Amalga oshirilgan islohotlar


 Oliy ta’lim tizimi va xalqaro hamkorlik



Yüklə 427,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix20.04.2022
ölçüsü427,5 Kb.
#85702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11 ma'ruza

3. Oliy ta’lim tizimi va xalqaro hamkorlik. 

O’zbekistondagi  ta'limning  barcha  bosqichlari  uchun  zamon  talablariga  javob  beradigan 

yangi  davlat  ta'lim  standartlari,  o'quv  dasturlari,  shu  jumladan,  mulitimediyali  o'quv  dasturlari 

hamda millionlab nusxada nashr qilinayotgan darsliklar va o'quv qo'llanmalari ishlab chiqilgan va 

joriy etilgan. 

Ilg'or pedagogik texnologiyalar va o'qitishning interfaol usullaridan keng foydalanilmoqda. 

Har bir o'quv muassasasida o'quv adabiyotlarning, shu jumladan, elektron o'quv adabiyotlarining 

katta zahiralariga ega, o'z axborot-resurs markazlari mavjud.  

Ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli ta'limning kutilayotgan davomiylik 

muddati  1990  yildagi  13,7  yildan  2010  yilda  15,6  yilga  o'sdi.  Ushbu  ko'rsatkich  va  aholining 

savodxonlik darajasi ko'rsatkichi bo'yicha O’zbekiston ko'plab rivojlangan mamlakatlar darajasiga 

yetib oldi. Mustaqillik yillarida oliy o'quv yurtlari soni 37 tadan 66 taga o'sdi. 

1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti, 

Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat 

universiteti tashkil qilindi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta viloyat 

pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. 

Eng  zamonaviy  ixtisosliklar  bo‘yicha  alohida  universitet  va  institutlar,  jumladan,  Jahon 

iqtisodiyoti  va  diplomatiya  universiteti,  Navoiy  konmetallurgiya  instituti,  Mudofaa  vazirligi 

qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya 

akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Toshkent davlat elektrotexnika va 

aloqa texnikumi institutga aylantirildi.  

1993- yil «O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi talaba 

va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. 



Mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan va zamonaviy bilimlar sohibi bo‘lgan yuqori 

malakali  oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  olgan  mutaxassis  kadrlarni  Toshkent  Davlat  Agrar 

universiteti,  Andijon,  Samarqand  Qishloq  xo‘jaligi,  Qarshi  Muhandislik  iqtisodiyot,  Toshkent 

Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti ish boshladi. Mamlakat viloyatlarida 

oliy universal ta’limni joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi. 

1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga 

qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida 

tajriba  tariqasida  test sinovlari  o‘tkazildi. 1994-yil  Davlat  test  markazi  tashkil  etilib, shu  yildan 

boshlab  oliy  ta’lim  muassasalariga  test  orqali  qabul  joriy  etildi.  1996-  yildan  ta’lim  olishda 

kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi.  

1997-yilgi «Talim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq 5 yillik oliy ta’limdan 4 yillik bakalavriat 

va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali tizimga o‘tildi. 

Mamlakat  oliy  o'quv  yurtlarida  ta'lim,  fan  va  ishlab  chiqarishni  birlashtirish  jarayoni 

rivojlanmoqda. Talabalar ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etmoqdalar, innovasion faoliyat bilan, 

shu jumladan, korxonalar buyurtmasiga ko'ra shug'ullanmoqda.  

Talabalarning ishlari mamlakatimizning yangi texnologiyalarini va fan keng qo'llaniladigan 

mahsulotlarni namoyon etuvchi har yillik ko'rgazmalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.  

Faqat  2011  yilning  o'zida  Innovasion  g'oyalar,  texnologiyalar  va  loyihalar  respublika 

yarmarkasida oliy o'quv yurtlarida yaratilgan texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish uchun 3 

milliard 579,4 million so'mlik shartnomalar tuzildi.  

Talabalarni fundamental izlanishlarga jalb qiluvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o'zaro 

manfaatli aloqalar  yaqindan yo'lga qo'yilgan. Bu  yosh ilmiy kadrlarni tayyorlashga keng imkon 

berdi. 

Yetakchi oliy o'quv  yurtlarida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi ishtirokida hozirgi vaqtda 

fan,  texnika  va  texnologiyalarning  eng  istiqbolli  yo'nalishlari  bo'yicha  o'quv-ilmiy  laboratoriya 

majmualari yaratilmoqda. 

Shuningdek,  Prezidentning  2013-yildagi  «Yuridik  kadrlar  tayyorlash  tizimini  yanada 

takomillashtirish  to‘g‘risida»gi  qaroriga  muvofi  q  yuridik  institut  universitet  maqomida  qayta 

tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi. 

Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xalq va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 

muassasalari  qatorida  oliy  ta’lim,  tarmoq  sohalarida  kadrlarning  malakasini  oshirish  va  qayta 

tayyorlash ishlari tamomila yangi bosqichga ko‘tarildi. 

Prezidentning  2015-yildagi  «Oliy  ta’lim  muassasalarining  rahbar  va  pedagog  kadrlarini 

qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi farmoniga asosan 15 yetakchi oliy ta’lim muassasalari – tayanch oliy o‘quv yurtlari 

sifatida belgilandi. 




Yüklə 427,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə