Amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 427,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix20.04.2022
ölçüsü427,5 Kb.
#85702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11 ma'ruza

umumiy ta’lim

 quyidagi bosqichlar bo‘yicha amalga oshirila 

boshlandi. 

I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4 sinf); 

II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9 sinf); 

III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11 sinf); 

«Ta’lim  to‘g‘risida»gi  qonun  asosidagi  ta’lim  shakllari  9  yillik  umumiy  o‘rta  ta’lim 

savodxonlik  asoslarini,  umumiy  o‘rta  ta’lim  olish  uchun  zarur  bo‘lgan  bilim  va  ko‘nikmalarni 

shakllantirishga  qaratilgan.  Bolalar  birinchi  sinfga  6–7  yoshdan  qabul  qilinadi.  Umumiy  o‘rta 

ta’lim kerakli bilimlar hajmiga asos solish, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy 

tajriba  ko‘nikmalarini  rivojlantirish,  dastlabki  kasbiy  yo‘nalish  va  navbatdagi  ta’lim  bosqichini 

tanlashga zamin yaratish asosiy maqsad qilib qo’yilgan edi. 

1990-2010 yillarda umumta'lim maktablari o'quvchilari soni (1-9 sinf) 4053,0 ming kishidan 

4676,1 ming kishiga o'sdi. 7 (6) yoshgacha bo'lgan bolalarning maktab ta'limi qamrab olinganligi 

darajasi shu davrda 92,1% dan 99,3%ga, darsliklar bilan ta'minlanish darajasi 55,4%dan 100%ga, 

kompiyuter o'quv xonalari bilan ta'minlanish, mak-tablar sonidan foiz nisbatida 2,4%dan 68,2%ga 

o'sdi. 

Shu  davr  mobaynida  300  ga  yaqin  yangi  turdagi  ta’lim  muassasalari  ochildi.  Oliy  o‘quv 

yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil etildi, 800 ga yaqin o‘quvchi chet ellarda ta’lim oldi, ko‘pgina 

o‘qituvchilar  xorijiy  davlatlarning  ilg‘or  tajribalarini  o‘rganish  maqsadida  chet  mamlakatlarga 

borib qaytdi.  

O‘rta maxsus ta’lim sohasida viloyatlarda, joylarda biznes maktabi, kichik va o‘rta maktab 

uchun kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, yangi 

mutaxassislik  (fermer,  soliq  va  bojxona  xodimi,  audit  va  hokazo)lar  kiritildi.Unga  binoan, 

yurtimizda  1997-yildan  boshlab  hozirga  qadar  1400  dan  ortiq  kasb-hunar  kolleji,  200  ga  yaqin 

akademik litsey bunyod etildi.  

Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga ham biriktirilishi 

tufayli  bu  bosqichda  o‘quv  jarayoni  samarali  tashkil  etilib,  kollej  bitiruvchilarini  ish  bilan 

ta’minlanishiga e’tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi. 

Prezidentning  2004-yildagi  farmoni  asosida  2004–2009-yillarda  maktab  ta’limini 

rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar qurildi, 

boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur uskunalar bilan 

jihozlandi.  

Umumiy  o‘rta,  umuman,  ta’limning  barcha  bosqichlarida  yangi  o‘quv  dasturlari,  davlat 

ta’lim  standartlari  yaratildi.  Maktab  darsliklari  tamomila  yangilandi  hamda  fan  va  amaliyot 

yutuqlari  bilan  boyitish  bo‘yicha  takomillashtirib  borildi.  Multimedia  o‘quv  adabiyotlari  ham 

yaratilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublikada 10 mingga yaqin maktablar ishlab turibdi. 

2004-2010  yillarda  maktab  ta'limini  rivojlantirish  umummilliy  davlat  dasturi  amalga 

oshirildi. Buning natijasida 7800 dan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan qurildi, ta'mirlandi va 

rekonstruksiya qilindi, ularning umumiy soni esa 9860 taga etdi. 8 mingdan ortiq ta'lim muassasasi 




kapital  ta'mirlandi,  gaz  va  suv  bilan  ta'minlandi,  markazlashtirilgan  kanalizasiya  tarmoqlariga 

ulandi . 

2011  yilda  eng  zamonaviy  o'quv  va  laboratoriya  jihozlari  bilan  ta'minlangan,  46300 

o'quvchiga  mo'ljallangan  166  ta  yangi  maktab  qurildi  va  rekosntruksiya  qilindi,  151  ta  maktab 

kapital ta'mirlandi. 852 ta maktabda zamonaviy o'quv kompiyuter sinflari tashkil etildi. 9400 dan 

ziyod umumta'lim maktabi yoki jami maktablarning 96%i ZiyoNET elektron axborot tarmog'iga 

ulangan . 

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, 

ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog hodimlarning burch va mas’uliyatlari aniq belgilab 

berildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 10 mingdan ortiq xalq ta’limi xodimiga davlat uylari, 

22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va muassasalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib 

berildi. 50 mingdan ortiq pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi.  

Qishloqlarda istiqomat qiladigan pedagog xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun 

to‘lovlardan  ozod  etilgan  bo‘lsalar,  shaharliklar  uning  50  foizi  miqdorida  to‘lab  bordilar. 

Keyinchalik  kommunal  xizmat  bo‘yicha  bu  imtiyozlar  oylik  maoshlariga  qo‘shib  beriladigan 

kompensatsiya bilan almashtirildi. 

2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi. 

Xalq  qabulxonalari  va  Prezidentning  virtual  qabulxonasiga  tushgan  taklif  va  mulohazalar, 

shuningdek,  respublika  maktablaridagi  bitiruvchilarning  ota-onalari  o‘rtasida  o‘tkazilgan 

so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni 

12-yillik majburiy ta’limdan 11-yillik ta’limga qaytildi. 

2017-yilning  o‘zida  10-sinf  o‘quvchilari  uchun  9  mln.  nusxa  darsliklar  chop  etildi  va  10 

mingga  yaqin  umumta’lim  maktabida  11-yillik  ta’limga  o‘tilgan  holda  o‘qitish  tizimi  yo‘lga 

qo‘yildi. 

Mamlakatimizda maktab o'quvchilarining «Umid nihollari» , kollej va lisey o'quvchilarining 

«Barkamol  avlod»  hamda  talabalar  Universiadasining  har  yillik  musobaqalarining  jahonda 

o'xshashi bo'lmagan uch bosqichli tizimi yaratilgan.  

Barcha  o'quv  muassasalarida,  shu  jumladan,  qishloqlarda  ham  xalqaro  mezonlar  bo'yicha 

jihozlangan sport zallari, sport majmualari mavjud. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi joriy etilgan 

yilda mamlakatimizdagi maktab o'quvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalari tomonidan 152 

ta medali, shu jumladan, 29 ta Oltin medali qo'lga kiritildi.  

O’zbekiston  Oliy  o'quv  yurtlarining  ko'plab  talabalari  turli  fanlar  bo'yicha  xalqaro 

olimpiadalarning  g'oliblaridir.  Bizning  yosh  musiqachilarimiz  va  rassomlarimiz  orasida  turli 

nufuzli xalqaro tanlovlar sovrindorlarining soni ortib bormoqda. Olimpiada o'yinlarida jahon va 

mintaqa  chempionatlarida,  boshqa  musobaqalarda  yosh  o'zbek  sportchilarining  g'alabalari 

Vatanimiz dong'ini butun dunyoga taratmoqda. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash 

va  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashning  uzluksiz  tizimini  tashkil  etish  chora-tadbirlari 

to'g'risida”gi qaroriga muvofiq fan olimpiadalari g'oliblarini rag'batlantirishning yangi tizimi joriy 

etildi.  

Olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar va ularning o'qituvchilari bir martalik pul 

mukofotlari  bilan  taqdirlanadi. Shuningdek,  quyidagi fanlar bo'yicha  olimpiada  g'oliblari  davlat 

OTMlariga test sinovisiz va qo'shimcha imtihonsiz imtiyozli qabul qilinishi ham belgilab qo'yildi: 

1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO) 

2. Xalqaro fizika olimpiadasi – International Physics Olympiad (IPhO) 

3. Xalqaro kimyo olimpiadasi – International Chemistry Olympiad (IChO) 

4. Xalqaro biologiya olimpiadasi – International Biology Olympiad (IBO) 

5. Xalqaro informatika olimpiadasi – International Olympiad in Informatics (IOI). 

2019  yilda  O’zbekiston  terma  jamoasi  Xalqaro  olimpiadalarda  jami  8  ta  medalni  qo'lga 

kiritdi. Jumladan, 11-22 iyuli kunlari Buyuk Britaniyaning Bat shahrida bo'lib o'tgan 60-Xalqaro 

matematika  olimpiadasida  (IMO)  O’zbekiston  jamoasi  1  ta  bronza  medali  (2018  yilda  medal 

olinmagan)  va  3  ta  diplom,  14-21  iyuli  kunlari  Vengriyaning  Seged  shahrida  bo'lib  o'tgan  30-




Xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO) O’zbekiston jamoasi 3 ta bronza medali (2018 yilda medal 

olinmagan),  21-30  iyuli  kunlari  Fransiyaning  Parij  shahrida  bo'lib  o'tgan  51-Xalqaro  kimyo 

olimpiadasida (IChO) O’zbekiston jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medali (2018  yilda 2 ta 

bronza medali) sohibi bo'ldi. 

2020  yilgi  natijalarga  ko'ra,  Yaponiya  tomonidan  tashkil  qilingan  IBO2020  Challenge  — 

Xalqaro biologiya olimpiadasida 52 ta davlatdan 262 nafar ishtirokchi qatnashdi. Masofaviy tarzda 

o'tkazilgan ushbu olimpiada natijalariga ko'ra, O’zbekiston terma jamoasi a'zosi mamlakat tarixida 

ilk bor biologiya yo'nalishida oltin medalni qo'lga kiritdi.Shu bilan bir qatorda, olimpiadada 2 ta 

kumush medali ham O’zbekistonlik akademik lisey o'quvchilari tomonidan egallandi. 

Shuningdek, O’zbekistonda tashkil etilayotgan prezident maktablari yangi avlod kadrlarini 

tarbiyalashda  muhim  asos  bo'lishi  kutilmoqda.  Chunki  bu  o'quv  maskanlari  iqtidorli  bolalarni 

aniqlash, ilg'or texnologiyalarni qo'llagan holda ularga saboq berish va tarbiyalash bo'yicha yaxlit 

tizim  bo'ladi.  Prezident  maktabida  o'quv  jarayoni  tubdan  yangi  texnologiyalar  asosida  tashkil 

etilgan bo'lib, Kembrij universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o'quv rejalar va dasturlar 

bo'yicha ingliz tilida amalga oshiriladi. Prezident maktablarida “STEAM” fanlar – tabiiy fanlar, 

texnologiya,  texnik  ijodiyot,  san'at,  matematika  chuqurlashtirib  o'rgatiladi.  O’n  nafar  xorijlik 

mutaxassislar o'quvchilarga dars beradilar. Bunday maktablar Toshkent, Namangan, Nukus, Xiva 

shaharlarida ochildi va loyihaga muvofiq Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg’onada ham 

qurilish ishlari olib borilmoqda. 

Prezident  maktablarining  9-11-sinflarida  ta'lim  olish  o'quvchilarning  qiziqishlariga  ko'ra 

ayrim fanni tanlash va ularni o'rganish darajasini inobatga olgan holda individual o'quv jarayoni 

asosida  amalga  oshiriladi.  Prezident  maktablari  bitiruvchilari  belgilangan  tartibda  davlat 

tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur 

diplomi  (International  Baccalaureate,  Advanced  Placement  yoki  International  Advanced 

Levels)ga ega bo'ladi.  

Bu  esa  o'z  navbatida  xorijiy  oliy  o'quv  yurtlariga  kirish  imkonini  beradi.  Kembrij 

Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi 

Imtihon Kengashi Prezident maktablariga qabul imtihonlarini tashkil etishi kutilmoqda. 




Yüklə 427,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə