tayangan Bolgariya o‘zini Turkiyadan to‘la mustaqil davlat deb e’lon qildi.

A) 1908, Avstriya-Vengriya B) 1912, Rossiya

C) 1909, Buyuk Britaniya D) 1911, Germaniya

153. Berlin kongressi Novi-Pazar hududi Turkiya qo‘l ostida qoldirildi. Kuchli davlatlarning bundan ko‘zlagan maqsadi nima bo‘lgan?

A) Bolgariyaning kuchayib ketmasligi

B) Avstriy-Vengriya va Rossiyaning O‘rtayer dengiziga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik

C) Bosniya va Gersegovinaning birlashuviga yo‘l qo‘ymaslik

D) Serbiya va Chernogoriyaning birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik

154. Bolgariyada nechanchi yilda hokimiyat tepasiga germanparast hukumat keldi?

A) 1914-yil B) 1912-yil C) 1913-yil D) 1911-yil

155. XIX asr 60-yillari oxirlarida mustaqil demokratik Bolgariya Respublikasini barpo etish rejasini ilgari surgan jasur bolgar inqilobchisini aniqlang.

A) Xristo Botev B) Vasil Levskiy

C) A.Battenberg D) Ferdinand Koburgskiy

156. Mustaqil Bolgariya davlati konstitutsiyasi nechanchi yilda qabul qilingan?

A) 1878-yil B) 1876-yil C) 1891-yil D) 1879-yil

157. Aleksandr Battenberg Bolgariya taxtidan voz kechgan yili …

A) “Turkiston viloyatni idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom” chiqdi

B) “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘grisidagi vaqtli nizom loyihasi” chiqdi

C) “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom” chiqdi

D) Amudaryo flotiliyasi tashkil etildi

158. Bolgariyaning qaysi davlat boshlig‘i armiyada xizmat qilayotgan rus zobitlarini xizmatdan bo‘shatib, ularning o‘rnini nemis zobitlari bilan to‘ldirdi?

A) Xristo Botev B) Vasil Levskiy

C) A.Battenberg D) Ferdinand Koburgskiy

159. Italiya va Fransiya o‘rtasida 1902-yil imzolangan bitimga ko‘ra, tomonlar …

A) ikki davlatning biri boshqa davlatning hujumiga uchraydigan bo‘lsa, o‘zaro qat’iy betaraflik majburiyatini oldilar

B) Italiya Efiopiyani o‘z ta’siridan tashqari deb tan oldi, Fransiya esa Eritriysga da’vo qilmayslik majburiyarini oldilar

C) ikki davlatning biri boshqa davlatning hujumiga uchraydigan bo‘lsa, o‘z hududida harbiy safarbarlik e’lon qilishi va urushga kirish majburiyatini oldilar

D) Italiya va Fransiya o‘rtasidagi hududiy nizolar Somalini bo‘lib olish orqali yakunlanishini kelishib oldilar

160. Bolqondagi jurnallardan biri “Kalendari kombiar” nechanchi yili “Biz uyquda yotibmiz, bu vaqtda esa bizning ustimizda savdolashmoqdalar” deb yozgan edi?

A) 1908-yil B) 1905-yil C) 1911-yil D) 1902-yil


V BOB. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA OSIYO DAVLATLARI



1. Qachon Yaponiyada feodal zamindor samuraylar, dehqon, hunarmand va savdogar tabaqalari rasman teng huquqli deb e’lon qilindi.

A) 1869-yil B) 1871-yil C) 1879-yil D) 1889-yil

2. Inglizlar Eronda shoh hukmronligiga qarshi qaysi qabilarni gijgijlab turdilar?

A) kojarlar B) baxtiyorlar C) zendlar D) kurdlar

3. Yaponiyada sanoat rijovlanishi davrida birinchi galda qaysi sanoat sohasi tez rivojlandi.

A) kimyo B) kemasozlik C) mashinasozlik

D) to‘qimachilik

4. Yaponiya taraqqiyotidagi quyidagi qaysi xususiyati bilan Rossiya Imperiyasiga o‘xshab ketardi?

A) monopolistik kapitalizm feodal-monarxiya qoldiqlari bilan chirmashib ketishi

B) mustamlaka hududlarini bosib olishga kuchli intilish

C) sanoat va qishloq xo‘jaligida chet el kapitalining hukmronligi

D) sanoat korxonalarining asosiy qismi harbiy sohaga yo‘naltirilganligi

5. Yaponiyada Myedze islohotidan keyin chorak asr davomida qancha korxona qurildi?

A) 700 ta B) 900 ta C) 1300 ta D) 1500 ta

6. Quyida berilgan davlatlarda 1900-1913-yillarda sanoat ishlab chiqarish sur`atlari to‘g‘ri belgilangan javobni toping.

1) Germaniya; 2) AQSH; 3) Yaponiya

a) 85%; b) 54%; c) 181%;

A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-b, 2-a, 3-c

C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-a, 2-b, 3-c

7. Yaponiyada huquqsiz quyi tabaqa haqida qonun qabul qilingan yili ...

A) O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati tashkil etildi

B) temiryo‘l Samarqandga qadar qurib kelindi

C) Toshkentda xalk kutubxonasi tashkil etildi

D) Turkiston muzeyi ochildi

8. 1889-yil 11-fevralda qabul qilingan Yaponiya Konstitutsiyasi qaysi davlat Konstitutsiya namunasi asosida tuzilgan.

A) Fransiya B) AQSH C) Prussiya D) Turkiya

9. 1889-yil 11-fevralda qabul qilingan Yaponiya Konstitutsiyasiga ko‘ra, ...

A) mamlakatda ikki palatali (yuqori – perlar va quyi – vakillar) parlament joriy etildi

B) mamlakatda bir palatali parlament (vakillar palatasi) joriy etildi

C) mamlakatda imperator hokimiyati Maxsus Kengash tomonidan cheklandi

D) mamlakatda bir palatali (perlar palatasi) parlament joriy etildi

10. 1889-yil 11-fevralda qabul qilingan Yaponiya Konstitutsiyasi ko‘ra, aholiga necha yoshdan saylash huquqi berilgan?

A) 18 yosh B) 21 yosh C) 23 yosh D) 25 yosh

11. Quyidagi voqealardan qaysi biri 1875-yilda sodir bo‘lgan?

A) Yaponiya Ryukyu orolini bosib oldi

B) Yaponiya tashabbusi bilan Seulda saroy to‘ntarishi o‘tkazdi

C) Yaponiya Koreyaga hujum qildi va Kanxva orolini bosib oldi

D) Yaponiya Janubiy Saxalin hisobiga Kuril orollarini Rossiyadan ajratib, o‘ziga qo‘shib oldi

12. 1894-1895-yillardagi Yaponiya-Xitoy urushi davrida 1894-yil Xitoy qo‘shinlari qayerda mag‘lubiyatga uchradi?

A) Seul yaqinida B) Susima orollarida

C) Pxenyan yonida D) Chemulpo qal’asida

13. Eronda ingliz monopolisti Reyter “Shohanshohbank” ochishga erishgan yili ...

A) AQSH davlat kotibi Xeyning “Ochiq eshiklar va teng imkonyatlar” siyosati e’lon qilindi

B) Avstriya-Vengriya imperiyasida Gabsburglar sulolasi hokimiyatga keldi

C) Xitoyda Ixetuan qo‘zg‘oloni boshlandi

D) AQSH Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi

14. XIX asrning 70-yillarida Xitoyning nechta porti (bandargohi) ajnabiylar uchun ochib berilgan?

A) 23 B) 12 C) 34 D) 26

15. 1897-yilda Germaniya Szyaochjouvan ko‘rfasini bosib oldi va Xitoyning qaysi viloyatuni o‘z ta’sir doirasiga oldi?

A) Yunan B) Shandun C) Futsziyan D) Yanszi

16. XIX asr oxirlarida Xitoyning eng boy hududi – Yanszi daryosi havzasi qaysi davlat ta’sir doirasiga tushib qoldi?

A) Yaponiya B) Angliya C) AQSH D) Rossiya

17. Shimoliy Xitoyda birinchi temiryo‘l ishga tushgan yili ...

A) Amudaryo flotiliyasi ta’sis etildi

B) Kaspiyorti viloyati tashkil etildi

C) Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg‘ona viloyati tuzildi

D) Toshkentda Turkiston muzeyi ochildi

18. Yaponiya Xitoydan bosib olgan qaysi orol amerikalik savdo-sanoatchilar uchun “ochiq” deb e’lon qilindi?

A) Tayvan B) Ryukyu C) Susima D) Xaynan

19. XIX asr oxiri va XX asr boshida Xitoydagi qaysi ijtimoiy-siyosiy harakat shiori “Manjur sinlarini haydab chiqaramiz, chet elliklarni yo‘qatamiz” bo‘lgan?

A) “Taypinlar" B) “Xitoy uyg‘onish jamiyati”

C) “Ixetuan” D) “Xitoy Kommunistik Partiyasi”

20. Sharqda birinchi bo‘lib Yevropa tajribalaridan foydalangan Osiyo davlatini aniqlang.

A) Xitoy B) Hindiston C) Eron D) Yaponiya

21. 1911-yil 29-dekabrda Nankinda to‘plangan inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat Majlisi Xitoyni respublika deb e’lon qilib, uning vaqtinchalik prezidenti etib kimni sayladi?

A) Sun Yat Senni B) Yuan Shikayni

C) Mao Szedunni D) Pan Gi Munni

22. Xitoycha “sinxay” so‘zi o‘zbek tilida qanday ma’noni anglatadi.

A) yil B) hukmdor C) shimol D) saroy

23. Xitoyda Sin sulolasi (1644-1911)dan avval qaysi sulola hukmronlik qilgan?

A) Yuan B) Suy C) Sun D) Min

24. 1886-yilda Hindistonda to‘qimachilik sanoatida nechta fabrika bor edi?

A) 67 ta B) 78 ta C) 95 ta D) 89 ta

25. XIX asr oxiri – XX asr boshida Hindistondagi asosiy sanoat korxonalari qayerlarda joylashgan?

A) ma’muriy markaz bo‘lgan shaharlar atrofida

B) dengizbo‘yi-port shaharlari yaqinida

C) oltin va mis konlari yaqinida

D) ishchi kuchi ko‘p yirik shaharlarda

26. Hindistonda XIX asr oxirlarida qishloq xo‘jaligida monokultura vujudga keldi. Quyidagi hududdan qaysi biri choy yetishtirishga ixtisoslashdi?

A) Assam B) Panjob C) Seylon D) Tamil

27. XIX asr oxirida quyudagi qaysi davlatda “Musulmonlar ligasi” deb nom olgan siyosiy tashkilot paydo bo‘ldi?

A) Hindistonda B) Eronda C) Afg‘onistonda

D) Turkiyada

28. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga bosqinchilik yurishining uchinchi bosqichi tugagan yili...

A) ingliz ma’muriyati Hindistondagi milliy tillarda chiqadigan matbuot haqida qonun qabul qildi

B) Yaponiyada huquqsiz quyi tabaqa haqidagi qonun bekor qilindi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə