Al-хоrazmiy nоmidagi urganch davlat universiteti milliy g’оya, ma’naviyat asоslari va huquq ta’limi”



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix31.12.2021
ölçüsü1,18 Mb.
#82474
1   2   3   4   5
alisher navoiy asarlarida manaviyat masalasi

O’

RGANISHDAN

 

MAQSAD

.

 

 



Ma’lumki insoniyat o’zining qadimgi tarixiga xamma 

vaqt qiziqish bilan qaraydi. Bu davrni biz qadimgi 

davr deb ataymiz. Bu davrda yashagan xalqlar o’z tili 

madaniyatiga ega bo’lgan Mavzuni o’rganishdan 

maqsad ushbu  mavzuda  o’zbek xalqining qadimgi va 

o’rta asrlardagi madanoyati , ma’naviyati,  milliy 

fazilatlari , urf odatlari an’analari va asrlar davomida 

qon-qoniga singib ketgan turmush tarzi , ma’naviyati 

masalalari  va ularning qay darajada madaniyatli 

ekanligini o’rganish zarurati dolzarb mavzu 

hisoblanadi. Navoiy ham bunga  alohida e’tibor 

qaratgan.  Prezidentimiz ta’rifiga   ko’ra  tarixni  

bilmasdan  turib esa o’zlikni anglash mumkin 

emasligini tushunish va tushuntirish lozim. 

 

Wed



n

es

da



y, 

M

ay



 3

0, 


2018

 




Alisher 


Navoiy 

(taxalluslari; 

asl 

ismi 


Nizomiddin Mir Alisher) (1441.9.2. — Hirot — 

1501.3.1)  —  buyuk  o‘zbek  shoiri,  mutafakkir, 

davlat 

arbobi. 


Alisher  Navoiyning  ota  tomondan  bobosya 

Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan 

ko‘kaldosh  (emikdosh)  bo‘lib,  keyinchalik 

Umar  Shayx  va  Shohruxning  xizmatida 

bo‘lgan.  Otasi  G‘iyosiddin  Bahodir  esa 

Abulqosim 

Boburning 

yaqinlaridan; 

mamlakatni  idora  etishda  ishtirok  etgan. 

Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan 

Shayx  Abusaid  Changning  qizi.  Alisher 

Navoiyning  bolaligi  Shohrux  hukmronligining 

so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelgan. 




 U  temuriyzodalar,  xususan  bo‘lajak 

podshoh  Husayn  Boyqaro  bilan  birga 

tarbiyalangan.  4  yoshida  maktabga  borib, 

tez  savod  chiqarib,  turkiy  va  forsiy  tildagi 

she’rlarni  o‘qib,  yod  ola  boshlagan.  O‘zbek 

tili  bilan  bir  qatorda  forsiy  tilni  ham 

mukammal  egallagan.  1447  yil  12  martda 

mamlakat  podshohi  Shohrux  vafot  etgach, 

taxtga  da’vogarlar  orasida  o‘zaro  kurash 

boshlanadi. Urush-janjallar ko‘p kishilarni 

Xurosondan turli tomonga ko‘chib ketishga 

majbur  etdi.  Alisher  Navoiylar  oilasi  o‘z 

tinchligini  ko‘zlab,  Iroqqa  ko‘chishdi 

(1449).  




Taf  shahrida  Alisher  mashhur  «Zafarnoma»  tarixiy 

asari  muallifi,  shoir  Sharafiddin  Ali  Yazdiy  bilan 

uchrashadi.  Bu  uchrashuv  bolada  yorqin  taassurot 

qoldiradi.  G‘iyosiddin  Bahodir  oilasi  Hirotga,  qariyb 

ikki  yil  muddat  o‘tgach,  qaytadi.  Abulqosim  Bobur 

G‘iyosiddin  Bahodirni  Sabzavor  shahriga  hokim  qilib 

tayinladi. Alisher Navoiy Hirotda qolib o‘qishni davom 

ettirdi.  Alisher  Navoiy  she’riyatga  g‘oyat  qiziqdi, 

Sharq  adabiyotini  qunt  bilan  o‘rgandi.  Oila  muhiti 

bolaligidayoq  unda  adabiyotga  zo‘r  havas  tug‘dirgan 

edi.  Tog‘alari  Mirsaid  —  Kobuliy,  Muhammad  Ali  — 

G‘aribiy  yetuk  shoir  edilar.  Alisher  Navoiylar  uyida 

shoirlar  tez-tez  to‘planishib,  mushoira  qilishar, 

adabiyot  va  san’at  haqida  suhbatlashar  edilar. 

 




Alisher Navoiy 10—12 yoshlaridan she’r yoza boshlagan. 

Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Alisher 

Navoiyning iste’dodidan mamnun bo‘lgan mavlono 

Lutfiy, uning: 

 



Orazin yopqoch, ko‘zumdan sochilur har lahza yosh, 

Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh. 

 

matla’li g‘azalini tinglab: «Agar muyassar bo‘lsa edi, 



o‘zimning o‘n-o‘n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu 

g‘azalga almashtirardim...» degan. Alisher Navoiy 15 

yoshida shoir sifatida keng tanilgan. She’rlarini turkiy 

(Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan) 

tillarida yozgan. 

 

10 




Alisher Navoiy 13—14 yoshlarida otasi hayotdan ko‘z 

yumadi.  Uni  Abulqosim  Bobur  o‘z  tarbiyasiga  oladi, 

katta badiiy iste’dodi uchun g‘oyat e’zozlaydi. 1456 yil 

oktabrda  mamlakat  poytaxti  Hirotdan  Mashhadga 

ko‘chiriladi,  Abulqosim  yosh  Alisherni  ham,  o‘z 

xizmatida bo‘lgan Husayn Boyqaroni ham Mashhadga 

olib  ketadi.  1457  yilning  bahorida  to‘satdan 

Abulqosim  Bobur  ham  vafot  etdi.  Alisher  Navoiy 

uchun  bu,  otasi  vafotidan  keyingi,  ikkinchi  og‘ir 

judolik  bo‘ldi.  U  Mashhad  madrasalaridan  birida 

o‘qishini  davom  ettiradi.  Do‘sti  Husayn  Boyqaro  esa 

Marv  va  Chorjo‘y  tomonlarga  omad  qidirib  ketadi. 

Xurosonni 

temuriylarning 

yana 


bir 

vakili, 


Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said egalladi va 

poytaxtini Samarqanddan Hirotga ko‘chiradi. 



11 


Husayn Boyqaroning taxtni egallash yo‘lidagi birinchi 

raqibi  —  Abu  Sayd  edi.  Alisher  Navoiy  oilasining 

xohish-rag‘bati  Husayn  tomonda  bo‘lib,  bu  avvalo 

ularning oilaviy yaqinliklari bilan izohlanardi; bundan 

yangi hukmdor ham yaxshi xabardor edi. O‘rtadagi bu 

vaziyat  Alisher  Navoiy  hayotini  murakkablashtirgan. 

Alisher  Navoiy  Mashhadda  oddiy  bir  mullavachcha 

sifatida  yashadi.  Shoirning  bu  davrdagi  ijodida  o‘z 

yurtini  sog‘inib  yozgan  g‘azallari  talaygina.  Orada, 

xususan,  yoz  fasllarida  Hirotga  borib-kelib  ham 

turgan.  1463  yilda  esa  u  uzil-kesil  Hirotga  qaytdi. 

Biroq  bu  yerda  ahvol  o‘zgargan,  shahar  xarobaga 

aylangan edi. Xuroson poytaxtida Sulton Abu Said o‘z 

tartibini  o‘rnatgan,  muhim  vazifalarga  u  bilan 

Movarounnahrdan  kelgan  kishilar  tayinlangan, 

Alisher  Navoiy  ga  yaqin  kishilar  quvg‘in  qilingan, 

Husayn  Boyqaro  bilan  birga  ketgan  tog‘alari  — 

Mirsaid  va  Muhammad  Ali  urushda  halok  bo‘lgan, 

yashash uchun biron joy topish muammo edi.  



12 


Alisher Navoiyning o‘sha kunlardagi ahvoli uning 

keyinchalik ustozi Sayyid Hasan Ardasherta 

Samarqanddan yozgan maktubidagi she’riy satrlarda 

nihoyatda ta’sirli va haqqoniy ifodalab berilgan. Bu 

vaqtda mamlakatda taniqli shoir bo‘lib qolgan Alisher 

Navoiyni Abu Sayd ta’qib qilib, Hirotdan chiqarib 

yuboradi. Shoir Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi. 

Alisher Navoiy Samarqandda 1465 yildan 1469 yilning 

bahorigacha yashadi, Fazlulloh Abu Lays madrasasida 

o‘qib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada 

chuqurlashtirdi. Samarqandning ko‘zga ko‘ringan 

shoirlari — Shayxim Suhayliy, Mirzobek, Mavlono 

Xovariy, Mir Qarshiy, Harimi Qalandar, muammogo‘y 

Uloyi Shoshiy, olim Mavlono Muhammad Olim va 

boshqa bilan hamsuhbat bo‘ldi va do‘stlashdi 



13 


Buyuk insonparvar Alisher Navoiy o‘rta asrdagi 

Uyg‘onish davrining boshqa ulug‘ zotlari singari butun 

hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo‘lishi lozimligini 

ko‘rsatdi. U o‘z davridagi nohaqlikka, adolatsizlikka 

qarshi kurashdi, amaldorlarning o‘z vazifalarini 

suiiste’mol qilishlarini va ta’magirliklarini fosh etdi, 

ojiz, muhtoj kishilarni o‘z himoyasiga oldi. Sulton 

Husayn Boyqaro podshohlik qilgan, Alisher Navoiy 

hukumatda bosh vazir vazifasini egallagantshllarda 

hech bir mamlakatga qarshi bosqinchilik urushi olib 

borilmadi. Bosh vazir Alisher Navoiy madaniyat va 

san’atning chinakam homiysi sifatida taniladi. Uning 

faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalarni to‘g‘ri hal 

etishga intilish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy 

qatlamlarga, barcha qavmlarga bir xil munosabatda 

bo‘lish, hech qaysi birini kamsitmaslik, hammaning 

manfaatiga barobar xizmat qiladigan jamoat binolarini 

qurishga alohida e’tibor berish oldingi uringa chiqa 

boshladi. 



14 


Xondamirning qayd qilishicha, 80-yillar davomida Alisher 

Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirotda va mamlakatning 

boshqa shaharlarida bir necha Madrasa, 40 ta rabot, 17 

masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ga yaqin 

hovuz qurgan yoki ta’mirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi 

«Ixlosiya», «Nizomiya» madrasalari, «Xalosiya» xonaqohi, 

«Shifoiya» tibgohi, Qur’on tilovat qiluvchilarga 

mo‘ljallangan «Dorul-huffoz» binosi, Mar-vdagi «Xusraviya» 

madrasasi, Mashhaddagi «Dorul-huffoz» xayriya binosi va 

boshqa noyob me’morlik yodgorliklari bor. Bu davrda 

Hirotda adabiy hayot jo‘sh urgan. Alisher Navoiy atrofida 

Shayxim Suhayliy, Xoja Osafiy, Binoiy kabi o‘nlab shoirlar, 

Hasan Noiy, Xoja Abdullo Marvoriy, Qulmuhummad Udiy, 

Shohquli G‘ijjakiy kabi o‘nlab sozandalar, Mirxond, 

Xondamir kabi tarixchilar, Sultonali Mashhadiy, Abdujamil 

Kotib, Xoja Hofiz Muhammad, Sultonali Koiniy, 

Muhammad Xandon, Mavlono Hijroniy kabi mashhur 

kotiblar, Behzod kabi musavvirlar qizg‘in ijodiy mehnat 

bilan band edilar. 

 

15 



Hirotda,  umuman  Xuroson  mul-kida  ma’naviy 

hayotning  baquvvat  ustunlaridan  Abdurahmon  Jomiy 

bilan  Alisher  Navoiy  o‘rtasidagi  ijodiy  hamkorlik  — 

ustoz-shogirdlik  ko‘p  masalalarda  hamfikrlilikka  olib 

keldi. Alisher Navoiyning o‘zbek tilidagi dastlabki yirik 

asarlaridan  «Hiloliya»  qasidasi  Sulton  Husayn 

Boyqaroga  bag‘ishlangan  bo‘lsa,  forsiy  tildagi  birinchi 

yirik  asari  «Tuhfat  ul-afkor»  (1476)  qasidasi  Jomiyga 

bag‘ishlangan 

edi. 

1470-yillarning  oxirlarida  Alisher  Navoiy  o‘zining 



o‘zbek  tilida  yozgan  she’rlaridan  iborat  ilk  devoni  — 

«Badoe’  ul-bidoya»  («Badiiylik  ibtidosi»)ni  tuzdi. 

Mazkur devonda 777 g‘azal, 85 ruboiy, 52 muammo, 46 

qit’a,  53  fard,  10  tuyuq,  10  lug‘z,  3  mustazod,  5 

muxammas,  3  tar-je’band,  2  musaddas  bo‘lib,  bunday 

mukammal  devonni  tuzish  Navoiygacha  kamdan-kam 

o‘zbek  shoiriga  nasib  bo‘lgan.  Alisher  Navoiy  «Badoe’ 

ul-bidoya»  tuzilgandan  keyingi  davrda  yozilgan 

o‘zbekcha  she’rlari  asosida  1480  yillarning  oxirida 

«Navodir  un-nihoya»  («Behad  nodirliklar»)  devonini 

tuzdi. 

16 



1841 — 82 yillarda Alisher Navoiy «Chixl hadis» 

(«Qirq hadis» yoki «Arbain») asarini yozadi. Bunda 

Muhammad payg‘ambar(sav) ning qirq hadisi to‘rtlik 

bilan she’riy ifodalab berilgan. 

Alisher Navoiy mansub adabiy hayotda she’riy 

janrlardan g‘azal, qasida, ayniqsa muammo yozishga 

qiziqish kuchli edi. Alisher Navoiy forsiy devoniga 373 

muammo kiritgan. Shunday adabiy mayllar tufayli 

1485 yil muammo yozish qoidalari haqida maxsus 

«Mufradot» asarini yaratdi. 

Alisher Navoiyda o‘zbek tilida «Xamsa» — besh doston 

yaratish maqsadi yoshligidan bo‘lgan. Bu maqsadini 

1483—85 yillarda amalga oshirdi. Asar o‘zbek 

adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon 

adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi. 

 

17 



«Xamsa»dan  keyin  Navoiy  yana  bir  qancha  asarlar 

yaratdi.  1485  yil  uzining  mashhur  «Nazm  ul-javohir» 

asarini  yozdi,  bunda  birinchi  xalifalardan  bo‘lmish 

Hazrat  Alining  266  ta  hik-matli  gapi  ruboyi  tarona 

(to‘rt  misrasi  ham  qofiyalangan)  shaklida  bayon 

etilgan.  O‘sha  Davr  kitobxonlari,  shu  jumladan, 

tarixchi Xondamir bu asarni g‘oyat yuksak baholagan. 

Alisher  Navoiyning  insonparvarlik  faoliyati,  ilg‘or 

qarashlari,  uning  obro‘-e’tibori  xalq  orasida  tobora 

ortib  borishi  o‘z  manfaatlarini  ko‘zlagan  saroy 

a’yonlari  orasida  norozilik  tug‘dirdi.  Ular  shoir  bilan 

podsho orasiga nifoq solishga urindilar. Natijada 1487 

yilda  Husayn  Boyqaro  Alisher  Navoiyni  vazifasidan 

bo‘shatadi,  bosh  vazir  vazifasini  Muhammad 

Majdiddin egallaydi. 



18 


Navoiy  esa  Astrobodga  hokim  qilib  tayinlanadi. 

Navoiy  hokimlik  qilgan  2  yil  davomida  Astrobod 

shahri va viloyati obodonlashib, qo‘shni davlatlar bilan 

yaxshi  munosabatlar  o‘rnatiladi,  savdo  ishlari  yo‘lga 

qo‘yiladi.  Alisher  Navoiy  Astrobodda  ham  ko‘p  yangi 

she’rlar  yozgan,  Hirotdagi  yor-do‘stlariga  maktublar 

yo‘llab 


turgan. 

Uning 


Astroboddan 

Husayn 


Boyqaroning  katta  o‘g‘li  Badiuzzamonta  yozgan 

maktubini davlatni boshqarish haqidagi risola, deyish 

mumkin. 

Alisher  Navoiy  doim  Husayn  Boyqaroni  adolatli  va 

ma’rifatli  hukmdor  qiyofasida  ko‘rish  orzusi  bilan 

yashadi.  Astroboddan  Husayn  Boyqaroga  va  boshqa 

amaldorlarga  yozgan  maktublarida  ularni  insof  va 

adolatga  chaqirar,  davlat  idora  usulida  mustahkam 

tartib  o‘rnatish  va  ayrim  islohotlar  o‘tkazishga  undar 

edi.  Lekin  Alisher  Navoiyning  istaklari  to‘la  amalga 

oshishi qiyin edi.  

19 



Astrabodda Navoiy bilan Husayn Boyqaro 

munosabatlariga putur yetkazuvchi gaplar yuzaga 

kelgach, podshoh Alisher Navoiyning Hirotga 

qaytishiga ruxsat beradi. Husayn Boyqaro Navoiyga 

bir nechta yuksak lavozimlarni taklif qiladi. Alisher 

Navoiy rozi bo‘lmagach, unga «Muqarrabi hazrati 

sultoniy» («Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») 

degan rasmiy unvon beriladi. Bu bilan u davlatning 

hamma ishlariga aralasha olar va podshoh bilan 

ko‘rishish imkoniga ham ega bo‘lar edi. Binobarin, 

saroy amaldorlari, shu jumladan, Muhammad 

Majdiddin ham har bir muhim masalani ko‘p vaqt u 

bilan kelishishga majbur edi 



20 


Navoiy  o‘zbek  tilida  she’riyat  nazariyasi,  aniq-rog‘i, 

aruz  vazni  qoidalari  haqida  «Mezon  ul-avzon» 

(«Vaznlar  o‘lchovi»)  ilmiy  qo‘llanmasini  yaratdi.  1494 

yilda  turkiy  tildagi  maktublarini  to‘plab  «Munshaot» 

(«Maktublar»)  majmuasini  tuzdi.  1495  yil  Jomiyning 

«Nafahot  ul-uns»  asarini  «Nasoyim  ul-muhabbat» 

(«Muhabbat shabadalari») nomi bilan tarjima qilib, uni 

qayta  ishlab,  turkiy  mashoyixlar  haqidagi  yangi  ma’-

lumotlar  bilan  boyitdi.  Shu  boisdan  «Nasoyim  ul-

muhabbat»ga  Alisher  Navoiy  ning  mustaqil  asari 

sifatida 

qarash 

mumkin. 


Alisher Navoiy 1491—92 yillardan boshlab turkiy tilda 

yozilgan  hamma  she’rlaridan  yangi,  yig‘ma  devon 

tuzishga  kirishdi  va  bu  ish  1498—99  yilda  nihoyasiga 

yetdi. 


21 


Devonning umumiy nomi «Xazoyin ul-maoniy» 

(«Ma’nolar xazinasi») bo‘lib, 4 qismdan iborat 

bo‘lganligi uchun «Chor devon» deb ham atalgan. 

Devon shoirning butun hayoti davomida yozilgan 

she’rlarini qamrab olgan, ularda Alisher Navoiy ning 

barcha davrlaridagi kayfiyati, dunyoqarashi, orzu-

umidlari ifodalab berilgan. Taxminan shu yillarda 

Alisher Navoiy forsiy she’rlaridan tashkil topgan 

«Devoni Foniy» («Foniy devoni»)ni, forsiy tildagi 2 

qasidalar majmualarini tuzib, forsiy she’riyat taraq-

qiyotiga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. 

Xurosonda forsiyzabon xalqlar ko‘pchillikni tashkil 

etganligi inobatga olinsa, Alisher Navoiyning bu tilda 

ham samarali ijod qilgani mamlakat ma’naviy 

ehtiyojini yaxshi his etganligini bildiradi. 

 

22 



1490  yillarning  o‘rtalariga  kelib  mamlakatda  ijtimoiy-

siyosiy tanglik kuchaya boshlaydi. Temuriylar xonadonida 

hukmdor o‘g‘illari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar esa 

bu  tanglikni  yanada  kuchaytiradi.  Har  bir  shahzodaning 

o‘z tarafdorlari bo‘lib, ularni murosaga keltirish ko‘p vaqt 

Alisher  Navoiy  zimmasiga  tushar  edi.  Bosh  vazir 

Nizomulmulk  esa  1496—97  yillarda  bu  oilaviy 

mojarolarda  bir  tomonlama  harakat  qilib,  Muzaffar 

Mirzonkt  onasi  —  Xadicha  begimga  yon  bosadi.  Shu 

asosda  Husayn  Boyqaro  bilan  Astrobodda  hokimlik 

qilayotgan  Badiuzzamon  o‘rtasida  harbiy  to‘qnashuv  yuz 

berdi.  Saroydagi  fitna,  jumladan,  Nizomulmulkning 

qabihligi  natijasida  Badiuzzamonning  o‘g‘li,  Husayn 

Boyqaroning  eng  sevimli  nabirasi,  Navoiyning  esa  ixlos 

qo‘ygan  shogirdi  Mo‘min  Mirzo  fojiali  o‘ldiriladi.  Bular 

hammasi Alisher Navoiy hayoti va kayfiyatiga salbiy ta’sir 

ko‘rsatadi. 

 

23 



Alisher  Navoiyning  she’riy  dahosi  15-asr  oxirlariga 

kelib yana jo‘sh urdi. U 2 yil mobaynida 2 ta yirik asar 

—  «Lison  ut-tayr»  («Qushlar  tili»)  dostonini  va 

«Muhokamat  ul-lug‘atayn»  («Ikki  til  muhokamasi») 

nomli  ilmiy  asarini  yaratdi.  Alisher  Navoiyning 

so‘nggi buyuk asarlaridan yana biri nasriy pandnoma 

yusinida 

yozilgan 

«Mahbubul-qulub» 

(«Qalblar 

sevgani»)dir.  U  Sharq  adabiyoti  tarixida  Shayx 

Sa’diyning  «Guliston»,  Kaykovusning  «Qobusnoma», 

Nizomiy  Aruzi  Samarqandiyning «Chor  maqola»  kabi 

asarlari  qatorida  turadi.  Bu  asarida  Alisher  Navoiy 

o‘zining  hayot  yo‘lini,  boshidan  kechirgan  turmush 

mashaqqatlarini 

yorqin 


tasvirlab 

bergan. 


 

24 


Zotan o‘zbek she’riyatida inson dardi va hasratlarini, o‘z 

sevgilisiga talpinishlarini Navoiydan o‘tkazib ifodalagan 

shoirni topish qiyin. Alisher Navoiy ning ishqiy mavzuda 

yozgan she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri 

shundaki, ulardagi ko‘p g‘oya va timsollar, tasviriy detallar 

an’anaviy xarakterga ega. Shu bilan birga ishq va ishqiy 

obrazlar talqinida ham boshqa mumtoz ijodkorlar kabi 

Alisher Navoiy ramziylikka ko‘p o‘rin beradi. «Yor» — bu 

dunyo go‘zaligina emas, uningcha, bu — butun borliqni 

yaratgan va hamma narsani harakatga keltirib turgan 

Alloh hamdir. Shoir o‘zining tasavvufiy she’rlarida yorning 

qoshi, ko‘zi, zulfi, sochi (va h.k.) deganda Allohning kuch-

qudrati, mehri, oliy darajadagi go‘zalliklarini ko‘zda tutadi. 

Alisher Navoiyning barcha lirik janrlarga oid she’rlari 

yuksak mahorat bilan yozilgan bo‘lib, inson manfaatlariga, 

uning e’tiqodini mustahkamlashga, ruhini 

sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Uning falsafiy, axloqiy 

mazmundagi hayot nafasi ufurib turgan har bir she’ri bu 

janrning o‘lmas namunalaridir (yana q. «Xazoyin ul-

maoiiy»). 

25 



Ulug‘ shoir ijodining shoh asari «Xamsa» 5 dostondan 

iborat. Bular «Hayrat ul-abror» («Yaxshilar hayrati»), 

«Farhod  va  Shirin»,  «Layli  va  Majnun»,  «Sab’ayi 

sayyor»  («Yetti  sayyora»),  «Saddi  Iskandariy» 

(«Iskandar devo-ri») dostonlaridir. Fors adabiyotidagi 

xamsachilikka  javob  sifatida  o‘zbek  tilida  birinchi 

marotaba  yaratilgan  Alisher  Navoiy  «Xamsa»si  bu 

tilning cheksiz imkoniyatlarini amalda isbot etdi. 52 

ming  misradan  iborat  bu  beshlik  15-asr  islom 

tafakkurining  borliq  va  tabiat,  inson  va  jamiyat, 

axloq  va  kamolot  haqidagi  o‘ziga  xos  qomusi  edi. 

Shoir  voqealarni  qadim  Sharq  tarixining  Xusrav, 

Bahrom,  Iskandar  kabi  nomlari  afsonalar  bilan 

chulg‘angan shaxslar, Layli va Majnun kabi oshiqlar 

hayotidan oldi. Ularga yangi mazmun berdi, turkona 

ruh 

kiritdi. 



Davrning 

dardli 


masalalarini, 

avlodlarning orzu va armonlarini ko‘tarib chiqdi 



26 


Alisher Navoiyning katta adabiy va tarixiy 

ahamiyatga ega «Munshaot» asari uning turkiy tilda 

o‘z zamondoshlari — podshohlar va shahzodalar, ilm 

va adabiyot axdlari bilan olib borgan yozishmalari 

majmuidan iborat, maktub janrining mukammal 

namunalari sanaladi. Maktublarning miqdori turli 

qo‘lyozmalarda turlicha, bir-birini to‘ldiradi. Alisher 

Navoiy o‘zining forsiy maktublarini ham yig‘ib, 

«Munshaot» tuzgan. Biroq u bizgacha yetib kelmagan. 

Alisher Navoiyning eng muhim asarlaridan biri 

«Vaqfiya» bo‘lib, bir qarashda, shoir va buyuk davlat 

arbobining o‘zi kurgan imoratlariga vaqfi, ya’ni 

rasmiy hujjatidek ko‘rinsa ham, aslida unda Sulton 

Husayn Boyqaro davri davlat tizimi, Alisher 

Navoiyning bu davlatni boshqarishdagi o‘rni, uning 

tarjimai holi, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashlari 

katta bilimdonlik va aniqlik bilan yoritilgan.  



27 


Alisher Navoiy  asarlari o‘nlab xalqlarning tillariga 

tarjima bo‘lgan. Mac. «Majolis un-nafois» 16-asrdayoq 

fors tiliga Faxriy bin Sulton Muhammad Amiriy, 

Muhammad Qazviniy va Shohali Abduali Nishopuriy 

tomonidan 3 marta tarjima qilingan. Alisher 

Navoiyning boshqa tillarga tarjima qilingan dastlabki 

badiiy asari «Sab’ai sayyor» bo‘ldi. Xristofor 

Armaniyning 1557 yilda italyan tilida nashr etilgan 

«Sarandib shohi uch o‘g‘lonining ziyorati» asarida 

Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonidagi 

qoliplovchi hikoyasi — «Bahrom va Dilorom» hikoya 

qilinadi. Bu asar nemis, frantsuz va golland tillariga 

tarjima qilinib, 11 marta nashr etilgan. 

Wed

n

es



da

y, 


M

ay

 3



0, 

2018


 

28 


X

ULOSA


 

Buyuk  mutafakkir  tilshunos  olim,  zullisonayn 



ijodkor  so’z  mulkining  sultoni  bobokalonimiz 

Alisher  Navoiy  ma’naviyat  masalasiga  katta 

e’tibor  qaratgan.  Milliy  g’oyamizning  tarkibiy 

qismiga  kiruvchi  “komil  inson”  g’oyasini  Farxod 

obrazida talqin qilib hamsashunoslikda ham tub 

burilish yasagan. Uning qahramoni Farxod yovuz 

dev,  ajdarlar  bilan  kurashgan.  Aslida  ular  inson 

kamolotining kushandasi bo’lgan nafs, ochko’zlik, 

tarbiyasizlik  va  savodsizlik  edi.    Alisher  Navoiy 

chin  ma’noda  ma’naviyat,  o’zbek  xalqining 

kuychisi  edi  desak  mubolag’a  bo’lmaydi.Uning 

asarlaridagi  ma’naviyat  masalasini  o’rganish, 

tatbiq etish dolzarb masalalardan bo’lib qoladi.  

Wed


n

es

da



y, 

M

ay



 3

0, 


2018

 


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə