Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish



Yüklə 268,73 Kb.
səhifə2/10
tarix19.12.2023
ölçüsü268,73 Kb.
#151500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu. Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish-fayllar.org

2. “Algoritm” tushunchasi
Yuqorida qayd etganimizdek, qo‘yilgan biror masalani kompyuterda yechish uchun, avval uning matematik modelini, keyin esa yechish algoritmi va dasturini tuzish kerak bo‘ladi. Ushbu uchlikda algoritm bloki muhim ahamiyatga ega. Endi algoritm tushunchasining ta’rifi va xossalarini bayon qilamiz. Masala echimini cheklangan qadamlar natijasida hosil qiladigan, oldindan tayinlangan va aniq belgilangan qoidalar yoki buyruqlar ketma-ketligi algoritm deyiladi. Soddaroq qilib aytganda, algoritm bu - oldimizga qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligidir. Algoritm tuzish - bu dasturlashdir, algoritmni tuzuvchilar esa dasturchilardir.
Masalan, ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamani yechish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi zarur bo‘ladi:

a, b, c koeffitsiyentlar berilgan bo‘lsin.
Berilgan a, b, c koeffitsiyentlar yordamida discriminant.


D= b2-4ac hisoblanadi.

D>0 bo‘lsa X12 = (−b± D)/ 2*( a)- hisoblanadi.

D<0 >bo‘lsa, haqiqiy echimi yo‘q.
Misol sifatida berilgan a, b, s tomonlari bo‘yicha uchburchakning yuzasini Gerron formulasi bo‘yicha hisoblash masalasini ko‘rib chiqaylik.


a, b, c uchburchak tomonlari uzunliklari.

r = (a+b+c)/2 - perimetrning yarmi hisoblansin.
T= p(r-a) (r-b) (r-c) – hisoblansin.


S= T hisoblansin.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, algoritmning har bir qadamida bajariladigan amallar tushunarli va aniq tarzda ifodalangan hamda chekli sondagi amallar bajarilgandan keyin aniq natija olish mumkin.
Zikr etilgan, tushinarlilik, aniqlilik, cheklilik va natijaviylik tushunchalari algoritmning asosiy xossalarini tashkil etadi. Bu tushunchalar keyingi paragraflarda alohida ko‘rib o‘tiladi.
“Algoritm” so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy nomini Evropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. AlXorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik canoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amalni bajarish qoidalarini asoslab bergan.


Yüklə 268,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə