Amalga oshirilgan islohotlar


 Mustaqillik yillarida ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar



Yüklə 427,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix20.04.2022
ölçüsü427,5 Kb.
#85702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11 ma'ruza

4. Mustaqillik yillarida ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar 

Yuzaga kelgan yangi tarixiy shart-sharoit ilm-fan sohasini tub islohot qilishni taqozo etdi. 

Zero, dolzarb ilmiy-texnik muammolar hal qilinishi respublikaning rivojlanishini ta’minlar edi. 

Avvalo,  1992-yil  martdagi  Prezident  farmoni  bilan  ilmiy  kadrlar  tayyorlanishini  tashkil 

etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi.  

Prezidentning  1992-yil  iyuldagi  «Ilm-fanni  davlat  yo‘li  bilan  qo‘llabquvvatlash  va 

innovatsiya  faoliyatini  rivojlantirish  to‘g‘risida»gi  farmoni  asosida  respublika  olimlari  xorijiy 

mamlakatlarga  tajriba  oshirishga  yuborilishi  yo‘lga  qo‘yildi.  Ilmiy  natijalarni  ichki  va  tashqi 

bozorga  olib  chiqish  bilan  shug‘ullanuvchi  Respublika  ilmiy  ishlanmalarni  innovatsiya  tijorat 

markazi Fanlar akademiyasi tarkibida tashkil etildi. 

1997-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklanib, Fanlar akademiyasining mintaqaviy 

bo‘linmasi sifatida tashkil etildi. 




2000-yili  Fanlar  akademiyasi  Sharqshunoslik  institutining  qo‘lyozmalar  fondi  dunyoning 

eng boy qo‘lyozmalar xazinasidan biri sifatida YUNESKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 

Prezidentning 

2006-yil 

avgustdagi 

«Fan 


va 

texnologiyalar 

rivojlanishining 

muvofiqlashtirish  va  boshqarishni  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  qaroriga 

muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish 

qo‘mitasi tashkil etildi (bugungi kunda vazirlik).  

Qo‘mitaga fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, 

akademik  va  oliy  ta’lim  muassasalari  fani  integratsiyalashuviga,  ilmiy  sohadagi  xalqaro 

hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish kabi vazifalar belgilab qo‘yildi. 

2008-yildan buyon Toshkentda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi 

o‘tkazib kelinmoqda. 2008–2015-yillar davomida o‘tkazilgan I – VIII yarmarkalar doirasida jami 

4000 dan ortiq ishlanmalar taqdim etildi. 2008-yildan buyon umumiy qiymati 113 mlrd. so‘mdan 

ortiq bo‘lgan 3000 dan ziyod shartnomalar tuzildi. 

O‘zbekiston  olimlari  demokratik  va  huquqiy  jamiyatning  ma’naviy-ma’rifiy  va  madaniy 

rivojlanishini  tadqiq  qilish,  innovatsion  iqtisodiyotni  shakllantirish,  energetika  va  energiya 

xomashyoni 

tejash, 

axborotlashtirish 

va 

axborot-kommunikatsiya, 



kimyo, 

bio 


va 

nanotexnologiyalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, 

tibbiyot, farma-kologiya, geologiya, geofizika, seysmologiya bo‘yicha ma’lum yutuqlarga erishib 

kelmoqda. 

Arxeologiya  fani  sohasida  ham  ma’lum  siljishlar  bo‘ldi.  Jumladan,  2002-yildan 

«O‘zbekistonda  arxeologik  tadqiqotlar»  yillik  to‘plamlari  nashr  etilib,  ularda  respublikamiz 

hududida  olib  borilayotgan  arxeologik  tadqiqotlarning  umumlashma  ilmiy  xulosalari  berib 

boriladi.  

2010-yildan  esa  «O‘zbekiston  Arxeologiyasi»  ilmiy  jurnali  chop  etila  boshlandi.  Fanning 

boshqa  yo‘nalishlaridagi olimlar ham  yirik natijalarni qo‘lga kiritishmoqda. Fanlar akademiyasi 

O‘simlik  moddalari  kimyosi  instituti  tomonidan  tayyorlangan  10  jildlik  «Tabiiy  birikmalar 

(O‘simlik zaxiralari, tuzilishi va xossalari)» nomli noyob ma’lumotnoma ingliz tilida Londonda 

chop etildi. Bu ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlik rivojlanayot-ganidan ham dalolat beradi. 

Mustaqillikning dastlabki yillari birgina Fanlar akademiyasining ilmiy mahsulot eksporti 8,2 

martaga ko‘paydi. 


Yüklə 427,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə