Amalga oshirilgan islohotlar


Ilm-fandagi  tub  islohotlar



Yüklə 427,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix20.04.2022
ölçüsü427,5 Kb.
#85702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11 ma'ruza

Ilm-fandagi  tub  islohotlar.

  2016-2017-yillar  O‘zbekiston  ilm-fanida  tom  ma’noda  tub 

islohotlar davri bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni ilk bor 

mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, 

O‘zbekistonda  ilm-fanga  e’tibor  yanada  kuchayishi  belgilandi.  Prezidentning  2017-yil  17-

fevraldagi  «Fanlar  akademiyasi  faoliyati,  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  tashkil  etish,  boshqarish  va 

moliyalashtirishni  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  qarori  asosida  9  ta 

ilmiy-tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta 

tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan  yo‘nalishlari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati 

yo‘lga qo‘yildi. 

O‘zbekiston  Prezidentining  2017-yilda  imzolangan  «Innovatsion  rivojlanish  vazirligini 

tashkil etish to‘g‘risida»  qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi  Innovatsion rivojlanish vazirligi 

tashkil etildi. Mazkur vazirlikning davlat va jamiyat qurilishiga, iqtisodiyot tarmoqlariga, qishloq 

xo‘jaligiga, ijtimoiy rivojlanishga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga 

innovatsiyalarni  joriy  etish  hamda  ilg‘or  texnologiyalar  joriy  etilishini  tashabbus  qilish, 

muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilab berildi. 

Fanlar akademiyasi haqiqiy  a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan edi. O‘tgan 

yillar  mobaynida  akademiklarning  soni  ikki  martadan  ko‘proqqa  qisqardi  va  2017-yilga  kelib 

akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  29-dekabrdagi  «O‘zbekiston 

Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi tarixiy farmoni 

bilan  22  yillik  uzoq  tanaffusdan  so‘ng  Fanlar  akademiyasining  32  nafar  yangi  haqiqiy  a’zolari 

tasdiqlandi.  Bugungi  kunda  ilmiy  tadqiqot  bilan  shug‘ullanuvchi  400  ta  muassasa  ro‘yxatga 

olingan  bo‘lib,  fan  sohasida  36  ming  mutaxassis,  jumladan,  2  mingdan  ortiq  fan  doktori  va  9 

mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib bormoqda. 

So‘nggi  yillarda  ta’limning  nodavlat  shakli  rivojlanish  yo‘liga  kirdi.  Maktabgacha  ta’lim 

tizimi  bo‘yicha  alohida  vazirlik  tashkil  etildi.  Davlat-xususiy  sherikchilik  asosida  maktabgacha 

ta’lim muassasalari barpo etilishi bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi.  

Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  6  yoshdan  7  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  uchun 

ta’limning majburiy etib belgilanishi, 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’limning joriy etilishi va 

ular bitiruvchilarga murakkab bo‘lmagan kasblar o‘qitilishi qonunni yangi tahrirda qabul qilishga 

ehtiyoj yuzaga kelganini bildiradi.  

Shuningdek,  akademik  litseylar,  kasb-hunar  kollejlarida  ta’lim  berish  muddati  va 

mazmunining o‘zgarishi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslarga 

barcha ta’lim turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi ham qonun 

loyihasini yaratishga asos bo‘ldi. 

Pedagoglar,  ta’lim  muassasasi  xodimlari,  ta’lim  oluvchilarning  huquq  va  erkinliklari 

kengaytirilib,  mas’uliyati  kuchaytirilishi,  rag‘batlantirilishi  ishga  bo‘lgan  munosabatni  yanada 

oshirdi. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslarga ta’lim xizmatini ko‘rsatishga ruxsat 

berilgani,  rivojlangan  xorijiy  davlatlarning  ta’lim  sohasidagi  ilg‘or  tajribalari  yurtimizda  joriy 

etilayotgani va bir qator xalqaro konvensiyalar ratifikatsiya qilingani ham «Ta’lim to‘g‘risida»gi 

qonunning yangi tahririga zaruratni kuchaytirdi. 

Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi 12 bob, 70 dan ortiq moddadan iborat bo‘lishi mumkin 

(amaldagi  qonun  5  bob,  34  moddadan  iborat).Qonun  loyihasiga  asosiy  yangi  yo‘nalishlar 

kiritilmoqda. Xususan, katta yoshdagilar ta’limi, maxsus ta’lim, inklyuziv ta’lim, yakka tartibda 

pedagogik  faoliyat  bilan  shug‘ullanish,  davlat-xususiy  sherikchiligi,  ta’lim  sohasiga 

investitsiyalarni kiritish, ta’lim muassasalarining o‘zini o‘zi baholashi, ta’lim ishtirokchilarining 

huquqlari,  majburiyatlari,  ta’lim  sohasida  eksperimental  va  innovatsion  faoliyat  kabi  muhim 

masalalar qamrab olinmoqda. 

Shuningdek,  qonun  loyihasida  pedagog  kadrlarning  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan 

boshqa  ishlarga  jalb  etilishi  taqiqlanishi,  bu  masalada  ta’lim  muassasalari  rahbarlari  javobgar 




bo‘lishi belgilanmoqda. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari va ta’lim 

muassasalari faoliyati erkinligi kengaytirilishi taklif etilmoqda. 

Bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olish davomiyligi kamida 3 yil, magistraturada esa kamida 1 

yil etib belgilanmoqda. Shuningdek, yana bir qancha o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Qonunga  ta’lim  va  tarbiyaga  milliy  hamda  umuminsoniy  qadriyatlarning  singdirilganligi 

prinsipi kiritilmoqda; 

11  yillik  ta’limning  hamda  6  yoshdan  7  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarni  bir  yil  davomida 

umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi o‘rnatilmoqda; 

Nodavlat  ta’lim tashkilotlari  tomonidan  umumiy  o‘rta  va  o‘rta  maxsus  ta’limning amalga 

oshirilishi mumkinligi mustahkamlanmoqda; 

Ta’lim olishning quyidagi shakllari belgilanmoqda: 

· ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); 

· ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy, dual); 

· oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; 

· katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; 

· mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash; 

· inklyuziv (uyg‘unlashgan) ta’lim; 

· eksternat tartibida ta’lim olish. 

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining sinflarida ta’lim oluvchilar soni 35 

nafardan oshmasligi belgilanmoqda; 

Bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olish davomiyligi kamida 3 yil, magistraturada esa kamida 1 

yil etib belgilanmoqda; 

Oilada  ta’lim  olgan  va  mustaqil  ta’lim  olgan  shaxslarga  davlat  tomonidan  tasdiqlangan 

namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkinligi belgilanmoqda; 

Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  ta’lim  sifati  va  darajasiga,  shuningdek  pedagog 

xodimlarning  kasb  faoliyatiga  bo‘lgan  davlat  talablariga  rioya  etilishiga  doir  vakolatlari  bekor 

qilinmoqda; 

Ta’lim  tashkilotlarida  siyosiy  partiyalarning  tashkiliy  tuzilmalarini  tashkil  etish 

taqiqlanmoqda; 

Chet davlatlari va O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 

ularning  bitiruvchilariga  ikki  tomonlama  diplom  (Double  Diploma)  berilishi  mumkinligi 

belgilanmoqda. 

Shuningdek, qonun bilan ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyinishiga doir talablar 

qo‘yilishi mumkinligi belgilanmoqda. 

O‘zbekiston zamini azaldan bashariyat sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan, jahon ilm-

fani  va  madaniyati  taraqqiyoti  yo‘nalishini  ma’lum  darajada  belgilab  bergan  ulug‘  allomalari, 

buyuk mutafakkirlari bilan shuhrat qozongan.  

O‘zbek zaminidan Xorazmiy, Abu Rayhon  Beruniy, Farg‘oniy, Abu  Ali ibn Sino, Mirzo 

Ulug‘bek kabi va jahon ilm-fani xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan boshqa ko‘plab buyuk olimlar, 

mutafakkirlar  yetishib  chiqqan.  Bugun  O‘zbekiston  olimlari  mamlakatimiz  ilm-fanini  yanada 

rivojlantirish  uchun  mustahkam  poydevor  yaratmoqda  va  fan-texnika  taraqqiyotiga  ulkan  hissa 

qo’shishga xizmat qiladi. 




Yüklə 427,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə