ALIFBO BAYRAMI
Alifbodan harflarni biz o’rgandik oz-ozdan,
Minnatdormiz o’rgatuvchi muallimdan - ustozdan.
Naqarot:
Tilimizni sayratadi alifbomiz bayrami,
Dilimizni yayratadi bayramlarning xurrami.
Oldimizga saf tortishdi, askarlarday harflar,
Barchasiga qo’shiqlarda berib o’tdik ta’riflar.
Naqarot:
Har bir harf daftarlarda g’ijjinglaydi toy bo’lib,
Yozganimiz ko’rinadi yulduz bo’lib, oy bo’lib.
Naqarot:
Dostları ilə paylaş: |