Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#131840
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   183
xalqaro audit (1)

 
 
Mos keluvchanlik auditi
– bu xildagi tekshirishda auditning mamlakat 
miqyosidagi qonunlarga, shuningdek, barcha me’yoriy hujjatlarga mos kelishi yoki 
kelmaslik sabablari o’rganiladi. Masalan, korxona faoliyatini auditorlik 
tekshirishdan o’tkazishda uning korxona Nizomiga yoki mavjud yo’riqnomalarga 
mos bo’lishi aniqlanadi. 
Operatsion audit
da barcha xo’jalik muomalalari va jarayonlari, ularning ish 
samaradorligiga va unumdorligiga bo’lgan ta’siri o’rganiladi. Operatsion auditda 
unumdorlik va samaradorlik ko’rsatkichlari, qimmatli qog’ozlar hamda moliyaviy 
tizimga rioya qilishning buxgalteriya tamoyillariga mos kelishi nuqtai nazaridan 
ham ko’rib chiqiladi. 
Moliyaviy hisobot auditi
– bunday tekshiruv moliyaviy va buxgalteriya 
xodimlari tomonidan o’tkazilib, asosan korxonaning to’lov qobiliyati, moliyaviy 
natijalar, sotish jarayonlarining hisobotlarda qanchalik darajada aks ettirilganligi 
tekshiriladi. 
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishining davriyligiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 
1.
Dastlabki audit; 
2.
Davriy audit. 
Ob’ektiga ko’ra audit 
turlari
Mos keluvchanlik 
auditi 
Moliyaviy hisobot 
auditi
Operatsion 
 audit


28 
Dastlabki audit auditor yoki auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu korxonani 
birinchi marta tekshirishni anglatadi. 
Davriy audit takroriy shartnomalar orqali bir korxona bitta auditor yoki 
auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa, albatta, mijozning 
malakali auditor bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga bo’lgan qiziqishidan kelib 
chiqadi. Davriy audit dastlabki auditga nisbatan ancha ustundir. 
 
Takrorlash uchun savollar
1. «Xalqaro audit» fani va uning ahamiyati nimada deb o’ylaysiz? 
2. Fanning qanaqa ob’ektlarini bilasiz? 
3. «Xalqaro audit» fanining qanday usullari mavjud? 
4. «Xalqaro audit» fanida analiz, sintez, induktsiya, deduktsiya va boshqa 
usullar qay tartibda qo’llaniladi?
5. «Xalqaro audit» fanining «Amaliy audit», «Moliyaviy hisobot auditi», 
«Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari» fanlari bilan qanday aloqasi mavjud? 
6. Auditorlik faoliyati ilk bora qachon yuzaga kelgan? 
7. Auditning qanaqa turlarini bilasiz? 
8. Tashqi auditning ichki auditdan qanday farqli xususiyatlari mavjud? 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə