Alifbe bayrami



Yüklə 19,92 Kb.
tarix02.03.2022
ölçüsü19,92 Kb.
#84277
Alifbe bayrami


Alifbe bayrami
Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar aziz mehmonlar,jajji o’quvchilarim! Sizlarni gulgun chehrangizni ajoyib go’zalligigu,lablaringizni xandon kulgu tark etmasin deya bugungi inson hayotida 1marotabagina bo’lib,bir umrga unitilmaydigan “Savodxonlik bayrami”ni tinglab tomosha qilishga taklif etamiz.

Bugun koshonamizda katta tantana va biz bugun juda baxtiyormiz.Chunki qalbi beg’ubor bolajonlarimiz O’zbekiston deya atalmish tinch,osuda go’zal Vatan qo’ynida barcha sharoitlarga ega ilm maskanlarida bilim olib o’z savodlarini chiqardilar.Hozir davramizga bugungi shodiyonamizning sababchilari bo’lgan shirin-shakar bolajonlarimizni taklif etamiz.

Musiqa sadosi ostida o’quvchilar kirib keladi

Ilk to`siqni qoldirib ortda,

Farzandingiz oshmoqda davon.

Sizlar uchun farzand qanotda,

Dilda bugun ming bir hayajon.

Ilm yo`li murakkab ammo,

Istedodda bo`lar benazir.

Ko`rib ko`zlar quvonar cheksiz,

Bayramingiz sizga muntazir.
Salom haqida She’rlar: Kamola, Javohir, Nigina Shohruz Laziza Diyor

: So’zimiz boshi salom

Ish boshidir intizom

Mehmonlarga chin dildan

Deymiz salom assalom.
2 – boshlavchi: Assalom otajonlar

Assalom onajonlar

Salomini yo’llaydi

Sizlarga bolajonlar.


: Bugun bizning maktabda

Juda katta tantana

Bilimini namoyish

Qiladi har bir bola


: Ustozlarning o’gitin

Dilimizga joylaylik

Dilda xayajon bilan

Bayramimiz boshladik


(bolalarga qarata)

Mustaqil yurtimizning

Kelajagi bolalar

Ona Vatan bag’rida

Baxtin topgan bolalar.
: Ona yerda muhabbat

Yosh avlodning dilida

Madhiyamiz yangraydi

Bolalarning tilida

Tashnadirman ilimga

Yurarman seni maqtab

Nur to’shading yo’limga

Qadrdon ona maktab


Mehriing bilan yosh yurak

To’lib toshar limmo lim

Bo’lsam bilimdon ziyrak

Yulduzga yetar qo’lim


Salom senga maktabim

Bilim olish maqsadim

Urishtirib harflarni

Tuzarman ko’p gaplarni

Yurib gaplar izidan

O’tarman yer yuzidan

O’t va suvlar kecharman

Tilsimlarnii yecharman

O’qituvchi: unib o’sgan joyingiz

Shahar-u qishlog’ingiz

Sizga qadrdon el yurt

Qani nomin aytingiz


O’quvchi: Do’stlar mening yurtimni

O’zbekiston deydilar

Dong’I ketgan dunyoni

Bog’-u bo’ston deydilar


Vatan haqida she’rlar:

Raqs qizlar ijrosida: nahori nashta


O’qituvchi: Bu bayram sababkori

Bilimlar poydevori

Ma’noli shirinso’zi

Qani alifbe o’zi

Barabar qarsak chalsak

Alifbeni chaqirsak


O’quvchilar: alifbejon kelaqol

Olqishlaymiz quloq sol


Davraga alifbe kitobi kirib keladi.

Assalomu alaykum mening jajji do’stlarim

Siz ila shodon bugun sofdil qora ko’zlarim

Men alifbe kitobman

Nur taratgan oftobman

Niyatim pok beg’ubor

Omad bo’lsin sizga yor
Hamma; rahmat alifbe kitob

Sensan bizning mohitob


O’quvchi: Alifbeni o’rganib

Olim bo’ib qoldik biz

Qo’lga bilim eshigin

Zar kalitin oldik biz


Endi kitob bizlarni

Do’stimiz bo’lib qoldi

Alifbomizyurakka
Alifbe:O’sib o’sib yildan yil

17ga to’lasiz

Kasblar juda hilma hil

Sizchi siz kim bo’lasiz


Kelajakda birimiz

Bo’lamiz zo’r shifokor

Birimiz shoir ishchi

Va birimiz binokor


Ozod vatanimizga

Dildan xizmat qilamiz

O’zbekistonimizga

Yaxshi farzand bo’lamiz


Ulg’ayib bo’lsam katta

Me’mor bo’lay albatta

Chizaman kecha kunduz

Zo’r binolar ochar yuz

Kim ko’rsa uni bir bor

Desin haqiyqiy me’mor

Menchi bo’lib zo’r olim

Yarataman ilmu fan

Ishimni ko’rib rahmat

O’g’lim deb aytsin vatan


Menchi muallim bo’lib

Yosh avlodga beray dars

Fidoiy ustoz bo’lay

Ko’rganlar qilsin havas


Hamma bolalar: avvalo odam bo’lib

Tarataylik yurtga nur

Ona vatan ardoqlab

Desin: Rahmat, tashakkur


Rahmat aziz do’stlarim

Dono shirin so’zlarim

Siz bilan qilay suhbat

Mana o’tdi shuncha vaqt

Qani atingchi menga

Nimalar o’rgandingiz

Qay tilda so’zladingiz
O’quvchilar:Sen bilan bo’lgan har dam

Bizga quvonch baxsh etar

Savod o’rgatish sendan

Bizni hur vatan kutar


Bizning ona tilimiz

O’zbektili buyukdir

Biz unda so’zlashamiz

Til el aro suyukdir

Alifbe: meni xursand etdingiz

Nurga to’lsin yo’lingiz

Endi bir sinovim bor

Tinglang so’zlari humor

Alifboda jamuljam

Nechta harflar barqaror


O’quvchilar: hamma harflar do’st inoq

29 ta o’rtoq

Tovushlar sirli so’zlar

29ta ular

Lekin ular jarangsiz hamda jarangli

Tovushlar sodiq sirdosh

Bo’lar unli va undosh

Unli undosh tovushlar

Aku uka jonajon

Aro yo’lda bir-birin

Tashlab ketmas hech qachon

Unlilari akasi

Jaranglab yo’l boshlaydi

Undoshlari ukasi

Bizga qadam boshlaydi
O’qit: Harflar kirmoqchi tilga

Qani ne derkan bizga


Ha.rflar sh.er aytadi.
Raqs
Fursat yetdi do’stlarim

jajji qora ko’zlarim

sizga endi chin hamdam

o’qish kitobi malham


o’quv: O’qish kitob kelaqol

do’stlar senga intizor.


Hush kelibsan xursandmiz

Nurga to’ldi davramiz


O’qish kitobi sher aytadi:
Ona tili kiradi:

Matematika kiradi:


Fanlar ko’rki hisob ilmidir

Boshda borki yuzidir yorug’

Undan faqat to’g’rilik qidir

Zarra bo’lsin xatodir foriq

U sanaydi bilimlar kuchim

Go’zal misol go’zaldir yechim


Raqamlarning hikmatin

Har kim anglab oladi

Sondan sonni ayirsak

Boshqa bir son qoladi


Raqamlar sher aytadi.
Matematika
Yüklə 19,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə