Alisher navoiy nomli samarqand davlat unversiteti jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 440,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix18.05.2023
ölçüsü440,29 Kb.
#110963
  1   2   3   4   5   6   7   8
yengil atletikachilarning asosiy sifatlarini rivojlantirish va tarbiyalash



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ALISHER NAVOIY NOMLI 
SAMARQAND DAVLAT UNVERSITETI 
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI 
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA TIBBIY- 
BIOLOGIK ASOSLARI KAFEDRASI 
 
 
KURS ISHI 
MAVZU: Yengil atletikachilarning asosiy sifatlarini rivojlantirish 
va tarbiyalash.
 
Bajaruvchi:
Alimov F 
Tekshiruvchi:
Nazarov N.B 
SAMARQAND- 2014 y 


MAVZU: YENGIL ATLETIKACHILARNING ASOSIY 
SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH.
 
R E J A : 
 
Kirish. 
1 Yengil atletikada jismoniy sifatlarning ahamiyati.
2.Kuchni rivojlantirish.
3.CHidamlilikni ravojlantirish.
4.Tezkorlikni rivojlantirish.
5.Bug’inlarda xarakatchanlikni rivojlantirish.
6.Chaqqonlikni rivojlantirish.
Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston bolalar 
sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida” 2002-yil 24-
oktyabrdagi PF-3154 sonli farmonida “Bolalarni jismoniy va ma’naviy 
tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab 
bolalarga sport ko’nikmalarini singdirish, sport sohasida iqtidorli 
bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi 
mashg’ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab 
chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko'maklashish" 
lozimligi alohida ta’kidlangan. 
Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi yurish, yugurish, sakrash 
va uloqtirishda kuch va tezkorlik mashqlarda mushakdagi kuchni 
o’zgarib turishi har xil yoshdagi va jinsdagi bolalar va kattalarda yengil 
atletika mashg’ulotlarida qatnashish imkonini yaratadi. Bu mashqlarning 
ko’pchiligini texnik jihatdan bajarish qiyin emas, o’rgatish uchun oson, 
ularni oddiy maydonchalar va ochiq joylarda bajarish mumkin. Yengil 
atletika mashg’ulotlari maktabda jismoniy tarbiya darslarida, maktab 
sport to’garagida o’tkaziladi. 
Yengil atletika bilan shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasini 
baholash, bu sport turi bilan shug’ullanishni rag’batlantirish va 
musoboqalarni yaxshiroq tashkil etish uchun, razryadlarga bo’lish qabul 
qilingan. Yengil atletika sporti ommaviy rivojlanayotgani, undagi 
natijalar doimiy oshib borayotgani sababli razryad mezonlari har to’rt 
yilda o’zgartirilib turadi. 
Yengil atletika mashqlari bilan muntazam shug’ullanuvchilarda 
yurak-qon tomir va nafas olish tizimi mustahkamlanadi, mushaklarning 


gormonik rivojlanishi ta’minlanadi, bo’g’inlardagi harakatchanlik 
yaxshilanadi va asab-mushak koordinatsiyasi takomillashadi. 
Bolalar, o’smirlar va o’spirinlar bilan o’tkaziladigan yengil atletika 
mashg’ulotlarining mazmuni ularning yosh xususiyatlariga bog’liq 
bo’lib, mashg’ulotlarni rejalashtirish va o’tkazish vaqtida buni e’tiborga 
olish zarur. Ma’lumki kishi organizmining o’sishi, shakllanishi va 
rivojlanishi o’rta hisobda 25 yoshgacha davom etadi. Organizmning 
shakllanishi bilan birga bolaning suyak tizimi ham rivojlanadi. 
To’qimalardagi zich g’ovak moddalar tuzilishi o’zgaradi, suyaklar 
bo’yiga va eniga o’sadi. 
Turli xil mashqlar ichida yengil atletika mashqlari insonni har 
tomonlama jismoniy rivojlantirishda asosiy o’rinni egallaydi. Xususan, 
turli xil yugurish, sakrash, uloqtirishlar har bir jismoniy tarbiya 
darsining tarkibiy qismiga kiritilgan. Yengil atletika mashqlaridan 
maktabda sport to’garaklari mashg’ulotlarida, shuningdek yozgi dam 
olish oromgohlarida ham keng qo’llaniladi. Yengil atletika turlaridan 
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test sinovlari majmuasiga ko’pgina 
mashqlar kiritilgan. 
Yengil atletika mashqlarini aniq tasnifga tushurish uchun uni besh 
bo’limga bo’lib (yurish, yugurish, sakrasah, uloqtirish, ko’pkurash) 
tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o’z navbatida turlarga, turning 
xillariga hamda variantlar va masofalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda 
yengil atletikaning erkaklar uchun 24 turi, ayollar uchun 23 turi 
Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan. 
Yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish kabi yengil atletika 
mashg’ulotlarida qo’llaniladigan turli maxsus mashqlar bolalar uchun 


qulaydir. Maktab o’quvchilarining yengil atletika mashqlarini bajarishi 
ularning 
harakat 
imkoniyatlarini 
kengaytirib, 
boshqara 
olish 
qobiliyatlarini yaxshilabgina qolmay, sportda texnik mahoratga erishish 
uchun ham zamin yaratadi. 
Yengil atletika to’garagining asosiy vazifasi o’quvchilarni 
sog’lomlashtirish, ma’nan barkamol yetuk shaxsni tarbiyalashga 
qaratilgan bo’lishi kerak. Maktabda yengil atletika sportining yurish, 
yugurish, uloqtirish va sakrash turlariga qiziqishlari va iqtidorini 
inobatga olgan holda o’quvchilarni jalb qilish zarur. 

Yüklə 440,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə