Algebra va sonlar nazariyasi-1



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/16
tarix30.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#167786
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Algebra va sonlar nazariyasi-1


Algebra va sonlar nazariyasi-1”

ma’ruzalar matni


Muallifilar: f.-m.f.n. Sh.N. Ismailov , Atakulov O., Eshonchaeva G.N.
Yaratilgan: Angren 2005 yil
Kategoriya: Matematika
Bo’lim: Algebra va sonlar nazariyasi
Institut: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti
Fakultet: Matematika va fizika
Kafedra: Matematika
Electron fayl turi : RAR
Electron fayl xajmi:

Annotatsiya




Mazkur ma’ruza matnlar tŏplami «Algebra va sonlar nazariyasi» ŏquv predmetidan pedagogika instituti bakalavriat «Matematika-informatika» ta’lim yŏnalishi bŏyicha tahsil oladigan talabalar uchun muljallangan bŏlib, unda 1-semestrga doir 36-soatlik ma’ruzalar matnlari jamlangan.
Mavzular Nizomiy nomidagi TDPU tomonidan tuzilgan namunaviy ŏquv dasturga rioya qiladi. Ayrim mavzularning ketma-ketligi ŏzgartirilgan bŏlib, unda asosiy algebraik strukturalar tushunchalari yoritilgan.
Mundarija

1,2 -ma’ruzalar
1. Mavzu: Mulohaza. Mulohazalar ustida amallar. Formulalar.
3 -ma’ruza
1. Mavzu: Predikatlar. Kvantorlar.
4,5 -ma’ruzalar
1. Mavzu: Tŏplam. Tŏplam osti. Tŏplamlar ustida amallar va ularning xossalari.
6,7 –ma’ruzalar.
1. Mavzu: Dekart kŏpaytma. Funktsiya. Munosabat. Ekvivalentlik va tartib munosabatlari.
8 -ma’ruza
1. Mavzu: Algebraik amal. Binar algebraik amallarni turlari.
9 -ma’ruza
1. Mavzu: Algebra. Algebralar gomomorfizmi va izomorfizmi. Algebraik sistema. Tartiblangan algebralar.
10 -ma’ruza
1. Mavzu: Gruppa va uning asosiy xossalari.
11-ma’ruza
1. Mavzu: Xalqa va uning asosiy xossalari. Butunlik sohasi. Maydon. Jism.
12-ma’ruza
1. Mavzu: Kompleks sonlarning aksiomatik nazariyasi. Kompleks sonlar maydoni.
13- ma’ruza
. Mavzu: Kompleks sonining trigonometrik shakli. Muavr formulasi.
14- ma’ruza
1. Mavzu: Kompleks sonidan ildiz chiqarish.

Ŏzbekiston Respublikasi XalQ ta’limi vazirligi

Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti




(ma’ruzalar matni )

1 – Qism

«Matematika» kafedrasi
Tuzuvchilar: kaf.mud. f.-m.f.n. Sh.N. Ismailov ,
ŏq.Atakulov O. , ŏq. Eshonchaeva G.N.

Angren-2005


Kirish.
Mazkur ma’ruza matnlar tŏplami «Algebra va sonlar nazariyasi» ŏquv predmetidan pedagogika oliygohlari bakalavriat «Matematika-informatika» ta’lim yŏnalishi bŏyicha tahsil oladigan talabalar uchun muljallangan bŏlib, unda 1-semestrga doir 36-soatlik ma’ruzalar matnlari jamlangan.
Mavzular Nizomiy nomidagi TDPU ŏqituvchilari tomonidan tuzilgan namunaviy ŏquv dasturga rioya qiladi. Ayrim mavzularning ketma-ketligi ŏzgartirilgan bŏlib, unda asosiy algebraik strukturalar tushunchalari yoritilgan.
Har bir mavzu tŏla bayon etilib, iloji boricha har bir teorema isboti keltirilgan yoki kerakli kŏrsatmalar berilgan. Ayrim teoremalar isbotlari mustaqil ŏrganishga muljallangan bŏlib, [1] (Nazarov R.N., Toshpŏlatov B.T., Dŏsumbetov A.D. Algebra va sonlar nazariyasi. T.: Ŏqituvchi. 1-qism. ) va [2] ( Kulikov L.Ya. Algebra i teoriya chisel. M.: Vŏssh.shkola. 1979 g.) da keltirilgan.
Tayanch tushunchalarni bayon etishda ShEHM, proektor kabi texnik vositalar-dan keng foydalanishi kŏzda tutilgan. Ma’ruzalarni slaydlarini yaratishda va ekranda namoyish qilishda Microsoft Office dasturlar oilasining Microsoft Power Point, Microsoft Photo Editor, Microsoft Word , Microsoft Equation dasturlaridan, ayrim sonli va analitik hisob-kitoblarda MathCad va MathLab dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə