Akbar Zamonov


II BOB. OSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə51/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60

II BOB. OSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI.

1. 1919-yilgi Parij tinchlik konferensiyasi mustamlakachilikning eski shaklini yangisi bilan almashtirdi. Qaysi javobda mustamlakachilikning ushbu yangi shakli ko‘rsatilgan?



A) Millatlar Ligasining mandat tizimi

B) Millatlar Ligasining intervensiyasi

C) Millatlar Ligasining dominion tizimi

D) Millatlar Ligasining konfederatsiyasi

2. Qaysi Yevropa davlati 1921-yilda Turkiya bilan do‘stlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi va unga 10 mln oltin so‘m hisobida moliyaviy yordam ko‘rsatdi?

A) Fransiya B) Buyuk Britaniya C) Rossiya

D) Italiya

3. 1921-1922-yillardagi Vashington konferensiyasida buyuk davlatlar mustamlakalarning daxlsizligiga kelishib olgan edilar. Biroq bu kelishuvni Osiyoda qaysi davlat birinchi bo‘lib buzdi?

A) Xitoy B) Afg‘oniston C) Turkiya

D) Yaponiya

4. Birinchi jahon urushidan keyingi yillarda Xitoyda qancha aholi yashar edi?

A) 1 mlrd ga yaqin B) 450 mln dan ortiq

C) 800 mln ga yaqin D) 360 mln dan ortiq

5. 1921-1922-yillardagi Vashington konferensiyasida buyuk davlatlar mustamlakalarning daxlsizligiga kelishib olgan edilar. Biroq bu kelishuvni Afrikada qaysi davlat birinchi bo‘lib buzdi?

A) Germaniya B) Fransiya C) Buyuk Britaniya



D) Italiya

6. Sovet-afg‘on do‘stlik shartnomasi imzolangan yilni toping.



A) 1921-yil B) 1923-yil C) 1919-yil D) 1925-yil

7. Versal shartnomasi qarorlariga qarshi qaysi mamlakatda “4-may harakatlari” nomli xalq noroziligi bo‘lib o‘tdi?

A) Turkiyada B) Xitoyda C) Eronda

D) Koreyada

8. Qaysi davlatda boshlangan intervessiyaga qarshi kurash tarixga “30-may harakati” nomi bilan kirgan?

A) Turkiyada B) Xitoyda C) Afg‘onistonda

D) Rossiyada

9. Quyidagi qaysi davlatda XX asrning 30-yillarida qabul qilingan hujjat xalq orasida “qullik konstitutsiyasi” deb ataldi?

A) Eronda B) Yaponiyada C) Afg‘onistonda

D) Hindistonda

10. “Sholi isyoni” nomi bilan tarixga kirgan harakat qachon va qaysi mamlakatda bo‘lib o‘tgan?

A) 1925-yil Hindistonda B) 1920-yil Xitoyda

C) 1918-yil Yaponiyada D) 1921-yil Xitoyda

11. 1918-yilda Xitoyda inqilobiy kurashning ikki yirik kuchi mavjud edi. Ular …



A) Gomindan va Xitoy Kommunistik partiyasi edi

B) Xitoy Milliy kengashi va Gomindan partiyasi edi

C) Xitoy sotsialistik partiyasi va Xitoy Kommunistik partiyasi edi

D) Xitoy inqilobiy qo‘mitasi va Gomindan partiyasi edi

12. Mamlakatni mustaqillikka yetaklovchi “milliylik, demokratiya va xalq farovonligi” tamoyili kimga tegishli?

A) Maxatma Gandiga B) Sun Yatsenga

C) Mustafo Kamolga D) Chan Kayshiga

13. Manchjou-Go davlati qachon va qayerda tashkil etilgan?



A) 1932-yil 1-martda Xitoyning shimoliy-sharqida

B) 1931-yil 3-mayda Xitoyning janubida

C) 1931-yil 3-mayda Xitoyning sharqida

D) 1933-yil 7-noyabrda Xitoyning janubiy-g‘arbida

14. Qaysi mamlakatdagi fuqarolar urushida nemis generali Fon Sekt harbiy operatsiyalarga boshchilik qilgan?

A) Turkiya B) Eron C) Xitoy D) Hindiston

15. Xitoy Sovet Respublikasi qachon tuzilgan?

A) 1931-yil mayda B) 1933-yil noyabrda

C) 1930-yil mayda D) 1931-yil noyabrda

16. Xitoy Sovet Respublikasi tuzilgach, kim davlat boshlig‘i etib saylandi?

A) Chan Kayshi B) Sun Yatsen C) Xo Shimin

D) Mao Szedun

17. Sun Yatsen nechinchi yillarda yashagan?



A) 1867-1925-yillar B) 1871-1924-yillar

B) 1865-1925-yillar D) 1869-1926-yillar

18. 1937-yil 21-avgustda Xitoy qaysi davlat bilan hujum qilmaslik haqida shartnoma imzoladi?

A) Germaniya B) Fransiya C) Sovet Rossiyasi

D) Buyuk Britaniya

19. Panjob shtatining poytaxti qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Peshovar B) Amritsar C) Lohur

D) Haydarabod

20. 1937-yildan 1945-yil kuzigacha davom etgan yapon-xitoy urushining 1937-yilida yaponlar Xitoyning qaysi shaharlarini bosib oldi?

A) Szyansi, Yanchjou, Xalxin Gol



B) Pekin, Shanxay, Nankin

C) Nankin, Sian, Kayfin

D) Xanchjou, Shanxay, Minbao

21. Xitoy-Yaponiya o‘rtasida Hasan ko‘lidagi urush nechanchi yilda bo‘lgan?

A) 1937-yil B) 1938-yil C) 1939-yil D) 1941-yil

22. Xitoy-Yaponiya o‘rtasida Xalxin Goldagi urush nechanchi yilda bo‘lgan?

A) 1937-yil B) 1938-yil C) 1939-yil D) 1941-yil

23. Birinchi jahon urushidan keyingi yillarda Hindistonda qancha aholi yashar edi?

A) 400 mln ga yaqin B) 250 mln atrofida

C) 600 mln ga yaqin D) 320 mln atrofida

24. Hindiston Milliy Kongressiga 1915-yildan boshlab kim boshchilik qilgan?

A) Maxatma Gandi B) B. G. Tilak

C) Muzaffar Ahmad D) Indira Gandi

25. “Satyagraxi” tushunchasining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) anarxizm va inqilobiy chiqishlarga qarshi tinch yo‘l bilan kutash



B) o‘z noroziligini tinch namoyishlar yo‘li bilan bildirish, zo‘ravonliksiz fuqaroviy bo‘ysunmaslik

C) muqaddas qadamjolarga kirib olib urushish, o‘tirib urushish

D) o‘z noroziligini keskin kurash yo‘li bilan bildirish, zo‘ravonlik orqali bo‘ysunmaslik

26. Manchjou-Go davlati tashkil etilgach, bu davlatni kim boshqargan?



A) manjurlar sulolasining so‘nggi imperatori Pu I

B) manjurlar sulolasining so‘nggi imperatori U Di

C) sin sulolasining so‘nggi imperatori Nurxachi

D) sin sulolasining so‘nggi imperatori Li Syu

27. Gandizmning asosida qanday g‘oya yotadi?

A) haqiqat, ishonch, hech kimga yomonlik qilmaslik

B) yaxshilikka yaxshilik bilan, yozuzlikka keskin javob berish

C) ezgu so‘z, ezgu amal, ezgu fikr

D) barcha din vakillarini bir g‘oya – faqat e’tiqod qilishga undash

28. Hind xalqining buyuk jamoat arbobi Maxatma Gandi nechanchi yillarda yashagan?

A) 1867-1935-yillar B) 1871-1946-yillar

B) 1865-1945-yillar D) 1869-1948-yillar

29. Turkiya birinchi jahon urushida qancha odam yo‘qotdi?

A) 800 ming B) 750 ming C) 500 ming

D) 650 ming

30. Qaysi davlatda anarxizm va inqilobiy chiqishlarga qarshi Rouletta qonuni qabul qilingan?

A) Turkiyada B) Xitoyda C) Eronda



D) Hindistonda

31. Buyuk Britaniya 1919-yil Hindistonni boshqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunga binoan deputatlarning qanchasini vitse-qirol tayinlaydigan bo‘ldi?



A) 50 foizini B) 40 foizini C) 38 foizini

D) 65 foizini

32. M. Gandining zo‘ravonliksiz bo‘ysunmaslik harakatining birinchi bosqichini nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?

A) 1919-1922-yillar B) 1915-1921-yillar

C) 1921-1930-yillar D) 1922-1931-yillar

33. Hindistondagi inqilobiy kurashlar davrida qaysi shaharda “Armiya kaltagi” nomli tashkilot faoliyat olib brogan edi?

A) Gujaratda B) Lohurda C) Amritsarda

D) Garaxpurda

34. Hindistonda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tuz solig‘i joriy etilgan yili O‘rta Osiyoda …

A) Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi

B) Sirdaryo viloyati tashkil etildi

C) Zarafshon okrugi tuzildi

D) Turkiston viloyati tashkil etildi

35. M. Gandining zo‘ravonliksiz bo‘ysunmaslik harakatining ikkinchi bosqichi nechanchi yil boshlandi?

A) 1928-yil B) 1931-yil C) 1930-yil D) 1933-yil

36. Qachon Turkiya Respublika deb e’lon qilindi?

A) 1924-yil 21- mayda B) 1923-yil 29-oktabrda

C) 1923-yil 18-martda D) 1922-yil 7-aprelda

37. Antanta davlatlari mustaqil Turkiya Respublikasini qachon va qaysi konferensiyada tan oldilar?

A) 1923-yil 24-iyulda Lozanna konferensiyasida

B) 1925-yil 8-dekabrda Lokarno konferensiyasida

C) 1922-yil 22-mayda Rapallo konferensiyasida

D) 1924-yil 11-iyulda London konferensiyasida

38. Turkiya og‘ir sharoitda 1921-yilning 16-martida qaysi davlat bilan Do‘stlik va birodarlik haqida shartnoma tuzdi va yordam oldi?

A) Sovet Rossiyasi B) Fransiya C) Italiya

D) AQSH


39. Turkiyada nechanchi yil din davlatdan ajratildi, vaqf mulki tugatildi?

A) 1923-yil B) 1931-yil C) 1930-yil D) 1924-yil

40. Qaysi davlatda respublika tuzumi tashkil topgach, partiya emblemasi 6 qanotli – respublikachi, milliy, xalq, etatist, dunyoviy, inqilobiy davlat sifatida tasvirlandi?

A) Xitoy B) Turkiya C) Eron D) Suriya

41. Ikkinchi jahon urushi yillarida qaysi davlat “Kantokuen” rejasini tuzib chiqqan edi?

A) Xitoy B) Yaponiya C) Fransiya D) Italiya

42. 1928-yilda qaysi davlat Konstitutsiyadan islom davlat dini ekanligi haqidagi qoidalar olib tashlandi?

A) Hindiston B) Afg‘oniston C) Turkiya

D) Misr


43. Turkiya Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

A) 1923-yil 20-aprelda B) 1924-yil 23-avgustda

C) 1925-yil 24-aprelda D) 1924-yil 20-aprelda

44. Turkiya nechanchi yilda Millatlar Ligasiga qabul qilindi?



A) 1932-yil B) 1934-yil C) 1933-yil D) 1928-yil

45. Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlarini Turkiya ixtiyoriga o‘tkazgan Montryo shartnomasiga nechanchi yil imzolangan?



A) 1936-yil B) 1934-yil C) 1923-yil D) 1929-yil

46. Qaysi davlatda yuz bergan inqilob natijasida “Ozodiston” davlati tuzildi?

A) Afg‘onistonda B) Eronda C) Turkiyada

D) Ozarbayjonda

47. Quyidagi qaysi davlat Ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniya bilan do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomasi bo‘la turib, 1945-yil fevralda Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi?

A) Italiya B) Turkiya C) Bolgariya

D) Xitoy

48. Anqara shahri qachondan boshlab Turkiya respublikasining poytaxti qilib belgilandi?

A) 1928-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 1936-yil

49. G‘ilon Sovet Respublikasi Eronning qaysi shahrida tuzilgan?

A) Qazvin B) Isfahon C) Resht D) Tabriz

50. Chet elliklar intervensiyasiga qarshi kurashib, “Ozodiston” davlatini tuzgan shaxsni aniqlang.

A) Rizoxon B) Vosiq ud-davla C) Zohirshoh

D) Muhammad Xiyoboniy

51. Eronda Tehron universiteti ochilgan yilni aniqlang.

A) 1936-yil B) 1931-yil C) 1937-yil D) 1934-yil

52. Afg‘onistonda saroy fitnasi natijasida amir Habibullaxon o‘ldirilgan yili Eronda …



A) inglizlarga qarshi milliy-ozodlik kurashi boshlandi

B) Rizoxon boshchiligidagi harbiylar Tehronda davlat to‘ntarishi o‘tkazdi

C) AQSHga 5 ta viloyatda neft qazish ishlari ijaraga berildi

D) Kojarlar sulolasi ag‘darildi

53. Eronda ayollarning paranjisiz yurishi haqida qonun chiqarilgan yilni toping.

A) 1936-yil B) 1931-yil C) 1937-yil D) 1935-yil

54. Afg‘onistonda saroy fitnasi natijasida amir Habibullaxon o‘ldirilgach, taxtni kim egalladi?

A) Murodshoh B) Omonullaxon C) Bachai Sako

D) Muhammad Zohirshoh

55. Afg‘oniston davlatining birinchi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

A) 1921-yil B) 1919-yil C) 1923-yil D) 1925-yil

56. Qachon Ravalpindi shahrida ingliz-afg‘on shartnomasi imzolandi?



A) 1919-yil B) 1921-yil C) 1922-yil D) 1923-yil

57. “Mustaqillik jangda qo‘lga kiritiladi, sadaqa qilinmaydi”, ushbu so‘zlar kimga tegishli?

A) Mahatma Gandiga B) Mustafo Kamolga

C) Sun Yatsenga D) Omonulloxonga

58. Qaysi davr yapon magnatlari uchun “Oltin davr” bo‘lgan?

A) II-jahon urushi yillari B) ikki urush oralig‘i

C) XX asr 70-80-yillari D) XX asr 90-yillari

59. Misr parlamentiga afg‘on qilichini taqdim qilgan Afg‘oniston hukmdorini aniqlang.

A) Habibulloxon B) Omonulloxon

C) Muhammad Nodir D) Zohirshoh

60. Yaponiya Millatlar Ligasidan chiqqan yili Afg‘onistonda …

A) yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi

B) Nodirshoh vafot etib, taxtga o‘g‘li Muhammad Zohirshoh o‘tirdi

C) Muhammad Nodir hokimiyatni egalladi

D) Amirlik taxtini reaksiya tayanchi Bachai Sako egalladi

61. Yaponiya armiyasi Xitoyning shimoli-sharqiga – Manjuriyaga hujum boshlagan yili …

A) Turkiyada xalifalik tugatildi

B) Rizoxon boshchiligidagi harbiylar Tehronda davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar

C) Afg‘onistonda Omonullaxon hukumati ag‘darildi

D) Afg‘onistonda yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi

62. Afg‘onistonda Nodirshoh vafot etgach, taxtni kim egalladi?



A) Muhammad Zohirshoh B) Bachai Sako

C) Muhammad Alishoh D) Hamidulloxon

63. Afg‘oniston va Sovet davlati o‘rtasida betaraflik va hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolangan yilni aniqlang.

A) 1933-yil 15-iyul B) 1934-yil 18-mart



C) 1931-yil 24-iyun D) 1929-yil 1-oktabr

64. Afg‘onistonning qaysi hukmdori yosh afg‘onlar harakati bilan mahkam bog‘langan holda siyosat olib borgan?



A) Omonulloxon B) Bachai Sako

C) Abdurahmonxon D) Habibulloxon

65. Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya mandatiga qaysi hududlar taqdim etildi?

A) Manchjuriya, Primore, Malayya, Indoneziyaning bir qismi



B) Shandun yarim oroli, Marian, Karolina, Marshall orollari

C) Marshall, Makian, Kuril orollari, Saxalin va Chjoukoutiyan

D) Jexe va Xebey viloyatlari, Karolina, Marshall orollari

66. 1918-yilning 3-avgustida sholining narxi oshib ketishi natijasida … da boshlangan qo‘zg‘olon butun Yaponiyaga tarqalib ketdi?

A) Kioto B) Xokkaydi C) Nakasaki D) Toyama

67. 1920-1922-yillarda Yaponiyada …

A) qo‘zg‘olonlar davri bo‘ldi

B) ishlab chiqarish yuqori darajaga ko‘tarildi



C) iqtisodiy inqiroz davri bo‘ldi

D) chet el davlatlari intervensiyasi amalga oshirildi

68. Birinchi jahon urushidan keyin Millatlar Ligasining mandat tizimiga asosan Osiyodagi arab davlatlari hududlari qaysi davlatlar nazorati ostiga berildi?

A) Buyuk Britaniya va Fransiya

B) AQSH va Fransiya

C) Buyuk Britaniya, Portugaliya, Rossiya

D) Fransiya, AQSH, Misr, Buyuk Britaniya

69. Birinchi jahon urushi natijasida Turkiya imperiyasi quladi va … mustaqil davlatlarga aylandi.

A) Iroq va Suriya B) Tunia va Marokash

C) Liviya va Falastin

D) Saudiya Arabistoni va Yaman

70. Suriyada dehqonlar nima deb yuritilgan?

A) mamluk B) muzoriy C) falloh

D) ziroatchi

71. XX asrning birinchi yarmida “panosiyo” g‘oyalari qaysi davlatda paydo bo‘lgan edi?

A) Turkiyada B) Yaponiyada C) Xitoyda

D) Saudiya Arabistonida

72. 1925-yilning 20-yanvarida Yaponiya qaysi davlat bilan “O‘zaro munosabatlarining asosiy tamoyillari to‘g‘risida” shartnoma imzolandi?

A) AQSH B) Buyuk Britaniya C) Xitoy

D) Sovet Rossiyasi

73. “Tanaka memorandum” deb atalgan hujjatda nima o‘z ifodasini topgan edi?

A) Yaponiyaning Rossiya bilan ittifoqga kirishishi

B) Yaponiyaning Sharqiy Xitoyni o‘ziga qo‘shib olishi



C) Yaponiyaning dunyoga hukmronlik qilishiga ochiqdan-ochiq da’vo qilishi

D) Yaponiyaning Rossiyaning sharqiy qismini bosib olishi

74. Yaponiya qachon Sharqiy Osiyoga hukmronlik da’vosi bilan chiqdi va harbiy kuchlarini cheklagan Vashington shartnomasidan voz kechishini ma’lum qildi?

A) 1934-yil B) 1936-yil C) 1931-yil D) 1937-yil

75. 1939-yilning 11-may kuni Yaponiya armiyasi qaysi davlatga hujum qildi?



A) Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasiga

B) Sovet Rossiyasiga

C) Xitoy Xalq Respublikasiga

D) Hindixitoyga

76. 1938-yil 3-noyabrida Yaponiya qanday deklaratsiyani e’lon qildi?

A) Sharqiy Osiyoda yangi tartib o‘rnatish haqidagi

B) Sharqqa hujunning yangicha shakli haqidagi

C) G‘arbda Germaniyani qo‘llab-quvvatlash haqidagi

D) Butun Osiyoni birlashtirish haqidagi

77. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Malayya, Birma, Tailand, Indoneziya, Filippin hududlarini qaysi davlat egallab oldi?

A) AQSH B) Yaponiya C) Buyuk Britaniya

D) Rossiya

78. Birinchi jahon urushidan keyin (1920-yil San-Remo shartnomasi) Suriya qaysi davlat mandatiga berildi?

A) Angliya B) Belgiya C) Fransiya

D) Ispaniya

79. Yaponiya AQSHning Pirl-Xarbor bazasini bombardimon qilgan yilni aniqlang.

A) 1941-yil 9-avgust B) 1940-yil 2-sentabr



C) 1941-yil 7-dekabr D) 1942-yil 6-sentabr

80. Yaponiya 1939-yil yozida Sovet Rossiyasiga qarshi urush boshlashi muqarrar bo‘lgan paytda, munosabatlar o‘zgarib, urush vaqtincha to‘xtashiga nima sabab bo‘ldi?

A) Yaponiyaning janubiy hududlarni bosib olish jarayonida ko‘p qurbon berganligi

B) Yaponiyaning Mo‘g‘ulistondagi mag‘lubiyati va 1939-yil 23-avgustdagi Sovet-Germaniya shartnomasi

C) AQSH va Buyuk Britaniyaning yaponiyaga ultimatum qo‘yishi

D) Rossiyaning barcha harbiy bazasini sharqqa ko‘chirganligi

81. Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushidagi umumiy zarari qanchani tashkil qildi?

A) 101 mlrd iyen B) 53,1 mlrd iyen

C) 47,8 mlrd iyen D) 64,3 mlrd iyen

82. Yaponiya Ikkinchi jahon urushida o‘lgan, yarador bo‘lganlar, izsiz yo‘qolganlar bilan birga jami qancha odam yo‘qotdi?

A) 5 mln B) 2,5 mln C) 8 mln D) 7,5 mln

83. Yaponiyada 1927-yil paydo bo‘lgan agressiv g‘oyaga ko‘ra, butun dunyoni bosib olish uchun avval qaysi hudud bosib olinishi kerak edi?

A) Rossiya B) Xitoy C) Hindiston

D) Hindixitoy

84. 1920-yil boshlarida davlat to‘ntarilishi natijasida Suriya qiroli bo‘lgan shaxsni toping.

A) Yusuf Azma B) Ahmad Timman C) Faysal

D) Faruk

85. 1925-1927-yillar Suriya tarixiga … bo‘lib kirdi.

A) iqtisodiy ko‘tarilish davri

B) taraqqiyparvarlik davri



C) milliy-ozodlik kurashining eng yuksalgan davri

D) qurg‘oqchilik va tabiy ofat avj olgan davr

86. 1919-yil Suriyaning Latakiya viloyatida boshlangan qo‘zg‘olon qancha vaqt davom etgan?

A) 3 oy B) 1 yil C) 2 yil D) 3 yil

87. Qaysi davlatda Yusuf Azma boshchiligidagi vatanparvar kuchlar mustamlakachilar qo‘shinlariga qarshi kurash olib bordi?

A) Iroqda B) Misrda C) Jazoirda D) Suriyada

88. 1941-yilning 27-sentabrida qaysi arab davlati mustaqillikni qo‘lga kiritdi?

A) Suriya B) Misr C) Iroq D) Iordaniya

89. Birinchi jahon urushi yillarida Iroq hududi qaysi davlat tomonidan ishg‘ol qilindi?



A) Buyuk Britaniya B) Fransiya C) Turkiya

D) Rossiya

90. Quyidagi qaysi davlatda mustamlakachilarga qarshi kurash uchun “Mustaqillik posbonlari” deb ataluvchi jamiyat tuzilgan edi?

A) Iroqda B) Misrda C) Jazoirda D) Suriyada

91. XX asrning 20-yillarida Iroqda tuzilgan “Iroq vasiyati” jamiyati qanday tashkilot edi?

A) mustamlakachilarga qarshi kurashni tashkil etish jamiyati

B) inglizlar bilan kelishuvchilar tarafdorlari jamiyati

C) Iroqda qirollik hokimiyatini tashkil qilish tarafdorlari jamiyati

D) Iroqda eski an’analarni saqlab qolish tarafdorlari tashkiloti

92. 1921-yil Iroq qiroli deb e’lon qilingan shaxsni toping.

A) Yusuf Azma B) Al-G‘ayloniy C) G‘ozi I

D) Faysal al-Xoshimni

93. XX asrning 20-yillarida Iroqda tashkil qilingan “Terkish petrolium” kompaniyasi nimaga ixtisoslashtirilgan edi?



A) neft qazib olishga B) to‘quvchilikka

C) oltin qazib olishga D) tog‘-kon sanoatiga

94. Buyuk Britaniya mustamlakachiligiga qarshi kurash olib borgan Iroq uyg‘onish partiyasi rahbarini aniqlang.

A) Abu Timman B) Al-G‘ayloniy C) as-Sadr

D) Bakr Sidqiy

95. Buyuk Britaniya va Iroq o‘rtasida 25 yillik yangi shartnoma nechanchi yil imzolangan imzolangan?

A) 1928-yil B) 1936-yil C) 1932-yil D) 1930-yil

96. Buyuk Britaniya va Iroq o‘rtasida 25 yillik yangi shartnoma imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, ...



A) Iroq Millatlar Ligasiga kirgandan so‘ng, mustaqil davlat deb tan olinadigan bo‘ldi

B) Iroq hududida topiladigan neft konlaridan 25 yil davomida faqat Buyuk Britaniya foydalanadigan bo‘ldi

C) Iroq tashqi siyosatda Buyuk Britaniya va Fransiyaga tayanadigan bo‘ldi

D) Iroq tashqi aloqalarni 25 yil davomida Buyuk Britaniya orqali olib borish majburiyatini oldi

97. Quyidagi qaysi davlatda XX asr 40-yillarida “Oltin kvadrat” deb atalgan harbiy tashkilot davlat to‘ntarishi o‘tkazgan edi?

A) Misrda B) Iroqda C) Suriyada D) Tunisda

98. 1932-yil 3-oktabrda qaysi Osiyo davlati Millatlar Ligasiga qabul qilindi?

A) Iroq B) Turkiya C) Eron D) Misr

99. Ingliz mustamlakachiligiga qarshi kurash yillarida Iroqda vujudga kelgan “Milliy islohotlar hukumati” deb atalgan hukumatga kim boshchilik qilgan edi?

A) Al-G‘ayloniy B) Nuri Said C) Bakr Sidqiy

D) Hikmat Sulaymon

100. Birinchi jahon urushidan keyin Misr mustaqilligi uchun kurashni boshqaruvchi tashkilot “Vadf Misri” tashkiloti tuzildi. Uning ma’nosi nima edi?

A) Misr – misrliklar uchun B) Ozod Misr

C) Misr vakillari D) Misr qasami

101. Birinchi jahon urushidan keyin Misr mustaqilligi uchun kurashni boshqaruvchi tashkilot “Vadf Misri” tashkilotining rahbari kim edi?

A) Naxxas poshsho B) Ismoil Sidqiy

C) Ahmad Zag‘lul D) Saad Zag‘glul

102. Qachon Misr mustaqil suveren davlat deb e’lon qilindi?

A) 1922-yil 28-fevralda B) 1927-yil 15-aprelda

C) 1932-yil 28-yanvarda D) 1921-yil 16-martda

103. Misrda milliy ozodlik kurashi boshlanishi arafasida Saad Zag‘lul ingliz hukumati tomonidan qayerga surgun qilingan edi?

A) Seylon oroliga B) Gabronga C) Malta oroliga

D) Farer oroliga

104. Mustaqil suveren Misr davlatining konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

A) 1929-yil B) 1932-yil C) 1923-yil D) 1926-yil

105. Misrga Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ta’sis konferensiyasida qatnashish huquqini bergan omolni aniqlang.

A) misrliklarning Ikkinchi jahon urushining boshidan oxirigacha Germaniya va Italiya armiyasiga qarshi kurashishi

B) 1945-yilning fevral oyida Misrning Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qilganligi

C) Misr qiroli Faruhning AQSH prezidentiga konferensiyaga qatnashish to‘g‘risidagi murojaati

D) Misr davlatining ko‘p millatli bo‘lganligi

106. 1936-yilning avgustida Buyuk Britaniya Misr bilan o‘zi uchun qulay bo‘lgan shartnomani imzoladi. Shartnomaga ko‘ra, …

1) Misrdagi ingliz elchisi endilikda Oliy komissar deb ataladigan bo‘ldi; 2) Misrdagi ingliz Oliy komissari endilikda elchi deb ataladigan bo‘ldi; 3) Buyuk Britaniya Suvaysh kanali zonasi, Qohira va Aleksandriya shaharlarida o‘z armiyasini saqlash huquqiga ega bo‘ldi; 4) ingliz qo‘shinlari faqat O‘rtayer dengizi bo‘ylab flotlarda qolishi belgilandi; 5) ingliz samolyotlari Misr hududi ustida uchish, Misr aerodromlariga qo‘nish huquqiga ega bo‘ldi; 6) Misr armiyasi ingliz harbiy missiyasi nazoratiga olindi.

A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 2, 4, 5

107. 1927-yilda “Saylangan musulmonlar federatsiyasi” qaysi davlatda tashkil topgan?

A) Jazoirda B) Misrda C) Iroqda D) Suriyada

108. “Yosh jazoirlik” partiyasini nechanchi yil tuzilgan?

A) 1919-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 1920-yil

109. Fransiya hukumati 1919-yilda Jazoir uchun alohida dekret chiqardi. Unga ko‘ra, …

A) jazoirliklar huquqi fransuzlar huquqiga tenglashtirildi

B) irqiy kamsitishni tugatildi

C) jazoirning mahalliy aholisidan Fransiya parlamentiga deputatlar saylanishiga ruxsat etildi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə