Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


taraflarning hudud yoki resurslarni egallab olish, muxolifatdagi individlar yoki



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə22/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

taraflarning hudud yoki resurslarni egallab olish, muxolifatdagi individlar yoki 
guruhlarga, ularning mulki yoki madaniyatiga tahdid solishga qaratilgan 

1
Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.23.


1
Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.23.

25
qarama-qarshi turish turi tushunilib, bunda kurash hujum yoki mudofaa 


shaklida kechadi. 
Ijtimoiy konflikt o’z ichiga
shuningdek, individ yoki guruhning dushman
taraf faoliyatini cheklashga, boshqa shaxs yoki guruhlar manfaatiga zarar yetkazishni
cheklashga qaratilgan faolligini ham oladi. Konfliktlar muammosi yana qator
atamalar: nizolar, debatlar, munozaralar, kim oshdi savdosi, raqobatchilik, nazorat
ostidagi kurashlar, egri va to’g’ri zo’ravonlik kabilardan foydalanadi. Ko’p
tadqiqotchilar konfliktni umumiy va tarixiy o’zgarishlar bilan qo’shib o’rganadilar.
Boshqacha qilib aytganda, biz jamiyatning tabiat bilan yoki insonning o’zi bilan
bo’ladigan «konflikt»larini o’rganmaymiz. Bu hollarda shubhasiz ziddiyatlar bo’ladi,
biroq «konflikt» so’zi bunday vaziyatlarda ishlatilganda qo’shtirnoq ostida yoziladi,
chunki u konfliktning asl ma’nosi bilan aynan emas.
Shunday qilib, ijtimoiy konfliktda doimo kamida ikkita qarama-qarshi
kurashuvchi taraflarning bo’lishi zarur. Ularning hatti-harakatlari odatda o’zaro bir-
birini istisno qiluvchi manfaatlarga erishishga yo’naltiriladi va demak, ular
to’qnashadilar. Barcha konfliktlar uchun taranglashuv xos bo’lib, unda odamlar o’z
harakatlarini u yoki bu tarzda o’zgartirishga, bunday vaziyatdan saqlanishga yoki
moslashishga majbur bo’ladilar.
Sosial konfliktga nisbatan eng to’laroq ta’rif adabiyotlarda tadqiqotchi olim
Ye.M.Babasov tomonidan berilgan: «Ijtimoiy konflikt (lotincha «conflictus» -
to’qnashuv) - bu ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashuvining eng oxirgi holati bo’lib, unda
turli ijtimoiy uyushmalar - sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy
institutlar va boshqalarning manfaatlari, maqsadlari, rivojlanish tendensiyalaridagi
qarama-qarshiliklar yoki muhim tafovutlar bilan bog’liq bo’lgan holda ular orasida
bo’ladigan to’qnashuv namoyon bo’ladi. Ijtimoiy konflikt ijtimoiy muammo
yechimini taqozo etuvchi muayyan vaziyatda shakllanadi va hal qilinadi. U yetarli
miqdorda sabablarga, o’zining ijtimoiy ifoda etuvchisi (sinflar, millatlar, ijtimoiy
guruh va sh.k.)ga, muayyan funksiyalarga, keskinlikning davomiyligiga va darajasiga
ega»
1
.
Bu ta’rifda konfliktning ba’zi, xususan, ruhiy jihatlari o’z aksini topmagan.
Tadqiqotchi Yu.G.Zaprudskiy esa aynan shu jihatga alohida e’tiborni qaratgan:
«Ijtimoiy konflikt - bu ijtimoiy subyektlar manfaatlari, maqsadlari va rivojlanish
tendensiyalaridagi obyektiv farqlar qarama-qarshiligining oshkora yoki yashirin
holati, mavjud ijtimoiy tartibga nisbatan qarshi turish asosida ijtimoiy kuchlarning
bevosita to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita to’qnashuvi, yangi ijtimoiy birlikka olib
boradigan tarixiy harakatning alohida shaklidir»
2
. Boshqa bir guruh mualliflar esa,
konfliktga quyidagicha ta’rif beradilar, ya’ni: ‖Konflikt - sig’ishmaydigan
maqsadlarga ega yoki shunday maqsadlar haqida fikr yurituvchi ikki va undan
ortiq tomonlar ( odamlar va guruhlar) o’rtasidagi munosabatlardir‖
3
.
Bu ta’rif keng va umumiy ko’lamda berilgan, shu bilan birga unda «quyi
darajada»gi - turmush, ro’zg’or, oila, mehnat konfliktlari haqida gapirilmaydi.
T.V.Novikovaning ta’rifiga ko’ra, «Ijtimoiy konflikt - bu taraflar (subyektlar) o’zaro

1
Қаранг: Социологический словарь. Минск, 1991. С.80.


2
Қаранг:Запрудский Ю.Г. Социальный конфликт. Ростов, 1992. С.54.
3
Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.23.


26
munosabatlaridagi bir-birini istisno qiluvchi yoki bir-biriga zid bo’lgan muayyan o’z


maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan vaziyatdir»
4
.
Ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’rganishda tadqiqotchilar odatda
konfliktologik yondashuvni qo’llaydilar. Xalqaro siyosatda konfliktologik yondashuv
katta ahamiyatga ega. Bu yondashuv yurisprudensiyada ham qo’llanishi mumkin,
masalan, jinoyatga odamlar o’rtasidagi konflikt natijasi deb qaralgan vaqtda uning
paydo bo’lish mexanizmini kuzatish mumkin. Konflikt sud jarayonida ham namoyon
bo’ladi (bir tomondan - ayblanuvchi va uning himoyachisi, boshqa tomondan -
jabrlanuvchi va qoralovchi).
Konfliktga yaqin turuvchi boshqa hodisalar ham bor, ya’ni: musobaqa, tortishuv,
raqobat. Bu hollarda ham taraflarning qarama-qarshi turishi kuzatiladi . Biroq bu
qarshi kurash qoida bo’yicha dushmanlik darajasigacha keskin tus olmaydi yoki agar
bunday yovuzkorlik mavjud bo’lsa ham (masalan, raqobatda), u boshqa tomonning
qonuniy harakatiga to’sqinlik qiluvchi birgalikdagi harakatga aylanmaydi. Har qaysi
taraf yutuqqa erishishga intilib, qarshi tomonni yengishga harakat qilib «O’z
maydonida» ish ko’radi. Lekin bunda taraflarning harakatlari ijobiy (pozitiv) bo’lib,
ular o’zlarining maksimal yutuqlariga intiladilar, raqibini yengish ular uchun pirovard
maqsad emas. Shunday qilib, konflikt va musobaqa aynan bir xil emas, biroq
musobaqa konfliktga aylanishi mumkin. Bu hol raqobatga ham taalluqli,
raqobatdoshlar bir-biriga to’g’ridan-to’g’ri tazyiq ko’rsatishga o’tishlari mumkin.
Ba’zi o’yinlar, ayniqsa, sport o’yinlari konflikt tarzida tashkil qilinadi
(masalan, boks). Lekin bu yerda mohiyat bo’yicha gap konfliktga taqlid qilish haqida
borayotganligi ravshan. O’yin tugashi bilan «konfliktli» munosabatlar ham tugaydi.
Musobaqa
o’tgandan
so’ng
turli
komandalar
o’yinchilari
o’rtasidagi
kelishmovchilikning saqlanishi bu qoida emas, balki istisnodir, bu holat sportda
rag’batlantirilmaydi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə