Aksiyodorlik jamiyatlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o’rni


II Bob Mustaqillik yillarida O’zbekistonning iqtisodining taraqqiyot yo’llari



Yüklə 56,59 Kb.
səhifə7/10
tarix17.06.2023
ölçüsü56,59 Kb.
#117779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aksiyodorlik jamiyatlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o

II Bob Mustaqillik yillarida O’zbekistonning iqtisodining taraqqiyot yo’llari




    1. Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy faoliyatining xususiyatlari


Aktsiyadorlik jamiyati moliyasini yaratishda asosiy xususiyat bu shaxslarga sotilgan aktsiyalarning umumiy qiymatidan iborat bo'lgan boshlang'ich kapitalni tashkil etishdir. Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligiga binoan ularning barchasi bir xil narxga ega bo'lishi kerak. Yana bir xususiyat shundaki, boshlang'ich kapitalning dastlabki 50% aktsiyalar ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin 3 oy ichida kiritilishi kerak. Qolganlari davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan bir yil o'tgach beriladi. Qonunga ko'ra, tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan barcha chiqindilar tegishli organlarda rasmiylashtirilishi kerak. Aksiyadorlik jamiyatlarining qolgan moliyaviy faoliyati boshqa tijorat tashkilotlari moliyasini tashkil qilishdan farq qilmaydi.


Kompaniya o'z ishi natijasida olgan foydasi tashkilotning barcha aksiyadorlari yig'ilishida taqsimlanadi. Qabul qilingan pulning ma'lum qismi banklardan olingan kreditlarni, aktsiyalar bo'yicha dividendlarni va ushbu kompaniyaning rejalashtirilgan xarajatlarini to'lashga sarflanadi. Qoida tariqasida, aktsiyadorlik jamiyatlarida, uning a'zolari qaroriga binoan, paydo bo'lgan muammolarni hal qilishda yordam beradigan zaxira jamg'armasi yaratiladi, olingan foydaning belgilangan qismi bilan to'ldiriladi.

  • Davlat korxonasini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish jarayoni aktsionizatsiya deb ataladi.

Boshqa har qanday tijorat tashkilotida bo'lgani kabi, aktsiyadorlik jamiyatida ham moliyaviy faoliyatni qat'iy hisobga olish har doim o'z buxgalteriya bo'limi yoki uchinchi tomon konsalting kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi.


Iqtisodiy taraqqiyot va uning asosiy omillari. Ishlab chiqarish jarayoni eng avvalo mehnat jarayonidir. Mehnat – bu, insonlarning foydali faoliyati bo‘lib, insonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat ne’matlariga ta’sir


ko‘rsatib o‘z ehtiyojiga muvofiqlashtirish jarayonidir. SHuningdek mehnat iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi

Mehnatning quyidagi jihatlariga e’tibor berish zarur:





  • Inson ongli mehnat qiladi, o‘zi uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalarini ishlab chiqaradi va takror ishlab chiqaradi. Uning hayvonlardan farqi ham ana shunda. U o‘zi bilan tabiat o‘rtasidagi moddiy almashuv vositasini tartibga solib, nazorat qilib turadi;

  • Mehnat jarayonida inson faqatgina tabiatning o‘zgarishiga ta’sir qilibgina qolmasdan, o‘zining bilim doirasini kengaytiradi. Tajribasini, malakasini oshiradi va o‘zi ham o‘zgarib boradi, u inson ongining o‘sishi va taraqqiy qilishining asosiy omili bo‘lib maydonga chiqadi.

“Mehnat –umumiy ehtiyojlarni qondirish yo‘lida tabiat ne’matlarini o‘zlashtirishga qaratilgan, individ va jamiyat hayoti uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy farovonlikni yaratishga yo‘naltirilgan insonning maqsadga muvofiq faoliyati bo‘lib, u inson mavjudligining bosh mezonidir”78.
Demak mehnat insonning foydali faoliyati bo‘lib, uning sub’ekti mehnatkashlar hisoblanadi. Mehnatkashlarning ikkita konsepsiyasiga diqqatingizni jalb qilamiz (V.S.Barulin bo‘yicha). Birinchi konsepsiya – ijtimoiy-iqtisodiy, ikkinchi konsepsiya – ijodiy-madaniy. Birinchi konsepsiya bo‘yicha, mehnatkashlar – bular, yaratuvchilar, ish haqi oluvchi yollanma ishchilar, ular ekspluatatsiya qilinganlar, ezilganlar; qolganlar – “mehnatkash bo‘lmaganlar”. Ikkinchi konsepsiya mehnatkashlarning yanada keng mezonini ilgari suradi – jamiyat boyliklari majmuini, madaniyatning barcha turlarini: moddiy va ma’naviy madaniyatning yaratuvchilari. Mehnatkashlarning bu ikki konsepsiyasini ko‘rib chiqib, V.S.Barulin shunday hulosaga keladi: birinchi konsepsiya (siyosiy iqtisod bo‘yicha) jamiyatni tushunishning o‘z yo‘lida haqqoniy, biroq zamonaviy
dunyoning rivojlanishi, ko‘proq ijodiy-madaniy konsepsiyaga diqqat qaratishni talab qiladi

K.Marks mehnatkashlar deganda asosan ishchilar sinfini nazarda tutadi. Uning nazarida ishchilar sinfi tom ma’noda moddiy ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqarish sub’ektlari. Uning fikriga qarama-qarshi tarzda D.Bell ta’kidlaydiki, ayni vaqtda sanoati rivojlangan davlatlarda industrial kapitalizm borasidagi marksistik iqtisodiy-siyosiy qarashlar o‘z kuchini yo‘qotmoqda. 1976 yil u shunday yozgan edi: “Tarixiy taraqqiyotga proletariatning partiya ta’limoti asosida mutlaq g‘alabasi sifatida qaraladi (partiya tomonidan amalga oshirilgan qatag‘onlar “proletariat diktaturasi” nomi bilan oqlanadi), bu dogmani proletariat postindustrial jamiyatning asosiy sinfi bo‘lib qolmaguncha mahkam ushlab turadi. Proletariat bu jamiyatda asosiy sinf bo‘lib qolarmikan?”


Mehnat jarayonida o‘z ta’sirini o‘tkazadigan tabiat ashyolari mehnat omillari hisoblanadi. Inson mehnatining umumiy ashyosi tabiat va er hisoblanadi. Kishilar o‘zlariga kerak bo‘ladigan hamma narsalarni ana shular ichidan tanlab oladi va ularni ham hom ashyo, yarim fabrikat sifatida qayta ishlab foydalanadilar.


Fan-texnika inqilobining taraqqiy etishi bilan yangi mehnat ashyolarini hosil qilish imkoniyati yaratildi. Lekin shunda ham er, tabiat kishilik jamiyatining birinchi asosi bo‘lib qolaveradi. Demak, buyuk iqtisodchi U.Pettining “Mehnat boylikning otasi va u faol prinsipidir, er esa uning onasi”81 degan iborasi o‘z isbotini to‘la saqlab qoladi.


D.Bell fikricha, postindustrial jamiyatning asosiy xususiyatlariga “nazariy bilimlarning markaziy roli” kiradi. U o‘z qarashlarini shunday ifodalaydi: “Har bir jamiyat doim tajriba va bilimga tayangan. ...Bizning davrimizda, nazariy izlanishlar va moddiyatshunoslikning natijalarini tizimlashtirish texnologik innovatsiyalarning asosi bo‘lib qolmoqda. Bu ayniqsa, oxirgi yuz yillikning nimchoragida - sanoatning bilim talab qiladigan yangi sohalari – kompyuterlar,


elektron, optik texnikalar, polimerlar ishlab chiqarishda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi”. Demak ilmiy bilimlar va texnologiyalarham iqtisodiy taraqqiyotning omillari hisoblanadi. SHuningdek “XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan ilmiy-texnika inqilobining asosiy texnologik yutuqlari ilm-fanni, bevosita jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylantirdi. Ilmiy bilimlar tizimi sekin-asta jamiyat farovonligining ortishini belgilovchi omillar bo‘lgan tabiiy resurslar, homashyo, mehnat va kapital kabi an’anaviy manbalariga qaraganda, ustuvor omilga aylandi. Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, tobora zamonaviy ilm-fanning asosiy sohasiga aylanmoqda va bunda ilm-fan ishlab chiqaruvchi kuch sifatida jadal rivojlanayotgan texnika va ishchilarning yuksalib boruvchi kasbiy bilimlariga aylanmoqda”83.
Inson nimaniki yordamida mehnat ashyosiga o‘z ta’sirini o‘tkazsa, shu narsalar mehnat vositalari hisoblanadi. Unga birinchi navbatda mehnat qurollari kiradi: har-xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, qurilmalar.

Mehnat qurollarining takomillashib borishi tabiatga insonning hokimlik darajasining o‘lchovi ishlab chiqarish taraqqiyotining ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Ancha keng ma’noda mehnat taraqqiyotida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmasada, lekin ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish inshootlari, turli axborot vositalari, aloqa kanallari ham mehnat vositalari hisoblanadi.


Mehnat vositalari va mehnat ashyosi birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.


Demak ishlab chiqarish jarayonining ro‘y berishi uchun ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari bo‘lishi shart. SHundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning omillari deganda: ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari tushuniladi.


Ishlab chiqarish jarayoni amalga oshishi uchun ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birlashishi, iste’mol qilinishi zarur.


Ish kuchi ishlab chiqarishning shaxsiy omili hisoblanib jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi va uning asosiy birdan-bir yaratuvchi elementidir. Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi.

Ishlab chiqarishning ikkala omili fan-texnika inqilobi ta’siri natijasida takomillashib boradi. Ishlab chiqarish vositalari va inson mehnati bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini taqozo etadi.


Ish kuchi ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, buning natijasida mehnat jarayoni ro‘y beradi. Faqat insongina ishlab chiqarish vositalarini yaratadi va ulardan foydalanish usullarini aniqlaydi, huddi ana shu jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar tizimida shaxsiy va moddiy omillarning o‘zaro bog‘liqlikda umumiy yo‘nalishini tashkil etadi.


Hozirda ishchi kuchi iqtisodiy taraqqiyotning bosh omili sifatida e’tirof etilmoqda. SHvetsiyalik iqtisodchilarning quyidagi fikrlari, ayniqsa diqqatga sazovor. “Barcha narsani iste’dod va vaqt hal qiladigan yangi davr keldi..., - deb yozadi K. Nordstrem va Y. Ridderstrale, - Ishlab chiqarish uchun eng muhim resurs botinkalarda yurib, har kuni soat 5 da ish joyini tark qiladi.84Ularning fikricha, hozirda vaqt tig‘izlashib, oniy lahzalar bilan uyg‘unlashmoqda. Inson egalik qiladigan bilimlar eskirib, kerakli yangi tajribalarga talab oshmoqda. Axborotga egalik qilish hech narsa bermasa ham, biroq undan foydalana bilish dunyo ustidan hukmronlik qilishga imkon bermoqda. Stokgolm iqtisod maktabining ikki professori ishi bejizga bestseller darajasiga etgani yo‘q. YAngi dunyoga oddiy qarash va paradigma o‘zgarishlarini qayd etish ularga shon-shuxrat va omad keltirdi. “Fanki-biznes kelajakda ko‘pdan ko‘p savollar yuzaga kelishini va bu savollarga yanada kam standart javoblar bo‘lishini ifodalaydi. Eynshteyn nohaq bo‘lgan. YAxlit nazariya bizni qutqarmaydi, dunyo ustidan hilma hillik hukmronlik qiladi”.85


Muayyan davrda ish kuchiga ega bo‘lish kerak bo‘lgan xususiyatlar qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish vositalari va o‘zlashtirilgan texnologiyalarning holati bilan ham belgilanadi. Mana shu ichki ziddiyatlar birligi orqali ishlab chiqarish omillarining bir biriga mos kelishining mohiyati namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro mos kelishi tabiatan turg‘un emas, balki o‘zgaruvchandir.

YAngi texnika va texnologiya hech qachon o‘z-o‘zidan dunyoga kelmaydi, ularni insonlar ijod qiladi, biroq ilg‘or mehnat vositalari va texnologiyalari ishlab chiqarishda keng tarqalgandan so‘ng ishchi kuchining umumiy holatini yangi talablar darajasiga ko‘tarish kerak bo‘ladi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, ishlab chiqarish jarayoni uning omillarining oddiy yig‘indisi emas, chunki ular o‘zaro ta’sir qiluvchi murakkab tizimni hosil qiladi. Har qanday bir butun tizim esa uning elementlarining oddiy yig‘indisidan sifat jihatdan farq qiladi. Ishlab chiqarishning samarali bo‘lishiga texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish ta’sir qiladi.



    1. Yüklə 56,59 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə