Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə7/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60

C) Ural va Volga bo‘ylarini zabt etdi

D) Shimoliy Kavkazni egalladi

91. Sosoniylarning Toxariston va Chag‘oniyonni bosib olishlariga zamin yaratgan omilni aniqlang.

A) eftallar davlatidagi o‘zaro urushlar

B) shimoliy o‘lkalarning turklar tomonidan zabt etilishi

C) Sosoniylar davlatining nihoyatda kuchayishi

D) sosoniylarga Vizantiya harbiylarining yordam berishi

92. Turklar Shimoliy Kavkazni egallab, Qrim yarimoroliga kirib borgan yildan 10 yil o‘tib ...

A) To‘n Yabg‘u hukmronligi boshlandi

B) Turk xoqonligi ikkiga bo‘linib ketdi

C) Abruy qo‘zg‘oloni bostirildi

D) Abruy qo‘zg‘oloni boshlandi

93. Turk xoqonligi Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan o‘lkalarni egallagan yilni aniqlang.

A) 555-yil B) 558-yil C) 576-yil D) 567-yil

94. Turk xoqonligida dastlab kimlar “yabg‘u” unvonini olishi mumkin edi?

A) mahalliy hokimlar

B) xoqon urug‘iga qarindosh bo‘lganlar

C) alohida jasorat ko‘rsatgan harbiylar

D) sobiq lashkarboshilar

95. Sharqiy Turk xoqonligiga kirgan hududlarni aniqlang.

1) Sharqiy Turkiston; 2) Sirdaryo havzalari; 3) Shimoliy Xitoy; 4) Urxun havzalari; 5) Janubiy Sibir; 6) Oltoyning g‘arbiy hududlari

A) 3, 4, 5 B) 1, 3, 5, 6 C) 4, 5, 6

D) 3, 4, 5, 6

96. G‘arbiy Turk xoqonligiga kirgan hududlarni aniqlang.

1) Janubiy Sibir; 2) Janubiy Xitoy; 3) Amudaryoning chap sohillari; 4) Sharqiy Turkiston; 5) Yettisuv; 6) Sirdaryo va Amudaryo havzalari

A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 4, 5, 6

D) 3, 4, 5, 6

97. G‘arbiy Turk xoqonligi nima sababdan mahalliy hukmdorlarga ham “yabg‘u” unvonini bera boshladi?

1) mahalliy hokimlarning qo‘zg‘olonini oldini olish maqsadida; 2) mahalliy hokimlarni xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog‘lash maqsadida; 3) mahalliy hokimlarning mustaqilligini e’tirof etish maqsadida; 4) mahalliy hokimlar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida; 5) mahalliy hokimlarga tanga zarb qilish huquqini berish maqsadida.

A) 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 4, 5

D) 1, 2, 3, 4, 5

98. VII asr boshlarida G‘arbiy Turk xoqonlari O‘rta Osiyodari mahalliy hokimliklar ustidan nazorat o‘rnatish uchun o‘z noiblarini jo‘natgan. Ular nima deb atalgan?

A) tudun B) budun C) yabg‘u D) shod

99. VII asrda G‘arbiy turk xoqonligi Xitoyga necha marta elchi yuborgan?

A) 7 B) 9 C) 5 D) 10

100. 627-yil qaysi hokimliklarning birlashgan elchiligi Xitoyga borgan edi?

A) Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Ustrishona

B) Xo‘jand, Buxoro, Xorazm, Choch

C) Samarqand, Ustrishona, Farg‘ona, Choch

D) Buxoro, Xorazm, Naxshob, Vardonze

101. Abruy qo‘zg‘olonidan jabrlangan boy mulkdorlar va savdogarlar qayerga qochishadi?

A) Taroz va Yettisuvga

B) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga

C) Eron hududiga

D) Turkiston va Taroz atroflariga

102. Ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d ixshidlari Zarafshon va Qashqadaryo vohalarining qancha mulklarini birlashtirgan edi?

A) 11 ta B) 15 ta C) 19 ta D) 27 ta

103. Moniy dinining arkoni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) yaxshilik va yomonlik o‘rtasida kurash

B) ibodat, ro‘za, sadaqa berish

C) ezgu amal, ezgu fikr, esgu so‘z

D) zaminni sevish, uy-joyni avaylash

104. Ilk o‘rta asrlarda butun O‘rta Osiyoda nasroniylik dinining markazi qayer bo‘lgan?

A) Choch B) Xorazm C) Quva

D) Urgut


105. 12 metrli budda haykali qaysi manzilgohdan topib o‘rganilgan?

A) Varaxshadan B) Afrosiyobdan

C) Ajinatepadan D) Bolaliktepadan

106. Quyidagi qaysi ilk o‘rta asr dini vakillari o‘z xudolarida qora qashqa ot so‘yib qurbonlik qilishgan?

A) moniy B) shomon C) nasroniylik

D) otashparastlik

107. G‘arbiy turk xoqoni To‘n Yabg‘u nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 618-630 B) 588-618 C) 586-603

D) 567-588

108. Abruy o‘ldirilib, qo‘zg‘olon bostirilgach, ...

A) qo‘zg‘olonchi kadivar va xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlariga qaytariladi

B) soliq va majburiyatlar keskin kamaytiriladi

C) Turk xoqoni o‘lkada nazoratni kuchaytirish uchun o‘z noiblari – tudunlarni yuboradi

D) Turk xoqoni nazoratni kuchaytirish uchun o‘g‘li Sheri Kishvarni O‘rta Osiyoga noib qilib yuboradi

109. VI asrning 80-yillari oxirlarida ...

A) Turk xoqonligi ikkiga bo‘linib ketdi

B) G‘arbiy turk xoqonligi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi

C) G‘arbiy turk xoqonligining Xitoy bilan aloqalari ayniqsa kuchaydi

D) Eftallar davlati Eron sosoniylari va turklar zarbasidan keyin parchalanib ketdi

110. Quyidagi qaysi turk xoqoninning ikkinchi ismi El Arslon bo‘lgan?

A) Qoracho‘rin B) To‘n Yang‘u C) Istami

D) Sheri Kishvar

111. Ilk o‘rta asr davlatlarining poytaxtlarini aniqlang.

1) Eloq; 2) Toxariston; 3) Xorazm; 4) G‘arbiy turk xoqonligi. a) Kat; b) Tunkat; c) Yettisuv; d) Balx

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d

B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c

C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d

D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c

112. Turk xoqonligida yasoq – bu ...

A) dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq

B) o‘n minglik qo‘shin qismi

C) xoqonlikning harbiy kengashi

D) mag‘lub davlatlar ustiga yuklanadiga o‘lpon

113. Quyidagi hukmdorlarni ularning hokimlik qilgan davlati yoki hududi bilan to‘g‘ri ko‘rsating.

1) Saksafar; 2) Vaxshunvar; 3) Kubod; 4) Qoracho‘rin

a) Turk xoqonligi; b) Eftallar davlati; c) Eron; d) Xorazm.

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d

B) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a

C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d

D) 1-d, 2-c, 3-d, 4-a

114. Arab tarixchilari Ibn Xavqal va Istaxriylarning qayd etishicha ...

A) Toshkent arkining 2 ta, shahristonning 4 ta, ichki rabotning 7 ta, tashqi rabotning 10 ta darvozasi bo‘lgan

B) Toshkent arkining 3 ta, shahristonning 2 ta, ichki rabotning 10 ta, tashqi rabotning 6 ta darvozasi bo‘lgan

C) Toshkent arkining 10 ta, shahristonning 2 ta, ichki rabotning 3 ta, tashqi rabotning 7 ta darvozasi bo‘lgan

D) Toshkent arkining 2 ta, shahristonning 3 ta, ichki rabotning 10 ta, tashqi rabotning 7 ta darvozasi bo‘lgan

115. VI-VII asrlarga oid ganchkor Humo qushi tasviri qaysi manzilgohdan topilgan?

A) Afrisiyob B) Bolaliktepa C) Varaxsha

D) Ajinatepa

116. Ilk o‘rta asrlarga o‘tish davrida O‘rta Osiyo zaminida ro‘y bergan dehqonchilik yutuqlarini aniqlang.

1) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qo‘shni mamlakatlarga chiqarila boshlandi; 2) dehqonchilikda ikki dalali almashlab ekish joriy qilindi; 3) sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaydi; 4) sug‘orishda chig‘ir va charxpalaklar kabi suv inshootlaridan foydalanila boshlandi; 5) qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bordi; 6) dehqonchlikda uch dalali almashlab ekishning joriy etilishi; 7) g‘allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog‘dorchilik maydonlari kengaydi; 8) kashovarzlarga ham yerlar bo‘lib berila boshlandi.

A) 1, 4, 6, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 4, 6, 7

D) 2, 3, 6, 8

117. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda qay tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi?

A) dehqonlarning yerga ishlov berishi natijasida yirik mol-mulkka ega bo‘lib qolishi natijasida

B) nufuzga ega bo‘lgan mulkdorlar qo‘liga yangi yer maydonlarning ma’lum bir ulushining o‘tishi va vorisiy mulkiga aylanishi natijasida

C) chorvadorlarning ko‘p sonli chorvalarini boqqan yerlariga ega bo‘lib qolishi natijasida

D) dehqonlarning shahar va qishloqlarda hashamatli qasr va saroylarga ega bo‘lib qolishi natijasida

118. Xiyoniylarning Sug‘dga bostirib kirishidan 48 yil oldin bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang.

1) xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko‘chirdi; 2) zaiflashgan Qang‘ davlatidan Xorazm davlati ajralib chiqdi; 3) Xorazm va Amudaryo havzasiga toxarlar kirib keldi; 4) Katdagi Al-Fir qasrida yangi saroy qurildi; 5) Sosoniylar hukmdori Pero‘z eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga otlandi.

A) 3, 5 B) 1, 4 C) 2, 4, 5 D) 3, 4, 5

119. 456-yilda ...

1) kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchradilar; 2) xioniylar Sug‘dga bostirib kirdilar;

3) O‘rta Osiyoda kidariylar hukmronligi barham topdi; 4) O‘rta Osiyoga eftaliylar hujumi boshlandi;

5) eftallar Xitoyga elchi yubordilar; 6) xioniylar eftallar bilan bo‘lgan jangda qaqshatqich zarbaga uchradilar; 7) Pero‘z eftallarga qarshi ikkinchi marta yurishga otlandi

A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 7 C) 1, 4, 5, 7 D) 2, 4, 6

120. Nima sababdan sosoniylar Eftallar davlatiga qarshi yurish qiladi?

A) sosoniylarning tobora kuchayib borayotgan eftaliylar hujumidan xavfsirashlari sababli

B) eftallarning sosoniylar bilan tuzgan savdo shartnomasini buzganliklari sababli

C) eftaliylar shohining sosoniylar shohi Pero‘zga nisbatan haqoratli maktub yo‘llashi sababli

D) eftaliylarning sosoniylar davlati tasarrufidagi hududni bosib olishlari sababli

121. Eftallarda davlat boshqaruvida qonun va qoidalarning qaror topishiga asosiy sabab nima edi?

A) aholining tabaqalanishi, mulkiy tengsizlikning kuchayib borishi

B) qishloqlarda dehqonlar nufuzining ortib ketishi

C) aholining ko‘payib ketishi

D) mamlakatda o‘zaro ichki kurashning avj olishi

122. Eftallar yozuviga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.

1) Baqtriya yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 2) Baqtriya yozuvi asosida paydo bo‘lgan; 3) o‘ngdan chapga, tepadan pastga qarab yozilgan; 4) 25 harfdan iborat bo‘lgan; 5) Sug‘d yozuvi asosida vujudga kelgan; 6) chapdan o‘ngga tomon ko‘ndalangiga yozilgan; 7) 22 harfdan iborat bo‘lgan; 8) Toxariston yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 9) Oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan.

A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6 C) 5, 6 D) 2, 3, 7, 8

123. Nima sababdan turklarning eftallar bilan to‘qnashishi arafasida Eron davlati va Turk xoqonligi yaqinlasha bordi?

A) sosoniylar eftaliylardan o‘zlarining Marv va Badaxshon hududlarini qaytarib olish kerak edi

B) turklar va sosoniylar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra sosoniylar eftaliylar tasarrufidagi Toxariston va Chag‘oniyonni olish kerak edi

C) uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan manfaatdor edi

D) sosoniylar shohi Xusrav I turklarning yabg‘u xoqoni Istamiga kuyov bo‘lgan edi

124. Qanday omillar Turk xoqonligining markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermadi? 1) katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqining markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilishi; 2) janubdan doimiy sosoniylar tazyiqi; 3) eftaliylar avlodlarining hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga intilishi; 4) hududlardagi hokimliklarning mustaqil bo‘lishga intilishi; 5) bo‘ysundirilgan hududlarning mahalliy hokimlar orqali boshqarilishi; 6) Turk xoqonligining Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat.

A) 1, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 4, 6

125. Ma’lumki, 395-yil qudratli Rim imperiyasi Sharqiy va G‘arbiy qismlarga bo‘linib ketadi. Xuddi shunday bo‘linish yana qaysi davlatga xos?

A) Turk xoqonligi B) Arab xalifaligi

C) Sosoniylar davlati D) Eftallar davlati

126. Eftallar davrida xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan ...

A) Sosoniy hukmdorlarining kumush tangalari muomaladan chiqarildi

B) mahalliy oltin tangalar tashqi savdoga joriy etildi.

C) mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solindi

D) faqat Buxoro va Samarqandda zarbxonalar barpo etildi

127. VI asrning 70-80-yillarida quyidagi qaysi davlatning chegaralari Manchjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho‘zilgan edi?

A) Eftallar davlati B) Turk xoqonligi davlati

C) Kidariylar davlati D) Xioniylar davlati

128. Budun – tarixiy atamasining ma’nosini aniqlang.

A) buyuk hukmdor B) el-yurt hokimi

C) chorvador aholi D) qo‘shin qo‘mondoni

129. Quyidagi qaysi hududlardan buddaning bahaybat haykallari topilgan?

A) Ayritom va Zangtepadan

B) Qo‘rg‘ontepa yaqini va Quvadan

C) Urgut tumani va Balxdan

D) Qabodiyon va Sirdaryoning quyi oqimidan

130. G‘arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan davrda (VII asrning birinchi choragi) uning janubiy chegarasi qayergacha cho‘zilgan edi?

A) Amudaryo etaklarigacha

B) Qirg‘iz xoqonligi hududigacha

C) Tan imperiyasi hududigacha

D) Sind daryosi bo‘ylarigacha

II BOB


1. VII asrda Xorazm qaysi arab lashkarboshilari tomonidan ikki marotaba talon-taroj etilgan?

A) Ubaydulloh ibn Ziyod va Said ibn Usmon

B) Salim ibn Ziyod va Umayya ibn Abdulloh

C) Ubaydulloh ibn Ziyod va Qutayba ibn Muslim

D) Ziyod ibn Solih va Said Xaroshiy

2. Qutayba qo‘shini Poykandni egallagach qaysi tomonga yo‘l olgan?

A) Buxoroga B) Samarqandga C) Keshga

D) Xorazmga

3. Narshaxiyning yozishicha, Buxorxudotlar hokimiyati hududi nechta yirik qo‘rg‘on va shaharlardan iborat edi?

A) 12 ta B) 22 ta C) 11 ta D) 27 ta

4. VIII asr boshlarida Buxoro vohasida zarb etilgan qanday tanga pul muomalada bo‘lgan?

A) qo‘lida shohbozlochin tutgan hukmdor tasviri tushirilgan kumush dirham

B) oldi tarafiga qo‘lida burgut qo‘ndirgan tojdor hukmdor tasviri, orqasida gajak dumli bars tasviri tushirilgan kumush dirham

C) hukmdor xoqonining tojdor tasviri, ostida “buxorxudot” degan yozuv zarb etilgan kumush dirham

D) oldi tarafida shoh va orqasida suvoriy tasviri tushirilgan, tagida “buxorxudot” degan yozuv zarb qilingan kumush tanga

5. Quyidagi hukmdorlarni hukmronlik qilgan davlati bilan muvofiqlashtiring.

1) Farasman 2) Mixirakula 3) Tug‘shoda 4) Divashtich 5) Sobuqtegin. a) Eftallar b) Xorazm c) Panjikent d) G‘azna e) Buxoro

A) l-a, 2-b, 3-d, 4-c, 5-e B) l-b, 2-a, 3-e, 4-c, 5-d

C) l-b, 2-e, 3-a, 4-c, 5-d D) l-b, 2-e, 3-a, 4-d, 5-c

6. Buxorxudot Tug‘shoda nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 618-667-yillar B) 705-733-yillar

C) 692-724-yillar D) 682-723-yillar

7. Ma’lumki, Qutayba istilosidan so‘ng Xorazm diyori shimoliy va janubiy qismlarga ajralib ketgan edi. Uning shimoliy qismi ...

A) Afrig‘iylar tomonidan boshqarilgan

B) Ma’muniylar tomonidan boshqarilgan

C) Kat miri tomonidan boshqarilgan

D) Gurganj (Ko‘hna Urganch) miri tomonidan boshqarilgan

8. Quyidagi qaysi voqeadan so‘ng arablar Termiz shahrini egallaydilar?

A) arablarning turli xil o‘ljalar bilan Buxorodan Marvga tomon qaytishidan keyin

B) arablarning Poykand va Romitonni egallashlaridan keyin

C) Qutaybaning Naxshab va Keshni bosib olishidan keyin

D) arablarning Marv shahrini egallashlaridan keyin

9. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashda qanday tadbirga alohida ahamiyat berdilar?

A) tarqoq mahalliy hokimliklarni markaziy hokimiyatga birlashtirishga

B) o‘zlari joriy qilgan bir necha turdagi soliqlarni vaqtida yig‘ib olishga

C) aholi o‘rtasida islom dinini yagona din sifatida yoyishga

D) mamlakatdagi doimiy qo‘zg‘olonlarni ayovsiz bostirishga

10. Varaxshaning yana bir nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Rajfandun B) Afshona C) Zandana

D) Arduq


11. Xorazm diyori ikki qismga ajratilganidan 35 yil o‘tib ...

A) Marvon II xalifalik taxtiga o‘tirdi

B) Abu Muslim Xurosonga keldi

C) Nasr ibn Sayyor moliya islohotini o‘tkazdi

D) Muqanna qozg‘oloni boshlandi

12. Qaysi voqeadan so‘ng Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanib, arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tarildi?

A) xalifalik ma’muriyati hammadan bir vaqtning o‘zida mavjud barcha soliqlarni undirish haqida buyruq berishi

B) xalifalik ma’muriyati bir yo‘la hammadan jiz’ya olish haqida buyruq berishi

C) xalifa Marvon II arab tilini barcha o‘rganishi haqida buyruq berishi

D) xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan xiroj va jiz’ya soliqlarini olish bekor qilinishi

13. 673-yilda xalifa Muoviya farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyodning Buxoro muzofotiga bostirib kirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qaysi tarixchi yozib qoldirgan?

A) Beruniy B) Narshaxiy C) Istaxriy

D) Ibn Xavqal

14. Ubaydulloh ibn Ziyod Buxorodan bojdan tashqari yana qancha asir bilan Marvga qaytadi?

A) 30 ming B) 20 ming C) ikki ming

D) to‘rt ming

15. Birinchi marta mahalliy aholini islom diniga kiritish maqsadida masjidga kelib ibodat qiluvchular uchun ikki dirhamdan pul hadya etishni joriy qilgan xalifalik noibini aniqlang.

A) Ubaydulloh ibn Ziyod B) Qutayba ibn Muslim

C) Nasr ibn Sayyor D) Said Xaroshiy

16. Sug‘dda G‘urak va Divashtich qo‘zg‘oloni boshlanganidan 28 yil o‘tgach ...

1) Marvon II xalifalik taxtidan ag‘darildi; 2) Abu Muslim Xurosonga keldi; 3) Xurosonda Nasr ibn Sayyor noibligi yakun topdi; 4) Muqanna qozg‘oloni boshlandi; 5) Abu Muslim qo‘shinlari Marvni egalladi; 6) Abu Muslim xalifalikning markazini egallaydi.

A) 3, 5 B) 1, 2, 5, 6 C) 3, 4, 5 D) 5, 6

17. Qaysi arab xalifasi yangi yerlarni bundan buyog‘iga zabt etishni to‘xtatish to‘g‘risida farmon berdi?

A) Umar ibn Abdulaziz B) Xalifa Mo‘tazid

C) Xalifa Ma’mun D) Xalifa Muoviya

18. Movarounnahr va Xurosonda Nasr ibn Sayyor noiblik qilgan yillarni aniqlang.

A) 710-737-y. B) 715-732-y. C) 738-748-y.

D) 717-719-y.

19. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor nima maqsadda moliya islohotini o‘tkazgan?

A) tinchlik o‘rnatish

B) xazinani to‘ldirish

C) qo‘zg‘olonlarning oldini olish

D) o‘z mavqeyini mustahkamlash

20. VIII asrning 40-yillarida xalifalikda …

A) toj-u taxt uchun kurash kuchaydi

B) butun hududda islom dini va arab tili yoyildi

C) islom madaniyati yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi

D) umaviylar taxtga mustahkamlanib oldi

21. Arablar mahalliy aholi bilan yaqinlashish maqsadida ular bilan qarindoshlik aloqalarini o‘rnata boshlagan. Ayni paytda namuna tariqasida buxorxudodning qiziga uylangan Xalifalik noibini aniqlang?

A) Said Xaroshiy B) Ashros

C) Nasr ibn Sayyor D) Qutayba ibn Muslim

22. Quyidagi voqealarning xronologik ketma-ketligini aniqlang.

1) Abu Muslim Marv shahrini egalladi; 2) Marvon taxtdan ag‘darildi; 3) Abu Muslim Xurosonga keldi; 4) Arab xalifaligida abbosiylar hokimiyati o‘rnatildi; 5) Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog‘ida maxsus joy tashkil ettirdi

A) 3, 5, 1, 2, 4 B) 3, 1, 5, 2, 4 C) 2, 4, 5, 1, 4

D) 5, 1, 3, 2, 4

23. Tarxun taxtdan tushirilib, o‘rniga Gurak So‘g‘d podshosi qilib ko‘tarilgan yili …

A) Arablar Naxshab va Keshni bosib oldi

B) Xorazm shohi Chag‘on yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qildi

C) Qutayba Samarqandga qarshi qo‘shin tortdi

D) Poykand ikki kunlik qamaldan so‘ng bosib olindi

24. Arablar jangsiz Marv shahrini egallashlaridan 99 yil o‘tgach ...

1) Arab xalifaligida umaviylar sulolasi ag‘darilib, hokimiyat tepasiga abbosiylar keldi; 2) Sug‘dda G‘urak va Divashtich boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi; 3) xalifa Marvon II taxtdan ag‘darildi; 4) Movarounnahrda Muqanna qo‘zg‘oloni boshlandi; 5) Abul Abbos Saffoh xalifa deb e’lon qilindi; 6) Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egalladi.

A) 1, 3, 5 B) 3, 5, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 6

25. Kimning bosqini natijasida Afrosiyob saroy devorlariga solingan odam suratlarining ko‘zlari o‘yilib, bo‘yinlariga qilich bilan chizib yuborilgan?

A) Said Xaroshiy B) Qutayba ibn Muslim

C) Ubaydulloh ibn Ziyod D) Salim ibn Ziyod

26. Arablar jangsiz Marv shahrini egallashlaridan 100 yil o‘tgach ...

A) xalifa Mahdiy Nishopurga keldi

B) “Oq kiyimliklar” qozg‘oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qildi

C) Abu Muslim tomonidan yuborilgan qo‘shin Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlariga zarba berib, mamlakat hududidan quvib chiqardi

D) Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egalladi

27. Abu Muslim o‘ldirilganidan 20 yil o‘tib …

A) Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi

B) Xalifa Mansur Jabroil ibn Yahyo boshchiligida Movarounnahrga harbiy kuch yubordi

C) Xarbiy kuch to‘plash maqsadida xalifa Mahdiy Nishopurga keldi

D) Som qal’asi zabt etilib, “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni bostirildi

28. Quyidagi atamalar izohi mos keluvchi javobni aniqlang.

1) kudungar; 2) sarhang; 3) muqanna; 4) islohot; 5)farmon.

a) qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq b) kichik lashkarboshi c) niqobli kishi d) matoga ohor beruvchi e) mavjud tartibni o‘zgartirish

A) 1-d; 2-b; 3-c; 4-e; 5-a B) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d; 5-e

C) 1-b; 2-d; 3-a; 4-e; 5-c D) 1-d; 2-a; 3-c; 4-e; 5-b

29. Ma’lumki, Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib Xitoy qo‘shinlari Turkistonga bostirib kirdi. Ularga qarshi yuborilgan qo‘shinga kim boshchilik qilgan edi?

A) Abu Muslim B) Said Xaroshiy

C) Ziyod ibn Solih D) Mahdiy

30. Umaviylar sulolasi nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 750-1258 B) 634-749 C) 630-746 D) 661-750

31. Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonni dastlab kimlar qo‘llab-quvvatlagan edi?

A) qullar

B) dehqonlar va hunarmandlar

C) arab zodagonlari

D) chorvadorlar va batraklar

32. Abbosiylar xonadonidan bo‘lgan Abul Abbos Saffoh nechanchi yillarda xalifalik qilgan?

A) 750-754 B) 749-755 C) 754-761 D) 744-750

33. Kimning davrida barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtirilib, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yildi?

A) Nasr ibn Sayyor B) Ashros C) Abu Muslim

D) Qutayba ibn Muslim

34. 750-yil … arablarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi.

A) Buxoroda B) Keshda C) So‘g‘dda D) Marvda

35. Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olon dastlab qayerda boshlandi?

A) Buxoroda B) Samarqandda C) Naxshabda

D) Shoshda

36. Arablarga qarshi ko‘tarilgan Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirgan Xuroson noibini aniqlang.

A) Abu Muslim B) Said Xaroshiy C) Ma’mun

D) Jabroil ibn Yahyo

37. ”Oq kiyimlilar” qo‘zg‘olonining boshlig‘i Muqanna qayerda tug‘ilgan?

A) Marv yaqinidagi Koza qishlog‘ida

B) Kesh yaqinidagi Som qishlog‘ida

C) Buxoro yaqinidagi Narshax qishlog‘ida

D) Marv yaqinidagi Shavval qishlog‘ida

38. “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘olonining markazlari berilgan qatorni toping?

A) Narshax, Samarqand, Kesh

B) Marv, Kesh, Termiz

C) Buxoro, Naxshab, Termiz

D) Samarqand, Shosh, Omul

39. O‘rta asrlardagi Eloq vodiysi hozirgi qaysi hududga to‘g‘ri keladi?

A) Chirchiq B) Ohangaron C) Zarafshon

D) Toshkent

40. Ma’limki, 721-yil Said Xaroshiy so‘g‘dliklar qo‘zg‘olonini bostirish maqsadida Movarounnahrga yuborilgan edi. Qo‘zg‘olonchilar va Said Xaroshiy o‘rtasidagi jang qayerda bo‘lgan?

A) Xo‘jandda B) Farg‘onada C) Shoshda

D) Keshda

41. Quyidagi voqealarning qaysi birilarining orasida 10 yil farq bor?

1) Qutayba Poykandga yurish qildi, Umar ibn Abdulaziz xalifalik taxtiga o‘tirdi; 2) Xalifa Muoviya hukmronligi boshlandi, Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoro muzofotiga bostirib kirdi; 3) Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlandi, Arablar Farg‘ona vodiysini uzil-kesil egalladilar; 4) Marvon II xalifalik taxtiga chiqdi, Xalifa buyrug‘i bilan Abu Muslim o‘ldirildi; 5) Marvon II taxtga o‘tirdi, Abul Abbos Saffoh hukmronligi tugadi; 6) Hurzod qo‘zg‘oloni bostirildi, Said Xaroshiy Xuroson noibi etib tayinlandi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə