Aktiv tok transformatori sxemasi



Yüklə 27,7 Kb.
səhifə1/3
tarix28.05.2023
ölçüsü27,7 Kb.
#113786
  1   2   3
Aktiv tok transformatori sxemasi


Aktiv tok transformatori sxemasi
Tok transformatorlari (TA) o‘lchov asboblari va himoya apparatlarini yuqori kuchlanish zanjiridan izolyatsiya qilish uchun va himoya zanjirini tarmoqdagi tok bilan ta’minlash uchun qo‘llaniladi.
Tok transformatori nazorat qilinayotgan zanjirga xuddi ampermetr ulagandek, ketma-ket ulanadi (4.1-rasm). Ikkilamchi chulg‘amlariga ampermetr, o‘lchov asboblarining va himoya apparatlarining tok zanjirlari ulanadi.
Almashtirish sxemasi va vektor dia- grammada quyidagilar qabul qilingan: birlamchi tok Iva birlamchi chulg‘am Wqarshiligi ikkilamchi chulg‘am Wo‘ramlar soniga keltirilgan va bunda ikkilamchi chulg‘amdagi tokning vektori Io‘zining haqiqiy yo‘nalishidan 180° ga burilgan (3.2-rasm).
Tok transformatorlarining ishi magnitlovchi kuchning (M.K.) tenglamasi bilan xarakterlanadi. U tenglamaga asosan birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar hosil qilgan M.K.lar yig‘indisi asosiy magnit oqimi Fhosil qilgan ImagWga teng.

I1 ∙W1 + 2 ∙W=mag W1
Magnitlovchi tok Imag= 0 bo‘lganda, ikkilamchi tok I2=I1/nt ga teng, bu yerda: nT =W2/W1 – tok transformatori chulg‘amlarining soni nisbati bo‘yicha aniqlangan transformatsiya koeffitsiyenti.
Shunday qilib, magnitlovchi tok hisobga olinmaganda, tok transformatorlari ideal, xatosiz ishlaydi. Bunda uning ikkilamchi toki birlamchi tokining transformatsiya koeffitsiyenti nt bo‘linganiga teng va ikkilamchi tok birlamchi tokdan 180° ga faza bo‘yicha farq qiladi.
Haqiqiy magnitlovchi tok hech qachon nolga teng bo‘lmaydi. Buni hisobga olgan holda ikkilamchi tok quyidagicha topiladi:

4.2-rasm. Tok transformatorining tuzilishi (a), almashtirish sxemasi (b) va vektor diagrammasi (c).

Bu formuladan kelib chiqadiki, xaqiqiy ikkilamchi tok hisoblab topilgan qiymatdan farq qiladi. Bu farq Imag/nt ga teng. Imag tok ikkilamchi tokning miqdorini va fazasini o‘zgartiradi.
Shunday qilib, magnitlovchi tokning ishtirok etganligi tufayli tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amiga birlamchi tokning faqat bir qismigina transformatsiyalanadi, ya’ni tok transformatorining ishida xatolik paydo bo‘ladi.
Almashtirish sxemasida birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘am orasidagi magnit bog‘lanish elektr bog‘lanish bilan almashtirilgan va birlamchi tomonning barcha kattaliklari ikkilamchi cho‘lg‘amlar soniga keltirilgan.
Tok kattaligining xatosi ikkilamchi tokning qiymatiga asosan foizda o‘lchanadi.
δ burchak bo‘yicha xatoliklar gradus va minutlarda o‘lchanadi.
Tok transformatorlarning magnitlovchi toklari qancha katta bo‘lsa, uning xatosi ham shuncha katta bo‘ladi. Natijada katta xatoliklar releli himoya qurilmalarining xato ishlashiga olib keladi. Shuning uchun tok transformatorlarining xatoliklarini kamaytirish muhim va buning uchun tok transformatorlarida magnitlovchi toklarni kamaytirish kerak.


Yüklə 27,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə