Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə45/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60

C) Yaponiya Ryukyu orolini bosib oldi

D) Eronda shoh Muzaffariddin vafot etdi

29. Qaysi hukmdor savdo-sotiqqa halal beradigan qaroqchilarga qarshi kurashib, ularni temir qafaslarga solib, yo‘l yoqasidagi ustunlarga osib qo‘yar, ular ochlik va tashnalikda o‘limga mahkum qilinar edi?

A) Shoh Muzaffariddin B) Abdulhamid II

C) Amir Abdurahmon D) Habibullaxon

30. Hindistonda XIX asr oxirlarida qishloq xo‘jaligida monokultura vujudga keldi. Bombey va Markaziy Hindiston nima yetishtirishga ixtisoslashdi.

A) kanop B) choy C) paxta D) bug‘doy

31. Nechanchi yildan keyin Hindiston Angliyaning bo‘lg‘usi jahon urushi rejalarida muhim rol o‘ynay boshladi.

A) 1910-yil B) 1908-yil C) 1912-yil D) 1913-yil

32. “Milliy Kongress inqilobdan arzonroq” so‘zlari kimga tegishli?

A) lord Dafferin B) qirolicha Viktoriya

C) Kerzon D) U. Cherchil

33. 1880-yilda “Kesari” (Sher) gazetasini kim tashkil etgan?

A) Tilak B) J.Neru C) Lakshmi Bay D) M.Gandi

34. Hindistonning Bombay shahrida muayyan dasturga ega siyosiy partiya – “Hindiston Milliy Kongressi” (HMK) qachon tuzilgan?

A) 1888-yil B) 1878-yil C) 1885-yil D) 1894-yil

35. 1905-yil oktabr oyida ingliz mustamlakachilari Bengaliyani ikki qismga bo‘lib tashladilar. Bunga sabab nima edi?

A) Bengaliya mustamlakachilikka qarshi kurashning eng kuchli harakat markazlaridan biriga aylangan edi

B) inglizlar hind-musulmon raqobatini kuchaytirish va ular o‘rtasida nizo keltirib chiqarish maqsadida

C) Bengaliyadagi separatchilik harakatini kuchsizlantirish uchun

D) sharqiy Bengaliyani 1902-yildagi shartnomaga ko‘ra Fransiya mandatiga o‘tkazish uchun

36. Hindistonning qaysi shahrida 100 ming kishi qatnashgan namoyish bo‘lgan edi?

A) Madras B) Dehli C) Bombey D) Kalkutta

37. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Eronga kapital chiqarish bo‘yicha qaysi davlat birinchi o‘rinda edi?

A) Buyuk Britaniya B) Rossiya C) Fransiya

D) Germaniya

38. XIX asr oxirida Sharqda qaysi hukmdor ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to‘sqinlik qiluvchi qonun va tartiblarni bekor qildi?

A) Musixito B) Abdulhamid II C) Habibullaxon

D) Amir Abdurahmon

39. XIX asrning ikkinchi yarmida qaysi Osiyo davlatida yerning mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishiga qarshi qonun chiqarilgan?

A) Hindistonda B) Yaponiyada C) Eronda

D) Xitoyda

40. XIX asrning ikkinchi yarmida Yaponiya sanoat ishlab chiqarishi Rossiyadan necha barobar tezroq rivojlandi?

A) 6 B) 4 C) 10 D) 3

41. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qaysi davlatda hokimiyat pomeshik-burjuaziya bloki qo‘lida bo‘lgan?

A) Fransiya B) Angliya C) Xitoy D) Yaponiya

42. Bir davlat hududini zo‘ravonlik yo‘li bilan butunlay yoki qisman o‘z davlatiga qo‘shib olish qanday atama bilan izohlanadi?

A) intervensiya B) separatsiya C) dominion

D) anneksiya

43. 1889-yil Yaponiyada qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra imperator qanday vakolatlarga ega bo‘ldi?

1) mavjud barcha huquqlarini saqlab qoldi; 2) parlamentni chaqirish, ochish, tarqatib yuborish huquqiga ega bo‘ldi; 3) barcha qonunlarning loyihasini tasdiqlash va bekor qilish; 4) qonunlar o‘rniga oliy farmonlar chiqarish, qo‘shinlarning Oliy bosh qo‘mondoni bo‘lish, urush e’lon qilish, sulh tuzish; 5) Vazirlar Kengashining hisobotini qabul qilish; 6) saylovlarni belgilash va bekor qilish.

A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 6

44. XIX asr oxirlarida Yaponiyaning bosqinchilik rejalari asosan qaysi hududga qaratildi?

A) Koreya, Xitoy, Tinch okeani havzasiga

B) Tinch okeani, Janubiy Rossiya, Hindixitoyga

C) Okeaniya, Xitoy, Janubiy-Sharqiy Osiyoga

D) Tinch okeanining janubiy havzalari, Hindixitoyga

45. Yaponiya tomonidan Seulda saroy to‘ntarilishi o‘tkazilgan yili ...

A) Avstriya sotsial-demokratik partiyasi tuzildi

B) Nikolay II Rossiya imperiyasi taxtiga chiqdi

C) Parijda AQSH-Ispaniya shartnomasi imzolandi

D) Yaponiya 10 yillik qurollanish dasturini qabul qildi

46. Yaponiya-Xitoy urushi natijasida Simonoseki sulhiga ko‘ra ...

1) Xitoy Koreyaning mustaqilligini tan oldi; 2) Xitoy Tayvan, Ryukyu, Shandun viloyatlarini Yaponiyaga berdi; 3) Xitoy Lyaodun, Tayvan, Penxu orollarini Yaponiyaga berdi; 4) Xitoy Marshal va Marian orollarini Yaponiyaga berdi; 5) Yaponiya o‘z savdosi uchun Xitoy hududida sanoat korxonalarini qurish va ulardan foydalanish huquqini oldi; 6) Xitoy Tinch okeani hududida savdo-sotiq aloqalarini olib borishdan mahrum bo‘ldi.

A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 4, 6 D) 1, 3, 5

47. XIX asr oxirida Xitoy hududining mustamlakachi mamlakatlar tomonidan egallab olinishidagi to‘g‘ri javobni aniqlang.

1) Germaniya; 2) Fransiya; 3) Rossiya; 4) Buyuk Britaniya; 5) Yaponiya.

a) Szyaochjouvan, Shandun; b) Suamchjuvan ko‘rfazi; c) Futsziyan viloyati; d) Veyxay, Yanszi daryosi havzasi; e) Port-Artur.

A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c B) 1-a, 2-e, 3-b, 4-c, 5-d

C) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c D) 1-a, 2-c, 3-e, 4-d, 5-b

48. 1902-yilda qaysi davlatlar o‘rtasida 5 yillik bitim tuzildi?

A) Fransiya va Turkiya B) Angliya va Yaponiya

C) Xitoy va Angliya D) Germaniya va Yaponiya

49. Yaponiyaning Rossiyaga qarshi urushida qaysi davlatlar uni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan?

A) Germaniya, Fransiya, AQSH

B) Ispaniya, Gollandiya, Angliya

C) Belgiya, Portugaliya, Fransiya

D) AQSH, Gollandiya, Portugaliya

50. 1895-yilda qaysi davlatda 10 yillik qurollanish dasturi qabul qilindi?

A) Xitoyda B) Turkiyada C) Rossiyada

D) Yaponiyada

51. Xitoy bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida 1876-yili tuzilgan konvensiyaga ko‘ra ...

A) Buyuk Britaniya Xitoydagi 26 ta portni ochdi va shu yerda bojsiz savdo qilish huquqiga eda bo‘ldi

B) Buyuk Britaniya Xitoyning 10 dan ortiq portiga erkin kirish, qator viloyatlarda imtiyozli savdo qilish huquqiga ega bo‘ldi

C) Xitoyga tashki dusman xavf soladigan bo‘lsa, Buyuk Britaniya harbiy kuch bilan yordam berishga, buning evaziga Xitoy inglizlarda Xitoy hududida sanoat korxonalari qurish huquqini berdi

D) Buyuk Britaniya Xitoyga 20 yilga, 10 mln. funt-sterling miqdorida qarz beradigan bo‘ldi

52. 1902-yil Yaponiya va Buyuk Britaniya shartnomasi orqali qaysi hudud masalasida kelishib oldi?

A) Tinch okeani havzasi B) Koreya C) Xitoy

D) Janubiy-Sharqiy Osiyo

53. Yaponiya Koreya yarimorolini harbiy kuch ishlatib, qonunga zid ravishda o‘ziga qo‘shib olgan yili O‘rta Osiyoda ...

1) Buxoroda “Tarbiyai atfol” jamiyati tuzildi; 2) Munavvar Qori “Jamiyati xayriya”ni tuzdi; 3) Mahmudxo‘ja Behbudiy islom tarixiga oid asar yozdi; 4) Xiva xonligi taxtiga Asfandiyorxon chiqdi; 5) Xiva xonligi bosh vaziri Islomxo‘ja qatl etildi; 6) Abdulla Avloniy islom tarixiga oid asar yozdi.

A) 1, 4, 6 B) 1, 5 C) 2, 3 D) 1, 3, 5

54. Shimoliy Xitoyda 1897-yilda chet el firmalari qanchani tashkil etar edi?

A) 500 ga yaqin B) 600 ga yaqin

C) 100 dan ortiq D) 300 ga yaqin

55. Qaysi Osiyo davlatining Yevropa davlatlari bilan savdodagi hissasi 1890-yilda 40 mln. ni tashkil qilgan?

A) Turkiya B) Yaponiya C) Xitoy D) Eron

56. 1880-yilda qaysi davlat Vyetnamni bosib oldi?

A) Yaponiya B) AQSH C) Angliya D) Fransiya

57. XIX asr oxiri – XX asr boshida Xitoyni inqilob yo‘liga yetaklagan rahnamo kim edi?

A) Chan Kayshi B) Xey C) Sun Yat Sen

D) Yuan Shikay

58. XIX asr oxirida “Xitoy uyg‘onish jamiyati” kim tomonidan tuzilgan?

A) Chan Kayshi B) Xey C) Sun Yat Sen

D) Yuan Shikay

59. XIX asr oxiri – XX asr boshida Xitoydagi harakat “Ixetuan” qanday ma’noni bildiradi?

A) cheklanmagan hokimiyatni tugatish

B) to‘xtovsiz hujum qilish

C) milliy mustaqil farovon davlat

D) tinchlik va adolat uchun ko‘tarilgan musht

60. Xitoyda “Ixetuan” harakati qo‘zg‘olon tusini olgan yili O‘rta Osiyoda ...

A) S.Duxovskoy Turkiston general-gubernatori lavozimini egalladi

B) Andijonda Shamsiddin domla jadid maktabini tashkil qildi

C) Buxoro amirligi hududidan temiryo‘l o‘tkazildi

D) Nurillaboy saroyining qurilishi boshlandi

61. 1900-yil Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirgan davlatlarni aniqlang.

A) Germaniya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Rossiya va Avstriya-Vengriya

B) Gollandiya, Portugaliya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Rossiya va Belgiya

C) Ispaniya, Portugaliya, Belgiya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya, Shveysariya va Avstriya-Vengriya

D) Germaniya, Gollandiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya va Turkiya

62. 1900-yil Xitoyga qarshi intervensiyada qancha davlat qatnashgan?

A) 11 ta B) 10 ta C) 8 ta D) 9 ta

63. Intervensiya so‘zining ma’nosi nima?

A) ittifoq B) birlashuv C) aralashuv

D) qo‘shib olish

64. Ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma nima deb ataladi?

A) uniya B) edikt C) konvensiya D) entent

65. 1900-yil Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirgan davlatlar va Xitoy o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra ...

1) Xitoydagi qo‘zg‘olonda qatnashgan mansabdor shaxslarni qatl etish yoki surgun qilish talab etildi; 2) Pekin bilan dengiz sohili o‘rtasidagi yo‘llarni muhofaza qilish uchun ajnabiy davlatlarga Xitoyda o‘z qo‘shinlarini saqlashga ruxsat berildi; 3) Xitoy qo‘shinlarining barchasini demobilizatsiya qiladigan bo‘ldi; 4) Xitoy chet el interventlariga 33 mln. dollar tovon to‘lashga majbur etildi; 5) Xitoy chet el interventlariga 38 mln. dollar tovon to‘kishga majbur etildi; 6) Xitoyga qurol-aslaha kiritish taqiqlandi.

A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 5, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 6

66. Komprador so‘zining ma’nosi nima?

A) xarid qiluvchi B) birlashuv C) aralashuv

D) muhofaza qiluvchi

67. XX asr boshida xorijiy davlatlar ichida qaysi davlat Xitoy bilan tovar ayirboshlashda birinchi o‘rinda (50 foiz) turar edi?

A) Buyuk Britaniya B) Yaponiya C) Fransiya

D) AQSH


68. 1911-yil Xitoyning qaysi shahrida “Sinxay inqilobi” boshlandi?

A) Pekin B) Uxan C) Kanton D) Syangan

69. Xitoydagi milliy-ozodlik harakatining atoqli arbobi Sun Yat Sen nechanchi yillarda yashagan?

A) 1881-1928-yillar B) 1866-1925-yillar

C) 1871-1924-yillar D) 1868-1931-yillar

70. Xitoydagi milliy-ozodlik harakatining atoqli arbobi Sun Yat Sen qayerda tug‘ilgan?

A) Gongkongda B) Yuanchjou yaqinida

C) Nankinda D) Guanchjou yaqinida

71. Xitoydagi milliy-ozodlik harakatining atoqli arbobi Sun Yat Sen qaysi bilim yurtida tahsil olgan?

A) Nankinda huquqshunoslik institutini

B) Guanchjoudagi xorijiy tillar institutini

C) Gonkongdagi ingliz tibbiyot institutini

D) Pxenyandagi pedagogika institutini

72. Sun Yat Sen “Xitoy uyushmalari ittifoqi” degan siyosiy tashkilot tuzgan yilni aniqlang.

A) 1905-yil B) 1909-yil C) 1911-yil D) 1899-yil

73. Xitoyda “Minbao” deb nomlangan gazeta chiqa boshlagan yili Hindistonda ...

A) Kerzon universitetlarga kirish pulini ikki barobar oshirdi

B) Bal Gangadxara Tilak rahbarligida “so‘l” — radikal oqim shakllandi

C) Bombay viloyatining Surat shahrida Hindiston milliy kongressining qurultoyi chaqirildi

D) “Hindiston kengashlari haqida qonun” nomli hujjat qabul qilindi

74. 1911-yilda Xitoyda shakllangan ikki hokimiyatchilik davrida Pekindagi imperator hukumatining boshlig‘i kim edi?

A) Chan Kayshi B) Den Syo Pen C) Yuan Shikay

D) Yuan Mubao

75. 1912-yil Yuan Shikay hokimiyat tepasiga kelgach, birinchi ishni nimadan boshladi?

A) interventlarga qarshi qo‘shin to‘plashdan

B) inqilob qo‘shinlarini butunlay qurolsizlantirishdan

C) inqilob davrida katta yer egalaridan tortib olingan yerlarni qaytarib berishdan

D) soliqlarni oshirib, xazina tiklashdan

76. Xitoyda Gomindan partiyasi tuzilgan yilni aniqlang.

A) 1911-yil B) 1913-yil C) 1909-yil D) 1912-yil

77. Xitoyda “ikkinchi inqilob” deb nomlangan qo‘zg‘olon boshlangan yili O‘rta Osiyoda ...

A) Xiva xonligi bosh vaziri Islomxo‘ja qatl etildi

B) Fitrat islom tarixiga oid asar yozdi

С) “A-Meta” sindikati tashkil etildi

D) “Oyna” jurnali nashr etila boshlandi

78. Xitoyda “ikkinchi inqilob” deb nomlangan qo‘zg‘olonga kim boshchilik qilgan?

A) Chan Kayshi B) Yuan Mubao C) Sun Yat Sen

D) Yuan Shikay

79. Xitoyda “Yangi Xitoy Konstitutsiyasi” qabul qilingan yilni aniqlang.

A) 1914-yil B) 1911-yil C) 1909-yil D) 1912-yil

80. Hindistonda temiryo‘l tarmoqlari 1900-yilda qanchani tashkil qildi?

A) qariyb 25.000 km. ni B) qariyb 40.000 km. ni

C) 50.000 km. dan ziyodni D) salkam 15.000 km. ni

81. Hindistonda XIX asr oxirlarida qishloq xo‘jaligida monokultura vujudga keldi. Quyidagi hududdan qaysi biri bug‘doy yetishtirishga ixtisoslashdi?

A) Assam B) Panjob C) Seylon D) Bengaliya

82. Hindistonda XIX asr oxirlarida qishloq xo‘jaligida monokultura vujudga keldi. Quyidagi hududdan qaysi biri kanop yetishtirishga ixtisoslashdi?

A) Assam B) Panjob C) Seylon D) Bengaliya

83. Ingliz ma’muriyati Hindistondagi milliy tillarda chiqadigan matbuot haqida qonun qabul qilgan yili ...

A) “Turkiston viloyatining gazeti” chiqa boshladi

B) Mahmudxo‘ja Behbudiy tavallud topdi

C) Mingtepada Yetimxon qo‘zg‘olon ko‘tardi

D) general Lazerev turkmanlar yurtiga jo‘natildi

84. Ingliz ma’muriyati Hindistondagi milliy tillarda chiqadigan matbuot haqida qonun qabul qildi. Unga ko‘ra ...

A) hind gazetalaridagi senzura olib tashlandi

B) barcha gazetalar ingliz tilida chiqadigan bo‘ldi

C) matbuot nashrlari uch tilda chiqadigan bo‘ldi

D) barcha gazetalar inglizlar nazoratiga o‘tkazildi

85. Qaysi jamoat arbobi milliy mustaqillik uchun kurashda “kuch ishlatmaslik” yo‘lini tanlagan edi?

A) Sun Yat Sen B) Muhammad Tarziy

C) Bal Gangadxara Tilak D) Yuan Shikay

86. Ikkinchi ingliz-afg‘on urushida inglizlarni qo‘shinini yanchib tashlagan hukmdor kim edi?

A) Sheralixon B) Akbarshoh C) Abdurahmon

D) Ayubxon

87. Qaysi davlatda 1904-yilda 1 mln. odam vabodan qirilgan edi?

A) Xitoyda B) Hindistonda C) Eronda

D) Afg‘onistonda

88. Bal Gangadxara Tilak vafot etgan yili ...

A) Buxoro amirligi va Xiva xonligi tugatildi

B) Xiva va Buxoroda milliy teatr tashkil qilindi

C) Nurillaboy saroyi qurib bitkazildi

D) Andijonda milliy teatr tashkil qilindi

89. “Xudo Hindistonni xorijiy mamlakatlarga hech qachon hadya qilgan emas”, ushbu so‘zlar kimga tegishli?

A) Bal Gangadxara Tilakka B) Indira Gandiga

C) Javohirlal Neruga D) Mahatma Gandiga

90. XX asr boshida qaysi davlatda milliy sanoatni rivojlantirish maqsadiga xizmat qiluvchi “Paysa fond” tashkil qilingan edi?

A) Turkiyada B) Afg‘onistonda C) Eronda

D) Hindistonda

91. 1909-yilda “Hindiston kengashlari haqida qonun” nomli hujjat qabul qildi. Bu qonunga ko‘ra saylovlar ...

A) hamma qatnashadigan tadbirga aylandi

B) inglizlarning ishtirokida va qat’iy nazoratida o‘tkaziladigan bo‘ldi

C) yil davomida bosqichma-bosqich o‘tkaziladigan bo‘ldi

D) diniy jamoa asosida o‘tkaziladigan bo‘ldi

92. Bombay viloyatining Surat shahrida Hindiston milliy kongressining qurultoyi chaqirilgan yilni aniqlang.

A) 1908-yil B) 1909-yil C) 1911-yil D) 1899-yil

93. Inglizlarning tashabbusi bilan Hindistonda hindlar va musulmonlarning saylovda alohida-alohida ovoz berishga erishishdan inglizlarning maqsadi nima edi?

A) mamlakatni ikki qismga bo‘lib yuborish

B) o‘zaro diniy mojarolarning oldini olish

C) hindlar va musulmonlar o‘rtasiga nifoq solish

D) ingliz tilini davlat tili darajasiga ko‘tarish

94. 1872-yili Eronning neft konlaridan foydalanish, tosh va temiryo‘l qurish konsessiyalariga ega bo‘lgan davlatni aniqlang.

A) Fransiya B) Buyuk Britaniya C) Rossiya

D) Germaniya

95. Reyter Eronda “Shahanshohbank” ochgan bo‘lib, bakk Eronda qanday huquqni oldi?

A) qog‘oz pullar chiqarish va mamlakat yerosti boyliklaridan erkin foydalanish

B) temiryo‘llar qurish, ko‘mir konlaridan foydalanish

C) rangli metall konlaridan foydalanish, paxta mahsulotlarini bojsiz mamlakatdan olib chiqib ketish

D) ekin maydonlari va sanoat korxonalaridan keladigan daromadlarga egalik qilish

96. Birinchi jahon urushi arafasida Eronning Buyuk Britaniyadan ... funt-sterling, Rossiyadan esa ... rubl qarzi bor edi?

A) 10,4 mln., 280 mln. B) 8,6 mln., 189 mln.

C) 6,4 mln., 210 mln. D) 9,6 mln., 164 mln.

97. Eronda inqilob davrida mehnatkash xalqning shoh hukumatiga qarshi kurashdagi “best” usuli qanday edi?

A) masjid va qabristonlarda tinch o‘tirib, sust qarshilik ko‘rsatish

B) yoppasiga ish tashlash

C) faqat tungi hujumlarni uyushtirish, kunduz kunlari urushga tayyorgarlik ko‘rish

D) saroy amaldorlarini o‘z tomonlariga og‘dirish usuli

98. Eron inqilobining birinchi davri nechanchi yillarda bo‘lgan?

A) 1904-1905-yillar B) 1905-1907-yillar

C) 1907-1909-yillar D) 1907-1910-yillar

99. Eron inqilobining ikkinchi davri nechanchi yillarda bo‘lgan?

A) 1911-1912-yillar B) 1905-1907-yillar

C) 1907-1911-yillar D) 1909-1910-yillar

100. Eronda shoh Muzaffariddin vafot etgach, taxtga kim chiqqan?

A) Abdulhamid B) Ahmad shoh C) Mahmud shoh

D) Muhammad Alishoh

101. Eronda inqilob davrida qabul qilinayotgan qonunlarning shariatga muvofiqligi ustidan nazorat qilish uchun kimlar tayinlanadigan bo‘ldi?

A) besh ulug‘ ulamo

B) uchta yirik shayxulislom

C) masjid imomlaridan har bir viloyatdan bittadan vakil

D) yettita ulug‘din ulamosi

102. 1906-yil 9-sentabrda Eron shohi xalq tazyiqi bilan Majlisga saylovlar o‘tkazish haqida farmon chiqardi. Unga ko‘ra qaysi ijtimoiy tabaqalar saylov huquqiga ega bo‘ldilar?

A) qojarlar, harbiylar, ruhoniylar, ishchilar, saroy amaldorlari, mardikorlar, ajnabiylar – jami 7 qatlam

B) qojarlar, ruhoniylar, savdogarlar, zamindorlar va dehqonlar, hunarmandlar – jami 6 ijtimoiy qatlam

C) qojarlar, harbiylar, dehqonlar, ishchilar, shifokorlar, mardikorlar – jami 6 qatlam

D) qojarlar, ruhoniylar, savdogarlar, baxtiyor qabilalari, harbiylar, dehqonlar, ishchilar, shifokorlar, mardikorlar – jami 10 qatlam

103. Eronda Shoh Muzaffariddin konstitutsiyaning birinchi qismini tasdiqlagan yili O‘rta Osiyoda ...

A) “Shuhrat” gazetasi tashkil qilindi

B) “Al-Izoh” jurnali tashkil qilindi

C) “Taraqqiy” gazetasining birinchi soni chiqdi

D) “Oyna” jurnalining birinchi soni chiqdi

104. Nechanchi yilda Rossiya kazak qo‘shinlari Eronda Majlis binosini to‘pga tutdi?

A) 1907-yil B) 1909-yil C) 1911-yil D) 1908-yil

105. Eronda inqilodning ikkinchi davrida shoh qanday ishlarni amalga oshirdi?

1) zamindor zodagonlarning nafaqasini qisqartirildi; 2) feodal zamonga xos bo‘lgan unvonlar bekor qilindi; 3) poraxo‘rlik, tamagirlikka qarshi kurash to‘g‘risida qonun e’lon qilindi; 4) Shoh Eron konstitutsiyasining eng muhim demokratik mazmundagi moddalarini tasdiqlab imzo chekishga rozi bo‘ldi; 5) yangi konstitutsiya qabul qilindi; 6) barchaning saylovda ishtirok etishi ta’minlandi.

A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 5, 6 C) 1, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4

106. 1907-yil Eron masalasidagi Rossiya-Buyuk Britaniya bitimiga ko‘ra ...

A) Eron uch qismga bo‘lindi: Shimoliy Eron Rossiya, Janubiy Eron Buyuk Britaniya ta’sir doirasiga o‘tdi, Eronning o‘rta qismi betaraf deb e’lon qilindi

B) Eron uch qismga bo‘lindi: Shimoliy Eron Buyuk Britaniya, Janubiy Eron Rossiya ta’sir doirasiga o‘tdi, Eronning o‘rta qismi Germaniyaga berildi

C) Eron uch qismga bo‘lindi: Shimoliy Eron Buyuk Britaniya, Janubiy Eron Rossiya ta’sir doirasiga o‘tdi, Eronning o‘rta qismi betaraf deb e’lon qilindi

D) Eron ikki qismga bo‘lindi: Eron uch qismga bo‘lindi: Shimoliy Eron Rossiya, Janubiy Eron Buyuk Britaniya ta’sir doirasiga o‘tdi

107. Eronda Muhammad Alishoh taxtdan tushirilgan yili ...

1) Munavvar Qori boshchiligida “Jamiyati xayriya” tuzildi; 2) Peshovarda Abdumalik to‘ra vafot etdi; 3) Vyatkin Ulug‘bek rasadxonasi qoldiqlarini topdi; 4) F.Girs Turkiston o‘lkasini taftish qildi.

A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 3, 4

108. Eronda Muhammad Alishoh taxtdan tushirilgach, uning o‘rniga kim chiqarildi?

A) jiyani Abdulhamid shoh B) o‘g‘li Ahmad shoh

C) ukasi Mazaffar shoh D) akasi Abdulloh

109. Eron inqilobi qaysi davlatning yordamida bostirilgan?

A) Fransiya B) Portugaliya C) Rossiya

D) Turkiya

110. 1905-1911-yillardagi Eron inqilobi mamlakat ijtimoiy-siyosiy holatida qanday o‘zgarish yasadi?

A) inqilob yengildi, hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmadi

B) feodal-monarxiya tuzumidan respublika tuzumiga o‘tish bosqichi bo‘ldi

C) konstitutsiyaviy monarxiyadan respublika tuzumiga o‘tish bosqichi bo‘ldi

D) feodal-monarxiya tuzumidan konstitutsiyaviy monarxiyaga o‘tish bosqichi bo‘ldi

111. 1907-yilgi Eron masalasidagi Rossiya-Buyuk Britaniya bitimini Eron hukumati qachon tan oldi?

A) 1909-yil B) 1910-yil C) 1908-yil D) 1912-yil

112. Konsessiya so‘zining ma’nosi nima?

A) birlashuv B) to‘lov C) ruxsat etish

D) qog‘oz, hujjat

113. Afg‘onistonga qarshi 1873-yili Buyuk Britaniya Hindiston-Afg‘oniston chegarasida harbiy kuch to‘play boshlagach, afg‘on amiri Sheralixon Rossiyadan yordam so‘rab, elchi yubordi. Rossiya nima sababdan Afg‘onistonga harbiy yordam ko‘rsata olmadi?

A) Rossiya uchun O‘rta Osiyoni to‘la bo‘ysundirish va yaqinlashib qolgan Rossiya-Turkiya urushi muammolari

B) Qo‘qon xonligida ro‘y bergan o‘ta jiddiy siyosiy vaziyat va Eronni bo‘lib olishdagi muammolar

C) Rossiyaning Uzoq Sharqda Yaponiya, janubda Turkiya, Eron, O‘rta Osiyo bilan olib borilgan urushlar natijasida holdan toyishi

D) Angliyaning Rossiya qo‘ygan ultumatumi

114. 1873-yili Buyuk Britaniya Hindiston-Afg‘oniston chegarasida harbiy kuch to‘play boshlagach, afg‘on amiri Sheralixon Rossiyadan yordam so‘rab, elchi yubordi. Bunga javoban Rossiya Kobulga kimni elchi qilib jo‘natgan?

A) Lazerevni B) Stoletovni C) Stolipinni

D) Korolkovni

115. 1878-yil Angliyaning Afg‘onistonga qarshi urush boshlashiga nima bahona bo‘ldi?

A) Kobulda ingliz josusining o‘ldirilishi

B) Hirotdagi ingliz rezedensiyasining bosib olinishi

C) afg‘on amiri ingliz missiyasini Kobul shahrida qabul qilishdan bosh tortganligi

D) Ag‘onistonning Rossiya bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yganligi

116. Afg‘oniston-Buyuk Britaniya o‘rtasidagi Gandamak shartnomasi imzolangan yili ...

A) Farg‘ona vodiysida Po‘latxon qo‘zg‘oloni bostirildi

B) Eron-O‘rta Osiyo chegaralari belgilab olindi

C) Afg‘onistonda Qo‘qon xoni Xudoyorxon vafot etdi

D) Rossiya general Lazerevni turkmanlar yeriga jo‘natdi

117. Afg‘oniston-Buyuk Britaniya o‘rtasidagi Gandamak shartnomasini imzolagan afg‘on amirini aniqlang.

A) Sheralixon B) Afzalxon C) Abdurahmonxon

D) Yoqubxon

118. Afg‘oniston-Buyuk Britaniya o‘rtasidagi Gandamak shartnomasiga ko‘ra ...

A) Afg‘oniston amalda mustaqilligini yo‘qotdi, Kobulda ingliz rezidensiyasi ochildi

B) inglizlar Afg‘onistonni tark etadigan, buning evaziga afg‘on amiri Rossiya bilan har qanday shartnomani bekor qiladiga bo‘ldi

C) Afg‘oniston barcha davlatlar bilan savdo-sotiq qilishi belgilandi, Afg‘oniston mustaqilligi saqlab qolindi

D) Afg‘on amiri barcha harbiy kuchlarini tarqatib yuboradigan bo‘ldi, O‘rta Osiyo xonliklari bilan aloqalarni uzadigan bo‘ldi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə